BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MUSIQA O‘QITISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
23,7 KB
1
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MUSIQA O‘QITISHNING MAQSAD VA
VAZIFALARI
REJA:
1. Boshlang’ich sinflarda musiqa o’qitishning mazmuni va maqsadi.
2. Boshlang’ich sinflarda musiqa o’qitishni vazifalari.
3. YOsh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda musiqaning ahamiyati.
4. Musiqa madaniyati darslariga qo’yilgan zamonaviy talablar.
Ma’ruza matni
YOsh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda, maktabda o’qitiladigan
barcha fanlar qatori, nafosat tarbiyasining, tarkibiy qismi bo’lgan, musiqa
madaniyati darslarini ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg’ularini, orzu-
istaklarini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta’sir
ko’rsatadi. Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni o’zlashtirishga ham bevosita ta’sir
ko’rsatadi. Musiqa jonli san’at turi sifatida davr, hayot, tabiat va inson his-
tuyg’ularini, orzu-istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, o’ylayntiradi va hayotdan
ozuqa olishga xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nosir Al-
Farobiy aytganidek, «Bu fan tana sog’lig’i uchun foydalidir». Bobomiz SHayx
Sa’diy «Musiqa odam ruhining yo’ldoshidir»- degan edi. SHunday ekan, biz musiqa
o’qitishni, boshlang’ich sinf o’quvchilaridan boshlashimiz lozim. CHunki,
boshlang’ich sinfda maktabda musiqa ta’limotini poydevori qo’yiladi.
Boshlang’ich maktabda musiqa o’qitishning asosiy maqsadi - boshlang’ich sinf
o’quvchilarga musiqa san’ati go’zallik qonunlari asosida o’rganish malakasini
singdirish va ularga musiqa madaniyatini tarkib toptirishdir. Boshlang’ich
2
sinflardagi musiqa madaniyati darslari, umumiy ta’limning ahloqiy-estetik tarbiya
berish tizimining ajralmas bir qismi bo’lib hisoblanadi.
Darsdan tashqari tashkil qilinadigan turli tadbirlar, tarbiyaviy soatlar,
boshlang’ich sinf o’quvchilarini, dunyoqarashini shakllantirishda ahamiyati katta.
Boshlang’ich sinflarda musiqa o’qitish qo’yidagi vazifalarni amalga oshirishni
maqsad qilib qo’yadi:
1. O’quvchilarda musiqaga ihlos uyg’otish va ularning musiqiy qobiliyatlarini
ritm tuyg’usini o’stirish, musiqiy o’quv, xotira, diqqat va badiiy didni shakllantirish;
2. O’quvchilarda milliy musiqa merosimizga va u orqali Ona-Vatanga
muhabbat hissini tarbiyalash;
3. O’quvchilarda badiiy ijodkorlik qobiliyatini o’stirish.
O’quvchilarda go’zallikni ko’ra bilish va hayotga go’zallik olib kirish qobiliyatini
rivojlantirish.
O’quvchilarning
musiqiy
ijodkorligini
taassurotini
boyitishda,
tasavvurlarini kengaytirishda musiqa tinglash faoliyatini ahamiyati katta. Musiqa
tinglash darsining boshidan oxirigacha amalga oshadi, chunki musiqa madaniyati
darslarining barcha faoliyat turlari (qo’shiq kuylash, musiqiy ritmik harakatlar
bajarish, musiqa tinglash) musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida
ifodalanadi. Musiqa madaniyati darslari boshlang’ich sinf o’quvchilarini atrofdagi
go’zal narsalarni idrok eta olishga va ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishga
xizmat qiladi. «Boshlang’ich ta’lim uchun Davlat Ta’lim standartlari» asosida
barcha fanlar qatori musiqa fanidan ham dastur ishlab chiqildi. YAngi dastur
mazmunida milliy musiqamiz merosidan to’laqonli foydalanish, ommaviy xalq
kuylari va qo’shiqlari, lapar, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa o’z aksini
topgan. Dasturning bosh mavzusi «Musiqa va hayotdir» yil, chorak, dars mavzulari,
umumiy mavzuga bo’ysunadi va mantiqan uzviy birlashib mazmunan bir butunlikni
tashkil qiladi. Bu boshlang’ich sinf musiqa o’qituvchisidan ish mazmunini
yangilashni talab etadi. YAngi dastur mazmunida dars o’tish uchun, musiqa
o’qituvchisi o’zining musiqiy-nazariy bilimlarini takomillashtirishi lozim, chunki
o’quvchilarning musiqa darsiga bo’lgan qiziqishini o’stirishda yosh avlodni Vatanga