BOSHLANG`ICH SINFLARDA ARIFMATIK MASALALAR YECHISHGA O`RGATISH
Yuklangan vaqt
2024-04-07
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
29
Faytl hajmi
159,5 KB
BOSHLANG`ICH SINFLARDA ARIFMATIK MASALALAR
YECHISHGA O`RGATISHNING UMUMIY MASALALARI
REJA
Kirish
I bob Boshlang`ich sinflarda arifmatik masalalar yechishga o`rgatishning
umumiy masalalari
1.1 Masala tinglashni o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish.
1.2. Masalani dastlabki tahlil qilish
1.3. Masalani yechish usullari va yozilishi
II Bob Boshlang`ich sinflarda murakkab masalalar yechishga o`rgatish
metodikasi
2.1. 1-2-sinf darsliklaridagi murakkab masalalar va ularni yechish yo‘llari…
2.2. 3-sinf darsliklaridagi murakkab masalalar va ularni yechish yo‘llari….
2.3. 4-sinf darsliklaridagi murakkab masalalar va ularni yechish yo‘llari…..
ХULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘rsida»gi qonuni hamda Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta`limning maqsadi, vazifalari hamda
prinsiplarini tanlanishi Birinchi darajali ehtiyojga aylandi. Ta’lim O‘zbekiston
respublikasida jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va madaniy rivojlanishining
muhim omili hisoblanadi. Respublika miqyosida ta’lim va tarbiya sifatini
yaxshilash, uni takomillashtirish borasida hamda o‘qituvchilarning malakasini
oshirish borasida muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi ishlarni maktab
tizimida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Mavzuning dolzarbligi. Maktabda matematikani o‘qitish o‘z oldiga
zamonaviy jamiyat talablariga javob beruvchi va har bir maktab bitiruvchisiga
uning kelgusi yetuklik hayotida erkin va mustaqil amaliy faoliyat ko‘rsata
olishga imkoniyat yaratuvchi bir nechta kafolatlangan matematik tayyorgarlik
darajalarini taminlash maqsadini qo‘yadi. Matematikani o‘rganish o‘quvchini
uning amaliy faoliyatida zarur bo‘ladigan qo‘shimcha fanlarni o‘rganishga
yordam beruvchi, ta’lim olishni davom ettirishga asos bo‘luvchi aniq matematik
bilimlar qurollantiradi. U o‘quvchilarning fikrlash sifatini shakllantirish bilan
ularning aqliy rivojlanishlariga ulkan hissa qo‘shadi. Boshlang‘ich ta’limda
matematikadan davlat ta’lim standarti talablariga o‘quvchilarning mantiqiy
mulohaza etish salohiyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Matematika ta’limi
mazmuniga o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini kuchaytirishga imkon beruvchi
amaliy ishlar va rivojlantiruvchi topshiriqlar kiritish yaxshi natijalar beradi. Bu
o‘quvchilarning yangi o‘quv vazifalari va muammolarini mustaqil yecha olishga
hamda munozara yurita olishga bo‘lgan tayyorgarlik qobilyatlarini rivojlantiradi.
Ikki amalliy masalalar o‘quvchini rasm solishga, chiziq chizishga, qiyishga,
o‘ynashga, kesmalarni o‘lchashga, vaqtni aniqlashga, og‘irlikni, yuzni, hajmni
topishga, pul hisobatlarini tuzishga majbur etadi va bunday masa lalarni yechish
yordamida o‘quvchilar o‘zlarining tashabuskorlik, mustaqillik ijodkorlik
qobilyatlarini idrok fahm –farosat ziyrakliklarini o‘stiradi. Ya’ni bundan buyon
amaliy faoliyatlarida zarur bo‘ladigan hamma sifatlarni taraqqiy ettiradilar. Bu
ko‘rinishdagi masalalar maktab hayotining birinchi qadamidan boshlab
o‘quvchilarga qalam, chizg‘ich, sirkul, qaychi bilan ishlashni o‘rgatadi va asta
sekin ularni maktab hayoti yoki jamiyat hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar
doirasiga olib keladi. Ularni o‘rganish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. O‘quvchilarning har tomonlama
rivojlanishi uchun muhim bosqich bo‘lgan boshlang‘ich sinf matematika darslarida
masalalarni yechishni o‘rgatish metodikasini, didaktik asoslarini va uni hal
etishning tegishli shart-sharoitlarini asoslab berishdan iboratdir. O‘quvchilarning
sodda va murakkab masalalarni yechishga oid ko‘nikma va malakalarini
shakllantirishni tashkil etishning yaxlit tizimni ishlab chiqish.
Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitishda ilg‘or tajribalarni o‘rganish asosida ikki
amalli masalalarni yechishni tashkil etishning samarali yo‘llarini aniqlash.
Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish jarayonida masalalarni turli xil usullarda
yechishni tashkil etishga oid uslubiy tavsiyalar yaratish.
O‘quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirishga hizmat
qiluvchi turli masala va didaktik o‘yinlar ishlab chiqish.
Ishning o‘rganilish darajasining qiyosiy taxlili. Kurs ishini yozish
jarayonida amalga oshirilgan maxsus adabiyotlarning sharhi va matematika darsligi
mazmunini tahlil qilish natijasida ilgari surilgan nazariya, g‘oyalar, chiqarilgan
ilmiy xulosalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematik bilimlar berish
borasidagi umumiy va xusuiy metodika masalalarini boyitishga doir juda ko‘p ishlar
qilingan.
MASALA TINGLASHNI O‘RGANISH VA UNI MUSTAQIL O‘QIY OLISH
Masalalar yechish matematika o‘qitishning muxim tarkibiy qismidir.
Masalani yechmasdan matematikani o‘zlashtirishni tassavur ham qilib bo‘lmaydi.
Matematikadan masalalar yechish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning tabiiy
yo‘lidir.
Boshlang‘ich siniflarda o‘rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni
o‘zlashtirish jarayonida masalalar yechish muxim rol yinaydi. Bu haqida dasturda
shunday deyilgan: «Natural sonlar arifmetikasi va nolni urganish maqsadga
muvofik masalalar va amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so‘z har
bir yangi tushunchani tarkib topshirish har doim bu tushuncha axamiyatini
tushuntirishga yordam beradigan, uning qo‘llanishini talab qiladigan u yo bu
masalani yechish bilan bog‘lanadi».
Masalalar yechishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarni matematik munosabatlar
bilan tanishtirib boriladi. Masalalar asosan yechilishiga ko‘ra ikki xil: sodda va
murakkab bo‘ladi. Yechilishi uchun bitta amal talab qilinadigan masalalar sodda
masalalar xisoblanadi. Yechilishi uchun bir nechta o‘zaro bog‘liq amallarni
bajarish talab qilinadigan masalalar murakkab deyiladi. Sodda masalalar
o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar,
malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Sodda
masalalar xam murakkab masalalar xam bilimlarni o‘zlashtirishga, olingan
bilimlarni mustaxkamlash va mukammallashtirishga xizmat qiladi. Masalalar
bolalarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali vositasi bo‘lib, odatda
«o‘z ichiga» yashirin informatsiyani oladi. Bu informatsiyani qidirish masala
yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish, faktlarni taqqoslash,
umumlashtirish kabilarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o‘rgatish
matematika o‘qitishning muxim maqsadlaridan biri xisoblanadi.
Masalalarni mustaqil yechishga o‘rgatish o‘qituvchiga o‘quvchilarning
mumkin bo‘lgan aqliy qobiliyatlari rezervlaridan foydalanish imkonini beradi.
Bundan masalalarning yana bitta muxim funktsiyasi kelib chiqadi. Masalalarni
yechishda predmetga bo‘lgan qiziqish rivojlanadi, mustaqillik, erkinlik,
talabchanlik, mexnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi. Masala yechishga
o‘rgatish orqali o‘quvchilarga tarbiyaning turli elementlari singdirib boriladi.
Masalalar o‘quvchilarning fikr doiralarini kengaytirishga yordam beradi, ularni o‘z
shaxsining, qishlog‘ining xayoti bilan kishilarning ishlab chiqarish va qishloq
xo‘jaligidagi mexnatlari bilan tanishtiradi.
Masalalarni turli usullar bilan yecha bilish ham katta ahamiyatga ega. Bolalar
arifmetik amallarning xossalari haqida olgan bilimlaridan masalalar yechishda
foydalanishni urganib olishlari kerak. Shunga intilish kerakki, - deyiladi dasturda –
o‘quvchilar biror masalani yechishninshg mumkin bo‘lgan usullarini aniqlab
oladigan bulsinlar xamda bu usullardan eng ixchamini yaxshi tushungan va
asoslangan xolda tanlab olsinlar. Tayyor masalalarni yechish bilan bir qatorda
bolalarni o‘qituvchining turli topshiriqlariga ko‘ra mustaqil masalalar, tuzish
bo‘yicha mashq qildirish foydalidir. Masalalar tuzish uchun son va syujet
materiallarni tushunishlariga va to‘g‘ri yecha olishlariga yordam beradi.
Masalalar ustida ishlash bir nechta etaplarni o‘z ichiga oladi. Ulardan
birinchisi – masalani eshitish va uni mustaqil o‘qiy olish. Masala ustida ishlash
uning mazmunini o‘zlashtirishdan boshlanadi. O‘quvchilar xali o‘qish masalasiga
ega bulmagan dastlabki vaqtlarda ularni o‘qituvchi o‘qib beradigan masala matnini
tinglashga, shartning muxim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o‘rgatish.
Keyinchalik o‘quvchilar o‘qish malakasiga ega bo‘lgandan so‘ng, masala shartini
yaxshirok o‘zlashtirish maqsadida, har bir o‘quvchi masala matnini tinglabgina
qolmay, balki masalani mustaqil o‘qib chiqishi zarur. Buning uchun ularga
masalani oldin ovoz chiqarmay o‘qishni, so‘ngra yana tovush chiqarib ifodali
o‘qishni taklif qilish mumkin. Masalani ifodali o‘qishda sonli ma’lumotlar va
masalani yechish uchun muxim ahamiyatga ega bo‘lgan elementlarini tovush
ajratib berilishi zarur.
Masalan: Mehnat darslari uchun 4 quti ko‘k va 5 quti qizil qog‘oz sotib
olishdi. Mexnat darslari uchun hammasi bo‘lib necha pachka qog‘oz sotib olishdi?
Bu masalani o‘qish jarayonida «4 pachka ko‘k», «5 pachka qizil» va
«hammasi» so‘zlarini tovush chiqarib ajratib o‘qish lozim. Masala matni
o‘qituvchi yoki o‘quvchilar tomonidan quti bilan ikki marta o‘qiladi. Ammo bunda
bolalarni masala matnini bir marta o‘qishdayoq uning mazmunini tushunib olishga
asta-sekin o‘rgatib borish kerak. Buning uchun esa o‘quvchilarning diqqatini jalb
qilishga bilish maqsadiga qaratilgan yo‘naltiruvchi savollar va topshiriqlar berib
borish muximdir. Avvaliga topshiriqlar sodda ko‘rinishda, keyinchalik esa
murakkablashgan holda beriladi. O‘qituvchi soddagina «diqqat bilan tinglang»
degan ko‘rsatmani berish bilan cheklanib qolmay balki o‘quvchilarga bilish
axamiyatiga ega bo‘lgan aniq qo‘shimcha topshiriq berishi kerak. M-n: bunday
deyishi mumkin: «Masala matnini diqqat bilan tinglang va uni takrorlashga tayyor
bo‘ling». Bu eng sodda topshiriq. Undan ta’limning dastlabki qadamlarida
foydalanish mumkin. Shundan keyin topshiriqlar murakkablashtiriladi: «Men
sizlarga xozir masalani gapirib beraman – deydi o‘qituvchi, - sizlar esa unda nima
ma’lum va nimani bilish kerakligini aytishga tayyor bo‘ling». Bu xolda o‘quvchilar
masala matnini tinglash jarayonidayok aktiv ishlay boshlaydilar. M.I. Moroning
fikricha o‘quvchilar ma’lumni noma’lumdan ajratib matnni uziga xos «saralash»ni
bajaradilar. Masala matnini tinglayotganda o‘quvchilar masala sharti, savolini
eslab qolish bilan birga berilganlar bilan izlanayotgan miqdorlar orasidagi
bog‘lanishlarni tushunib olishlari kerak. O‘quvchilar masalani diqqat bilan tinglasa
va mustaqil o‘qiy olish malakasiga ega bo‘lsagina masalani mustaqil yecha
olishlari mumkin.
MASALANI DASTLABKI TAHLIL QILISH.
Ma’lumni
noma’lumdan,
muhimni
nomuhimdan
ajratish,
masalada
berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog‘lanishni ochish – bu eng muxim
malakalardan biri hisoblanadi. Bunday malakaga ega bo‘lmay turib masalalarni
mustaqil yechishga o‘rgatib bo‘lmaydi. Masala bilan dastlabki tanishishda
o‘quvchilarni masalani tarkiiy qismlari bilan tanishtiriladi. M-n: Bir qutida 7
bo‘lak plastilin ikkinchi qutida undan 2 bo‘lak ortiq plastilin bor. Ikkala qutida
necha bo‘lak plastilin bor? Masala matni o‘qilgach o‘qituvchi o‘quvchilarga
quyidagicha savol bilan murojaat qiladi. (Bunda masala o‘qilishidan oldin
o‘quvchilarga masalani tinglab undan ma’lum va noma’lumlarni aniqlash
topshirigi beriladi):
- Bolalar masalada nima ma’lum? (Masalada bir qutida 7 bo‘lak, ikkinchisida
undan 2 bo‘lak ortiq plastilin borligi ma’lum).
- Bu masalaning nimasi? (Bu masalaning sharti).
- Masalada nima noma’lum? (Ikkala qutida necha bo‘lak plastilin borligi
noma’lum).
- Bu masalaning nimasi? (Masalaning savoli).
Tahlildan so‘ng masalaning qisqa yozuvi yoziladi.
Masala mazmunining qisqa yozuvi o‘quvchilar xotirasiga tayanch bo‘lib son
ma’lumotlarni tushunish va ajratish imkonini beradi. Shu bilan birga ularning
ixcham yozilishi masalada nima berilgan va nimani izlash kerakligini tushunishga
imkon yaratadi. Masalani qisqa yozuvini
a) to‘la ko‘rsatmalilik
b) chala ko‘rsatmalilik
v) sxematik shaklida
g) jadval shaklida
d) qisqa yozuv shaklida ifodalash mumkin.
Yuqoridagi masalani qisqa yozuvi:
1-q – 7 bo‘lak
2-q – ? 2 bo‘lak ortiq
Masala mazmunini rasm orqali tasvirlash mumkin. Buning uchun ikkita
plastilin qutisining rasmi chiziladi. Birinchi qutida 7 bo‘lak, ikkinchi qutida esa
shuncha va yana 2 ta ortiq plastilinni tasvirlaydilar. Masala mazmunini shartli
belgilash ya’ni plastilinlar o‘rniga to‘g‘ri to‘rtburchak yo kesmalar chizish
mumkin.
1-q-
2-q-
?
Masala mazmunini chizma yordamida tasvirlash uchun daftarning har bir
katagi bitta plastilin uchun qabul qilinadi. Bunda birinchi qutidagi 7 bo‘lak
plastilin 7 ta katak uzunligidagi kesma bilan tasvirlanadi. Ikkinchi qutidagi
plastilinlari esa xuddi shu uzunlikdagi kesma va yana 2 ta katak uzunligidagi
kesma bilan tasvirlanadi.
Masala mazmuni qisqa yozuvi
1-q-
2-q-
Masalalarni qisqa yozuvini jadval yordamida ham tasvirlash mumkin.
M-n: 12 kg asalni 4 ta bir xil bankaga quyishdi 3 ta bankada nechta kg asal
bor?
banka
sigimi
bankalar
soni
hamma ban.
Sigimi
Bir xil
4 ta
12 kg
3 ta
?
Masalaning qanday berilganligiga qarab qisqa yozuvni turlaridan qulayi
tanlanadi.
Masala tahlilini amalga oshirish va yechish rejasini tuzish.
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish uslubiyoti qo‘llanmalarida
masalani tahlil qilishning analitik va sintetik usullari qaraladi. Analitik tahlil –
ma’lum va noma’lumlarni ajratish, sintetik tahlil esa masala savoliga javob
berishda ma’lum sonlarni birlashtiridan iborat. Masala tahlilning analitik usuli
shunday mulohazalar zanjiridan iboratki, bu zanjir boshida masalada berilgan savol
turadi. Masala savoliga javob topish uchun masala shartida ko‘rsatilgan yo
ko‘rsatilmagan zarur ma’lumotlar tanlab olinadi. Ammo bu ma’lumotlar boshqa
ma’lumotlardan foydalanish natijasida hosil qilinishi mumkin. Masala tahlilini
sintetik usuli deganda shunday mulohaza yuritish tushuniladiki, bunda son
ma’lumotlarni birlashtirish natijasida bu ma’lumotlardan nimani bilish mumkinligi
aniqlanadi. so‘ngra yangi hosil qilingan ma’lumot bilan keyingi ma’lumot
birlashtiriladi. Bunday birlashtirish masala savoliga javob topilguncha davom
?
ettiriladi. Analiz sinter bilan uzluksiz bog‘liq, shu sababli xam murakkab masala
sodda masalalarga yoyilishi mumkin bo‘lgan faqat bitta operatsiya mavjud. Ammo
bu operatsiya ikki yo‘nalishda bajarilishi mumkin, ya’ni berilganlardan
noma’lumga yoki noma’lumdan berilganlarga borish bilan bajariladi. Shunday
qilib, masala tahlili analitik-sintetik metod bilan amalga oshiriladi, chunki masalani
yechishda yechuvchining fikri hamma vaqt berilganlardan izlanayotganga va
izlanayotgandan berilganlarga borishi kerak ya’ni yechish yo‘llarini izlash
maqsadga yo‘naltirilgan harakterda bo‘lishi kerak. Masala u yo bu yo‘l bilan tahlil
qilinganidan keyin yechish rejasi tuziladi, ya’ni masalani yakuniy savoliga javob
berish uchun oldin nimani bilib olishimiz, keyin nimani bilishimiz belgilab
olinadi.1
MASALANI YECHISH USULLARI VA YOZILISHI.
Masalani yechish usuli asosan ikki xil arifmetik va algebraik. Sodda masalani
arifmetik usulda yechishda ifoda tuziladi va uning qiymati topiladi.
M-n: Gugurt cho‘pini uzunligi 4 sm, qalamning uzunligi esa 12 sm. Qalam
gugurt cho‘pidan necha sm uzun?
Bu masalani yechilishini quyidagicha yozish mumkin 12 – 4 = 8 (sm)
Javob: Qalam gugurt cho‘pidan 8 sm uzun.
Murakkab masalaning arifmetik usul bilan yechilishini har xil usulda yozish
mumkin. o‘qituvchining u yoki bu topshirigiga binoan yechishlarning yozilish
namunalarini quyidagi masala misolida ko‘ramiz.12 kg asalni 4 ta bir xil bankaga
qo‘yishdi 3 ta bankada necha kilogramm asal bor?
1. Ifoda tuzib yechish.
Masalani quyidagicha ifoda tuzib yechish mumkin (12x4)x3=3x3=9(kg) yoki
3x(12:4)=3x3=9(kg)
2. Amallarni bajarib yechish.
Bunda har bir amal alohida- alohida bajariladi
1 M. Jumayev. Ye. Z.Tadjiyeva, “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi”
T.2005 Fan va texnalogiya
1) 12:4=3 kg
2) 3x3=9 kg
3. Savol yordamida yechish.
Bunda amallarni tushuntirish savol shaklida beriladi.
1) Bitta banka sigimi qancha?
12:4=3(kg)
2) 3 ta bankada qancha asal bor?
3x3=9 kg
4. Amallarni izoxlab yechish
Bu usulda izoxlarni amaldan oldin yo amaldan keyin yozish mumkin.
Izoxning amaldan keyin yozilishi:
1) 12:4=3 kg – bitta banka sigimi
2) 3x3=9 kg – 3 ta banka sigimi
Izoxning amaldan oldin yozilishi:
1) bitta banka sigimi – 12:4=3 kg
2) uchta bankadagi asal – 3x3=9 kg
1-2-SINF DARSLIKLARIDAGI IKKI AMALLI
MASALALAR VA ULARNI YECHISH YO‘LLARI
O‘quvchilаr sоddа mаsаlаlаrni shаrtini аnаliz qilish vа shu аsоsdа аmаl
tаnlаsh mаlаkаsini egallаb оlgаnlаridаn keyingi murаkkаb, shuningdek ikki amalli
mаsаlаlаrni yеchishgа o‘tish mumkin. Аnаliz vа sintеz, bir tоmоndаn, bilish
jаrаyonlаri bo‘lib, bаrchа аqliy fаоliyat turlаri pirоvаrd nаtijаdа ulаrgа kеltirilаdi.
Маnа shu jihаtdаn ulаr psiхоlоgiyaning o‘rgаnish оb’еktlаridir. Bu
tаdqiqоtlаrning аsоsiy nаtijаlаri didаktikаdа ishlаb chiqilgаn o‘qitish tаmоyillаri vа
usullаri аsоsidа yotаdi. Ikkinchi tоmоndаn, аnаliz vа sintеz fаndа yangi bilimlаrni
hоsil qilishning mаntiqiy yo‘llаridir. Bundаy sifаti bilаn ulаr bеvоsitа o‘qitish
mаvzusi bo‘lаdi. O‘rtа mаktаb o‘quvchilаrining bu yo‘llаrni egallаshlаri o‘quv
mаteriаlini fаоl o‘zlаshtirish, mаntiqiy, ijоdiy fikrlаshni rivоjlаntirishning zаruriy
shаrti ekаnligi rаvshаndir. O‘quvchilаrni аnаliz vа sintеzgа o‘rgаtish vаzifаsi ko‘p
dаrаjаdа bоshlаng‘ich sinflаrdа matematikаni o‘qitishdа hаl etilishi mumkin vа hаl
etilishi lоzim hаm. Маtеmаtikаdа аnаliz deyilgаndа аsоsаn isbоtlаnаyotgаn
dа’vоdаn rоstligi ilgаri isbоtlаngаn yoki isbоtsiz qаbul qilingаn dа’vоlаrgа olib
kеlаdigаn fikrlаshni tushunilаdi. Аnаliz isbоtning tuzilishigа emаs, bаlki fаqаt
uning g‘оyasigа olib kеlаdi. Sintеz, bu tоpilgаn isbоtlаsh g‘оyasi аsоsidа rоst
dа’vоlаr shаrtidа berilgаn mа’lumоtlаrdаn qаndаy qilib isbоtlаnаyotgаn dа’vо
hоsil bo‘lishini ko‘rsаtuvchi fikrlаshdir. Boshlang‘ich sinflаrdа аnаliz vа sintеzdаn
bilim bo‘lаgi sifаtidа fоydаlаnish sоhаsi аrifmеtik хоssаlаr, tеnglаmаlаr vа
isbоtlаshi tаlаb etilаdigаn jumlаlаr to‘plаmidаn ibоrаtdir. Bulаrdаn so‘nggisi
sifаtidа, mаsаlаn, ushbu turdаgi tоpshiriqlаr kеlаdi: hisоblаmаsdаn, ifоdаlаrni
tаqqоslаng:
24 - 16 - 8 + 24 - 8 : (12 - 4) x 6; 12 x 6 - 4 x 5;
5.(135). Bir tupda 47 m gazlama bor edi. Bolalarga ko‘ylak tikish uchun 17 m,
kattalarga ko‘ylak tikish uchun esa 10 m gazlama qirqib olindi. To‘pda necha metr
gazlama qoldi?
Q/y. Yechish:
Bor edi – 47 m. 47 –(17+10)= 20 m
Bolalarga ko‘ylak – 17 m 1) 17+10=27
Qoldi - ? 2) 47 – 27= 20 (m) J: 20 m qoldi.
(sondan yig‘indini ayirishga oid masala)
Q/y. Yechish:
I. likop -20 ta I. 48 –(20+8)=20 ta
II lik – 8 ta II. (48 – 20) – 8=20 ta
III –likop -? III. (48 – 8) – 20 =20 ta j: 20 ta.
(Sondan yig‘indini ayirishga oid).
6.(145). Tovuqlarni boqish uchun bir haftada 28 kg don g‘ozlarni boqish uchun esa
undan 11 kg kam don sarflanadi. Tovuq va g‘ozlarni boqish uchun necha kg don
sarflanadi?
Q/y. Yechish:
48 ta
Tovuq – 28 kg don
28+(28-11)=45 (kg)
G‘oz - ? 11 kg kam
J: 45 kg.
(sonni bir necha birlik kamaytirish va yig‘indini topishga doir masala).
9.(147). Duradgor bir kunda 42 ta taxtani randalab bo‘lganidan keyin yana 6 ta
taxtani randalash kerakligi aniqlandi. Duradgor hammasi bo‘lib nechta taxtani
randalashi kerak?
5.(148). Muqova ustaxonasida 2 ta albom tayyorlashdi. Bir albomga 24 bet
ikkinchisiga 16 bet ko‘p qog‘oz ketdi. Ikkala albomga qancha qog‘oz ishlatilgan?
Q/y. Yechish:
I alb – 24 bet
24+(24+16)=24+40=64 (bet)
II alb - ? 16 bet
J: 64 bet.
(sonni bir necha birlik orttirish va yig‘indini topishga oid masala).
5.(149). Idishda 40 l benzin bor edi. Bitta mashinaga 25 l ikkinchisiga 10 l benzin
qolgan?
Q/y. Yechish:
Bor edi – 40 l 40 –(25+10)=40 – 35=15 (l)
Qo‘shildi – 25 l, 10 l j: 15 l qolgan.
Qolgan - ?
12.(151). Avtosaroyda 49 ta yuk avtomobili, undan 9 ta kam yengil mashina
yuribdi. Avtosaroyda hammasi bo‘lib nechta mashina turibdi?
Q/y. Yechish:
Yuk avtom – 49 ta 1) 49 – 9= 40(ta)
Yengil mashina -? 9 ta kam 2) 49 +40=89 (ta) J: Hammasi bo‘lib 89 ta mashina
153. Maktab maydonchasida 30 nafar o‘quvchi turibdi. O‘ynayotgan edi. Ulardan
7 ta o‘g‘il bola 3 ta qiz bola sinfga kirib ketdi. Maydonchada qancha o‘quvchi
qoldi?
Q/y. Yechish:
O‘ynayotgan edi -30 nafar 1) 7+3=10 (ta) bola
Kirib ketdi – 7 ta o‘g‘il va 3 ta qiz. 2) 30-10=20 (ta)
Qoldi? J: Maydonchada 20 ta o‘quvchi qoldi.
?
?
6.(153). Bir jo‘yakdan 30 kg, ikkinchi jo‘yakdan undan 17 kg ortiq sabzi kovlab
olindi. Ikkala jo‘yakdan qancha sabzi kovlab olingan
Q/y. Yechish:
I jo‘yakdan – 30 kg 1) 30+17=47 (kg)
II jo‘yakdan-? 17 kg ortiq
2) 30+47=77 (kg)
J: 77 kg.
9.(154). Bo‘yoqchi bir uyda 8 ta derazani, ikkinchi uyda 2 ta derazani bo‘yashi
kerak edi. U 6 ta derazani bo‘yadi. Bo‘yoqchi yana nechta derazani bo‘yashi
kerak?
Q/y Yechish:
Bo‘yashi kerak – 8 ta va 2 ta 1) 8 + 2=10 (ta)
Bo‘yadi – 6 ta 2) 10 – 6=4 (ta)
Yana bo‘yashi kerak -? J: Yana 4 ta bo‘yashi kerak.
2.(125). Birinchi tramvayda 22 ta yo‘lovchi bor, ikkinchi tramvayda esa undan 10
ta kam yo‘lovchi bor. Ikkala trambayda nechta yo‘lovchi bor?
Q/y. Yechish:
I t – 22 ta yo‘lovchi 22+(22-10)=34 (ta)
II t - ? 10 ta kam
j: 34 ta.
(sonni bir necha birlik kamaytirish va yig‘indini topishga oid masala)
5.(129). Qutida 28 ta bir xil va 10 ta qizil qalam bor. Qutidagi hamma qalamlar
nechta?
Q/y. Yechish:
Bir xil qalam – 28 ta 28 +10=38 (ta)
Qizil qalam -10 ta J: 38 ta qalam.
Hamma qalam-?
4.(131). Shahmat to‘garagiga 32 nafar o‘g‘il bola va ulardan 15 nafar ortiq qiz bola
qatnashadi. To‘garakka hammasi bo‘lib nechta o‘quvchi qatnashadi?
Q/y. Yechish:
O‘g‘il bola – 32 nafar 32+(32+15)=32+47=79 ta
Qiz bola - ? 15 ta ortiq J: 79 ta
?
?
(sonni bir necha birlik orttirish va yig‘indini topishga oid masala)
4.(132). Bir metro vagonida 48 nafar ikkinchisida undan 17 nafar kam yo‘lovchi
bor. Ikkala vagonda necha nafar yo‘lovchi bor?
Q/y. Yechish:
I b – 48 nafar 48+(48 – 17)=48+31=79 ta
II b - ? 17 ta kam J: 79 ta
Ikkalasida -?
8.(49). Masala tuzing: Bir taqsimchada 7 ta limon ikkinchisida esa bitta ham limon
yo‘q ikkala tarelkada nechta limon bor?
Yechish: 7+0= 7 ta j: 7 ta limon bor.
5(51). Maktab hovlisida 9 ta bola bor edi. Ulardan oldin bittasi so‘ngra yana bittasi
ketib qoldi. Hovlida nechta bola qoldi?
Yechish: 9 – 1 – 1=8-1=7 ta. J: 7 ta bola qoldi.
3.(62). Ikkita akvariumda 10 ta baliq bor edi. Birinchisida 4 ta baliq bo‘lsa,
ikkinchisida nechta baliq bor?
Yechish: 10 – 4=6 ta J: 6 ta baliq bor:
4.(63). Akbarda 6 ta plastilin bor. Olimda undan 2 ta kam bor. Olimda nechta
plastilin bor.
Yechish: 6 – 2 =4 ta. J: 4 ta plastilin bor.
8.(65). Guldasta uchun 4 ta lola, 6 ta safsar gul uzishdi. Hammasi bo‘lib nechta gul
uzishdi?
Yechish: 4+6=10 ta J:10 ta gul uzishdi.
4.(68). 2 ta yashil rangli mashina so‘ngra 4 ta qizil rangli mashina garajda keldi.
Hammasi bo‘lib nechta mashina keladi?
Yechish: 4+2=6 (ta) J: 6 ta
3.(69). Bir shohchda 2 ta ikkinchi shohchada 3 ta olcha bor. Ikkala shohchaga
nechta olcha bor?
Yechish: 2+3=5 (ta) j: 5 ta
2.(70). Oldin 6 ta karam keyin bir nechta karam uzib olindi. Uzilgan karamlar 8 ta,
keyin nechta karam uzildi?
Yechish: 8-6=2 ta J: 2 ta karam.
3.(71). Daraxtda 6 ta olma bor edi. 2 ta olindi. Daraxtda nechta qoldi?
Bor edi – 6 ta olma Yechish: 6 – 2=4 (ta) J: 4 ta
Olindi – 2 ta
Qoldi - ?
4.5. Taqsimchaga 3 ta nok, 4 ta olma va 2 ta xurmo qo‘yishdi. Taqsimchaga
hammasi bo‘lib nechta meva qo‘yishdi?
Q/y. Yechish:
Nok – 3ta 1) 3+4+2=9 ta (meva)
Olma – 4ta 2) I (3+4)+2=9 ta
Xurmo –2ta II (3+2)+4=9 ta
III 3+(4+2)=9 ta J: 9 ta.
7.23. Ertalab 18 ta atirgul ochildi, kechga borib esa ular 2 ta ortdi. Kechgacha
nechta atirgul ochilgan?
Q/y Yechish:
Ertalab – 18 ta a) 1. 18+2=20 ta
Kechga borib – 2 ta ortdi. 2. 18+20=38 ta
Kechaga -? J: 38 ta b) 18+(18+2)=18+20=38
30.115.Dalada 9 ta kanbayn va 6 ta taraktor ishlamoqda. 13 ta mashina ishni
bajarib bo‘ldi. Yana nechta mashina ishni bajarishi kerak.
Q/y Yechish:
Ishlamoqda -9 ta va 6 ta a) 1) 9+6=15 ta 2) 15-13=2 ta
Bajardi -13 ta b) (9+6)-13=15-13=2ta
Bajarishi kerak -? J: 2 ta
24.86.Karimjonning100 so‘mi bor edi. U 40 so‘miga rangli qalamlar va 10 so‘miga
daftar sotib oldi. Karimjonning qancha puli qoldi?
Q/y. Yechish:
Bor edi -85 so‘m. a) 1. 40+10=50 (so‘m)
Ishlatildi -40 so‘m 10 so‘m 2. 85 – 50=35 (so‘m)
Qoldi-? b) 85 –(40-10)=85-50=35 so‘m
?
2. 125. Ertalab paxta zavodiga 40 mashina, kechqurun esa undan 20 ta ortiq
mashina paxta keltirildi. Zavodga hammasi bo‘lib necha mashina paxta keltirildi?
Q/y. Yechish:
Ertalab -40 m a) 1. 40+20=60 ta (m)
Kechqurun -? 20 ta ortiq 2. 40+60=100 ta (m)
Hammasi -? J: (40+20)=40+60 =100 ta
34. 138. mantiyorda 30 mli va 70 mli ikki o‘ram sim bor. Bir ish kuni davomida u
80 m sim ishlatdi. Necha metr sim qoldi?
Q/y. Yechish:
Bor edi – 30 m mli va 70 mli a) 1) 30+70=100
Ishlatildi -80 m 2) 100-80=20 m
Qoldi -? b) (30+70)-80-100-80=20 m J: 20 m
25.94. 10 m chit va 10 m shoyi sotib olishdi. 12 m matoni ishlatishdi. Necha metr
mato qoldi?
Q/y Yechish:
Sotib olishdi. 10 m chit va 10 m shoyi 1) 10+10=20 (m)
Ishlatishdi -12 m 2) 20-12=8 m
Qoldi -? J: 8 m mato (10+10)-12=20-12=8 m
26.99. Bolalar plastilindan 19 ta katta o‘rdakcha va 8 ta kichik o‘rdakcha yasashdi.
6 ta kichik o‘rdakchani kichkintoylarga berishdi. Nechta o‘rdakcha qoldi?
Q/y. Yechish:
Yas.katta o‘rdak -10 ta I (10+8)-18-6=12 (ta)
Yas.kichik o‘rdak-8 ta II (10-6)+8=4+8=12 (ta)
Berishdi – 6ta III (18-6)+10=2+10=12 (ta)
Qoldi -? J: 12 ta qoldi?
27.100. O‘tloqda 20 ta toycha yurgan edi. Oldin 4 ta keyin yana 3 ta toycha
daryoga suv ichgani chopib ketishdi. O‘tloqda nechta toycha qoldi?
Q/y. Yechish:
Yurgan edi – 20 ta I. 1) (3+4)=7 ta 2) 20 – 7=13 ta
Ketishdi -3 ta va 4 ta II. 20 –(3+4)=13 ta
Qoldi -? III. (20 -3)-4=17-4=13 ta J: 13 ta qoldi.
3-SINF DARSLIKLARIDAGI IKKI AMALLI MASALALAR VA
ULARNI YECHISH YO‘LLARI.
9.29. Azizada 18ta, Diloromda undan 7 ta ortiq, Xurshidada esa Diloromdagidan
12 ta ortiq daftar bor Xurshidada nechta daftar bor.
Q/y. Yechish:
Azizada 18 ta daftar 1) 18+7=25 ta
Diloromda? 7 ta ortiq 2) 25+12=37 ta
Xurshidada? 12 ta ortiq J: 37 ta daftar bor.
Xurshidada nechta daftar bor?
10.39. Bog‘da 60 tup daraxt bor. Ulardan 25 tupi olma, 17 tupi o‘rik, qolganlari esa
shaftoli. Bog‘da necha tup shaftoli daraxti bor?
Q/y. Yechish:
Bor edi 60 tup. 1) 60-25=35 tup
25 tup olma, 17 tup o‘rik. 2) 35-17=18 tup
Bog‘da necha tup shaftoli daraxti bor? J: 18 tu shaftoli daraxti bor.
18.81. 24 ta olma va 16 ta nok 4ta vazaga bir xil taqsimlanib, dasturxonga qo‘yildi.
Har bi vazaga nechtadan olma nechtadan nok qo‘yildi? Har bir vazada nechtadan
meva bor?
Q/y. Yechish:
Bor edi 24 ta olma, 16 ta nok 1) 24:4=6 ta olma
4 ta vazaga qo‘yildi 2) 16:4=4 ta nok
Har bir vazada nechtadan meva bor? 4+6=10 J: jami 10 ta meva
20.91. Savatdagi anorning choragi 6tani tashkil etadi. Savatdai anorning yarmi
nechtani tashkil etadi?
Q/y. Yechish:
Bor edi savatda anor 1) 6 x 4=24 ta
Choragi 6 dona 2) 24:2=12 ta
Yarmi necha dona? J: Savatdagi anorning yarmi 12 ta
25.114. Oshxonada kuniga 20 kg dan sabzi sarflanadi. Agar oshxonada 67 kg sabzi
qolgan bo‘lsa, 4 kunga yetishi uchun yana qancha sabzi sotib olish kerak?
Yechish: 1) 20 x 4=80 kg
2) 80-67=13 kg
J: 13 kg sabzi sotib olish kerak.
27.124. Dilbar kuniga 6 sahifadan kitob o‘qiydi. 14 kun o‘qiganidan keyin
kitobning 12 sahifasi qoldi. Kitob necha sahifadan iborat?
Yechish: 1) 6 x 14=84
2) 84+12=98
J: Kitob 98 sahifadan iborat.
28.137. To‘pda 60 m duxoba bor. Birinchi haridorga uning yarmi, ikkinchisiga
qolgan duxobaning uchdan bir qismi sotildi. Ikkinchi xaridor necha metr
duxoba sotib olgan?
Q/y.
Bor edi 60 m duxoba
Sotildi yarmi
Qolgan duxobaning 3 dan bir qismi qancha?
Yechish: 1) 60:2=30 m
2) 30:3=10 m
J: Ikkinchi xaridor 10m duxoba sotib olgan.
29.141.Maktab bog‘ida birinchi tuodan terilgan 96 kg olma 8ta yashikka solindi.
Ikkinchi tupdan terilgani esa 6 ta yashikka solindi. Ikkinchi tupdan necha kg olma
terilgan?
Q/y.
Bor edi 96 kg olma
Solindi 8 ta yashikka
6 ta yashikka necha kg olma sig‘adi?
Yechish: 1) 96:8=12 kg
2) 12 x 6=72 kg
J: Ikkinchi tupdan 72 kg olma terilgan.
29.146. Savatda 32 ta anor bor. Undagi anorlarning yarmini Anvar, Choragini
Marjona oldi. Marjona nechta anor oldi?
Q/y.
Bor edi 32 ta anor
Anva oldi yarmini
Marjona oldo choragini
Marjonada nechta anor bor?
Yechish: 1) 32:2=16 ta
2) 32:4=8 ta
J: Marjona 8 ta anor oldi.
30.150. Maktab tajriba maydoniga 8 kg kartoshka ekilib, undan 6 marta ko‘p hosil
olindi. Olingan hosil ekilganidan necha marta ko‘p?
Q/y.
Ekildi 8 kg kartoshka
Olindi 6 marta ko‘p
Ekilgan kartoshkadan necha kg ko‘p kartoshka olindi?
Yechish: 1) 8 x 6 =48 kg
2) 48-8=40 kg
J: 40 kg ko‘p hosil olindi.
33.165. Birinchi to‘pda 30 m, ikkinchi to‘pda 24 m shoyi bor. Agar bitta ko‘ylak
uchun 3 m mato sarflansa, ikki to‘pdagi jami shoyidan nechta ko‘ylak tikish
mumkin?
Q/y.
Bor edi 30 m va 24 m shoyi
1 ta ko‘ylak 3 m shoyidan tikiladi
Jami shoyidan nechta ko‘ylak tikiladi?
Yechish: 1) 30+24=54 m
2) 54:3=18 ta
J: 18 ta ko‘lak tikish mumkin.
34.170. Sinfda 17 nafar o‘g‘il bola 19 nafar qiz bola o‘qiydi. Partalar 3 qatordan
qo‘yilgan. Har bir partalar qatorida necha nafar o‘quvchi o‘tiradi?
Q/y.
Bor edi 17 nafar o‘g‘il bola 19 nafar qiz bola
Partalar 3 qtor
Har bir qatorda necha nafar o‘quvchi o‘tiradi?
Yechish: 1) 17+19=36 (nafar)
2) 36:3=12 (nafar)
J: Har bir partalar qatorida 12 nafar o‘qucvhi o‘tiradi.
34.173. Ozoda va Rahima gulzordan 44 ta gul uzib, 4ta bir xil guldasta yasadi. 9ta
guldasta yasash uchun nechta gul kerak bo‘ladi?
Yechish: 1) 44:4=11 ta
2) 11x9=99 ta
J: 99 ta gul kerak bo‘ladi.
35.177. Hayvonot bog‘idagi 2 ta qafasga 24 ta to‘ti joylashtirish mumkin. 5 ta
qafasga nechta to‘ti
joylashadi?
Q/y.
Bor edi 24 ta to‘ti
Joylashdi 2 ta qafasga
5 ta qafasga nechta to‘ti joylashad?
Yechish: 1) 24:2=12 ta
2) 12x5=60 ta
J: 60 ta to‘ti joylashadi.
4-SINF DARSLIKLARIDAGI IKKI AMALLI MASALALAR VA
ULARNI YECHISH YO‘LLARI.
10.51. Bosmaxonada 318 nafar erkak va ulardan 42 nafar kam ayol ishlaydi.
Bosmaxonada hammasi bo‘lib necha kishi ishlaydi?
Q/y.
Erkaklar 318 nafar
Ayollar ulardan 42 nafar kam
Hammasi bo‘lib necha kishi ishlaydi?
Yechish: 1) 318-42=276
2) 318+276=594
J: 594 nafar kishi ishlaydi.
11.52. Oshxonada 58 kg no‘xat va undan 19 kg ko‘p guruch ishlatildi. Hammasi
bo‘lib qancha don mahsuloti ishlatilgan?
Q/y.
No‘xat 58 kg
Guruch no‘xatdan 19 kg ko‘p
Hammasi bo‘lib necha kg?
Yechish: 1) 58+19=77 kg
2) 58+77=135 kg
J: 135 kg don mahsuloti ishlatilgan.
14.67. Do‘konda 200 ta katakli va ulardan 3 marta ko‘p bir chiziq daftar bor.
Do‘konda hammasi bo‘lib nechta daftar bor?
Q/y.
Katakli daftar 200 ta
Bir chiziqli daftar undan uch matra ko‘p
Hammasi bo‘lib nechta daftar?
Yechish: 1) 200x3=600 ta
2) 600+200=800 ta
J: Hammasi bo‘lib 800 ta daftar bor.
14.68. Tanlovga 48 ta oq-qora tasvirli va undan 4 marta kam rangli fotosuratlar
yuborildi. Tanlovga hammasi bo‘lib nechta fotosurat yuborildi?
Q/y.
Oq-qorq surat 48 ta
Rangli surat 4 marta kam
Hammasi bo‘lib nechta sutar.
Yechish: 1) 48:4=12 ta
2) 48+12=60 ta
J: Hammasi bo‘lib 60ta fotosurat yuborildi.
15.75. Omborga 54 yashik olma va 36 yashik nok keltirildi. Ertalab do‘konlarga
45 yashik ho‘l meva jo‘natildi. Omborda necha yashik meva qolgan?
Q/y.
Olma 54 yashik
Nok 36 yashik
Do‘konlarga jo‘natildi 45 yashik
Qoldi necha yashik?
Yechish: 1) 54+36=90
2) 90-45=45
J: Omborda 45 yashik meva qoldi.
16.76. Maktabning mevali bog‘ini barpo etishda 30 nafar o‘quvchi ishladi. 5 nafar
o‘quvchi ko‘chat o‘tkazish uchun chuqurcha qazidi, 8 o‘quvchi suv keltirdi.
Qolgan o‘quvchilar qazilgan chuqurlarga ko‘chatlarni o‘tkazdilar. Necha nafar
o‘quvchi qazilgan chuqurlarga ko‘chatlarni o‘tkazdilar?
Yechish: 1) 5+8=13
2) 30-13=17
J: 17 nafar o‘quvchilar ko‘chat o‘tkazdilar.
16.79. Yosh tabiatshunoslar 12 kg massali qovoq va 6 kg massali qovun
yetishtirdilar. Qovoq qovundan qancha og‘ir? Qovunning massasi qovoqning
massasidan necha marta kam?
Yechish: 1) 12-6=6 kg
2) 12:6=2 kg
J: Qovoq qovundan 6 kg og‘ir, qovunning massasi qovoqning
massasidan 2 marta kam.
17.84. Bir tovuqning 15 ta, ikkinchisining unga qaraganda 6 ta ko‘p, uchinchisiniki
esa ikkinchisiga qaraganda 3 marta kam jo‘jasi bor. Uchinchi tovuqning nechta
jo‘jasi bor?
Yechish: 1) 15+6=21 ta
2) 21:3=7 ta
J: 7 ta
18.86. Sayyohlar velosipedda 32 km yurishdi. Bu ular piyoda bosib o‘tgan yo‘ldan
4 marta ko‘p. Sayyohlar bosib o‘tgan butun yo‘lning uzunligi ncha kilometrga
teng?
Q/y.
Selosipedda 32 km yurishdi
Piyoda undan 4 marta kam
Hammasi bo‘lib necha km
Yechish: 1) 32:4=8
2) 32+8=40
J: 40 km
19.95. Said har biri 129 so‘mdan 3 ta daftar va 950 so‘m turadigan 1 ta kitob sotib
oldi. Said hammasi bo‘lib necha soh’m to‘ladi?
Yechish: 1) 129x3=387
2) 387+950=1337
J: 1337 so‘m
20.98. 120 o‘quvchi xo‘jalikka sabzavot yig‘im-terimida, Ulardan 3marta kam
o‘quvchi poliz mahsulotlarini yig‘ib olishda yordamlashdi. Xo‘jallik hammasi
bo‘lib necha nafar o‘quvchi yordam bergan?
Yechish: 1) 120:3=40
2) 120+40=160
J: 160 nafar.
XULOSA
Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalash zamon talabi chunki yosh avlod,
barkamol inson jamiyatimiz rivojining negizidir. Boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilarga beriladigan matematik tushunchalar bolalarni hayotga, turmushga
har tomonlama tayyorlashga yordam beradi. Masalan: son kattalik, miqdor
tushunchasi har bir kasb egasi uchun kerakli tushunchadir.
Bola tarbiyasi inson hayotida hamisha muhim ish bo‘lib kelgan va shunday
bo‘lib qoladi. O‘z farzandini kelajakka munosib qilib tarbiyalay olmaydigan inson,
kamolotga yetkaza olmaydigan jamiyat hech qachon rivojlanmaydi. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyayev Miromonovichning tashabbusi bilan mamlakatimiz tizimida
o‘tkazilayotgan islohotlarning ham boisi shu –jamiyat taraqqiyotida yosh avlod
tarbiyasining muhimligidir. Ta’lim tizimiga berilayotgan bu e’tibor kelajak
avlodning har tamonlama barkamol bo‘lib yetishish uchun qilinayotgan
g‘amxo‘rlik har bir avlod oldiga insoniyat yaratgan jamiki boyliklarni, bilimlarni
o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Hayot taraqqiyoti va
jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu vazifani amalga oshirishning
birdan bir yo‘li ta’lim tizimini tinmay takomillashtirib borish orqali yosh avlodni
ilm –fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir. Zero ilm olish yo‘lidagi izlanish
insonning e’tiqodi va dunyoqarashini shakllantiradi, ma’naviy –ahloqiy kamolot
sari yetaklaydi. Alohida katta e’tiborni talab etadigan yana bir masala shuki,
hozirgi vaqtda yurtimizda “ Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash ”, asosida savdo –sotiq, xizmat va aloqa
sohasida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ko‘proq rivoj
topmoqda. Inson uchun kerakli bo‘lgan tushunchalar boshlang‘ich sinflardan
boshlab berilishi kerakligi ularni har birini mazmuni yoritilgan.
Ko‘pincha masalalar o‘quvchilarga ularning bilimini to‘ldirish, malakalarini
egallash, ko‘rinishlarini takomillashtirish va puxtalash uchun beriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.
1. Sh.Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.
2 .Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 b.
3.Sh.Mirziyoyev. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlari ta’minlash - yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.488 b.
4.Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-
har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. Toshkent –
“O‘zbekiston” -2017.104 b.
1. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standart va o‘quv dasturi
2. M.Ahmedov, N.Abdurahmonova, M.Jumaev 1-sinf matematika darsligi
“Turon-Iqbol” T.2015
3. N.Abdurahmonova, L.O‘rinboyeva 2-sinf matematika darsligi. “Yangiyo‘l
Poligraf servis” Toshkent-2014.
4. S.Burxonova, O‘.Xudoyorov, Q.Norqulova 3-sinf matematika darsligi.
“Sharq” Toshkent-2014.
5. N.U.Bikbayeva, E. Yangabayeva, K.M.Gifranova 4-sinf matematika darsligi
“O‘qituvchi” T.2015 y
6. M.A.Bantova, G.V.Beltyukova, A.M.Poluchinkova “Boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitish uslubiyoti”. 2013 y
7. N.U.Bikbayeva, R.I.Sidelnikova, G.A. Adambekova “Boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitish uslubiyoti”.T.O‘.
8. M. Jumayev. Ye. Z.Tadjiyeva, “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi” T.2005 Fan va texnalogiya
9. M.Jumayev “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan
labaratoriya mashg‘ulotlari” 2007 T.Turon – iqbol.
10.
M.Ahmedov,
N.Abdurahmonova,
M.Jumayev
“Birinchi
sinf
matematika darsligi” T. “Turon-Iqbol”. 2017.
11.
Internet ma`lumotlar.
Qo`qon Davlat pedagogika instituti Boshlang’ich sinflarda o’qitish huquqini berish
bo’yicha kasbiy qayta tayyorlov kursi 3-guruh tinglovchisi Aliyeva Olyaxon Murodjon
qizining Matematika o`qitish metodikasi fanidan Boshlang`ich sinflarda ikki amalli
masalalar yechish metodikasi ” mаvzusidаgi kurs ishigа
TAQRIZ
Tinglovchinining asosiy maqsadi va vazifasi boshlang‘ich sinf matematika
darslarida ikki amalli masalalarni turli usullarda yechishning mazmun va mohiyatini
ochib berish, o‘quvchilarni qulay hisoblashga o‘rgatish, darslarda masalalarni yechishni
qulay usulidan foydalanishga o‘rgatishning ahamiyati, dars jarayoniga tadbiq qilish
mеtodikasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Boshlang‘ich matematika kursi umumiy matematika kursining asosi hisoblanib,
boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘rganmasdan turib, umumiy matematikani ,
kundalik hisob-kitobdan tortib, hayotimizda uchraydigan mantiqiy masalalarni ham
yecha olmaymiz. Maktabga ilk qadam qo‘ygan kundan boshlab o‘quvchilarni fanga
qiziqishlarini orttirish, fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish har bir o‘qituvchining
vazifasidir.
Boshlang‘ich
sinf
matematika
darslarida
o‘quvchilarni
fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilarni masalalarni tahlil qila olishga, har bir
masalani yechish uchun amal tanlash uni mustaqil yecha olish ko‘nikmalarini hosil
qilishga o‘rgatadi.
Ish unga qo‘yilgan talablarga javob beradi uni himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi:
Qo‘qon Davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
“5111700-Boshlang‘ich ta’lim sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 402-guruh talabasi
Ergasheva Gulnoza Mansurjon qizining “Boshlang`ich sinflarda ikki amalli masalalar
yechish metodikasi ” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishigа
TAQRIZ
BMI uchun tanlangan va yozilgan mavzu matematika ta’limi mazmuniga
o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini ko‘chirishga imkon beruvchi amaliy ishlar va
rivojlantiruvchi topshiriqlarni bajarishga bag‘ishlangan. Ishni birinchi bobida
masala ustida ishlash uslubiyotining umumiy vazifalari, masala tinglashni
o‘rganish va uni mustaqil o‘qiy olish, masalani dastlabki tahlil qilish, masalani
yechish usullari va yozilishi, masala yechimini tekshirishning nazariy asoslari
yozilgan. Ikkinchi bob “Boshlang‘ich sinf matematika darslaridagi ikki amalli
masalalar” deb nomlanib, 1-2-sinf darsliklaridagi ikki amalli masalalar va ularni
yechish yo‘llari, 3-sinf darsliklaridagi ikki amalli masalalar va ularni yechish
yo‘llari, 4-sinf darsliklaridagi ikki amalli masalalar va ularni yechish yo‘llari
batafsil berilgan va bob so‘ngida mavzuga oid dars ishlanmalari keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishida boshlang‘ich sinflar matematika darslarida ikki
amalli masalalarni hayotiy tajribaga suyanib, o‘quvchilarda fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirish bilan birga bo`lajak o‘qituvchilar uchun zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida bilim berish yo‘llari ham keltirilgan.
Ishda boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish uslubiyati nazariyasi va
amaliyotiga asoslanib o‘quvchilarni ikki amalli masalalar yechish jarayonida
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni
shakllantirishning samarali usullarini o‘rganish asosida o‘qitish amaliyotida
qo‘llash uslubiyoti ishlab chiqilgan. Har bir topshiriqni ishlash yo‘li ko‘rsatilgan.
Ishda xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati talablarga muvofiq keltirilgan.
Ishhajmi, mazmuni yetarli. Shuning uchun uni himoyaga tavsiya etish mumkin.
Taqrizchi:
Qo‘qon Davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti
“5111700-Boshlang‘ich ta’lim sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi 401-guruh talabasi
Aliyeva Olyaxon Murodjon qizi “Boshlang‘ich sinf matematika fanini o‘qitishda
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishigа
ilmiy rahbar
Xulosasi
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarga beriladigan matematik tushunchalar
bolalarni hayotga, turmushga har tomonlama tayyorlashga yordam beradi.
Masalan: son kattalik, miqdor tushunchasi har bir kasb egasi uchun kerakli
tushunchadir. Bola tarbiyasi inson hayotida hamisha muhim ish bo‘lib kelgan va
shunday bo‘lib qoladi. O‘z farzandini kelajakka munosib qilib tarbiyalay
olmaydigan inson, kamolotga yetkaza olmaydigan jamiyat hech qachon
rivojlanmaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev Miromonovichning tashabbusi
bilan mamlakatimiz tizimida o‘tkazilayotgan islohotlarning ham boisi shu –jamiyat
taraqqiyotida yosh avlod tarbiyasining muhimligidir. Ta’lim tizimiga berilayotgan
bu e’tibor kelajak avlodning har tamonlama barkamol bo‘lib yetishish uchun
qilinayotgan g‘amxo‘rlik har bir avlod oldiga insoniyat yaratgan jamiki
boyliklarni, bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi.
Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu vazifani
amalga oshirishning birdan bir yo‘li ta’lim tizimini tinmay takomillashtirib borish
orqali yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chuqur qurollantirishdir.
Mazkur bitiruv ishi ham yuqoridagi masalalarning yechimini topish uchun
hizmat qiladi. Bitiruv malakaviy ishi bugungi kun talablari darajasi yozilgan deb
aytish mumkin. Ishda ayrim kamchiliklar uchraydi, lekin bu kamchiliklar ishning
asosiy mazmuniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ishni himoyaga tavsiya etish mumkin.
Ilmiy rahbar: Sh.Nizomova-boshlang‘ich ta’lim kafedrasi
o‘qituvchisi.
Boshlang‘ich sinf matematika fanini o‘qitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil
etish metodikasi