BOSHLANG`ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI, TEXNOLOGIYALAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

21

File size

Fayl hajmi

35,6 KB


BOSHLANG`ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING
ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI.
(O‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil eishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish)
Reja:
1. Tarbiyaviy jarayonni va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida yondashuv. 
2. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
3. Pеdagоgik faоliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Pеdagоgik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahоrati masalalari.
Tayanch so‘z va iboralar:  tarbiyaviy tadbirlar, pedagogik texnologiya,
shaxs, aniq maqsadga qaratilgan jarayon,davlat va jamiyat, ta’lim,  zamonaviy
texnologiya, tarbiya,  kadrlar tayyorlash tizimi.
1.  Tarbiyaviy  jarayonni  va  tarbiyaviy  tadbirlarni  tashkil  etishga
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yondashuv
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati
aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan
samarali  hamkorlik  jarayoni  demakdir.  Zero,  tarbiya  jarayonida  o‘qituvchi  va
o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. 
Tarbiya  jarayoni  ko‘p  qirrali  jarayon  bo‘lib,  ular  tarbiya  mohiyatini
yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida
tashkil etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy
Logotip
BOSHLANG`ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI. (O‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil eishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish) Reja: 1. Tarbiyaviy jarayonni va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yondashuv. 2. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. 3. Pеdagоgik faоliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 4. Pеdagоgik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahоrati masalalari. Tayanch so‘z va iboralar: tarbiyaviy tadbirlar, pedagogik texnologiya, shaxs, aniq maqsadga qaratilgan jarayon,davlat va jamiyat, ta’lim, zamonaviy texnologiya, tarbiya, kadrlar tayyorlash tizimi. 1. Tarbiyaviy jarayonni va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yondashuv Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy
munosabatlarini  anglatish,  obyektiv  omillar  esa  shaxsning  hayot  kechirishi,
shakllanishi,  hayotiy  muammolarini  ijobiy  hal  etishi  uchun  sharoit  yaratadi.
Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv
sharoitlar  bilan  qanchalik  mutanosib  kelsa,  shaxsni  shakllantirish  borasida
shunchalik  muvaffaqiyatga  erishiladi.  Tarbiya  jarayonining  tashkil  etilishi  va
boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik
xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir.
Tarbiya  natijalari  tez  sur’atda  yaqqol  ko‘zga  tashlanmaydi.  O‘zida  insoniyat
sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli
davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda
muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada
ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik
yillarida  shaxsga  to‘g‘ri  tarbiya  berish  lozimligini  taqozo  etadi.  Tarbiya
jarayonining  yana  bir  muhim  xususiyati  uning  uzluksizligi  sanaladi.  Tarbiya
jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari
jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari
yo‘naltirilgan,  bir-birini  to‘ldiruvchi,  boyitib  boruvchi,  takomillashtiruvchi
tarbiyani  tashkil  etish  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  bois,  oila,  ta’lim
muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni
uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham,
bolalarga uzluksiz ta’sir  o‘tkaza olmaydi. Chunki  bolalar  ma’lum  muddatgina
maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy
qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va
ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta’siridan chetda
qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan
bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan
holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan
uzoqlashadilar.
Logotip
munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham, bolalarga uzluksiz ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma’lum muddatgina maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta’siridan chetda qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga  nisbatan  maktab  (ta’lim  muassasasi)ning  ta’sirini
susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta’til davrlarida
tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor beriladi.
Ayni vaqtda, respublikada o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya muassasalaridan
uzoqlashtirmaslik  maqsadida  qo‘shimcha  ta’lim  muassasalari  faoliyat
ko‘rsatmoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar va
xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari, texnika va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha
bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha
ta’lim  muassasalarida  tashkil  etilayotgan  turli  yo‘nalish  va  mavzulardagi
uchrashuv,  ko‘rgazma,  ko‘rik va  suhbatlar  o‘quvchilarning tafakkur  dunyosini
boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin
tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil
etilishidir. Yaxlitlik shundan  iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni,
vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish
uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki
yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik
xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.
Tarbiya  jarayonining  yaxlitlik,  tizimlilik  xususiyati  bir  qator  muhim
pedagogik  talablarga  amal  qilishi  o‘qituvchi  bilan  o‘quvchilar  o‘rtasidagi
hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga
nisbatan  ko‘rsatadigan  ta’siri  (to‘g‘ri  aloqa)  hamda  o‘quvchining  o‘qituvchiga
nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tashkil etiladi.
Tarbiyaning  pedagogik  texnologiyasi  nazariyasi  g‘oyasiga  muvofiq
endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyektiv
sifatida ham  faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki
imkoniyatlari,  unga  nisbatan  bo‘layotgan  tashqi  ta’sirlar,  axborot  manbalarini
inobatga  olishi  zarur.  Agarda,  mazkur  talab  unutilsa,  shaxsni  tarbiyalash
qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.Mana shundan tarbiya
jarayonining  yana  bir  muhim  xususiyati  –  tarbiyada  qarama-qarshiliklarning
mavjudligi  kelib  chiqadi.  Ushbu  qarama-qarshiliklar  o‘quvchilarda  o‘z
Logotip
O‘quvchilarga nisbatan maktab (ta’lim muassasasi)ning ta’sirini susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta’til davrlarida tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor beriladi. Ayni vaqtda, respublikada o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya muassasalaridan uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar va xorijiy tillarni mukammal o‘rganishlari, texnika va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchrashuv, ko‘rgazma, ko‘rik va suhbatlar o‘quvchilarning tafakkur dunyosini boyitishda, ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutadi. Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik xarakteriga ega bo‘lishi mumkin. Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga nisbatan ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tashkil etiladi. Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyektiv sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha urinishlar samarasiz yakunlanadi.Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi. Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z
tushunchalariga  muvofiq  paydo  bo‘lgan  dastlabki  sifatlar  o‘rtasida  yoki
o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida
ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.Bundan tashqari, bu qarama-
qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan,
o‘qituvchi  va  tarbiyachilarning  o‘quvchilar  yosh  va  shaxsiy  psixologik
xususiyatlari  (fe’l-atvori,  xarakteri,  qiziqishlari,  jismoniy,  ruhiy  va  fiziologik
sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi: 
1)     aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon; 
2)     ko‘p qirrali jarayon; 
3)     uzoq muddatli jarayon; 
4)     yaxlit tizimlilik jarayon; 
5)     ikki tomonlama aloqa jarayoni; 
6)     qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Pedagogik jarayonning qonuniyatlari.
Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko‘p qirrali jarayon ekanligi bo‘lib,
unda maktab, oila, bolalar va o‘smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik,
kinoteatr, televideniya, adabiyot va san’at ishtirok etadi.
Tarbiyaning  yana  bir  xususiyati  uning  uzoq  muddat  davom  etishidir.
Ta’limdan farqli ravishda u bola tug‘ilganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan
keyin va butun umr bo‘yi davom etadi.
Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit
holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri
bilan uzviy bog‘langan. Boshlang`ich sinfda ham, o‘rta va yuqori sinfda ham ayni
bir  narsa,  masalan,  do‘stlik,  ahillik,  vatanparvarlik  va  boshqalarni  tarbiyalash
ko‘zda tutiladi.
Tarbiyaning  yana  bir  xususiyati  shundaki,  bu  jarayon  ikki  tomonlama
xususiyatga ega bo‘lib, unda bolaning o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyada  qarama-qarshiliklarning  ko‘pligi  yana  bir  xususiyatdir.  Bu
qarama-qarshiliklar bolalarda o‘z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo‘lgan
sifatlar  bilan  tarbiyachi  tomonidan  tarkib  toptirilayotgan  sifatlar  o‘rtasida
Logotip
tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.Bundan tashqari, bu qarama- qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy va fiziologik sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib chiqadi. Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi: 1)     aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon; 2)     ko‘p qirrali jarayon; 3)     uzoq muddatli jarayon; 4)     yaxlit tizimlilik jarayon; 5)     ikki tomonlama aloqa jarayoni; 6)     qarama-qarshiliklardan iborat jarayon. Pedagogik jarayonning qonuniyatlari. Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko‘p qirrali jarayon ekanligi bo‘lib, unda maktab, oila, bolalar va o‘smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik, kinoteatr, televideniya, adabiyot va san’at ishtirok etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir. Ta’limdan farqli ravishda u bola tug‘ilganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan keyin va butun umr bo‘yi davom etadi. Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri bilan uzviy bog‘langan. Boshlang`ich sinfda ham, o‘rta va yuqori sinfda ham ayni bir narsa, masalan, do‘stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko‘zda tutiladi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, unda bolaning o‘zi ham faol ishtirok etadi. Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko‘pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-qarshiliklar bolalarda o‘z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo‘lgan sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o‘rtasida
o‘quvchilarga  qo‘yilgan  talablar  bilan  uni  bajarish  imkoniyatlari  o‘rtasidagi
kurashlarda namoyon bo‘ladi.
Tarbiya  jarayonining  jamiyat  taraqqiyotidagi  roli  nihoyatda  beqiyosdir.
Mutafakkir  olim  Abu  Nasr  Forobiy  ta’lim-tarbiyaning  asosiy  vazifasi  jamiyat
talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk
insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim
olishga,  mehnat  qilishga  undash  va  bu  xatti-harakatini  sekin-asta  ko‘nikmaga
aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va
aqlni  peshlaydi.  Aql  ongni  saqlaydi.  Ong  esa  moddiy  va  ma’naviy  manbaga
aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi.
Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan
mas’uliyat,  sharafli  mehnat  va  qunt,  irodani  talab  etadi.  Bunda  tarbiyachi
bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.
Tarbiyaning  samarali  bo‘lishi  ko‘p  jihatdan  jamiyatdagi  ijtimoiy
institutlarning  rivojlanishiga  bog‘liq.  Ma’naviy  va  insoniy  sifatlarning
shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o‘rin
egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda
ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining
qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1.   So‘z orqali ifodalash usuli.
2.   Ko‘rgazmalilik usuli.
3.   Amaliy namuna usuli.
4.    Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi.
Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish
orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko‘rish
orqali tarbiyalash usullariga.
Logotip
o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi kurashlarda namoyon bo‘ladi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi. Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur. Tarbiyaning samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan jamiyatdagi ijtimoiy institutlarning rivojlanishiga bog‘liq. Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o‘rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq. Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab: 1.   So‘z orqali ifodalash usuli. 2.   Ko‘rgazmalilik usuli. 3.   Amaliy namuna usuli. 4.    Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi. Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga. Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish,
o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish.
To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash,
minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish.
Tarbiya -  Har  bir  insonning  hayotida,  yashashi  mobaynida  orttirgan
saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish
jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo‘ysunish
va o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot
asosiy rol o‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham
katta  ahamiyatga  ega  ekanligini  ta’kidlaydi.  Uning  fikricha  inson  kamolga
yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir.
Axloqlilikning  belgilari  yaxshilik,  to‘g‘rilik,  adolat,  kamtarlik,  saxovat,
oliyjanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go‘zallikka intilish kabilardir.
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan
holda hal etishdir.
Ma’lumki,  «adolat»  keng  qamrovli  tushuncha  sifatida  ijtimoiy
munоsabatlaming  barcha  jabhalarini  qamrab  oladi.  «Adolat,  axloq  va  huquq
kategoriyasi  sifatida  axloqiy-huquqiy  munosabatlarni  nazorat  qilib  turuvchi,
odamlarning  faoliyatiga  baho  beruvchi  zaruriy  o‘lchovdir»,  -  deb  yozadi  F.
Nizomov.
Наг qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish
darajasi  belgilanadi.  Tarixga  nazar  tashlasak,  turli  jamiyatlarda  adolat  nizomi
yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz.
Istiqlol sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari
surilgan adolat to‘grisidagigi g‘oyalar atroflicha  o‘rganish zamon talabi bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega,
sotsiomadaniy  darajasi  rivojlangan,  amaliy  ko‘nikma-malakalarni  egallagan, 
raqobatbardosh  kadrlar  talab  qilinadi.  Shu  sababli  yoshlarda  ijtimoiy  adolat
to‘g‘risidagi  tushunchalarni  kamol  toptirish  uchun  zamin  yaratish  lozim. 
Logotip
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish. To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantirish. Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish. Tarbiya - Har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni. Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo‘ysunish va o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish. Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go‘zallikka intilish kabilardir. Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda hal etishdir. Ma’lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munоsabatlaming barcha jabhalarini qamrab oladi. «Adolat, axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchovdir», - deb yozadi F. Nizomov. Наг qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz. Istiqlol sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to‘grisidagigi g‘oyalar atroflicha  o‘rganish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan,  amaliy ko‘nikma-malakalarni  egallagan,  raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. 
Kelajakda  mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar,  bugungi kun uzluksiz ta’lim
qatnashchilari  huquqiy  davlat  muammolarini  to‘g‘ri  baholay  oladigan,  chuqur
huquqiy  bilimlarga  ega,  ijtimoiy  hayot   sohalari   ichki   qonuniyatlari  
to‘g‘risidagi   tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan
kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijti-
moiy sohadagi islohotlar, axloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida
e’tibor berishlari lozim.
Mazkur  tushunchalarni  shakllantirishda  uzluksiz  ta’lim  tizimi  shaxsning
ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Hayotda
adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir.
«Mutafakkir Imom Buxoriy «Adolat-Allohning benazir inoyatidir, undan
barchani bahramand qiling», - degan g‘oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat
(kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bajarishda uning vazifasi
muhim ekanligiga e’tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina
iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qo‘shin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat
tamoyilining  amal  qilishga  hamda  uning  amaliy  faoliyatiga  ham  bog‘liqligini
ko‘rsatib beradi.
Tarbiya  jarayonida  o‘qituvchi,  tarbiyachilarning  asosiy  vazifasi  ta’lim-
tarbiya berish, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma malakalarini muttasil oshirib borish,
ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan
iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli
vositadir. Uning g‘oyalari  xalqning ishonch – e’tiqodi, intilish va manfaatlari
ifodasiga,  aylansa,  yetarlicha  samara  beradi.  Shuning  uchun  ham  mafkura
sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, o‘quvchilarning tushunchasi, aql-idroki
va tafakkur darajasini inobatga olgan holda ma’rifiy yo‘l va usullar orqali amalga
oshirish taqozo etiladi.
2.Tarbiyaviy  tadbirlarni  tashkil  etishda  zamonaviy  pedagogik
texnologiyalar.
Ona borki olam munavvar
Boshlovchi: 
Logotip
Kelajakda  mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar,  bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to‘g‘ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot   sohalari   ichki   qonuniyatlari   to‘g‘risidagi   tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijti- moiy sohadagi islohotlar, axloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim. Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir. «Mutafakkir Imom Buxoriy «Adolat-Allohning benazir inoyatidir, undan barchani bahramand qiling», - degan g‘oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat (kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bajarishda uning vazifasi muhim ekanligiga e’tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qo‘shin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog‘liqligini ko‘rsatib beradi. Tarbiya jarayonida o‘qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim- tarbiya berish, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir. Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch – e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga, aylansa, yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, o‘quvchilarning tushunchasi, aql-idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda ma’rifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqozo etiladi. 2.Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Ona borki olam munavvar Boshlovchi:
Olloh bizga buyurgan avval
Salom berish bizning burchimiz.
Shuning uchun aziz do‘stlar
Assalomu – alaykum deymiz!
Boshlovchi:
Assalomu alaykum muhtarama onajonlarimiz! Munis opa – singillarimiz!
Qadrli qalbi daryo ustozlarimiz. Avvalo barchani 8 – mart mehr – muruvvat va
nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Boshlovchi:
Ayolni Alloh yaratgan! Tabiatning eng buyuk mo‘jizasidir. Tabiat aziz
ayollarimizga munislik, ezgulik va nafosatni abadiy fazilat qilib bergan. 
 Boshlovchi:
Har bir insonning ko‘nglini munavvar qilgan, oilaga, butun jamiyatga ahllik
– totuvlik, mehr – oqibat bag‘ishlovchi ham ayoldir.
Boshlovchi: Jannat onalar oyog‘i ostida deb bejiz aytmagan.
1 – o‘quvchi: 
Onalarning oyog‘i ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar bo‘lsang
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.
2 – o‘quvchi:
Oyog‘ingiz osti jannatdir,
Izingizdan unadi gullar,
Siz gullarga alla aytganda
Jim qoladi xatto bulbullar.
3 – o‘quvchi:
Mehnatingiz dunyoga bezak,
Aqlingizga men qolaman lol.
Siz shunchalar aziz erursiz,
Muqaddassiz mo‘tabar Ayol!
4 – o‘quvchi:
Logotip
Olloh bizga buyurgan avval Salom berish bizning burchimiz. Shuning uchun aziz do‘stlar Assalomu – alaykum deymiz! Boshlovchi: Assalomu alaykum muhtarama onajonlarimiz! Munis opa – singillarimiz! Qadrli qalbi daryo ustozlarimiz. Avvalo barchani 8 – mart mehr – muruvvat va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. Boshlovchi: Ayolni Alloh yaratgan! Tabiatning eng buyuk mo‘jizasidir. Tabiat aziz ayollarimizga munislik, ezgulik va nafosatni abadiy fazilat qilib bergan. Boshlovchi: Har bir insonning ko‘nglini munavvar qilgan, oilaga, butun jamiyatga ahllik – totuvlik, mehr – oqibat bag‘ishlovchi ham ayoldir. Boshlovchi: Jannat onalar oyog‘i ostida deb bejiz aytmagan. 1 – o‘quvchi: Onalarning oyog‘i ostidadir, Ravzai jannatu jinon bog‘i. Ravza bog‘i visolin istar bo‘lsang Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i. 2 – o‘quvchi: Oyog‘ingiz osti jannatdir, Izingizdan unadi gullar, Siz gullarga alla aytganda Jim qoladi xatto bulbullar. 3 – o‘quvchi: Mehnatingiz dunyoga bezak, Aqlingizga men qolaman lol. Siz shunchalar aziz erursiz, Muqaddassiz mo‘tabar Ayol! 4 – o‘quvchi:
O‘ynoqi xayollar olib qochganda,
Atirgul ilk marta g‘uncha ochganda.
Ko‘kda oy, yulduzlar yog‘du sochganda,
Tilayman Ollohim asra onamni!
Boshlovchi: Endigi navbat “Onajonim” qo‘shig‘iga. 
Raqs. 
Sahna ko‘rinishi: “Ona allasi”.
Boshlovchi:
Oilani ham jamiyatni ham birlashtirib unga fayz-u barokat kiritadigan,
nafosat, ezgulik urug‘i bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar
onalarimiz, munis opa – singillarimizdir.
“O‘zbek onasi” she’ri.
Raqs.
Boshlovchi: Allohning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot bu –
Onadir!
5 – o‘quvchi:
Sadoqat bog‘ida ungan chechaklar,
Yulduzlar yuzidan tomgan ertaklar,
Buloqlar ko‘zida kulgan tilaklar
Jannat farishtasi emasmi ayol?
6 – o‘quvchi:
Ona qimmatin ta’riflash uchun,
So‘zlar xazinasi o‘zi yetmaydur!
Hayotimni hadya etaman deyman
Bu kichik jonimni o‘zi yetmaydur!
7 – o‘quvchi:
Onajonim mehribonim,
Siz dunyoda borimsiz.
Sizdan o‘zga inson yo‘q!
Qadrdonim jonimsiz
Logotip
O‘ynoqi xayollar olib qochganda, Atirgul ilk marta g‘uncha ochganda. Ko‘kda oy, yulduzlar yog‘du sochganda, Tilayman Ollohim asra onamni! Boshlovchi: Endigi navbat “Onajonim” qo‘shig‘iga. Raqs. Sahna ko‘rinishi: “Ona allasi”. Boshlovchi: Oilani ham jamiyatni ham birlashtirib unga fayz-u barokat kiritadigan, nafosat, ezgulik urug‘i bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa – singillarimizdir. “O‘zbek onasi” she’ri. Raqs. Boshlovchi: Allohning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot bu – Onadir! 5 – o‘quvchi: Sadoqat bog‘ida ungan chechaklar, Yulduzlar yuzidan tomgan ertaklar, Buloqlar ko‘zida kulgan tilaklar Jannat farishtasi emasmi ayol? 6 – o‘quvchi: Ona qimmatin ta’riflash uchun, So‘zlar xazinasi o‘zi yetmaydur! Hayotimni hadya etaman deyman Bu kichik jonimni o‘zi yetmaydur! 7 – o‘quvchi: Onajonim mehribonim, Siz dunyoda borimsiz. Sizdan o‘zga inson yo‘q! Qadrdonim jonimsiz
Yashashni o‘rgatdingiz.
Oq qorani tanitib,
Bag‘ringizni keng ochib
Qalbingizni yayratib.
Boshlovchi: Raqs.
8 – o‘quvchi:
Onani e’zozlash bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga
yetgandir.  Buyuk  allomalarimizni  onalarimiz  haqidagi  fikrlari:  qahramon
shoirimiz Abdulla Oripov aytganlaridek: 
Bu yorug‘ dunyoda Vatan bittadir. 
Bittadir dunyoda ona degan nom.
She’rlar:
9 – o‘quvchi: “Onajon” she’ri.
Bu kun sochingizda oq qirov ko‘rdim,
Qora sochlaringiz qordek bo‘libdi.
Go‘zal chehrangizda ajinni ko‘rdim,
Yillar o‘z izini unga solibdi.
10– o‘quvchi:
Onajon, ming afsus payqamadim men,
Yoshigiz o‘tib, keksayganingiz.
O‘zimni qandayin kechiray, ayting,
Menga qurbon bo‘ldi axir boringiz.
11 – o‘quvchi:
Onajon, ming jonni menga berdingiz,
Siz uchun bir jonni bera olmadim.
Men uchun ming kecha azob chekdingiz,
Siz uchun bir kecha tura olmadim.
12 – o‘quvchi:
O‘zimni kechirmayman, kechirolmayman hech,
Logotip
Yashashni o‘rgatdingiz. Oq qorani tanitib, Bag‘ringizni keng ochib Qalbingizni yayratib. Boshlovchi: Raqs. 8 – o‘quvchi: Onani e’zozlash bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga yetgandir. Buyuk allomalarimizni onalarimiz haqidagi fikrlari: qahramon shoirimiz Abdulla Oripov aytganlaridek: Bu yorug‘ dunyoda Vatan bittadir. Bittadir dunyoda ona degan nom. She’rlar: 9 – o‘quvchi: “Onajon” she’ri. Bu kun sochingizda oq qirov ko‘rdim, Qora sochlaringiz qordek bo‘libdi. Go‘zal chehrangizda ajinni ko‘rdim, Yillar o‘z izini unga solibdi. 10– o‘quvchi: Onajon, ming afsus payqamadim men, Yoshigiz o‘tib, keksayganingiz. O‘zimni qandayin kechiray, ayting, Menga qurbon bo‘ldi axir boringiz. 11 – o‘quvchi: Onajon, ming jonni menga berdingiz, Siz uchun bir jonni bera olmadim. Men uchun ming kecha azob chekdingiz, Siz uchun bir kecha tura olmadim. 12 – o‘quvchi: O‘zimni kechirmayman, kechirolmayman hech,
Sizning oldingizda ko‘pdir gunohim.
Baxtimga bor bo‘l deb, har ertayu kech,
Qilgan duoingiz mening panohim.
Boshlovchi: sahna ko‘rinishi: “Ona jasorati”
13 – o‘quvchi: Azizlar har birimizning yutug‘imiz ota – ona duosidir. Ana
shu duo g‘oyat hosiyatli bo‘lib bizni har xil balolardan asragay. 
14 – o‘quvchi: “Mehribon ona” she’ri
Dunyodan “bolam” deb kuyunib o‘tar,
Farzandidan kutsa shirin so‘z kutar,
Topib – tutganini beminnat tutar – 
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
15 – o‘quvchi:
Artar kiprigingga tushgan gardingni,
Yurakdan his qilar quvonch – dardingni,
Anglay olsang agar zarra qadrini – 
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
16 – o‘quvchi:
Og‘ir damlaringda yoningda bo‘lgan,
Chimdim yutug‘ingdan quvonchga to‘lgan,
Yig‘lasang yig‘lagan, sen kulsang kulgan – 
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
17 – o‘quvchi:
Onangning mehrini yurakdan tuygan,
Suysang bu dunyoda onangni suygin,
Kuysang “volidam” deb, “onam” deb kuygin – 
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
Boshlovchi: Qo‘shiq: “Gul tutay Onajon”
1 – o‘quvchi: 
Qutlug‘ bo‘lsin bayramingiz
Logotip
Sizning oldingizda ko‘pdir gunohim. Baxtimga bor bo‘l deb, har ertayu kech, Qilgan duoingiz mening panohim. Boshlovchi: sahna ko‘rinishi: “Ona jasorati” 13 – o‘quvchi: Azizlar har birimizning yutug‘imiz ota – ona duosidir. Ana shu duo g‘oyat hosiyatli bo‘lib bizni har xil balolardan asragay. 14 – o‘quvchi: “Mehribon ona” she’ri Dunyodan “bolam” deb kuyunib o‘tar, Farzandidan kutsa shirin so‘z kutar, Topib – tutganini beminnat tutar – Mehribon onangni boshingga ko‘tar. 15 – o‘quvchi: Artar kiprigingga tushgan gardingni, Yurakdan his qilar quvonch – dardingni, Anglay olsang agar zarra qadrini – Mehribon onangni boshingga ko‘tar. 16 – o‘quvchi: Og‘ir damlaringda yoningda bo‘lgan, Chimdim yutug‘ingdan quvonchga to‘lgan, Yig‘lasang yig‘lagan, sen kulsang kulgan – Mehribon onangni boshingga ko‘tar. 17 – o‘quvchi: Onangning mehrini yurakdan tuygan, Suysang bu dunyoda onangni suygin, Kuysang “volidam” deb, “onam” deb kuygin – Mehribon onangni boshingga ko‘tar. Boshlovchi: Qo‘shiq: “Gul tutay Onajon” 1 – o‘quvchi: Qutlug‘ bo‘lsin bayramingiz
Onajon – onajon!
Sizga shodlik baxt tilayman
Bir jahon – bir jahon
2 – o‘quvchi:
Quyosh bo‘lib yo‘lingizga,
Nur sochay, nur sochay
Bahor bo‘lib yo‘lingizga
Gul tutay gul tutay
Boshlovchi: Raqs: Qizlar ijrosida. 
 
1. Siz quyoshsiz, Onajon!
2.
Boshlovchilar  musiqa  sadolari  ostida  bayram  ishtirokchilari  bilan
salomlashdi.
1 – boshlovchi: 
Assalomu  alaykum  aziz  onajonlar,  mehribon  ustozlar,  hurmatli
o‘quvchilar!
2 – boshlovchi: 
 Bugungi “Siz quyoshsiz, Onajon!” deya nomlangan bayramimizga xush
kelibsiz!
1 – boshlovchi: 
Ha, darhaqiqat, o‘lkamizga bahor keldi. Fasllar kelinchagi bo‘lmish go‘zal
ko‘klam o‘z ko‘rki va go‘zalligi bilan tabiatga jon ato etdi. Chunki aynan shu
fasl tabiat uyg‘onadi, ko‘k maysalar unadi. Olam yashil libosga burkanadi. Gul-
u chechaklar  yuz  ochadi.  Mana  shu  go‘zal  fasl  dunyoni  mehr  qo‘ri  bilan
tebratuvchi aziz onajonlarimiz, mehribon buvijonu, opa – singillarimiz bayrami
keng nishonlanadi.
1,2 – boshlovchi: 
Shunday  ekan,  kelinglar,  bugungi  munis  onalarimizga  bag‘ishlangan
bayramni tomosha qilaylik.
Musiqa chalinadi va “Onajonginam” qo‘shig‘i ijro etiladi.
2 – boshlovchi: 
Logotip
Onajon – onajon! Sizga shodlik baxt tilayman Bir jahon – bir jahon 2 – o‘quvchi: Quyosh bo‘lib yo‘lingizga, Nur sochay, nur sochay Bahor bo‘lib yo‘lingizga Gul tutay gul tutay Boshlovchi: Raqs: Qizlar ijrosida. 1. Siz quyoshsiz, Onajon! 2. Boshlovchilar musiqa sadolari ostida bayram ishtirokchilari bilan salomlashdi. 1 – boshlovchi: Assalomu alaykum aziz onajonlar, mehribon ustozlar, hurmatli o‘quvchilar! 2 – boshlovchi: Bugungi “Siz quyoshsiz, Onajon!” deya nomlangan bayramimizga xush kelibsiz! 1 – boshlovchi: Ha, darhaqiqat, o‘lkamizga bahor keldi. Fasllar kelinchagi bo‘lmish go‘zal ko‘klam o‘z ko‘rki va go‘zalligi bilan tabiatga jon ato etdi. Chunki aynan shu fasl tabiat uyg‘onadi, ko‘k maysalar unadi. Olam yashil libosga burkanadi. Gul- u chechaklar yuz ochadi. Mana shu go‘zal fasl dunyoni mehr qo‘ri bilan tebratuvchi aziz onajonlarimiz, mehribon buvijonu, opa – singillarimiz bayrami keng nishonlanadi. 1,2 – boshlovchi: Shunday ekan, kelinglar, bugungi munis onalarimizga bag‘ishlangan bayramni tomosha qilaylik. Musiqa chalinadi va “Onajonginam” qo‘shig‘i ijro etiladi. 2 – boshlovchi:
Ha,  onalarimiz  naqadar  aziz,  ular  shunchalar  mehribonki,  bu  haqida
qancha ta’riflasak ham kamlik qiladi. 
O‘quvchilar onalarni madh etib she’r o‘qiydilar:
Onajonim, mehribonim,
Siz ko‘kdagi quyoshim.
Yaxshi ishda yo‘ldoshim,
Ishlarimda ish boshim.
Bizga oq sut berdingiz,
Yugurdingiz, yeldingiz.
Jonu dildan suydingiz,
Onajonim, mehribonim.
Meni o‘ylaysiz faqat,
Men uchun kuydirib jon.
Sizday mehribon yo‘qdir,
Siz – quyoshsiz, Onajon.
Yashayman men doimo,
Ko‘rsatib izzat – hurmat.
Ko‘nglingiz etaman shod,
Bosh egib, qilib xizmat.
Onajonim, baxtimga,
Yuringiz sog‘ – salomat.
Baxtli yashang doimo,
Hayotdan rozi bo‘lib.
Siz bag‘rikeng bir insonsiz,
Bizga juda mehribonsiz.
Gullar tutib, quvnar yurak,
Logotip
Ha, onalarimiz naqadar aziz, ular shunchalar mehribonki, bu haqida qancha ta’riflasak ham kamlik qiladi. O‘quvchilar onalarni madh etib she’r o‘qiydilar: Onajonim, mehribonim, Siz ko‘kdagi quyoshim. Yaxshi ishda yo‘ldoshim, Ishlarimda ish boshim. Bizga oq sut berdingiz, Yugurdingiz, yeldingiz. Jonu dildan suydingiz, Onajonim, mehribonim. Meni o‘ylaysiz faqat, Men uchun kuydirib jon. Sizday mehribon yo‘qdir, Siz – quyoshsiz, Onajon. Yashayman men doimo, Ko‘rsatib izzat – hurmat. Ko‘nglingiz etaman shod, Bosh egib, qilib xizmat. Onajonim, baxtimga, Yuringiz sog‘ – salomat. Baxtli yashang doimo, Hayotdan rozi bo‘lib. Siz bag‘rikeng bir insonsiz, Bizga juda mehribonsiz. Gullar tutib, quvnar yurak,
Bayramingiz muborak!
Bolalar  onalariga  gullar  sovg‘a  qilishadi.  “Ayol”  qo‘shig‘i  magnit
tasmasidan eshittiriladi, bolalar valsga tushadilar.
1 – boshlovchi: 
Onalarimiz,  ayollarimiz  qo‘shiqda  kuylanganidek,  juda  go‘zal  hamda
malohatlidir. Ayniqsa, o‘zbek ayollari.
O‘quvchilar tomonidan “O‘zbegimning ayoli” she’ri o‘qiladi.
Malohatli jamoli,
Baxtdan so‘zlar kamoli,
Boshda g‘ijim ro‘moli,
O‘zbegimning ayoli.
Erta tongda non yopgan,
Dalada ketmon chopgan,
Farzand –la, baxtin topgan,
O‘zbegimning ayoli.
2 – boshlovchi: 
Xalqimiz azal – azaldan munis onajonlarimiz haqida maqolu, masallar,
rivoyatlar aytib kelishgan. Hadislar ham bu zoti shariflar haqida ko‘plab ibratli
nasihatlar bor. Hozir ana shulardan namunalar eshitamiz.
O‘quvchilar tomonidan hadislardan namunalar aytiladi.
Onalar mehribon, ular shunchalar mehrliki, bizni necha yoshga to‘lsak
ham “bolam”, deb suyadilar. Darhaqiqat, ona bolam degan, bola esa dalam
degan. Shu o‘rinda birorta kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. Shundan
so‘ng bolalar onalarni madh etadilar.Ona – bu hayot demak. Ona borki, hayot
davom etadi, ona borki oila chirog‘i o‘chmaydi, ona borki, olam munavvar.
Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo‘shadilar, oq yuvib
oq  taraydilar.  Doimo  boshimiz  uzra  parvona  bo‘ladilar.  Ular  oyog‘imizga
kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar.Buning sababi nima? Ne
Logotip
Bayramingiz muborak! Bolalar onalariga gullar sovg‘a qilishadi. “Ayol” qo‘shig‘i magnit tasmasidan eshittiriladi, bolalar valsga tushadilar. 1 – boshlovchi: Onalarimiz, ayollarimiz qo‘shiqda kuylanganidek, juda go‘zal hamda malohatlidir. Ayniqsa, o‘zbek ayollari. O‘quvchilar tomonidan “O‘zbegimning ayoli” she’ri o‘qiladi. Malohatli jamoli, Baxtdan so‘zlar kamoli, Boshda g‘ijim ro‘moli, O‘zbegimning ayoli. Erta tongda non yopgan, Dalada ketmon chopgan, Farzand –la, baxtin topgan, O‘zbegimning ayoli. 2 – boshlovchi: Xalqimiz azal – azaldan munis onajonlarimiz haqida maqolu, masallar, rivoyatlar aytib kelishgan. Hadislar ham bu zoti shariflar haqida ko‘plab ibratli nasihatlar bor. Hozir ana shulardan namunalar eshitamiz. O‘quvchilar tomonidan hadislardan namunalar aytiladi. Onalar mehribon, ular shunchalar mehrliki, bizni necha yoshga to‘lsak ham “bolam”, deb suyadilar. Darhaqiqat, ona bolam degan, bola esa dalam degan. Shu o‘rinda birorta kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. Shundan so‘ng bolalar onalarni madh etadilar.Ona – bu hayot demak. Ona borki, hayot davom etadi, ona borki oila chirog‘i o‘chmaydi, ona borki, olam munavvar. Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo‘shadilar, oq yuvib oq taraydilar. Doimo boshimiz uzra parvona bo‘ladilar. Ular oyog‘imizga kirgan tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar.Buning sababi nima? Ne