Boshlang‘ich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni o‘lchov birliklarini
o‘rgatish metodikasi.
Reja:
1.Asosiy miqdorlar haqida tushuncha.
2.Uzunlik va uning birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
3.Massa va hajm, ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Tayanch iboralar: Asosiy miqdorlar, uzunlik, uzunlik birliklari, massa, hajm
1.Asosiy miqdorlar va ular haqida tushunchalar.
Boshlang’ich sinflarning dasturida turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda
tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o’rganish mumkin emas. Chunki
miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor
tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu tushunchalar o’quvchilarning
butun o’qishi davrida shakllanadi.
Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt,
figuraning yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu
tushunchalarni o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi.
Masalan: o’lchashni o’rganish, sanashni o’rganish bilan, o’lchov birliklari
sanoq sistemasi mavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan
miqdorlar ustida amallar arifmetik amallar bilan parallel o’qitiladi. Miqdorlarni
o’qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog’liq holda o’qitib, politexnik bilimlar
berish demakdir.
1.
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim
berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko’rgazmali, aynan o’zini va
laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar
va ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar.
Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar
modellar, chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
Miqdorlarni o‘rganish metodikasiga umumiy tavsifnoma
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika
mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar
va voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi.
1–2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularning
o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayonida
ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan
tanishadilar.
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq,
ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam»
tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir
bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm , 2 dm, 3
dm, . , ...20 dm. Kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham
birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi
bilan - (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa,
miqdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli
nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur
miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m).
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqichda mazkur
yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 78,40,11,99
kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni shakllantirishda, aynan
raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 sm, 2 dm, 5 dm.1 m kabi
mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotganligi qayta-qayta takidlanishi
lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham shu
kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini
qo‘shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm. miqdorlarni qo‘shing» kabi.
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari
o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni
alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorlarni
o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha
tashkil etishi mumkin.
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema.
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash
(bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish,
taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni yechish
jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi
miqdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov
birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7.Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.
8.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish.
2.Uzunlik va uning biliklari bilan tanishtirish metodikasi
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning “teng”, “katta”,
“uzun”, “qisqa”, “kalta” kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-
birining ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar
yordamida solishtiradilar. Turli xil o’lchov birliklarini tanlash mumkin.
Masalan: sanoq cho’pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni
o’lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni
ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho’pining uzunligini sm bilan
o’lchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug’iladi. Sm
moduli orqali o’quvchilar:
1.Berilgan kesmani o’lchash.
2.Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi.
1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qo’yish bilan 1 dm ni o’lchab kesib
oladilar. Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o’lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular
bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o’lchaydilar. O’lchashda kesmada
o’lchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li
bo’linmalarni raqamlar bilan belgilashga o’tiladi. Shu asosda sm li, dm li o’lchov
birliklari hosil qilinadi. Chizg’ich qanday yasalgani hamda chizg’ich bilan o’lchash
malakalari beriladi. Chizg’ich bilan qog’ozda kesmalar chizish va o’lchash, turli xil
uzunliklarni o’lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-o’nlikni
o’tishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni o’tishda
tanishtiriladi.
Navbatdagi bosqich o’nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda
ishlatishdir. O’lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va
aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o’lchashda va 1000 liklar mavzusida
km tushunchalari beriladi.
O’quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o’lchash, qadamlarni metrga
aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo’lgan masofalarni m va km
lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog’lanishni
biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda
quyidagi topshiriqlar bajariladi:
a.
1 m 1 sm dan qancha katta,
b.
1 dm 1 m dan necha marta kichik,
v) 1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi.
g) 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang.
Kesmalarni o’lchashning puxta ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida
bolalarni faqat qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash bo’yicha mashq qildirib
qolmay, balki bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa
uncha katta bo’lmagan obyektlarni o’lchash bo’yicha ham mashq qildirish kerak.
Ko’pincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi.
Chizg’ich o’rniga katakli daftarning bir necha varag’ini buklab har ikki katak 1 sm
ekanligidan foydalaniladi. 20 katak yoki 10 sm 1 dm ga tengligini qog’ozda
raqamlar bilan ham belgilab chizg’ich yasash mumkin. Bunda o’lchov boshini 0
bilan ham belgilamasdan 1 bilan belgilab xato o’lchashga yo’l qo’yishi mumkin.
Shuning uchun qog’ozda sm larni raqamlar bilan belgilashda shoshmasdan nol soni
o’tilganidan keyin raqamli uzunlikni hosil qilish mumkin. Shuning uchun qog’ozda
sm larni shoshmasdan 0 soni o’tilgandan keyin raqamli uzunlikni hosil qilishi
foydalidir.
Dm modeli yordamida o’lchashlarga doir ba’zi mashqlarni keltiramiz.
1.Dm ning uchta modelini ketma-ket qo’ying, qanday uzunlikdagi yo’lakcha
hosil bo’ladi.
2.Qog’oz lenta yoki ip uzunligi 3 dm bo’lgan bir bo’lak o’lcham va
yo’lakchaning yoki ipning shu qismini qirqib oling.
3.To’g’ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta dm qo’ying va
boshqa bir nuqta qo’ying. Hosil bo’lgan kesma uzunligini ayting.
4.Partaning, doskaning, stolning uzunligini toping.
Agarda o’lchashda dm butun son marta joylashmasa, o’lchash natijasi
taqriban ifodalanadi.
Masalan, 3 dm ga 5 sm dan ozgina ortiq yoki kam va hokazo.
Uzunlik o’lchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o’tkazish
tavsiya qilinadi. 1 km masofani qadamlab o’tib, necha qadam km bo’lganini, bir
qadam uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning
uzunligi chizg’ich, ruletka, o’lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin
turli masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar.
1 km=1000 m, 1 m=10 dm, 1 dm=10 sm, 1 sm=10 mm, 1 m=100 sm=1000 mm.
3.Massa, hajm va ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi
Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o’rgatish
osondir. Boshlang’ich sinflarda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli,
“og’irlik”, “og’irlikni tortish”, “og’irlik toshlari”, “og’irlikni tenglashtirish”,
so’zlarini iloji boricha ishlatmay, “massa”, “jismlarning massasini o’lchash”,
“massani o’lchash asboblari” kabi so’zlardan foydalanish kerak.
Narsalarni massasiga ko’ra “og’ir”, “yengil” so’zlari bilan farqlaymiz. Massa
birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan.
Shulardan keyin massa o’lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa
jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi.
1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g.
Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalar, “yengil”, “og’ir”, “bir xil
og’irlikda” kabi so’zlarni eshitib, shug’ullanib massa haqida boshlang’ich
tushunchalarni egallaganlar. 1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar.
Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani
amaliy ko’rsatish mumkin. Navbatdagi darsda hajm (sig’im) o’lchov birligi litr
bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda bo’lishi, ya’ni 1 litrli banka,
krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, bidon kabilarni o’lchab
to’ldirish ishlari amalga oshiriladi.
O’qituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yog’ni, kerosinni
nima bilan o’lchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi.
“Idishlarning sig’imi”, va “litr” tushunchalarining kiritilishi narsalarning
xossalari haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi.
“Litr” darsiga o’quvchilarni tayyorlash uchun hajmga ega bo’lgan jismlar
haqida tushuncha berish maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin.
1.Qaysisi, ya’ni shar yoki kub kattami?
2.G’isht quyadigan qoliplardan qaysi biri kattaq
3.Choy qoshiq va osh qoshiq bilan suvni o’lchab stakanni to’ldir, qaysi
qoshiq bilan ko’p miqdordagi suv quyiladiq
O’qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko’rsatadi va umum qabul qilingan
o’lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig’imini
o’lchash zarur bo’lgan holatlar sig’imlarni o’lchash yoki hajmlarni o’lchash deb
ataladi. So’ngra 1 l li krujka bilan suvni bankaga quyamiz. Banka to’ladi. Nima
uchun banka 1 l li deb atalishini endi tushunadilar, keyin o’quvchilarga topshiriq
beradi: 1 l li krujka va 1 l li banka bilan paqir va bidon kabi boshqa idishlarning
sig’imini aniqlash topshiriladi.
O’qituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin.
1)magazin o’yini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yog’ kabilar
o’lchashni bilib olishadi;
2)banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab o’lchab solish;
3)bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bo’lsa, ularni tenglashtirish uchun nima
qilish kerak, degan masalalar berish.
2-sinfda o’quvchilari gramm bilan tanishadilar. Bolalarga bir tiyinning
massasi 1 g, 2 tiyinniki 2 g, 3 tiyinniki 3 g deb tangalarni o’lchab, ularning qanday
og’irlikka ega ekanligini amaliy ko’rsatadi.
Shulardan keyin savdo tarozisi va katta tarozi bilan tanishtiriladi. Buning
uchun yaqin oraga ekskursiya o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
3-sinfda “sentner”, “tonna” kabi massa o’lchovlari tushunchalari bilan
tanishadilar.
Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo`yicha taqqoslash asosida
kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak lentani ihtiyoriy uzunlikdagi
ikkita qog`oz poloskani va hokazolarni ustma-ust qo`yish yo`li bilan taqqoslashni
(qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa ekanini bilishni) taklif qilishi mumkin. Amaliy
ishlar bunda ular-ning so`zlar yordamidagi ifodalari bilan kuzatiladi. "Uzun-liklari
bo`yicha teng", "Uzunliklari bo`yicha teng emas" so`zla-rining mazmunlari "bir
xil", "uzunroq", "qisqarog" kabi tushunarliroq so`zlar orqali aniqlanadi.
shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, masalan, poloskalar yordamida bolalar
kesmalarni taqqoslashni, kesmalardan birini ikkinchisi ustiga bevosita Qo`yib
Bo`lmaydigan hollarda, o`rganadilar. Shu. maqsadda o`quvchilar qog`oz
poloskaning chetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar,
so`ngra poloskani boshqa kesma yoniga qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini
taqqoslashni shunday usul bilan bajarish maqsadga muvofiq
Shunday mashqlarni bajarish natijasida bolalarda kesmalarni taqqoslashning
amaliy tajribasi to`planadi. Shunga asoslanib o`qituvchi konkret g`ayotiy misollar
asosida masalan, ma`lum uzunlikda lenta sotib olish kerak bo`lganda va shunga
o`hshash holatlarda kesmalarni taqqoslash uchun ma`lum uzunlikdagi o`lchov
birligidan foydalanish kerak, degan fikrga olib keladi. Bu erda o`qituvchi
rahbarligida amaliy ish o`tqazish foydali: har bir o`quvchiga, masalan, sanoq
cho`pi uzunligini o`lchashni taklif qilish mumkin. Buning uchun oldin o`lchov
(birlik kesma) - qog`oz poloskani (bir bo`lajak kanop, tasma va h. k.) tanlab olish
kerak. har qaysi o`quvchi o`zida bor poloskalardan o`z o`lchovini tanlaydi.
Natijada har hil sonlar hosil bo`ladi, chunki o`quvchilar bir miqdor qiymatini
topish uchun har hil .o`lchov tanlab oldilar. Bunday ishlar o`z-o`zidan foydali,
chunki bolalarga o`lchash protsessi haqida dastlabki tasavvurlarni beradi va ularni
uzunlik birligi sifatida har qanday kesma uzunligini olish mumkin, degan hulosaga
olib keladi. Shunga asoslanib o`qituvchi kesmalarni taqqoslash uchun aniq o`lchov
yordamida o`lchashlardan foydalanilishini aytadi.
Oldin uncha katta bo`lmagan predmetlarning masalan, cho`plarning, qalamning va
boshqa narsalarning uzunliklarini topishni o`rganib olamiz. Buning uchun aniq,
umumiyat tomonidan qabul qilingan uzunlik birligi - santimetrdan foydalanilishini
o`qituvchi aytadi.
2. O’quvchilar santimetr haqida ayoniy tasavvur olishlari uchun, ular o`qituvchi
rahbarligida santimetrning bir qancha modelini tayyorlashlari lozim. Buning uchun
katakli qog`oz varag`idan eni bir katakka teng bo`lgan uzun poloska qirqishlari va
so`ngra undan 1 sm li poloska qirqishlari kerak. Poloskalarni ustma-ust qo`yib,
bolalar ular o`zaro teng ekaniga ishonch hosil qiladilar. Bunday poloskalarning har
biri santimetrning modeli ekanini o`qituvchi aytadi.
Santimetr modeli yordamida o`quvchilar: 1) berilgan kesmani o`lchash; 2) berilgan
uzunlikdagi kesmani yasash (chizish) masalasini hal qilishni o`rganib olishlari
kerak, Bu masalalarni echishning ikkita usulini ajratish mumkin. Birinchi usul
ustiga qo`yish usuli. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, o`lchanayotgan yoki
ajratib o`lchab olinayotgan kesma santimetrning modellari bilan qoplanadi va
so`ngra ularning soni sanab chiqiladi. Bunday ish bolalarning har bir santi-metrni
"payqashlariga", "sezishlariga" yordam beradi. Bu metodni kiritishdan oldin ushbu
ko`rinishdagi mashqlarni bajartirish mumkin: santimetrning ikkita modelini ketma-
ket qo`ying. qanday uzunlikda poloska hosil bo`ldi.
Ikkinchi usul - qo`yib borish usuli. Yuqoridagi ikki masalani echishda bu usuldan
qanday foydalanilishini ko`ramiz 1. O’qituvchi bolalarga berilgan kesmani
o`lchashni o`rgatar ekan, ularning har biri santimetr modeli oxirini o`lchanayotgan
kesmalardan biriga aniq qo`yilishini; o`lchanayotgan kesmaga qalam bilan
modelning ikkinchi uchini belgilashlarini; hosil bo`lgan nuqtaga model`
oxirlaridan birini yana qo`yish-
larini va kesmaga yanqa bitta belgi qo`yishlarini (ikkinchi uchida) kuzatib boradi.
Ikkinchi belgi 2 sm ajratib sanalganini bildiradi. Shunga o`xshash ish (har gal belgi
qo`yib) qo`yilayotgan belgilardan oxirgisi o`lchanayotgan kesmaning keyingi uchi
bilan ustma-ust tushmaguncha bajarilaveradi. Bu holda o`quvchi kesmaga
qo`yilgan santimetrlar sonini sanab, santimetrlarning butun sonini topadi. Agar
belgilar ustma-ust tushmasa, o`lchash natijasi taqriban ifodalanadi: 5 sm cha, 5
sm dan biroz kam yoki biroz ortiq Berilgan uzunlikdagi kesmani santimetr modeli
yordamida yasashda, shuni kuzatib borish kerakki, har qaysi o`quvchi oldin to`g`ri
chiziq o`tkazsin; to`g`ri chiziqda nuqta (kesma uchlaridan biri) belgilasin va bu
nuqtadan boshdab biror yo`nalishda santimetrlarni keragicha sonda qo`yib chiqsin
(har gal qalam bilan belgilab); qalam bilan kesmaning ikkinchi uchini belgilasin.
Shuni ta`kidlash kerakki, berilgan kesmani o`lchashda (1-masala) har doim ozmi-
ko`pmi sezilarli qoldiqlar chiqadi. Bu bajarilayotgan ish mohiyatini tushunishni
qiyinlashtiradi. Shu sababli, ishni berilgan uzunlikdagi kesmani ko`rsatilgan ikki
usul bilan yasashdan boshlash maqsadga muvofiq (2- ma-sala). Kesmalarni
o`lchashning puxta ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni faqat
qog`ozga chizilgan kesmalarni o`lchash bo`yicha mashq qildirib qolmay, balki bu
maqsadda boshqa obektlarni, masalan, qalamdon, daftar va boshqa uncha katta
bo`lmagan predmetlarni o`lchash bo`yicha ham mashq qildirish kerak.
Ko`pburchakning tomonlari o`lchash obektlari bo`lishi ham juda muhimdir.
Bundam keyin yuqorida aytib o`tilgan ikki masalani yechishda santimetr
modelidan foydalanishdan chizg’ichdan foydalanishga o`tish tavsiya etiladi,
chizg`ichni o`quvchilar katakli qog`oz varag`idan yasashadi. Bunday chizg`ich
hosil qilish uchun o`qituvchi katak daftarning bir necha varag`ini poloskalar
shaklida qirqadi va o`quvchilarga tarqatadi va poloskalarda santi-metrlarni qanday
belgilashni ko`rsatadi (bunda u qog`oz kataklarini bitta oralatib sanaydi yoki
santimetr modelidan shu maqsadda foydalanadi).
Bir santimetrli kesma bu poloskaga hammasi bo`lib 10 marta ketma-ket qo`yiladi.
Uzunligi 1 dm bo`lgan poloskaning oxirlari kesilishidan hosil bo`lgan qog`oz
polosa chizg`ichning modeli bo`ladi. Bunday chizg`ichning santimetrli shkalasi
bo`linishlarini raqamlar bilan belgilash tavsiya etilmaydi. Bu sanoq va o`lchash
protsesslarini birlashtirish uchun ham, bolalarning kesma uzunligi bilan son
orasidagi moslikni tushunishlari uchun ham foydali.
Tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, o`lchashga oid birinchi mashqlarni raqamlar
qo`yilmagan chizg`ich yordamida ham, santimetr modeli yordamida ham bajarish
foydali ekan. Bu bolalarga amalda chizg`ichdan foydalanishning afzalligini
ko`rsatish imkonini beradi, bir xil modeldan foydalanishda boshqa modeldan
foydalanishga uzluksiz va to`la qonuniy o`tishni amalga oshirish imkonini beradi.
Shuni ta`kidlab o`tamizki, raqamlangan shkalali lineykadan foydalanib o`lchamga
o`tishga shoshilmaslik kerak. Bu shunday kam uchraydigan hatoga yo`l qo`yishga
olib keladiki, bunda kesma yasash yoki o`lchashda sanoq boshini chizg`ichda
noldan emasg birdan boshlaydilar. Bundan keyin shkalasi raqamlangan chizg`ich
bilan ishlashda o`lchashda hatolarga yo`l qo`yuvchi o`quvchilarga individual
yaqinlashish maqsadida santimetr modelidan yoki santimetr shkalali qog`oz
poloskadan foydalanish zarurligini ham ta`kidlab o`tamiz.
O’quvchilar o`lchashda chizg`ichdagi chiziqchalarni emas, balki kesmaga o`lchov
necha marta joylashishini aniqlashni o`rganib olganlaridan keyin santimetrli
bo`limlarni raqamlar bilan belgilash mumkin. Uqituvchi o`quvchilarning e`tiborini
har gal o`lchashda santimetrlarni sanash juda noqulay ekaniga qaratadi va ularga
bunday savol beradi: "o’lchashni tezlatish va oson-lashtirish uchun nima qilish
kerak`". Bolalar odatda to`g`ri javob beradilar: bo`linishlarni raqamlar bilan
belgilash kerak. O’qituvchi chiziqchalarni emas, balki kesmalarni-santimetrlarni
sanash kerakligini yana bir marta ta`kidlaydi. Sanoq boshlanadigan chiziqcha 0
raqami bilan belgilanadi. Ba`zi mamlakatlarda, masalan, Chexoslovakiyada
santimetrlar shkalasining boshlang`ich chiziqchasini nol` bilan belgilanmaydigan
maxsus chizg`ichdan foydalanilishini aytib o`tish bolalar uchun qiziqarlidir.
Uqituvchining muhim vazifalaridan biri bu bolalarga chizg`ichdan foydalanish
qoidasini tushuntirishdir: chizg`ichning bo`linishlari tushirilgan qirrasi faqat
o`lchashlar uchun hizmat qiladi, to`g`ri chiziq kesmalarini chizishda shkalali
qirrasiga qarama-qarshi qirrasidan foydalaniladi. Chizg`ich kir-bo`lib qolmasligi,
o`tkaziladigan kesma aniq bo`lishi uchun chi-zishni faqat qalamda bajarish kerak.
Chizg`ich qog`ozga shunday joylanishi kerakki, o`lchanayotgan yoki chizilayotgan
kesma uning yoritilgan qirrasi tomonida bo`lsin. Uqituvchi o`quvchilarga
chizmachilik asboblarini tartibli saqlash kerakligini tushuntirishi kerak: chizg`ich
va go’niya toza bo`lishi kerak, chizqichning bo`linmalari aniq ko`rinib turadigan
bo`lishi, qalamlarning uchlari o`tkir qilib chiqarilgan bo`lishi lozim.
O’quvchilarni uzunlikning yangi birligi - dedsimetr bilan tanishtirish ikkinchi
o`nlikni o`rganish munosabati bilan boshlanadi. Yuqorida qaralgan chizg`ich
(qog`oz poloska) aslida dedsimetrning raqamlanmagan qog`oz modelidir. har bir
o`quvchi shunday modellardan bir qanchasini yasashi muhimdir. O’quvchilar
detsimetr modeli bilan ham santimetr modeli yordamida bajarganlaridek ishlarni
ya`ni o`lchashlar va yasashlarni bajarishadi.
Dedsimetr modeli yordamida o`lchashlarga doyr ba`zi mashqlarni keltiramiz:
1.
Detsimetrning uchta modelini bir qatorga qo`ying. qanday uzunlikda poloska
hosil bo`ldi.
2.
Qog`oz lenta (ip yoki kanop) dan uzunligi 3 dm (yoki bosh-qa songa teng)
bo`lgan bir bo`lak o`lchang va poloskaning shu qismini qirqib oling. /
i
3.
To`g`ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta dedsimetr qo`ying va
boshqa bir nuqta qo`ying, hosil bo`lgan kesma uzunligini ayting.
4.
Partaning, stolning eni va bo`yini,, portfel` uzunligini toping.
Agar o`lchashda dedsimetr butun son marta joylashmasa, o`l-chash natijasi
taqriban ifodalanadi: 3 dm cha, 5 dm dan ozgina ortiq, yoki ozgina kam.
Ishda navbatdagi qadam - kesmalarni santimetr dedsimetr modellari yordamida
yasashlar va o`lchash. Bu erda ushbu mashqlar o`rinli bo`ladi:
1.
2 dm 4 sm necha santimetrga teng
2.
Uzunligi 7 dm (2 dm) bo`lgan kesma necha santimetr bo`ladi
3.
Uzunligi 86 sm bo`lgan kesma necha detsimetr va santimetr bo`ladi va
hokazo.
100 ichida nomerlash o`rganilayotganda yangi chizigqli birlik - metr o`rganiladi.
Bu o`lchov bilan tanishtirishning etarlicha ma`lum bo`lgan usuli ushbudan iborat.
O`qituvchi sinfga bunday savol bilan murojaat qiladi: sinf xonasining bo`yi va
enini santimetr yoki dedsimetr modeli bilan o`lchash qulaymi Nega noqulay? U
bunday hollarda yirikroq chiziqli birlikdan foydalaniladi, buni metr deb ataladi,
deydi. O`qituvchi bir metrli yog`och chizg`ichni ko`rsatadi va bu chizg`ich
metrning modeli ekanini aytadi. Metr bilan tanishtirishda bolalarga bir metrli
yog`och chizg`ichni ko`rsatibgina qolmay, u bilan qanday o`lchashni ko`rsatishni,
bunda bolalarning o`zlari sinfning, doskaning, eshikning va hokazolarning eni va
bo`yini mustaqil topa oladigan bo`lishi muhimdir. Buning uchun ularning har
birida o`zlari (mehnat darsida) yasagan bir metrli qog`oz lineyka bo`lishi kerak.
Metrning modelini hosil qilish uchun o`quvchilar o`qituvchi boshchiligida
uzunligi 10 dm bo`lgan qog`oz lenta oladilar va dedsimetrlarga, bo`ladilar.
Detsimetrga teng bo`limlar chizig`chalar bilan belgilanadiL Bu chizig`chalar
bo`yicha poloska buklanadi va "garmoshka" kilib tahlab qo`yiladi. Yig`ma qog`oz
metr hosil bo`ladi. Shundan ke-yin o`quvchilarga ushbu ma`lumotlarni aytish
foydali: qo`llar ikki yon tomonga cho`zib turilganda bir qo`lning panjasidan boshqa
qo`l tirsagigacha bo`lgan masofa bir metrga teng; poldan 8-9 yoshdagi
o`quvchining ko`kragicha bo`lgan masofa bir metrga teng. Shundan keyin ish
santimetr va dedsimetrlar bilan tanishtirilgandagidek davom ettiriladi. Bunda ushbu
ko`-rinishdagi mashqlar o`rinli bo`ladi: metrning qog`oz modeli yordamida
uzunligi 3 m (4 m) bo`lgan kanop (lenta va h. k.) o`lchang, sinf polining plintusiga
ko`ra uning bo`yini topiig, bunda har bir o`lchashdan keyin bo`r bilan belgi
qo`ying.
Bu ish o`quvchilarni qizig`tirishi uchun metr bilan o`lchamlarni ko`zda chamalab
o`lchashga oid mashqlar bilan qo`shib olib borish kerak. Bolalar berilgan masofani
ko`zda chamalab o`l-chaydilar, so`ngra haqiqatda masofa qanchaligi metrda
o`lchab ko`radilar. Shu yo`l bilan bolalar masofani ko`zda chamalash
malakasinigina egallab qolmay, balki metr bilan o`lchash bo`yicha ham mashq
qiladilar. Bunday savollar ham foydali: "Ovqatlanish stoli bir metrdan balandmi
yoki pastmig`", "Utiriladigan stullar yoki kursilar poldan qancha baland (bir
metrdan yuqori yoki past) qilib yasaladi", "Oddiy karavotning uzunligi qancha va
hokazo.
II sinfda uzunlik o`lchov birliklari bilan tanishish davom ettiriladi: bolalar
millimetr bilan, keyinrog` esa kilometr bilan tanishadilar. Uquvchilarni millimetr
bilan tanishtirish o`quvchilarni uzunlik o`lchovlari bilan tanishtiripg ishining eng
qiyin qismidir. Tanishtirshnni santimetrga Qaraganda ancha mayda bo`lgan yangi
o`lchov birligini kiritish amaliyotning talabi ekanini ko`rsatishdan boshlash kerak.