BOSH SOXASINING ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI. BURUN,
SHOX VA MIYADA O‘TKAZILADIGAN OPERATSIYALAR.
MA’RUZA REJASI:
1. Boshning anatomo-topografik tuzilishi, qismlarga bo‘linishi, chegaralari.
Boshdagi nervlarni og‘riqsizlantirish.
2. Shoxda o‘tkaziladigan operatsiyalar. Buzoqlarning shoxlarini o‘sishini
oldini olish usullari.
3. Mayda va yirik shoxli hayvonlar shoxini olib tashlash usullari.
4. Bosh miyada o‘tkaziladigan operatsiyalar: anatomo-topografik
ma’lumotlar.
5. Qorako‘l qo‘ylarda senuroz kasalligini operatsiya yo‘li bilan davolash.
Tayanch iboralar: Bosh, burun, kovak, rinoplastika, trepanasiya, trepan,
shox, amputasiya, ekstraksiya.
Hukumatimiz, davlatimizda chorvachilikning rivojlanishga katta axamiyat
beradi. Chunki axolining oziq–ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talalabini qaniqtirish
uchun chorvachilik muxim rol uynaydi. Bu vazifalari bajarish uchun hujaliklarda
veterinariya ishlari yuqori darajada bulishi kerak. Veterinariya xodimlari vazifasiga
yuqumli kasaliklarni oldini olish bilan birgalikda, yuqumsiz kasaliklari va ularni
davolanishga katta ahamiyat berish lozim. Chunki ular 94–97 % kasalliklarni
tashkil qiladilar.
Bu kasaliklar ham ho‘jaliklarga katta moddiy zarar yetkazadilar, ya’niy
hayvonlarni maxsuldarligi keskin pasayadi bazi vaqlarda ulishiga ham olib keladi.
Yuqumsiz kasaliklardan 40 % ni xirurgik kasalliklar tashkil etadi, bularni
ichida esa 5-7% bosh oblastiga tug‘ri keladi. Ya’ni bularga qo‘yidagilar kiradi:
yaralar, yazvalar, usimtalar, ko‘z kasaliklari og‘iz va burin bo‘shlig‘i kasaliklari,
shoxning shikastlanishi, quloq kasaliklari va boshqalar.
Bular xam xujaliklarga katta moddiy zarar yetkazadi, shuning uchun ularni
oldini olish, paydo bo‘lganda esa o‘z vaqtida davolash choralarini o‘tkazish kerak.
Bosh oblastidagi xirurgik kasaliklarni davolash uchun, boshning anatomo-
tepografik tuzilishini bilish kerak.
Bosh-umurtqa pog‘onasining oldi tomonida, joylashadi, unda eng muxim organlar:
bosh miya, sezgi (eshitish, ko‘rish, va xid bilish) organlari, ovqat hazm qilish,
nafas olish sistemasininig boshlanish qismi xam boshda joylashadi. Bosh tana
xarakatining muvozanatini saqlashda va atrofni aniqlashda ham muxim rol
uynaydi.
Bosh tuzilishiga qarab miya va yuz bo‘limiga bo‘linadi, ularni chegarasi
kuyidagi chiziq bo‘yicha o‘tadi: ko‘z kosasining orqa tarafidan, yonoq suyagidan,
to ensa suyagini buyinturuq o‘simtasigacha. Har qaysi bo‘limning tuzilishi, katta-
kichikligi bosh miyaning xajmiga, tishlarning rivojlanganligiga, muskullarga,
yashash sharoitiga, yoshga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi.
Qulaylik uchun bosh kuyidagi qismlarga bo‘linadi-peshona, ko‘z, qo‘loq,
burun, ko‘z osti, lunj, chaynash, lab, jag‘ oralig‘i, quloq oldi, iyak, chakka, tepa,
yonoq va boshqalar.
Boshda kuyidagi lunjlar bo‘ladi: yuza qismida: y.sh.m.- lunj tepaligi, otlarda
yuz tarog‘i, jag‘ bo‘g‘ini, burun burchagi, ko‘z osti va yaik osti teshiklari.
Miya qismida y.sh.m.- shox oraligi tarog‘i, ensa tarog‘i, ko‘z usti teshigi, va
boshqalar, ular chegara chiziqlarni qon temir, nervlarni joylashgan joylarini
aniqlash uchun yordam beradi.
Bosh oblasti ko‘yidagi qatlamlar iborat:
1.Teri-har hil hayvonlardan 2-4 mm, y.sh.m.-4-6 mm unda nervlar va qon
tomirlar joylashadi.
2. Yuza fassiyasi-fascia super fascialis- yupka terim osti yoki b-n birlangan.
3. Chukur fassiya- fascia profunda kalla muslkullari bilan birlashgan,
muskullar yo‘q joyda rivojlanmagan.
4.Muskul qavati: a)chaynash muskul – m.masseterica chaynash chukurligida
joylashgan, qalinligi 3-4 sm.
b)Yonoq muskuli –m.zygomaticus lenta shaklida, yonoq tarog‘ida, labni
burchagigacha boradi.
v)Yuqori labni kutaruvchi muskul – m. Levator labbii superioris burundan
boshlanib yuqori lab va burunda tug‘aydi.
g)Yuqori labni kutaruvchi maxsus m.l.- – m. Levator labii superioris – lenta
simon, yonoq suyagida boshlanib, labgacha yetib boradi.
d)Pastki labni tushuruvchi m.l. – m. depressor labii superioris – u oxirgi jag
tashlarning ostida boshlanib, pastki labda tug‘aydi.
ye)Lunj m.l.- m.buecinator – og‘iz bushligini yon tomonishi hosil qiladi,
yuza va chuqur katlamlardan iborati.
j)Chakka m.l.- m.temporulis – chakka chukurligiga joylashgan.
5. Suyak usti qavati.
6. Suyak qavati- ular kalla suyagini tashkil etadi, tarkibida 6 ta va 13 ta juft
suyak bo‘ladi.
Qon tomirlar-bosh oblastida qo‘yidagi yirik qon tomirlar joylashgan:
1.Jag‘ning tashki arteriyasi – a.maxiltaris externa uyku arteriyasini davomi.
2.Jag‘ni ichki arteriyasi- a.maxiltaris interna.
3.Yuza arteriyasi-fascialis – lenj oblasti , tomir kesmasi orqali lunj oblastga
tarqaladi.
4. Chaynash-muskuli arteriyasi-masseterica chaynash muskuli va qo‘loq osti
sulak beziga tarqaladi va boqalar.
Innervasiya-nervlarni tarqalishi.
Bosh oblastini innervasiyasi-tarmoqli nerv- –boshincha juft nervi – va yuza
nervi .oltinchi juft, ular orasida sezuvchi va xarakatlantiruvchi nerv telari
bo‘ladi. Sezuvchi telalar boshdagi organlarning shilliq pardasiga, terisiga;
xarakatlanuchi telalar boshdagi muskullarga boradi, ko‘z, yuqori va pastki jag‘
nervlarga bo‘linadi.
1.Ko‘z nervi – kuyidagilarga bo‘linadi: ko‘z yoshi nervi, peshona nervi,
kiprik-burun.
2. Yuqori jag‘- quyidagilarga bulshadi: yonoq nervi-ko‘z osti, ponasimon-
tang‘laydi.
3. Pastki jag‘ nervi - chaynash nervi, ponasimon, lunj,til,jag‘lar aro.
Burun oblasti quyidagi chegaralarda joylashgan: oldi tarafdan peshona
oblasti bilan (ko‘zning ichki burchagi orqali o‘tkazilgan chiziqdan). Yonboshda –
ko‘z osti, lunj va lab oblastlari bilan chegaralangan. Quyidagi qatlamlardan iborat:
1) teri; 2) yuqorida joylashgan fassiya; 3) muskul qavati – burun lab
ko‘taruvchi; yuqori labni ko‘taruvchi maxsus muskul; 4) Suyak usti qavati; 5)
suyak; 6) burun bo‘shlig‘i.
Nerv bilan ta’minlanishi.
Ko‘z osti, panjarsimon nervlardan.
Qon bilan ta’minlanishi. Yuz va ko‘z osti arteriyalari yordamida.
Buqaga burun halqasini o‘tkazish
Ko‘rsatma – burun halqasini nasldor buqlarga tinchlantirish uchun, sho‘x
buqalarga qo‘llaniladi.
Fiksasiya – Tik holatd stanok yordamida boshini qattiq ushlab fiksasiya
qilinadi.
Og‘riqsizlantirish – neyroleptik rampun 0,25/100 kg.
Operasiya o‘tkazish texnikasi. Operasiya maydonchasi tayyorlanib, 0,5 %
nashatir spirti eritmasi va 5 % yod eritmasi surtiladi. Xalqani o‘tkzish joyi burun
devorchasining pastki qismida. Sterillangan halqani yarim aylana qilib ochib, halqa
o‘tkaziladigan qisqichga joylashtiriladi, tezlik bilan burun devorchasi teshiladi va
xalqa o‘tkazilib, berkitiladi, jarohat 8-10 kunda bitadi. Xalqani o‘tkazishni qo‘l
bilan ham bajarish mumkin.
Rinoplastika (burun plastikasi)
Ko‘rsatma – burun devorchasini qisman va yuqori lab burun oynachasini
to‘lig‘icha uzilish vaqtida.
Fiksasiya va og‘riqsizlantirish – tik va boshini ko‘targan holatda fiksasiya
qilinadi. Vena qon tomiriga quyidagi eritma yuborildi. 2,5 % aminazin, 1 %
dimedrol 10,0; 0,% novokin 30,0 1000 kg vaznidagi buqaga, muskul orasiga 4-5 ml
rampun va ko‘z osti nervi blokada qilinadi.
Operasiya o‘tkazish texnikasi. Operasiyani uzilgan to‘qimalarni bitganidan
keyin bajarish tavsiya etiladi. Operasiya maydonchasi tayyorlanadi. O‘tkir nashator
yordamida qattiq to‘qimalar qon paydo bo‘lguncha kesiladi, yarani ikki qirrasi bir-
biriga to‘g‘ri kelishini ta’minlash kerak, qisqichlar yordamida qon to‘xtatiladi.
Avval burun devorchasi ketgut yordmida tikiladi, 1-2 tugun qilib, keyinchalik
to‘qimalarga BF-« yoki : yelimi shpris yordamida yuboriladi. Bu to‘qimalarni bir-
biriga yaxshi birikishiga yordam beradi. Jarohatga streptosid sepiladi va lavsan ipi
yordamida sirtmoqsimon chok bilan to‘qimalar biriktiriladi. Ochilib ketmasligi
uchun lavsan ipining uchi kuydiriladi. 10-14 kundan keyin choklar olib tashlanadi.
Fomenko usuli (I), Magda (II) xalqa birdaniga qo‘yiladi.
Peshona va jag‘ usti kavaklarini trepanasiya qilish
Anatomo-topografik ma’lumot: Peshona kavaki – sinus frontalis yirik shoxli
mollarda quyidagi suyaklardan tashkil topgan: ensa, peshona, bosh-tepa,
panjarasimon.
Chegaralari – oldingisi – ko‘z kosasining oldingi qirrasini birlashtiruvchi
chiziq orqali. Orqadagi – jag‘ tarog‘i bo‘yicha, yonboshi – peshona suyagining
tshqi tarog‘i bo‘yicha. Peshona kovagi butun bo‘shlig‘i bilan birlashadi.