BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA O‘QITISH JARAYONIDA
EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI
(3-4-SINFLAR MISOLIDA)
KURS ISHI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI
O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Boshlang‘ich sinflarda matematika ta’limining o‘ziga xosligi
1.2. Ekologik tarbiya tushunchasi va uning ahamiyati
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA
EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI
2.1. Matematika darslarida ekologik tarbiya berishning o‘qitish
texnologiyalari
2.2. Matematik masalalar orqali ekologik tarbiya berish metodikasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi
Bugungi kunda global ekologik muammolar insoniyat oldida turgan eng
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat
resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash kabi masalalar
har bir davlatning ustuvor vazifalariga aylangan. Bu esa o‘z navbatida yoshlarni
ekologik ongli, tabiatga nisbatan mas'uliyatli munosabatda bo‘ladigan qilib
tarbiyalash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Boshlang'ich ta'lim davri ekologik tarbiya uchun eng qulay va samarali davr
hisoblanadi. Chunki bu davrda bolalarning tabiatga qiziqishi va mehrli munosabati
yuqori bo‘ladi, ular tabiat hodisalarini kuzatishga moyil bo‘ladilar, atrof-muhit
haqidagi dastlabki tasavvurlar shakllanadi, tabiatni asrash va avaylash
ko‘nikmalari rivojlanadi. Shu sababli boshlang'ich ta'limda ekologik tarbiyaga
alohida e'tibor qaratish lozim.
Matematika fani o‘zining mantiqiy tuzilishi, aniq qonuniyatlari va amaliy
ahamiyati bilan ekologik tarbiya uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Matematika
darslarida ekologik mazmundagi masalalar yechish, ekologik ma'lumotlarni tahlil
qilish va ifodalash, ekologik loyihalar amalga oshirish orqali o‘quvchilarning
ekologik ongi va madaniyatini shakllantirish mumkin. Biroq amaliyotda bu
imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayapti. Shu nuqtai nazardan, boshlang'ich
sinflarda matematika o‘qitish jarayonida ekologik tarbiya berish metodikasini
takomillashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Kurs ishi maqsadi
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi boshlang'ich sinflarda matematika
o‘qitish jarayonida ekologik tarbiya berish metodikasini takomillashtirish va
samaradorligini oshirishdan iborat.
Kurs ishi vazifalari
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
1. Boshlang'ich sinflarda matematika va ekologiya integratsiyasining nazariy
asoslarini o‘rganish;
2. 3-4-sinf matematika darslarida ekologik tarbiya berish usul va vositalarini
aniqlash;
3. Matematika darslarida ekologik mazmundagi masalalardan foydalanish
imkoniyatlarini tadqiq etish;
4. Ekologik ma'lumotlarni matematik usullar yordamida tahlil qilish va
ifodalash metodikasini ishlab chiqish;
5. Matematika darslarida ekologik loyihalar va tadqiqotlar o‘tkazish yo‘llarini
ko‘rsatib berish;
6. Ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini tajriba-sinov ishlari orqali
tekshirish.
Kurs ishi obyekti
Boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitish jarayoni.
Kurs ishi predmeti
Boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitish jarayonida ekologik tarbiya
berish metodikasi
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI
O‘QITISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Boshlang‘ich sinflarda matematika ta’limining o‘ziga xosligi
Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini asoslashda
to‘plamlar nazariyasiga tayanadi.
Boshlang’ich sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika
darsligining birinchi sinf uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz:
“Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni bo‘ya,
rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya».
Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar elementlari
orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural son
tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Matematika o‘qitish metodikasi umumiy matematika metodikasiga bog’liq.
Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan qonuniyatlar kichik
yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab
chiqiladi.
Boshlang’ich sinf matematika o‘qitish metodikasi pedagogika va yangi
pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog’liq bo‘lib, uning qonuniyatlariga
tayanadi. Matematika o‘qitish metodikasi bilan pedagogika orasida ikki
tomonlama bog’lanish mavjud.
Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning umumiy
nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika o‘qitish
masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir butunligini
ta’minlaydi.
Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda
xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi, bu uning
hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi.
Matematika fani asoslarini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan Muhammad al-
Xorazmiy, Ahmad al Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy va Mirzo Ulug’bek kabi
buyuk allomalarimizga munosib yosh avlodni tarbiyalash, zamonaviy
bilimlarni o‘quvchilarga yetkazish hamda mamlakatimiz yoshlarini
matematika go‘zallikllaridan bahramand bo‘lishlariga sharoit yaratib berish –
barcha uchun ham qarz, ham farz hisoblanadi.
Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofda kechayotgan
voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda hamda ishlab
chiqarish, fantexnika va texnologiyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga
ega.
Ma’lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi,
ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi,
algoritmik tarzda tartib-intizomlilikka o‘rgatadi va eng muhimi mulohaza
yuritishga chorlaydi hamda tafakkurni kengaytiradi. Muhtaram Prezidentimiz
Sh. M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek,
“Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng
tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi”.
Mamlakatimizda matematika 2020-yildagi ilm-fanni rivojlantirishning
ustuvor yunalishlaridan biri sifatida belgilandi hamda matematika ilm-fani va
ta’limi rivojlantirishini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator
tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
PF-5712sonli Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2019- yil 9-
iyuldagi “Matematika ta’limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi
Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi
matematika
instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-
4387-sonli Qarori, 2020- yil 7- maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini
oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-
4708-sonli Qarori, 2020- yil 24- yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida
matematika fani va ta’limini har tomonlama takomillashtirish va rivojlantirish
yuzasidan qator salmoqli vazifalar belgilangan.
Xususan, mazkur dasturdan o‘rin olgan “Matematika ta’limini rivojlantirish
konsepsiyasi” yuqoridagi matematika ta’limini har tomonlama
takomillashtirish hamda yangi sifat bosqichiga olib chiqish yuzasidan
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.1
Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofimizdagi
voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda juda katta
ahamiyatga egaki, matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning
rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham matematik
madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Matematika fanini o‘qitishdan ko‘zlangan zamonaviy maqsad va vazifalar
quyidagilardan iborat: o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni
o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim
va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish; jadal taraqqiy
etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan,
tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; milliy,
ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona
foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy
madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-
texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan
dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi,
bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatish bo‘yicha ham xalqaro
tajriba va andozalarni joriy etish orqali ta’minlanadi.
Bundan ta’lim bo‘yicha qator xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari ham
dalolat bermoqda. Shu o‘rinda, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
(OECD)ning 15 yoshli o‘quvchilarning ona tili, matematika va tabiiy fanlar
1 Umumiy o’rta ta’limning Milli o’quv dasturi. Respublika ta’li markazi.2021.
bo‘yicha savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan PISA - o‘quvchilar
yutuqlarini baholash xalqaro dasturi tadqiqotlari natijalari e’tiborga molik.
Bundan tashqari, ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi (IEA)
tomonidan tashkil etilgan TIMSS - matematika va tabiiy fanlar ta’lim
sifatining xalqaro monitoringi dasturini ham keltirish mumkin. Ushbu tadqiqot
o‘quvchilarning turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasi
va sifatini solishtirishga hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga
ko‘maklashadi.
STEAM (S – science - tabiiy fanlar T – technology - texnologiya, E –
engineering - muhandislik, A – art - san’at, M – mathematics - matematika)
ta’lim texnologiyasi aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilarning egallagan
bilim, ko‘nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog’liqligini ko‘rsatishda
dars va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o‘quv tadqiqotlarini o‘tkazish,
tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo‘naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash,
yangiliklar yaratishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu
texnologiyani amalga oshirishda o‘quvchilar tomonidan turli texnik
qurilmalarni yasash uchun loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaning
maketini yaratish va uni amaliyotda ishlatib ko‘rish, kamchiliklarini topish
hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar bajariladi.
Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va
jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga
imkon beradigan turli ko‘rinishdagi malakalarni o‘quvchilar tomonidan
egallashni nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda
matematik ta’limning asosini amaliy, tadbiqiy yo‘nalishlarini kuchaytirishga
qaratiladi.
O‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarini shakllantirish, kichik o‘quv
tadqiqotlarni bajarish orqali umumta’lim fanlarini o‘rganishga qiziqishni
kuchaytirish maqsadida fan o‘quv dasturlariga amaliy mashq va tatbiq hamda
loyiha ishi kiritildi. Bu holat nafaqat muayyan o‘quv fani bo‘yicha
o‘zlashtirish sifatini yaxshilaydi, balki fanlararo va fanning kundalik turmush
bilan bog’lanish imkoniyatlarini ochadi va ta'lim samaradorligini oshiradi.
Matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan ko‘ra ko‘proq
amaliyotga e’tibor berish hamda o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini
berishga asoslangan yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talab
qilinadi. Matematika darslarida ko‘proq keys, tadqiqot, loyiha, kichik o‘quv
kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘quvchilarda kichik tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishda kuzatish,
tajriba, o‘lchashlar, analiz (tahlil) va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash
va analogiya kabi ilmiy izlanish metodlaridan o‘rnida foydalanish talab etiladi.
O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shunchaki shakllantirib qolmasdan,
ularni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish kompetensiyalarini ham tarkib
toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Matematka fanining boshqa fanlar bilan integratsiyasi
Matematika fanini o‘qitishda nafaqat uning bo‘limlar orasidagi o‘zaro
ichki, balki tashqi, ya’ni turdosh blok-modullar tarkibiga kiruvchi fanlar bilan
integratsiyasi ham katta ahamiyatga ega. Jumladan, quyidagi fan yo‘nalishlari
bilan o‘zaro chambarchas aloqalari muhim hisoblanadi:
Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar orqali shakllantiriladigan
kompetensiyalar matematika fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy
fikrlashini rivojlantirishda, yozma va og’zaki ravishda o‘z qarashlarini ravon
bayon etish malakalarini hosil qilishda, ilmiy atamalarni to‘g’ri qo‘llash hamda
bahs-munozaralar jarayonida erkin muloqot qilishga o‘rgatishda muhim o‘rin
tutadi.
Informatika va axborot texnologiyalari fani yordamida matematika
fanini o‘qitish jarayonining samaradorligini turli ko‘rinishdagi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari va kompyuter texnikasidan foydalanish orqali
oshirishga ulkan imkoniyatlarni yaratadi.
Fizika fanini o‘qitishda o‘quvchilar tabiat hodisalarini va asosiy fizik
jarayonlarni anglash bilan birga, texnika va texnologiyalarni rivojlantirishda
matematik formulalarni qo‘llashni o‘rganadilar. Ko‘pgina fizik masalalar
tenglama yoki tenglamalar sistemasini tuzish va ular bilan ishlash
ko‘nikmasining shakllangan bo‘lishini taqozo etadi.
Biologiya fani o‘quvchilarda jonli tabiatning obyekti va tizimini his
etishni, jonli va jonsiz tabiat o‘rtasidagi aloqalarni shakllantiradi. Bir vaqtning
o‘zida atrofimizni o‘rab turgan jonli tabiatga ijobiy munosabat, tabiiy rang-
baranglikni saqlab qolish, shuningdek, javobgarlikni his qilgan holda
mustahkam hayotiy faoliyat shakllanadi.
Kimyo fani o‘quvchilarda organik va anorganik moddalar va
tuzilmalarni tabiatning obyekti sifatida his etish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Matematika darslarida moddalar va tuzilmalarning tuzlishiga oid geometrik,
sifat va miqdoriy kattaliklarni tahlil qilish orqali ularning kimyoviy
xususiyatlarini o‘rganish, tadqiq qilish hamda xulosa chiqarish orqali bu ikki
fan orasidagi uzviy aloqadorlik ta’miinlanadi.
Geografiya fani o‘quvchilarda tabiat in’omlari va insonning iqtisodiy
faoliyati natijasida yaratilgan obyektlarni tizimli ravishda, birgalikda his
etishni shakllantiradi.
Matematika darslarida geografik ob’yektlarga doir hayotiy masalalar yechish
va tahlil qilish orqali bu ikki fan orasidagi aloqadorliklar aniqlanadi.
Texnologiya fani orqali tarkib toptirilgan kompetensiyalar matematika
fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning
texnik ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ijodiy loyiha tayyorlash
malakalarini hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘rganish jarayonida iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqti-sodiy barqarorlikni
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq bo‘lgan muayyan hayotiy vaziyatlarda eng
maqbul yechim topa olish va to‘g’ri qaror qabul qilishga o‘rgatishdan iborat.
Tadbirkorlik asoslari fanini o‘rganish o‘quvchilarning kelajakdagi
hayotiy tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tadbirkorlik
faoliyatini rejalashtirishda matematikaning o‘rni beqiyos bo‘lib, tadbirkor
mablag’lari va sarmoyasini iqtisodiyotga jalb qilish maqsadida ishlab
chiqiladigan biznes reja matematik hisob-kitoblar yordamida asoslab berilishi
lozim bo‘ladi.
Tarix fani matematika fani bilan ham bevosita bog’langan. Ilm-fan
yutuqlarining ishlab chiqarish sohalari, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarining
rivojlanishi va atrof-muhit holatiga ta’sirini ko‘rsatishda tarixiy
ma’lumotlarning ahamiyati kattadir.
O‘quvchilаrni matematikа kursini o‘rgаnishgа tаyyorlаsh.
I-IV sinflаrdа matematikа o‘qitishning аsоsiy vаzifаsi bo‘lgаn tа’lim -
tаrbiyaviy vаzifаlаrni hаl qilishdа ulаrdаgi matematikа kursini qаndаy dаrаjаdа
tаyyorgаrligi bоrligigа, bоlаlаr bоg’chаlаrining tаyyorlоv guruhlаri dаsturi
оrqаli hаmdа uydа mustаqil matematikаni o‘rgаnib qаndаy bilimlаrgа
egaligigа bоg’liq. Shuning uchun 1-sinfgа kеlgаnlаrning bilimlаrini аniqlаsh,
sinf o‘quvchilаrining bilimlаrini tеnglаshtirish, ya’ni pаst bilimgа ega bo‘lgаn
o‘quvchilаrning bilimlаrini yaхshi bilаdigаn o‘quvchilаrgа yеtkаzib оlish
vаzifаsi turаdi. O‘qituvchi quyidаgi sistеmа bilаn o‘quvchilаr bilimini mахsus
dаftаrgа hisоbgа olib bоrаdi.
Bolalarni tayyorlashda asosiy ish analiz, sintеz, taqqoslash,
umumlashtiruvchi kabi aqliy jarayonlarni bajarish malakalarini
shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi zarur. Bu ish bolalarning matеmatik
nutqlarini rivojlantirish masalasini hal qilish bilan bundan kеyin muvaffiqiyatli
o‘qish uchun zarur bo‘ladigan har xil aktiv lug’atlar to‘plash bilan uzluksiz
bog’liq ravishda amalga oshirilishi kеrak.
Bolalarda matеmatik bilimlarga nisbatan qiziqish, ulardan foydalanish
malakasi va ularni mustaqil egallash malakasi tarbiyalanishi kеrak. Bundan
tashqari, ularda amaliy malaka va ko‘nikmalarning (sodda shakllarni chizish,
ularni qog’ozni buklab hosil qilish….) shakllanishiga jiddiy ahamiyat bеrish
kеrak.
Bu davrda ular pеdagogning topshiriqlarini tinglab, darhol bajarishi,
o‘qituvchi ko‘rsatmalariga amal qilish, muhim narsani nomuhim narsadan
ajrata olish, qo‘yilgan vazifalar tartibini aniqlash, olingan natijalarini qo‘yilgan
masalaga mos kеltirish, o‘z ishini nazorat qila olish hamda boshqa malakalarni
egallab olishlari kеrak.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni hal qilishi o‘qitish mazmunining
tanlanishiga, uning ma'lum sistеmada joylashishiga hamda shunga mos
ravishda o‘qitish mеtodi va usullarining tanlanishiga bog’liq ravishda amalga
oshiriladi.
Boshlang’ich mat
е matika kursi tuzilishi va mazmuni.
Maktablarning I-IV sinflarida o‘rganiladigan matеmatika kursi maktab
matеmatika kursining ajralmas tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlang’ich
matеmatikani muvaffiqiyatli o‘zlashtirish maktabda butun matеmatik ta'limni
to‘g’ri yo‘lga qo‘yishga asos bo‘lishi tushunarli bo‘lib qoladi.
Amaldagi boshlang’ich matеmatika dasturi tuzilishi va mazmuni ham
oldingi dasturlardagi mеtodik mеrosdan va ilg’or o‘qituvchilarning
tajribalaridan kеlib chiqib, o‘qitishning an’anaviy tizimidagi izchillikni
saqlagan holda yaratiladi.
Matеmatika boshlang’ich kursining tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlariga
ega.
1.2. Ekologik tarbiya tushunchasi va uning ahamiyati
Ekologik tarbiya - bu insonning atrof-muhitga nisbatan ongli va mas'uliyatli
munosabatini shakllantirish, tabiatni asrash va muhofaza qilish ko‘nikmalarini
rivojlantirish jarayonidir. Boshlang'ich ta'lim bosqichida ekologik tarbiyaning
ahamiyati juda katta, chunki aynan shu davrda bolalarda tabiatga nisbatan
munosabat shakllanadi va ekologik ong rivojlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi
434-son qarori bilan tasdiqlangan "Ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi"da
ta'kidlanganidek: "Ekologik ta'lim va tarbiya jarayonini takomillashtirish,
aholining, ayniqsa yoshlarning ekologik madaniyatini oshirish bugungi kunning
dolzarb vazifalaridan biridir" [5].
Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit haqida bilimlarni shakllantirish.
2. Tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalash.
3. Ekologik muammolarni anglash va ularni hal etishda ishtirok etish
ko‘nikmalarini
rivolantirish.
4. Tabiat resurslaridan oqilona foydalanish tushunchasini shakllantirish.
5. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni
rivojlantirish.
Boshlang'ich sinflarda ekologik tarbiyani amalga oshirishning o‘ziga xos
xususiyatlari mavjud. Bu yoshdagi bolalar tabiatga qiziqish bilan qaraydilar va
uning go‘zalligini his qila oladilar. Shu sababli, ekologik tarbiya jarayonida
quyidagi jihatlarga e'tibor qaratish lozim:
1. Kuzatish va tajribaga asoslangan o‘qitish. O‘quvchilar tabiatni bevosita
kuzatish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish orqali ko‘proq bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
2. O‘yin texnologiyalaridan foydalanish. Ekologik mavzudagi o‘yinlar orqali
bolalar tabiat haqidagi bilimlarni qiziqarli tarzda o‘zlashtiradilar.
3. Amaliy faoliyatga jalb etish. Daraxt ekish, qushlarni oziqlantirish,
chiqindilarni saralash kabi amaliy ishlar orqali o‘quvchilarda ekologik
mas'uliyat shakllanadi.
4. Multimediya vositalaridan foydalanish. Zamonaviy texnologiyalar
yordamida tabiat hodisalarini namoyish etish va ekologik muammolarni
yoritish mumkin.
5. Fanlararo integratsiya. Ekologik tarbiyani barcha o‘quv fanlari, jumladan
matematika darslari bilan uyg'unlashtirish muhim ahamiyatga ega.
Pedagog olim M. Inomova ta'kidlaganidek: "Boshlang'ich sinf o‘quvchilarida
ekologik madaniyatni shakllantirish uchun ularning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda, tabiat bilan bevosita muloqotga asoslangan ta'lim-tarbiya
usullaridan foydalanish zarur" [6].
Ekologik tarbiyaning ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Ekologik ong va
madaniyat insonning ma'naviy dunyosini boyitadi, uning dunyoqarashini
kengaytiradi.
2. Jamiyatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Ekologik savodxon
fuqarolar tabiat resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza
qilishga mas'uliyat bilan yondashadilar.
3. Global ekologik muammolarni hal etishga yordam beradi. Ekologik tarbiya
olgan avlod kelajakda sayyoramizning ekologik xavfsizligini ta'minlashga
qodir bo‘ladi.
4. Inson salomatligini saqlashga xizmat qiladi. Sog'lom atrof-muhit inson
salomatligining garovidir.
Milliy qadriyatlarni asrashga yordam beradi. Tabiatga ehtiyotkorona munosabat
milliy an'analarimizning ajralmas qismidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktabrdagi PF-5863-son
"2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni
muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g'risida"gi Farmonida ekologik
ta'lim-tarbiyani rivojlantirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan [7]. Ushbu
hujjatga ko‘ra, maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta'lim
muassasalarida ekologik ta'lim-tarbiyani takomillashtirish, shu jumladan o‘quv
dasturlariga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus
kurslarni kiritish vazifasi qo‘yilgan.
Boshlang'ich sinflarda matematika va ekologik ta'lim-tarbiyani integratsiyalash
muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda quyidagi yo‘nalishlardan foydalanish
mumkin:
Ekologik mazmundagi masalalardan foydalanish. Masalan, "Bir daraxt bir
kunda 25 kg karbonat angidrid gazini yutadi. 5 ta daraxt bir haftada qancha
karbonat angidrid gazini yutadi?" kabi masalalar orqali o‘quvchilar ham
matematikani o‘rganadilar, ham tabiatni asrash ahamiyatini tushunib yetadilar.
Statistik ma'lumotlardan foydalanish. Atrof-muhit ifloslanishi, o‘rmonlar
maydoni qisqarishi kabi ekologik muammolarga oid statistik ma'lumotlarni tahlil
qilish orqali o‘quvchilarning matematik va ekologik savodxonligini oshirish
mumkin.
Grafiklar va diagrammalar tuzish. Ekologik mavzudagi ma'lumotlarni grafik va
diagrammalar ko‘rinishida tasvirlash orqali o‘quvchilarning matematik
ko‘nikmalarini rivojlantirish va ekologik bilimlarini mustahkamlash mumkin.
O‘lchov birliklarini o‘rgatishda ekologik misollardan foydalanish. Masalan, suv
sarfi, havo ifloslanish darajasi kabi tushunchalarni o‘lchov birliklari bilan bog'lab
tushuntirish.
Geometrik shakllarni o‘rgatishda tabiat obyektlaridan foydalanish. Masalan,
daraxt barglari, gullar va mevalarning shakllarini o‘rganish orqali geometrik
tushunchalarni mustahkamlash.
Pedagog olim A. Abduqodirov ta'kidlaganidek: "Matematika va ekologiya
fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarning nafaqat bilim va ko‘nikmalari,
balki dunyoqarashi ham kengayadi, ularning atrof-muhitga bo‘lgan munosabati
ijobiy tomonga o‘zgaradi" [8].
Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda matematika o‘qitishning nazariy
asoslarini o‘rganish va ekologik ta'lim-tarbiya bilan bog'lash muhim ahamiyatga
ega. Bu jarayonda o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, zamonaviy
pedagogik texnologiyalardan foydalanish, fanlararo aloqadorlikni ta'minlash lozim.
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA
EKOLOGIK TARBIYA BERISH METODIKASI
2.1. Matematika darslarida ekologik tarbiya berishning o‘qitish
texnologiyalari
Boshlang'ich sinf matematika darslarida ekologik tarbiya berishning
samarali o‘qitish texnologiyalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. Interfaol metodlar
Interfaol metodlar o‘quvchilarning faol ishtirokini ta'minlaydi va ularning
qiziqishini oshiradi. Masalan, "Aqliy hujum", "Kichik guruhlarda ishlash",
"Rolli o‘yinlar" kabi metodlardan foydalanish mumkin.
Professor M. Ochilov ta'kidlaganidek: "Interfaol metodlar o‘quvchilarning
bilish faoliyatini faollashtiradi, ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi va o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi" [1].
2. Loyiha texnologiyasi
Loyiha texnologiyasi o‘quvchilarning mustaqil izlanish va tadqiqot
ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Ekologik mavzudagi loyihalar ustida ishlash
jarayonida o‘quvchilar matematikadan olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llashni
o‘rganadilar.
Pedagog olim N. Azizxo‘jayeva shunday yozadi: "Loyiha texnologiyasi
o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni mustaqil bilim
olishga o‘rgatish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini
shakllantirishga yordam beradi" [2].
3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
AKT dan foydalanish o‘quv jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi.
Multimediya vositalari, virtual laboratoriyalar, onlayn resurslar orqali ekologik
muammolarni ko‘rgazmali tarzda namoyish etish va ularni matematik usullar
yordamida tahlil qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g'risida"gi PQ-4884-son Qarorida ta'kidlanganidek: "Zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil
etish, shu jumladan masofaviy ta'lim dasturlarini joriy etish choralarini ko‘rish
zarur" [3].
4. O‘yin texnologiyalari
O‘yin texnologiyalari boshlang'ich sinf o‘quvchilari uchun juda samarali
hisoblanadi. Ekologik mavzudagi matematik o‘yinlar orqali o‘quvchilar
qiziqarli tarzda bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.
Pedagog olim Q. Yo‘ldoshev ta'kidlaganidek: "O‘yin texnologiyalari
o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantiradi va o‘quv materialini yaxshi eslab qolishga yordam beradi" [4].
5. Muammoli ta'lim texnologiyasi
Muammoli ta'lim texnologiyasi o‘quvchilarning mantiqiy va tanqidiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantiradi. Ekologik muammolarni matematik usullar
yordamida hal qilish orqali o‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishadi.
Professor J. Yo‘ldoshev shunday yozadi: "Muammoli ta'lim o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga, muammolarni aniqlash va ularni hal qilish yo‘llarini
topishga o‘rgatadi" [5].
6. Tabiatga ekskursiyalar va amaliy mashg'ulotlar
Tabiatga ekskursiyalar va amaliy mashg'ulotlar o‘quvchilarga nazariy bilimlarni
amaliyotda qo‘llash imkonini beradi. Bunday mashg'ulotlar davomida
o‘quvchilar atrof-muhitni kuzatish, o‘lchash va hisoblash ishlarini bajaradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi
"Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish
chora-tadbirlari to‘g'risida"gi 1059-son qarorida ta'kidlanganidek: "Ta'lim
muassasalarida o‘quvchilarning tabiat bilan aloqasini kuchaytirish, ularda
ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida muntazam ravishda tabiatga
sayohatlar uyushtirish zarur" [6].
2.2. Matematik masalalar orqali ekologik tarbiya berish metodikasi
Matematik masalalar orqali ekologik tarbiya berish metodikasi quyidagi
yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:
1. Ekologik mazmundagi masalalar tuzish va yechish
Ekologik mazmundagi masalalar o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi
bilimlarini kengaytiradi va ularni ekologik muammolar haqida o‘ylashga
undaydi. Masalan:
"Bir daraxt bir kunda 25 kg karbonat angidrid gazini yutadi. Maktab hovlisida
20 ta daraxt o‘stirilsa, bu daraxtlar bir haftada qancha karbonat angidrid gazini
yutadi?"
Bu kabi masalalar orqali o‘quvchilar nafaqat hisoblash ko‘nikmalarini
rivojlantiradilar, balki daraxtlarning atrof-muhit uchun ahamiyatini ham
tushunib yetadilar.
Professor M. Jumayev ta'kidlaganidek: "Ekologik mazmundagi masalalar
o‘quvchilarning atrof-muhitga bo‘lgan munosabatini shakllantirishga yordam
beradi va ularni ekologik muammolarni hal qilishga jalb qiladi" [7].
2. Statistik ma'lumotlarni tahlil qilish
Ekologik muammolarga oid statistik ma'lumotlarni tahlil qilish orqali
o‘quvchilar matematik bilimlarini amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar. Masalan,
shahar havosining ifloslanish darajasi, chiqindilar miqdori, suv sarfi kabi
ma'lumotlarni diagrammalar va grafiklar yordamida tasvirlash mumkin.
2.2. Matematik masalalar orqali ekologik tarbiya berish metodikasi
Matematik masalalar orqali ekologik tarbiya berish metodikasi quyidagi
yo‘nalishlarda amalga oshirilishi mumkin:
3. Ekologik loyihalar ustida ishlash
O‘quvchilarni ekologik loyihalar ustida ishlashga jalb qilish orqali ularning
matematik bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish
mumkin. Masalan:
Maktab hududidagi daraxtlarni hisobga olish va ularning ekologik
ahamiyatini hisoblash loyihasi.
Oila a'zolarining suv iste'molini o‘rganish va tejash usullarini taklif qilish
loyihasi.