Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kompyuter savodxonligini shakllantirish. Kompyuter qurilmalari haqida tushuncha berish. Kompyuterda foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish. Kompyuterdan foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalari.
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
33
Faytl hajmi
3,5 MB
1
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kompyuter savodxonligini shakllantirish.
Kompyuter qurilmalari haqida tushuncha berish. Kompyuterda
foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish. Kompyuterdan foydalanishda
texnika xavfsizlik qoidalari.
Reja:
1. Zamonaviy kompyuterlar va ularning turlari.
2. Kompyuterlarning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari.
3. Kompyuterda foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish.
4. Kompyuterdan foydalanishda texnika xavfsizlik qoidalari.
Tayanch iboralar: kompyuter, shaxsiy kompyuterlar, portativ kompyuterlar,
mini
kompyuterlar,
server
kompyuterlar,
super
kompyuterlar,
desktop
kompyuterlar, monoblok kompyuterlar, texnik ta’minot, dasturiy ta’minot, monitor,
klaviatura, tizim bloki, ona plata, mikroprotsessor, tezkor xotira, bios, vinchester,
sichqoncha, printer, skaner, audio qurilmalar, flash xotira, kompyuter sinfi,
kompyuterdan foydalanish qoidalari, texnika xavfsizlik qoidalari, badan
gimnastikasi, ko‘z mashqlari.
2
Hozirgi taraqqiyot davrida, ilm-fan va sohalarning rivojlanishida zamonaviy
kompyuter va texnologiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Kompyuterlar axborotni
aniq maqsad yo‘lida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarini tubdan
o‘zgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beribgina qolmay, hozirgi
kun talabiga mos darajada rivojlanish zarurligi kabi bir qator vazifalarni qo‘ymoqda.
Kompyuter so‘zi ingliz tilidagi “compute”, “computation” – “hisoblash”
degan ma’noni anglatadi. Dastlab ingliz tilida bu so‘z, mexanik qurilmani jalb qilgan
holda yoki uning ishtirokisiz arifmetik hisoblarni bajaradigan insonni anglatgan.
Keyinchalik uning ma’nosi mashinalarning o‘ziga ko‘chirildi, biroq, zamonaviy
kompyuterlar matematika bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ko‘plab masalalarni
ham bajaradilar.
Hozirgi kunda kompyuterlardan turli sohalarda, turlicha maqsadlarda
foydalanilmoqda. Shunga ko‘ra, kompyuterlarni turlicha guruhlarga ajratish
mumkin. Xususan, zamonaviy kompyuterlarni hajmi, amal bajarish tezligi,
xotirasining hajmi va boshqa bir qator bajaradigan funksiyalariga ko‘ra 5 guruhga
ajratish mumkin. Bular:
1. Shaxsiy kompyuterlar (personal computers);
2. Portativ kompyuterlar (portable computers);
3. Mini kompyuterlar (mini computers);
4. Server kompyuterlar (server computers);
5. Super kompyuterlar (super computers).
Shaxsiy kompyuterlar o‘z nomi bilan ham shaxsiy, ya’ni biror bir kishiga
tegishli hamda faqatgina u ishlay oladigan va hozirda dunyo bo‘yicha eng ko‘p
foydalaniladigan kompyuterlar hisoblanadi. Birinchi shaxsiy kompyuter 1973-yilda
fransiyalik Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab ushbu shaxsiy
kompyuter elektron o‘yinchoq sifatida qabul qilingan. Bu kompyuter 1977-yilga
kelib amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi “Apple Computer” firmasi tomonidan
mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda
ishlab chiqarila boshladi. Shundan buyon mazkur kompyuter hayotimizning barcha
3
jabhalariga kirib borib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasi sifatida
qo‘llanilmoqda.
a)
b)
1-rasm. Desktop (a) va monoblok (b) shaxsiy kompyuterlar.
Shaxsiy kompyuterlar alohida 3 ta qurilmalar: tizim bloki, monitor va
klaviaturadan tashkil topgan. Shuning uchun ham uni bir joydan boshqa joyga
ko‘chirilishida qiyinchilikka duch kelinadi. Bunday kompyuterlar desktop deb ham
yuritiladi. Lekin hozirda shaxsiy kompyuterning tizim bloki va monitorni
birlashtirgan holdagi varianti – monoblok kompyuterlar ham keng ishlab
chiqarilmoqda va ulardan foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda.
Shaxsiy kompyuter bilan ishlashda hamda uni o‘rganishda asosan, 2 bo‘limga
bo‘linadi:
1. Texnik ta’minot (“hardware” – qattiq qismlari);
2. Dasturiy ta’minot (“software” – yumshoq qismlari).
Portativ kompyuterlar shaxsiy kompyuterlarning barcha qurilmalarini o‘zida
jamlagan, hajm jihatidan ixcham, ko‘chma shaxsiy kompyuter hisoblanadi. Birinchi
portativ kompyuter 1975-yilda taqdim etilgan IBM 5100 kompyuteri hisoblanib,
uning og‘irligi 24 kgni tashkil etgan. Hozirda bunday kompyuterlar Noutbuk
(notebook), Netbuk (Netbook) yoki Laptop deb ataladi. Ularni “Portable
Workstation” yoki “Portable PC” deb ham atash mumkin. Yaponiyada esa ko‘pincha
“Bentok” deb ataladi.
4
2-rasm. Portativ kompyuterlar.
Mini kompyuterlar ko‘rinishidan ixcham, kam joy egallaydigan va shu bilan
birga ishlash fuksiyalari orqali shaxsiy va portativ kompyuterlardan qolishmaydigan
zamonaviy kompyuterlarning bir turi hisoblanadi. Dastlab, bu kompyuterlar axborot
texnologiyalari sohalarida aniq maqsadlar uchun, ya’ni ta’lim muassasalarining
kompyuter xonalari, korxonalar yoki tashkilotlarda ma’lum vazifalarni bajarish
uchungina ishlab chiqilgan. Hozirda esa o‘zining ixcham dizayni va kuchaytirilgan
funksiyalari, arzonroq narx va keng jamoatchilik uchun taklif qilayotgan katta
afzalliklari tufayli tobora ommalashib bormoqda. Mini kompyuterlar hatto
o‘yinchilar tomonidan ham sotib olinmoqda.
3-rasm. Mini kompyuterlar.
Server kompyuterlar tarmoqdagi kompyuter va qurilmalarni boshqarish,
ularning ishini nazorat qilish va tarmoqdagi katta hajmli umumiy ma’lumotlarni
saqlash uchun moʻljallangan, nisbatan yuqori hisoblash imkoniga ega boʻlgan
kompyuterdir. Server ma’lum bir sohaga xizmat qilishi ham mumkin. Server
tarmoqdagi ma’lumotlarni saqlaydi, tarmoqning boshqa nuqtalariga uzatadi va
asosiy xizmati – foydalanuvchilarni internetga ulaydi. Ayni mana shu xizmatlarni
bajaradigan tashkilotni – provayder deb atashadi. Ularning serverlari internetga
kirish darvozalari hisoblanadi.
5
4-rasm. Server kompyuterlar.
Super kompyuterlar texnik parametrlari va hisoblash tezligi boʻyicha
dunyodagi
aksariyat
kompyuterlardan
sezilarli
darajada
ustun
turuvchi
ixtisoslashgan kompyuterlar hisoblanadi. Birinchi superkompyuter 1974-yilda
yaratilgan Cray-1 hisoblanadi. Vektor operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlagan holda,
ushbu superkompyuter soniyasiga 180 million suzuvchi nuqta operatsiyalarini
o‘tkazish qobiliyatiga ega edi. 2022-yilning noyabr oyida TOP500 nashri tomonidan
e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, dunyo bo‘yicha jami bo‘lib 500 ta eng kuchli
superkompyuterlarga ega davlatlar ro‘yxati ichidan Xitoy 162 ta va AQSh 127 ta
superkompyuterlari bilan peshqadamlik qilmoqdalar1.
5-rasm. Super kompyuterlar.
Avvalo, kompyuterning texnik ta’minoti, ya’ni uning tashkil etuvchi
qurilmalari bilan tanishib chiqish lozim. Kompyuterning barcha qurilmalarini turli
parametrlarga asosan bir nechta guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, kompyuterni
tashkil etishiga ko‘ra, asosiy va qo‘shimcha qurilmalar; joylashuviga ko‘ra, ichki va
1 Manba: https://www.top500.org/statistics/list/
6
tashqi qurilmalar; bajaradigan vazifasiga ko‘ra, kirituvchi va chiqaruvchi qurilmalar
va h.k.
Kompyuterning asosiy qurilmalariga tizim bloki, monitor va klaviatura kiradi.
Qo‘shimcha qurilmalariga esa turli maqsadlarda foydalaniluvchi boshqa barcha
qurilmalarni kiritish mumkin.
Ichki qurilmalarga asosan, tizim bloki ichida joylashgan qurilmalar kiritilsa,
tashqi qurilmalarga tizim blokiga tashqi ulanuvchi barcha qurilmalarni kiritish
mumkin.
Kirituvchi qurilmalar deb, kompyuter xoritasiga buyruq va ma’lumotlarni
kirituvchi qurilmalarga aytiladi va ularga klaviatura, sichqoncha, skaner, mikrofon,
kamera kabi qurilmalarni misol qilishimiz mumkin. Chiqaruvchi qurilmalar esa,
aksincha, kompyuter xoritasidagi ma’lumotlarni chiqaruvchi qurilmalar hisoblanib,
ularga monitor, kolonka, printer kabi qurilmalarni kiritish mumkin.
a)
c)
b)
6-rasm. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari: a – monitor, b – klaviatura, c –
tizim bloki.
Monitor – kompyuter xotirasi tomonidan berilgan matnli, video va grafik
ma’lumotlarini aks ettiruvchi qurilmadir. Monitorni ba’zan ekran, displey, video
displey, video ekran terminali, video tasvirlar birligi yoki video ekrani va h.k.
nomlar bilan atash mumkin.
7
Ma’lumotlarni ekranga chiqarish bo‘yicha monitorlar 2 xil bo‘ladi:
raqam-yozuv yoki simvollarni ko‘rsatuvchi monitor. Bu monitor ekranga
faqat yozuv yoki raqamlarni chiqarib beradi, grafikalarni chiqara olmaydi. Bunday
monitorlarga dastlab chiqarilgan monitorlar, kalkulyatorlar va peydjerlarni misol
qilib olish mumkin.
grafik ko‘rinishda ko‘rsatuvchi monitor. Bunday monitorlar raqam, yozuv,
simvollardan tashqari grafik tasvirlarni ham ko‘rsata oladi.
Lekin monitorlar asosan, ishlash texnologiyasi bo‘yicha quyidagi turlarga
bo‘linadi:
Elektron nurli trubka asosida ishlovchi monitorlar (Cathode-Ray Tube
(CRT) – katod-nur trubkasi). Bu turdagi monitor elektron nurli trubkadan
chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi. Elektronlar lominoform bilan qoplangan
yupqa qavatga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang (red, green, blue (RGB) –
qizil, yashil, ko‘k) asosida qolgan ranglarni chiqaradi. Ammo hozirgi kunda bu
turdagi monitorlar katta hajmdaligi, og‘irligi, elektro-magnit nurlanishning
kuchliligi, elektr tokini yuqori sarflashi kabi kamchiliklari tufayli texnika bozorida
o‘z o‘rnini yo‘qotdi. Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa
ob’yektlarni aniq va tiniq ko‘rsata oladi, shu sababli arxitektor, dizayner va shunga
o‘xshash kasb egalari CRT monitoridan voz kechishganligi yo‘q.
Suyuq kristallardan tashkil topgan monitorlar (Liquid Crystal Display
(LCD) – suyuq kristalli displey). Bu monitor to‘liq suyuq kristallardan tashkil
topgan bo‘lib, dastlab bunday texnologiya kalkulyatorlarda, kvars soatlarda
qo‘llanilgan, keyinchalik esa monitorlarda ham foydalanila boshlangan. Asosi
suyuqlik bo‘lganligi sababli, bu turdagi monitorning ko‘rish burchagi mavjud.
Shuning uchun monitordagi obyektlar har xil burchak ostida turlicha ranglarda
namoyon bo‘ladi.
Plazmali monitorlar (Plasma Display Panel (PDP) – plazmali displey paneli).
Bu turdagi monitorning asosi ionlangan gazdagi elektr zaryadsizlanishidan kelib
chiqadigan ultrabinafsha nurlar ta’sirida fosfor porlashi fenomeniga asoslangan
bo‘lib, boshqacha aytganda, gaz bilan to‘ldirilgan oynali panel hisoblanadi. Ushbu
8
monitorlar qimmatligi va energiya sarfi ko‘pligi sababli hali unchalik
rivojlanmagan. Lekin shunday bo‘lsada, bu monitorlar keyinchalik butun bozorni
egallashi kutilmoqda. Chunki u katta o‘lchamdagi tasvirlarni juda aniq ko‘rsatadi.
Svetodiodlar asosida tasvirni ko‘rsatuvchi monitorlar (Light-Emitting
Diode (LED) display – yorug‘lik chiqaradigan diodli displey). Ushbu turdagi
monitorlarda tasvirni ko‘rsatish va uzatishda har bir nuqta (piksel) uchun bir yoki
bir nechta yarim o‘tkazgichli yorug‘lik diodlaridan foydalaniladi. LED
displeylardan foydalanish ko‘lami tobora ortib bormoqda. Chunki ularning katta
hajmlilari ko‘chalarda reklamalar, axborot ekranlari va yo‘l belgilari sifatida ham
foydalanilmoqda.
a)
b)
c)
d)
7-rasm. Monitor turlari: a – CRT monitor, b – LCD monitor, c – PDP monitor, d –
LED monitor.
Bundan tashqari, monitorlarning lazerli, proyektor kabi turlari ham mavjud.
Lekin ulardan kam foydalanilganligi sababli unchalik ommalashmagan.
Shuningdek, tasvirlarni ko‘rsatishi bo‘yicha ham monitorlar ikki o‘lchamli
(2D) yoki uch o‘lchamli (3D) bo‘lishi mumkin.
9
Klaviatura – bu foydalanuvchi uchun kompyuterga ma’lumot kiritish
imkonini beruvchi qurilma bo‘lib, u ma’lum bir tartibda joylashtirilgan tugmalar
to‘plami tashkil topgan.
Dastlabki kompyuterlarda, ya’ni EHMlarda klaviaturadan foydalanilmagan
bo‘lib, ma’lumotlar kompyuterga mexanik kalitlar va simlarni o‘rnatish yoki
perfokartalar yordamida kiritilgan.
Kompyuterlarga klaviatura yordamida buyruqlar berish bo‘yicha dastlabki
tajribalardan biri 1956-yilda Massachusets texnologiyalar institutida o‘tkazilgan.
Ushbu tajribada muhandis Duglas Ross tomonidan Whirlwind kompyuteriga
elektron yozuv mashinkasi Flexomashinani ulash taklif qilingan va tajriba
muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.
Dastlab, kompyuterga matnli ma’lumotlarni kiritish uchun elektromexanik
teletayp mashinalari ishlatilgan bo‘lsa, keyinchalik ular maxsus video terminallar
bilan almashtirilgan. Bunday terminallarda kursorni boshqarish, ekrandagi matnni
aylantirish yoki boshqaruv signallarini berish uchun alohida tugmalar bor edi.
Hozirgi kompyuterlarda asosan, PC/AT standartiga mos QWERTY tartibidagi
klaviaturalardan foydalaniladi. Ushbu klaviaturaning tugmalari vazifasiga qarab
quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Harflar, raqamlar va belgilar tugmalari;
Maxsus vazifalarni bajaruvchi tugmalar;
Kursorni boshqarish tugmalari;
Funksional tugmalar;
Yordamchi tugmalar.
10
8-rasm. Klaviatura tugmalarining vazifasiga ko‘ra guruhlanishi.
Tizimli blok – bu shaxsiy kompyuterning barcha qurilmalarini birlashtiruvchi,
ularning ishini boshqaruvchi, barcha amllarni bajarishga mo‘ljallangan qurilmalar
joylashgan case hisoblanadi. Ushbu casedagi qurilmalar shaxsiy kompyuterning
ichki qurilmalari ham deb yuritiladi. Bunday qurilmalarga ona plata,
mikroprotsessor va uning sovutish qurilmasi, tezkor xotira, qattiq disk, elektr
ta’minoti bloki, diskyurituvchi va turli funksiyalarni bajaruvchi video adapter, audio
adapter, tarmoq adapteri, TV adapter kabi qo‘shimcha ichki qurilmalar kiradi.
a)
b)
9-rasm. Case (a) va ona plata (b).
Ona plata (ing. Motherboard) – shaxsiy kompyuterning barcha qurilmalarini
bog‘lash va ularga axborot almashinish imkonini beruvchi platadir. Ushbu plata
o‘zida mikroprotsessor, xotira qurilmalari va turli komponentlarni joylashtirililb,
tashqi qurilmalar bilan o‘zaro aloqasini ta’minlab turadi. Mikroprotsessor ixtiro
11
qilinishidan oldin, kompyuter turli amallarni bajaruvchi bir nechta platalardan iborat
bo‘lgan. Ular bir-biriga kabellar orqali ulangan bo‘lganligi uchun hajm jihatidan
ancha katta joyni egallagan. Vaqt o‘tishi bilan turli mikrosxemalar ixtiro qilinib, ular
hozirgi kungi platalarga aylandi.
Ona platalar hajmiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
Extended ATX;
Standart ATX;
Micro ATX;
Mini ITX;
Nano ITX;
Pico ITX.
10-rasm. Ona plata turlari.
Ona plataga qurilmalar razyemlar, slotlar hamda socket orqali ulanadi.
Razyemlarga tashqi qurilmalar, slotlarga turli ichki qurilmalar, xotira qurilmalari,
socketga esa markaziy protsessor, ya’ni mikroprotsessor ulanadi.
12
11-rasm. Ona platadagi socket, slotlar va razyemlar.
Mikroprotsessor (ing. CPU – Central Processing Unit) – kompyuterning
barcha ishini boshqaruvchi, axborotlar bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar
bajarish uchun mo‘ljallangan integral mikrosxema bo‘lib, kompyuterning “miyasi”
deyish ham mumkin. Mikroprotsessor markaziy protsessor yoki protsessor deb ham
yuritiladi.
1970-yillarning boshlarida, texnologiyalarning rivojlanishi tufayli LSI va VLSI
(mos ravishda katta va juda katta integral mikrosxemalar) mikrosxemalar, ya’ni
dastlabki mikroprotsessorlar yaratildi.
Birinchi
ommaviy
mikroprotsessor
1971-yilning
15-noyabrida
Intel
korporatsiyasi tomonidan taqdim etilgan 4-bitli Intel 4004 mikroprotsessori bo‘lib,
u 2300 ta tranzistorni o‘z ichiga olgan va 92.6 kHz taktli chastotada ishlagan.
Keyinroq 8-bitli Intel 8080 va 16-bitli 8086 bilan mikroprotsessorlari ishlab
chiqiladi. Bu esa barcha zamonaviy shaxsiy kompyuterning arxitekturasi uchun asos
bo‘lib xizmat qildi. Shundan so‘ng, 8-bitli xotira modullarining keng tarqalganligi
tufayli, Intel 8086 ning 8-bitli ma’lumotlar shinasi bilan soddalashtirilgan arzonroq
versiyasi Intel 8088 ishlab chiqarildi.
Vaqt o‘tishi bilan 24-bitli, 16 Mb gacha xotiraga ega Intel 80286 protsessori
ham taqdim etildi. 1985-yilda 32-bitli, 4 Gb gacha operativ xotiraga ega Intel 80386
protsessori ishlab chiqarildi. Ushbu protsessorlar liniyasi registr hisoblash modelida
qurilgan bo‘lib, virtual xotira mexanizmini qo‘llab-quvvatlash imkonini berar edi.
Mikroprotsessorlar ishlab chiqarilishi boshlangandan buyon ko‘plab turli
mikroprotsessor arxitekturalari ishlab chiqilgan. Ularning ko‘plari bugungi kunda
ham qo‘llanilib kelinmqda.
Hozirgi kunda zamonaviy shaxsiy kompyuterlar uchun ko‘proq AMD va Intel
mikroprotsessorlari foydalanilmoqda. Lekin Apple kompaniyasi ham Macintosh
kompyuterlari uchun mikroprotsessorlar ishlab chiqaradi. Ushbu mikroprotsessorlar
ZIF socketiga (AMD mikroprotsessorlari) yoki prujinali LGA socketiga (Intel
mikroprotsessorlari) o‘rnatiluvchi ixcham modul (taxminan 5×5×0.3 sm) shaklida
ishlab chiqariladi.
13
Mikroprotsessorlar asosan, amal bajarish tezligi bilan farqlanadi. So‘nggi
davrda Intel kompaniyasining Core i3, Core i5, Core i7 va Core i9, AMD
kompaniyasining Ryzen 3, Ryzen 5, Ryzen 7 va Ryzen 9, Apple kompaniyasining
M1, M1 Pro, M1 Max, M1 Ultra, M2, M2 Pro va M2 Max kabi mikroprotsessorlari
ommalashmoqda.
a)
b)
12-rasm. Intel (a) va AMD (b) mikroprotsessorlari.
Mikroprotsessor quyidagi tarkibiy qismlarga ega:
Boshqarish qurilmasi – mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq
boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi. Bu signallar bajarilayotgan amal
xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma – sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik
va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan qismi.
Mikroprotsessorli xotira – mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi
hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va
uzatish uchun mo‘ljallangan qismi.
Tezkor xotira (ing. RAM – Random Access Memory) – oʻqish yoki yozish
uchun uning manzili boʻyicha istalgan yacheykaga bir vaqtning oʻzida murojaat
qilish imkonini beruvchi kompyuter xotirasi turlaridan biridir. Mikroprotsessor
qisqa vaqt ichida koʻp ishlatiladigan jarayonlarni tezkor xotiraga yuklab oladi va bu
kompyuterni ishlashini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Tezkor xotirani asosiy
oʻlchov birligi uning xotira hajmi boʻlib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda
14
oʻlchanadi. Tezkor xotira chastotasi tezkor xotira shinalaridan maʼlum vaqt ichida
oʻtadigan maʼlumotlar oqimi sonini anglatadi.
a)
b)
13-rasm. Shaxsiy kompyuter (a) va laptop (b) uchun tezkor xotiralar.
Tezkor xotira koʻrinishi va ona plataga oʻrnatilishi boʻyicha bir nachta turlarga
boʻlinadi. Ushbu turlar DDR (ing. Double Data Rate – Ikki tomonlama ma’lumot
tezligi) nomi bilan yuritiladi va ular quyidagi jadvalda berilgan2:
Turi
Ishlab
chiqarilgan yili
Xotira
hajmi
Elektr
kuchlanishi (V)
Ishlash
chastotasi (MHz)
DDR
1998
1 Gb
2.5/2.6
100-200
DDR2
2003
2 Gb
1.8
200-533
DDR3
2007
8 Gb
1.5/1.35
400-1066
DDR4
2014
32 Gb
1.2/1.05
800-1600
DDR5
2020
32 Gb +
1.1
1600-3600
2 Manba: https://en.wikipedia.org/wiki/DDR_SDRAM
15
14-rasm. Tezkor xotiraning ona plataga oʻrnatilishi boʻyicha farqlanishi.
BIOS (ing. Basic Input/Output System – asosiy kiritish va chiqarish tizimi) –
ona platada alohida chip sifatida ishlovchi qurilma bo‘lb, uning vazifalari
quyidagilardan iborat:
– kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga
keltirish;
– kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshirish(POST-test);
– kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshirish;
– tizim resurslarini taqsimlash;
– PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
– operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshirish (bootmgr);
– qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshirish;
– elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uyqu rejimiga o‘tkazish.
16
a)
b)
15-rasm. BIOS qurilmasi (a) va dasturi (b).
Horizgi kundagi kompyuterlarda American Megatrends (AMI), Dell, Asus,
BYOSOFT, Foxconn, Hewlett Packard (HP), IBM, Insyde Software, Phoenix
Technologies, Ricoh kabi kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan BIOS lardan
foydalanilmoqda.
Vinchester – bu kompyuterdagi barcha dasturlar va maʼlumotlar saqlanuvchi
xotira qurilmasi hisoblanadi. Vinchester atamasi 1973-yilda IBM kompaniyasi
tomonidan taqdim etilgan, sigʻimi 16 Mbayt boʻlgan qattiq disk birinchi modelining
nomidan kelib chiqqan boʻlib, u har biri 30 ta sektordan iborat 30 ta yoʻlkaga ega
disklardan tashkil topgan edi. Shuning uchun ushbu diskka o‘sha paytlarda mashxur
bo‘lgan “30/30” kalibrli “Vinchester” ov miltigʻining nomi berilgan.
Hozirgi zamonaviy kompyuterda nafaqat qattiq magnit disklar, balki
mikrosxemalardan tashkil topgan disklardan ham keng foydalanilmoqda.
Chunonchi, bugungi kundagi vinchesterlarni tuzilishiga, tarkibiy qismlariga va
boshqa parametrlariga ko‘ra, quyidagi guruhlarga ajratiladi:
HDD (ing. Hard Disk Drive) – bir nechta qator magnit disklar va elektron
platadan tashkil topgan bo‘lib, ma’lumotlar har bir diskning aylanishi davomida old
va orqa tomoniga kallak orqali yoziladi va o‘qiladi. Ushbu diskning afzalligi elektr
tokini ta’siri natijasida diskdagi ma’lumotlarga zarar yetish ehtimoli kamligida.
Chunki diskdan oldin plataga zarar yetadi va elektr oqimi disklardan uziladi.
Kamchiligi esa, ko‘p ma’lumotlar almashinishi tufayli disklardagi sektorlarga tez
zarar yetishi mumkin. Bu esa undagi axborot uzatish tezligini kamaytiradi. HDD
17
disklar xotira hajmi va o‘lchami bilan farqlanib, asosan 2 turga, ya’ni 3.5 dyumli va
2.5 dyumli HDD larga bo‘linadi. 3.5 dyumli HDD asosan, shaxsiy kompyuterda va
2.5 dyumli HDD esa, laptop va ayrim monoblok kompyuterda foydalaniladi.
a)
b)
c)
16-rasm. 3.5 dyumli (a) va 2.5 dyumli (b) HDD diskning ichki ko‘rinishi (c).
SSD (ing. Solid State Drive) – bu asosi mikrosxemalardan tashkil topgan xotira
qurilmasi hisoblanadi. Bunda hech qanday disklar bo‘lmaganligi uchun energiya
sarfi HDD ga ko‘ra ancha kam. Lekin, tizim nosozligi tufayli undagi ma’lumotlarga
zarar yetish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Lekin shunga qaramay ushbu disklar
ommalashib bormoqda. SSD disklarning ham xotira hajmi va o‘lchami bo‘yicha bir
nechta turlari mavjud. Bularga 2.5 dyumli SSD, M.2 SSD, mSATA SSD va PCI
Express SSD kabilarni kiritish mumkin.
18
17-rasm. 2.5 dyumli (a), M.2 (b), mSATA (c) va PCI Express (d) SSD disklar.
Disk yurituvchi (ing. Disk Drive) – bu optik, floppy va magnit-optik
disklardan
ma’lumotlarni
o‘qish
hamda
ularga
ma’lumotlarni
yozishda
foydalaniluvchi qurilmadir. Hozirda asosan, kompakt disk yurituvchilardan
foydalaniladi. Chunki qolgan disklar hajm jihatidan pastligi uchun ulardan
foydalanilmay qo‘yilgan.
18-rasm. Optik (a), floppy (b) va magnit-optik (c) disk yurituvchilar.
Elektr ta’minoti bloki – kompyuterini quvvatlantirish uchun tarmoqdagi
o‘zgaruvchan tokni doimiy kuchlanishga aylantirish uchun mo‘ljallangan qurilma.
Ushbu qurilma asosan, tizimli blokni elektr toki bilan ta’minlab turadi.
19-rasm. Kompyuterining elektr ta’minoti bloki.
Sovutish tizimi – tizimli blok ichidagi qurilmalarning qizib ketishini oldini
olib, ularni sovutib turuvchi qurilma hisoblanadi. So‘nggi vatqlargacha kuler deb
19
ataluvchi sovutish parragi faqatgina mikroprotsessorni sovutish uchun uning ustiga
o‘rnatilgan holda foydalanib kelingan. Yangi texnologiyalar tufayli hozirgi sovutish
tizimlari nafaqat mikroprotsessorni, balki ona plata, video xotira va boshqa ichki
qurilmalarni ham sovutmoqda. Bu esa, o‘z navbatida kompyuterdan uzoq vaqt
davomida samarali foydalanish imkonini oshiradi.
a)
b)
21-rasm. Kuler (a) va maxsus suyuqlik yordamida sovutish tizimi (b).
Qo‘shimcha adapterlar – bularga tegishli vazifalarni markaziy protsessordan
ajratib olib, alohida funksiyalarni bajaruvchi va kompyuterga qo‘shimcha
funksiyalarni qo‘shuvchi qurilmalar kiradi. Ularning asosiy vazifasi markaziy
protsessorning
ishini
kamaytirish
hamda
kompyuterning
imkoniyatlarini
oshirishdan iborat. Ushbu qurilmalarga video adapter, audio adapter, TV adapter,
simli va simsiz tarmoq adapterlari kabilarni kiritish mumkin.
20
22-rasm. Video adapter (a), audio adapter (b), SIM adapter (c), tarmoq adapteri
(d), TV adapter (e), USB adapter (f) va WiFi adapteri (g).
Qo‘shimcha qurilmalar Shaxsiy kompyuterdan keng foydalanishda ko‘plab
imkoniyatlar yaratib beradi. Ushbu qurilmalardan kompyuterni boshqarishda,
matnli, tasvirli, audio va video axborotlar bilan ishlashda va shu kabi ishlarda
foydalaniladi.
Sichqoncha – bu kursorni boshqarish va kompyuterga turli buyruqlar berish
uchun koordinatali qurilma. Kursor sichqonchani stol yoki sichqoncha maydonchasi
yuzasi ustida siljitish orqali boshqariladi.
Birinchi kompyuter sichqonchasi 1968-yilning 9-dekabrida Kaliforniyadagi
interaktiv qurilmalar namoyishida Stenford tadqiqot instituti xodimi Duglas
Engelbart tomonidan taqdim etilgan va 1970-yilda ushbu qurilma uchun olingan.
21
Sichqonchani o‘z ichiga olgan birinchi kompyuter 1981-yilda taqdim etilgan
Xerox 8010 Star Information System mini-kompyuteri bo‘lib, ushbu sichqoncha
uchta tugmachaga ega bo‘lgan. 1983-yilga kelib esa Apple kompaniyasi o‘zining
Lisa kompyuteri uchun bir tugmali sichqonchasini taqdim etdi. Sichqoncha
qurilmasi dastlab Apple Macintosh kompyuterlariga, keyinchalik Windows, IBM
PC va boshqa kompyuterlarga mos keluvchi turlari ishlab chiqilishi tufayli keng
foydalanila boshlandi.
a)
b)
23-rasm. Engelbart sichqonchasi (a) va Apple Lisa sichqonchasi (b).
Hozirda ham sichqoncha qurilmasi shaxsiy kompyuterning ajralmas qismiga
aylanib qoldi. Hatto ayrim foydalanuvchilar nazarida va adabiyotlarda shaxsiy
kompyuterning asosiy qurilmalari qatoriga ham kiritilib ulgurdi. Lekin shaxsiy
kompyuterning standart va boshqa ko‘plab dasturlarda sichqonchasiz ham ishlash
mumkinligi uchun u yordamchi qurilmalar qatoriga kiritiladi.
Sichqonchaning ishlashiga ko‘ra, mexanik, optik, lazer, trackball, multi-touch,
ergonomik, 3d va sensorli turlari mavjud.
Sichqonchaning kompyuterga ulanishiga qarab, simli va simsiz turlarga ajratish
mumkin.
22
24-rasm. Mexanik (a), optik (b), lazer (c), ergonomik (d), trackball (e), 3d (f),
multi-touch (g), sensorli (h) va simsiz (i) sichqonchalar.
Printer – bu kompyuterda xotirasida saqlangan matn yoki grafik
ma’lumotlarni qog‘oz yoki polimer plyonkaga kichik bosma nashrlarda chiqarish
uchun mo‘ljallangan kompyuterning periferik qurilmasi hisoblanadi.
Hozirgi kunda har qaysi sohada printerlardan keng foydalanilmoqda. Printerlar
ishlash funksiyasiga ko‘ra bir nechta turlarda bo‘ladi.
Bosma harfli printerlar. Bunday printerlarning mexanizmi unga kiritilgan
ma’lum belgilar va harflar to‘plaminigina chop eta oladi va boshqa belgilarni chop
eta olmaydi. Ushbu printerlarga yozuv mashinkasini misol qilish mumkin.
Matritsali printerlar. Ushbu printerlar belgilarni qog‘ozga ignalar yordamida
teshish orqali chop etadi. Matritsali printerlardan Brayl alifbosidagi matnlarni chop
etishda keng qo‘llaniladi.
Purkagichli printerlar. Bunday printerlar ma’lumotlarni bo‘yoqni mayda
zarracha shaklida qog‘ozga purkash orqali chop etadi. Ushbu printerlardan hozirda
23
ofis printerlar sifatida keng foydalanilmoqda. Bunday printerlarning bo‘yoqlari
suyuqlik shaklida maxsus idishlarga quyilgan holda purkaladi.
Lazerli printerlar. Ushbu printerlar matn va grafik ma’lumotlarni qog‘ozga
yuqori sifatda va tezkor chop etish imkonini beruvchi printerlar hisoblanadi. Lazerli
printerlar ma’lumotlarni toner deb ataluvchi maxsus rangli kukun yordamida
qog‘ozga chop etadi va chop etish mexanizmiga ko‘ra barabanli va lazer nurli
bo‘ladi. Ushbu printerlar ofis printerlari sifatida foydalanilibgina qolmay, balki
fotografik tasvirlarni chop etishda ham keng qo‘llaniladi.
Termoprinterlar. Bu turdagi printerlar maxsus qog‘ozga, ya’ni issiqlik
ta’sirida tasvir hosil bo‘luvchi qog‘ozga issiqlikni ta’sir ettirish matnlar va
tasvirlarni chop etuvchi zamonaviy bosma printer turidir. Bunday printerlardan
asosan chek qog‘ozlarini chop etishda foydalaniladi.
3D printerlar. Bunday printerlar turli materiallardan ma’lum bir 3D shaklga
ega jismni chop etish mumkin. Hozirgi kunda bu turdagi printerlardan barcha
sohalarda foydalanish mumkin. Jumladan, tibbiyot, farmasevtika, oziq-ovqat ishlab
chiqarish, qurilish va boshqa ko‘plab sohalarda foydalanilmoqda.
a)
b)
c)
d)
e)
f)
25-rasm. Bosma harfli printer (a), matritsali printer (b), purkagichli printer (c),
lazerli printer (d), termoprinter (e), 3D printer (f).