Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitishning umumiy masalalari.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

3

File size

Fayl hajmi

18,3 KB


Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitishning umumiy masalalari.
Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga boshlangʻich ta’lim matematika fanining
o‘qitilishi, tuzilishi, mazmuni va xususiyatlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarini rivojlantirish, boshlangʻich ta’lim matematika fanidan milliy
o‘quv dasturini hamda darsliklar mazmunini puxta o‘zlashtirishni ta’minlash.
Mashg’ulot  jihozi: o’quv  majmua,  darslik,  daftar,  tarqatma  materiallar,
proyektor va boshqalar.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar: 
1. Boshlang‘ich ta’lim matematikadan davlat ta’lim standarti va milliy o‘quv
dasturi haqida tushuncha. 
2.Matematika
 
fani
 
bo‘yicha
 
o‘quvchilarda
 
rivojlantiriladigan
kompetensiyalar. 
3. 1-4-sinflarda matematika darsligining o‘quv dasturi bilan mosligi. 
4. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Mavzu haqida qisqacha ma`lumot.
Maktab ta’limi tamoyili oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish
mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang‘ich kursi
mazmunida  ham,  darslik  va  qo‘llanmalardan  foydalanish  metodikasida  ham
rivojlanish bo‘lishini talab qiladi.
Bugungi  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlarning  shakllanish  jarayoni,  bozor
munosabatlarining raqobatlashuvi “Milliy dastur”, “Тa’lim to‘g‘risida”gi qonun
talablari  boshlang‘ich  sinflarda  matematika  o’qitish  metodikasiga  o‘z  ta’sirini
o‘tkazmasdan qo‘ymaydi.
Matematika  so‘zi  grekcha  “mathema” so‘zidan  olingan bo‘lib, uning ma’nosi
“fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o‘rganadigan ob’yekti fazoviy
shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.
Logotip
Boshlangʻich sinflarda matematika oʻqitishning umumiy masalalari. Mashg’ulot maqsadi: Talabalarga boshlangʻich ta’lim matematika fanining o‘qitilishi, tuzilishi, mazmuni va xususiyatlari bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish, boshlangʻich ta’lim matematika fanidan milliy o‘quv dasturini hamda darsliklar mazmunini puxta o‘zlashtirishni ta’minlash. Mashg’ulot jihozi: o’quv majmua, darslik, daftar, tarqatma materiallar, proyektor va boshqalar. Amaliy ishlash uchun topshiriqlar: 1. Boshlang‘ich ta’lim matematikadan davlat ta’lim standarti va milliy o‘quv dasturi haqida tushuncha. 2.Matematika fani bo‘yicha o‘quvchilarda rivojlantiriladigan kompetensiyalar. 3. 1-4-sinflarda matematika darsligining o‘quv dasturi bilan mosligi. 4. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. Mavzu haqida qisqacha ma`lumot. Maktab ta’limi tamoyili oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang‘ich kursi mazmunida ham, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini talab qiladi. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi “Milliy dastur”, “Тa’lim to‘g‘risida”gi qonun talablari boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitish metodikasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qo‘ymaydi. Matematika so‘zi grekcha “mathema” so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi “fanlarni bilish” demakdir. Matematika fanining o‘rganadigan ob’yekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.
Maktab matematika kursining maqsadi o’quvchilarga ularning psixologik
xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  matematik  bilimlar  tizimini  berishdan
iboratdir.
Bu matematik bilimlar tizimi ma’lum usullar  (metodika)  orqali  o’quvchilarga
yetkaziladi.
         “Metodika” grekcha so‘z bo‘lib, “metod” degani “yo‘l” demakdir.
Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining
tarmog‘i  bo‘lib,  jamiyat  tomonidan  qo‘yilgan  o’qitish  maqsadlariga  muvofiq
matematika  o’qitish  qonuniyatlarini  matematika  rivojining  ma’lum  bosqichida
tatbiq  qiladi.  O’qitishda  yangi  maqsadlarning  qo‘yilishi  matematika  o’qitish
mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun
bo‘lajak o’qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqarish matematika o’qitish
metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur.
Matematika o’qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani –
o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq.
MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uch bo‘limga
bo‘linadi.
1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi.
Bu  bo‘limda,  matematika  fanining  maqsadi,  mazmuni,  metodologiyasi  shakli,
metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari hamda
didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi.
2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi.
Bu bo‘limda matematika o’qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini
aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.
3. Matematika o’qitishning aniq metodikasi.
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat:
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari.
Boshlang‘ich  sinflarda  matematika  o’qitish  metodikasi  butun  pedagogik
tadqiqotlarda  pedagogik  texnologiya,  axborot  texnologiyalari  yutuqlarida
qo‘llaniladigan metodlardan foydalanadi.
Logotip
Maktab matematika kursining maqsadi o’quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma’lum usullar (metodika) orqali o’quvchilarga yetkaziladi. “Metodika” grekcha so‘z bo‘lib, “metod” degani “yo‘l” demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o’qitish maqsadlariga muvofiq matematika o’qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. O’qitishda yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o’qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Boshlang‘ich sinf o’quvchilariga matematikadan samarali ta’lim berilishi uchun bo‘lajak o’qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqarish matematika o’qitish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur. Matematika o’qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq. MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uch bo‘limga bo‘linadi. 1. Matematika o’qitishning umumiy metodikasi. Bu bo‘limda, matematika fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik tamoyillar asosida ochib beriladi. 2. Matematika o’qitishning maxsus metodikasi. Bu bo‘limda matematika o’qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi. 3. Matematika o’qitishning aniq metodikasi. Bu bo‘lim ikki qismdan iborat: 1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari. 2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari. Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi butun pedagogik tadqiqotlarda pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo‘llaniladigan metodlardan foydalanadi.