BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISHNING XUSUSIY MASALALARI. SAVOD O‘RGATISH METODIKASI. SAVOD O‘RGATISH METODIKASINING MAQSAD VA VAZIFALARI (Savod o’rgatish metodlari, O’qish va yozish nutq faoliyatining turi)
Yuklangan vaqt
2024-05-10
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
33,2 KB
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILI O‘QITISHNING XUSUSIY
MASALALARI. SAVOD O‘RGATISH METODIKASI. SAVOD
O‘RGATISH METODIKASINING MAQSAD VA VAZIFALARI
Mavzu rejasi:
1. Savod o’rgatish, uning maqsad va vazifalari.
2. Savod o’rgatish metodlari.
3. O’qish va yozish nutq faoliyatining turi.
4. O’zbek tilining tovush tuzilishi va grafikasi.
5. O’qish va yozish jarayoniga psixo-fiziologik tavsif.
6. O’qish va yozishga o’rgatishning o’ziga xos xususyatlari, ahamiyati.
Nutq a’zolari va ularning vazifasi.
SAVOD O’RGATISH METODIKASI
Savod o’rgatish metodikasining ilmiy, psixologik va lingvistik asoslari
O’qish va yozish — nutq faoliyatining turi. Maktabda o’qitish elementar
o’qish va yozishga o’rgatishdan boshlanadi. ,,Alifbe"ga asoslangan holda qisqa vaqt
ichida o’quvchilar o’qish va yozishga o’rgatiladi, ya’ni o’qish va yozish
ko’nikmasini egallaydilar.
Savod o’rgatish davrida o’qish va yozish harakatini maqsadga muvofiq
ravishda bajara olish o’qish va yozish ko’nikmasi deyiladi. Bu ko’nikma bilimni
talab qiladi, chunki har qanday ko’nikma bilimsiz shakllanmaydi. Bilim ko’nikmaga
aylanmagan bo’lishi mtimkin. Masalan, bola v harfining elementlarini, yozuv
chiziqlari orasiga qanday joylashtirilishini bilib, uni daftarda yoza olmasligi yoki
o’quvchi harflarni tanib, ularni o’qiy olmasligi mtimkin. Yozish ko’nikmasini hosil
qilish uclum boshqa faoliyat turlari, ya’ni yozish jarayonida partada to’g’ri o’tirish,
ruchkani barmoqlar orasida tutish, daftarni qiyalikda qo’yish kabilar ham o’rgatiladi.
O’qish va yozish ko’nikmasi takomillashtirila borib, malakaga
aylantiriladi. Malakaning shakllanishi uchun bir faoliyat bir necha bora
takrorlanishi lozim. Yozish malakasida o’quvchi ruchkani qanday ushlash, qanday
yurgizish haqida o’ylab o’tirmay, so’z va gaplarni yoza boshlaydi. Demak, o’qish
va yozish malakasi harakatning o’ylab o’tirmay amalga oshirilish jarayonidir.
Malaka o’qitishning keyingi bosqichlarida mustahkamlanib, avtomatlashish
darajasiga yetkaziladi.
O’qish va yozish kishi nutq faoliyatining turi bo’lib, u nutqqa oid
malakadir. O’qish malakasi ham, yozish malakasi ham nutq faoliyatining boshqa
turlari bilan, ya’ni og’zaki hikoya qilish, o’zgalar nutqini eshitish orqali anglash,
ichki nutq bilan uzviy bog’liq holda shakllanadi. Maktabda o’qitishning
muvaffaqiyati savod o’rgatishning qanday tashkil etilganligiga bog’liq.
O’quvchini savod o’rgatish jarayonida elementar o’qish va yozishga
o’rgatishda o’quvchilarning faoliyat ko’rsatishi va nutq faoliyatiga kirishishlari
uchun talab bo’lishi, o’z fikrini og’zaki yoki yozma ifodalashi uchun zaruriyat va
ehtiyojni yuzaga keltiruvchi vaziyat yaratilishi lozim.
O’qish va yozish malakasi biri ikkinchisining muvaffaqiyatli amalga
oshuvini ta’minlaydi. Shuning uchun ham o’qishga o’rgatish bilan yozuvga
o’rgatish parallel olib boriladi va bu faoliyat muntazam ravishda mashq qildiriladi.
Shunday ekan, savod o’rgatish jarayonida bola juda ko’p o’qishi va yozishi zarur.
O’qish uchun ham, yozish uchun ham yangi matn olinadi, chunki bir matnni bir
necha bor qayta o’qish bilan maqsadga erishish qiyin. Bu ko’pincha o’qilgan matnni
yuzaki yodlab olishga olib keladi. Takroriy faoliyatda vaziyat va mazmunning
almashinishi malakani mustahkamlashga yordam beradi, qobiliyatni o’stiradi.
O’quvchi oldida uzoq muddatda amalga oshadigan maqsad — o’qish va
yozishni o’rganish hamda hozirda bajarishi shart bo’lgan kundalik maqsad —
topishmoqni o’qish va javobini topish, so’z va gaplarni o’qish, rasm asosida
so’zlab berish kabilar turadi.
O’zbek tili yozuvi tovush yozuvi, ya’ni fonematik yozuvdir. Har bir tovush
uchun, har bir fonema uchun maxsus grafik shakl (harf) olingan. O’qishda grafik
shakllar tovushga aylantirilsa, yozuvda aksincha, tovushlar harflarga aylantiriladi.
Bu o’qish va yozish faoliyatida o’quvchi uchun qiyinchilik tug’dirgandek tuyulsada,
aslida o’qish va yozish jarayonini soddalashtiradi, chunki tilimizdagi tovushni
ifodalovchi harflar soni uncha ko’p emas. O’qish va yozishni o’zlashtirish uchun
tovush va harflarning o’zaro munosabatiga oid qoidalarni o’zlashtirish kifoya.
Savod o’rgatish metodikasida o’zbek tili tovushlar va harflar tizimining o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish talab etiladi.
O’zbek tilining tovush tizimi va yozuvi. O’zbek tili yozuvi fonematik
yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi ,,Lotin yozuviga asoslangan o’zbek
alifbosini joriy etish to’g’risida"gi qonunga muvofiq o’zbek tili yozuvi uchun lotin
grafikasi asos qilib olindi. Nutqning har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl
qabul qilindi.
O’qituvchi savod o’rgatish jarayonida o’quvchilarni tovush va harflar bilan
tanishtirishda, ularni sintezlab o’qishga o’rgatishda o’zbek tilining fonetik
xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod o’rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi.
So’z bo’g’inga bo’linadi, bo’g’indan kerakli — o’rganilayotgan tovush ajratilib’
olinadi, tahlil qilinadi, o’rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va
butun o’qish jarayoni o’zlashtiriladi. Bunda o’zbek tili grafik tizimi, tovushlarni
yozuvda belgilash xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o’rgatishda o’zbek tili grafik
tizimining quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1. Savod o’rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.
Hozirgi o’zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o’.
E harfi so’z va bo’g’in boshida qo’llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan
keyin o’rta keng lablanmagan unli tarzida o’qiladi (kel, tez). Savod o’rgatishda oldin
so’z boshida keladigan e, so’ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan
tanishtiriladi.
O harfi o’zbekcha, umumturkiy so’zlarda quyi keng, lablangan o tovushini
ifodalaydi, ruscha-baynalmilal so’zlarda urg’usiz bo’g’inda a tarzida (botanika), o’
tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu
unli qatnashgan ruscha-baynalmilal so’zlar savod o’rgatish davridan so’ng o’quv
jarayoniga kiritiladi.
A tovushi bahor, savol kabi so’zlarda o kabi, muomala, munosabat kabi
so’zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.
U tovushi qovun, sovun kabi so’zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham
u yoziladi.
I tovushi bilan, sira kabi so’zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo
saqlanadi.
2. O’zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan
ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular
quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo’ja), k, 1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g’, sh,
ch, ng. Undoshlarni o’rgatishda ham muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor
tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo’g’in va
so’z tarkibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari
va harflari bilan tanishtirilgach, o’rgatiladi. Harf birikmalarini o’rgatishdagi
qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida
o’rganilishi maqsadga muvofiqdir.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar
ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o’rgatish, talaffuzini tushuntirish,
analitik-sintetik mashqlar yordamida ko’nikmalar hosil qiliinadi, keyingi darsda esa
sirg’aluvchi j tovushi va uning talaffuzi o’rgatiladi. So’ng bu ikki tovushning
talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-
sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch
tovushini ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o’rgatiladi.
O’quvchilar bu harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o’qish va yozishga
ko’nikishlari lozim. Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o’qiladigan holatga to’xtalmaydi.
Jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar talaffuzi (b—p, d—t, v—f, g—k, z-s
kabi) haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va
yozilishiga e’tibor qaratiladi.
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar
beriladi, ularni farqlash bo’yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi (‘) unli tovushdan so’ng kelsa, uni cho’zib talaffuz qilishga,
undosh tovushdan so’ng kelsa, undoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat
qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo’llashga doir ko’nikmalar
shakllantiriladi.
Savod o’rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma. yozma, bosh va kichik)
shakli va ularning ishlatilish o’rni o’rgatiladi.
O’quvchilarni o’qishga o’rgatish bo’g’in asosida olib boriladi. Bo’g’inlab
o’qishga o’rgatish uchun so’zni bo’g’inga bo’lish, bo’g’in chegarasini aniqlashni
o’rgatish muhim sanaladi. Savod o’rgatish davrida o’quvchilar so’zlarni
bo’g’inlarga to’g’ri ajrata olsalar, o’qish ko’nikmasini ham yaxshi egallaydilar.
O’qishning dastlabki bosqichida orfografik o’qishdan foydalaniladi, asta-
sekin orfoepik o’qish ko’nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos
kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so’zlar oldin orfografik, so’ngra orfoepik o’qib
beriladi va ularning o’qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O’quvchilar muayyan
darajada tushunchaga ega bo’lganlaridan so’ng orfoepik o’qish mashq qilinadi.
O’qish va yozish jarayonining psixofiziologik tavsifi. O’qish ham, yozish
ham murakkab nutq faoliyati hisoblanadi, Bu jarayonlar kichik yoshdagi
o’quvchidan iroda, aql, hatto jismoniy harakatni ham talab qiladi.
Kichik yoshdagi o’quvchini o’qishga o’rgatishda quyidagilar kuzatiladi:
1. Bola o’qish paytida bitta harfni ko’radi, uni bilish uchun rasmlarni ko’z
oldiga keltiradi, rasmlarni yoki boshqa harflarni eslaydi, esga tushirgach, uni
aytishga oshiqadi, biroq o’qituvchi aytishga yo’l qo’ymaydi, undan bo’g’inni
aytishni talab qiladi. O’quvchi ikkinchi harfni eslab olguncha, birinchisi esdan
chiqib qoladi yoki ularni qo’shib bo’g’in, bo’g’indan so’z hosil qilguncha, o’qish
jarayoni sustlashadi.
2. Ko’pincha bola o’qiyotgan qatorni yo’qotib qo’yadi, harfni, bo’g’inni,
so’zni qayta o’qishiga to’g’ri keladi. O’quvchining diqqati kengaygan sari bo’g’in
va so’zni butunligicha idrok eta boshlaydi.
3. O’qishni endi o’rganayotgan bola o’qiyotgan matn mazmunini
o’zlashtirmaydi, chunki u so’zni qanday o’qishga ko’p kuch beradi. Darslikdagi
rasmlar, o’qituvchining savollari, ko’rgazmali qurollar ularning ongli o’qishlarini
ta’minlaydi.
4. Tajribasiz kitobxon so’zni birinchi bo’g’iniga yoki rasmga qarab topadi.
Bu xato o’qishga olib keladi. Bunday xatoning oldini olish uchun so’z bo’g’inlab
o’qitiladi, so’zni bo’g’in-tovush tomondan tahlil qilishga, tovush-harf tomondan
analiz va sintez qilishga diqqat qaratiladi.
O’qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun o’quvchilarning idroki, xotirasi,
tafakkuri va nutqini o’stirishga katta e’tibor berish kerak. Savod o’rgatishda
fonematik eshitish qobiliyatlarini o’stirishga, ya’ni tovushni aniq talaffuz qilishga,
boshqa tovushlardan farqlashga o’rgatish, bo’g’in yoki so’zdan o’sha tovushni ajrata
olish ko’nikmasini o’stirish muhim sanaladi.
Fonematik eshitish imloviy malakani hosil qilishning muhim shartidir. Shu
bois savod o’rgatish davrida eshitish idrokini o’stirish uchun ham maxsus xilma-xil
mashqlar o’tkazib borish maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida o’quvchilar ruchkani to’g’ri ushlashni, daftarni to’g’ri
qo’yishni, harfni yozishda yozuv chiziqlari, ular bo’ylab qo’lni harakatlantirishni
esda saqlashi, harfni harfga qanday ulash, qatorga sig’ish-sig’masligini mo’ljallashi
lozim. Bu jarayon o’quvchini aqliy va jismonan charchatadi, ayniqsa, ularning
barmoq va yelka muskullari charchaydi. Shuning uchun ham darsda ikki-uch marta
daqiqali jismoniy mashqlar o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Yozuv jarayonida o’quvchi ruchkani qog’oz ustida sekin, ishonchsizlik bilan
qimirlatadi, bir harfni yozib to’xtaydi va namuna bilan solishtiradi, ba’zan chiziqdan
chiqib ketadi, noto’g’rilarini bo’yab, to’g’rilaydi. Bunda u o’qituvchiga har
daqiqada murojaat qiladi, uning qo’li va boshi yozishda birgalikda harakat qiladi.
Yozuv jarayoni o’quvchilarning ongli harakat qilishlarini ham talab etadi. Shu
sababli o’qituvchi yozuv jarayoniga sabr-qanoat bilan katta e’tibor qaratishi juda
muhim. Yozuvning chiroyli va imloviy jihatdan to’g’ri bo’lishi savodxonlikning
yuksak belgisidir.
Savod o’rgatish metodlarining qiyosiy-tanqidiy tahlili
Eski maktabda o’qish bilan yozish bir vaqtda o’rgatilmagan, avval faqat
o’qish o’rgatilgan. O’qish hijo (bo’g’in) usuli bilan o’rgatilgan. O’qishga
o’rgatishning ,,hijjai qadimiy" deb atalgan usuli uzoq vaqtlar davomida hech qanday
o’zgarishsiz davom etib kelgan.
Hijo usulida o’qishga o’rgatishni 3 bosqichga bo’lish mumkin:
1-bosqich. Harflarning nomini yodlatish (,,harfiy metod"). Bu
metodning mohiyati quyidagilardan iborat bo’lgan: bir necha yildan beri o’qiyotgan
bolalar maktabxonaga yangi kelgan bolaga bir necha kichik-kichik surani og’zaki
yodlatgan. Bola aytayotgan suradagi so’zlarining ma’nosini tushunmay, suralarni
birin-ketin yodlab olgan, bu orada taxminan bir yilga yaqin vaqt o’tgan. Shundan
keyin arab alifbosi yodlatila boshlangan; bola uyidan har ikki tomoni randalanib
silliqlangan maxsus taxta olib kelgan. Maktabdor taxtaning bir tomoniga qora siyoh
bilan 28 ta arabcha harfning yolg’iz shaklini alifbo tartibida bandlarga bo’lib yozib
bergan.
Maktabdor birinchi banddagi harflarning nomini alif, be, te, se deb aytgan.
Bola domlaga ergashib takrorlagan, ayta olmasa, domla yana aytgan va shuni
yaxshilab o’rganishni vazifa qilib topshirgan. Bola birinchi bandni yodlab olgach,
ikkinchi bandni shu tariqa yodlagan. Bolalar 28 harf nomini 5—6 oyda zo’rg’a bilib
olganlar, ularning ko’pchiligi harflarning nomini yodlab olsalar ham, qaysisi be,
qaysisi se ekanini ko’rsatib bera olmaganlar. Ayrim domlalar, otinoyilar yosh
bolalarning eslab qolishiga yordam berish maqsadida har bir harf uchun shartli
iboralar o’ylab topganlar (uzunchoqqina alif, bittagina be, ikkitagina te, uchtagina
se kabi). "2-bosqich. Bo’g’in hosil qilish. Harflar nomi yodlab bo’lingach, bo’g’in
hosil qilishga, ya’ni ,,zer-u zabar" ni o’rgatishga o’tilgan. Eski maktabda ,,zer-u
zabar" (zabar, zer, pesh) har xil o’rgatilgan. Masalan, ba’zi domlalar (be, zabar-ba),
be-zer-bi, be-pesh-bu, te-zabar-ta kabi o’rgatsalar, boshqalari be zabar ba, te zabar
ta kabi, yana birovlari be-zabar-a; zer-i, pesh-u; te-zabar-a, zer-i, pesh-u deb
o’rgatganlar.
Maktabxonada ,,zer-u zabar" quruq yodlatilgan, nimaga xizmat qilishi
aytilmagan. Aslida esa bu belgilarning ma’lum xizmati bor:
* Mazkur mavzu U.Abdullayevning ,,Eski maktabda xat-savod o’rganish"
(,,O’rta va oliy maktab" nashriyoti, 1960) kitobi asosida yoritildi.
zabar (fatha)—undosh harf ustidagi urg’u belgisiga o’xshash chiziqcha
bo’lib, undoshga a unli tovushini qo’shib aytish zarurligini ko’rsatadi; zer (kasra)
undosh harf ostidagi chiziqcha bo’lib, shu undoshga i unli tovushini qo’shib aytish
kerakligini bildirsa, pesh (zamma) esa undosh harf ustiga qo’yiladigan belgi bo’lib,
shu undosh tovushga u unlisini qo’shib aytish zarurligini ko’rsatadi. Demak, arabcha
matnlarni o’qish uchun ,,zer-u zabar"ni bilish juda zarur bo’lgan, ammo o’qishga
o’rgatish anglab o’qishga asoslanmagani uchun bolalar mim zabar ma, mim zer mi,
mim pesh mu deb yodlaganlar, ,,zer-u zabar"ning mohiyatini anglamaganlar.
3-bosqich. Bo’g’inlarni qo’shish. Eski maktabda bo’g’inlarni qo’shish
,,abjad" bilan boshlangan. Maktabdor taxtaning ikkinchi tomoniga arab tili
alfavitidagi 28 ta harf jamlangan 8 so’zni ,,zer-u zabar" bilan yozib bergan. Bolalar
bu 8 ta so’zni birin-ketin hijo usulida o’qib yodlab olganlar. Masalan, abjad so’zi
alifga zabar qo’yib, begi urishtirilsa ab, jadga zabar qo’yib, Abga urishtirilsa harf,
bularning ikkisidan abjad hosil bo’lgan.
Abjaddan keyin eski maktab o’quv kitobi bo’lgan ,,Haftiyak"ka o’tilgan.
,,Haftiyak"dagi suralar ham ,,Abjad"dagi kabi hijo usulida o’qitilgan. Bolalar
,,Haftiyak"ning bir betini hijo usulida o’qish uchun juda ko’p vaqt va kuch
sarflaganlar.
So’zni hijo usulida o’qishda avval so’zdagi birinchi undosh harfning, keyin
ikkinchi undosh harfning nomini aytib, unga zarur harakatni qo’yib hijo hosil
qilingan. Shu usulda navbatdagi harflardan ham hijo hosil qilinib, hijolarni bir-biriga
qo’shib, bu so’z bir butunicha aytilgan. So’zni hijo usulida o’qishda tovush emas,
balki shu tovushni ifodalovchi harfning nomi asos qilib olingan. So’zni tovush
jihatidan tahlil qilishga old hech qanday ish qilinmagan, tovushlarning qo’shilishi
bolalarga tushunarli bo’lmagan, bolalar so’zdagi har bir harf ma’lum bir tovushni
bildirishini mutlaqo anglamaganlar. Hijo usulida o’qishga o’rgatish, birinchidan,
mexanik ravishda bo’lib, ayni bir narsani qayta-qayta aytishga majbur qilingan,
ikkinchidan, bola o’zi aytgan so’zining ma’nosini tushunmay, maktabdordan
eshitganini takrorlayvergan.
,,Haftiyak"ning keyingi ayrim suralari so’zni yaxlit ,,o’qish" usulida olib
borilgan, aniqrog’i bola o’qimagan, eshitganini yodlagan. Natijada bolalar
maktabxonada o’qiganlarini o’zi o’qib yurgan kitobidan ,,o’qib bergan", ammo
ularning qo’liga maktabda o’qilmagan boshqa bir kitob berilsa, uni o’qiy olmagan;
eski maktabda 6—10 yil muntazam o’qigan bolalarning juda ko’p deganda 4—5
foizigina o’qish va yozish ko’nikmasini hosil qilgan.