BOSHLANG’ICH SINFLARDA “OT” MAVZUSINI O’RGATISH
METODIKASI MAVZUSIDAGI
KURS ISHI
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. Boshlang’ich sinflarda “ot” so’z turkumini o’rgatish
metodikasi .
1.1
So’z turkumini o’qitish metodikasi
1.2
Ot so’z turkumini o’qitish metodikasi
II BOB. OTLARNING MA’NO TURLARI VA OT MAVZUSIGA
DOIR
NAMUNALAR
YORDAMIDA
O’QUVCHILAR
SAVODXONLIGINI OSHIRISH
2.1
Otlarning ma’no turlari haqida ma’lumot
2.2 Boshlang’ich sinf darsligidagi “ot “ mavzusiga doir namunalar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbеkistоn yuksаk dаrаjаdа tаrаqqiy etgаn
iqtisоdi bilаnginа emаs, bаlki bilimdоn, mа’nаviy jihаtdаn yеtuk fаrzаndlаri
bilаn hаm jаhоnni qоyil qilishi lоzim Bu yuksаk vа ulug’vоr vаzifаni
muvаffаqiyatli hаl etishdа хаlqning milliy mаdаniyati vа o‘zigа хоsligini ifоdа
etuvchi vоsitа bo‘lmish o‘zbеk tilini rivоjlаntirish bu tilning dаvlаt mаqоmini
izchil vа to‘lа ro‘yobgа chiqаrishning eng zаrur chоrаlаridаn biri sаnаlаdi.
Kurs ishining maqsadi: Mаktаb оnа tili tа’limining mаqsаdi
o’quvchilаrning nutqiy fаоliyatini rivоjlаntirishgа qаrаtildi. Оnа tili
mаshg’ulоtlаridа nutqning аsоsiy хоm аshyosi so’z ustidа ishlаsh,
o’quvchilаrning lug’аt bоyligini оshirish, so’zdаn to‘g‘ri vа o‘rinli fоydаlаnish
mаlаkаlаrini tаkоmillаshtirish–tа’limimiz оldidа turgаn muhim vаzifаdir.
Kurs ishining obyekti : ot so’z turkumi mavzusini o’quvchilarga
o’rgatish. Axborot kommunikatsion texnologiya (taqdimot, slayd va h.k.) lardan
foydalanib darsni samarali o’tishga erishish.
Kurs ishining predmeti: Mavzu bo’yicha o’quvchilarga ma’lumotlar
berish va mavzuni mustahkamlash.
Kurs ishining vazifalari: Ot so’z turkumini o’rgatish orqali bolalarning
og’zaki va yozma nutqini o’stirish.
Ko’p hоllаrdа оnа tili o’qituvchilаri o’quvchilаr nutqidаn nоliydilаr-u,
аmmо uning sаbаblаri хususidа puхtа o’ylаb ko’rmаydilаr. Buning ildizlаri
o’quvchilаrdа so’z zахirаsining yеtаrli emаsligidа dеb bilmаydilаr.
O’quvchilarda so’z turkumlarini bilish ko’nikmasi ularning belgilari
yig’indisini egallashlari asosida shakllantiriladi.
Masalan, gul, guldor, gulladi so’zlarining qaysi so’z turkumiga kirishini
bilish uchun o’quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? – gul, bu so’z narsani
bildiryapti, ko’plikda qo’llanadi – gullar, bu ot; guldor so’zi qanday? so’rog’iga
javob bo’lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so’zi nima
qildi? so’rog’iga javob bo’lyapti, narsaning holatini bildiryapti, bo’lishsiz
shaklda qo’llanadi – gullamadi, bu – fe’l
3
1.
So’z turkumini o‘qitish metodikasi.
So’z turkumlarini o’rganishdagi asosiy vazifa o’quvchilarning og’zaki va
yozma nutqini o’stirish, lug’atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish,
o’quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so’zlarning ma’nosini aniq
tushunishiga erishish, bog’lanishli nutqda u yoki bu so’zdan o’rinli foydalanish
malakasini o’stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun
so’z turkumlarini o’rganish jarayonida sinonim, antonimlar (terminlar
berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o’quvchilar ko’p
ma’noli so’zlar, ularning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishi bilan
tanishtiriladi. Bunda ta’limni o’quvchilarnipg shaxsiy tajribalari, bevosita
ko’rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog’lash
muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko’nikmalarini
shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda
ularning nutqini o’stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
“Ot” mavzusini o’rganish tizimi maqsadga yo’naltirilgan jarayon bo’lib,
bunda shu so’z turkumining umumlashtirilgan ma’nosi va grammatik belgilari
aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog’liqlikda o’rganiladi,
shuningdek, otdan nutqda to’g’ri foydalanish va to’g’ri yozish malakasini
shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi.
Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o’rganish vazifalari,
o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun
material hajmi, ularni o’rganish izchilligi belgilangan.
1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so’rog’iga javob bo’lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima?
so’rog’iga javob bo’lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan)
otlarni farqlash ko’nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo’yilgan
nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasini
shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko’plikda qo’llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo’shimchalari bilan to’g’ri qo’llash ko’nikmasini
shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining
yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o’quvchilar lug’atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq,
o’rinli foydalanish malakasini o’stirish;
8) so’zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Bu vazifalarning har biri alohida emas, balki bir-biri bilan o’zaro bog’liq
holda hal etiladi. Shu bilan birga, “Ot” mavzusini o’rganishning muayyan
bosqichida bajarish lozim bo’lgan bir vazifani hal qilishga ko’proq ahamiyat
beriladi. O’quvchilarning nutqi va tafakkurini o’stirish vazifasi esa mavzuni
o’rganishning barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni
o’rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o’quvchilar
lug’atini boyitishga, bog’lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini
o’stirishga qaratiladi.
O’quvchilarda so’z turkumlarini bilish ko’nikmasi ularning belgilari
yig’indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, guldor, gulladi
so’zlarining qaysi so’z turkumiga kirishini bilish uchun II sinf o’quvchisi
quyidagicha fikr yuritadi: nima? – gul, bu so’z narsani bildiryapti, ko’plikda
qo’llanadi – gullar, bu ot; guldor so’zi qanday? so’rog’iga javob bo’lyapti,
narsaning belgisini bildiryapti, bu – sifat; gulladi so’zi nima qildi? so’rog’iga
O‘quvchilar nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining
grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha boradi.
Dasturga ko‘ra, 1-2-sinflarda so‘zlar javob bo‘ladigan morfologik
so‘roqlarga qarab tasnif qilinadi. 3-sinfda “so‘z turkumi” tushunchasi
shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xos ayrim belgilar (so‘z
turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, sotlarning birlik va
ko‘plikda qo‘llanilishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning
gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi.
4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi
bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlaning egalik va kelishiklar bilan
o‘zgarishini, sifat va sonning gapdagi vazifasi, kishilik olmoshlari va ularning
kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.
Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari
yuzasidan bilimlarning hajmi ko‘rsatilgan (1-jadval)
O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari
yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi.
Masalan, gul, guldor, guladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini
bilish uchun: nima? –gul, bu so‘z predmet bildirayapti, ko‘plikda qo‘llanadi –
gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? So‘rog‘iga javob bo‘layapti, predmet
belgisini bildirayapti, bu sifat; gulladi so‘zi nima qildi? So‘rog‘iga javob
bo‘layapti, predmet holatini bildirayapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llaniladi –
gullamadi, bu fe’l.
O‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga
bo‘linishi bilan maxsuslashtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni
so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi.
Masalan, o‘quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe’l gap bo‘lagi vazifasida
kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va
yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish,
o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq
tushunishga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish
malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun
so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar
berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar,
ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni
o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari,
kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini
shakllanitrish, atrof-muhit haqidagi bilimlarni boyitish bilan bir vaqtda ularning
nutqini o‘stirish vazifasini ham amalga oshiriladi.
Ot so’z turkumi o’qitish metodikasi
So‘z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma’nolari va grammatik belgilari
bilan ajralib turadi. Barcha otlarning umumiy leksik ma’nosi shaxs va narsani
ifodalash hisoblanadi.
Ot jonli mavjudotlar (kishi, qush, hayvon, asalari), yer va osmonga oid
narsalar (quyosh, yulduz, daryo, tog’), o’simliklar (paxta, beda, gul), voqealar
(yig’in, majlis), tabiat hodisalari (shamol, bo’ron, yomg’ir, momaqaldiroq),
belgi- xususiyat (ahillik, kuchlilik, samimiyat), harakat-holat (uyqu, sevinch,
kurash), o’rin va vaqt (yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi.
Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko’plikda qo’llanadi, egalik
qo’shimchalari bilan o’zgaradi, kelishiklar bilan turlanadi, gapda ko’proq ega,
to’ldiruvchi, aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda
sifat, son, olmosh, fe’l bilan birika oladi.
Otning ma’nolari va grammatik belgilari xiyla murakkab, shuning uchun
ham ot haqidagi bilim o’quvchilarda amaliy vazifalarni bajarish jarayonida asta
shakllantira boriladi.
Otni o‘rganishda izchillik. Otni o'rganishga tayyorlov bosqichi
savod o'rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o'quvchilar shaxs-
narsalarni va ularning nomi bo'lgan so'zlarni farqlashga o'rganadilar, so'zning
leksik ma’nosiga e’tibor ko'proq qaratiladi, ma’nolarini hisobga olgan holda
so'zlar (qushlar, meva va sabzavot- lar, kiyimlar va hokazolarni bildirgan
otlar)ni guruhlash ko'nikmasi shakllantiriladi. So'zlarni leksik ma’nosi asosida
guruhlash mashqlari otlarni taqqoslash, o'xshash tomonlarini aniqlash,
umumlashtirish ko'nikmasini o'stiradi. Shunga qaramay, grammatik tushunchani
shakllantirish uchun o'quvchilar so'zning aniq ma’nosini yetarli bilmaydilar,
so'zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini
ham o'zlashtirish zarur.
Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida
maxsus ishlanadi (kim?'yoki nima? so'rog'iga javob bo'lishi, shaxs, narsani
bildirishi tushuntiriladi). O'quvchilar kim? so'rog'iga
javob bo'lgan otlarni nima? so'rog'iga javob bo'lgan otlardan farq- lashni,
ularni so'roq berish bilan ajratishni o'rganadilar, o'quvchilarda mavhum
grammatik tafakkur o‘sa boradi, ularda atoqli otlarni bosh harf bilan yozish
ko'nikmasi shakllana boradi.
2-sinfda otlaming leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar (atamasiz)
haqidagi bilim chuqurlashtiriladi.
,,Ot“ tushunchasini shakllantirish uchun shu so'z turkumiga kiradi- gan
otlarni asosiy leksik guruhlarga ajratish, barcha otlarga xos bo'lgan belgilarni,
ularning nutqimizdagi o'rnini ko'rsatish muhim ahami yatga ega. Shu maqsadda
mavzuni o'rganishga bag'ishlangan birinchi darslardayoq shaxs va narsani
bildiradigan so'zlar bir tizimga solinadi, kishilami, buyum, o'simliklar va
hayvonlami, tabiat hodisalarini, voqealami bildiradigan so'zlar guruhlarga
ajratiladi. Shu so'zlaming hammasi uchun umumiy bo'lgan belgilar aniqlanadi:
bu so'zlar shaxs, narsalarni bildirib kim?yoki nima?so'rog'iga javob bo'ladi.
Dasturga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilarini sifat va boshqa so'z
turkumlaridan yasalgan mavhum ma’nodagi (yaxshilik, go'zallik, ishonch,
sevinch, o'kinch, qo‘rqinch, tayanch kabi) otlar bilan ta nishtirish talab
etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o'quvchilar qiziqib so'rasalar, otning
bolalar o'rgangan belgilari asosida (nima?so'rog'iga
javob bo'lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi. 3-sinfda „Otlar, ya’ni otlaming
birlik va ko'plikda qo'llanishi" ustida ishlash jarayonida o'quvchilarda: 1) birlik
va ko'plikda qo'llangan otlaming ma’nosi va qo'shimcha orqali farqlash, 2)
birlikdagi oldan ko'plik shaklidagi va, aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi
ot hosil qilish, 3) gapda so'zlaming bog'lanishini hisobga olgan holda, otlardan
nutqda to'g'ri foydalana olish ko'nikmalari shakllantiriladi.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi taqqoslash usulidan foydalanib
tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday bir necha predmetni
bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar —daftarlar, qalam — qalamlar, nok —
noklar kabi. Suhbat asosida daftar so'zi nechta (bitta) predmetni va daftarlarso'zi
nechta (ikki va undan ortiq) predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so'zlar
bilan ham shunday ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar
iimumlashtiriladi: agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo'llanadi, agar ikki
va undan ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko'plikda qo'llanadi. Ko'plikdagi otni
yasash uchun birlikdagi otga -lar qo'shimchasi qo'shiladi. Birlikdagi otlar kim?
yoki nima? so'rog'iga, ko'plikdagi otlar esa kimlar? yoki nimalar? so'rog'iga
javob bo'ladi.
Bu sinf o'quvchilariga faqat birlikda qo'llanadigan otlar. birlik shaklida
qo'llangan armiya, qo'shin, xalq kabi otlar ko'plik ma’nosini bildirishi, bunday
otlarga ko'plik qo'shimchasi qo'shilganda anglata- digan ma’nosi maxsus
tushuntirilmaydi. Agar o'quvchilar bu haqda savol bersalar, soddagina shaklda
tushuntirish mumkin.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishini kuzatish aslida so'z shakli ustida
ishlashning boshlang'ich bosqichi hisoblanadi. Bunda o'quvchilar otlarni ko'plik
qo'shimchasi bilan o'zgartirish, ya’ni otga shakl yasovchi qo'shimcha qo'shish
bilan so'zning leksik ma’nosi o'zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
Otlaming egalik qo'shimchalari bilan qoMlanishiiii o'rgatish. Bn mavzu
boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun muiakkab hisoblanadi, chunki bu mavzu
o'rganilgunga qadar, o'quvchilar „shaxs" tushunchasi bilan hali tanishtirilmagan,
kishilik olmoshlarini hali o‘rganmagan bo'ladilar. O'quvchilarga egalik
qo'shimchasi shaxs, narsa birlik va ko'plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli
ekanini bildirishini tush untirish qiyin. Shularni hisobga olib, o'quvchilarni
otlarning egalik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'zgatishda o'qituvchi ishni
sar- lavhadagi „egalik" so'zining leksik ma’nosini tushuntirishdan bosh- lashi
maqsadga muvofiq: „egalik" ega bo'lish, qarashlilik, tegishlilik, oidlik
ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo'shimchasi deganda biror narsaga ega
bo'lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini bildiradigan
qo'shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo'shimchalari bilan qo'llanadi. Otga
qo'shilgan egalik qo'shimchasi shu ot ifodala-
gan shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi
ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o'qigan kitobim juda qiziqarli
ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi ham qiziqarli edi.
Kitobim, kitobing, kitobi so'zlari so'z tarkibiga ko'ra tahlil qili nadi va
o'quvchilar kitob —o'zak, -im, -ing, -i qo'shimcha ekanini aniqlaydilar.
O'qituvchi kitob va kitobim so'zlarini taqqoslashni, -im qo'shimchasining
ma’nosi haqida o'ylab ko'rishni topshiradi, muammoli vaziyat yaratadi;
o'quvchilar qo'shimchaning ma’nosi haqida fikr yuritadilar, ammo kitobim
so'zining ma’nosiga (mening kitobim —kitob meniki) tushunsalar ham,
fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O'qituvchi qisqa tushuntiradi:
—Tilda uchta shaxs mavjud: I shaxs - so'zlovchi
II shaxs —tinglovchi
III shaxs —o'zga
Hozir men sizga so'zlayapman, tushuntiryapman, demak, men —
so'zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir
tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) —o'zga hisob lanadi. Siz otlar
birlik va ko'plik sonda qo'llanishini bilasiz. Ma’lumki, biror narsa bir shaxsga
yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo'lishi mumkin. Mana shu
ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik yoki ko'plikdagi uch shaxsdan
biriga qarashli ekanini otga qo'shilgan egalik qo'shimchalari bildiradi. Masalan,
kitobim so'ziga qo'shilgan -im qo'shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli
ekanini, ya’ni kitobing egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo'shimchalari
ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz so'zidagi -imiz qo'shimchasi kitob
so'zlovchi shaxsga, shu bilan birga, ko'p shaxsga (ko'p so'zlovchiga) tegishli
ekanini bildiradi (-ingiz, -i goShimchalari ham shunday tushunti riladi). Qisqa
xulosa chiqariladi: otlarga qo‘shilgan mana shunday qo'shimchalar egalik
qo'shimchalari deyiladi. Egalik qo'shimchalari tegishlilik, egalik ma’nosini
bildiradi.
Egalik qo'shimchalari otlarga ikki variantda qo'shiladi. Akam va kitobim,
akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan
tugagan otlar so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi, qo'shimchalar taqqoslanadi,
suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -
ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo'shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan
tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo'shimchalari qo'shiladi.
Shundan so'ng o'quvchilar „Ona tili" darsligidagi qoidani o'rganadilar, jadvalni
tahlil qiladilar.
O'quvchilarga egalik qo'shimchalari haqidagi ko'nikmani shakl lantirish
uchun matndan egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan otni topish, uni tarkibiga
ko'ra tahlil qilib, egalik qo'shimchasining shaxs- sonini aniqlash, matnda
berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo'shimchasini qo'shish, narsa qaysi
shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo'shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlaming
kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida egalik qo'shimchasi bilan
qo'llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitob ning muqovasi,
Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini
o'rganish jarayonida esa egalik qo'shimchasi bilan kelgan ot qaratqich
kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog'lanib, so'z birikmasi hosil qilishi haqida
bilim beriladi.
Otlaming kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'rgatish. Kelishiklar
sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlaming gapda boshqa so'zlar bilan
munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o'rgatishda o'quvchilaming gapda
so'zlaming bog'lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni
o'quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog'langan so'zlarni (so'z
birikmalarini) ajratishga o'rganganlaridan so'ng boshlanadi. Kelishiklar ustida
ishlash gapda so'zlaming bog'lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bil ish
uchun o'quvchi ot gapda qaysi so'z bilan bog'langanini aniq bilishi kerak. Ot
gapda boshqa so'zlar bilan bog'langanda qo'shimchalar bilan o'zgarishi ancha
oldindan kuzatib boriladi. Aslida o'quvchilar
1-sinfdayoq so'z shakllarining o'zgarishi bilan amaliy tanishadilar, ammo
ular so'z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O'quvchilar keyingi sinfda shakl
yasovchi (so‘z o'zgartuvchi) qo'shimchalar bilan tanishadilar, bu qo'shimchalar
gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishini tushunadilar.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda ot ning
kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini to'g'ri
yozishga o'rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi:
1) otlaming kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rgatish;
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan bog'liq
holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida ko'nikma hosil qilish.
Otlaming kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi — turlanish haqida
tushuncha berish bilan o'quvchilarga kelishik qo'shimchalari gapda so'zlarni
bog'lash uchun xizmat qilishi, o'zbek tilidagi olti keli shik, ularning nomi,
so'roqlari, qo'shimchalari va joylashish tartibi tushuntiriladi.
O'quvchilar turlanish bilan kelishiklaming mohiyatidan kelib chiqib gapni
tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega va kesim) va so'z
birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa har xil so'zlar bilan shakl
yasovchi qo'shimachalar (ning, -ni, -go, -da, -dan) yordamida bog'lanishini
kuzatadilar, bu qo'shimchalar keli shik qo'shimchalari ekanini, otlaming kelishik
qo'shimchalari bilan o'zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga
kelishiklaming
joylashish tartibi, so'roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklaming
aniq qo'shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida
tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa keli shikdagi
otlar esa ikkinchi darajali bo'lak vazifasida kelishi bilan ham tanishtiriladi.
O'quvchilar o'zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o'zlash- tirishda
foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta ahamiyat beriladi.
Bajarilgan ish yozib boriladi: o'quvchilar awal gapda ot bog'langan so'zdan shu
otga savol beradilar va savolni qavs ichiga yozadilar; keyin so'roqqa qarab
kelishikni aniqlaydilar. Masalan, o'qidi (nimani?) — kitobni, tushum kelishigi).
Ular buni yaxshi o'zlashtirganlaridan so'ng, mashq tez bajariladi, yozish talab
etilmaydi.
Ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rganishda nutqda ko'plikdagi otlardan
to'g'ri foydalanish ko'nikmasini takomillashtirish maqsadi ko'zda tutiladi. 0
‘quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi ot ning so‘rog‘ini va bitta shaxs,
narsani bildirishini aytadilar, (nima? —kitob, kim? —o'quvchi); o‘qituvchi agar
shu ot ikki va undan ortiq, shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so‘roqqa javob
bo'lishini, qaysi kelishikni bildirishini so'raydi, ular qiynalmay javob beradilar
(nima lar? —kitoblar, kimlar? —o'quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko'plikdagi
otlar bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so'rog'iga javob bo'ladi. O'quvchilar
otlaming kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib, shu otlarni ko'plikda
turlaydilar va ko'plik qo'shimchasi doim kelishik qo'shimchasidan oldin
qo'shilishini, so'roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikni alohida o'rganishning vazifasi kelishikni o'r ganish bilan
bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi ha qidagi malakani
shakllantirish va o'quvchilaming kelishiklar bilan turlangan otlardan ongli
foydalanishlariga erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so'roqlardan foydalaniladi. Buning
uchun o'quvchilar, birinchidan, so'roqni otning yakka o'ziga emas, balki gapda
ot ma’no tomondan bog'langan so'zdan shu otga berishni o'rganishlari,
ikkinchidan, kelishiklaming so'roqlarini yaxshi bilishlari zarur. Kelishiklarni
o'zlashtirishda gapning asosini aniqla- gach, gapda o'zaro bog'langan so'zlarni
(so'z birikmalarini) belgilash, ot bog'langan so'zni topish, so'roq berib, qaysi
kelishik bilan turlan- ganini, birlik yoki ko'plikda qo'llanganini aniqlash
izchilligida ishni uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni
muzeyga taklif qildi. Gap Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher — ega (bosh
kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) — taklif qildi — kesim; taklif qildi
(kimni?) — Nodirni (ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi (nimaga? yoki
qayerga?) —muzeyga (ot, jo'nalish kelishigida, birlik).
Kelishiklaming xususiyatlarini o'rganishga qulaylik yaratish uchun har bir
kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o'rganish maqsadga muvofiq:
1. Kelishikning grammatik ma’nosi. 2. So'roqlari.
3. Qo'shimchasi.
4. Gapdagi vazifasi.
Kelishiklarni shu tarzda o'rganish ularni o'zaro taqqoslashni
yengillashtiradi va ongli o'zlashtirishni ta’minlaydi.
Bir kelishik o'zining muhim belgilari (ma’nosi, so'rog'i, qo' shimchasi,
sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelishiklardan farqla- nadi. Muayyan bir
kelishikdagi otdan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini to'g'ri yozish
uchun o'quvchilar kelishiklaming mu him belgilarini puxta o'zlashtirishi talab
etiladi, shuning uchun ham kelishiklaming muhim belgilarini o'zlashtirib, bir
kelishikni ikkin chisidan farqlash ko'nikmasini shakllantirishga katta o'rin
beriladi.
Bosh kelishikning xususiyatlarini o'rganish bilan otning kelishik
qo'shimchasi yo'q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot boshqa so'zni
o'ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so'roqlariga javob bo'lishi,
gapda ega vazifasida kelishi haqida o'quvchilarda ko'nikma hosil qilinadi;
lug'atlarda otlar bosh kelishik shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi,
ba’zan egalik qo'shimchasi olib qo'llanishi bilan tanishtiriladi.
O'quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiyna- ladilar, bir
qo'shimcha o'rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu keli shiklaming xususiyatlarini
o'rganishda bunday qiyinchilikning oldini olish va o'quvchilarda kelishiklardan
to'g'ri foydalanish ko'nikmasini hosil qilish maqsadi ko'zda tutiladi. Bu
maqsadga erishish uchun bu ikki kelishikning ma’nosi, so'roqlari, qo'shimchasi
va gapdagi vazifasi taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi.
Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma’nosini bildirib, gapda
boshqa otga bog'lanadi, u bog'langan ot egalik qo'shimchasi bilan qo'llanadi
(o'quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar) ning?, nima(lar)ning?,
ba’zan qayerning? so'roqlariga javob bo'ladi; 3) -ning qo'shimchasi bilan
qo'llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keladi.
Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o'ziga olgan shaxs, narsa
ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog'lanadi (vazifani ba- jardim, kitobni
o'qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni?ba’zan qayemi? so'roqlariga javob
bo'ladi; 3) -ni qo fchimchasi bilan qo'llanadi; 4) gapda
ikkinchi darajali bo'lak vazifasini bajaradi.
O'quvchilaming bu ikki kelishik qo'shimchasidan nutqda to'g'ri
foydalanish va ulami to'g'ri yozish haqidagi bilimini takomillash tirish
uchun gapda otning qaysi so'z bilan bog'langanini aniqlash, so'roqlar o'rniga
gapning mazmuniga mos so'zni kelishik bilan turlab qo'yish, tushirib qoldirilgan
kelishik qo'shimchalaridan mosini qo'yib ko'chirish, tanlab ko'chirish
mashqlaridan, saylanma va eslatish dik- tantlaridan ko'proq foydalaniladi.
Boshlangich sinflar dasturiga ko'ra, o'quvchilarni qaratqich va tushum
kelishigida otning belgisiz qo'llanishi bilan tanishtirish tavsiya etilmaydi.
Ot yasovchi qo’shimchalar
Shaxs oti yasovchi affikslar:
- chi: ot, sifat, son va harakat nomidan ot yasaydigan serunum affiksdir:
ov+chi,
ish+chi, a’lo+chi, yolg‘on+chi, ikki+chi, ellik sentner+chi, kurash+chi,
o‘quv+chi. Bu otlar umumiy ma’nolariga ko‘ra bir necha uyadosh guruhlarni
tashkil etadi:1) kasb, mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs otlari: ishchi,
neftchi, sportchi, qo‘shiqchi, bo‘zchi, hisobchi, tunkachi, tilchi; 2) asosdan
anglashilgan harakat va hodisada ishtirok etuvchi shaxs otlari: jangchi, isyonchi,
hasharchi; 3) asosdan anglashilgan harakat va hodisa bilan shug‘ullanuvchi
shaxs oti: respublikachi, himoyachi, xabarchi kabilar shular jumlasidandir.–chi
af-fiksi ba’zi ot yasovchilar bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Shu bois ular
qo‘shilgan o‘zakdosh so‘zlar sinonimik munosabatda bo‘ladi: chorva+ chi-
chorva+dor, ko‘mak+chi-ko‘mak+dosh, mehnat+chi-mehnat+kash, til+chi-
til+shunos. Bu affiks so‘roq, taajjub, kuchaytiruv ma’nolarini anglatuvchi - chi
yuklamasi bilan shakldoshdir: terim+chi, terim-chi.
-dosh: otdan birgalik, sheriklik, umumiylik kabi ma’noga ega bo‘lgan ot
yasaydi: vatandosh, zamondosh, safdosh, sirdosh. Bu affiks ba’zan tojikcha
ham- old yasovchi qo‘shimcha bilan ma’nodoshlikka ega bo‘ladi: kasbdosh-
hamkasb, suhbatdosh- hamsuhbat.
-kash: otdan kasb-hunar, xususiyat otlarini yasaydi: aravakash, meh-
natkash, qalamkash. Bu affiks otdan sifat yasovchi - kash qo‘shimchasi bilan
shakldoshdir. Qiyoslang: pastkash, dilkash, dardkash.
-bon: ot asosdan anglashilgan narsani saqlovchi, parvarishlovchi shaxs
otini yasaydi: bog‘bon, qo‘ychibon\qo‘ychivon, darvozabon.
-boz: ot asosdan anglashilgan narsa, mashg‘ulot bilan shug‘ullanuv-chi
otni yasaydi: dorboz, kaptarboz, nayrangboz, qilichboz.
-paz: ot anglatgan narsani pishiruvchi shaxs otini yasaydi: oshpaz,
somsapaz, kabobpaz.
-dor: ot anglatgan narsaga ega bo‘lgan shaxs otini yasaydi: chorvador,
mansabdor, puldor, amaldor. Bu affiks sifat yasovchi –dor bilan shakldoshdir:
aydor, rangdor.
-shunos: biror soha bilan shug‘ullanuvchi shaxs otini yasaydi: tilshunos,
tabiatshunos.
-xon: asosdan anglashilgan narsaning doimiy o‘quvchisi ma’nosi-dagi ot
yasaydi: kitobxon, duoxon, gazetxon.
-soz: ot anglatgan narsaning tuzatuvchisi, yaratuvchisi ma’nosidagi ot
yasaydi: soatsoz, mashinasoz, asbobsoz.
-do‘z: ot anglatgan narsani tayyorlovchi shaxs otini yasaydi: etikdo‘z,
maxsido‘z, do‘ppido‘z.
-gar: asosdan anglashilgan narsaga bog‘liq kasb bilan shug‘ullanuv-chi
shaxs otini yasaydi: zargar, savdogar, miskar, kimyogar.
-xo‘r: asos anglatgan narsani doim iste’mol qiluvchi, oluvchi shaxs otini
yasaydi: choyxo‘r, poraxo‘r, araqxo‘r, tekinxo‘r.
-parast: asosdan anglashilgan hodisaga e’tiqod qiluvchi shaxs otini
yasaydi: budparast, otashparast, maishatparast.
-go‘y: asos anglatgan narsani aytib turuvchi shaxs otini yasaydi:
nasihatgo‘y, maslahatgo‘y, xushomadgo‘y.
-furush: asos anglatgan narsani sotuvchi shaxs otini yasaydi: chinnifurush,
paxtafurush, mevafurush.
-vachcha: asos anglatgan kishilarga qarindosh bo‘lgan shaxs otini yasaydi:
boyvachcha, ammavachcha, xolavachcha, amakivachcha.
Qayd etilgan shaxs otini yasovchi affikslardan -kash, -bon, - paz, - shunos,
- xon, -soz, -do‘z, -gar (-kor), -xo‘r, -furush kabi affikslar fors-tojik tilidan
o‘zlashgandir. -uvchi-ovchi: fe’l asosdan anglashilgan harakatni bajaruvchi
shaxs otini yasaydi: uchuvchi, tinglovchi, sog‘uvchi, sotuvchi. Shuningdek, bu
affiks harakatni bajarishda vosita bo‘lgan narsa otini yasashda ham ishtirok
etadi: bog‘lovchi, zidlovchi, tuslovchi. 2. Narsa, qurol, o‘lchov birligi otlari
yasovchi affikslar. Bu guruh ot yasovchilar, asosan, fe’lning o‘zak-negiziga
qo‘shilib, ish - harakat bajarish uchun qo‘llanadigan narsa, harakat, holat
natijasi bo‘lgan otlarni yasaydi. Ular qatoriga
quyidagilar kiradi:
-k ( ik /-ak, - uk), - q (-iq, -oq): taroq, to‘siq, bo‘lak, chaqiriq, yutuq, o‘roq,
yotoq. -gi\ -ki\ -qi\ - g‘i\-g‘u: supurgi, cholg‘i, cholg‘u, chopqi, achitqi,
tomizg‘i.
- gich \-kich\-qich\-g‘ich: o‘lchagich, qirg‘ich, qisqich, o‘chirg‘ich. - m, -
im, -um: to‘plam, o‘ram, terim, chiqim; yutum.
- ma: tugma, to‘qima, qatlama, suzma, isitma, jamg‘arma.
- indi: yuvindi, chiqindi.
- qin, -qun, -g‘un: toshqin, to‘lqin, uchqun, qirg‘in. - indi: cho‘kindi,
yuvindi, chiqindi, yig‘indi.
- in\-un: yog‘in, yig‘in, bo‘g‘in, tugun.
- ch\-inch: sevinch, o‘kinch, qo‘rqinch.
- ish: qurilish, turlanish, kirish (muqaddima). - uv-ov: yozuv, kechuv,
qistov, maqtov.
3. O‘rin-joy oti yasovchi affikslar. Asosan otning leksik ma’nosi-dan
anglashilgan narsaning mavjud bo‘lish o‘rin-joyi bilan bog‘liq otlar yasaydi:
- loq (-lov): toshloq, qumloq, o‘tloq, yaylov. - zor: paxtazor, gulzor,
lolazor, bedazor.
- iston: O‘zbekiston, Guliston, qabriston.
- qoq\-g‘oq: botqoq.
- xona: oshxona, suratxona, muzxona. - goh: manzilgoh, oromgoh,
saylgoh.
4. Mavhum ot yasovchi affikslar sifat, ravish, son, ot, olmosh va fe’lning
o‘zak- negiziga, ba’zan modal so‘zlarga qo‘shilgan holda mavhum
tushunchalarni ifodolovchi otlar yasaladi:
- lik: yaxshilik, tezlik, birlik, otalik, o‘zlik, manmanlik, borliq, yo‘qlik.
- chilik: pillachilik, paxtachilik.
- garchilik: xafagarchilik, loygarchilik.
- izm: realizm, chorizm, terorizm.
- ch\ inch: sog‘inch, quvonch, sevinch, o‘kinch.
Otlarning leksik ma’nosiga qo‘shimcha modal ma’no qo‘shilishi bilan
hosil qilinadigan shakl modal shakl yasash deyiladi. Otlar o‘z leksik ma’nosiga
qo‘shimcha kichraytish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqlik kabi
modal ma’nolarni ifodalaydi.
Otlarda bu modal ma’nolar ikki xil usul bilan yasaladi: morfologik usul va
takrorlash usuli.
Morfologik usulga ko‘ra otning leksik ma’no ifoda etuvchi qismiga modal
shakl yasovchi affikslarni qo‘shish orqali modal ma’no yasaladi. Bu usulga
ko‘ra otlarning kichraytish, erkalash, hurmat kabi modal shakllari hosil qilinadi.
Otlarda modal shakl yasovchi affikslarga quyidagilar kiradi:
-cha: qizcha, uycha -chak, -choq: kelinchak, qo‘zichoq, toychoq -loq, -
aloq: joyloq, bo‘taloq, qizaloq -gina: bolagina, qizgina -xon, -jon, -oy, -boy:
otaxon, onajon, Ra’noxon, YUlduzoy, Karimboy.
Otni maxsus takrorlash yo‘li bilan gumon, kamsitish, umumlashtirish,
noaniqlik kabi modal ma’nolar yasaladi. Bu usulga ko‘ra modal shakl hosil
qilishda takrorlanuvchi qismda turli fonetik o‘zgarishlar yuz beradi:
1.Ot unli tovush bilan boshlanganda, takrorlanuvchi qism boshqa p, m, s,
ch, d, j, t tovush orttiriladi: un-pun, ot-pot, o‘rik-mo‘rik, irim-sirim, irim-chirim,
imi-dimi, alang- jalang kabi. oqsaqol, boy, qahramon, boboy, momoy, xotin kabi
aslida sifat turkumiga mansub so‘zlar;
2) o‘quvchi, yozuvchi, to‘quvchi, saylovchi, aniqlovchi, aniqlanmish kabi
aslida fe’lning sifatdosh shakllariga mansub so‘zlar;
3) o‘qish, otish, kirish, chiqish, qurish, saylov, tergov kabi aslida fe’lning
harakat nomi shakliga mansub bo‘lgan so‘zlar otga ko‘chadi. Bundan tashqari
ba’zi so‘zlarning juft va takror qo‘llanishi asosida ham ular otga xos ma’noga
ega bo‘lishi mumkin: qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, u-bu kabilar shular
jumlasidandir.
4-§.Abbreviatsya usuli bilan qisqartma otlar hosil qilinadi. Qisqartma otlar
nutqda ixchamlikka erishish maqsadida turg‘un so‘z birikmalarini quyidagicha
qisqartirish orqali yasaladi:
1.
Qisqartirilayotgan so‘zlarning birinchi tovushlaridan tarkib
topadi: BAM, BAR, BMT, GUM.
2.
Qisqartirilayotgan so‘zlarning bosh qismlaridan tarkib
topadi: Filfak, Unvermag, SamKochAvto.
3. Birinchi so‘zning bosh qismi va keyingi so‘zlarning birinchi
tovushlaridan: Tosh MI, Sam DChTI, Sam DU.
- noma: dalolatnoma, vasiyat
1.
Ot so’z turkumi haqida to’liq ma’lumot
Ot — mustaqil soʻz turkumlaridan biri. U boshqa turkumlardan bir
necha belgi — xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilardan iborat:
1) ot yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bogʻbon,
oshpaz, Mirzachoʻl; b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola —
bolalar, daftar—daftarlar; v) egalik koʻrsatkichiga ega: otam, otang, otasi —
otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari bilan oʻzgaradi; maktab,
maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d) gapda barcha
gap boʻlaklari vazifasida keladi.
Aniq, predmetlarni yoki predmet sifatida tasavvur qilinadigan
tushunchalarni ifodalaydigan otlar maʼnosiga koʻra, atoqli va turdosh otlarga
boʻli-nadi. Bir xildagi predmet yoki hodisaning birini ajratib koʻrsatuvchi
otlar atoqli otlar sanaladi: Rustam, Olimjon, Jomboy, Mars, Venera,
Boychibor kabilar. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomi turdosh
otlardir: gul, daraxt, qalam, daftar kabi.
Ot turkumi 3 xil grammatik kategoriyaga ega: 1) son kategoriyasi; 2)
egalik kategoriyasi; 3) kelishik kategoriyasi.
Otning funksional shakllari mavjud boʻlib, ular maʼlum bir qoʻshimcha
grammatik maʼno ifodalash, otlarning kategorial shakllariga xos boʻlmagan
biror sintaktik vazifasiga moslashish uchun xizmat qiladi.
Otga xos funksional shaklning yasalishga koʻra 3 tipi mavjud:
1)sintetik shakl; 2) analitik shakl; 3) juft va takror shakl. Otning sintetik
funksional shakllari oʻz maʼno va vazifalariga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) kichraytish shakli (baliqcha, yigitcha, kelinchak); b) erkalash shakli (opajon,
boʻtaloq, qizaloq); v) hurmat shakli (onajon, opajon, dadamlar, akamlar,
oyimlar); g) qarashlilik shakli (akamniki, maktabniki);. d) oʻrin belgisi
(osmondagi, qirdagi, qishloqdagi); e) chegara shakli (uygacha, toqqacha,
boqqacha); j) oʻxshatish shakli (Ozodday — Ozod kabi, sizlarday — sizlar
singari). Otning analitik shakli koʻmakchi yordamida hosil boʻladi: qalam bilan
(da), otam uchun (-ga) kabi. Otning juft shakli umumlashtirish, jamlik
maʼnolarini ifodalaydi: qozon-tovoq, qovuntarvuz. Otning takroriy shakli
koʻplik maʼno-sini ifodalaydi: qatra-qatra yosh, ombor-ombor gʻalla.
Otlarning yasalishi natijasida yasama otlar paydo boʻladi. Yasama otlar
affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yoʻllari bilan yasaladi. Affiksatsiya ot
yasashdagi eng mahsuldor usul boʻlib, uning yordamida shaxs otlari (boʻyoqchi,
ishchi, maktabdosh, zargar, sholikor, saroybon, chorvador, tilshunos, etikdoʻz,
oshpaz, aravakash, kaptarboz, kitobxon); narsa-qurol otlari (ochqich, oʻsma,
toʻplam, kurak, qirindi, ekin, kekirdak, suyunchi, tuzdon); oʻrin-joy otlari
(bodomzor, Oʻzbekiston, qarorgoh, ishxona, oʻtloq, Paxtaobod); mavhum
maʼnoli otlar (yaxshilik, paxtachilik, ishonch, yig'ilish, radiolashtirish,
odamgarchilik). Kompozitsiya usuli bilan ot yasashda qoʻshma otlar vujudga
keladi: bilaguzuk, b, uchburchak, kungaboqar, olibsotar, ishlab chiqarish
Abbreviatsiya usuli bilan ot yasalganda, qisqartma otlar hosil qilinadi:
BMT, SamDU, OʻzME kabi
2.Otlarning ma’no turlari
Otning ma’no guruhlari. Otlar ma’no jihatdan quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
Atoqli otlar. Bir turdagi narsa yoki hodisalarning birini ajratib ko‘rsatish
uchun xizmat qiladigan otlar atoqli otlar deyiladi. Atoqli otlar shaxs ismlari,
havonlarning atoqli nomlari, tashkilot va gegrafik makon nomlari, koinot
jismlari nomlari, suv havzalari, tashkilot nomlari kabi guruhlar doirasida
uchraydi: Alisher, Ulug‘Bek, Zarafshon, Toshkent, Samarqand, Mars Bunday
atoqli otlar o‘zaro tub va yasamaligi hamda tuzilishiga ko‘ra farqlanishi
mumkin.
Masalan, Lola, Go‘zal, Amir, Gavhar Orol kabi otlar sodda tub, Ilonli,
Do‘stlik, Paxtakor kabi atoqli otlar sodda yasama, Ulug‘bek, Alisher, Nurato,
Nurobod, Qo‘shrabot, Uchquduq kabi atoqli otlar qo‘shma otlardir. Atoqli
otlarning asosiy qismini turdrsh otlar tashkil qiladi. Biroq ular boshqa so‘z
turkumlari asosida ham yuzaga keladi. Masalan: Asal, Quvonch, Anor kabilar
turdosh otdan, O‘lmas, Sotiboldi, Turdi, Tursun kabilar esa fe’ldan, Aziz, Botir,
Shirin, Vali kabilar sifatdan, To‘qsonboy, Oltibek kabilar esa sondan, Bultur,
Avvalboy kabilar esa ravishdan hosil bo‘lgan atoqli otlardir.
Turli turkumga mansub bo‘lgan so‘zlarning atoqli ot sifatida qo‘llanishi
natijasida ular o‘zining hususiy nominativ mohiyatidan chekingan holda,
umumiy semantik ma’no tashuvchi lug‘aviy birlikka aylanib qoladi.
Masalan, Uchquduq mazkur joydagi uchta quduqni emas, balki umuman shahar
tushunchasini anglatuvchi onomastik birlikdir.
Turdosh otlar bir jinsdagi otlarning umumiy nomini bildiruvchi otlardir.
Masalan, inson, daryo, shahar, kitob, daftar. Turdosh otlar quyidagi ma’no
guruhlarga mansubligi bilan o‘zaro farqlanadi:
Aniq otlar bevosita narsa-buyum va shaxs, jon-zot anglatadigan Aniq otlar
bevosita sanash va ko‘rish mumkin bo‘lgan otlar hisoblanadi. Masalan: kitob,
talaba, daraxt, qush.
Mavhum otlar his qilish, sezish mumkin bo‘lgan otlardir. Ular ham ko‘plik
affikslari bilan qo‘llanmaydigan otlar bo‘lib, ularga ko‘plik qo‘shimchasi
qo‘shilganda turlicha ma’no bo‘yog‘i yuzaga keladi. Masalan: sevgi, sezgi,
qayg‘u, alam, qadr, oriya
Jamlovchi va yakka otlar. Bir turdagi narsaning o‘zini ifodalaydigan otlar
yakka otlar hisoblanadi: kitob, gul, daraxt Birlik shaklida bo‘lib, bir xil turdagi
narsaning to‘dasi, jamini ifodalaydigan otlar jamlovchi otlardir: xalq, armiya,
ko‘pchilik, poda, jamoa, o‘rmon kabilar.
Sanaladigan otlar, sanalmaydigan otlar. Sanaladigan otlar, asosan, aniq
otlardan tashkil topadi: daraxt, kitob, qalam. Sanalmaydigan otlar modda otlari,
og‘irlik, suyug‘lik o‘lchamiga xos otlar va atoqli otlardan tashkil topadi: tuproq,
qum, havo, shakar, tuz, yog‘, guruch,
Bundan tashqari, tabiatan yakka bo‘ladigan va juft holda uchraydigan otlar
ham mavjud bo‘lib, ular ham otning alohida ma’no turini tashkil qiladi.
Masalan: yurak, quyosh, oy, ko‘z, qosh, oyoq kabilar shular jumlasidandir.
Shuningdek, otlar kim? so‘rog‘i asosida shaxs hamda nima? so‘rog‘i
asosida narsa otlariga ham ajratiladi. Otlarning bunday tasniflanishi o‘zbek
tilining, shu jumladan, boshqa turkiy tillarning o‘ziga xos xususiyatini
belgilaydi. Ayni paytda bu tasnif ularning turli grammatik jarayonda ishtirokida
ham o‘z aksini topadi. Xususan, shaxs otlari to‘liq tuslovchi affikslarni qabul
qilgan holda qo‘llana oladi: o‘quvchiman, o‘quvchisan, o‘quvchimiz,
o‘quvchisiz. Biroq, narsa otlari (majoziy ma’nosini e’tiborga olmaganda) faqat
uchinchi shaxs ma’nosdagina ishlatilishi mumkin.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, atoqli va turdosh otlar o‘zaro ma’no
jihatdangina emas, balki ba’zi grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham farqlanadi.