Boshlang‘ich sinflarda matematikadan og‘zaki va yozma hisoblashga doir
didaktik o‘yinlar tizimini ishlab chiqish metodikasi (3-sinf misolida).
KURS ISHI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MURAKKAB MASALALARNI
DIDAKTIK METODIKASI
I.1. Didaktik o‘yinlar va ularning ahamiyati
I.2. Didaktik o‘yinlar namunalar
II BOB. UCHINCHI SINFDA MURAKKAB DIDAKTIK MASALALAR
USTIDA ISHLASH
2.1. Og‘zaki hisoblash malakasini shakllanturuvchi didaktik o‘yinlar
2.2. 3- sinfda o‘rganiladigan murakkab masalalar tizimi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Zamonaviy didaktik tizimda o‘qitish usullarini
tanlash o‘qitishning maqsad va vazifalariga, o‘quv materialining murakkabligi,
yangiligi va mazmuniga, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi va individual
xususiyatlariga, maktabdagi ta'lim sharoitlariga, shuningdek, o‘quv materialining
mazmuniga bog‘liq. o‘qituvchining o‘zi kasbiy qobiliyatlari.
Amaliyotda o‘qituvchi avvalo o‘quv materialining berilgan mazmunini
o‘rganish orqali qanday maqsadlarga erishishini, keyin - buni qanday usullar bilan
amalga oshirishini va bu usullarni amalga oshirish uchun qanday texnikalar talab
qilinishini belgilaydi. Biroq, darsda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan aniq usullarni
tanlash bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiyalar hali o‘quv dasturlari va darsliklarning
mazmunidan kelib chiqmaydi. Qoidaga ko‘ra, o‘qituvchiga yo‘naltirilgan uslubiy
tavsiyalar har doim ham namuna bo‘lavermaydi, balki faqat o‘z izlanishlariga
intilish imkoniyatini beradi, garchi o‘qitishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan usulni
oqilona tanlashga bog‘liq. O‘qitish usullarini tanlash texnikasiga o‘qitishga
yetarlicha e'tibor berilmayapti, garchi bu funksiya pedagog kadrlar tayyorlaydigan
oliy o‘quv yurtlariga yuklangan bo‘lsa-da.
Ishlaydigan o‘qituvchilar uchun o‘qitish usullarini tanlashda qiyinchiliklarga
olib keladigan asosiy sabablar, birinchidan, ular haqidagi cheklangan bilimlar bilan
bog‘liq; ikkinchidan, o‘qitish usullarining rivojlantiruvchi, tarbiyaviy va tarbiyaviy
imkoniyatlari va ularning o‘ziga xos yo‘nalishi, masalan, mustaqillikni
rivojlantirish yoki fanga qiziqishni oshirish va hokazolar to‘g‘risida etarli
tasavvurga ega emasligi; uchinchidan, pedagogik adabiyotlarda muayyan
muammoni hal qilishda turli usullarning imkoniyatlari tavsifining yo‘qligi.
U yoki bu usuldan foydalanish imkoniyati har doim uni qo‘llashning
maqsadga muvofiqligi bilan belgilanadi. Masalan, o‘quvchilar xotirasini
rivojlantirish uchun kuzatish, o‘rganilayotgan ob'ektning muhim xususiyatlarini
ajratib ko‘rsatish va yodlash bilan bog‘liq bo‘lgan vizual o‘qitish usullari eng
2
samarali hisoblanadi. Agar o‘qituvchi darsda o‘quvchilarning tabiat va jamiyat
hodisalari haqidagi bilimlarini shakllantirish bilan bog‘liq vazifani qo‘ysa, u holda
og‘zaki o‘qitish usullari, mustaqil ish usullari, reproduktiv usullar va boshqalar
afzalroq bo‘lishi mumkin
Kurs ishining maqsadi: Kichik yoshdagi o‘quvchilarga dars berishda
didaktik o‘yinlardan foydalanishning maqsadga muvofiqligini aniqlash.
Kurs ishing vazifasi 1. Didaktik o‘yindan foydalanmasdan va didaktik
o‘yindan foydalanmasdan o‘quvchilarning darsdagi faoliyatini baholash.
2. Darsda o‘qituvchi va o‘quvchilarning didaktik o‘yinga munosabatini
ochib berish.
3. Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalashda o‘yin
usullarini joriy etish.
Kurs ishining obyekti:
1. Pedagogik kuzatish, so‘roq
2. Tajriba
3. Talabalarning bilim darajasi diagnostikasi
Bu metodlar o‘quvchilar bilan, ularning individual xususiyatlari bilan
tanishish, shuningdek, didaktik o‘yinlardan darsda foydalanish samaradorligi
to‘g‘risida xulosa chiqarish va natijada o‘quvchilarning bilish faolligini oshirishga
yordam beradi.
3
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MURAKKAB MASALALARNI
DIDAKTIK METODIKASI
1.1. Didaktik o‘yinlar va ularning ahamiyati
Ma'lumki 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo‘ygan
bolaning faoliyatida o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli
mashg‘uloti bo‘lib, ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga
harakat qiladilar. Shunday ekan o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatidan ularning sevimli
mashg‘uloti - o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish
bilan ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. O‘yin - bola
hayotining uzviy qismidir. O‘yin orqali bola atrof - muhit, tabiat hodisalari,
manzaralari, buyumlar, o‘simliklar, hayvonlar dunyosi bilan tanishadi.
Boshlang‘ich ta'lim davrida o‘quvchilarning aqliy va jismoniy faoliyatini
tashkil qilishda didaktik o‘yinlar alohida ahamiyatga ega. Matematika darslarida
didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilar zehnini o‘stirish, tez hisoblash
ko‘nikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar jarayonida
o‘quvchilar o‘yin qoidalariga qat'iy rioya qilishga o‘rganadilar, inoqlik his -
tuyg‘ulari, 6 dunyoqarashlari shakllanib boradi. Ta'lim jarayonida didaktik o‘yinlar
o‘quvchilarning xususiyatiga ko‘ra tashkil etilishi kerak. Bu esa ularga bilim
berishni yengillashtirishga, ko‘rgazmalilikni ta'minlashga qaratilgan bo‘lib,
o‘quvchilarni toliqtirmaslik, zeriktirmaslik imkonini yaratadi. Ta'lim jarayonida
qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar 2 xil tasnifga egadir. Didaktik o‘yinlarni xilma-xil
tarzlarda tashkil qilish mumkin. Qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar, rasmlar va
tarqatmalar, turli geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Didaktik
o‘yinlar maqsadiga ko‘ra 4 omilni o‘z ichiga oladi: 1. O‘yinning vazifasi. 2.
O‘yinning harakati. 3. O‘yinning qoidasi. 4. O‘yinning yakuni. Har bir didaktik
o‘yinni boshlashdan oldin o‘quvchilarga o‘yinning qoidasi, mazmuni, yakuni
4
nimadan iborat ekanini o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O‘quvchilar uni
tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Masalan, “Ishoralar” o‘yini.
O‘yinning maqsadi: Bir amalli masalalarni og‘zaki yechish ko‘nikmalarini
rivojlantirish. O`yin jihozi: “-“, “+” belgilari. O‘yinning borishi: O‘qituvchi
masalani o‘qiydi, o‘quvchilar esa masalani qaysi amal bilan yechish kerak bo‘lsa
o‘sha "ishora"ni ko‘rsatadilar. Masala: 7 Didaktik o`yinlar tasnifi Mazmuniga
ko`ra Amalga oshirish shakliga ko`ra 1.Tinch o`yinlar 2.Harakatli o`yinlar
3.Aralash turdagi 1. Musobaqa o`yinlar 2. Sahnali o`yinlar 1. Salimning 2 ta qora
va 4 ta qizil qalami bor. Hammasi bo‘lib nechta qalami borligini qaysi amaldan
foydalanib topamiz? O‘quvchilar "+"ni ko‘rsatadilar. Masala og‘zaki yechiladi. 2.
Nigorada 6 daftar bor edi. 3 tasini ukasiga berdi. Nigorada nechta daftar qoldi?
Mustahkamlash: O‘qituvchi "+", "-" qo‘shish, ayirish belgilari qachon qo‘yilishini
so‘rab, ularning bilimini mustahkamlaydi. degan sodda masalani yechish talab
qilinadi. 84 : 4 = 21. Javob: 1 m jun gazlama 21 so‘m turadi. Sintetik metod –
tekshirilayotgan obyektni alohida qismlari o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatib, uni
yagona butun sifatida o‘rganish to‘g‘risidagi mantiqiy operatsiyadir. Ya'ni
predmetlarning qismlarini bir butunga keltirib (birlashtirib) o‘rganish uslubidir.
Masala yechishda qaralayotgan predmet masalaning talabida va uning elementlari
esa masala shartida bayon qilingan bo‘ladi. Masala yechimini izlashda sintetik
metodning mohiyati masala shartida berilganlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish va shu
asosda yangi ma'lumotlar olishdan iborat. Shundan keyin talab qilingan javob
olinguncha ma'lumotlar o‘rtasida bog‘lanishlar o‘rnatiladi. Buni yuqorida ko‘rilgan
masala misolida tushuntiraylik. Masalaning shartida quyidagi raqamlar berilgan:
«4 m jun gazlama olingan», «14 m ipak gazlama olingan», «jun gazlamaga qancha
to‘langan bo‘lsa, ipak gazlama uchun ham shuncha pul to‘langan», «ipak
gazlamaning 1 metri 6 so‘m». Sintetik metodni savollar sistemasi va mos javoblar
singari tasavvur qilamiz. U holda shartda berilganlar orasidagi bog‘lanishni
quyidagicha o‘rnatish mumkin. l. «14 m ipak gazlama olindi va uning 1 metri 6
so‘m» shularni bilgan holda nimani aniqlash mumkin? Javob: 6*14 = 84 so‘m,
sotib olingan ipak gazlama uchun to‘langan pul. 2. «4 m jun gazlama va 14 m ipak
5
gazlama sotib olindi» dan nimani bilish mumkin? Javob: hammasi bo‘lib (14 + 4 =
18 m) gazlama va 14 – 4 = 10 m qarash, yechish jarayonini oydinroq tushunish,
berilganlar bilan izlanayotganlar orasidagi bog‘lanish va munosabatlarni chuqurroq
tushunish imkonini beradi. Bu esa murakkab masalaning ham didaktik, ham
tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalarini to‘laroq amalga oshirishga yordam
beradi.
Shu sababali darsning aniq maqsadlariga mos ravishda va matematika
darslarida matnli masalalardan foydalanish maqsadlariga mos ravishda
yechishning har xil usullaridan va masalalar yechilishining o‘quvchilar daftarlarida
har xil shaklda yozilishlaridan omilkorona foydalanish kerak. Murakkab
masalalarni yechishga o‘tishda tahlilning roli ancha ortadi. U murakkabroq va har
tomonlama bo‘lib qoladi. Bu vaqtda o‘qituvchi bolalarga mantiqiy tafakkur
qobiliyatlarini rivojlantirish zaruratini va uni xususiydan umumiyga olib borishni
unutmasligi kerak. Masalalarni yechishda shunday taxlash tavsiya etiladiki, oson
masala murakkab masaladan oldin yechilsin, ammo shu bilan birga murakkab
masalani yechishning biror kalitini o‘z ichiga olsin. Oson masalani aniq yo‘l bilan
yechishni berilganlardan izlanayotganga borish yo‘li bilan qarash kerak. Bunda
shartni tahlil qilishdan ham, kattaliklar orasidagi bog‘lanishlardan ham, navbatdagi
amal uchun sonlar juftini tanlashdan ham, tahlilning ba'zi elementlaridan ham
foydalanish kerak. Bunda har doim tanlangan amal nima uchun kerakligini va u
nimaga olib kelishini qarash kerak. Masalada berilgan vaziyatni tushunib yetish va
undan masala yechilishining har xil usullarini izlashda foydalanish katta
ahamiyatga ega. Buni har xil masalalar misolida ko‘rsatamiz. Masala: «Bolalar
lagerdan ikkita avtobusda qaytishdi. Bir avtobusda 38 ta, ikkinchi avtobusda ham
shuncha o‘quvchi bo‘lib, ularning 43 tasi o‘g‘il bola edi. Lagerdan nechta qiz bola
qaytgan?» Bu masala ustida ishlash vaqtida o‘quvchi diqqatni «shuncha» so‘ziga
tortadi va ikkinchi avtobusda qancha bola qaytganini aniqlaydi. Shundan keyin 14
ko‘pchilik o‘quvchi yechishning uddasidan osongina chiqadi va yechishning
bunday usulini taklif qilishadi: (38 + 38) – 43 = 33 ta (qiz bolalar.) Bu masalani
boshqacha usul bilan yechish savoli o‘quvchilarda ham o‘qituvchida ham paydo
6
bo‘lmaydi. Ammo masalani tahlili vaqtida «43 ta o‘g‘il bolaning hammasi bitta
avtobusga sig‘adimi?» deyishning o‘zi yetarli. (Yo‘q, bitta avtobusga 38 ta o‘g‘il
bola sig‘ishi mumkin, boshqalari ikkinchi avtobusda ketadi.) Shundan keyin
masala yechilishining ikkinchi usuli haqida takliflar paydo bo‘ladi: 43 – 38 = 5
(o‘g‘il bolalar) 38 – 5 = 33 (qiz bolalar) Berilgan masalaning ikki usul bilan
yechilishi shunisi bilan qiziqki, bu masalalarning yechilishini (38+38)–43=33 ifoda
bilan yozilishida uning qiymatini bir usul bilangina topish mumkin. Ikkinchi
usulga masalada berilgan vaziyatni tahlil qilishgina olib keladi. Bunga
o‘quvchilarning e'tiborlarini qaratish foydali. Ushbu masalani qaraymiz: «Tikuv
ustaxonasi 300 m jun gazlama oldi. Undan l00 ta bir xil kostyum tikish mumkin.
99 m gazlamani ishlatishdi. Yana nechta kostyum tikishlari kerak?» Masalani tahlil
qilishda savol qo‘yishni o‘ylab ko‘rib, o‘quvchilarni yechishning turli usullariga
olib kelish mumkin bo‘lgan variantlarni qaraymiz. 1-variant. Bitta kostyumga
qancha bog‘liq: necha metr gazlama qolganini bila olamizmi? (Bila olamiz. 300 –
99 = 201 m). Masala savoliga javob berish uchun qanday muhokama yuritish
kerak? (201 : 3 = 67 kostyum) Masala: «Bir xil vaqtning o‘zida teploxod 216 km,
paraxod esa 72 km masofa bosib o‘tdi. Agar paraxodning tezligi soatiga 24 km
bo‘lsa, teploxodning tezligi qanday?» Masalani tahlil qilishda yechish usulini
tanlash savollar bilan qanday yo‘naltirilishini ko‘rsatamiz. 15 1) Masalani birinchi
usul bilan yechishda tahlil ushbu savollar bo‘yicha o‘tkaziladi: teploxod bilan
paraxod yo‘lda bo‘lgan vaqt haqida nimani bilamiz? (Masalada paraxod bilan
teploxod bir xil vaqt davomida yo‘lda bo‘lishgani aytilgan.) Vaqtni topish uchun
qanday kattaliklarni bilish kerak? (Tezlik, masofa.) Masalada berilganlar bo‘yicha
nimani topa olamiz, paraxod vaqtinimi yoki teploxod vaqtini? (Paraxod vaqtini
topa olamiz, chunki u 72 km o‘tgan va uning tezligi soatiga 24 km.) Shundan keyin
masala savoliga javob bera olamizmi? (Ha bera olamiz. Teploxodning harakat
vaqti ham 3 soatga teng, u o‘tgan masofa esa 216 km, demak, uning tezligini bilish
mumkin.) 2) Masalaning ikkinchi usul bilan yechilishini qarashda suhbat ushbu
savollar bo‘yicha olib boriladi: teploxod qanday masofani o‘tgan? (216 km.)
paraxod qanday masofani o‘tgan? (72 km.) Teploxod o‘tgan masofa paraxod
7
o‘tgan masofadan necha marta ortiqligini bilib bo‘ladimi? (216 : 72 = 3 marta.)
Teploxod va paraxod yo‘lda bo‘lgan vaqt haqida detalni tayyorlash uchun qancha
vaqt sarflagan? (15 min) U bitta detalni qancha vaqtda tayyorlashni
rejalashtirganini bilamizmi? Bu 16 savolga javob berish uchun masaladagi
berilganlarning qaysilaridan foydalanish mumkin? (30ta detalni tayyorlash uchun
ishchi 600 minut rejalashtirgan, bitta detal uchun esa 600:30=20 (min.) Ishchi bitta
detalni necha minutda tayyorladi? (15 minutda.) Demak, ishchi katta ish unumi
bilan ishlagan. Bitta detalni tayyorlashda u qancha vaqtni tejadi? (20 – 15 =5
(min.) Bitta detalni tayyorlashda ishchi 5 minut vaqtni tejadi. U nechta detal
tayyorlashni rejalashtirgan edi? (30 ta detal.) Ishchi 30 ta detaldan qancha vaqt
tejadi? (5*30 = 150 (min.) 150 minut tejadi. Masala savolini o‘qing. Endi biz unga
javob bera olamizmi? (Ishchi bitta detal uchun 15 minut sarflaganini va 150 minut
tejaganini bilganimizdan keyin masaladagi savolga javob berish mumkin: 150 : 15
= 10. Javob 10 ta detal. 2-usul. Ishchi qancha vaqt ishlagan? (600min.) U bitta
detalni tayyorlashga qancha vaqt sarflagan? (15 min.) Shu ma'lumotlardan
foydalanib, ishchi qancha detal tayyorlaganini bila olamizmi? (600 : 15= 40. Ishchi
40 ta detal tayyorlagan.) U nechta detal tayyorlashni rejalashtirgan edi? (30 ta
detal) Masalaning savoliga javob bera olamizmi? (40 – 30 = 10. Ishchi
topshiriqdan ortiq 10 ta detal tayyorlagan). 3-usul. Ishchi bitta detalni tayyorlash
uchun necha minut sarflagan? (15 minut.) Ishchi o‘ziga topshirilgan detallarni
tayyorlash uchun qancha vaqt sarflaganini bila olamizmi? (15*30 = 450 (min.) U
450 minut sarflagan.) U qancha vaqtni tejagan? (600 – 450 = 150 (minut). U 150
minut tejagan.) Endi tejalgan vaqt hisobiga qancha detal tayyorlaganini bilish
mumkinmi? (150 : 15 = 10. U 10 ta detal tayyolagan.) 4-usul. Ishchi bitta detalni
tayyorlash uchun qancha vaqt sarflagan? (15 minut.) U 1 soatda qancha detal
tayyorlaganini bilish mumkinmi? (1 soat=60 minut, 60 : 15 = 4. U bir soatda 4 ta
detal tayyorlagan.) Ishchi necha soat ishlagan? (10 soat.) Bu vaqt ichida u nechta
detal tayyorlagan? (4*10 = 40. U 40 ta detal tayyorlagan.) Endi masala savoliga
javob berish mumkinmi? (40 – 30 = 10. Ishchi topshirilganidan ortiq 10 ta detal
tayyorlagan.) 17 1-usul 2-usul 1) 600 : 30 = 20 (minut) 1) 600 : 15 = 40 (detal) 2)
8
20 – 15 = 5(minut) 2) 40 - 30 = 10 (detal) 3) 5*30 = 150 (minut) 4) 150 : 15 = 10
(detal) 3-usul 4-usul 1) 15*30 = 450 (minut) 1) 60 : 15 = 4 (detal) 2) 600 – 450 =
150 (minut) 2) 4* 10 = 40 (detal) 3) 150 : 15 = 10 (detal) 3) 40 – 30 = 10 (detal)
Darsning maqsadi va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalariga qarab masalalarni
har xil usullar bilan yechishni o‘rgatishning boshqa yo‘llaridan ham foydalanish
mumkin. Masalan, boshlang‘ich yechimni davom ettirish usulidan foydalanish
mumkin. Guruh bo‘lib bajariladigan ish shaklidan foydalanib, yechimni tugatish va
har qaysi amalga tushuntirish berish topshirig‘i taklif qilinadi. Masalan, quyidagi
misol orqali qaraylik. «Poyezd bir shahardan ikkinchi shaharga borishda yo‘lning
180 km ini soatiga 60 km tezlik bilan o‘tdi. Qolgan yo‘lni xuddi shu tezlik bilan
o‘tishi uchun 4 soat ortiq vaqt kerak bo‘ldi. Poyezd hammasi bo‘lib necha kilometr
o‘tishi kerak bolgan?» 1-usul 2-usul 1) 180 : 60 = 3 (soat) 1) 60*4 = 240 (km) 2) 3
+ 4 = 7 (soat) 2) 180 + 240 = 420 (km) 3)................... 3)................... 4)..................
3-usul 1) 180 : 60 = 3 (soat) 2) .................... 3) 7 + 3 = 10 (soat) 4).................... 18
Masalani ayoniy interpretatsiyalash usulining masalalarni har xil usul bilan
yechishning imkoniyatlarini tushunib yetish uchun ahamiyati katta. Masalan,
ushbu masalani olaylik: «To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi tomorqaning eni 72 m,
bo‘yi esa bundan 2 marta kichik. Maydonning 3\4 qismiga sabzavot, qolgan
qismiga kartoshka ekilgan. Necha kvadrat metrga kartoshka ekilgan?» Bu masalani
sxematik chizmasiz yechib, o‘quvchilar yechishning birinchi usulini taklif
qiladilar: 1) 72 : 2 = 36 (m) – tomorqaning bo‘yi 2) 72*36 = 2592 (kv.m) –
tomorqaning yuzi. 3) 2592 : 4*3 = 1944 (kv.m) – sabzavot ekilgan. 4) 2592 – 1944
= 648 (kv.m) – kartoshka ekilgan Bu masalani sxematik chizmasiz yechib,
o‘quvchilar yechishning boshqa usullarini topishga yordam beradi. 2 marta qisqa
72 m Maydonning 1/4 qismiga kartoshka ekilgani chizmadan yaxshi ko‘rinib
turibdi (o‘quvchilar hatto amalni yozmasalar ham bo‘ladi, chunki bu rasmdan
yaxshi ko‘rinib turibdi). Og‘zaki mulohazalar yuritishga ularning kuchlari yetadi
va ulush hamda kasr tushunchalarini o‘zlashtirish uchun yaxshi mashq bo‘ladi.
O‘tkazilgan mulohazalar masalani boshqa usullar bilan yechish imkonini beradi: 2-
usul: 1) 72 : 2 = 36 (m) – tomorqaning eni. 2) 72*36 = 2992 (kv.m) – tomorqaning
9
yuzi (maydoni) 3) 2592 : 4 = 648 (kv.m) – kartoshka ekilgan maydon yuzi.
Sabzavot Kartoshka 19 3-usul 1) 72 : 4 = 18 (m) – kartoshka ekilgan maydonning
bo‘yi. 2) 72 : 2 = 36 (m) – kartoshka ekilgan maydonning eni. 3) 18*36 = 648
(kv.m) – kartoshka ekilgan maydon yuzi. 4-usul 1) 7264*3 = 54 (m) – sabzavot
ekilgan maydonning bo‘yi. 2) 72 – 54 = 18 (m) – kartoshka ekilgan maydon
uzunligi (bo‘yi). 3) 72 : 2 = 36 (m) – kartoshka ekilgan maydon eni. 4) 18*36 =
648 (kv.m) - kartoshka ekilgan maydon yuzi. Shunday qilib, xulosa qiladigan
bo‘lsa masala tahliliga har xil yondashish uni yechishning har xil usullariga olib
kelar ekan.
10
1.2. Didaktik o‘yinlar namunalar
Quyida matematika darslarida o‘tkaziladigan ayrim didaktik o‘yinlardan
namunalar keltiriladi. "Jim" o`yini O‘yinning maqsadi: O‘quvchilarning o‘n ichida
"+", "-" belgilari haqidagi bilim va malakalarini oshirish, sinash. O‘yin guruhlarda
o‘ynaladi. O‘yin jihozi: Raqamiar yozilgan tarqatmalar, misollar, jadval. O‘yinning
borishi: Jadvallar doskaga osib qo‘yiladi, doskaga bo`r bilan yoziladi. O‘yin ovoz
chigarmagan holda o‘tkaziladi. O‘qituvchi ko‘rsatkich bilan 7 va 5 ni ko‘rsatadi.
O‘quvchilar o‘ylab 2 yozilgan tarqatmani ko‘rsatadilar. "Bilmasvoyning xatolari"
o`yini O‘yinning maqsadi: o‘quvchilarning o‘n ichida "+", "-" ishoralari haqidagi
bilimlarini mustahkamlash, bilim va malakalarini, mustaqil fikrlash qobiliyatini
o‘stirish. O‘yinning borishi: Doskaga ifodalar yoziladi. Har bir qatordan bittadan
o‘quvchi doskaga chiqadi va xatolarini tuzatadi. 10-7=4 10-3=6 7-3=5 3+2=6
4+3=8 4+1=6 "Kim epchil" o‘yini. O‘yin maqsadi: Hozirjavoblik, topqirlik
malakalarini oshirish. O‘yin jihozi: 2 ta savatcha ifodalar yozilgan olmalar 12-6;
2+8; 8 7+5; 4+8; 10-3 va hakozo. Stol ustida "olmalar" yozib qo‘yiladi. Doskaga 2
o‘quvchi chiqadi. Stol ustidagi "olmalar"dagi ifodalarning natijalarini aytib savatga
sola boshlaydilar. Ifodaning qiymatini to‘g‘ri topmagan o‘quvchi ularni savatga
sola olmaydi. Qaysi o‘quvchi savatga ko‘p "olma" tergan bo‘lsa, o‘sha o‘quvchi
g‘olib bo‘ladi. "Zukkolar" o‘yini. O‘yinning maqsadi: Ko‘paytirish va bo‘lishga
doir amallar yechish malakalarini mustahkamlash. O‘yin jihozi: uchta bayroqcha.
O‘yinning borishi: Qatorlararo o‘tkaziladi. Qatorlar nomi doskaga yoziladi
va o‘quvchilar soni teng bo‘linadi. O‘qituvchi har bir qatorning oxirida o‘tirgan
o‘quvchiga bayroqchani beradi. O‘qituvchi son aytadi. Masalan: 1- qatorga 6 soni,
2-qatorga 4 soni, 3-qatorga 5 soni. Bayroqchalarni olgan o‘quvchi 6 •1= 6 deb
11
bayroqchani oldingi partadagi o‘quvchiga uzatadi. 12 • 2 = 24 ; 24 : 3 = 8 8 •5=
40 ; 40: 4 = 10 O‘quvchilar natija qaysi son bilan tugasa, shu son bilan
boshlanadigan ifoda tuzishi kerak bo‘ladi. Bayroqcha 1-partaga kelganda oxirgi
o‘quvchi 6 soni hosil bo‘ladigan ifoda bilan o‘yinni yakunlashi kerak bo‘ladi.
Qaysi qatorning bayroqchasi birinchi partaga tez yetib kelsa, o‘sha qator g‘olib
bo‘ladi. Go‘lib qatorning nomi yozilgan joyda bayroqchalar biriktirilib qo‘yiladi.
"Bu qaysi shakl ?" o‘yini. O‘yinning maqsadi: Geometrik shakllar bilan
tanishtirish. Ularga ta'rif berish malakasini oshirish. Og‘zaki nutqini rivojlantirish.
O‘yin jihozi: Konvertlarga solingan geomatrik shakllar. O‘yinning borishi:
Doskaga bir o‘quvchi chiqadi. Konvertdagi shaklni qaysi ekanini ko‘rib olib,
o‘quvchilarga murojaat qiladi. "Qo‘limdagi geometrik shaklning uch tomoni uch
burchagi bor, uning tomonlari xar xil uzunlikda bo‘lishi ham mumkin. Bu qaysi 9
shakl?". Shaklga to‘g‘ri ta'rif bergan va shaklning nomini to‘g‘ri topgan o‘quvchi
rag‘batlantiriladi. "Kosmos bahodiri kim?" oyini. O‘yinning maqsadi: 1)
O‘quvchilar kasb tanlashga qiziqtirish. 2) O‘quvchilarni tez fikrlashga o‘qgatish
O‘yin mazmuni: Sinf taxtasi yoniga har bir guruhdan bittadan uchta o‘quvchi
chiqariladi. Ular bittadan kartochka olishadi. Kartochkalarning to`rt amal ichida
misol yozilgan bo‘ladi. Qaysi o‘quvchi o‘z qo‘lidagi misollarni tez va to‘g‘ri
bajarsa, shu o‘quvchi fazogir, ikkinchi bo‘lib bajargan o‘quvchi uchuvchi va
oxirida bajargan o‘quvchi esa haydovchi sanaladi. "Mohir hisobchi" o‘yini.
O‘yinning maqsadi: O‘quvchilarda tez hisoblash malakalarini hosil qilish. O‘yin
mazmuni: Sinf taxtasiga uchta ustundan iborat to`rt amal qatnashgan misollar
yoziladi. Men har bir guruhdan bittadan o‘quvchini chiqaraman. Har bir o‘quvchi
tegishli ustundagi misolni yechadi. Qaysi o‘quvchi oldin yechib bo‘lsa, uning ishi
tekshiriladi. Agar to‘g‘ri yechgan bo‘lsa, mohir hisobchi hisoblanadi. “Olma
terish” o‘yini. Jihozlar: Magnit taxta, yozuv taxtasi, olma daraxtining rasmi, qalin
qog`ozdan yasalgan olma mevasining shakllari va savatchalar, olma mevalarining
soni sinfdagi o‘quvchilar soniga savatchalar esa qatorlar yoki guruhlar soniga teng
bo‘ladi. Magnit taxtasiga qistirish uchun olma daraxt rasmi chizilgan plakat va
olma mevalarining orqa tomoniga magnit plastinkasi yelimlanadi. Shuningdek
12
olma mevalarining orqa tomoniga oddiy qalam bilan misollarni o‘chirib, keyingi
darslarda yangisini yozish mumkin. O‘yinda 3 guruh bo‘ladi. Har bir guruhga bitta
savatcha berishadi. Har bir guruhdan I tadan o‘quvchi chiqib misollarni 10
yechadi. Kim ko‘p misol yechsa shu guruh g‘olib bo‘ladi. "Sonli vagonchalar"
o`yini 2 sonini 2, 3, 4, 5, 6 sonlariga ko‘paytirishni mustahkamlash darslarida
foydalanish mumkin. O‘yin maqsadi: o‘quvchilarni hozirjavoblikka, muslaqil
fikrlashga o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish. Tarqatmalar stol ustiga yoyib
qo‘yiladi. O`yin jihozi: 1-guruh: 2∙3; 2∙6; 7∙2; 9∙2; 5∙2; 4∙2; … 2-guruh: 2∙4; 2∙9;
2∙7; 8∙2; 2∙5; … O`yinnning borishi: O‘quvchilar 7 kishidan iborat 2 guruhga
bo‘linadilar. Guruh a'zolari stol ustiga qo‘yilgan tarqatmalarni tanlab, ifodaning
qiymatiga ko‘ra sonlar tartib bilan vagon bo‘lib qo‘l ushlashib turadilar. Poyezdni
to‘g‘ri tuzgan guruh g‘o‘lib chiqadi. “Tez yurar poyezd” o`yini O‘yin maqsadi:
O‘quvchilarning intelektual bilim salohiyatini oshirish. O‘yin jihozi: doskaga bir -
biriga qarama - qarshi turgan poyezd rasmi bor ko‘rgazma ilinadi. O‘yinning
borishi: Doskaga 2 o‘quvchi chiqadi. O‘qituvchi bergan savollarga to‘g‘ri javob
bergan o‘quvchining poyezdi oldinga surilaveradi. "Marra"ga birinchi bo‘lib yetib
kelgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi. Savollar: 1. Kesma nima? 2. Aylana? 3. 1 m=?. sm.
4. To‘rtburchakning yuzi nimaga teng? kabi savollardan foydalanish mumkin.
Ayniqsa o‘yin jarayonida ularning idroki, zehni, xotirasi, bilim olish ishtiyoqi va
ehtiyoji mustahkamlana 11 boshlaydi, ijodiy qobiliyati namoyon bo`la boshlaydi.
13
II BOB. UCHINCHI SINFDA MURAKKAB DIDAKTIK MASALALAR
USTIDA ISHLASH
2.1 Og‘zaki hisoblash malakasini shakillanturuvchi didaktik o‘yinlar
Hisoblash malakalarini shakllantirishda boshlang‘ich davrda dastlab
o‘quvchilarga son haqidagi ma‘lumotlarni o‘rgatish sonli ifodalarni tarkibi ular
ustida arifmetik amallarni bajarish tartiblari haqidagi dastlabki tushunchalar 1
sinfdan boshlab o‘rganiladi.
Predmetlarni sanash, ularni turlarga ajratish (ranglar bo‘yicha) orqali sonli
ifodalar haqidagi dastlabki tushunchalar berib boriladi. 2 sonini o‘rgatishda qanday
qilib uni hosil qilinishini 1 + 1 = 2 ko‘rinishda yozilishi orqali tushuntiriladi. 3
sonini hosil qilish, uning tarkibi va yozilishi haqidagi ma‘lumotlar misollar orqali
tushuntiriladi. Shundan keyin 4 soni, 5 soni, 6 soni, 7 soni, 8 soni va 9 sonlari hosil
bo‘lashi yozilishi o‘qilish haqidagi tushunchalar beriladi. 0 soni haqidagi
tushuncha 9 sonini hosil qilinganidan keyin o‘rganiladi. To‘qqiz soniga 1 sonini
qo‘shish orqali 10 soni hosil qilinadi va u 9 + 1 = 10. Ya‘ni 1 soni va 0 soni
yordamida hosil qilinishi tushuntiriladi. Ya‘ni 10 sonini quyidagi ko‘rinishlarda
ifodalanishi mumkinligi ko‘rsatilib o‘tiladi.
Ya’ni:
10
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
Bo‘lgan barcha hollarni ko‘rsatib o‘tish lozimligi aytiladi.
O‘quvchilarga
birinchi
o‘nliksoninihosil qilish texnologiyasi to‘liq
tushuntirilganidan keyin ular «>», «<», va «=» belgilari yordamida sonlarni
1 Zunnunov A, Maxkamboyev U. Didaktika: Oily o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.-T.: “Sharq” 2006
14
10
8
2
10
7
3
10
6
10
5
10
6
taqqoslashlarni o‘rganadilar. Bu tushunchalar o‘rganilganidan keyin ular qo‘shish
va ayirishning komponentlari bilan tanishadilar.
1)
a + b = c
a - qo‘shiluvchi, b – qo‘shuvchi, c - yig‘indi.
2)
a – b = c
a – kamayuvchi, b – ayriluvchi, c – ayirma. Ular haqida aniq
bilimlar beriladi.
O‘quvchilar birinchi «o‘nlik» sonini hosil qilishni o‘rganganidan keyin ular
birdan o‘ngacha bo‘lgan sonlarni turish tartibini o‘rganadilar ya‘ni, natural sonlar
qatoridagi o‘rnini biladilar.
Masalan: quyidagi bo‘sh kataklarga mos sonlarni qo‘yib birinchi o‘nlikni
hosil qil.
Bu topshiriqni bajarishda ular dastlab 2 dan katta va 4 dan kichik bo‘lgan son
3 ni topadilar, 4 dan katta va 6 dan kichik bo‘lgan son 5, 6 dan katta va 8 dan
kichik bo‘lgan son 7 ni topadilar. Bu topshiriqqa quyidagicha savollar berish
mumkin.
1.
2 dan katta va 4 dan kichik sonni ayt?
2.
4 dan katta va 6 dan kichik sonni ayt?
3.
6 dan katta va 8 dan kichik bo‘lgan son necha?
O‘quvchilar bu savollarga tez va aniq javob berishlari ma‘lum chunki ular 1
– 10 bo‘lgan sonlar tarkibini o‘rgangan edilar.
Quyidagi misolni o‘quvchilarga uyin tariqasida ham berish mumkin. Bu
doirachalar o‘rniga kerakli raqamlarni qo‘yib amallarni bajar:
a)
15
2
5
1
2
4
6
8
9
10
2
4
3
5
6
b) 2
Bu topshiriqlarni og‘zaki bajarish ham mumkin. o‘quvchilar a va b
variantdagi topshiriqlarni juda tez bajaradilar.
Bu kabi topshiriqlarni bajarish orqali dastlab sodda sonli ifodalar keyinchalik
murakkab sonli ifodalar ustida ishlashga o‘rgatish mumkin.
Birinchi sinfda o‘quvchilar «o‘nlik» va «yuzlik» konsentrlarida sodda va
murakkab sonli ifodalar ustida qo‘shish va ayirish amallarini bajaradailar. Ularga
doir sodda va murakkab masalalari ifoda tuzib yechishga o‘rganadilar.
3
Ikkinchi sinfdan boshlab o‘quvchilar ko‘paytirish va bo‘lish amaliga dir
sodda va murakkab sonli ifodalar ustida amallar bajaradilar ular dastlab
ko‘paytirish va bo‘lish amalining komponentlari bilan tanishadilar.
3)
a b = c a - ko‘paytuvchi, b – ko‘paytuvchi, c –
∙
ko‘paytma
4)
a : b = c a – bo‘linuvchi, b – bo‘luvchi, c – bo‘linma.
Ular bu amallarga doir misol masala va topshiriqlarni bajarib sonli ifoda
haqidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.
2 Ahmedоv M., Mirzaahmedоv M., Matematika 3- sinf uchun darslik. – Tоshkent
3 Bikboyeva.N.U. Yangiboyeva E.Ya. Uchinchi sinf matematika darsligi. Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2005 yil.
16
a)
Umuman olganda har bir son sonli ifodadan tashkil etadi, ya‘ni har bir
sonni 4 ta amal bo‘yicha turli ko‘rinishlarda yozish mumkin, lekin uning ko‘rinishi
turlicha bo‘lganligi bilan mazmuni o‘zgarmasligini o‘quvchilarga ko‘rsatish
mumkin.
Masalan: 20 sonini qo‘shish amali orqali turlicha ko‘rinishlarda ifodalash
mumkin. 15 + 5; 16 + 4; 10 + 10; 18 + 2; 17 + 3; va h.
Ayirish amali orqali: 30 – 10; 28 – 8; 21 – 1; va h.
Ko‘paytirish amali orqali: 10 ∙ 2; 4 ∙ 5; 5 ∙ 4; 2 ∙ 10; va h.
Bo‘lish amali orqali: 40 : 2; 60 : 3; 80 : 4 va h.
Demak o‘quvchilarga har bir sonni sonli ifoda ko‘rinishida turlicha yozish
mumkinligini ko‘rsatib o‘tishimiz mumkin.
b)
Agar a va b sonli ifodalar bo‘lsa u holda, ularni yig‘indisi, ayirmasi,
ko‘paytmasi va bo‘linmasi ham sonli ifoda bo‘ladi. Bu qoidani yuqorida ko‘rsatib
o‘tdik. Sonli ifoda ma‘lum bir qiymatga ega bo‘ladi, bu hosil bo‘lgan natija
sonli ifodaning qiymati bo‘ladi.
Masalan: 30 : 5 + 4 ∙ 6 – 2 =
Bu sonli ifodani qiymatini topish uchun dastlab 30 : 5 = 6
4 ∙ 6 = 24
24 + 6 = 30
30 – 2 =28
Quyidagi ko‘rinishda topib uning qiymati 28 ga teng deb aytamiz.
Sonli ifodalar ustida amallar bajarish uchun 4 ta amalni 2 ta guruhga bo‘lib:
1)
qo‘shish va ayirish;
2)
ko‘paytirish va bo‘lish;
Ular bilan ishlash qoidasini tushuntirrmiz. Boshlang‘ich matematika kursida
sonli ifodalar ikki xil usuldaberiladi.
1.
Sonli ifodalar qavslarsiz beriladi.
2.
Sonli ifodalar qavslar yordamida beriladi.
Ularga misollar keltirib ishlash tartibini tushuntiramiz.
17
1.
Sonli ifodalar qavslarsiz berilsa ya‘ni:
54 – 38 + 42 :
19 + 28 ∙ 2
90 : 3 + 3 : 3
100 – 47 ∙ 2
22 ∙ 4 – 18
20 ∙ 4 + 4 ∙ 4
Bu kabi misollarni bajarishda o‘quvchilar dastlab ikkinchi bosqich amallari
ko‘paytirish va bo‘lish amalini bajaradilar undan keyin birinchi bosqich (qo‘shish
va ayirishni) bajaradilar.
54 – 38 + 42 : 7 = 22
100 – 47 ∙ 2 = 6
54 – 38 = 16
1. 47 ∙ 2 = 94
42 : 7 = 6
2. 100 – 94 = 6
16 + 6 = 22
2.
Agar sonli ifodalar qavslar yordamida berilsa:
(17 + 8) ∙ 4 – 32
88 : (74 – 52)
55 : (90 : 18)
(14 + 28) : 7
91 : (61 – 48)
42 : (72 : 24)
U holda ushbu ko‘rinishdagi sonli ifodalar ustida amallar bajarishda dastlab
qavs ichiga e‘tibor berib unda ham 2 bosqich amallari qatnashsa dastlab ular
bajariladi keyin esa I bosqich amallari bajariladi.
(17 + 8) ∙ 4 – 32 = 68
88 : (74 – 25) = 4
55 : (90 : 18) =
11
17 + 8 = 25
74 – 52 = 22
90 : 18 = 5
25 ∙ 4 = 100
88 : 22 = 4
55 : 5 = 11
100 – 32 = 68
Sonli ifodalarga doir misol va masalalar ushbu qoidalar asosida bajarilishini
o‘quvchilarga tushuniriladi. O‘quvchilar ushbu qoidalar asosida 1-4 sinf
matematika darsliklaridan o‘rin olgan har qanday misol va topshiriqlarni mustaqil
bajara oladilar.
Og‘zaki hisoblashga doir mashg‘ulotlarning samaradorligi mashqlarning
hajmi va mazmunigagina emas, balki ularing berilishi va tekshirilishi,
o‘quvchilarning bilimini sinash, og‘zaki va yozma mashqlarning almashtirib
turilishiga ham bog‘liqdir
18
Og‘zaki hisoblash malakalarining uzluksiz takomlllashib borishi uchun
og‘zaki va yozma hisoblash usullarini qo‘llashda to‘g‘ri munosabat o‘rnatish,
chunonchi og‘zaki hisoblash qiyin bo‘lgandagina yozma hisoblash zarur.
O‘quvchilarning topshiriqni eshitib qabui qilishlarida o‘qituvchi topshiriqni
o‘qib beradi, ular esa yeshitadi. Bunda asosiy kuch xotiraga qaratiladi, bunday
mashqlar juda foydaii bo‘lib eshitish xotirasini rivojlantiradi.
4
Maktab amaliyolida ko‘p ishlatiladigan bu usul shunga olib boradiki, bu ishda
hamma o‘quvchi birdek faol ishtirok etmaydi. Shuning uchun, darsda bunday sust
ishtirok etadigan o‘quvchiiar sonini yanada kamaytirish maqsadida ko‘rish
qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan mashqiar ko‘proq kiritilishi lozim. Lekin
bunday mashqiar soni ham meye‘yorida bo‘lishi kerak, chunki o‘quvchilar faqat
shu turdagi mashqlarga o‘rganib, boshqa turdagi mashqlarda qiynalishlari mumkin.
Bolalarning og‘zaki hisoblash malakalarini har doim tekshirib turish kerak.
Samarali tekshirish usuilaridan biri — bu matematikadan yozma ishlar,
Og‘zaki hisobga doir mashqlarni birinchi darslardanoq kiritilsa, samarasi
ancha yuqori bo‘ladi.
Quyida tavsiya etilgan og‘zaki mashqiar bir haftaga mo‘ljallangan.
Mashqlarni har bir darsda qo‘llash mumkin, ularning ketma-ketligini esa
o‘qituvchining o‘zi hal qiladi.
Og‘zaki mashqlardan namunalar keltiramiz.
4 (O‘rta maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.) Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 1996 yil.
19
1 - sinf
4- chorakda «100 ichida sonlarni o‘nlikdan o‘tmasdan qo‘shish va ayirish»
mavzusi o‘rganiladi. Bu davrda, masalan, 27 o‘quv haftasi davomida o‘quvchilar
og‘zaki bajara olishi mumkin bo‘lgan quyidagi mashqlarni berish maqsadga
muvofiq:
1. Ikki sonning yig‘indisi 7 ga teng. Shu sonlarni ayting.
2. 47 va 1 sonlarining yig‘indisini toping.
3. 47 va 1 sonlarining ayirmasini toping.
4. 59 ni hosil qilish uchun qaysi sonni 1 ta orttirish kerak?
5. 61. 29, 32, 73, 68 sonlarini xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisiga ajratib
yozing.
6 13 dan 25 gacha; 71 dan 82 gacha; 92 dan 100 gacha sanang.
7. 35, 47, 60 sonlarining qo‘shnilarini ayting.
8. 9 ta o‘nlik va 4 ta birlikdan; 4 ta o‘nlik va 7 ta birlikdan iborat sonni ayting.
9. Kamayuvchi 27, ayriluvchi 7. Ayirmani toping.
10. 4 dan qaysi son 5 ta ortiq?
11. 75 dan 5 soni qancha kichik?
12. 27 va 20 sonlarining ayirmasini 3 ta orttiring.
13. 3 ga 10 va 20 sonlarining yig‘indisini qo‘shing.
14. Birinchi qo‘shiluvchi 40, ikkinchisi 9. Yig‘indisini toping.
15. Taqqoslang:
6 m ... 5 m 9 dm
3 dm 1 sm ... 30 sm
49 dm ... 4 m 9 dm
4 dm 5 sm ... 5 dm 4 sm
16. Hisoblang (misollar doskada yoki kartochkalarga yoziladi): 40 + 40 19-10
100-60
71-1 35-30 (20+101+50
17. Rasmlar nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi? Nimasi bilan farq qiladi?
Rasmlarda o‘zingizga tanish bo‘lgan qanday shakllarni ko‘ryapsiz?
18. Yuqori qatordagi, pastki qatordagi va o‘rta qatordagi berilgan narsalar
20
nomini ayting. Chap ustundagi, o‘ng ustundagi va o‘rta ustundagi narsalar nomini
ayting. Ularni bir so‘z bilan qanday ifodalash mumkin? (Hayvonlar, transport,
o‘yinchoqlar). 5
6
2-sinf
O‘qishning uchinchi haftasida bolalar «18 ichida bir xonali sonlarni o‘nlikdan
o‘tib qo‘shish» mavzusini o‘rganadiiar. Bu davrda quyidagi mashqlarni bajarishlari
mumkin:
1.
9 va 4 sonlarining yig‘indisini toping.
2.
6 ni 5 ta; 9 ni 3 ta orttiring.
3.
19 soni 50 dan qancha kichik?
4.
Hisoblang:
60 + 26
60-26
90+4
70-7
20-9
40-14
9+3
19-5
5 Bikbayeva N.U, R.I.Sidelnikova,G.A.Adambekova. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi.
6 Jumayev M.E, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi (KHK uchun ) Toshkent. ―Ilm Ziyo‖
2003 yil.
21