Boshlang‘ich sinflarda sifatni o‘rganish tizimi
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda sifatni o‘rganishdagi asosiy vazifalar.
2. Sifat so’z turkumining o’quv dasturlarida berilishi.
3. Sifat so’z turkumlarini o’rganishda izchillik.
4. Sifat so’z turkumlarini o’rganishning bosqichlari.
Tayanch so’zlar: Belgi bildiruvchi so’zlar, so’z turkumlari, tartib son,
sanoq son, olmosh, kishilik olmoshi, so’zning lug’aviy ma’nosi, so’zlarning
grammatik ma’nosi.
Sifatni o’rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik
bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko’zda tutadi. O’quvchilar I va II sinfda
sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so’rog’ini
berishga o’rganadilar; III sinfda sifat so’z turkumi sifatida o’rganiladi; IV sinfda
ilgari o’rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog’liq holda qip-qizil,
yam-yashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi
o’rgatiladi. Ona tili va o’qish darslarida o’quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar
bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo’lgan sifatlarning ma’nosiga aniqlik
kiritiladi.
Sifatni o’rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi.
Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko’rinishi, maza-ta’mi, xarakter-
xususiyati, hidi, vazni, o’rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning leksik
ma’nosi uni ot bilan bog’liq holda o’rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish
uchun I sinfdanoq o’quvchilar e’tibori sifatning otga bog’lanishini aniqlashga
qaratiladi. O’quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so’roq yordamida
gapda so’zlarning bog’lanishini aniqlash ko’nikmasi o’stiriladi, ya’ni ular
gapdagi sifat va otdan tuzilgan so’z birikmasini ajratadilar (atama aytilmaydi).
Keyingi sinflarda bu bog’liqlik aniqlashtiriladi. SHunday qilib, sifatning
semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni leksik va grammatik
(morfologik va sintaktik) ravishda olib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda “Sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o’rganiladi: 1)
sifat bilan dastlabki tanishtirish (I, II sinf); 2) sifat haqida tushuncha berish (III
sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini
o’zlashtirish (IV sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning
leksik ma’nosi va so’roqlari ustida kuzatish o’tkazishdan boshlanadi.
Predmetning belgilari xiima-xil bo’lib, uni rangi, mazasi, shakli, xil-xususiyatlari
tomonidan tavsiflaydi. SHunday ekan, sifat tushunchasini shakllantirish uchun
uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi. O’qituvchi predmetni yoki uning rasmini
ko’rsatadi, o’quvchilar uning belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan,
(qanday?) olma - qizi], shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip - тип, ко ’к ip.
Albatta, suhbat asosida o’quvchilar olma, ip so’zlari nima? so’rog’iga javob
bo’lib, predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so’zlar qanday?
so’rog’iga javob bo’lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)ni bildirishini
aniqlaydilar. O’qituvchi atrofimizni o’rab olgan predmetlarning o’z belgilari
borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan farqlanishini yana bir-ikki misol bilan
tushuntiradi (Qanday daraxt? - Katta, chiroyli, sershox, ко ’m-ko ’k daraxt.
Qanaqa shkaf? - Oynali, baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa?
so’roqlariga javob bo’lgan so’zlar predmet belgisini bildiradi.
O’quvchilar belgi bildirgan bunday so’zlarning nutqimizdagi ahamiyatini
anglashlari uchun sifat lco’p uchraydigan matn tanlanib, avval sifatlarini tushirib
qoldirib, so’ngra sifatlari bilan o’qib beriladi va mazmuni taqqoslab ko’rsatiladi.
Predmetni aniq tasvirlash uchun uning belgisini bildiradigan so’zlardan
ioydalanilgani tushuntiriladi. Bu darslarda ko’rgazma vositalar (predmetlar,
predmet rasmlari, syujetli rasmlar)dan lceng foydalaniladi.
O’quvchilar qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’lgan (predmet
belgisini bildirgan) so’zlarni o’zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi turlari
samarali hisoblanadi: 1) so’roq yordamida predmetning belgisini bildirgan
so’zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so’zlardan gap tuzish; 3) matndan kim? yoki
nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zni va unga bog’langan qanday? va qanaqa?
so’rog’iga javob bo’lgan so’zni tanlab (so’z birikmasini topib) aytish va yozish;
4) tayanch so’zlar va rasm asosida gap yoki lcichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: “sifat” tushunchasini shakllantirish
hamda o’quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish, fikrni aniq ifodalash
uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o’rinli foydalanish ko’nikmasini
o’stirish hal qilinadi.
“Sifat” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning “predmet belgisi”
degan umumlashtirilgan kategoriyani o’zlashtirish darajasiga bevosita bog’liq.
SHu maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xil-xususiyat bildiradigan so’zlar
guruhlanadi va shu so’zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik
ma’nosi bilan birga uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi.
Sifatlarning xususiyatlarini umumlashtirish asosida o’quvchilar uning so’z
turkumi sifatidagi o’ziga xos ko’rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini
bildiradi, b) qanday? yoki qanaqa? so’rog’iga javob bo’ladi, v) gapda otga
bog’lanib, shu ot bilan so’z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak
vazifasida keladi.
Bu sinfda og’zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog’i yoki parkka
ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlami tasvirlab kichik hikoya
tuzish kabilar)ga katta o’rin beriladi.
O’quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini
chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o’stirish
uchun:
1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan
sifatlar tanlash va yozish: Qanday shaftoli? Shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday
kitob? Qalin, qizil Idtob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini
aniqlash: Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor. ayyor, yovvoyi ...
(tulki); 3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting lcabi
mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o’rnini puxta
o’zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash,
o’qish darslarida sifatning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishini kuzatish
maqsadga muvofiq. Sifatni o’rganish jarayonida so’z yasashga oid mashqlami
muntazam o’tkazib borish o’quvchilarda u yoki bu so’z turkumini yasash uchun
so’z yasovchi qo’shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlami takomillashtirish, og’zaki va
yozma nutqda sifatlardan aniq, o’rinli foydalanish ko’nikmasini o’stirish bilan
bog’liq holda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan sifatlarni va ko’m-ko’k, yam-
yashil kabi sifatlarni to’g’ri yozish malakasi shakliantiriladi. Ish mazmuni shu
vazifalarni bajarishga qarab belgilanadi va o’quvchilar nutqini o’stirishga
qaratiladi.
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini
ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo’yish, gapda sifat bog’langan otni (so’z
birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash,
berilgan sifatlar yoki so’z birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan
foydalaniladi. Mashq materialini tanlashda -roq qo’shimchasi bilan qo’llangan
yaxshiroq, aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko’proq
bo’lishiga e’tibor beriladi. O’quvchilarning mustaqilligi osha borgan sayin,
mashq topshiriqlari ham asta- sekin murakkablashtira boriladi. Shunday qilib,
sifatni o’zlashtirishda uni ot bilan o’zaro bog’liq holda o’rganishga asoslaniladi.
Savol va topshiriqlar
1. Boshlang’ich sinflarda qanday so’z turkumlari o’rganiladi? Ularni
o'rganishdagi izchillikni tushuntiring.
2. O’quvchilarga sifatni tushuntirishda qanday usullardan foydalanasiz?
3. Sifatga oid bironta dars ishlanmasini yozing.
Test-sinovlari
1. Butunlay otga aylanib ketgan sifatlar qaysi javobda berilgan?
A) keksa, qahramon, usta, chol, kampir
B) vafodor, kasal, mard, yaxshi
C) ishchi, sartarosh, farg`onalik, abadiy
D) qiziqchi, sportchi, za’faron, kamtar
E) to`g`ri javob berilmagan
2. Jumladagi sifatning ma’no turini toping.
Aytarli tuzuk-quruq gap yo`q.
A) holat bildiruvchi B) hajm-o`lchov bildiruvchi
C) shakl-ko`rinish bildiruvchi D) xarakter -xususiyat bildiruvchi
E) to`g`ri javob berilmagan
3. Ozaytirma sifatlar qanday yoziladi?
A) qo`shib B) ajratib C) chiziqcha yoki tire bilan D) B,C E) A,B
4. Nimqorong`i xona birikmasidagi sifatning darajasini va daraja hosil
qiluvchi vositani aniqlang.
A) orttirma daraja, fonetik vosita
B) orttirma daraja, morfologik vosita
C) orttirma daraja, leksik vosita
D) ozaytirma daraja, leksik vosita
E) ozaytirma daraja, morfologik vosita
5. Sifat yasovchi qo`shimchalar olgan so`zlar qatorini toping.
A) harakatchan, mehnatkash, qumloq B) yozgi, supurgi, ichki
C) bebaxt, bodomqovoq, o`tli
D) tuxumsimon, to`la, tarqoq E) barchasi to`g`ri
6. Ozaytirma sifatlar tuzilishiga ko`ra qanday sifatlar?
A) sodda B) qo`shma C) sodda tub
D) sodda yasama E) qo`shma, tub
7. Berilgan gapdagi sifatning darajasi va daraja hosil qiluvchi vositani
aniqlang.
O`ziyam g`irt ahmoq ekan.
A) orttirma daraja, morfologik vosita
B) orttirma daraja, leksik vosita
C) ozaytirma daraja, leksik vosita
D) ozaytirma daraja, leksik-morfologik vosita
E) orttirma daraja, leksik-morfologik vosita
8. Fe’ldan yasalgan sifatlarni aniqlang.
A) suzma, qaynatma, qovurma B) iliq, qiliq, baliq
C) sersuv, bolali, qo`zichoq D) qochoq, topqir, maqtanchoq
E) beminnat, baqiroq, tarqoq
9. O`ta vijdonsiz, to`ng`iz odam birikmasidagi sifat darajasini va usulini
aniqlang.
A) orttirma daraja, fonetik usul
B) orttirma daraja, leksik usul
C) orttirma daraja, leksik-semantik usul
D) ozaytirma daraja, leksik usul
E) ozaytirma daraja, fonetik-leksik usul
10. Otlashgan sifat qo`llangan gapni aniqlang.
A) Bilmaslik ayb emas, o`qimaslik-ayb.
B) Birov boyadan beri eshik ortida turibdi.
C) Har qancha chiroyli qiz bo`lsa ham bundan munosibrog`i yo`q ekanmi?
D) Donolikning bir belgisi – adolat, Zulm bilan hamroh erur jaholat.
E) Berilgan gaplarning barchasida otlashgan sifat mavjud.
11. Ot+ot ko`rinishidagi qo`shma sifatlarni toping.
A) kamgap, ertapishar B) tezoqar, kamquvvat
C) sovuqqon, balandparvoz D) rahmdil, kul rang E) A va B
12. Qaysi qator faqat sifatlardan iborat?
A) tuyg`un, ozg`in, tuzdon, kuldon
B) to`lin, to`lqin, bilimdon, qalamdon
C) so`lg`in,turg`un, uchqun, uyg`un
D) yorqin, keskin, gapdon, qadrdon E) A,B,C,D
13. Qaysi qatordagi gapda sifat otlashmagan?
A. Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar.
B. Mol olasi tashida, odam olasi ichida.
C. Senga o‘xshash notavonlarga yordam bersam, deyman.
D. Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas.
E. Ilg‘or ishchilar mukofotlandi.
14. Sifat yasovchi sinonim qo`shimchalar berilgan qatorni aniqlang.
A) –li, ba-, bo- B) –siz, be-, bo- C) –li, -dor, ser-
D) A va C E) Barcha qatordagi qo`shimchalar o`zaro sinonim.
15. Qaysi qatorda faqat xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar
berilgan?
A) bezori, havoyi, dolzarb, chopag`on, rasvo, qo`rs
B) qalbaki, yuzaki, savdoyi, titroq, yirtiq, bukir
C) odobsiz, subutsiz, tarbiyasiz, g`uborsiz, qallob
D) arzirlik, insonlik, jo`yali, jarlik, aqlli, pulli
E) durkun, sodda, sevikli, kamgap, lattachaynar, boy
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.O`zbеkiston
Rеspublikasining
Kadrlar
tayyorlash
milliy
dasturi
to`g`risidagi qonuni. Toshkеnt, O`zbеkiston, 1997 yil.
2.Qosimova K., Matchonov S., G`ulomova X., Yo`ldoshеva Sh., Sariеv Sh.,
Ona tili o`qitish mеtodikasi, T., 2009.
3.Boshlang`ich sinflar “ O`qish kitobi”, 2010
4.Boshlang`ich sinflar “ O`qish kitobi”ga yozilgan mеtodik qo`llanmalar.