Boshlangʻich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni oʻlchov birliklarini
oʻrgatish metodikasi.
Mashgʻulot maqsadi: Talabalarning miqdorlarni o‘rgatish metodikasi,
uzunlik va yuza o‘lchov birliklari boʻyicha olgan bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarini mustahkamlash, mavzu yuzasidan o‘rganilgan malaka
talablarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatish.
Mashgʻulot materiallari: “Boshlangʻich sinflarda matemalika o‘qitish
metodikasi” darsligi, 1-2-3-4-sinf matematika darsligi, tarqatma materiallar, AKT
va boshqalar.
Tayanch tushunchalar: asosiy miqdor, yuza o‘lchov birliklari, yuza
o‘lchov birliklari, o‘lchov birliklari, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya,
bosqich, santimetr, matematik diktant, og‘zaki hisoblash, yozma hisoblash, metod,
taqqoslash, millimetr, kilometr, detsimetr.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:
1. Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rgatish metodikasi.
2. Boshlang‘ich ta’limda uzunlik va yuza o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodlari.
3. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rgatish metodikasi. Miqdorlar, xuddi
raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarining asosiy
tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqelikka aloqador va
o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi. 1–2-sinflarda o‘quvchilar
uzunlik, massa (og‘irlik), hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida
tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yеchish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor,
narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar. Mavzuni
o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo
mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam»
tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir
bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm , 2 dm, 3 dm, ...20
dm. kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim
uzunligi bo‘yicha ketma-ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20
dm) yozib qo‘yamiz.
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema.
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash
(bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish,
taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni еchish
jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi
miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov
birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7. Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.
8. Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. Talabalarni amaliy mashg‘ulotda
olgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini mustahkamlash maqsadida
“Yumaloq qor” usulidan foydalaniladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan savollar
yozilgan varaqlar yumaloqlanib, dumaloq shaklga keltirilgan bo‘ladi va bironta
talabaga uloqtiriladi. Talaba qo‘lidagi yumaloqlangan qog‘ozning birinchi qavatini
ochadi va yozilgan savolga javob beradi. So‘ngra boshqa talabaga uloqtiradi va u
ham navbatdagi savolga javob beradi, toki oxirgi varaq qolgunicha o‘yin shu tariqa
davom etadi. Oxirgi varaq ichida sovg‘a yashiringan bo‘lib, so‘ngi ishtirokchi unga
ega bo‘ladi. Talabalar kichik guruhlarga boʻlinadi va berilgan topshiriqlarni
bajarishadi. Topshiriqni bajarish uchun ularga 10 daqiqa beriladi, har bir guruh
topshiriqlar boʻyicha taqdimot qilishadi. Bugungi amaliy mashg‘uloti musobaqa
tarzida olib boriladi, har bir topshiriqqa 2 balldan beriladi. Agar guruh