BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASH
QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH.
REJA:
1.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirish.
2.O‘qituvchilarning kreativlik sifatlari.
3.Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan
faoliyat turlari.
4. Kreativ salohiyat – bu shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya.
Tayanch tushunchalar: bunyodkor, ijod, kreativlik, ontogenez, integratsiya.
kasbiy ijodkorlik metodologiyasi.
1.“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy
pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar
ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik
yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik
turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu
predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda
psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika
kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining
umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol
topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi.
Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga
ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim
davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh) dan
boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda
kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami
o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson
ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni
taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq.
Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks
etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy
ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali
tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik
metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ
xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi.
Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy
faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash
mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning
faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy
shartlangan hodisalarga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik
sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi.
So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va
talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher,
Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b.
tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni
barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha
qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar
(Begetto, Kaufman, 2013 y). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv
ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop
etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi
noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.).
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali
hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali
shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.
Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori
samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab
chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni
kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda
yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga
keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning
fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab
talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida
o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni
o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-
istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan
o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar
belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi
talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki balki ta’lim mazmunining muayyan
qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat
bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish,
talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy
fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan
munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil
bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi .
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini
to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish
talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original
g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida
tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan
amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy
qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan
ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga
yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir. Ko‘plab
tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar
mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini
uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq
ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.).
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari
uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida
noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud
bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.).
Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb
tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000
y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-
da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori
baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).
Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb
hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat
o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini
yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar
aks etishidan bexabarlar.
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik
qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday
namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi:
“Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ
tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat
beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda
emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda
sinashga intilishingizdadir”
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan
masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan
o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab
etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlamafikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga
asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama
fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash
kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish,
masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama
fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi
(bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha
sharhlash mumkin:
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan
faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan
xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi.
Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim
jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning
mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning
darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda
asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur
test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor
fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash
imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan
javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim .
E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin . O‘qituvchining
ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy
(kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik”
tushunchasi bilan ifodalanmoqda.
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni
zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;
2) o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini
rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali
auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va
ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi.
Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif
tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda
o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi hamda talabalarda o‘quv fanlarini o‘rganishga bo‘lgan
qiziqish, intilishni rivojlantiradi .
Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘lai. Ular
quyidagilardir:
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning
kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.
1. Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti.Ko‘z oldingizga
ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni o‘ziga xos va qiziqarli
tarzda jo‘shqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan o‘qituvchini keltiring. U, garchi,
o‘zini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasa-da, biroq, kreativlikni namoyon etuvchi
ta’lim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod, usullarni
qo‘llayotganligidan o‘zi ham mamnun, qolaversa, talabalarning minnatdor bo‘lishlariga
erishmoqda. O‘qituvchi ta’lim jarayonida kreativ metod, usullardan qancha ko‘p
foydalansa, o‘ziga va o‘zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi shuncha
ortadi. Pedagoglar tomonidan kreativlik sifat va ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishida fan
sifatida “Kreativ pedagogika” muhim o‘rin tutadi. Har qanday fan kabi “Kreativ
pedagogika” o‘quv predmeti ham aniq maqsadni ko‘zlaydi.“Kreativ pedagogika
muayyan vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat:
Ma’lumki, har bir fan o‘zining tadqiqot ob’ekti va predmetiga ega bo‘ladi. 2.“Kreativ
pedagogika” ham o‘z ob’ekti va predmetiga ega. Ular:
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirish jarayonida
quyidagi holatlar so‘z yuritilayotgan jarayonda samaradorlikka erishishni kafolatlaydi:
- oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga alohida e’tibor
qaratish;
- oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning nazariy
asoslarini ishlab chiqish;
-
oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat
qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash;
-
talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl, metod
va vositalar tizimini asoslash;
-
mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash;
-
talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning amaliyotga
tadbiq etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish.
3.
Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari. Har
qanday fan singari “Kreativ pedagogika” fani ham o‘zining tarkibiy tuzilmasiga ega.
Ushbu fan quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega:
4. Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpepsual holatlarini
ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan
iborat: Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi
shaxs faoliyati va uning natijasi
Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda
aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni
yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga xos harakatlarni
tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va
tayyor shaxs
Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida obyektiv ijodkorlikni amalga
oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan shaxs
Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o’rgatish va o’zini o’zi ijodiy
namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va
rivojlantirish mazmuni Ijod – ijtimoiy subyektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi
jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi
Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va
boyitish asosida ijodiy g’oya, ularni amalga oshirish ko’nikma va malakalariga ega
shaxsni shakllantirish va rivojlantirish
Kasbiy-ijodiy faoliyat – mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish
muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati Ijodiy topshiriqlar –
muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo’naltirilgan masalalar tizimi
Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik;
2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o’zlashtirganlik;
3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;
4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi
Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida ob’ektlar