Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish. Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni.
Yuklangan vaqt
2025-02-02
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
25,0 KB
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish.
Badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari. Kichik yoshdagi
o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash jarayoni.
Mashg‘ulot rejasi:
1.
Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi
psixologik xususiyatlari.
2.
Badiiy asarni tahlil qilishdagi metodik shartlar.
3.
BADIIY ASAR USTIDA ISHLASH.
4.
Asarni tahlil qilishning ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati.
1. Kichik yoshdagi o‘quvchilarning badiiy asarni idrok
etishdagi psixologik xususiyatlari
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi
o‘quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga
olinadi. Ruhshunos olimlarning tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok
qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-
estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning
o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda
tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi.
Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilarning adabiy
qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va
ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan:
1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat.
2. Elementar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va
axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik_
yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta. Ular axloqiy sifatlardan
botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar.
Qahramonlarning boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ularning so‘z boyliklari
yetishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular
nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi
so‘zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlarning xarakterini yaxshi
yoritish shartlaridan biri hisoblanadi.
Asardagi qahramonlarning xarakteri ularning axloqiy sifatlarini anglash asosida
tushuniladi. Bunda qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilishi
kerakligini bilish muhimdir. Ushbu jarayonda asar qahramonlarining axloqiy
sifatlari ustida ko‘proq ishlash lozim.
4-sinfda ,,Qodir bilan Sobir" hikoyasidagi Qodir va uning xislatlarini ochishda
tanlab o‘qish asosida tarmoqlash usulidan foydalanilish mumkin. O‘qituvchi
o‘quvchilarga bergan savollariga javobni xattaxtada tarmoqlash usulida yoritib
boradi. Masalan, “Qodir qanday bola?”, ,"Qodirning maqtanchoqligi tasvirlangan
o‘rinni topib o‘qing", ,,Qodirning qo‘rqoqligi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing",
,,Qodirning yolg‘on gapini Sobir qanday to‘g‘riladi? Shu o‘rinni topib o‘qing",
,,Qodirning zo‘ravonligi ifodalangan o‘rinni topib o‘qing.” O‘qigan qismlaringiz
asosida Qodirning xususiyatlarini isbotlab bering" kabi.
O‘qish darslarida o‘qilayotgan asarning ongli o‘zlashtirilishini ta’minlashda
o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini albatta hisobga olish zarur.
2. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI TAHLIL
QILISHNING METODIK SHARTLARI
Zamonaviy maktab oldiga qo‘yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilar umumiy rivojlanishining o‘sganligi, psixologiya va xususiy metodika
sohasidagi yutuqlar sinfda o‘qish mazmuni va o‘qitish metodlariga o‘zgartirish
kiritishni talab etmoqda. Shularga bog‘liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi
takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va
o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish ko‘nikmasini o‘stiradigan mashqlar
ko‘paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo‘ldi,
asar g‘oyasi va obrazlarini tushuntirishda o‘quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn
ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta’limda texnika vositalaridan va
ilg‘or pedagogik texnologiya usullaridan ko‘proq foydalanila boshlandi va hokazo.
XX asrning 60-yillarida yaratilgan maktab dasturida kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarda shakllantiriladigan matn ustida ishlash ko‘nikmalari belgilab berildi,
shuningdek, 1-4-sinflarda o‘qish mala-kasiga qo‘yilgan talablar ancha aniq ajratildi.
XX asrning 70-yillari boshlarida mazmuni va metodik apparati jihatidan hayotga
yaqin-lashtirilgan o‘qish kitoblari yaratildi.
Mustaqillik tufayli ta’lim sohasida ham katta islohotlar amalga oshirildi. 1999-
yil boshlang‘ich ta’limning ham ,,Davlat ta’lim stan-darti" yaratildi, o‘quv dasturlari
yangilandi. 2005-yil tajriba-sinov natijalari hisobga olinib, davlat ta’lim standartlari
va o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqildi, ,,O‘qish kitobi" darsliklari ham yangilandi.
O‘zbek maktablarida taniqli rus metodist-olimlari T. G. Ramzayeva,
M.S.Vasileva, V. G. Goreskiy, K.T. Golenkina, L.A. Gorbushina, M. I. Omorokova,
E. A. Nikitina, N.S.Rojdestvenskiy, o‘zbek olim-laridan A.Zunnunov, K. Qosimova,
Q. Abdullayeva, S. Matchonov, M.Yusupov, M.Umarova, X.G‘ulomova kabilar
ishlab chiqqan takomillashgan stnfda o‘qish metodikasidan ijodiy foydalanilmoqda.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoida-lar asosida
tahlil qilinadi:
1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini
shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq
o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi).
2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, lining obrazlari, sujet chizig‘i,
kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quv-chilarning shaxs sifatida
umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining
o‘sishi (lug‘atining boyishi va faol-lashishi)ni ta’minlaydi.
3. O‘quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok
etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit
haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning
samarali vositasi sifatida qaraladi.
Asarni tahlil qilishda hisobga oJish zarur bo‘lgan muhim omil-lardan biri uning
o‘quvchilarga hissiy ta’siridir. O‘quvchilar muallif-ning asosiy fikrini tushunibgina
qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish
o‘quvchida fikr qo‘zg‘atishi, hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga
to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. Tahlil davomida asarning estetik
qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi.
O‘qish metodikasi adabiyotshunoslik, psixologiya, pedagogika ishlab bergan
nazariy qoidalarga asoslanadi. Sinfda o‘qishni to‘g‘ri uyushtirish uchun o‘qituvchi
badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlarini, ta’limning turli bosqichlarida o‘qish
jarayonining psixologik asoslarini, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning matnni
idrok etish va o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
O‘qish darslari o‘quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish,
yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va
qanday obrazlar yaratganini aniqlay oiish, mustaqil o‘qish va asarni tahlil qilish
malakasi sinfdan-sinfga o‘tgan sari o‘stirib boriladi. O‘quvchilar adabiy
ma’lumotlarni o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va ahamiyatini
anglab ola boshlaydilar.
O‘quvchilar adabiy tushunchalarni o‘rganish natijasida badiiy adabiyot
san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqador-ligini bilib oladilar. Adabiy
tushunchalarni shakllantirish bilan birga o‘quvchilarning nutqini o‘stirish ham
muhim o‘rin tutadi.
Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida adabiy janr turlari — ertak, hikoya, masal,
she’r, doston, maqol, topishmoq bilan birga badiiy til vositalari — sifatlash,
o‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a bilan ham amaliy ravishda tanishtiriladi.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat hissi,
badiiy asarni ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur idrok etishga
zamin hozirlanadi, o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Xalq og‘zaki ijodida ertak jamming bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib,
qiziqib o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkir sujetliligi va
xalq tiliga yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, lining badiiy tili ustida ishlashga
alohida ahamiyat berish zarur.
2-sinf ,,O‘qish kitobi"da keltirilgan ,,Karnaychi shoh" ertagida ,,yov qora
bulutday yopirilib kelayotgan ekan", ,,Kuychi terak" ertagida ,,Terakning shoxlari
xuddi surnay chalgandek ovoz chiqarib, yaproqlari esa shildirab raqsga tushar ekan",
,,To‘rg‘aylar qo‘shiq ay-tib, ularga jo‘r bo‘lar ekanlar", ,,Oh, deb nola qilibdi terak",
,,Ustun ularning nag‘malariga jo‘r bo‘lib, sho‘x-sho‘x kuy chalibdi" kabi badiiy
vositalar yordamida tasvirlangan manzaralar juda ko‘p. Ular ustida ishlash o‘quvchi
nutqini o‘stirish bilan birga ularni fikr yuritishga, mulohaza qilishga ham o‘rgatadi.
Ertaklarda o‘xshatishlar, jonlantirish va mubolag‘alardan foydala-nilgan.
O‘quvchilarga ularni izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta
hikoyalashda ulardan nutqlarida foydalanishga o‘rgatish zarur.
Asar o‘qib bo‘lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning
ma’nosi matndan, asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani
ochishda ko‘chma ma’noli so‘zlardan ko‘p foy-dalaniladi. Ular bolalarga masal
mazmunini tushunishga xalal bergani uchun ayrim ko‘chma ma’noda ishlatilgan
so‘zlar asarni o‘qishdan oldin tushuntiriladi.
3-sinf ,,O‘qish kitobi"dan o‘rin olgan ,,Ayamajiz" (Qudrat Hikmat) she’rida
,,Bo‘ralar qor kapalak", ,,Bog‘lar sokin mizg‘ishar, Misoli oq kapalak", ,,Muz
oynalar sovuq yeb" misralarida o‘xshatish, jonlantirish; ,,Saxiy ona tabiat",
,,quchog‘ida havo sof” misralarida metafora; ,,Ayamajiz izg‘iydi, Ko‘chalarda
tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog‘izdek yutoqib" kabi misralarda jonlantirish
va o‘xshatishlar qo‘llangan. Bular ustida ishlaganda quyidagicha savol-
topshiriqlardan foydalanish mumkin:
1. Shoir qomi nimaga o‘xshatadi? (oq kapalakka).
2. Ayamajizfii nimaga o‘xshaiadi? (Yalmog‘izga).
3. ,,Muz oynalar sovuq yeb" misrasini qanday tushunasiz? Oynasovuq
qotadimi?
Darslikning ,,Kumush qish" bo‘limida ,,Qish" matni berilgan. Ushbu matnda
ham ko‘plab jonlantirishlar qo‘llangan. Masalan, ,,hamma yoqda sovuq izg‘irin
kezadi", ,,Ingrar og‘riq kabi qari tol, oynalarni bezar qish — gulkor", ,,Daraxt
kurtaklari rohatlanib uxlamoqda", ,,hozir urug‘lar tinch uyquda" kabi. Main tahlilida
,,Matnning birinchi qismini o‘qing. Unda qaysi so‘z o‘z ma’nosidan boshqa ma’noda
qo‘llangan?" yoki ,,Matnning ikkinchi qismida jonsiz narsalar jonlidek tasvirlangan
o‘rinlarni topib o‘qing. Boshqa ma’noda qo‘llangan so‘zlarni o‘z ma’nosida qo‘llab
gap tuzing. Bu so‘zlar qanday ma’noda qo‘llanganda ta’sirchan bo‘ladi?" kabi savol-
topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Maqol janrida ham ko‘chma ma’noli so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Misol uchun „
Yurt boshiga ish tushsa, Er yigit hozir" maqolida boshiga so‘zi metafora yo‘li bilan
ma’nosi ko‘chgan, o‘quvchilarga uning ma’nosi qanday usul bilan ko‘chganligi
aytilmaydi, faqat boshqa ma’noda qo‘llanganligi o‘z ma’nosi bilan taqqoslangan
holda o‘quvchilarga o‘rgatiladi.
Tarixiy asarlarda ham ta’sirchan, tasviriy-bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p uchraydi.
Jumladan, ,,Bobur va kabutar" asarida hazrat, a’yonlar, oliy hazrat so‘zlari
qo‘llangan. Asar matnida qadimiy davr bilan bog‘liq qo‘shimchalarning qo‘llanilishi
ham asarga joziba bag‘ishlaydi. Masalan: ,,Kabutar ne deydur?" kabi. Mazkur asarda
ikkinchi shaxs qo‘shimchasi o‘rnida hurmat ma’nosidagi uchinchi shaxs
qo‘shimchasi qo‘llangan: ,,Xatda: Oliy hazrat, qovun ayni pishdi. Kelib qo‘l urib
bersalar". Shu o‘rindagi ,,qo‘l urib bersalar" birikmasi ibora hisobla-nadi. Iboralar
doim ko‘chma ma’no ifodalab, nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Matndan iboralar
aniqlangach, ma’nosini izohlashdan tashqari, ularga ma’nodosh yoki qarama-qarshi
ma’noli iboralarni toptirish ham yaxshi samara beradi.
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o‘xshatishlar juda ko‘p. Masalan, ,,Ayoz
bobo nowot sotdi, Olgan edim, qo‘lim qotdi" topisbmog‘ida o‘xshatish, ,,Chiq-chiq"
ishlab tolmaydi, tunda uxlab qolmaydi" topishmog‘ida jonlantirish qo‘llangan.
,,Chumoli va Tipratikan", ,,O‘jar toshbaqa" masallarida ham badiiy til vositalari
mavjud. Xususan, ularda ,,O‘g‘irlik mol aylar jonsarak", ,,Bola ko‘nglin ko‘tarar",
,,Kosang joningga huzur", ,,Senga qalqon usti-bosh", ,,Parcha go‘sht bo‘lib yurar",
,,Jish Toshbaqa" kabi ibora, birikma va gaplar uchraydiki, ular ustida ishlashda
,,Bunday majorolar qachon va kimlar orasida bo‘lib o‘tishi mumkin?", ,,Ularga
hayotdan misollar keltiring" kabi topshiriqlar berish, ulardagi ma’noni boshqa-cha
yo‘sinda bayon ettirish, o‘zaro taqqoslash, ta’sirchanligidagi farqni aniqlatish katta
ta’limiy ahamiyat kasb etadi. Masalan: ,,Bola ko‘nglin ko‘tarar" — Bolasiga yaxshi
gaplar gapirar, ,,Kosang joningga huzur" — Kosang joningni, sog‘lig‘ingni asraydi"
kabi.