BOSHLANG‘ICH SINFDA MATEMATIKA O‘QITISHNI TASHKIL QILISH
SHAKLLARI
Reja:
1. Boshlang‘ich sinfda matematika o‘qitishni tashkil qilish shakllari.
2. Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil
etish
3. Ixtisoslashtirilgan boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
Tayanch iboralar: Dars,dars turlari, didaktik maqsadlar,darsning vazifalari.
Dars va unig vazifalari. Dars o‘qitish jarayoning asosiy bo‘ginidir. “Dars”
so‘zining dastlabki ma’nosi- bu ma’lum muddatga bajarilishiga kerak bo‘lgan mehnat
topshirig‘idir. Dars o‘quv shakli sifatida XVII asrdan ya’ni 300 yildan buyon mavjud.
Darsni bolalar faqatginia o‘qib olmasdan balki jamoa bo‘lib ishlaydir unda muloqotga
bo‘lish qoidalariga o‘rganadilar va har biri alohida o‘rganilayotgan narsada bir-biriga
o‘qituvchiga o‘z munosabatlarini bildiradilar ana shu narsa tarbiyadir.
Darsning tuzilishi haqidagi masala matematika metodikasining umumiy qismi
asosiy masalalardan biridir.
Matematika darslarining tuzilishi xususiyatlarini tamoman tushunib olish uchun
har bir darsning tuzilishida hisobga olish lozim bo‘lgan didaktik qoidalar bilan tanishib
olish va darsning tuzilishiga qanday bo‘lmasin ta’sir qiladigan matematika su jumladn
arifmetikada xos bo‘lgan xususiyatlarni nazarda tutish kerak.
Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar.
Darsni o`tkazishga tayyorgarlik ko`rishda eng oldin darsning asosiy maqsadlarini
aniq oydinlashtirib olish zarur. Darsda nazariya bilan amaliyotning bog`liqligi, algеbraik
va gеomеtrik elеmеntlarning arifmеtika bilan bog`liqligi, didaktik maqsadlar amalga
oshiriladi; yangi matеrial bilan tanishtiriladi va mustahkamlanadi, malaka, ko`nikmalar
hosil qilishga doir ishlar o`tkaziladi.Har bir darsda turli xil didaktik maqsadlar
ko‘zlanadi ular orasida bittasi bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi, uni darsning asosiy
didaktik maqsadi deyiladi.
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning
yordamida o‘qitilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchilarga ochib beradi. Bu holda
yangi tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan
tushunchani kengaytirsh va chuqurlashtirish, uchinchisida esa, bilim, malaka va
ko‘nikmalarni tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir
nechtasi yoritilishi mumkin. O‘tilganlarni takrorlash, o‘tilgan bilimlarni yangi tizimga
solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Yаngi materialni bayon qilish
har kuni mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.
Maktablarning tajribasi darsning ma’lum tuzilishini biladiki, ko‘pchilik
o‘qituvchilar bu tuzilishga rioya qilib, ma’lum natijalarga erishmoqda. Odatda darsning
boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o‘tgan mavzu takrorlanadi, so‘ngra o‘tgan mavzu
yuzasidan savol–javob o‘tkaziladi. Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni
mustahkamlash uchun o‘quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat
savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa va unga ko‘rgazmalar beriladi. Ba’zan bu
maqsadlardan bittasiga bag‘ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy
didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo‘ysunadi.
Hozirgi zamonning muhim talablaridan biri o`quvchilarning bilish va ijodiy
faoliyatlarini faollashtirishdan iborat. Har bir dars fikrlash, ijod qilishga qaratilgan
bo`lishi kеrak.
Bir nеcha shunday usullar bilan tanishaylik:
1) Butun sinfga topshirilgan ijodiy ishda har bir o`quvchining maksimal bilimini
hisobga olish.
2) Maxsus didaktik matеriallardan foydalanish.
3) Muammoli vaziyat yaratish, tеstlardan foydalanish.
4) Har xil ko`rsatmali va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash.
5) Darsda musobaqa shaklidan foydalanish.
Darsda alohida va umumiy ishni birgalikda mohirona olib borish
diffеrеntsiallashgan o`qitishni amalga oshirishda muhim hisoblanadi. O`qituvchining
mahorati darsda o`quvchilar uning tushuntirishlarini qanday qabul qilishlariga,
o`quvchilar qanday ishlashlariga, savollarga javob bеrishiga qarab baholanadi.
Ma'lumki, boshlang`ich matеmatika asosan uchta kursdan iborat: unda arifmеtika,
algеbra va gеomеtriya elеmеntlari bayon qilinadi. Bu yo`nalishlar bir – biri bilan uzviy
ravishda bog`liq holda qaraladi. Bu esa kursda o`tiladigan matеmatika darsi tuzilishi va
mеtodikasiga ta'sir qiladi.
Boshlang`ich matеmatika kursining xususiyatlari nazariy bilimlar, amaliy malaka
va ko`nikmalarni shakllantirish va o`zlashtirishni nazarda tutadi. Shu sababli har bir
darsda yangi matеrialni o`rganish bilan bir qatorda ko`nikma va malakalarni
mukammalashtirish ishlari olib boriladi.
Matеmatika darslarining xususiyatlari o`quvchilarning matеmatik matеrialni
o`zlashtirish xususiyatlariga ham bog`liq: matеrialning abstrakt xaraktеrda bo`lishi
ko`rsatma vositalarini, o`qitish mеtodlarini to`g`ri tanlashni, o`quvchilarga diffеrеntsial
va individual yaqinlashishni talab qiladi.
Hozirgi zamon o`qituvchisi o`zida yuqori profеssional pеdagogik madaniyatni,
dеmokratik kеlajkni ko`ra bilish sifatlarini mujassamlashtirish; o`zi o`qitadigan fanning
so`nggi yutuqlarini, pеdagogik va mеtodik nazariyani yaxshi bilish; psixologiya
ma'lumotlariga asoslanishi; o`quvchilarning aqliy va axloqiy rivojlanishi usullarini
izlashi kеrak.
3.Matematikadan dars turlari.
Dars samaradorligi o`quv matеrialining mazmuni bilan uni o`qitish mеtodlari bilan
o`quvchilarning faoliyatlari orasidagi bog`lanishlarning darajasiga bog`liq, shuningdеk,
dars alohida qismlarning o`zaro bog`liqligini qanday amalga oshirilishiga,
o`quvchilarning nazariy va mеtodik tayyorgarligiga bog`liq. O‘qituvchi dars rejasini
tuzishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak. Shu dars qanday qismlardan iborat bo‘lish
kerak, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular o‘rtasida O‘quv materialni
qanday taqsimlash, bu qismlar bir biriga qanday bog‘lanishda, ular darsning asosiy
didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam bera oladimi va h.k.
Matematikadan dars turlari:
1. Murakkab dars.
2. Yangi matеrialni o`rganish darsi.
3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash darsi.
4. Takrorlash – umumlashtirish darslari.
5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni nazorat qilish darsi.
6. Muammoli dars.
7. Noan’anaviy dars.
1. Murakkab darslar - boshlang`ich sinflarda eng ko`p o`tiladi.
Tuzilishi:
1. Uy vazifasini tеkshirish.
2. Maxsus og`zaki mashqlar.
3. O`quvchilar oldiga dars maqsadini qo`yish.
4. Yangi matеrialni idrok qilishga tayyorlash.
5. Yangi matеrialni o`rganish.
6. Yangi matеrialni mustahkamlash.
7. O`tilganlarni takrorlash.
8. Darsni yakunlash va uyga vazifa bеrish.
2. Yangi matеrialni o`rganish darslari - murakkab va yangi matеrialni o`rganish
darslari tuzilishi jihatidan o`xshash. Ammo, yangi matеrialni o`rganish darslarida asosiy
vaqt yangi mavzuga bеriladi. M: 20-25 minut. (Mus. 10-15 m).
3. Bilim, malaka va ko`nikmalarni mustahkamlash - bunday darsning maqsadi
olingan bilimlarni mustahkamlashga yo`naltirilgan bo`ladi va unda mashqlar, amaliy va
mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi.
Tuzilishi:
1. Dars maqsadini qo`yish.
2. Uy vazifasini tеkshirish va o`rganilgan matеrialni mustahkamlash.
3. Darsni yakunlash va uy vazifasi bеrish.
4. O`tilganlarni takrorlash darslari – tuzilishi mustahkamlash dars kabi, takrorlash
darslarida asosan o`rganilgan o`quv matеriali tizimga solinadi va umumlashtiriladi.
Takrorlash turlari:
1) o`quv yili boshida va kundalik takrorlash;
2) mavzu bo`yicha takrorlash;
3) umumlashtiruvchi takrorlash.
5. Bilim, malaka va ko`nikmalarni tеkshirish va hisobga olish darslari
Tuzilishi:
1. Dars maqsadini aytish.
2. Nazorat ishining mazmuni bilan tanishtirish.
3. Ishni bajarishga oid qisqacha yo`l - yo`riq bеrish.
4. O`quvchilarning ishlarni mustaqil bajarishlari.
5. Ishni yig`ib olish.
O‘qituvchi dars tugashiga 3-5 minut qolganda o‘quvchilarga ishni tugatish
zarurligini ogohlantiradi, ya’ni ular hamma yozuvlarni va hamma ishni tekshirishni
erkin bajarib ulgursin. Qo‘yilgan aniq vaqtda barcha o‘quvchilar ishni topshirishlari
zarur.
O‘quvchilar ishini tekshirib bo‘lgandan keyin, ikkinchi kun o‘qituvchi nazorat
ishining tahlilini o‘tkazadi, u ishning natijasi haqida so‘zlab beradi, yaxshi ishlarni
ajratadi, qo‘pol xatolarni aytib o‘tadi.
6. Muammoli dars – muammoli dars. Muammoli vaziyatni hosil qilib dars
o`tishni nazarda tutadi.
Tuzilishi:
1. Muammoli vaziyat hosil qilish.
2. Qo`yilgan muammoni hal qilish.
3. Yangi bilimlarni tadbiq qilishga doir maxsus mashqlar bajarish.
4. Bajarilgan ishlarga yakun yasash.
Ammo, bu rеja o`zgarishi mumkin. Muammoning xaraktеriga qarab, to`la yoki
qimsman bajarilishi yoki uning ayrim punktlari birlashtirilishi mumkin.
Matеmatika darsi tahlili.
1. Dars ahamiyatini aniqlash, mazmuni, usulini baholash.
2. Ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlari; dasturga mos kеlishi, hayot bilan bog`liqligi,
ilmiylik darajasi, qiziqishi, mustaqilligi, aqliy faoliyatlarini faollashtirish.
3. O`quvchilar bilan ishlashi, topshiriqlar bеrishi.
4. O`quv vositalari bilan ishlashi.
5. O`qituvchi qiyofasi.
6. Umumiy baho.
Yuqorida ko‘rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga
bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya’ni matematika darsi
o‘quvchilarning amaliy ishlariga ham qaratilishi mumkin: o‘lchashga doir, geometrik
figura chizish, predmetlarni tortish, o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatmalar kiritish,
o‘quvchilarning kichik guruhlarda ishlashini tashkil qilish, bajarilgan ishlarni o‘qituvchi
qabul qilish va boshqa ishlarni amalga oshirish mumkin.
Bunday dasturning xususiyati shundan iboratki, bu yerda o‘quvchilar faqatgina
darslik va daftar ustida ishlash bilan shug‘ullanmay, balki o‘lchash, chizish va boshqa
qurollar bilan ishlashga o‘rganadilar.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini muammoli ta’lim
yo‘nalishi sanaladi.
Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o‘quvchilar oldiga
yechish uchun muammoni qo‘yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va
mashg‘ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o‘qituvchi tomonidan
yoki o‘quvchilar tomonidan qo‘yilishi mumkin.
Muammoli ta’lim texnologiyalari - o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslangan. Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi - insonni
fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini
aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi.
Muammoli ta’lim o‘quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini
oshirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
- O‘qituvchi o‘quvchilarga dars mavzusi bilan bog‘liq ziddiyatli holatni
tushuntirish va uni yechish yo‘lini topishni taklif qilish;
- Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish;
- Hal etish uchun yetarli bo‘lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo‘lgan yoki
savolning qo‘yilishi noto‘g‘ri bo‘lgan masalalarni taklif etish.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
- O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va o‘zi yechadi;
- O‘qituvchi muammoni qo‘yadi va uning yechimini o‘quvchilar bilan
birgalikda topadi;
- O‘quvchilarning o‘zlari muammoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo‘llaniladigan usullar:
- Muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish, tahlil qilish;
- Solishtirish, umumlashtirish;
- Dalillarni aniqlash va qo‘llash;
- Vaziyatga bog‘liq xulosalar chiqarish;
- O‘quvchilarning o‘zlari aniq savollar qo‘yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim bosqichlari: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2.
Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to‘g‘riligini
tekshirish (olingan yechim bilan bog‘liq axborotni tizimlashtirish orqali).
Muammoni hal etish bosqichlari:
1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to‘g‘ri deb tan olingan sabablar bilan
bog‘liqlarini topish asosida amalga oshiriladi.
2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo
hosil bo‘lishi to‘g‘riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to‘g‘riligini
tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894
yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo‘llagan. XX asrning 60 yillarida
bu yo‘nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy
etildi. Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida
boshlangan bo‘lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-
degan g‘oya yotadi.
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o‘qitish g‘oyasi va
tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan
ishlab chiqilgan.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega:
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2. Muammoning qo‘yilishi.
3. Muammoning yechimini topish.
Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barchasida shakllantirish
mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p shakllantirish o‘qituvchiga bog‘liq.
Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilar diqqatini bir joyga
(muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi.
Muammoli ta’lim o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga
keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida
nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy
faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda
tutadi.
Muammoli o‘qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o‘quvchilarga
tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar
beriladi.
Bunda:
• nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha;
• shakllantirilmagan savol bilan;
• ortiqcha ma’lumotlar bilan;
• o‘zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
• yo‘riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish;
• olingan natijalarni qo‘llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
• hodisaning namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash;
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda
amalga oshiriladi Muammoni qo‘yish, ma’lumotlar fondini to‘plash, qayta ishlash,
yechim modelini aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash va ularni tanlangan
yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o‘rtasidagi
zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan
iboratdir.
Matematika darslarida muammoli ta’lim.
Og‘zaki ko‘rsatmalik ta’lim jarayonida o‘quvchilar o‘qituvchining
tushuntirishi orqali bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtiradilar hamda ularni amalda
qo‘llash malakalari hosil bo‘ladi.
Asta-sekin uzluksiz ta’limning mazmuni tubdan o‘zgartirildi, ya’ni
matematika ta’limni maqsad va vazifalariga mos keladigan yangi, ancha
takomillashgan izohli-illyustrativ metodi vujudga keltirildi. Izohli-illyustrativ
ta’limda o‘rganilayotgan ob’ekt mohiyati izohlanadi, hayotiy dalillar bilan
bog‘lanadi hamda o‘qituvchining ana shu o‘rganilayotgan ob’ektga nisbatan
ko‘rsatadigan misol va xilma-xil ko‘rgazmali qurollari orqali tasdiqlovchi xulosasi
bilan yakunlanadi.
Izohli-illyustrativ ta’limda o‘qituvchi dalillarni o‘zi bayon qilib beradi, o‘zi
ularni tahlil qiladi va yangi tushunchalarning mohiyatini tushuntiradi, ya’ni
teorema, qoida va qonunlarni o‘zi ta’riflaydi.
Izohli-illyustrativ ta’lim metodi umumta’limiy maktablarimizda qo‘llanish
darajasiga nisbatan an’anaga aylandi va hozirda ham qo‘llanilmoqda. Hozirgi
zamon ilmiy-texnika revolyusiyasi davrida izohli-illyustrativ ta’lim metodi
o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini yetarli darajada rivojlantira olmaydi, ularni
o‘rganilayotgan mavzu materialini puxta bilishlariga bo‘lgan ehtiyojlarini
qanoatlantira olmaydi hamda fanga bo‘lgan qiziqishlarini yuqori darajada
shakllantira olmaydi. Shuning uchun maktablarimizda ta’lim jarayonini
jadallashtirish g‘oyasi keng tarqalib, ta’limning yangi metodi - muammoli ta’lim
metodi qo‘llanila boshladi.
Ta’lim metodlarining turini aniqlash o‘quv jarayonini tashkil qilish
prinsiplarini o‘zigagina emas, balki aqliy faoliyat xarakteriga ham bog‘liqdir, bu
esa o‘z navbatida fikrlashning reproduktiv va produktiv turlarini o‘zaro qo‘shib
olib borish bilan belgilanadi. Izohli-illyustrativ ta’lim jarayonida barcha bilimlar,
ko‘nikmalar va malakalar o‘zlashtirishning reproduktiv metodi asosida amalga
oshiriladi, ya’ni o‘quvchilar fanning tayyor natijalarini, tayyor faoliyat usullarini
o‘zlashtiradilar, bu esa ularda xotira va reproduktiv fikrlash malakalarini
shakllantiradi. Faqatgina produktiv ijodiy fikrlash malakalari o‘rganilgan nazariy
mavzu materialiga bog‘liq bo‘lgan masala yoki misollarni yechish davomida
egallanadi, xolos. Birok reproduktiv fikrlash natijasida to‘plangan ma’lum
hajmdagi bilim va malakalar o‘quvchilarning mustaqil bilish va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ta’limni
jadallashtirish g‘oyasini turli yo‘nalishlari turli olimlar (M.A.Bankov,
M.A.Danilov, M.Maxmutov, Yu.K.Babanskiy va boshqalar) tomonidan
eksperiment qilinib ko‘rildi va nazariy jihatidan isbotlandi.
O‘tkazilgan eksperiment va kuzatishlar natijasida ta’lim jarayonida
o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini jadallashtirish hamda ularning intellektual
imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish umumiy qonuniyatlari ishlab
chiqildi. Bu qonuniyatlar quyidagilardan iborat:
1. O‘rganilayotgan mavzu materiallari yuzasidan muammoli savollar
sistemasini tuzish.
2. Tuzilgan muammoli savollar sistemasi aoosida suhbat metodi orqali
tushuntiriladigan mavzu materialini o‘rgatish va uning tub mohiyatini ochib berish.
3. Muammoli savollar asosida izlanish xarakteridagi o‘quv vazifalarini
qo‘yish.
Yuqoridagi bosqichlar asosida o‘quv materiali tushuntirilganda o‘quvchilar
o‘zlari darrov tushunib yetmaydigan dalil va tushunchalarga duch keladilar,
natijada o‘rganilayotgan mavzu materiali bilan o‘quvchilar orasida muammoli
vaziyat hosil bo‘ladi.
Ta’rif. O‘rganilayotgan ob’ekt (bilishga doir nazariy material yoki masala)
bilan o‘rganuvchi sub’ekt (o‘quvchi) orasidagi o‘zaro harakatlarning o‘ziga xos
bo‘lgan turiga muammoli vaziyat deyiladi.
Muammoli vaziyat - bu o‘quvchilarni o‘rganilayotgan mavzu materialidagi
dalil va tushunchalarning qanday hosil bo‘lishini bilmaslikdan ham ana shu mavzu
materialining tub mohiyatini olib beruvchi matematik tushuncha, aksioma va
teoremalarni o‘rganilayotgan mavzu materialiga tadbiq qila olmaslik paytida
vujudga keladigan intellektual qiynalishdir.
Muammoli vaziyatning roli va ahamiyatini aniqlash o‘quvchilarning tez
fikrlash faoliyatini psixologik, pedagogik qonuniyatlarini hisobga olish asosida
o‘quv jarayonini qayta qurish muammoli ta’limning asosiy g‘oyasini belgilab
beradi. Muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi o‘quvchilarga tayyor
holda berilmaydi, balki o‘quvchilar tomonidan muammoli vaziyatlarni mustaqil
xal qila bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.
Ta’rif. Muammoli vaziyatlarni hal qilish asosida hosil qilingan dars jarayoni
muammoli ta’lim deyiladi.
Yuqoridagi mulohazalardan muammoli ta’lim nazariyasi o‘quvchi intellektual
imkoniyatlarini ochib beruvchi rivojlantiruvchi xarakterdagi ta’lim tashkil
kilishning psixologik, pedagogik yo‘llari va usullarini tushuntiradigan ta’lim
jarayoni ekanligi ko‘rinadi.
Muammoli ta’limda o‘qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda
eng murakkab tushunchalar mazmunini tushuntira borib o‘rganilayotgan mavzu
materiali bilan o‘quvchilar orasida muntazam ravishda muammoli vaziyatlar
vujudga keltiradi, o‘quvchilarni faktlardan xabardor qiladi, natijada o‘quvchilar bu
faktlarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa chiqaradilar va
umumlashtiradilar, tushuncha, qoida va teoremalarni o‘qituvchi yordamida aniqlab
ifoda qilinishi yoki ma’lum bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llanishini
o‘rganadilar, natijada o‘quvchilarda aqliy operatsiya va bilimlarni amaliyotda
qo‘llanish malakalari shakllanadi.
Maktab matematika kursida o‘rganiladigan nazariy mavzu materiallari masala
va misollarni ularning mazmuniga ko‘ra muammoli va muammoli bo‘lmagan
turlarga ajratish mumkin.
Agar o‘rganilayotgan mavzu materialidagi masala va misollari yechish
jarayoni o‘quvchilar uchun yangi matematik tushuncha, daili va qoidalarni o‘z
ichiga olgan bo‘lib, avvalgi usul bilan yechish mumkin bo‘lmasa-yu, yechishning
yangi usullari talab etilsa, u holda bunday masala yoki misol mazmunan
muammolidir, aksincha, shunday masala yoki misollar o‘qituvchi
tomonidan o‘quvchilarga yechish uchun berilishi mumkinki, bunday masala va
misollar o‘quvchilar uchun muammoli bo‘lmay qoladi, chunki ular masala va
misol yechilishining yangi usullarini mustaqil izlanmasdan, o‘qituvchining
tushuntirishiga qarab o‘zlashtirib oladilar, berilgan masala yoki misol faqatgina
koeffitsientlari bilan avvalgilaridan farq qiladigan darajada bo‘ladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Boshlang‘ich sinfda matematika darsi qanday tuzilishga ega
2. Dars, dars mazmuni, texnologik xaritalarida nimalar aks etadi?
3. Muammoli dars deganda qanday dars turi nazarda tutiladi?
4. Muammoli darslarni tashkil etish usullarini ayting.
5. Boshlang‘ich sinf matemetika darsligini tahlil qiling.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jumayev M. ”Matematika o‘qitish metodikasi”. (OO‘Y uchun darslik.)
Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.
2. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
4. Maktab matematika darsliklari.2020-yil.
5. http://www.ziyonet.uz/
Barchamizga ma’lumki, hozirda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishni
tashkil etishning ikki xil shakli mavjud: 1. Dars 2. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar.
Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi
doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga
yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir.
Matematikadan o‘quv ishlarini tashkil etishni darsdan tashqari mashg‘ulotlarning
asosiy vazifalari:
- o‘quvchilarning bilimlarini va amaliy malakalarini chuqurlashtirish va
kengaytirish;
- mantiqiy tafakkurni, topqirlikni, matematik ziyraklikni rivojlantirish;
- iqtidorli va qobiliyatli bolalarni aniqlash va ularni yanada o‘sishiga yordam
berish;
- matematika faniga qiziqishini shakllantirish;
- o‘quvchilarni intizomli bo‘lishga, mehnatga mehr qo‘yishga, jamoa bilan ishlay
olish ko‘nikmalarini tarkib toptirishga, ularda umuminsoniy fazilatlarini shakllantirishga
oid tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish.
O‘quv ishlarini tashkil etishda darsdan tashqari shakllari:
1. O‘quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiyalar.
2. Mustaqil uy ishlari.
3. Fakultativ mashg‘ulotlar.
4. O‘quvchilar bilan yakka va guruh mashg‘ulotlari.
Uy ishlari bu - o‘quvchilarni darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil, individual
ishlashlarini tashkil qilish shakllaridan biri. Uy ishlarini tashkil etish natijasida bolalarda
quyidagi xislatlar shakllanadi:
• Shaxsni xafsalaligi
• Mehnatsevarligi
• Uyushqoqligi
• Intizomliligi
• Mas’ulyatliligi
• O‘z o‘zini nazorat qilishi
Uy ishlarini tashkil qilishda quydagi talablar asosida bo‘lishi lozim:
➢ Uyga beriladigan vazifalar o‘quvchilarning bilimlariga mos kelishi kerak;
➢ Uy vazifalari va unga sarflaydigan vaqt meyor darajasida bo‘lishi kerak;
➢ Uy vazifalarini bajarish bo‘yicha ko`rsatma bo‘lishi kerak;
➢ Uy vazifalarini tizimli ravishda berib borish kerak;
➢ O‘quvchilar muntazam uy ishlarini bajarishlari shart;
➢ Hamma o‘quvchi o‘z imkoniyatiga qarab har doim topshiriq olishi uy ishlarini
individuallashtirishni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir;
➢ Uy vazifasini ko‘rinishi va mazmuni turli-tuman bo‘lishi zarur;
➢ Uy vazifasi o‘qituvchi tomonidan tekshirilishi shart.
Darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan individual va guruh
mashg‘ulotlar maqsadi: o‘quvchilarni o‘zlashtirgan bilimidagi kamchiliklarni bartaraf
qilishda ularga yordam berish, o‘quvchilarni ilm olishdagi qoloqliklarning oldini olish.
Bu mashg‘ulotlar odatda individual yoki guruh mashg‘ulotlarida o‘tkaziladi.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni asosiy maqsadi- o‘quvchilarda
fanga qiziqishni rivojlantirish, darsda olingan bilimlarni to‘ldiruvchi va
chuqurlashtiruvchi matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan “sinfdan tashqari ish” deyilganda
o‘quvchilarning o‘qituvchi rahbarligida darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur
bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar
tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlarni ikki turini farqlash mumkin. Uning birinchi turiga rejadagi
materiallarni o‘zlashtirishda orqada qoladigan bolalar bilan ishlash tushunilsa, ikkinchi
turi esa matematikani o‘rganishga qiziquvchi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar
kiradi.
Ma’lumki birinchi turdagi mashg‘ulotlar hozirgi kunda mamlakatimizning barcha
mamlakatlarida mavjud. Bunday mashg‘ulotlarni bilimlar darajasi bir-biriga yaqin 3-4
o‘quvchidan iborat kichik guruhlarda xaftada 1-2 marta o‘tkazish mumkin.
Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda ko‘proq ikkinchi turdagi mashg‘ulotlar
nazarda tutiladi va ular asosan o‘z oldiga quyidagi maqsadlarni qo‘yadi:
1. O‘quvchilarda matematikaga va uning tadbiqlariga qiziqish uyg‘otish
2. O‘quvchilarning matematikadan reja bo‘yicha olgan bilimlarini kengaytirish
3. O‘quvchilarda ilmiy tekshirish xarakteridagi malakalarini oshirish
4. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash
5. O‘quvchilarga matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga
o‘rgatish.
6. O‘quvchilarda matematik olimlar, tushunchalar va tarixiy materiallar xaqida
tasavvurlarini kengaytirishdan iborat.
Bu maqsadlarni bir qismi darsda amalga oshiriladi, ammo dars vaqti
chegaralanganligi tufayli qolgan qismini sinfdan tashqari ishlarda amalga oshiriladi.
Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar- deganda o‘quvchilarning
matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan
mashg‘ulotlatlarni tushunamiz.
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni
rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi matematik bilim, malaka va
ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan foydalanish mumkin. Quyidagi ana shunday
mashg‘ulot turlari haqida to‘xtalamiz.
Matematik o‘n minutlik, qiziqarli matematika soatlari, matematika to‘garagi
tavsifi: Boshlang‘ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar
uyushtirishdagi dastlabki qadam matematik o‘n minutliklardir.
O‘n minutlik dars yoki darsdan tashqari vaqtlarda butun sinf o‘quvchilari
ishtirokida haftada bir marta uyushtiriladi.
O‘quvchi o‘n minutlik uchun shunday masala misol, mashq va o‘yinlar tanlashi
kerakki, ular hajm jihatdan kichik bo‘lsin, lekin o‘quvchilarning aktivligini oshirsin,
o‘quvchilarning kelajakda umumiy bilish faolyatlarini hamda nutq madaniyatlarining
kamol topishida yo‘naltiruvchi vosita bo‘lib qolsin.
O‘n minutlikni faqat sinfda o‘tkazilmasdan, balki maktab hovlisida va hatto
maktabdan tashqarida o‘tkazish mumkin. Bunda o‘quvchilar bilan tevarak – atrof va
tabiatdagi matematik mutanosiblikni sekin–asta mushohada qilish asosida o‘tkaziladi.
Qiziqarli matematika soatlari. Mashg‘ulotlarning bu turi nisbatan ko‘proq vaqtga
(taxminan 45 minut) mo‘ljalangan bo‘lib, qiziqarli o‘yin, qiziqarli o‘yin, sonli
topishmoqlar, she‘riy masala, hazil masala va sahnalashtirilgan masalardan tarkib
topadi. Bunday mashg‘ulotlatlar 1-sinf o‘quv yilining II yarmidan boshlab avval bir
oyda bir marta, keyinchalik 2 martadan o‘tkazilishi mumkin. Unda o‘quvchilarning
o‘zlari tashabbus ko‘rsatishlariga erishmoq kerak. Topshiriqlar darslarda beriladigan
oddiy matematik topshiriqlarga o‘xshash bo‘lmasligi kerak: topshiriqlarning
mazmunlari bolalarga tushunarli qiyinlik darajalari bolalarga mos bo‘lishi kerak:
javoblar tez topilishi kerak, agar hisoblashlar zarur bo‘lsa, ular faqat og‘zaki bajarilishi
kerak. Qiziqarli matematika soati darsdan keyin sinfning hamma o‘quvchilari bilan
o‘tkaziladi. 3-sinfda bu mashg‘ulotlar epizodik ravishda o‘tkaziladi. 3-sinflarda sistemali
ravishda (ammo oyiga 1-2 martadan ko‘pmas) o‘tkaziladi, chunki ularni o‘tkazishga
ko‘p vaqt talab qilinadi. Mashg‘ulotning davomiyligi 3-sinfda 35-40 minut. Mashg‘ulot
o‘tkazish uchun har hil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq
masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar,
rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib hizmat qiladi.
Matematika to‘garak.Matematika to‘garagi sinfdan tashqari ishlarning eng
ommalashgan turi. To‘garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika
to‘garagida qatnashadigan o‘quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda
o‘qituvchiga qiyinchilik tug‘diradi va o‘quvchilar to‘garakda faol ishtirok eta
olmaydilar. To‘garak a‘zolarining soni ko‘payib ketsa, ularni ikki guruhga bo‘lish
maqsadga muvofiqdir. Guruhlar bilan bir hafta, ikkinchisi bilan ikkinchi hafta
shug‘ullanish mumkin. Mashg‘ulot 30 – 40 minut davom etsa yetarli. Ma‘lum vaqt
oralig‘ida guruhlarni qo‘shib mashg‘ulot o‘tkazish va mashg‘ulotlarni musobaqa yoki
viktorina o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Matematika to‘garagi mashg‘ulotini sentyabr
oyining ikkinchi yarmidan boshlab (birinchi sinf uchun ikkinchi yarim yillikdan,) may
o‘yining birinchi yarmida yakunlash mumkin. To‘garak ishlarini boshlashdan oldin
o‘qituvchi kamida 3-4 mashg‘ulotga yetadigan material tayyorlab, uni rejalashtirish va
to‘garakni tashkil qilishga tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Matematika to‘garagida o‘rganiladigan material mazmuni va hajmini chegaralab
qo‘yish qiyin. Bunda maktab sharoiti va o‘qituvchining tayyorgarligiga qarab to‘garakda
turli xil tarixiy, nazariy va amaliy materiallarni o‘rganish mumkin.
Matematika to‘garagining muvaffaqiyatli ishlashda, o‘quvchilarni to‘garak ishiga
jalb qilishda, qiziqtirishda dastlabki mashg‘ulotlarning ro‘li katta. Shuni alohida
ta‘kidlash kerakki, dastlabki mashg‘ulotlarning ko‘p qismini qiziqarli matematikaga
ajratish ham yaramaydi, chunki keyingi mashg‘ulotlarda qiziqarli matematikadan
boshqa materillarga qiziqish kamayadi, natijada o‘quvchilar to‘garakdan soviy
boshlaydi. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda ham, keyingi mashg‘ulotlarda ham
qiziqarli materiallar hajm jihatdan barobar bo‘lish ma‘quldir.
Sinfdan tashqari ish tashkilotchisining matematik va umumpedagogik mahorati
ham bu ishning sifatiga va ilmiy metodik darajasiga ta‘sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
O‘qituvchining shaxsiy malakasi ham katta ahamiyatga ega. Shu sababli sinfdan
tashqari ish har bir o‘qituvchini qanoatlantiradigan aniq uslubiy ko‘rsatmalar berishi
qiyin.
To‘garak mashg‘ulotlarini o‘tkazish sinf darslariga yaqin. Sinfdagi va sinfdan
tashqari ishlarning o‘xshashligi jamoa o‘quv ishini tashkil qilish formasi bilan aniqlandi,
bunda o‘qituvchi o‘quvchilar guruhi bilan mashg‘ulot olib boradi, zaruriy
tushunchalarni beradi, o‘quvchilardan so‘raydi va h. Bu yerda o‘quvchilarga katta
tashabbuskorlik berish maqsadga muvofiq, ularga muhokama qilinayotgan masala
yuzasidan mulohazalarini bemalol aytish uchun to‘la imkoniyat berish kerak. Bunda
o‘quvchilarni matematik tilda gapirishga o‘rgata borish, ularni matematik nutqlari
(og‘zaki nutq va yozma nutq) ustida ishlashi ham eng muhim pedagogik vazifalardan
biridir.
Bundan tashqari to‘garaklarda to‘garak kutubxonasi, matematika burchagi tashkil
qilish va ularni jihozlash, ayrim tadqiqot ishlari olib boorish maqsadga muvofiqdir. Bu
ishlarni yaxshi tashkil qilish uchun sharoitga qarab, chorak dasturlari, yarim yillik
matematik va taqvimiy dasturlari tuziladi.
1.2. Matematik viktorina, matematik ertalik, matematik musobaqa tavsifi
Matematika fanidan sinfdan tashqari tadbirlar
Тadbir shakli.Тadbir mavzusi. Тadbir maqsadi. O‘qituvchi faoliyati. O‘quvchi
faoliyati.
1. Matematik o‘yinlar Sehrli kvadrat Тez va aniq hisoblash O‘yinni boshqarish,
o‘quvchilarni qiziqtirish va sehrli kvadrat tarixi bilan tanishtirish Mantiqiy fikrlash
2. Qiziqarli matematik soatlar Rebuslar, fokuslar, Krsvordlar Matematika
darslarida olingan bilimlarni chuqurlashtirishТurli rebuslarni, krasivordlarni
tayyorlashRebuslar va krasivordlarni topish
3. Matematik viktorina Hamma narsalarni bilishni istayman Murakkab masalalar
Тurli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinani boshqarish Hamma masalalarni
bilishga intiladilar
4. Matematika ertaligi Тarixiy masalalar Тarixiy misollarni o‘rganish Misollarni
tayyorlash va ertaliklarni boshqarish. Тarixiy misollarga qiziqtirish Misollarni yechishga
harakat qilish
5. Matematik to‘garaklar Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati
Olimlarning matematikaga qo‘shgan hissasi, matematika tarixini chuqur o‘rganish
Matematika to‘garagini boshqarish va ssenariy yozish Тarixiy materiallar to‘plami
6. Devoriy gazeta, qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan
yangiliklar O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga erishish. Devoriy gazeta
uchun material to‘plash, devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o‘rganish.
7. Ekskursiyalar, tarixiy muzeylarga sayohatlarga olib boorish, milliy grafika,
geometrik shakllar bilan tanishtirish, ekskursiya jarayonida tarixiy materiallar bilan
tanishtirish, matematikadan yangi bilimlarga ega bo‘lish.
Matematika darslarini samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan
foydalanish darslar tizimi.
O‘rganiladigan mavzular nomi, darsning borishi, kutiladigan natija, tarixiy
tushunchalarni shakllantirish manbaalari.
1. Natural sonlarni raqamlash va ular ustida arifmetik amallar Yashash uchun
raqamlarni zarurligi, uni xalq ijodiyoti va qadriyatlarida ifodalanishi Raqamlarni paydo
bo‘lish zaruriyati va asoschilari Al-Xorazmiyning «Hind kitobi» risolasi ahamiyatini