BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY
KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
Reja:
1.O‘quvchilarni o‘rganish, kuzatish va ta’sir ko‘rsatish.
2.O‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish.
3.Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni.
4.Pedagogik diagnostika metodlari.
Tayanch so’zlar. Pedagogika, kompetensiya, korreksiya, pedagogik faoliyat,
korreksion faoliyat, diognostika, anomal bola, anomaliya, suhbat metodi, kuzatish
metodi, rasmlarni o‘rganish metodi, tajriba-psixologik tadqiqotlar metodi, testlar
metodi.
Kompetensiya (lot.competo-erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki
bu sohadagi bilimlar, tajriba. O‘qituvchi - muallimlarning shaxsiy ijtimoiy
sifatlariga azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib,
pedagogga qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan.
3. Boshlang’ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi
vazirligi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi
“Umumta’lim maktablari fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim
standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga
asosan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan
fanlar bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va yetakchi olimlar tomonidan
o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim
standarti va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Qo‘shma yig‘ilishining qaroriga asosan, bitta sinfda bir paytda bir necha
fanlar bo‘yicha DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish
belgilandi. Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2014 yil 15-avgustdagi “Umumiy o‘rta va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda
kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv
dasturlarini loyihalari tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘i
qabul qilindi. 2014-2015-o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha
viloyatlarda tashkil etilgan respublika miqyosida 70 ta umumiy o‘rta ta’lim
muassasasida, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi 6 ta aniq fanlarga,
filologiya fanlariga, profilli mehnat ta’limiga, tabiiy fanlarga, xorijiy tillarga
ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktablarida tajriba-sinov ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori bilan bugungi kunda amalda foydalanilayotgan “Umumiy o‘rta ta’limning
davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi (boshlang’ich ta`lim:ona tili, o`qish,
matematika, tabiiyot (1-4-sinf)” 2017 yil 6-aprelda 187-son qaror bilan ijroga
kiritildi. Unga ko’ra davlat ta’lim standartining maqsadi va vazifalari sifatida
quyidagilar belgilangan: Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim
tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol
va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. Ko’rinadiki, ushbu maqsad
va vazifalarni amalga oshirish uchun tayanch kompetensiyalarni shakllantirishimiz
zarur. Kompetensiya nima? Kompetensiyaviy yondoshuv deganda nimani
tushunamiz? Dastlab shu savollarga javob berishimiz maqsadga muvofiqdir.
Kompetensiya (lot. compete – erishayapman, munosibman, loyiqman) – 1) muayyan
davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning
qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari
doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. Biz bu ta’riflarning ikkinchisiga
to’xtalamiz va kompetensiya tushunchasining avvaldan bizga ma’lum bo’lgan bilim,
ko’nikma va malakaga yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz. Ta’limda
kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy
hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini samarali
ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy,
iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi
bo’yicha raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch
kompetensiyalarga ega bo’lishi lozim. Tayanch kompetensiyalarga esa axborotlar
bilan ishlash kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol
fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik
savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish
kompetensiyalari kiradi.
Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida
shakllantirish juda muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan
vositalaridan biri muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida
shakllanadigan dunyoqarash, e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar
tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning
o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish mumkinki, yuzma-yuz kechadigan
fikralmashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib aytiladigan bama’ni so’z va
hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona bir gapni aytishi lozim
bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi va ko’zidagi
samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot, albatta, samarali
bo’ladi. Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona – o’quvchi
o’rtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir. Bolalar
nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola
jumlalarining mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi
bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan
nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi
bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi
tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan
xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish
funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi,
monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining rivojlanishidagi
muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at
boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at
boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot
sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu
yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda
avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi.
Kommunikativ kompetensiyada o’quvchining muloqotda muomala madaniyatiga
amal qilishni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish
ham o’z o’rniga ega. Umuman maktab o’quvchisining asosiy natijalari bu ish
qanchalik muvaffaqiyatli o’tishiga bog’liq bo’ladi. Ulg’ayayotgan kishining
hayotdagi mavqeyini shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda, o’z vazifasini
anglatishda o’qituvchining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan
faol va qat’iy faoliyati zarur hisoblanadi. Demak, bola kommunikativ kompetensiyani
egallashi orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi oshib boradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda
zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida
ta’lim jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va
texnologiyani bilish va ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi,
texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi. Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan
ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari - davriy matbuot (gazeta, jurnal va
b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya), ovozli va video
yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi, internet), reklama va
hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri ishlashni o’rganish uchun
ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero,
bugungi taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi vositalardan cheklashning imkoni yo’q.
Shuni ham unutmaslik kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta
hajmdagi axborotga egalik shaxsga ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu
qiyinchilik shu bilan bog‘likki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi “axborot
maydoni” - rang-barang ma’lumotlarga duch keladi. Yоsh xususiyatiga ko‘ra esa
voyaga etgunga, ma’lum darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar shaxs uchun
mavjud axborotlarning barchasi qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib
o‘tish zarurki, barcha qiziqarli axborotlarning hammasi ham foydali, shaxs kamolotini
ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bo‘lavermaydi. Ikkinchidan,
axborotlashgan jamiyatda to‘plangan ma’lumotlar yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra
qiziquvchan, har qanday holat, voqelik, hodisa, jarayonning mohiyatini anglashga
intiluvchi yoshlar tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra
tizimsiz ravishda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar shunchaki axborot bo‘lib, ular bilim
sanalmaydi. Uchinchidan, yoshlarning hali xayotiy tajribaga, barqaror ma’naviy-
axloqiy tamoyillarga ega bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi “axborot
maydoni”dan uzluksiz ravishda ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari ortiqcha yuklamalarga
ega bo‘lishlariga olib keladi. Katta miqdordagi yuklama esa o‘z-o‘zidan inson miya
faoliyatida ma’lumotlarni qabul qilish, ularni o‘zlashtirish, qayta ishlashda zo‘riqishni
yuzaga keltiradi. Ruhiy zo‘riqish o‘z navbatida tushkunlikni keltirib chiqaradi.
Tushkunlikning doimiy rivojlanishi esa asab tizimi kasalliklarining yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi 1 . O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham
boshlang’ich sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi
har bir bolada o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri
bo‘lgan AQSH pedagogikasidagi ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin:
-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
-o‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun
kurash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik;
-o‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish, Vataniga faxr va iftixor
ruhida tarbiyalash.
Shuningdek, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi va asosiy maqsad
intellektni mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Ma’lumki, bola bilimga qiziqmasdan turib, o’qishga intilmaydi,
muvaffaqiyatli o’qiy olmaydi. Bolada o’z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish,
o’qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir.
Boladagi o’qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga,
ishonch uyg’otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. Sinf rahbarlarining
madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilishi, har bir bola
shaxsini inson sifatida hurmat qilishi bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik,
tashkilotchilik malakalariga ega bo’lishi, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan
ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning
bilish va motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu
sohalarning rivojlanib borishi natijasida bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan
vaziyatni anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda o'zining ijtimoiy "men"ini
anglash shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o'tishida muhim rol
o'ynaydi. Bu davrda bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan birga irodaviy
jarayonlar ham ko'rina boshlaydi (maqsad qo'yish, yo'1-yo'riq hamda vositalarni
belgilash, qarorga kelish va qarorni ijro etish). Bolalar irodaviy harakatlarini o'stirish
va mustahkamlashda ularni mehnat mashg'ulotlariga jalb qilishning ham ahamiyati
kattadir. Bolalarga biron mehnat topshirig'i berilsa, ular ayni chog'dagi o'zlarining
mayl-xohishlarini yengib, mehnat topshiriqlarini o'z vaqtida bajarishga intiladilar.
Bolalardagi irodaviy harakatlami rivojlantirish maqsadida ularni o'z-o'ziga xizmat
qilish, sinfda navbatchilik qilish, gullarni parvarish qilish va tabiat burchaklarida
navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur. Bunda faqat mehnat
topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu topshiriqlarni
qanday bajarayotganliklarini ham tizimli ravishda tekshirib, nazorat qilib turish lozim.
Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi. Bundan tashqari
bolalarda ijtimoiy motivlarning ta'siri bilan bir qator irodaviy sifatlar, ya'ni qat'iylik,
mustaqillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bolalar
irodasining bunday sifatlari katta odamlarnikidek mustahkam, ya'ni xarakter
xislatlariga aylanib ketgan darajada bo'lmaydi. Bolalarda ko'rinadigan ba'zi iroda
sifatlari (qat'iylik, mustaqillik kabi) ko'pincha epizodik xarakter kasb etadi. Bu
yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to'sqinlik uchrab qolsa, o'zlari mustaqil
ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi Jamoa
rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri – o’quvchilarning
birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi. Kechaga tayyorgarlik ko’rish,
shanbaliklarda ishtirok etish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan
ishlarda ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda
o’quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo’ladigan
munosabatilarni tahlil etish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Sinf rahbari ishining
o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki
o’quvchilar jamoasini shakllantiradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi o’qishdan
iborat. Shuning uchun sinf rahbari dastavval bolalarning o’qishda o’quvchilarning
o’zaro ga qanday munosabatda ekanliklarini, o’zlarini darsda qanday tutishlarini, bir-
biriga sidqidildan yordam berish yoki bermasligini kuzatadi va kerakli tadbirlarni
qo’llaydi. Maktab o’quvchilarining bilimga qiziqishi ularning hayotiy ehtiyojlariga
bevosita bog’liqdir. Maktab hovlisidagi bog’, tokzor, issiqxonada o’tkaziladigan
amaliy jarayon – daraxtlarni butash, ularga payvand solish, tok kesish, daraxt
o’tqazish, issiqxonalarda pomidor, sabzavotlar yetishtirish qoidalari o’quvchilarda
katta qiziqish uyg’otadi. Bilimga bo’lgan qiziqishni shakllantirish va o’stirishda
sinflarni, o’quv xonalarini va maktab binosini jihozlash ham katta ahamiyat kasb
etadi. O’quvchilarda bu jarayon turli qarashlar, did, dunyoqarashni shakllantiradi,
estetik zavq uyg’otadi, tegishli ma’lum sohalarga havas uyg’otadi. Shuningdek,
tadbirlar yoki sayohatlar orqali ham ijtimoiy faol fuqarolikni tarbiyalash mumkin.
Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishda boshlang’ich sinf
o’qituvchisining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi muhim ahamiyat
kasb etadi. O’qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi.
O’qituvchining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va
xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchi uchun malaka va
ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. U o’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak
darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy
sifatlari bilan ham ta’sir kuchiga ega. Chunki, o’qituvchilik qobilyati juda ko’p
sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga
bo’lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq
temperament, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi
fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Matematik savodxonlik, fan va texnika
yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasida o’quv
mehnatiga ongli munosabatda bo’lishlik ta’limning ijtimoiy, o’qishning shaxsiy
ahamiyatini tushunish demakdir. Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam
favqulodda hech kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo’lgan, noma’lum
narsa va hodisalar bilan uchrashadi. Aqliy zo’r berish natijasida iroda sifatlarini ishga
solish orqali munozarali vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi. O’zlashtirishning
past bo’lishi, aksariyat hollarda, o’quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va
ko’nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan
o’qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o’quvchining faoliyatini quyidagi shartlar
asosiga qurish bilan bog’liq:
1. Faoliyatni reja asosiga qurish.
2. Qunt bilan ishlash.
3. Pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik, saranjomlikka o’rganish.
4. Bilim sifatini oshirish.
5. Qiyinchiliklarni yengish.
6. O’quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu o’quv mehnatini
o’quvchining dam olishi bilan to’g’ri almashtirib borilishidir.
7. O’qishda o’rtoqlarcha o’zaro yordam uyushtirish. O’rtoqlarcha o’zaro
yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik
ruhining shakllanishiga olib keladi. 8. Sinf o’qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf
rahbari ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi
boshqa o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi.
Sinf o’qituvchisining asosiy vazifasi har bir o’quvchini mantiqiy fikrlashga
o’rgatishdan iboratdir. Ayniqsa, bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib
o’qish va kitob bilan mustaqil ishlash, uy vazifalarini bajarishda rioya qilishi lozim
bo’lgan intizom, olgan bilimlarini amalda qo’llash kabi zarur sifatlarni shakllantirish
katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarni o’quv mehnatida muayyan rejaga itoat etishga
o’rgatish orqali ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirish sifatini oshirish
mumkin.
Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlar
o'qituvchiga yangi talablarni keltirib chiqardi. Bu keng ko'lamli umumiy madaniy,
professional va maxsus vakolatlarga ega, yangi kasbiy talablar va mehnat
sharoitlariga munosib javob bera oladigan mutaxassis bo'lishi kerak.
Shiddat bilan o'zgarib borayotgan jamiyatda yashash va ishlashga tayyor
bo'lgan professional o'qituvchini tayyorlash - bu kasbiy pedagogik ta'lim tizimi oldida
turgan strategik vazifadir. Shuning uchun bugungi kunda ta'limning kompetensiya
paradigmasiga o'tish dolzarblashmoqda[1].
Bo’lajak mutaxassisning bilim, ko’nikma va malakalarini aniq amaliy
vaziyatda amalga oshirish qobiliyatiga ega bo’lishi kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan ta'limning ustuvor maqsadidir. Shuning uchun ham bolajak
O’qituvchining mutaxassis sifatida shakllanishida pedagogik amaliyot muhim
sanaladi. Ushbu davrda talabaning tajriba to’plashi, yangi bilim va ko’nikmalarni
egallashi, kasbiy vaziyatlarga moslashuvi ortib boradi. Kasbiy kompetensiyani
shakllantirish bosqichma-bosqich va doimiy tarzda amalga oshiriladigan
jarayondir[2].
Bo’lajak o’qituvchilar amaliyot davrida turli vazifalarni bajarar ekan, Davlat Ta’lim
Standartida belgilangan ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishga
alohida ahamiyat berishlari kerak. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda
bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol
ishtirok etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish,
mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish
layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi[3].
Kichik yoshdagi o’quvchining ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishda bir qator ichki
va tashqi omillarni hisobga olish kerak. Tashqi omillarga ijtimoiy rivojlanishning
hozirgi bosqichi, bolaning ijtimoiy hayoti, sharoitlari va ijtimoiy muhit kiradi. Ichki
omillar - bu bolaning aqliy rivojlanish xususiyatlari, uning yoshiga xos rivojlanishi va
individual individual xususiyatlari. Agar bir qator shartlar bajarilsa, boshlang'ich
maktab o'quvchilarida ijtimoiy qobiliyatlarni samarali shakllantirish mumkin:
Jamoada tegishli rivojlanish muhitini yaratish (o'qituvchi sinfda ishonch va
xayrixohlik muhitini yaratishi kerak). Kichik yoshdagi o’quvchi o'zini xavfsiz his
qilishi, shu bilan birga bosimni his etishi kerak, o'qituvchi o'zining shaxsiy
xususiyatlariga hurmat ko'rsatishi kerak. Ijtimoiy moslashuvning asosiy maqsadi -
bolalarga turli xil faoliyat turlari bilan shug'ullanish orqali hayotiy tajriba orttirishga
yordam berish, o'quvchilarda Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
kundalik muammoli vaziyatlardan chiqib ketish uchun ijtimoiy maqbul yo'llarning
mustaqilligini yetarli darajada rivojlantirish.
Ertak terapiyasi boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar bilan muloqot
qilishning samarali usuli sifatida bir qator muammo va vazifalarni hal qilish uchun
uzoq vaqtdan beri taniqli o'qituvchilar, psixologlar va bolalar bilan ishlash bo'yicha
boshqa mutaxassislar tomonidan keng qo’llanib kelinadi. Odatda bu maqsadlar uchun
tarbiyaviy va terapevtik ta’sirga ega kichik xalq ertaklari yoki badiiy ertaklar
ishlatiladi.
Oila bilan ishlash bo'yicha mutaxassis, ijtimoiy amaliyotchi I.V.Naumovning
“Binafsha o’rmon sirlari”mualliflik ertagi boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy
kompetensiyalarni shakllantirish jarayoniga, ularning jamiyatda muvaffaqiyatli
moslashuviga hizmat qiladi. Ushbu texnologiyadan foydalanish maqsadga
muvofiqligi shundaki, boshlang'ich maktab o'quvchilarida ertaklar katta qiziqish
uyg’otadi. Ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishda ertak terapiyasining vositalari
o'ziga xos xususiyatlari:
o'z-o'zini bilish va o'zini anglashga qaratilganligi;
ertaklarning samaradorligi didaktik, axloqiy ko’rsatmalarning yo’qligi;
aniq personifikatsiyalarning yo’qligi;
obrazli va majoziy til;
psixologik xavfsizlik;
sir va sehrning mavjudligi[4].
Zamonaviy mualliflik ertagining jozibadorligi – uning dolzarbligida,
zamonaviy bola uchun yaqin va tushunarli bo'lgan narsalar haqida so’z
ketayotganligidadir.
Bolalarda ijtimoiy kompetensiya shakllanishning boshlang'ich darajasini
aniqlash turli xil texnikalardan foydalangan holda amalga oshiriladi: bolaning o'zini
o'zi qadrlashi, shaxsning ijtimoiylshuvini o'rganish usullari, hissiyotlarni aniqlash,
sotsiometriya usullari, bolalar jamoasidagi psixologik munosabatlar va undagi har bi
bola mavqeini aniqlash.
Mualliflik ertagidan ertak terapiyasi usuli sifatida foydalaniladigan darslar:
bolalarning faolligi va mustaqilligini sezilarli darajada oshirishga;
xulq-atvorni ixtiyoriy tartibga solish, yuqoriga ko'tarish;
bilimni oshirishga faol qiziqish, faol pozitsiyani rivojlantirishga qobiliyat;
muloqotning kommunikativ tomoni bilan bog'liq ko'rsatkichlarini
yaxshilash;
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
belgilangan o'z-o'zini anglashning o'sishi va ijobiy tomon o'zgarishlar o'sishi,
"rad etilgan" va "qabul qilinmagan" toifasidagi bolalarda o'z-o'zini hurmat qilishi;
vaziyatli muammolarni hal qilish usullarini tanlashga imkon beradi[4].
Mualliflik ertagidan foydalanish psixologik muhitning yaxshilanishiga,
bolalarning
holati tenglashuviga xizmat qiladi va munosabatlarni mustahkamlash uchun
doimiy moyillik kuzatildi. Ijtimoiy kompetensiyalar shakllanishi sezilarli darajada
oshadi: bolalar bir-birlariga ko'proq e'tibor berishadi, tez-tez yordam berishni
boshlaydilar, turli muammolarni hal qilishda, munosabatlarda bag'rikenglik
kuzatiladi, haqoratli so'zlar va iboralar kundalik hayotni tark eta boshlaydi.
Pedagogik lug‘atda “korreksiya” tushunchasi (yunoncha “correctiio” —
tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal
bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki
to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion profilaktik
faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion
faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim das turiga muvofiq mutaxassislar
yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga
yo‘naltirilgan yaxlit jarayon.
Korreksiya-hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o'smirlar bilan olib
boriladigan aniq faoliyatdir. Bir qator olimlar: R.S. Nemov, D. V. Olshanskiy, G.
Broyer, G. Matteslar: “Pedagogik korreksiya-tarbiya jarayonida yoshlarning
ma’naviy-ma'rifiy sohalardagi oldindan yo'l qo'yilgan nuqsonlarni bartaraf etish
jarayonidir” - deb hisoblaydilar. N. V. Kuzmina bu jarayonni: «Korreksiyalash
jarayoni-o'quvchilarning ongiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etuvchi va turli ijobiy
qobiliyatlarini shakllantiruvchi faoliyat turidir» -deb tavsiflaydi. Korreksiyalash
ta’sirida o'quvchi-yoshlarning g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari
shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-
quvvatlari mustahkamlanadi va shu bilan birgalikda tarbiya masalalari amalga
oshiriladi. Korrektsiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy
talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish
uchun o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga
(darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni
idora
qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.
Demak, pedagogik diagnostika va korreksiya jarayonida bulardan birortasi
(tafakkuri, ongi, hissiyoti, irodasi, qarashlari) e'tiboridan chetda qolsa, maqsadga
erishish qiyinlashadi.
Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik
va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va
korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
2) differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal
bolalarning muammolarini hal etish;
3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan
ishlab chiqish;
5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish
bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6) anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar tizimini
ishlab chiqish;
7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining
samaradorligini oshirish.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi
yo‘nalishlarda olib boriladi:
1.Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini
aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korreksionpedagogik
faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat
qiluvchi ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi
etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korreksion-
pedagogik ta’sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va
xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil
qilish.
6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus
muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
7. Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi
o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o ‘quv-metodik bazasini yaratish.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil
etiladi:
1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal
bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi
chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to‘plashga imkon beradi.
Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo‘lsa, yoki munosabatga
qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani
qiziqtiradigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval
boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish
har doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish
jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o ‘rnatishga imkon
beradi. Ayrim hollarda o ‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o‘tkaziladi.
3. Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim
differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan
rasmlar xavotir uyg‘otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga
muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni
yakuniy tashhis uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda
mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni
tasvirlashga harakat qiladilar.
4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o‘rganilishi kerak
bo’lgan psixik jarayonni qo‘zg‘atuvchi ma’lum vaziyatlarni yaratishni ko‘zda tutadi.
Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini
ochib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
5. Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda
tekshirishda qo‘llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test
ommaviylashgandir. Undan foydalanish individualpsixologik tekshirishlarni
o‘tkazishda bola haqida zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
O‘smirlik davrida o’quv fanlarini turli o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish munosabati
yuzaga keladi. Bu orqali ularda kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi
mezonlari shakllana boshlaydi. Masalan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv
materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan o‘qituvchilami
ajratmaydilar, balki ularni ko‘proq hurmat qiladilar, yaxshi ko‘radilar va ular bilan
bo‘ladigan munosabatlariga ham katta e’tibor beradilar. 10-15 yoshli bolalaming
faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi.
Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik yoshlar o‘zlariga shaxsiy xarakteristika
beradilar. Katta bo‘lgan sari ularning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakterda
(xulq-atvor, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishi va ayrim xattiharakatlar) namoyon
bo‘la boshlaydi. Pedagogika oliy o‘quv yurtida bo’lajak o‘qituvchilami psixologik-
pedagogik jihatdan tayyorlashni takomillashtirish talabalardagi o‘z kasbiga boigan
psixologik qarashni qayta qurish hamda “ideal o‘qituvchi” obraziga tayangan holda
olib borilishi zarur. Kasbiy faoliyat bo’lajak o‘qituvchi shaxsini rivojlantirishning
asosiy vositasi ekanligi sababli talabalarning uzluksiz amaliyotda qatnashish
jarayonini sifat va miqdor jihatdan kuchaytirish lozim.
Talabalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda ichki va tashqi vositalar,
omillar ta’siri ostida uning ruhiy dunyosiga umidsizlik, ruhiy parokandalik
kayfiyati, istiqbolga ishonmaslik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-
tuyg‘ular
namoyon bo‘ladi. О‘z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonmaslik, o‘qishga
nisbatan
esa salbiy munosabatning kelib chiqishi talaba ruhiyatida keskin tushkunlikni
keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatida ayrim yoshlar o‘ta zararli
oqimlarga
– aqidaparastlik, terrorchilik illatlariga qo‘shilib qolishi, giyohvandlik, ichkilik,
qimorbozlik, turli jinoyat ishlari kabi jirkanch yo’llarga kirib qolishlari
mumkin.
Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya
ishlari metodik jihatdan to'g'ri yo'naltirilganda jamiyatning har bir a’zosi
ongiga
milliy istiqlol g'oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda,
o'quvchilarning o'zligini anglashlarida, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni,
diniy bag'rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos
bo'lgan fazilatlarni: sofdillik, to'g'riso'zlik, adolatparvarlik, sahovatlilik,
ornomuslik, tantilik va boshqa sifatlarni tarkib toptirishda ijobiy samara beradi.
Pedagogik tashxislash va yoshlarning xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalash
masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo'lib borishi mustaqil
O'zbekistonning har tomonlama rivojlanishidan, jamiyat a'zolarining
ma'naviyma'rifiy hayotida paydo bo'lgan muammolarini hal etilayotganidan
dalolatdir.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
Usanova O.N. Psixik rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar. – М.:
Pedagogika, 1995.
Rahmonova V.S. Defektologiya va logopediya asoslari. – T., 1990.
Babanskiy Y.K. Metodi obucheniya v sovremennoy obsheobrazovatelnoy
shkole. –
M.: Prosvesheniye, 1985.
Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003.
4-reja Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard
maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo’ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish,
amaliy xulosalar yasash, bo’sh yoki muvaffaqiyatli o’rinlarni belgilabolish –
faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish pedagogic diagnostika deyiladi.
Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni olib borilgan
pedagogic faoliyatni tahlil qilihda katta ahamiyatga ega bo’lib, ilg’or ta’lim
muasasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalgam oshirilmoqda, yutuqlar
mustahkamlanib, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida yosh
strategic yo’nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar
qo’lga kiritilmoqda. Savol tug’iladi:
bola qobiliyati, imkoniyat, bilimi, egallangan ko’nikmalarining o’lchovi bormi?
bolaning bilish va ko’nikmalarini belgilashga o’qituvchu aralashgani ma’qulmi,
yoki o’ziga-o’zi baho bergani afzalroqmi?
Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish, pedagogik
diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro’yibga chiqarish yo’l-yo’riqlari,
metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik
diagnostikaning tarixi pedagogic faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh, boshqacha
qilib aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo’lsa bu faoliyatning
me’yoralari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki,
o’quvchi bilimiga baho qo’yish, uni sinov va imtixon qilish pirovard ish natijalarini
belgilab olish boshlangan yerda pedagogic diagnostika ham mavjud. Faqat farq
shundaki, ibtidoiy va o’rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostic
tahlil qilishning ilmiy asosi yo’q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil
etish va yo’lga qo’yish 20 asr boshlarida amalgam oshirilgan. Shu boisdan, bu
pedagogic jarayonning nomlanishi ham turlicha bo’lgan.
Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o’zlashtirish asosi
deyiladi. Boshqalar diagnostika o’qitishni jadalashtiruvchi axborotdir deb
hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostic egallagan bilim sifatini nazorat etishdir,
degan fikrn ilgari suradilar.
Taniqli pedago olim Matserman pedagogik diagnostikani “O’quvchi
o’zlashtirishi bilan o’quv materialini to’g’ri tanlash maqsadni to’g’ri yo’naltirish
mezonidir” deb hisoblaydi.