Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Ta’lim texnologiyasining tuzilishi. Axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining axborot kompetentligi.

Yuklangan vaqt

2024-04-07

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

19

Faytl hajmi

348,6 KB


1 
 
Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Ta’lim 
texnologiyasining tuzilishi. Axborot texnologiyasi tushunchasi va 
klassifikatsiyasi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining axborot kompetentligi. 
 
 
Reja: 
1. Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari. 
2. Ta’lim texnologiyasi tushunchasi va uni tasniflash. 
3. Ta’lim texnologiyasining tuzilishi. 
4. Ta’lim vositalari va ularning turlari. 
5. Axborot va axborot texnologiyasi tushunchalari. 
6. Axborot tеxnologiyalarining rivojlanish bosqichlari va klassifikatsiyalari. 
7. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi. 
 
 
 
Tayanch iboralar: texnologiya, ta’lim texnologiyasi, pedagogik texnologiya, 
ta’lim vositalari, ta’lim vositalarining tipologiyasi, maqsadli komponent, 
kontseptsiyani komponent, тarkibiy komponent, protsessual komponent, diagnostik 
komponent, axborot, axborot turlari, analog (uzluksiz) axborot, diskret (uzlukli) 
axborot, 
axborot 
sifatlari, 
aхbоrоt 
texnologiyalari, 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalari, axborot texnologiyalarining klassifikatsiyalari. 
 
 
 
Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib 
taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul va vositalari ham takomillashib 
bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda 
tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, 
ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida 
1 Boshlang’ich sinflarda axborot texnologiyalari faniga kirish. Ta’lim texnologiyasining tuzilishi. Axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining axborot kompetentligi. Reja: 1. Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari. 2. Ta’lim texnologiyasi tushunchasi va uni tasniflash. 3. Ta’lim texnologiyasining tuzilishi. 4. Ta’lim vositalari va ularning turlari. 5. Axborot va axborot texnologiyasi tushunchalari. 6. Axborot tеxnologiyalarining rivojlanish bosqichlari va klassifikatsiyalari. 7. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi. Tayanch iboralar: texnologiya, ta’lim texnologiyasi, pedagogik texnologiya, ta’lim vositalari, ta’lim vositalarining tipologiyasi, maqsadli komponent, kontseptsiyani komponent, тarkibiy komponent, protsessual komponent, diagnostik komponent, axborot, axborot turlari, analog (uzluksiz) axborot, diskret (uzlukli) axborot, axborot sifatlari, aхbоrоt texnologiyalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, axborot texnologiyalarining klassifikatsiyalari. Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib taraqqiy etib borishi natijasida uning shakl, usul va vositalari ham takomillashib bormoqda. Hozirgi inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida
2 
 
ham so‘nggi yillarda ta’lim texnologiyalari faol tarzda amal qila boshladi. 
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini 
o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda, asosan, inson 
hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi. 
Inson hayoti axborotlar bilan chambarchas bog‘liq. Insonning har bir harakati 
axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish, uni o‘rganish, o‘zlashtirish, saqlash 
va boyitishdan iborat. Shuning uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasi axborot 
sivilizatsiyasi deb ataladi. XXI asr ham bejizga axborot asri deb atalmagan. 
Tа’lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi jаhоn аndоzаlаri аsоsidа 
bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdosh kаdrlаr tаyyorlаshdir. Ushbu nаmunаviy dаstur 
bugungi kunning zаmоnаviy bilimlаri bilаn ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning 
nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e’tibоr qаrаtilgаn. 
“Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” fani bo‘lg‘usi boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari fanidan kasbiy tayyorgarligini 
rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan 
innovatsion pedagogik faoliyat uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va 
malakalar tizimini shakllantirishga yordam beradigan boshlang‘ich ta’lim fanlarini 
o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanish muammolari yoritilgan. 
Ushbu fan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati 
asosiy tushunchalari, tarkibi, mezonlarini bilishi, matematik ta’lim sohasida 
qo‘llaniladigan texnologiyalarining ma’ruza asoslarini, o‘ziga xos xususiyatlarini, 
darajalarini bilish va tasniflash, o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil etish va 
boshqarish yo‘llarini, o‘quvchilarga tabaqalashtirilgan, individual yondoshishni, 
matematika o‘qitishda modulli, muammoli ta’lim, didaktik-o‘yinli, hamkorlikda 
o‘qitish hamda an’anaviy ta’lim texnologiyalarini, loyihali texnologiyalarni, 
o‘qitishda 
yangi 
axborot 
texnologiyalari 
vositalaridan, 
multimedia 
texnologiyalaridan foydalanishni, o‘quvchilarni kichik guruhlarda o‘qitishni, 
ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va 
ishlashni tarkib toptirish usullarini egallashga o‘rgatadi. 
2 ham so‘nggi yillarda ta’lim texnologiyalari faol tarzda amal qila boshladi. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o‘z bilim va tajribalarini o‘sib kelayotgan avlodga o‘rgatishdan iborat bo‘lib, bu jarayonda, asosan, inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan-avlodga uzatish amalga oshiriladi. Inson hayoti axborotlar bilan chambarchas bog‘liq. Insonning har bir harakati axborot olish va uzatish yoki undan foydalanish, uni o‘rganish, o‘zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat. Shuning uchun ham hozirgi insoniyat sivilizatsiyasi axborot sivilizatsiyasi deb ataladi. XXI asr ham bejizga axborot asri deb atalmagan. Tа’lim sоhаsidаgi tub islоhаtlаrning аsоsiy mаqsаdi jаhоn аndоzаlаri аsоsidа bilimlаr bеrish vа rаqоbаtdosh kаdrlаr tаyyorlаshdir. Ushbu nаmunаviy dаstur bugungi kunning zаmоnаviy bilimlаri bilаn ishlаngаn dаstur boʻlib, undа fаnning nаzаriy vа аmаliy jihаtlаrigа аlоhidа e’tibоr qаrаtilgаn. “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” fani bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari fanidan kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshligini ta’minlaydigan innovatsion pedagogik faoliyat uchun zarur bo‘lgan metodik bilim, ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantirishga yordam beradigan boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalardan foydalanish muammolari yoritilgan. Ushbu fan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining innovatsion pedagogik faoliyati asosiy tushunchalari, tarkibi, mezonlarini bilishi, matematik ta’lim sohasida qo‘llaniladigan texnologiyalarining ma’ruza asoslarini, o‘ziga xos xususiyatlarini, darajalarini bilish va tasniflash, o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil etish va boshqarish yo‘llarini, o‘quvchilarga tabaqalashtirilgan, individual yondoshishni, matematika o‘qitishda modulli, muammoli ta’lim, didaktik-o‘yinli, hamkorlikda o‘qitish hamda an’anaviy ta’lim texnologiyalarini, loyihali texnologiyalarni, o‘qitishda yangi axborot texnologiyalari vositalaridan, multimedia texnologiyalaridan foydalanishni, o‘quvchilarni kichik guruhlarda o‘qitishni, ularning ijodiy izlanishlarini tashkil etishni, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va ishlashni tarkib toptirish usullarini egallashga o‘rgatadi.
3 
 
Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining 
kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishni ta’minlash, ularning pedagogik tafakkurini 
kengaytirish, 
boshlang‘ich 
ta’lim 
fanlarini 
o‘qitish 
jarayonida 
axborot 
texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘ladigan pedagogik bilim, ko‘nikma va 
malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir. 
Fanning vazifalari quyidagilardan iborat: 
 boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalarining 
o‘rnini asoslash va zarur tavsiyalar berish; 
 boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini 
muntazam ravishda yangilab borish zaruryatini asoslash va tabaqalashtirilgan 
yondashuv asosida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash mezonlari, 
yo‘llari va usullari bilan qurollatirish; 
 talabalarda istiqbolli o‘qitish vositalaridan foydalanish va ularga tayangan 
holda boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish texnologiyalarini loyihalash, amaliyotga 
joriy eta olish bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish; 
 talabalarni o‘z pedagogik faoliyatlarini taxlil qila olishga, baholashga 
o‘rgatish, taxliliy-tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini 
rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion 
faoliyatga tayyorlashdir. 
Texnologiya so‘zi (yunon. “texno” – san’at, mahorat, malaka, “logos” – fan, 
ta’limot, tushuncha, fikr, ma’no) so‘zi ishlab chiqarishda yangi sifat va miqdor 
o‘zgarishlariga olib keluvchi samarali usullar yig‘indisi, tizim ma’nosida 
qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari texnologiya atamasining turli izohlari mavjud: 
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar 
yig‘indisi (Izohli lug‘at). 
Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati 
va metodlar yig‘indisi (V.M.Shepel). 
3 Fanni o‘qitishdan maqsad – bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishni ta’minlash, ularning pedagogik tafakkurini kengaytirish, boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llash uchun zarur bo‘ladigan pedagogik bilim, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir. Fanning vazifalari quyidagilardan iborat:  boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalarining o‘rnini asoslash va zarur tavsiyalar berish;  boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida ta’lim texnologiyalarini muntazam ravishda yangilab borish zaruryatini asoslash va tabaqalashtirilgan yondashuv asosida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llash mezonlari, yo‘llari va usullari bilan qurollatirish;  talabalarda istiqbolli o‘qitish vositalaridan foydalanish va ularga tayangan holda boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish texnologiyalarini loyihalash, amaliyotga joriy eta olish bilim, ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;  talabalarni o‘z pedagogik faoliyatlarini taxlil qila olishga, baholashga o‘rgatish, taxliliy-tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashdir. Texnologiya so‘zi (yunon. “texno” – san’at, mahorat, malaka, “logos” – fan, ta’limot, tushuncha, fikr, ma’no) so‘zi ishlab chiqarishda yangi sifat va miqdor o‘zgarishlariga olib keluvchi samarali usullar yig‘indisi, tizim ma’nosida qo‘llaniladi. Bundan tashqari texnologiya atamasining turli izohlari mavjud: Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at). Texnologiya – ishlov berish, holatni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati va metodlar yig‘indisi (V.M.Shepel).
4 
 
Ta’lim texnologiyasi – ta’limni rivojlantirish masalalarini sifatli hal qilish, 
ta’lim maqsadlariga erishishda o‘qitish jarayonini o‘qituvchining shaxsiy 
mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda universal tarzda loyihalashtirishni bildiradi. 
Ta’lim texnologiyasining ham bir nechta ta’riflari mavjud: 
Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi 
(M.Choshanov). 
Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, 
usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi 
(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik va pedagogik tartiblar (ustanovka)lar 
majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalaridan iborat 
(B.T.Lixachev). 
Pedagogik texnologiya – rejalashtiriladigan ta’lim natijalariga erishish 
jarayoni tavsifi (I.P.Volkov). 
Pedagogik texnologiya – o‘quvjarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun 
so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha 
hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli 
(V.M.Monaxov). 
Pedagogik 
texnologiya 
– 
pedagogik 
maqsadlarga 
erishish 
uchun 
foydalaniladigan barcha shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarning 
tizimli yig‘indisi va ularning amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin). 
Pedagogik texnologiya – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga 
singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga 
keltirishdir (T.Sakomoto). 
Ushbu aytilganlar asosida ta’lim texnologiyasining keng ko‘lamli, serqirra 
tushuncha ekanligini hisobga olgan holda quyidagi umumlashtirilgan ta’riflarini 
keltirish mumkin: 
Ta’lim texnologiyasi axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, 
ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog‘liqliklarni 
ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat. Aniq ilmiy 
4 Ta’lim texnologiyasi – ta’limni rivojlantirish masalalarini sifatli hal qilish, ta’lim maqsadlariga erishishda o‘qitish jarayonini o‘qituvchining shaxsiy mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda universal tarzda loyihalashtirishni bildiradi. Ta’lim texnologiyasining ham bir nechta ta’riflari mavjud: Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning tarkibiy jarayonli qismi (M.Choshanov). Pedagogik texnologiya – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari, yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik va pedagogik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev). Pedagogik texnologiya – rejalashtiriladigan ta’lim natijalariga erishish jarayoni tavsifi (I.P.Volkov). Pedagogik texnologiya – o‘quvjarayonining o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). Pedagogik texnologiya – pedagogik maqsadlarga erishish uchun foydalaniladigan barcha shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisi va ularning amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin). Pedagogik texnologiya – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayonni muayyan bir tizimga keltirishdir (T.Sakomoto). Ushbu aytilganlar asosida ta’lim texnologiyasining keng ko‘lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda quyidagi umumlashtirilgan ta’riflarini keltirish mumkin: Ta’lim texnologiyasi axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog‘liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat. Aniq ilmiy
5 
 
loyihalashtirilgan, samarali natijani kafolatlovchi, takrorlana oluvchi, ma’lum vaqt 
va shart-sharoitlarda tashkil etiluvchi pedagogik harakatlar tizimidir. 
Pedagogik texnologiya – ta’lim metodlari, usullari, yo‘llari hamda tarbiyaviy 
vositalar yig‘indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalari majmuidir. 
Ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismlari: 
1. Maqsadli komponent (ta’limning diagnostik jihatdan aniqlangan maqsadlari, 
ta’lim, o‘quvchilarning rivojlanishi). 
2. Kontseptsiyani komponent (falsafiy, psixologik, pedagogik tushunchalar yoki 
ushbu texnologiyaning metodologik asosini tashkil etuvchi tushunchalar). 
3. Тarkibiy komponent (ta’lim materiallari mazmuni, qayta ko‘rib chiqilgan, 
ma’lum texnologiyaga xos ta’lim yoki ta’lim vazifalari tizimiga qayta qurilgan). 
4. Protsessual komponent (o‘qituvchi va o‘quvchilarning birlashtirilgan 
faoliyatining bosqichlari va bosqichlari, har bir bosqichda qo‘llaniladigan ta’lim 
yoki ta’limni tashkil qilish usullari, metodlari, vositalari va shakllari). 
5. Diagnostik komponent (ta’lim va ta’lim maqsadlariga erishish darajasini 
o‘lchash uchun diagnostika usullari to‘plami). 
Ta’lim texnologiyalarini tasniflanishi: 
I. O‘quv jarayonining mazmuniga ko‘ra tasniflash: 
1. Ta’lim texnologiyalar (didaktik). 
2. Texnologik ta’lim (ta’lim). 
3. Texnologiyalarni boshqarish pedagogik tizimlari (menejment). 
II. O‘quv jarayoni bo‘yicha tasniflashlash: 
1. Ma’lumotlar va ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘quvchilarning 
reproduktiv faoliyatini axborot bilan ta’minlash, o‘qitish va tashkil etishga 
asoslangan bilimga yo‘naltirilgan texnologiyalar. Ushbu texnologiyalarni qo‘llashda 
o‘quvchilar birinchi navbatda xotirani, e’tiborni va mantiqiy fikrlashni 
rivojlantiradilar. 
2. O‘quvchilarga 
yo‘naltirilgan, 
o‘quvchilar 
bilim 
ob’ektiga 
axloqiy 
munosabatda bo‘lish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zlarining shaxsiy 
5 loyihalashtirilgan, samarali natijani kafolatlovchi, takrorlana oluvchi, ma’lum vaqt va shart-sharoitlarda tashkil etiluvchi pedagogik harakatlar tizimidir. Pedagogik texnologiya – ta’lim metodlari, usullari, yo‘llari hamda tarbiyaviy vositalar yig‘indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy- uslubiy vositalari majmuidir. Ta’lim texnologiyasining tarkibiy qismlari: 1. Maqsadli komponent (ta’limning diagnostik jihatdan aniqlangan maqsadlari, ta’lim, o‘quvchilarning rivojlanishi). 2. Kontseptsiyani komponent (falsafiy, psixologik, pedagogik tushunchalar yoki ushbu texnologiyaning metodologik asosini tashkil etuvchi tushunchalar). 3. Тarkibiy komponent (ta’lim materiallari mazmuni, qayta ko‘rib chiqilgan, ma’lum texnologiyaga xos ta’lim yoki ta’lim vazifalari tizimiga qayta qurilgan). 4. Protsessual komponent (o‘qituvchi va o‘quvchilarning birlashtirilgan faoliyatining bosqichlari va bosqichlari, har bir bosqichda qo‘llaniladigan ta’lim yoki ta’limni tashkil qilish usullari, metodlari, vositalari va shakllari). 5. Diagnostik komponent (ta’lim va ta’lim maqsadlariga erishish darajasini o‘lchash uchun diagnostika usullari to‘plami). Ta’lim texnologiyalarini tasniflanishi: I. O‘quv jarayonining mazmuniga ko‘ra tasniflash: 1. Ta’lim texnologiyalar (didaktik). 2. Texnologik ta’lim (ta’lim). 3. Texnologiyalarni boshqarish pedagogik tizimlari (menejment). II. O‘quv jarayoni bo‘yicha tasniflashlash: 1. Ma’lumotlar va ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘quvchilarning reproduktiv faoliyatini axborot bilan ta’minlash, o‘qitish va tashkil etishga asoslangan bilimga yo‘naltirilgan texnologiyalar. Ushbu texnologiyalarni qo‘llashda o‘quvchilar birinchi navbatda xotirani, e’tiborni va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradilar. 2. O‘quvchilarga yo‘naltirilgan, o‘quvchilar bilim ob’ektiga axloqiy munosabatda bo‘lish uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘zlarining shaxsiy
6 
 
xususiyatlarini, ehtiyojlarini, qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, 
o‘zini o‘zi tashkil etuvchi ta’lim faoliyati malakasini oshirish. 
III. An’anaviy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish sohasidagi tasniflash: 
1. O‘qituvchi va sinf o‘qituvchisi pedagogik faoliyatining individual tarkibiy 
qismlarini tashkil etish (darsni yoki ta’lim faoliyatini texnik rejalashtirish, didaktik 
testlarni ishlab chiqish texnologiyasi va boshqalar). 
2. Rivojlanish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish 
(L.V.Zankovga asosan tarbiyaviy ta’lim, D. B. Elkoninning rivojlanish ta’limi - 
V.V.Davydov, I.S.Yakimanskaya bo‘yicha inson taraqqiyoti bo‘yicha ta’lim, 
Amonashvili va boshqalar.). 
3. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va optimallashtirish 
texnologiyalari (o‘yin texnologiyalari, muammolarni o‘rganish, ta’lim tadqiqotlari 
texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi, kollektiv va guruhli ta’lim texnologiyalari, 
interfaol texnologiyalar va hk). 
4. O‘quv jarayonini samarali boshqarish texnologiyalari (differentsiyalangan 
o‘qish, dasturlashtirilgan o‘rganish, to‘liq ta’lim texnologiyasi, modulli ta’lim, 
ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va boshqalar). 
5. Insonning ijodiy salohiyatini yoki ijodiy texnologiyalarni rivojlantirish uchun 
texnologiya (Evristik ta’lim, TRIZ, pedagogik seminarlar texnologiyasi, 
o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyasi, I.V. Volkovning 
o‘quvchilar ijodiy rivojlanish texnologiyasi, I.P.Ivanovning ijtimoiy ijodiyot 
texnologiyasi). 
6. Mualliflik maktablarining gumanistik ta’lim tizimlari (masalan, E.Yamburg 
Adaptiv pedagogika maktabi, A. Tubelskiy o‘zini o‘zi boshqarish maktabi, M. 
Balaban park maktabi, 
7. Alternativ pedagogik texnologiyalar (Dalton-plan, Montessori-pedagogika, 
R. Steinerning Waldorf pedagogika, S.Frenning erkin mehnat tizimi). 
8. Pedagogik tizimlarni boshqarish texnologiyalari (maktabda uslubiy ishlov 
berish texnologiyasi, ta’lim sifatini monitoring qilish texnologiyasi, pedagogik 
innovatsiyalarni o‘zlashtirish texnologiyasi). 
6 xususiyatlarini, ehtiyojlarini, qiziqishlarini, qobiliyatlarini hisobga olgan holda, o‘zini o‘zi tashkil etuvchi ta’lim faoliyati malakasini oshirish. III. An’anaviy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish sohasidagi tasniflash: 1. O‘qituvchi va sinf o‘qituvchisi pedagogik faoliyatining individual tarkibiy qismlarini tashkil etish (darsni yoki ta’lim faoliyatini texnik rejalashtirish, didaktik testlarni ishlab chiqish texnologiyasi va boshqalar). 2. Rivojlanish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish (L.V.Zankovga asosan tarbiyaviy ta’lim, D. B. Elkoninning rivojlanish ta’limi - V.V.Davydov, I.S.Yakimanskaya bo‘yicha inson taraqqiyoti bo‘yicha ta’lim, Amonashvili va boshqalar.). 3. O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va optimallashtirish texnologiyalari (o‘yin texnologiyalari, muammolarni o‘rganish, ta’lim tadqiqotlari texnologiyasi, loyihalash texnologiyasi, kollektiv va guruhli ta’lim texnologiyalari, interfaol texnologiyalar va hk). 4. O‘quv jarayonini samarali boshqarish texnologiyalari (differentsiyalangan o‘qish, dasturlashtirilgan o‘rganish, to‘liq ta’lim texnologiyasi, modulli ta’lim, ta’limda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va boshqalar). 5. Insonning ijodiy salohiyatini yoki ijodiy texnologiyalarni rivojlantirish uchun texnologiya (Evristik ta’lim, TRIZ, pedagogik seminarlar texnologiyasi, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish texnologiyasi, I.V. Volkovning o‘quvchilar ijodiy rivojlanish texnologiyasi, I.P.Ivanovning ijtimoiy ijodiyot texnologiyasi). 6. Mualliflik maktablarining gumanistik ta’lim tizimlari (masalan, E.Yamburg Adaptiv pedagogika maktabi, A. Tubelskiy o‘zini o‘zi boshqarish maktabi, M. Balaban park maktabi, 7. Alternativ pedagogik texnologiyalar (Dalton-plan, Montessori-pedagogika, R. Steinerning Waldorf pedagogika, S.Frenning erkin mehnat tizimi). 8. Pedagogik tizimlarni boshqarish texnologiyalari (maktabda uslubiy ishlov berish texnologiyasi, ta’lim sifatini monitoring qilish texnologiyasi, pedagogik innovatsiyalarni o‘zlashtirish texnologiyasi).
7 
 
Ta’lim texnologiyasi tarkibi uch qismdan iborat: 
1. Kontseptual qism texnologiyaning ilmiy asosidir. psixologik va pedagogik 
g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. 
2. Tarkibiy-kontent - umumiy, aniq maqsadlar va o‘quv materiallarining 
mazmuni. 
3. Protsessual qism - bolalarning ta’lim faoliyati shakllari va usullari majmui, 
o‘qituvchilik ishining usullari va shakllari, o‘quv jarayonini boshqarish, 
materiallarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishda o‘qituvchining faoliyati. 
Ta’lim vositalari - insonning yaratgan ob’ektlari, shuningdek, tabiatning 
tabiiy ob’ektlari, o‘quv 
jarayonida ta’lim 
axboroti 
tashuvchisi sifatida 
ishlatiladigan va o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim, tarbiya va rivojlanish 
maqsadlariga erishish uchun vositasi. 
Ta’lim vositalarining tipologiyasi. Umuman olganda qabul qilingan 
zamonaviy tipologiya ta’lim vositalarini quyidagi turlarga ajratadi: 
 Chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, o‘qish uchun kitoblar, 
antologiya, kitoblar, atlaslar, tarqatma materiallar va boshqalar. 
 Elektron ta’lim resurslari ko‘pincha multimediali multimedia o‘quv 
qo‘llanmalari, tarmoq ta’lim resurslari, multimedia universal ensiklopediyalari va 
boshqalar. 
 Audiovizual slaydlar, slide filmlar, ta’lim videolari, ta’lim filmlari, raqamli 
media bo‘yicha o‘quv filmlar Video-CD, DVD, BluRay HDDVD va boshqalar. 
 Vizual tekislik, afishalar, devor haritalari, devor illyustratsiyasi, magnit 
kartalar. 
 Namoyish gerbariylar, qo‘g‘irchoqlar, modellar, stendlar, uchastka modellari, 
demo- modellar. 
 O‘quv qurilmalari, kompas, barometr, shisha va hokazo. 
 Simulyatorlar va sport jihozlari avtomobil simulyatorlari, gimnastika 
uskunalari, sport anjomlari, to‘plar va boshqalar. 
 O‘quv mashq qilish uskunalari avtoulovlar, mashinalar va boshqalar. 
 
7 Ta’lim texnologiyasi tarkibi uch qismdan iborat: 1. Kontseptual qism texnologiyaning ilmiy asosidir. psixologik va pedagogik g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. 2. Tarkibiy-kontent - umumiy, aniq maqsadlar va o‘quv materiallarining mazmuni. 3. Protsessual qism - bolalarning ta’lim faoliyati shakllari va usullari majmui, o‘qituvchilik ishining usullari va shakllari, o‘quv jarayonini boshqarish, materiallarni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishda o‘qituvchining faoliyati. Ta’lim vositalari - insonning yaratgan ob’ektlari, shuningdek, tabiatning tabiiy ob’ektlari, o‘quv jarayonida ta’lim axboroti tashuvchisi sifatida ishlatiladigan va o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim, tarbiya va rivojlanish maqsadlariga erishish uchun vositasi. Ta’lim vositalarining tipologiyasi. Umuman olganda qabul qilingan zamonaviy tipologiya ta’lim vositalarini quyidagi turlarga ajratadi:  Chop etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalari, o‘qish uchun kitoblar, antologiya, kitoblar, atlaslar, tarqatma materiallar va boshqalar.  Elektron ta’lim resurslari ko‘pincha multimediali multimedia o‘quv qo‘llanmalari, tarmoq ta’lim resurslari, multimedia universal ensiklopediyalari va boshqalar.  Audiovizual slaydlar, slide filmlar, ta’lim videolari, ta’lim filmlari, raqamli media bo‘yicha o‘quv filmlar Video-CD, DVD, BluRay HDDVD va boshqalar.  Vizual tekislik, afishalar, devor haritalari, devor illyustratsiyasi, magnit kartalar.  Namoyish gerbariylar, qo‘g‘irchoqlar, modellar, stendlar, uchastka modellari, demo- modellar.  O‘quv qurilmalari, kompas, barometr, shisha va hokazo.  Simulyatorlar va sport jihozlari avtomobil simulyatorlari, gimnastika uskunalari, sport anjomlari, to‘plar va boshqalar.  O‘quv mashq qilish uskunalari avtoulovlar, mashinalar va boshqalar.
8 
 
“Axborot” so‘zi kutilayotgan yoki bo‘lib o‘tgan voqеa, xodisalar to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni bildiradi. 
Kundalik turmushda har kim turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot 
tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot 
inson ongiga ta’sir etib, obyеktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi 
katеgoriya sifatida ishlatiladi; kibеrnеtika, informatika fanida axborot voqеa-hodisa 
to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida 
qo‘llaniladi; kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish 
funksiyalarini amalga oshiruvchi obyеkt sifatida foydalaniladi. 
Axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasi bilan uzviy bog‘langan, lеkin har 
qanday ma’lumot axborot bo‘lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil 
ma’noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma’lum bir rangi 
tushuniladi, dеmak barcha ma’lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa-hodisa 
to‘g‘risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. 
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish 
mumkin: 
 tеxnik axborot; 
 agrobiologik axborot; 
 siyosiy axborot; 
 huquqiy axborot; 
 iqtisodiy axborot va boshqalar.
8 “Axborot” so‘zi kutilayotgan yoki bo‘lib o‘tgan voqеa, xodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bildiradi. Kundalik turmushda har kim turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta’sir etib, obyеktiv rеallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi katеgoriya sifatida ishlatiladi; kibеrnеtika, informatika fanida axborot voqеa-hodisa to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mеzoni sifatida qo‘llaniladi; kompyutеrlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi obyеkt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasi bilan uzviy bog‘langan, lеkin har qanday ma’lumot axborot bo‘lavеrmaydi. Masalan: olma dеsak, bir nеcha xil ma’noni tushunish mumkin: qizil olma dеganda, mеvaning ma’lum bir rangi tushuniladi, dеmak barcha ma’lumotlar axborotga aylanishi uchun voqеa-hodisa to‘g‘risidagi butun xususiyatlarni ifodalashi lozim. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:  tеxnik axborot;  agrobiologik axborot;  siyosiy axborot;  huquqiy axborot;  iqtisodiy axborot va boshqalar.
9 
 
Axborotning turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. Axborot 
uzatilishiga ko‘ra 2 turda bo‘ladi: 
 Analog (uzluksiz) axborot; 
 Diskret (uzlukli) axborot. 
 
1-rasm. Axborot uzatilishiga ko‘ra turlari. 
Axborot 3 ta muhim sifatga ega bo‘lishi lozim: 
1. Axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi 
lozim, ya’ni axborot to‘liqlik sifatiga ega bo‘lishi lozim; 
2. Axborot ma’lum ma’noda qimmatli bo‘lishi lozim, aks holda undan 
foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Bu axborotning qimmatligini, sifatini ifodalaydi; 
3. Axborot ishonchli bo‘lishi lozim. Aks holda uni qayta ishlashga zarurat 
tug‘ilmaydi. 
Axborotni ehtiyojdan kelib chiqib bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir 
kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish 
axborotni uzatish deyiladi. Axborotlarni pochta orqali, transport vositalari 
yordamida, aloqa tarmog‘i orqali, kompyuter dasturlari yordamida kabi usullarda 
uzatish mumkin. Aloqa tarmog‘i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq 
masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada 
qisqaradi. 
 
2-rasm. Ma’lumot almashish usullari. 
9 Axborotning turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. Axborot uzatilishiga ko‘ra 2 turda bo‘ladi:  Analog (uzluksiz) axborot;  Diskret (uzlukli) axborot. 1-rasm. Axborot uzatilishiga ko‘ra turlari. Axborot 3 ta muhim sifatga ega bo‘lishi lozim: 1. Axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim, ya’ni axborot to‘liqlik sifatiga ega bo‘lishi lozim; 2. Axborot ma’lum ma’noda qimmatli bo‘lishi lozim, aks holda undan foydalanish ehtiyoji tug‘ilmaydi. Bu axborotning qimmatligini, sifatini ifodalaydi; 3. Axborot ishonchli bo‘lishi lozim. Aks holda uni qayta ishlashga zarurat tug‘ilmaydi. Axborotni ehtiyojdan kelib chiqib bir kishidan ikkinchi kishiga yoki bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga turli vositalar yordamida yetkazib berish axborotni uzatish deyiladi. Axborotlarni pochta orqali, transport vositalari yordamida, aloqa tarmog‘i orqali, kompyuter dasturlari yordamida kabi usullarda uzatish mumkin. Aloqa tarmog‘i orqali axborotlarni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga uzatish mumkin. Bunda ma’lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi. 2-rasm. Ma’lumot almashish usullari.
10 
 
Ma’lumki, axborotlarni uzatish jarayonida matn ko‘rinishdagi, jadval 
ko‘rinishdagi, tovush ko‘rinishdagi va tasvir ko‘rinishdagi ma’lumotlardan 
foydalaniladi. 
Har qanday kattalikni o‘lchash uchun mos etalon birliklar mavjud. Masalan, 
uzunlikni o‘lchash uchun metr, massani o‘lchash uchun - kilogramm, vaqtni 
hisoblash uchun soniya va boshqalar ishlatiladi. Axborotlar ham har xil ko‘lamga 
ega bo‘lib, ularning o‘lchov birligi mavjud. Axborotning eng kichik o‘lchov birligi 
sifatida bit (binary digit – ikkilik raqam), ya’ni 2 lik sanoq sistemasidagi 0 yoki 1 
olingan. Kompyuterda har bir belgi 8 bit hajmdagi joyni egallaydi. Axborotlarni 
o‘lchash uchun hosilaviy o‘lchov birliklar ham mavjud: 
Aхbоrоt texnologiyalari deb, оbyektning, hоdisa yoki jarayonning holati 
haqida ma’lumоt оlish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish 
vоsitalari hamda usullari majmuasiga aytiladi. Aхbоrоt texnologiyalaridan 
foydalanishdan asosiy maqsad aхbоrоtlarni insоnlar tahlil qilishi va shu asоsda birоr 
ishni bajarish bo‘yicha qarоr qabul qilishi uchun ishlab chiqishdan ibоrat. 
Aхbоrоt texnologiyalarida material sifatida ham, mahsulоt sifatida ham 
aхbоrоt ishtirоk etadi. Birоq bu оbyekt, jarayon yoki hоdisa to‘g‘risidagi sifat 
jihatidan yangi ma’lumоt bo‘ladi. 
Birlik 
O‘qilishi 
Qiymati 
1 bayt 
bayt 
8 bit 
1 Kb 
kilobayt 
1024 bayt (210) 
1 Mb 
megabayt 
1024 Kb =1 048 576 bayt (220) 
1 Gb 
gigabayt 
1024 Mb = 1 073 741 824 bayt (230) 
1 Tb 
terabayt 
1024 Gb =1 099 511 697 776 bayt (240) 
1 Pb 
petabayt 
1024 Tb = 125 899 978 522 624 bayt (250) 
1 Eb 
eksabayt 
1024 Pb= 1 152 921 504 606 846 976 bayt (260) 
1 Zb 
zetabayt 
1024 Eb = 1 180 591 620 717 411 303 424 bayt (270) 
1 Yb 
yottabayt 
1024 Zb = 1 208 925 819 614 629 174 706 176 bayt (280) 
1 Bb 
brontobayt 1024 Yb 
1 Gpb 
geopbayt 
1024 Bb (GeopBayt - eng yuqori xotiradir) 
10 Ma’lumki, axborotlarni uzatish jarayonida matn ko‘rinishdagi, jadval ko‘rinishdagi, tovush ko‘rinishdagi va tasvir ko‘rinishdagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Har qanday kattalikni o‘lchash uchun mos etalon birliklar mavjud. Masalan, uzunlikni o‘lchash uchun metr, massani o‘lchash uchun - kilogramm, vaqtni hisoblash uchun soniya va boshqalar ishlatiladi. Axborotlar ham har xil ko‘lamga ega bo‘lib, ularning o‘lchov birligi mavjud. Axborotning eng kichik o‘lchov birligi sifatida bit (binary digit – ikkilik raqam), ya’ni 2 lik sanoq sistemasidagi 0 yoki 1 olingan. Kompyuterda har bir belgi 8 bit hajmdagi joyni egallaydi. Axborotlarni o‘lchash uchun hosilaviy o‘lchov birliklar ham mavjud: Aхbоrоt texnologiyalari deb, оbyektning, hоdisa yoki jarayonning holati haqida ma’lumоt оlish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vоsitalari hamda usullari majmuasiga aytiladi. Aхbоrоt texnologiyalaridan foydalanishdan asosiy maqsad aхbоrоtlarni insоnlar tahlil qilishi va shu asоsda birоr ishni bajarish bo‘yicha qarоr qabul qilishi uchun ishlab chiqishdan ibоrat. Aхbоrоt texnologiyalarida material sifatida ham, mahsulоt sifatida ham aхbоrоt ishtirоk etadi. Birоq bu оbyekt, jarayon yoki hоdisa to‘g‘risidagi sifat jihatidan yangi ma’lumоt bo‘ladi. Birlik O‘qilishi Qiymati 1 bayt bayt 8 bit 1 Kb kilobayt 1024 bayt (210) 1 Mb megabayt 1024 Kb =1 048 576 bayt (220) 1 Gb gigabayt 1024 Mb = 1 073 741 824 bayt (230) 1 Tb terabayt 1024 Gb =1 099 511 697 776 bayt (240) 1 Pb petabayt 1024 Tb = 125 899 978 522 624 bayt (250) 1 Eb eksabayt 1024 Pb= 1 152 921 504 606 846 976 bayt (260) 1 Zb zetabayt 1024 Eb = 1 180 591 620 717 411 303 424 bayt (270) 1 Yb yottabayt 1024 Zb = 1 208 925 819 614 629 174 706 176 bayt (280) 1 Bb brontobayt 1024 Yb 1 Gpb geopbayt 1024 Bb (GeopBayt - eng yuqori xotiradir)
11 
 
Axborot 
texnologiyalari 
jamiyatning 
axborot 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanishdagi eng muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha 
evolyutsion bosqichlarni bosib o‘tgan. Bular quyidagilar: 
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda 
“Qo‘llik” axborot texnologiyasi taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, 
kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat 
vositasida amalga oshirilgan. 
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda “Mexanik” texnologiya rivoj topgan. Uning 
asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo‘lib, “Elektromexanik” texnologiyalar 
bilan farq qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan 
foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o‘zgardi. 
4-bosqich. XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, “Elektron” texnologiyalar 
qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular 
asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash 
tizimlaridir. 
5-bosqich. XX asr oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda “Kompyuter” 
texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga 
mo‘ljallangan dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Axborot 
almashinuvida lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi. 
Zamonaviy 
axborot 
texnologiyalari 
– 
shaxsiy 
kompyuterlar 
va 
telekommunikasiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni 
o‘rnatuvchi axborot texnologiyalari hisoblanadi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi 
shakllarda foydalanish mumkin: 
 muayyan predmetlarni o‘qitishda kompyuter dasturlari; 
 kompyuter darslari – ko‘rgazmali material sifatida; 
 ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda; 
 ta’lim oluvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda; 
11 Axborot texnologiyalari jamiyatning axborot resurslaridan oqilona foydalanishdagi eng muhim usullaridan biri bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o‘tgan. Bular quyidagilar: 1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda “Qo‘llik” axborot texnologiyasi taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. 2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda “Mexanik” texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. 3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo‘lib, “Elektromexanik” texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o‘zgardi. 4-bosqich. XX asr o‘rtalariga to‘g‘ri kelib, “Elektron” texnologiyalar qo‘llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. 5-bosqich. XX asr oxiriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda “Kompyuter” texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo‘ljallangan dasturiy vositalarga ega bo‘lgan shaxsiy kompyuterlardir. Axborot almashinuvida lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi. Zamonaviy axborot texnologiyalari – shaxsiy kompyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni o‘rnatuvchi axborot texnologiyalari hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin:  muayyan predmetlarni o‘qitishda kompyuter dasturlari;  kompyuter darslari – ko‘rgazmali material sifatida;  ta’lim oluvchilarning guruhli va frontal ishlarini tashkillashtirishda;  ta’lim oluvchilarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;
12 
 
 ta’lim oluvchilarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish 
masalalarini hal etishda va boshqalar. 
Axborot texnologiyalari turli xil parametrlarga asosan bir nechta 
klassifikatsiyalarga ajratiladi1: 
 Maqsad va foydalanish xususiyati bo‘yicha; 
 Foydalanuvchi interfeysi turlari bo‘yicha; 
 Tarmoqlarning o‘zaro ta'sirini tashkil qilish uslubi bo‘yicha; 
 Qurilish prinsiplari bo‘yicha; 
 Boshqaruv vazifalarini qamrab olish darajasi bo‘yicha; 
 Texnik vositalarning muloqotda ishtirok etish xususiyati bo‘yicha; 
 Boshqaruv vazifalarini qamrab olish darajasi bo‘yicha. 
Axborot texnologiyalarining maqsad va foydalanish xususiyati bo‘yicha 
tasnifi: 
 Axborot texnologiyalari bilan ta’minlash - bu ixtisoslashtirilgan 
muammolarni hal qilish uchun turli fan sohalarida vosita sifatida ishlatilishi mumkin 
bo‘lgan axborotni qayta ishlash texnologiyalari. Ular axborot jarayonlarining 
individual texnologik operatsiyalarini tashkil qilish usullari bo‘lib, ma’lum turdagi 
ma’lumotlarni taqdim etish, o‘zgartirish, saqlash, qayta ishlash yoki uzatish bilan 
bog‘liq. Bularga matnni qayta ishlash texnologiyalari, maʼlumotlar bazasi 
texnologiyalari, multimedia texnologiyalari, belgilarni aniqlash texnologiyalari, 
telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi texnologiyalari, dasturiy 
taʼminotni ishlab chiqish texnologiyalari va boshqalar kiradi. 
 Funksional axborot texnologiyalari - ma’lum bir mavzu bo‘yicha standart 
ma’lumotlarni qayta ishlash protseduralarini amalga oshiradigan texnologiyalar. 
Ular axborot texnologiyalarini ta’minlash asosida qurilgan bo‘lib, ushbu sohadagi 
mutaxassislarning 
muammolarini 
avtomatlashtirilgan 
tarzda 
hal 
qilishni 
ta’minlashga qaratilgan. Yordamchi texnologiyalarni funktsionalga o‘zgartirish 
professional ishlab chiquvchi tomonidan ham, foydalanuvchining o‘zi tomonidan 
                                           
1 Manba: https://intuit.ru/studies/courses/3609/851/lecture/31646?page=4 
12  ta’lim oluvchilarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri tashkil qilish masalalarini hal etishda va boshqalar. Axborot texnologiyalari turli xil parametrlarga asosan bir nechta klassifikatsiyalarga ajratiladi1:  Maqsad va foydalanish xususiyati bo‘yicha;  Foydalanuvchi interfeysi turlari bo‘yicha;  Tarmoqlarning o‘zaro ta'sirini tashkil qilish uslubi bo‘yicha;  Qurilish prinsiplari bo‘yicha;  Boshqaruv vazifalarini qamrab olish darajasi bo‘yicha;  Texnik vositalarning muloqotda ishtirok etish xususiyati bo‘yicha;  Boshqaruv vazifalarini qamrab olish darajasi bo‘yicha. Axborot texnologiyalarining maqsad va foydalanish xususiyati bo‘yicha tasnifi:  Axborot texnologiyalari bilan ta’minlash - bu ixtisoslashtirilgan muammolarni hal qilish uchun turli fan sohalarida vosita sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan axborotni qayta ishlash texnologiyalari. Ular axborot jarayonlarining individual texnologik operatsiyalarini tashkil qilish usullari bo‘lib, ma’lum turdagi ma’lumotlarni taqdim etish, o‘zgartirish, saqlash, qayta ishlash yoki uzatish bilan bog‘liq. Bularga matnni qayta ishlash texnologiyalari, maʼlumotlar bazasi texnologiyalari, multimedia texnologiyalari, belgilarni aniqlash texnologiyalari, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi texnologiyalari, dasturiy taʼminotni ishlab chiqish texnologiyalari va boshqalar kiradi.  Funksional axborot texnologiyalari - ma’lum bir mavzu bo‘yicha standart ma’lumotlarni qayta ishlash protseduralarini amalga oshiradigan texnologiyalar. Ular axborot texnologiyalarini ta’minlash asosida qurilgan bo‘lib, ushbu sohadagi mutaxassislarning muammolarini avtomatlashtirilgan tarzda hal qilishni ta’minlashga qaratilgan. Yordamchi texnologiyalarni funktsionalga o‘zgartirish professional ishlab chiquvchi tomonidan ham, foydalanuvchining o‘zi tomonidan 1 Manba: https://intuit.ru/studies/courses/3609/851/lecture/31646?page=4
13 
 
ham amalga oshirilishi mumkin, bu foydalanuvchining malakasiga va 
modifikatsiyaning murakkabligiga bog‘liq. 
Axborot texnologiyalarining foydalanuvchi interfeysi turlari bo‘yicha 
tasnifi: 
 Paketli axborot texnologiyalari axborotni qayta ishlash operatsiyalari 
oldindan belgilangan ketma-ketlikda bajarilishi va foydalanuvchi aralashuvini talab 
qilmasligi bilan tavsiflanadi. Bunday holda, muayyan mezonlar bo‘yicha vazifalar 
yoki oldindan to‘plangan ma’lumotlar belgilangan ustuvorliklarga muvofiq keyingi 
avtomatik ishlov berish uchun paketga birlashtiriladi. Foydalanuvchi paketni qayta 
ishlash jarayonida vazifalarning bajarilishiga ta’sir qila olmaydi, uning funktsiyalari 
vazifalar to‘plami uchun dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash va ularni protsessing 
markaziga o‘tkazish bilan cheklangan. Hozirgi vaqtda elektron pochta va hisobot 
bilan bog‘liq holda ommaviy rejim amalga oshirilmoqda. 
 Interfaol axborot texnologiyalari foydalanuvchilarga real vaqt rejimida 
tizimda saqlanadigan axborot resurslari bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, funksional 
muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilish uchun barcha zarur ma’lumotlarni 
olishda cheksiz imkoniyat yaratadi. Ushbu texnologiyalar ma’lumotlarni 
o‘zgartirish operatsiyalarining qat’iy belgilangan ketma-ketligining yo‘qligini va 
oraliq natijalarni tahlil qiladigan va axborotni qayta ishlash jarayonida boshqaruv 
buyruqlarini ishlab chiqadigan foydalanuvchining faol ishtirokini nazarda tutadi. 
 Tarmoq 
axborot 
texnologiyalari 
foydalanuvchiga 
maxsus 
aloqa 
vositalaridan foydalangan holda geografik taqsimlangan axborot va hisoblash 
resurslaridan 
foydalanish 
imkoniyatini 
beradi. 
Bunday 
holda, 
boshqa 
foydalanuvchilarning ish joylarida to‘plangan ma’lumotlardan foydalanish, turli 
funktsional vazifalarni hal qilish jarayonlari o‘rtasida hisoblash quvvatini qayta 
taqsimlash, shuningdek, bir vazifani bir nechta foydalanuvchi tomonidan birgalikda 
hal qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
Axborot texnologiyalarining tarmoqlarning o‘zaro ta’sirini tashkil qilish 
uslubi bo‘yicha tasnifi: 
13 ham amalga oshirilishi mumkin, bu foydalanuvchining malakasiga va modifikatsiyaning murakkabligiga bog‘liq. Axborot texnologiyalarining foydalanuvchi interfeysi turlari bo‘yicha tasnifi:  Paketli axborot texnologiyalari axborotni qayta ishlash operatsiyalari oldindan belgilangan ketma-ketlikda bajarilishi va foydalanuvchi aralashuvini talab qilmasligi bilan tavsiflanadi. Bunday holda, muayyan mezonlar bo‘yicha vazifalar yoki oldindan to‘plangan ma’lumotlar belgilangan ustuvorliklarga muvofiq keyingi avtomatik ishlov berish uchun paketga birlashtiriladi. Foydalanuvchi paketni qayta ishlash jarayonida vazifalarning bajarilishiga ta’sir qila olmaydi, uning funktsiyalari vazifalar to‘plami uchun dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash va ularni protsessing markaziga o‘tkazish bilan cheklangan. Hozirgi vaqtda elektron pochta va hisobot bilan bog‘liq holda ommaviy rejim amalga oshirilmoqda.  Interfaol axborot texnologiyalari foydalanuvchilarga real vaqt rejimida tizimda saqlanadigan axborot resurslari bilan o‘zaro aloqada bo‘lish, funksional muammolarni hal qilish va qarorlar qabul qilish uchun barcha zarur ma’lumotlarni olishda cheksiz imkoniyat yaratadi. Ushbu texnologiyalar ma’lumotlarni o‘zgartirish operatsiyalarining qat’iy belgilangan ketma-ketligining yo‘qligini va oraliq natijalarni tahlil qiladigan va axborotni qayta ishlash jarayonida boshqaruv buyruqlarini ishlab chiqadigan foydalanuvchining faol ishtirokini nazarda tutadi.  Tarmoq axborot texnologiyalari foydalanuvchiga maxsus aloqa vositalaridan foydalangan holda geografik taqsimlangan axborot va hisoblash resurslaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Bunday holda, boshqa foydalanuvchilarning ish joylarida to‘plangan ma’lumotlardan foydalanish, turli funktsional vazifalarni hal qilish jarayonlari o‘rtasida hisoblash quvvatini qayta taqsimlash, shuningdek, bir vazifani bir nechta foydalanuvchi tomonidan birgalikda hal qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Axborot texnologiyalarining tarmoqlarning o‘zaro ta’sirini tashkil qilish uslubi bo‘yicha tasnifi: