BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK JARAYONI
TASHKIL ETISH MAHORATI.
Reja:
1.Boshlang’ich sinf o’qituvchisining kasbiy pedagogik faoliyati va professiogramasi
tavsifi.
2.Pedagogik faoliyatning mazmun mohiyati, shakl-usullari.
3.O’qituvchi faoliyatining axloqiy psixologik xarakteri.
4.Pedagogik faoliyatning texnologiyalashuvida psixologik yondashuv.
Tayanch tushunchalar: O’qituvchilik kasbini, yuksak pedagogik mahorat, pedagogik
tasavvur, psixolog –pedagogik tizim, ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot, pedagogik faoliyat.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining professional pedagogik faoliyati.
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasi bo’yicha o’rtaga
qo’yilayotgan vazifalarini bajarish ko’p jihatlarda o’qituvchilarga bog’liq. Bozor
siyosatga o’tish sharoitida ta’lim - tarbiyadan ko’zda tutilgan maqsadga erishish,
o’quvchilarni xilma - xil fao liyatini uyushtirish ularni bilimli, odobli, e’tiqodli,
mehnatkash, ish bilarmon, barkamol inson qilib o’stirish o’qituvchi zimmasiga
yuklatilgan. Xalqimizning kelajagi O’zbekistonning istiqboli, ko’p jihatdan
o’qituvchiga, uning saviyasi, tayyorgarligi, fidoiyligigacha, yosh avlodni o’qitish va
tarbiyalash ishiga bo’lgan munosabatga bog’liq. Shuning uchun ham O’zbekiston
Respublikasi hukumati xalq talimini taraqqiy ettirishga, maktablar, o’quvchilar va
talabalarning moddiy va ma’naviy ahvolini yaxshilashga alohida e’tibor bermoqda.
O’qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun
pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik naziriyada
bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun - qoidalar, tamoillar,
umumlashtirilgan, metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh individual
xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa
juda xilma- xil murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p
uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni puxta amaliy, tayyorgarlik va
yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.O’qituvchilik kasbini tanlash.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo’lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma’lum jismoniy va
ruhiy xislatlar, puxta tayyorgarlik, ayrim shaxsiy sifatlar bo’lishi kerak.
Pedagogik kasbni tanlagan kishi avvalo so’g’lom bo’lishi, so’zlarni to’g’ri va yaxshi
talaffuz qila olish, bosiq va asablari joyida bo’lishi, boshqalar bilan muomalada o’zini
tuta olishi zarur. Shuningdek, bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borliq
xushmuomalalik, kuzatuvchanlik o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi
shaxsiy sifatlar mavjudligi ham kishining pedagogik ishga yaroqlilik darajasini
ko’rsatadi.
Pedagogik faoliyat - yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat
oldida javob beradigan bolalarga ta’lim – tarbiya berish ishi bilan shug’ullanadigan va
bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. “Tegishli ma’lumoti,
kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik
faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega” , - deyiladi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda
o’qituvchilik faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgandir. O’qituvchining
barkamol insonni tarbiyalash , unda milliy va umuminsoniy fazilatlarini tarkib toptirish
vazifasi eng oliy janob yuksak va shu bilan birga murakkab vazifadir. Har bir bola o’z
xulq - atvoriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning ana shu o’ziga xos xususiyatlarini
hisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy
munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi.
Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning ana shunday
xususiyatlarini belgilashlari lozim.
O’qituvchilik ixtisosning bu xususiyatlarini uning kasbnoma (prafessogramma)sida
ifodalanadi. Kasbnoma qo’yidagilarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi shaxsining
xususiyatlari: o’qituvchining psixolog – pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar;
maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning
mazmuni.
O’qituvchi shaxsining xususiyatlari qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:
mafkuraviy sohada - ilmiy dunyoqarash va e’tiqod sosial va axloqiy zaruriyatlarni
chuqur tushunish, ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash, ijtimoiy faollik;
kasbiy pedagogik sohada - bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik
ishni sevish; psixalo - pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik takt, pedagogik
tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati, haqqoniylik, talabchanlik, qat’iylik vamaqsadga
intilish, vazminlik o’zini tuta olish;
bilim sohasidakeng ilmiy saviya ma’naviy ehtiyoj va qiziqarli, yangilikni his qila bilish,
pedagogik ma’lumotni oshirishga intilish.
O’qituvchining psixalogik - pedagogik tayyorgarligiga qo’yiladigan talablar: Bilim
egallash sohasida pedagogikaning metadologik asoslarni, shaxsning rivojlanishi va
shakllanish qonuniyatlarini bilish; tarbiyaning, maqsadi, vazifalari shakl va metodlarini
tushunish, bolalar va o’smirlar anatomofiziologik rivojlanishlarining asosiy
qonuniyatlarini bilish, o’quvchilar gigienik tarbiyasining nazariy, tabiiy – ilmiy asoslari
va vositalarini bilish, bolalar rivojlanishining psixik qonuniyatlarini har xil yoshda
shaxsning individual psixologik xususiyatlarini bilish.
Ko’nikma va malakalar hosil qilish sohasida.
Pedagogik vaziyatni tahlil qilish; pedagogik ta’sirlarni rejalashtish va natijalarni
mo’ljallay olish ijtimoiy pedagogik hodisalarning amaldagi holatini ularning paydo
bo’lish va rivojlanish sabablarini, shart-sharoit va xarakterlarini tahlil qila bilish va
baholay olish o’quvchilarning tarbiyalanganlik va bilim darajasini aniqlash shaxs va
jamoaning rivojlanishini belgilay olish ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilarda
uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va xatolarni ko’ra bilish aniq pedagogik
vazifalar va ularni hal qila olish o’quvchilarning sinfdagi va sinfdan tashqari faoliyatiga
rahbarlik qilish sohasidagi ishlarni rejalashtirish o’quv tarbiyaviy ishlarning nazariy
asoslangan tashkiliy shakllari, metodlari va vositalarini tanlab olish rejalashtirilgan
pedagogik ta’sirlarga o’quvchilarning javob harakatlarini oldindan chamalab bilish
ko’nikmalari.
O’quv tarbiya jarayonini rejalashtirish va amalga oshirish sohasida o’quvchilarning
tarbiyalanganlik va bilim darajasini hisobga olgan holda maqsadiga muvofiq o’quv
materallarini tanlash uni analiz va sintez qila olish ko’mikmasi: ilmiy materialni qayta
ishlab o’quv materialiga aylantira olish ko’nikmasi ma’lum didaktik vazifaga muofiq
o’quvchilar tajribasini hisobga olgan holda murakkab matnlarni va o’quv materialni
ijodiy va asosli tashkil eta olish ko’nikmasi.
Bolalar faoliyati turlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlash va harakatga
keltirish sohasida: tarbiyaviy maqsadga muofiq ayrim o’quvchilar va jamoa uchun
vazifalar belgilash, qo’yilgan maqsad asosida ularning tushunchasni o’zgartira olish
ko’nikmasi: bolalarga ta’sir o’tkazish va ular faoliyatiga pedagogik rahbarlik qilishni
rejalashtirishni ko’nikmasi : o’quvchilar xulqi va faolligini boshqarish ko’nikmasi:
bolaning tashqi ko’rinishi va qiliqlaridan ruhiy holatidagi o’zgarishlarini aniqlash,
ma’lum vaziyatda bolalar xulqining xususyatlarini anglash va izohlash ko’nikmasi;
o’zini xayolan tarbiyalanuvchi o’rniga qo’ya olish va pedagogik ta’sirning ancha kuchli
vositalarini tez topa olish ko’nikmasi; to’g’ri talablar qo’ya bilish, pedagogik vazni va
har bir o’quvchining xususyatlariga qarab ularni o’zgartira olish ko’nikmasi
tarbiyalanuvchilarni o’ziga qarata olish ko’nikmasi ayrim bolalar o’quvchilar jamoasi va
kichik guruhlar shuningdek ota-onalar va o’qituvchilar bilan pedagogik maqsadga
muvofiq munosabatlar o’rnata olish ko’nikmasi har xil odamlar bilan turli sharoritda
aloqa qilish umumiy til topa bilish ko’nikmasi ijobiy yoki salbiy ijtimoiy -psixologik
hodisalarning jamoadagi munosabatlarning xarakterini ocha bilish ko’nikmasi.
Pedagogik jarayonni to’g’ri uyushtirish sohasida qo’yilgan pedagogik vazifani asosli
ravishda o’zgartira olish ko’nikmasi tashqi ta’sirlarga moslanishi yoki ulardan saqlanish
sharoitga qarab harakat vositalarini tanlash va qayta o’zgartira olish malakasi
o’quvchilarning jamoadagi o’zaro munosabatlariga muofiq ravishda ularni to’g’ri yo’lga
sola bilish paydo bo’lib turgan nizolarni yo’qota bilish o’quchilar orasida do’stlik va
o’rtoqlikni rivojlantira olish ko’nikmasi ko’rsatilgan yo’l - yo’riqlarni amalga oshirish
o’quvchilarning ishi ustida joriy nazorat qilish faoliyatning xarakter va yo’nalishini
almashtirib turish ko’nikmasi.
Maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuniga quyidagilar kiradi: ixtisosga doir
bilimlarni bilish ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodlarini bilish fanning nazariy va
amaliy ahamiyatini hozirgi darajasi qonunyatlari tarixi va rivojlanishning keyingi asosiy
yo’nalishlarini bilish maktab kursi fan asoslarining muqaddimasi ekanlgini tushunish
ayrim fan sohasidagi bilimlarni chuqurlashrirish mustaqil ilmiy tadqiqotlar ishidan
dastlabki malakalar hosil qilish bilimlarni mustaqil to’ldirish uchun bibliografik
ma’lumotnomalar ko’rsatmalar profekt telematik katologlaridan foydalanish.
Ixtisosga doir metodik tayyorgarlik mazmuni maktablar rivojlanishining hozirgi
bosqichida fanlarni o’qitishning maqsadi va vazifalari bilish davlat ta’lim standarti
amaldagi maktab dasturi darsliklari va asosiy o’quv qo’llanmalari har tomonlama puxta
bilish o’quvchilarda fanga qiziqishni uyg’otish va rivojlantira bilish mutaxasislik
bo’yicha hamma o’quv tarbiyaviy ishlarni hozirgi zamon didaktikasi psixolog –
pedagogik tizimli texnalogik yondashuvlar va texnikalar darajasida tashkil qila bilish
oddiy ko’rgazmali qurollar tayyorlay bilish, o’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash,
maktabda olib borishga tayyorgarlik predmet bo’yicha sinfdan tashqari va maktabdan
tashqari ishlarga rahbarlik qilish va boshqalar.Pedagogik qobilyat va mahorat
o’qituvchilik ishida muvaffaqiyotga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni
egallash zarur. Pedagogik mahorat egallash kuch sarf qilib katta natijaga erishadi, o’z
ishining natijasi bilan mo’jizalar yaratadi, ijodkor bo’ladi. Pedagogik ishga qobiliyatni
iste’dodli kishidagina pedagogik mahorat bo’lish mumkin. Qobiliyat faoliyat jarayonida
paydo bo’ladi va rivojlanadi.
Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq,
o’qish natijasi hisoblansa, qobiliyatni rivojlanishi uchun esa iste’dod, layoqat, zehn ya’ni
inson asab sistemasida anatoma fiziologik xususiyat ham bo’lishi mumkin. Ana shu
tabiat zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik
faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning qo’yidagi turlari mavjud
bo’lmog’i va tarbiyalanmog’i lozim.
Bilim qobiliyati - fanning tegishli sohalarga oid (matematika, fizika, biologiya,
adabiyot)ga oid qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi fanni o’quv
kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o’z fani sohasidagi
kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, unga nihoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarni
ham bajara oladi.
Tushuntira olish qobiliyati - o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib bayon eta
olish, material yoki muammoni aniq va tushunarli qilib gapirib berish, o’quvchilarni
mustaqil ravishda fikrlashga o’rgatish, zarur holda o’quv materialini o’zgartira olish,
soddalashtira olish, keyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani
tushunarli qilib o’quvchilarga yetkazish kabilar.
Kuzatuvchanlik qobiliyati - o’quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira
olish, o’quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna
bilish bilan bog’liq bo’lgan psixologik kuzatuvchanlik va boshqalar. Bunday qobiliyatni
o’quvchilar kichkinagina alomatlar, uncha katta bo’lmagan tashqi belgilar asosida
o’quvchilarning ruhiyatidagi ko’z ilg’amas o’zgarishlarni ham fahmlab oladi.
Nutq madaniyati yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o’z fikr hamda
histuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o’qituvchilik kasbi uchun juda
muhimdir. O’qituvchining nutqi darsda hamisha o’quvchilarga qaratigan bo’ladi.
O’qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o’quvchining javobini tahlil qilayotgan
yoki ma’qullanayotgan bo’lsa ham, uning nutqi hamisha ta’sirchanligi, o’zi gapirayotgan
narsaga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi.
O’qituvchining bayoni o’quvchilar fikri va diqqatini yuksak darajada faollashtirishga
qaratiladi: o’qituvchi o’quvchilar oldiga savollar qo’yib ularni asta-sekin to’g’ri javob
berishga undaydi, o’quvchilarning diqqatini kuchaytiradi hamda fikrni faollshtiradi.
(“mana bu yerga alohida e’tibor bering”, “o’ylab ko’ring” kabi). Shuningdek, o’rinli
qochiriq, hazil, yengilgina istehzo nutqini juda jonlantirib yuboradi va uni o’quvchilar
tez o’zlashtiradilar.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisining nutqi aniq, jonli, obrazli, talaffuzi jihatdan yorqin,
ifodali bo’lib unda stilistik, gramatik fonetik nuqsonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi
cho’ziq zerikmaydigan nutq o’quvchilarni juda tez charchatadi, ularni lanj, loqayd qilib
qo’yadi. Ayrim o’qituvchilar tez gapirishga, boshqalari sekin gapirishga moyil
bo’ladilar. Biroq o’quvchilar o’zlashtirishlari uchun o’rtacha, jonli nutq yaxshi natija
berishini esdan chiqarmaslik lozim.
Tashkilotchilik qobilyati
birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtirishni,
jipslashtirishni muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni; ikkinchidan, o’z ishini
to’g’ri uyushtirishni nazarda tutadi.O’z ishini tashkil etish deganda ishni to’g’ri
rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish ko’zda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda ishni
vaqtiga qarab to’g’ri taqsimlay olishi, belgilangan muddatda ulgurish xususiyati hosil
bo’ladi. Dars davomida ortiqcha vaqt sarflash hollari ba’zan uchrab turadi. Ammo
tajribali o’qituvchi zarur hollarda darsning rejasining o’zgartira oladi.Obro’ orttira
olish qobilyati o’qituvchilarning hissiyoti va irodasiga bevosita ta’sir ko’rsatish va shu
asosda obro’ qozona olishidir. Obro’ o’qituchining fanni yaxshi bilish, mehribonligi
asosida ham qozonadi. Bu qobilyat o’qituvchi shaxsiy sifatlarning butun
mazmuniga,chunonchi, uning irodaviy, sifatlariga (dalilligi, chidamligi, qat’iyligi,
talabchanligiga) shuningdek, o’quvchilarga ta’lim hamda tarbiya berish mas’ulyatini his
etishga, o’zining o’quvchilarga yetkaza olishga bog’liq .O’quvchilar qo’pollik
qilmaydigan, to’g’ri, talab qila oladigan o’qituvchini juda hurmat qiladilar.
O’qituvchining, loqaytligi, prinsipsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar.
To’g’ri muomala qila olish qobilyatini - bolalarga yaqinlasha olish o’quvchilarga
to’g’ri yondashish yo’lini topa olish ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali
o’zaro munosabatlar o’rnata bilish pedagogik nazokatning mavjudligidadir.
Oldindan ko’ra bilish qobilyati o’z harakatlarining oqibatini ko’ra bilishda,
o’quvchining kelgusida qanday odam bo’lishni tasavvur qila olishda, tarbiyalanuvchida
qanday fazilatlarini taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi.
Bu qobilyat tarbiyaning qudrati va odamga bo’lgan ishonch bilan bog’liq.
Diqqatni taqsimlay olish qobilyati o’qituvchida diqqatni barcha xususyatlar –
hajmi, kuchi, qo’nuvchanligi, idora qilinish safarbarligi kabilar tarqqiyot etgan bo’lishi
muhimdir.Diqqatni ayni bir vaqtda taqsimlash qobilyati – o’qituvchilik uchun alohida
ahamiyat kasb etadi. Qobilyatli tajribali o’qituvchi materialni bayon qilish mazmuni va
shaklini; o’z fikrini (yoki o’quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi ayni vaqtda barcha
o’quvchilarni ko’rib turadi, toliqish e’tiborsizlik, alomatlarini tez payqab oladi,
intizomsizlik hollarini etibordan qochirmaydi, nihoyat o’z hatti harakatlarini ham kuzatib
boradi. Tajribasiz o’qituvchi ko’pincha materialni bayon qilishga berilib ketib,
o’quvchilarni etibordan chetda qoldiradi, nazorat qilmay qo’yadi, bordi-yu o’quvchilarni
diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikr kalavasini yo’qotib qo’yadi.O’qituvchi
yuqorida ko’rsatilgan qobilyatlardan tashqari bir qancha ijobiy qobilyatlardan tashqari
bir qancha ijobiy sifatlarga aniq maqsadni ko’zlash, qat’iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik
kabi fazilatlarga ham ega bo’lishi kerak. Bunday xususyatlar bo’lmasa, o’rtamiyona
pedagogik darajasidan yuqoriga qaratila olmaydi. Har bir kasbga, jumladan o’qituvchi
kasbiga professiogramma yaratish uchun tafsiya qilingan tizim besh bo’limdan iborat:
Mutaxassislik haqida umumiy ma’lumot .
Mehnat jarayoni tavsifi .
Mehnatning sanitar -gigienik sharoitlari .
Kasbiy faoliyatning psxofiziologik tavsifi .