BOSHLANG‘ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

39,8 KB


BOSHLANG‘ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING
ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI.
Reja:
1. Pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari.
2. Pedagogik jarayonda o‘quv-pedagogik texnologiyalar. 
3. Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonni optimallashtirish.
Tayanch  
 so‘z  va  iboralar:
 o‘qitish  texnologiyasi,  pedagogik
texnologiyaning aspekti,  predmet metodikasidan o‘qitish texnologiyasining farqi,
pedagog-texnologning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi, zamonaviy  pedagogik
texnologiyaning darajalari.
1.
O‘qitish texnologiyasining asosiy ko‘rsatkichlari 
O‘qitish  texnologiyasi  -  bu  ta’lim,  kommunikatsiya,  axborot  va
boshqaruvning jamlangan va tartibga solingan optimal yo‘llari va vositalaridir, bu
ta’lim  jarayonini  o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida samarali
natijalarga  kafolatli  erishishni  va  aniq  ta’lim  jarayonlarini  amalga  oshirishni
instrumental  ta’minlovchisi  hisoblanadi  (PT  jarayonli  –bayonli  aspekti);  bu
mavjud jarayondir, ta’lim jarayoni subyektlarining hamkorlikdagi yuzaga kelgan
tartibli harakatidir (PT jarayonli harakat aspekti).
Pedagogik  texnologiya  –  bu  ta’limni  texnologiyalashtirish  sohasida
pedagogik hodisalar va jarayonlarda qo‘llaniladigan tushuncha
Logotip
BOSHLANG‘ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI. Reja: 1. Pedagogik jarayonning zamonaviy tendensiyalari. 2. Pedagogik jarayonda o‘quv-pedagogik texnologiyalar. 3. Boshlang‘ich maktabda pedagogik jarayonni optimallashtirish. Tayanch so‘z va iboralar: o‘qitish texnologiyasi, pedagogik texnologiyaning aspekti, predmet metodikasidan o‘qitish texnologiyasining farqi, pedagog-texnologning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi, zamonaviy pedagogik texnologiyaning darajalari. 1. O‘qitish texnologiyasining asosiy ko‘rsatkichlari O‘qitish texnologiyasi -  bu ta’lim, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning jamlangan va tartibga solingan optimal yo‘llari va vositalaridir, bu ta’lim jarayonini o‘zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida samarali natijalarga kafolatli erishishni va aniq ta’lim jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta’minlovchisi hisoblanadi (PT jarayonli –bayonli aspekti);  bu mavjud jarayondir, ta’lim jarayoni subyektlarining hamkorlikdagi yuzaga kelgan tartibli harakatidir (PT jarayonli harakat aspekti). Pedagogik texnologiya – bu ta’limni texnologiyalashtirish sohasida pedagogik hodisalar va jarayonlarda qo‘llaniladigan tushuncha
«Pedagogik  tizim»,  «ta’lim  texnologiyasi»  va  «fan  metodikasi»
tushunchalari va ularning bir-biridan farqi
Pedagogik  tizim  –  belgilangan  sifatlarga  ega  shaxsni  shakllantirishga
qaratilgan, maqsadli va oldindan belgilangan pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun
zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar, usullar, jarayonlar birligidan iborat ma’lum
bir butunlik (V.Bespalko).
 Ta’limning  predmet  metodikasi  –  ta’lim  tizimida  quyidagi  predmetning
ahamiyati  va  o‘rni,  uning  vazifalari  va  ta’lim  mazmunini  aniqlab  beradi.  Shu
predmet yuzasidan ta’lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va
boshqarilishiga izoh keltiradi.
Tizimli  turkum  (kategoriya)  kabi  ta’lim  texnologiyasi  quyidagilarni
ifodalaydi: 
(1)  pedagogik  tizimning  tarkibiy  qismlarini  (komponentlarini),  (2)  ta’lim
texnologiyasining tarkibiy qismlarni (elementlarini), uning protsessual qismini, (3)
ta’lim  metodikasining  keyingi  darajasini  –  maqsadga  erishish  uchun  uslubiy
(metodik) tizimni o‘quv jarayoni qatnashchilarining harakat izchilligiga aylantiradi. 
Predmet metodikasidan o‘qitish texnologiyasining farqi:
-
 faqatgina  “o‘rgatish?”  savoliga  javob  bermay,  balki  u  muhim
qo‘shimchalar  qiladi - «samarali natija olish uchun  qanday  o‘rgatish va
qanday optimal o‘quv jarayonini tashkillashtirish?»;
-
 aniq  talablarga  va  taxminiy  natijalarga emas  balki  aniq  vazifalarga
tayangan xolda aniq pedagogik g‘oya asosida loyihalashtiriladi;
-
 natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi;
-
bilim  olishda,  ta’lim  beruvchiga  yo‘naltirilgan,  darsning  metodik
ishlanmalaridan farqli o‘larok, shaxsiy faoliyatlarini hisobga olgan holda
yutuqlarni ta’minlaydi va ta’lim oluvchilarga yo‘naltiradi. 
 Pedagog-texnologiyaning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi:
-
tajriba o‘tkazmaydi: u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi;
-
ma’lum muddatda va talab bo‘yicha quyilgan maqsadni amalga oshirishda
shubha tug‘dirmaydigan,  faqatgina asoslangan ta’lim modeliga tayanadi; 
-
ta’lim  maqsadi  qo‘yilgandan  so‘ng,  pedagogik  vazifalar  aniq
belgilangandan  so‘ng, taxmin  qilingan  o‘quv natijalari  shakllangandan
Logotip
«Pedagogik tizim», «ta’lim texnologiyasi» va «fan metodikasi» tushunchalari va ularning bir-biridan farqi Pedagogik tizim – belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli va oldindan belgilangan pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro bog‘liq vositalar, usullar, jarayonlar birligidan iborat ma’lum bir butunlik (V.Bespalko). Ta’limning predmet metodikasi – ta’lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va o‘rni, uning vazifalari va ta’lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta’lim usullari, shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izoh keltiradi. Tizimli turkum (kategoriya) kabi ta’lim texnologiyasi quyidagilarni ifodalaydi: (1) pedagogik tizimning tarkibiy qismlarini (komponentlarini), (2) ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismlarni (elementlarini), uning protsessual qismini, (3) ta’lim metodikasining keyingi darajasini – maqsadga erishish uchun uslubiy (metodik) tizimni o‘quv jarayoni qatnashchilarining harakat izchilligiga aylantiradi. Predmet metodikasidan o‘qitish texnologiyasining farqi: - faqatgina “o‘rgatish?” savoliga javob bermay, balki u muhim qo‘shimchalar qiladi - «samarali natija olish uchun qanday o‘rgatish va qanday optimal o‘quv jarayonini tashkillashtirish?»; - aniq talablarga va taxminiy natijalarga emas balki aniq vazifalarga tayangan xolda aniq pedagogik g‘oya asosida loyihalashtiriladi; - natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi; - bilim olishda, ta’lim beruvchiga yo‘naltirilgan, darsning metodik ishlanmalaridan farqli o‘larok, shaxsiy faoliyatlarini hisobga olgan holda yutuqlarni ta’minlaydi va ta’lim oluvchilarga yo‘naltiradi.  Pedagog-texnologiyaning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi: - tajriba o‘tkazmaydi: u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi; - ma’lum muddatda va talab bo‘yicha quyilgan maqsadni amalga oshirishda shubha tug‘dirmaydigan, faqatgina asoslangan ta’lim modeliga tayanadi; - ta’lim maqsadi qo‘yilgandan so‘ng, pedagogik vazifalar aniq belgilangandan so‘ng, taxmin qilingan o‘quv natijalari shakllangandan
so‘ng  va  ta’lim  jarayonining  ketishi  bo‘yicha  qo‘yilgan  talablardan
so‘nggina harakatni boshlashi mumkin. 
 
Pedagogik  texnologiyalarni
 mazmuni 
quyidagi  yo‘nalishlarni
chuqurlashtirishga qaratilgan:
A) Gumanlashtirish va demakratlashtirish.
 B) Individuallashtirish
 S) Rivojlantirish
 D) Faollikni oshirish (bajarib o‘rganish)
Pedagogik  texnologiyalarning  dastlabki  elementlarini  hosil  bo‘lishi va
takomillashuvini tasavvur etish, o‘tmish ildizlariga bugungi ta’lim texnologiyasi
talablari jihatidan yondashish eng dolzarb vazifalardandir.
Pedagogik  texnologiyalarni  turlari  (umumiy,  xususiy  metodik,  universal
modulli  kichik  texnologiyalar).  Pedagogik  texnologiyalarni  falsafiy  jihatdan
guruhlash.  (materialistik,  idealistik,  diniy,  ilmiy).  Ta’limni  tashkil  etishga
yondashuv jihatdan (biogen, psixogen, sotsiogen). 
Pedagogik texnologiyalar o‘qitish natijasi o‘qituvchi shaxsidan ko‘ra ko‘proq
o‘quvchiga, uning mustaqil o‘qishiga bog‘liqligini yaqqol ochib beradi. Haqiqatan
ham, YUNESKOning ta’lim va informatika bo‘yicha ikkinchi kongressi (Moskva,
1996)  va  Butun  Rossiya  “Telematika-96”  ilmiy-metodik  anjumani  (Sankt-
Peterburg, 1996) materiallarida ta’kidlanganidek, yangi axborot vositasi va uning
imkoniyatlari bilan to‘la qurollangan o‘quvchi o‘quv materialining 70-90 foizini
mustaqil o‘zlashtirishni uddalay olar ekan.
Pedagogik 
texnologiya aspekti
Ilmiy
(ilmiy asoslanadi)
Tavsifiy
(metod, vosita, shakllardan 
foydalanish jarayoni ishlab 
chiqiladi)
Amaliy
(amalga oshiriladi)
Logotip
so‘ng va ta’lim jarayonining ketishi bo‘yicha qo‘yilgan talablardan so‘nggina harakatni boshlashi mumkin. Pedagogik texnologiyalarni mazmuni quyidagi yo‘nalishlarni chuqurlashtirishga qaratilgan: A) Gumanlashtirish va demakratlashtirish.  B) Individuallashtirish  S) Rivojlantirish  D) Faollikni oshirish (bajarib o‘rganish) Pedagogik texnologiyalarning dastlabki elementlarini hosil bo‘lishi va takomillashuvini tasavvur etish, o‘tmish ildizlariga bugungi ta’lim texnologiyasi talablari jihatidan yondashish eng dolzarb vazifalardandir. Pedagogik texnologiyalarni turlari (umumiy, xususiy metodik, universal modulli kichik texnologiyalar). Pedagogik texnologiyalarni falsafiy jihatdan guruhlash. (materialistik, idealistik, diniy, ilmiy). Ta’limni tashkil etishga yondashuv jihatdan (biogen, psixogen, sotsiogen). Pedagogik texnologiyalar o‘qitish natijasi o‘qituvchi shaxsidan ko‘ra ko‘proq o‘quvchiga, uning mustaqil o‘qishiga bog‘liqligini yaqqol ochib beradi. Haqiqatan ham, YUNESKOning ta’lim va informatika bo‘yicha ikkinchi kongressi (Moskva, 1996) va Butun Rossiya “Telematika-96” ilmiy-metodik anjumani (Sankt- Peterburg, 1996) materiallarida ta’kidlanganidek, yangi axborot vositasi va uning imkoniyatlari bilan to‘la qurollangan o‘quvchi o‘quv materialining 70-90 foizini mustaqil o‘zlashtirishni uddalay olar ekan. Pedagogik texnologiya aspekti Ilmiy (ilmiy asoslanadi) Tavsifiy (metod, vosita, shakllardan foydalanish jarayoni ishlab chiqiladi) Amaliy (amalga oshiriladi)
B.Blum tadqiqotlarida esa bu ko‘rsatkich 75 foiz chegarasida aniqlangan.
Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  ta’lim  jarayonini  pedagogik  texnologiyalar asosida
tashkil etish natijasida o‘quv materialining asosiy  qismi  o‘quvchining mustaqil
o‘zlashtirishiga o‘tkaziladi va demak, darsxona soatlari keskin kamayadi. Bu bilan
birinchidan, bilish jarayonida o‘quvchi faolligi va mas’uliyati oshadi, ikkinchidan
esa, professor o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalari ham me’yorlanadi.
Pedagogik  texnologiyalar avvalo – umumpedagogik  maqsadlar  fan  va
mavzular miqyosidagi aniq o‘quv maqsadlariga ajratiladi, ularga muvofiq holda
oraliq, yakuniy baholash va o‘quvchilarning mustaqil o‘zlashtirishlari bo‘yicha
topshiriqlar tuziladi. O‘quv maqsadlari, topshiriq (test)lar va yakuniy natija, oldindan
belgilangandan so‘nggina, o‘quv jarayoni boshlanadi. Uning asosiy mazmuni aniq
belgilangan  yakuniy  maqsadga  to‘la-to‘kis  erishishga  yo‘naltiriladi.  Bunda
o‘qituvchiga test yoki boshqa turdagi topshiriqlardan,  o‘quvchilar bilish jarayonini
faollashtiruvchi turli didaktik konstruksiyalar va vositalardan foydalanish erkinligi
beriladi.  Eng  muhimi,  yakuniy  natijaga  erishish  kafolatlansa  bo‘lgani.  O‘qitish
natijalariga qarab, o‘quv jarayoni mazmuniga va aniqlashtirilgan (xususiy) o‘quv
maqsadlarga  tuzatishlar  kiritilib  boriladi.  Bu  esa,  bo‘lajak  o‘quv  jarayonini
loyihalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik texnologiyalarda o‘quv jarayonini takrorlanuvchan xarakterga ega
bo‘lishi  quyidagicha  tushuntiriladi.  O‘quv  jarayoni  malakali  mutaxassis  yoki
tajribali  o‘qituvchilar  tomonidan  tuzilgan  topshiriq  (test)lar  bo‘yicha  amalga
oshirilar ekan, unda mahorati turlicha bo‘lgan o‘qituvchilar deyarli bir xil natijaga
erishishlari mumkin. V.P.Bespalko ta’kidlaganidek: “pedagogik texnologiya, (dars
o‘tuvchi)  o‘qituvchi  mahoratiga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  pedagogik
muvaffaqiyatni  kafolatlay  oladigan,  o‘quvchi-o‘quvchi  shaxsini  shakllantirish
jarayonini ifodalash–loyihalashdir”.
Haqiqatan ham AQSHda yaratilgan va YUNESKO tomonidan ma’qullangan
pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan jahondagi 27 dan ziyod mamlakatlar
o‘quv jarayonida AQSHdagiga juda yaqin natijalarga erishmoqdalar. Xususan,
Janubiy Koreyada pedagogik texnologiyalar bo‘yicha o‘qitilgan 5000 o‘quvchi-
o‘quvchining 75 foizi  an’anaviy usulda o‘qiganda faqat eng yuqori o‘zlashtiruvchi
Logotip
B.Blum tadqiqotlarida esa bu ko‘rsatkich 75 foiz chegarasida aniqlangan. Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish natijasida o‘quv materialining asosiy qismi o‘quvchining mustaqil o‘zlashtirishiga o‘tkaziladi va demak, darsxona soatlari keskin kamayadi. Bu bilan birinchidan, bilish jarayonida o‘quvchi faolligi va mas’uliyati oshadi, ikkinchidan esa, professor o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamalari ham me’yorlanadi. Pedagogik texnologiyalar avvalo – umumpedagogik maqsadlar fan va mavzular miqyosidagi aniq o‘quv maqsadlariga ajratiladi, ularga muvofiq holda oraliq, yakuniy baholash va o‘quvchilarning mustaqil o‘zlashtirishlari bo‘yicha topshiriqlar tuziladi. O‘quv maqsadlari, topshiriq (test)lar va yakuniy natija, oldindan belgilangandan so‘nggina, o‘quv jarayoni boshlanadi. Uning asosiy mazmuni aniq belgilangan yakuniy maqsadga to‘la-to‘kis erishishga yo‘naltiriladi. Bunda o‘qituvchiga test yoki boshqa turdagi topshiriqlardan, o‘quvchilar bilish jarayonini faollashtiruvchi turli didaktik konstruksiyalar va vositalardan foydalanish erkinligi beriladi. Eng muhimi, yakuniy natijaga erishish kafolatlansa bo‘lgani. O‘qitish natijalariga qarab, o‘quv jarayoni mazmuniga va aniqlashtirilgan (xususiy) o‘quv maqsadlarga tuzatishlar kiritilib boriladi. Bu esa, bo‘lajak o‘quv jarayonini loyihalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarda o‘quv jarayonini takrorlanuvchan xarakterga ega bo‘lishi quyidagicha tushuntiriladi. O‘quv jarayoni malakali mutaxassis yoki tajribali o‘qituvchilar tomonidan tuzilgan topshiriq (test)lar bo‘yicha amalga oshirilar ekan, unda mahorati turlicha bo‘lgan o‘qituvchilar deyarli bir xil natijaga erishishlari mumkin. V.P.Bespalko ta’kidlaganidek: “pedagogik texnologiya, (dars o‘tuvchi) o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi-o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash–loyihalashdir”. Haqiqatan ham AQSHda yaratilgan va YUNESKO tomonidan ma’qullangan pedagogik texnologiyalarni joriy etayotgan jahondagi 27 dan ziyod mamlakatlar o‘quv jarayonida AQSHdagiga juda yaqin natijalarga erishmoqdalar. Xususan, Janubiy Koreyada pedagogik texnologiyalar bo‘yicha o‘qitilgan 5000 o‘quvchi- o‘quvchining 75 foizi an’anaviy usulda o‘qiganda faqat eng yuqori o‘zlashtiruvchi
o‘quvchi-o‘quvchilargina  erisha  oladigan  ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lganlar.  Ba’zi
mamlakatlarda esa bunday ko‘rsatkich ulushi 80-85 foizni tashkil etadi.
Biz  bixeviorizm  va  B.Blum  taksonomiyasiga  asoslangan  pedagogik
texnologiyalar  haqida  fikr  yuritishga  harakat  qildik.  Bundan  tashqari  shaxsning
effektiv  sohada  rivojlanishini  ta’minlovchi,  ijodiy  fikrlash  qobiliyatini
rivojlantiruvchi  o‘qitishning  individuallashganligi  bilan  ajralib  turuvchi  Kyoller
sistemasi kabi o‘qitish texnologiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi mamlakatimiz o‘quv
yurtlaridagi  kadrlar  tayyorlash  jarayoni  mazmunini  yanada  boyitib,  uni  jahon
andozalari bilan uyg‘unlashuviga, shu  bilan birga mustaqillik mafkurasi, o‘zbek
xalq  pedagogikasi  va  milliy  an’analarga  xos  va  mos  bo‘lgan  pedagogik
texnologiyalarni  yaratishga  nazariy  va  amaliy  asos  bo‘ladi  deb  o‘ylaymiz1.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-
nazariy asoslarini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin:
1.     Pedagogik muammoning yechimi ilmiy asoslanganligi;
2.     Pedagogik  jarayonning  asosiy  obyekti  hamda  subyekti  hisoblanmish
tahsil oluvchilarning ongli, faol o‘quv bilish faoliyatlarining ta’minlanganligi;
3.     Olingan natijaning sifat va samaradorligi nisbatan yuqoriligi;
4.     Olingan  natijaga  ortiqcha  vaqt,  zo‘riqish  vositalari va  shu   kabilar
sarflanmaganligi;
5.     Pedagogik  texnologiyalar  ijodiy  izlanishlar  mahsuli  bo‘lib,  ma’lum
yangilikka  egaligi  va  uzoq  muddatlar  davomida  qo‘llanish  imkoniyatlarining
mavjdudligi;
6.     Pedagoglar  ommasi  tomonidan e’tirof  etilib, oson  o‘zlashtirilishi  va
amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq etilishi kabilardir.
Agar  ta’lim-tarbiya  jarayonida  ko‘zlangan  natijaga nisbatan  ko‘p  vaqt,
zo‘riqish kuchlari, materiallar, vositalar kabilar sarflash hisobga olingan bo‘lsa,
bunda qo‘llanilgan texnologiyani samarali, ilg‘or deb bo‘lmaydi. Samarali, ilg‘or
pedagogik  texnologiyalar  ta’lim-tarbiya  jarayonining  barcha  tarkibiy  unsurlari
(ta’lim mazmuni, didaktik maqsadlar, ishtirokchilari, tashqi ta’sir etuvchi omillar,
amalga oshirish shart-sharoitlari kabilar)ni har tomonlama hisobga olgan, ijodiy
izlanishlar  natijasidir.  Ilmiy  –amaliy  manbalarning  tahlili  va  shaxsiy
Logotip
o‘quvchi-o‘quvchilargina erisha oladigan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlar. Ba’zi mamlakatlarda esa bunday ko‘rsatkich ulushi 80-85 foizni tashkil etadi. Biz bixeviorizm va B.Blum taksonomiyasiga asoslangan pedagogik texnologiyalar haqida fikr yuritishga harakat qildik. Bundan tashqari shaxsning effektiv sohada rivojlanishini ta’minlovchi, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi o‘qitishning individuallashganligi bilan ajralib turuvchi Kyoller sistemasi kabi o‘qitish texnologiyalari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi mamlakatimiz o‘quv yurtlaridagi kadrlar tayyorlash jarayoni mazmunini yanada boyitib, uni jahon andozalari bilan uyg‘unlashuviga, shu bilan birga mustaqillik mafkurasi, o‘zbek xalq pedagogikasi va milliy an’analarga xos va mos bo‘lgan pedagogik texnologiyalarni yaratishga nazariy va amaliy asos bo‘ladi deb o‘ylaymiz1. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy- nazariy asoslarini quyidagi mezonlarga ko‘ra baholash mumkin: 1.     Pedagogik muammoning yechimi ilmiy asoslanganligi; 2.     Pedagogik jarayonning asosiy obyekti hamda subyekti hisoblanmish tahsil oluvchilarning ongli, faol o‘quv bilish faoliyatlarining ta’minlanganligi; 3.     Olingan natijaning sifat va samaradorligi nisbatan yuqoriligi; 4.     Olingan natijaga ortiqcha vaqt, zo‘riqish vositalari va shu kabilar sarflanmaganligi; 5.     Pedagogik texnologiyalar ijodiy izlanishlar mahsuli bo‘lib, ma’lum yangilikka egaligi va uzoq muddatlar davomida qo‘llanish imkoniyatlarining mavjdudligi; 6.     Pedagoglar ommasi tomonidan e’tirof etilib, oson o‘zlashtirilishi va amaliyotga keng ko‘lamda tatbiq etilishi kabilardir. Agar ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘zlangan natijaga nisbatan ko‘p vaqt, zo‘riqish kuchlari, materiallar, vositalar kabilar sarflash hisobga olingan bo‘lsa, bunda qo‘llanilgan texnologiyani samarali, ilg‘or deb bo‘lmaydi. Samarali, ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy unsurlari (ta’lim mazmuni, didaktik maqsadlar, ishtirokchilari, tashqi ta’sir etuvchi omillar, amalga oshirish shart-sharoitlari kabilar)ni har tomonlama hisobga olgan, ijodiy izlanishlar natijasidir. Ilmiy –amaliy manbalarning tahlili va shaxsiy
tajribalarimizga  asoslangan  holda  quyidagilarni  ta’lim-tarbiya  jarayonining
samaradorligini oshiruvchi omillar sifatida ko‘rsatib o‘tamiz.
1.  Ta’lim  standartlari  doirasida  bir-birini  to‘ldiruvchi,  kengaytiruvchi  va
chuqurlashtiruvchi  o‘quv  unsurlari  mazmunining  yaxlit  tugal  tizim  holida
mujassamlashtirib o‘rganish;
2.  Axborot ko‘lami qisqa vaqt ichida shiddatli oshib borayotgan bir paytda
amaliy jihatdan muhim o‘quv materiallariga tayanch nuqtalar sifatida qarab, ularni
tahsil oluvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga katta ahamiyat berish;
3. Har bir mavzu, bilim va o‘quv unsurini o‘rganishda yangi kiritilayotgan
yoki avvaldan ishlatilgan, lekin mohiyati tahsil oluvchilar tomonidan anglanmagan
tushunchalar, iboralar va so‘zlarning mohiyati va mazmunini izohlab, tushuntirish;
4. Muammoli va dasturli ta’lim unsurlaridan keng ko‘lamda foydalanish;
5. Ishlab chiqarish jarayonlarida sodir  bo‘lishi  mumkin bo‘lgan  qiziqarli,
muammoli vaziyatlar tarzidagi masalalarni yechish;
6. Tahsil oluvchilarning mustaqil izlanuvchan o‘quv bilish faoliyatlarini oqilona
tashkil etib, unga rahbarlik va muntazam rahbarlik qilish usul va vositalaridan
foydalanish;
7.  Tahsil  oluvchilarni  o‘qib  o‘rganishga  undovchi,  uni  hayotiy  ehtiyoj
darajasiga ko‘taruvchi omil (o‘yin, munozara, bir-birini nazorat qilib, baholash
kabi)lardan keng ko‘lamda foydalanish;
8.  Fan,  texnika  taraqqiyotiga  oid  yangiliklar  va  ilg‘or  ishlab  chiqarish
texnologiyalarining ilmiy asoslarini aniq misollar yordamida ko‘rsatish;
9.  Ta’lim-tarbiya ishini loyihalashtiruvchi, amalga oshiruvchi va natijalarini
nazorat  qilib, baholash  yo‘li  bilan  yanada  takomillashuviga  erishadigan  ijodiy
izlanuvchan pedagoglarni tayyorlash, ularni oqilona ishlashlari uchun shart-sharoitlar
yaratish kabilar.
Yuqoridagi  fikrlardan  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  ma’lum
yangiliklar yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ilmiy-nazariy va amaliy izlanish
natijasi  ekanligi  ayon  bo‘ladi.  Shunday  ekan,  zamonaviy  pedagogik
texnologiyalarning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish dolzarb vazifa
sanalib, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish muammolari bo‘yicha olib
boriladigan  umumiy  va  amaliy  tadqiqotlarga  keng  yo‘l  bergan  holda  ushbu
Logotip
tajribalarimizga asoslangan holda quyidagilarni ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi omillar sifatida ko‘rsatib o‘tamiz. 1. Ta’lim standartlari doirasida bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi o‘quv unsurlari mazmunining yaxlit tugal tizim holida mujassamlashtirib o‘rganish; 2. Axborot ko‘lami qisqa vaqt ichida shiddatli oshib borayotgan bir paytda amaliy jihatdan muhim o‘quv materiallariga tayanch nuqtalar sifatida qarab, ularni tahsil oluvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilishiga katta ahamiyat berish; 3. Har bir mavzu, bilim va o‘quv unsurini o‘rganishda yangi kiritilayotgan yoki avvaldan ishlatilgan, lekin mohiyati tahsil oluvchilar tomonidan anglanmagan tushunchalar, iboralar va so‘zlarning mohiyati va mazmunini izohlab, tushuntirish; 4. Muammoli va dasturli ta’lim unsurlaridan keng ko‘lamda foydalanish; 5. Ishlab chiqarish jarayonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiziqarli, muammoli vaziyatlar tarzidagi masalalarni yechish; 6. Tahsil oluvchilarning mustaqil izlanuvchan o‘quv bilish faoliyatlarini oqilona tashkil etib, unga rahbarlik va muntazam rahbarlik qilish usul va vositalaridan foydalanish; 7. Tahsil oluvchilarni o‘qib o‘rganishga undovchi, uni hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘taruvchi omil (o‘yin, munozara, bir-birini nazorat qilib, baholash kabi)lardan keng ko‘lamda foydalanish; 8. Fan, texnika taraqqiyotiga oid yangiliklar va ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarining ilmiy asoslarini aniq misollar yordamida ko‘rsatish; 9. Ta’lim-tarbiya ishini loyihalashtiruvchi, amalga oshiruvchi va natijalarini nazorat qilib, baholash yo‘li bilan yanada takomillashuviga erishadigan ijodiy izlanuvchan pedagoglarni tayyorlash, ularni oqilona ishlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Yuqoridagi fikrlardan zamonaviy pedagogik texnologiyalar ma’lum yangiliklar yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ilmiy-nazariy va amaliy izlanish natijasi ekanligi ayon bo‘ladi. Shunday ekan, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish dolzarb vazifa sanalib, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini yaratish muammolari bo‘yicha olib boriladigan umumiy va amaliy tadqiqotlarga keng yo‘l bergan holda ushbu
nazariya  mohiyatini  to‘laqonli  aks  ettiruvchi  pedagogik  terminologiyani
shakllantirishni taqozo etadi. Bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan puxta
asoslangan umumiy ishlanmalarning mavjud bo‘lishi alohida kasb etadi. Zero,
umuman nazariy bazaga ega bo‘lmasdan turib, bu muammolarni hal etish mumkin
emas.
 2.Didaktik  jarayonni  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  asosida
tashkil etish
Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  nazariyasi  va  uni  ta’lim  jarayonida
qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning
ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab etish, uning imkoniyatlarini
aniqlash va keng ko‘lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi.
Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  nazariyasini  shakllantirish  va  undan
foydalanish mexanizmini bilish ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning
eng samarali shakl va metodlarini aniqlash imkonini beradiki, buni nafaqat nazariy,
balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir
Texnopedagogik mazmunda e’lon qilinayotgan ilmiy ishlar sonining tobora
ortib borayotganiga qaramay, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy-
metodologik  asoslarini  yaratish,  unga  ilmiy  fan  maqomini  berish  zaruriyatini
asoslash borasidagi muammaolar hanuzgacha ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan
yetarli darajada ilmiy tadqiq etilmagan. 
Zero, metodologiyaning mukammalligi obyektiv jarayonni o‘rganish va uni
takomillashtirishning hal qiluvchi omilidir. U ilgari ilmiy bilish faoliyatining faqat
falsafiy  asoslari  haqidagi  masalalarni  ifodalagan  bo‘lsa,  endilikda  bilish
nazariyasidan  bilish  vositalariga  jiddiy  e’tibor  berish,  bilishni  tashkil  etish,
bilimning ichki tartib-qoidalari, mantiqi va tarkibini o‘rganishi bilan farq qiladi.
Metodologik formula ilmiy bilish va amalga joriy etish izchilligini ta’minlaydi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarda amaliyotning usutuvorligi, olingan natijaning
haqqoniyligi,  obyektga  muvofiqligini  aniqlash  muhim  xususiyatdir.  Har  bir
muammoni o‘rganish umummetodologiya, xususiy metodologiya va ayni mavzu
metodik tizimidan iborat bo‘ladi. Bu uch metodologik asos bir-birini to‘ldiradi,
obyektiv qonuniyatlarini aniqlash samaradorligini ta’minlaydi.
Logotip
nazariya mohiyatini to‘laqonli aks ettiruvchi pedagogik terminologiyani shakllantirishni taqozo etadi. Bugungi kunda nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslangan umumiy ishlanmalarning mavjud bo‘lishi alohida kasb etadi. Zero, umuman nazariy bazaga ega bo‘lmasdan turib, bu muammolarni hal etish mumkin emas. 2.Didaktik jarayonni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo‘llash muammolariga bag‘ishlangan zamonaviy tadqiqotlar mazkur nazariyaning ta’lim rivojini ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab etish, uning imkoniyatlarini aniqlash va keng ko‘lamli axborot maydonini egallashga yordam beradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish mexanizmini bilish ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va metodlarini aniqlash imkonini beradiki, buni nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyati ham beqiyosdir Texnopedagogik mazmunda e’lon qilinayotgan ilmiy ishlar sonining tobora ortib borayotganiga qaramay, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy- metodologik asoslarini yaratish, unga ilmiy fan maqomini berish zaruriyatini asoslash borasidagi muammaolar hanuzgacha ilmiy-nazariy va metodologik jihatdan yetarli darajada ilmiy tadqiq etilmagan. Zero, metodologiyaning mukammalligi obyektiv jarayonni o‘rganish va uni takomillashtirishning hal qiluvchi omilidir. U ilgari ilmiy bilish faoliyatining faqat falsafiy asoslari haqidagi masalalarni ifodalagan bo‘lsa, endilikda bilish nazariyasidan bilish vositalariga jiddiy e’tibor berish, bilishni tashkil etish, bilimning ichki tartib-qoidalari, mantiqi va tarkibini o‘rganishi bilan farq qiladi. Metodologik formula ilmiy bilish va amalga joriy etish izchilligini ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarda amaliyotning usutuvorligi, olingan natijaning haqqoniyligi, obyektga muvofiqligini aniqlash muhim xususiyatdir. Har bir muammoni o‘rganish umummetodologiya, xususiy metodologiya va ayni mavzu metodik tizimidan iborat bo‘ladi. Bu uch metodologik asos bir-birini to‘ldiradi, obyektiv qonuniyatlarini aniqlash samaradorligini ta’minlaydi.