BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI O’RGANISH METODIKASI. SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI O’RGANISH TIZIMI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

25,3 KB


BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI
O’RGANISH METODIKASI. SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI
O’RGANISH TIZIMI
Reja
1. So`zning morfemik tarkibi va so`z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati va
vazifalari. 
2. Qo`shimchalar izchilligi.
3. O`zakdan so`zlarni aniqlash usullari. 
4. So`z yasovchi qo`shimchalarga doir mashqlar turi. 
5. Shakl yasovchi qo`shimchalarga doir mashqlar turi. 
Tayanch so`zlar va iboralar 
Morfema, o`zak morfema, qo`shimcha morfema, so`z yasovchi qo`shma, shakl
yasovchi  qo`shimcha,  ko`p  ma`noli,  morfemik  tarkib,  yangi  so`z,  orfografik
malaka, morfologik printsip,taqqoslash ko`nikmasi, qo`shimchalar izchilligi, o`zak,
o`zakdosh  so`z,  har  xil  so`z  turkumi,  morfemalarni  to`g`ri  yozish,  mavhum
tafakkur,  mazmuniy  umumiylik,  narsa,  rasm  ko`rsatish,  omonim,  sinonimdan
farqlash, ongli o`zlashtirish, mashq turlari, tushunchaga aniqlik kiritish. 
O`quvchilarga  ta`lim-tarbiya  berish  vazifalaridan  biri  ularda  ilmiy
dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga
muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o`quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli
kamol toptirishdir. Quyida ko`rsatilgan omillar tilni o`rgatish bilan bog‘liq holda
o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi: 
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ)
vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang`ich sinflarda
Logotip
BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI O’RGANISH METODIKASI. SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI O’RGANISH TIZIMI Reja 1. So`zning morfemik tarkibi va so`z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati va vazifalari. 2. Qo`shimchalar izchilligi. 3. O`zakdan so`zlarni aniqlash usullari. 4. So`z yasovchi qo`shimchalarga doir mashqlar turi. 5. Shakl yasovchi qo`shimchalarga doir mashqlar turi. Tayanch so`zlar va iboralar Morfema, o`zak morfema, qo`shimcha morfema, so`z yasovchi qo`shma, shakl yasovchi qo`shimcha, ko`p ma`noli, morfemik tarkib, yangi so`z, orfografik malaka, morfologik printsip,taqqoslash ko`nikmasi, qo`shimchalar izchilligi, o`zak, o`zakdosh so`z, har xil so`z turkumi, morfemalarni to`g`ri yozish, mavhum tafakkur, mazmuniy umumiylik, narsa, rasm ko`rsatish, omonim, sinonimdan farqlash, ongli o`zlashtirish, mashq turlari, tushunchaga aniqlik kiritish. O`quvchilarga ta`lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq ishlashning yetakchi sharti − o`quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol toptirishdir. Quyida ko`rsatilgan omillar tilni o`rgatish bilan bog‘liq holda o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi: 1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ) vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang`ich sinflarda
tilni  o`rgatishning  yetakchi  yo`nalishi  o`quvchilar  tomonidan  tilning  aloqa
vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi. 
2. Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo`lib, tafakkur so`z vositasida yuzaga
chiqadi.  Til  tafakkurnipg  mahsuli  hisoblanib,  ongdan  tashqarida  o`zicha
yashamaydi. 
Maktabda  tilning  barcha  tomonlari  (talaffuzi,  fonetikasi,  leksikasi,
grammatikasi,  so`z  yasalishi)ni  o`zaro  bog‘liq  holda  o`rganish  ona  tilini
o`rgatishdagi yetakchi tamoyil bo`lib, uni amalga oshirish o`quvchilarning tilni
murakkab,  rivojlanuvchan,  o`zaro  bog`langan  muhim  tomonlarga  ega  bo`lgan
hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini
bunday  idrok  etish  hodisalarning  rivojlanuvchanligi  va  o`zaro  bog`langan
qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi. 
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, yuqorida qayd
etilgan dastlabki qoidalarni o`quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa
sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to`g`ri tanlash, asosiy til hodisalarini va
turlarini  tushuntirishda  o`qituvchining  tutgan  metodologik  yo`lining  aniqligi,
o`quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o`rgatishga asos bo`ladigan til
materialining  yuqori  sifatli  bo`lishi  kabi  dalillar  hal  qiluvchi  ta‘sir  etadi.
SHubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo`lmaydi.
Aksincha, ularning bir-biriga to`g`ri, maqsadga muvofiq ta‘siri ijobiy natija beradi. 
Bunday  o’zgarishlar  nutq  muallifi  tomonidan  tabiiy  holda  amalga
oshiriladi.Tovushlar unreflective tarzda o’zgarishga uchraydi,shuning uchun ham
tovushlar  ortishi  ,  tushib  qolishi  yoki  butunlay  sifatini  o’zgartirishi
mumkin.Bularning barchasi ketma-ket kelgan tovushlarning o’zaro munosabatiga
bog’liq bo’ladi. Til fonetik (grammatik) tizimining qonuniyati ana shunday1 
Tilning  rivojlanishi,  ayrim  so`zlarning  ma‘nolari  haqidagi  bilimni
boshlang`ich sinf o`quvchilari ot, sifat, son, fe‘lni o`rganish jarayonida asta-sekin
bilib  oladilar.  Bu  o`rinda  «So`zning  tarkibi»  bo`limi  katta  imkoniyatga  ega.
O`quvchilar bu bo`lim materiallarini o`rganish jarayonida tilimizning yangi so`zlar
bilan  boyib  borishi  haqidagi  muhim  manbalar  bilan,  so`z  yasalishi  bilan
tanishadilar.  Ma‘lumki,  ko`pgina  yangi  so`zlar  tilda  mavjud  bo`lgan  so`zlar
1 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW
SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011. p/112 
Logotip
tilni o`rgatishning yetakchi yo`nalishi o`quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi. 2. Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo`lib, tafakkur so`z vositasida yuzaga chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o`zicha yashamaydi. Maktabda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so`z yasalishi)ni o`zaro bog‘liq holda o`rganish ona tilini o`rgatishdagi yetakchi tamoyil bo`lib, uni amalga oshirish o`quvchilarning tilni murakkab, rivojlanuvchan, o`zaro bog`langan muhim tomonlarga ega bo`lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o`zaro bog`langan qismlardan tuzilishini tushunishga zamin hozirlaydi. Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, yuqorida qayd etilgan dastlabki qoidalarni o`quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to`g`ri tanlash, asosiy til hodisalarini va turlarini tushuntirishda o`qituvchining tutgan metodologik yo`lining aniqligi, o`quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o`rgatishga asos bo`ladigan til materialining yuqori sifatli bo`lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta‘sir etadi. SHubhasiz, har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo`lmaydi. Aksincha, ularning bir-biriga to`g`ri, maqsadga muvofiq ta‘siri ijobiy natija beradi. Bunday o’zgarishlar nutq muallifi tomonidan tabiiy holda amalga oshiriladi.Tovushlar unreflective tarzda o’zgarishga uchraydi,shuning uchun ham tovushlar ortishi , tushib qolishi yoki butunlay sifatini o’zgartirishi mumkin.Bularning barchasi ketma-ket kelgan tovushlarning o’zaro munosabatiga bog’liq bo’ladi. Til fonetik (grammatik) tizimining qonuniyati ana shunday1 Tilning rivojlanishi, ayrim so`zlarning ma‘nolari haqidagi bilimni boshlang`ich sinf o`quvchilari ot, sifat, son, fe‘lni o`rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o`rinda «So`zning tarkibi» bo`limi katta imkoniyatga ega. O`quvchilar bu bo`lim materiallarini o`rganish jarayonida tilimizning yangi so`zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so`z yasalishi bilan tanishadilar. Ma‘lumki, ko`pgina yangi so`zlar tilda mavjud bo`lgan so`zlar 1 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011. p/112
zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi
tipida  bo`zchi  kabi. Tilda yangi so`zning paydo bo`lishi o`zidan keyin bir xil
o`zakli so`zlar guruhining hosil bo`lishiga sabab bo`ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi. 
Boshlang`ich  sinflarda  tilning  rivojlanishi  haqidagi  masala  maxsus
o`rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan
hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning
leksik  tomoni  boshqalariga  nisbatan  xarakatchan,  tez  rivojlanadigan  bo`lgani
uchun, til leksikasi misolida boshlang`ich sinf o`quvchilari saviyasiga mos ravishda
jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi.
Tilning  leksik  tarkibida  yuz  berayotgan  o`zgarishlar  yuzasidan  o`qituvchi  va
o`quvchilarning  kuzatishlari  bolalarda  dunyoni  bilish  haqidagi  tasavvurini
shakllantirishga mos material beradi. 
Tildan bilim berishda o`quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir.
O`qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo`lgan daliliy materiallarni
yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham
bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni
o`rganish natijasida o`quvchilar nutk faoliyatining sifati o`zgaradi, ongliligi ortadi. 
Dialektik  tafakkur  keng  ma‘noda  hodisalarning  boshqa  hodisalar  va
jarayonlarga bog‘liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari
yig‘indisi  bilan  rivojlanishda  ko`rish  ko`nikmasini  ta‘riflaydi.  Tafakkurning
bunday sifati o`quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o`z navbatida, ular
kuzatish  jarayonida  dalillarni  topish,  ularni  tahlil  qilish  va  o`rganiladigan
hodisalarning  ayrim  tomonlari  o`zaro  bog‘liqligini  aniqlash,  taqqoslash  va
umumlashtirish ko`nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o`quvchilarning
o`quv  faoliyati  tobora  izlanish  xarakteriga  ega  bo`lmoqda.  Tilni  o`rganishda
boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish
emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o`quvchilarning o`zlari «topgan»
yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz
va sintez qilish yetakchi hisoblanadi. 
So`zning leksik ma‘nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til
haqidagi fanda o`zining nazariy asosiga ega. 
Logotip
zaminida yaratiladi, tilda bor qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo`zchi kabi. Tilda yangi so`zning paydo bo`lishi o`zidan keyin bir xil o`zakli so`zlar guruhining hosil bo`lishiga sabab bo`ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi. Boshlang`ich sinflarda tilning rivojlanishi haqidagi masala maxsus o`rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo`lgani uchun, til leksikasi misolida boshlang`ich sinf o`quvchilari saviyasiga mos ravishda jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi. Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o`zgarishlar yuzasidan o`qituvchi va o`quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini shakllantirishga mos material beradi. Tildan bilim berishda o`quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir. O`qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo`lgan daliliy materiallarni yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni o`rganish natijasida o`quvchilar nutk faoliyatining sifati o`zgaradi, ongliligi ortadi. Dialektik tafakkur keng ma‘noda hodisalarning boshqa hodisalar va jarayonlarga bog‘liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari yig‘indisi bilan rivojlanishda ko`rish ko`nikmasini ta‘riflaydi. Tafakkurning bunday sifati o`quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o`z navbatida, ular kuzatish jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o`rganiladigan hodisalarning ayrim tomonlari o`zaro bog‘liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko`nikmasini egallab boradilar. Keyingi yillarda o`quvchilarning o`quv faoliyati tobora izlanish xarakteriga ega bo`lmoqda. Tilni o`rganishda boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish asosida o`quvchilarning o`zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi. So`zning leksik ma‘nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o`zining nazariy asosiga ega.
Morfema – so`zning eng kichik, bo`linmaydigan ma‘noli qismi. Morfema ikki
turga bo`linadi: 
1.  O`zak  morfema  –  so`zda  albatta  qatnashadigan  va  leksik  ma‘no
anglatadigan morfema. 
2. Affiksal morfema  – mustaqil holda leksik ma‘no anglatmay, so`zning
leksik va grammatik ma‘nolari  shakllanishi  uchun xizmat  qiladigan morfema.
Masalan,  gullarni, gulla  so`zlaridagi  gul –  o`zak morfema,  -lar, -ni, -la  affiksal
morfemadir. 
Affikslar (qo`shimchalar) ikki turga bo`linadi: 
1.  So`z  yasovchi  qo`shimchalar.  Ular  so`zning  leksik  ma‘nosini
shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan,  bog‘bon, paxtakor, gulzor, ishchi
so`zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so`z yasovchi affikslardir. 
2. Shakl yasovchi qo`shimchalar.  Bu qo`shimchalar so`zlarni grammatik
jihatdan  shakllantirib,  turli  grammatik  ma‘nolarni  ifodalaydi.  Masalan,
maktablarimizni so`zida -lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo`shimchalar bo`lib, -lar
ko`plik ma‘nosini, -imiz egalikning I shaxs ko`plik ma‘nosini, -ni tushum kelishigi
ma‘nosini ifodalaydi. 
Morfemalarning qo`shilishi bir-biriga ta‘sir qiladi, bundan tashqari, ko`pgina
o`zak  va  so`z  yasovchi  qo`shimchalar  ko`p  ma‘noli.  SHunga  qaramay,  ko`p
so`zlarning leksik ma‘nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu
maqsadda so`zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to`g`ri keladi. 
O`quvchilar so`zning morfemik tarkibini va so`z yasalishini o`rganishlariga
qarab, so`zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama
so`zlarning  leksik  ma‘nosini  so`zlarning  semantik  o`xshashligiga  qarab  bilib
oladilar. 
Demak,  turkiy  o‘zak  hakida  uch  xil  fikr  mavjud  bo‘lsa,  bulardan
chinchisitugrirokdir. Chunki, birinchidan,turkiy o‘zak daxlsiz bulib, har qanday
uzgarish,asosan, nutk oqimida o‘zakdan keyin qo‘shilgan vositalar yordamida sodir
bo‘ladi,  ikkinchidan,  agglyutinasiya  qoidasiga  binoan  yangi  ma‘no  o‘zakdan
muayyan tovushni tishlash bilan emas, balki tovush qushish bilan yuzaga keladi.
Turkiy  tillar  taraqqiyotining  barcha  bosqichlarida  yangi  so‘z  o‘zakka  affiks
qo‘shish  bilan  xosil  kilinadi.  Turkiy  tillarda  affikslarning  turlaridan  affikslar
Logotip
Morfema – so`zning eng kichik, bo`linmaydigan ma‘noli qismi. Morfema ikki turga bo`linadi: 1. O`zak morfema – so`zda albatta qatnashadigan va leksik ma‘no anglatadigan morfema. 2. Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma‘no anglatmay, so`zning leksik va grammatik ma‘nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, gullarni, gulla so`zlaridagi gul – o`zak morfema, -lar, -ni, -la affiksal morfemadir. Affikslar (qo`shimchalar) ikki turga bo`linadi: 1. So`z yasovchi qo`shimchalar. Ular so`zning leksik ma‘nosini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan, bog‘bon, paxtakor, gulzor, ishchi so`zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so`z yasovchi affikslardir. 2. Shakl yasovchi qo`shimchalar. Bu qo`shimchalar so`zlarni grammatik jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma‘nolarni ifodalaydi. Masalan, maktablarimizni so`zida -lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo`shimchalar bo`lib, -lar ko`plik ma‘nosini, -imiz egalikning I shaxs ko`plik ma‘nosini, -ni tushum kelishigi ma‘nosini ifodalaydi. Morfemalarning qo`shilishi bir-biriga ta‘sir qiladi, bundan tashqari, ko`pgina o`zak va so`z yasovchi qo`shimchalar ko`p ma‘noli. SHunga qaramay, ko`p so`zlarning leksik ma‘nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so`zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to`g`ri keladi. O`quvchilar so`zning morfemik tarkibini va so`z yasalishini o`rganishlariga qarab, so`zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama so`zlarning leksik ma‘nosini so`zlarning semantik o`xshashligiga qarab bilib oladilar. Demak, turkiy o‘zak hakida uch xil fikr mavjud bo‘lsa, bulardan chinchisitugrirokdir. Chunki, birinchidan,turkiy o‘zak daxlsiz bulib, har qanday uzgarish,asosan, nutk oqimida o‘zakdan keyin qo‘shilgan vositalar yordamida sodir bo‘ladi, ikkinchidan, agglyutinasiya qoidasiga binoan yangi ma‘no o‘zakdan muayyan tovushni tishlash bilan emas, balki tovush qushish bilan yuzaga keladi. Turkiy tillar taraqqiyotining barcha bosqichlarida yangi so‘z o‘zakka affiks qo‘shish bilan xosil kilinadi. Turkiy tillarda affikslarning turlaridan affikslar
mavjud bulib,o‘zakdan keyin kushiladi. Rrefiks, infiks kabi affiks turlari turkiy
tillarda bulmaydi. Agar biror turkiy tilda rrefiks uchrasa,masalan,o‘zbek tilida, u
boshqa tilni ta‘sirida raydo bo‘lgan,ya‘ni uzlashgan buladi. Turkiy tillardahar bir
kelishikning  bitti  affiksi  buladi,shunga  kura  turkiy  tillarda  bitta  turlanish  tiri
mavjud :qaysi so‘z turkumi va birlik yokiko‘rlik formasida bulishdan kat‘iy nazar,
kelishik affikslari bir xil buladi2. 
So`zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos
ravishda o`qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: 
1. So`zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o`quvchilar so`zning leksik
ma‘nosini  aniqlashning  asosiy  usullaridan  birini  bilib  oladilar.  Bunda
o`qituvchining vazifasi o`quvchilar so`zlarning leksik ma‘nosi va morfemik tarkibi
bir-biriga bog‘liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda
ularning  lug`atiga  aniqlik  kiritishga  maqsadga  muvofiq  rahbarlik  qilish
hisoblanadi. 
2. So`z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o`quvchilarning tilimizning
yangi so`zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir.
Yangi so`z tilda mavjud bo`lgan morfemalardan, ma‘lum usul va modellar asosida
vujudga keladi  (yasaladi).  So`z  yasalishini  kuzatish  o`quvchilarda so`zga  faol
munosabatni shakllantirishga ijobiy ta‘sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini
tushunishga olib keladi. 
3. So`z yasalishi  asoslari  bilan tanishish  o`quvchilar  lug`atini atrof-muhit
haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar
haqidagi tushunchalar so`z bi-lan ifodalanadi. So`zlar o`rtasidagi ma‘no va tuzilish
jihatidan  bog`lanishni  belgilash  o`zaro  munosabatda  bo`lgan  tushunchalar
o`rtasidagi bog`lanishga tayanadi (masalan,  traktor va  traktorchi  so`zlari o`zaro
munosabatda  bo`lgan  tushunchalar,  shu  tufayli  ma‘no  va  tuzilishiga  ko`ra
bog`langan).  O`quvchilar  so`zlarning  ma‘no  va  tuzilishiga  ko`ra  o`zaro
munosabatini  haqiqatan  bilsalar,  atrof-muhitda  mavjud  bo`lgan  predmetlar,
jarayonlar, voqealar o`rtasidagi bog`lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar. 
2 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW
SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011.p.186 
Logotip
mavjud bulib,o‘zakdan keyin kushiladi. Rrefiks, infiks kabi affiks turlari turkiy tillarda bulmaydi. Agar biror turkiy tilda rrefiks uchrasa,masalan,o‘zbek tilida, u boshqa tilni ta‘sirida raydo bo‘lgan,ya‘ni uzlashgan buladi. Turkiy tillardahar bir kelishikning bitti affiksi buladi,shunga kura turkiy tillarda bitta turlanish tiri mavjud :qaysi so‘z turkumi va birlik yokiko‘rlik formasida bulishdan kat‘iy nazar, kelishik affikslari bir xil buladi2. So`zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o`qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. So`zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o`quvchilar so`zning leksik ma‘nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o`qituvchining vazifasi o`quvchilar so`zlarning leksik ma‘nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog‘liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug`atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. 2. So`z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o`quvchilarning tilimizning yangi so`zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so`z tilda mavjud bo`lgan morfemalardan, ma‘lum usul va modellar asosida vujudga keladi (yasaladi). So`z yasalishini kuzatish o`quvchilarda so`zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta‘sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. 3. So`z yasalishi asoslari bilan tanishish o`quvchilar lug`atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so`z bi-lan ifodalanadi. So`zlar o`rtasidagi ma‘no va tuzilish jihatidan bog`lanishni belgilash o`zaro munosabatda bo`lgan tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishga tayanadi (masalan, traktor va traktorchi so`zlari o`zaro munosabatda bo`lgan tushunchalar, shu tufayli ma‘no va tuzilishiga ko`ra bog`langan). O`quvchilar so`zlarning ma‘no va tuzilishiga ko`ra o`zaro munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo`lgan predmetlar, jarayonlar, voqealar o`rtasidagi bog`lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar. 2 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011.p.186
4. So`zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo`shimchalarning
semantik ma‘nosini bilish o`quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta‘sir etadi.
O`qituvchining vazifasi o`quvchilarning so`zning leksik ma‘nosini tushunibgina
qolmay,  kontekstda  aniq  qo`shimchali  so`zlardan  ongli  foydalanishlarini  ham
o`rgatish hisoblanadi. 
5. So`zning morfemik tarkibini o`rganish imloviy malakalarni shakllantirishda
ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil  yangi  o`zbek imlosining yetakchi
tamoyili  bo`lib,  bunga  binoan  so`zlar  va  ularning  tarkibiy  qismi  (o`zak  va
qo`shimchalar) ko`proq talaffuziga muvofiq yoziladi. 
O`zak  va  qo`shimchalarni  to`g`ri  yozish  malakasini  nazariy  asosda
shakllantirish  fonetik,  so`z  yasalishiga  oid,  grammatik  bilimlarni  maqsadga
muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun so`zning morfemik tarkibini
o`rganishning muhim vazifalaridan biri o`zak va qo`shimchalarni to`g`ri yozish
malakasini shakllantirish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar asosini yaratish
hisoblanadi. 
6. So`zning morfemik tarkibini o`rganish o`quvchilarning aqliy qobiliyatini
o`stirishda, xususan, til birligi sifatida so`zni ongli bilib olish uchun zarur bo`lgan
maxsus  aqliy  ko`nikmalarni  shakllantirishda  ham  ahamiyatli.  O`qituvchining
vazifasi ta`lim jarayonida bilimni o`zlashtirish bilan o`quvchilarda aqliy faoliyatni
o`stiradigan, analiz, taqqoslash ko`nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish
hisoblanadi. 
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z tarkibi va yasalishini o`rganish
metodikasi 
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so`zning morfemik tarkibi III
sinfda  o`rganiladi.  IV  sinfda  so`z  turkumlarini  o`rganish  bilan  bog‘liq  holda
so`zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko`zda tutiladi. 
Avvalo, til materialini o`rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur. 
Til materialini o`rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi
va  o`zaro  bog`lanishdagi  bilimlar  yig‘indisini  o`zlashtirishni  ta‘minlaydigan
maqsadga  qaratilgan  jarayon,  shuningdek,  shu  asosda  amaliy  ko`nikmalarni
shakllantirish tushuniladi. So`zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so`z
yasalishiga  oid  va  grammatik  bilimlarni  o`zlashtirish:  a)  dastur  materialini
Logotip
4. So`zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo`shimchalarning semantik ma‘nosini bilish o`quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta‘sir etadi. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarning so`zning leksik ma‘nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo`shimchali so`zlardan ongli foydalanishlarini ham o`rgatish hisoblanadi. 5. So`zning morfemik tarkibini o`rganish imloviy malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o`zbek imlosining yetakchi tamoyili bo`lib, bunga binoan so`zlar va ularning tarkibiy qismi (o`zak va qo`shimchalar) ko`proq talaffuziga muvofiq yoziladi. O`zak va qo`shimchalarni to`g`ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so`z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun so`zning morfemik tarkibini o`rganishning muhim vazifalaridan biri o`zak va qo`shimchalarni to`g`ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. 6. So`zning morfemik tarkibini o`rganish o`quvchilarning aqliy qobiliyatini o`stirishda, xususan, til birligi sifatida so`zni ongli bilib olish uchun zarur bo`lgan maxsus aqliy ko`nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O`qituvchining vazifasi ta`lim jarayonida bilimni o`zlashtirish bilan o`quvchilarda aqliy faoliyatni o`stiradigan, analiz, taqqoslash ko`nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z tarkibi va yasalishini o`rganish metodikasi Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so`zning morfemik tarkibi III sinfda o`rganiladi. IV sinfda so`z turkumlarini o`rganish bilan bog‘liq holda so`zning tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko`zda tutiladi. Avvalo, til materialini o`rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur. Til materialini o`rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o`zaro bog`lanishdagi bilimlar yig‘indisini o`zlashtirishni ta‘minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko`nikmalarni shakllantirish tushuniladi. So`zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so`z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o`zlashtirish: a) dastur materialini
o`rganish  tizimida  so`zning  morfemik  tarkibini  o`rganishning  o`rni  bilan;  2)
―o`zak-,  ―o`zakdosh  so`z-,  ―so`z  yasovchi  qo`shimcha-,  ―shakl  yasovchi
qo`shimcha- tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so`zning morfemik
tarkibi va so`z yasalishining o`zaro bir-biriga ta‘sir qilishi bilan; 4) morfemalarni
to`g`ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan bog‘liqligini belgilab
beradi. 
Mavzuni o`rganishda to`rt bosqich ajratiladi: 
BIRINCHI BOSQICH – so`z yasalishini o`rganishga tayyorgarlik bosqichi.
Bu bosqichning  vazifasi  – o`quvchilarni  bir  xil  o`zakli  so`zlarning ma‘no va
tuzilishiga  ko`ra  bog`lanishini  tushunishga  tayyorlash.  Bunday  vazifaning
qo`yilishiga sabab, birinchidan, so`zning ma‘no va tuzilishi jihatidan bog`lanishini
tushunish, o`zining lingvistik mohiyatiga ko`ra, bir xil o`zakli so`zlarni va so`z
yasalishini o`zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga
asos bo`lgan so`zlar bir-biri bilan ma‘no va tuzilishi jihatidan bog`lanadi:  ish –
ishchi, g‘alla – g‘allakor.  Ikkinchidan, o`quvchilar bir xil o`zakli so`zlarni va
morfemalarni  o`rganishda  qiyinchiliklarga  duch  keladilar:  ular  bir  xil  o`zakli
so`zlarnnng ma‘nolaridagi umumiylikni tushunishda qiynaladilar, chunki ularda
mavhum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo`ladi; o`zak, so`z yasovchi va shakl
yasovchi  qo`shimchalarning  vazifalarini  o`zlashtirishda  ularga  bir  xil  o`zakli
so`zlarning ma‘no va tuzilishi jihatidan o`xshashligi va farqini aniqlash anchagina
qiyinlik qiladi. SHuning uchun so`zning morfemik tarkibini maxsus o`rganishdan
oldin uning ma‘no va tarkibiga ko`ra yaqinligi kuzatiladi. 
I sinfda kuzatish o`rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so`zlarning
ma‘nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog`lanadi. I sinfda  kim?, nima?
So`rog‘iga  javob  bo`lgan  so`zlarni  o`rganish  jarayonida  o`qituvchi  va
o`quvchilarning  ―Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?-  savoliga
birgalikda  javob  topishi  ularni  bir  xil  o`zakli  so`zlar  o`rtasidagi  munosabatni
tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga
javob topish bilan o`quvchilar  ―Nega so`zlar o`zakdosh hisoblanadi?-, ―Bir
so`zdan  boshqa  so`z  qanday  hosil  bo`ldi?-  savollariga  javob  berishga
tayyorlanadilar. 
Logotip
o`rganish tizimida so`zning morfemik tarkibini o`rganishning o`rni bilan; 2) ―o`zak-, ―o`zakdosh so`z-, ―so`z yasovchi qo`shimcha-, ―shakl yasovchi qo`shimcha- tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so`zning morfemik tarkibi va so`z yasalishining o`zaro bir-biriga ta‘sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to`g`ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan bog‘liqligini belgilab beradi. Mavzuni o`rganishda to`rt bosqich ajratiladi: BIRINCHI BOSQICH – so`z yasalishini o`rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi – o`quvchilarni bir xil o`zakli so`zlarning ma‘no va tuzilishiga ko`ra bog`lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo`yilishiga sabab, birinchidan, so`zning ma‘no va tuzilishi jihatidan bog`lanishini tushunish, o`zining lingvistik mohiyatiga ko`ra, bir xil o`zakli so`zlarni va so`z yasalishini o`zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo`lgan so`zlar bir-biri bilan ma‘no va tuzilishi jihatidan bog`lanadi: ish – ishchi, g‘alla – g‘allakor. Ikkinchidan, o`quvchilar bir xil o`zakli so`zlarni va morfemalarni o`rganishda qiyinchiliklarga duch keladilar: ular bir xil o`zakli so`zlarnnng ma‘nolaridagi umumiylikni tushunishda qiynaladilar, chunki ularda mavhum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo`ladi; o`zak, so`z yasovchi va shakl yasovchi qo`shimchalarning vazifalarini o`zlashtirishda ularga bir xil o`zakli so`zlarning ma‘no va tuzilishi jihatidan o`xshashligi va farqini aniqlash anchagina qiyinlik qiladi. SHuning uchun so`zning morfemik tarkibini maxsus o`rganishdan oldin uning ma‘no va tarkibiga ko`ra yaqinligi kuzatiladi. I sinfda kuzatish o`rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so`zlarning ma‘nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog`lanadi. I sinfda kim?, nima? So`rog‘iga javob bo`lgan so`zlarni o`rganish jarayonida o`qituvchi va o`quvchilarning ―Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?- savoliga birgalikda javob topishi ularni bir xil o`zakli so`zlar o`rtasidagi munosabatni tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga javob topish bilan o`quvchilar ―Nega so`zlar o`zakdosh hisoblanadi?-, ―Bir so`zdan boshqa so`z qanday hosil bo`ldi?- savollariga javob berishga tayyorlanadilar.
Tilda juda ko`p so`zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. Shuning uchun
o`quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini aniqlashdan asta-
sekin tildagi bir so`z bilan ikkinchi so`z o`rtasidagi bog`lanishni aniqlashga o`tish
mumkin. Masalan,  ―Nega kishilar paxta ko`p ekilgan joyni paxtazor  (paxta –
paxtazor),  daraxt  ko`p  ekilgan  joyni  daraxtzor  (daraxt  –  daraxtzor)  deb
nomlashgan?-, ―Nega kishilar bir uyni g‘ishtli  (g'isht – g'ishtli), boshqasini
sinchli deyishadi?- 
O`quvchilar  predmet  yoki  predmet  belgisining  nomlanish  sababini
aniqlashdan so`zlarning ma‘nosi va tarkibidagi umumiylikni topishga o`rganadilar.
Bularning hammasi o`quvchilarni bir xil o`zakli so`zlarning yasalishi mohiyatini
tushunishga  tayyorlaydi;  ular  bir  so`z  boshqa  so`zdan  o`zaro  ma‘no  jihatdan
bog`lanishi  asosida  yasalishini,  o`z  navbatida,  shu  so`z  bilan  nomlangan
tushunchalar  o`rtasidagi  bog`lanishga  asoslanishini  tushuna  boshlaydilar.
O`quvchilar so`zning yangi so`z hosil qilishga yordam beradigan qismini bilib
olgan sari ularda so`z yasalishi haqidagi tasavvur chuqurlasha boradi. 
IKKINCHI BOSQICH – bir xil o`zakli so`zlarning xususiyatlari va barcha
morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o`quv vazifasi –
so`zlarning  ma‘noli  qismlari  sifatida  o`zak,  so`z  yasovchi  va  shakl  yasovchi
qo`shimchalar bilan tanishtirish, ―o`zakdosh so`zlar- tushunchasini shakllantirish,
bir xil o`zakli so`zlarda o`zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi. 
―O`zakdosh  so`zlar-  tushunchasini  shakllantirish  ularning  ikki  muhim
belgisini,  ya‘ni  mazmuniy  umumiylikni  (ma‘nosida  qandaydir  umumiylik
borligini)  va  tuzilishiga  ko`ra  umumiylikni  (umumiy  o`zak  mavjudligini)
o`zlashtirish  bilan  bog`lanadi.  Shuning  uchun  bu  belgilarni  o`quvchilar
o`zlashtirishiga ta`lim jarayonida sharoit yaratish lozim. Bu o`quvchilarda bir xil
o`zakli  so`zlarning  lug‘aviy  ma‘nolari  bilan  morfemik  tarkibi  o`rtasidagi
bog`lanishni aniqlash ko`nikmasini rivojlantiradi. Masalan, o`quvchilar gul, gulzor,
gulli  (ko`ylak),  gulladi  so`zlarini taqqoslaydilar, bu to`rt so`z ma‘nosiga ko`ra
o`xshashligini va bir xil umumiy qismga ega ekanini, shuning uchun bularni bitta
o`zakdosh so`zlar guruhiga kiritish mumkinligini aniqlaydilar. 
Bir xil o`zakli so`zlarning ma‘nolaridagi umumiylik o`zakning umumiyligi
tufayli vujudga keladi, ularni bir guruhga birlashtiradi; qo`shimchalar esa so`zning
Logotip
Tilda juda ko`p so`zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. Shuning uchun o`quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini aniqlashdan asta- sekin tildagi bir so`z bilan ikkinchi so`z o`rtasidagi bog`lanishni aniqlashga o`tish mumkin. Masalan, ―Nega kishilar paxta ko`p ekilgan joyni paxtazor (paxta – paxtazor), daraxt ko`p ekilgan joyni daraxtzor (daraxt – daraxtzor) deb nomlashgan?-, ―Nega kishilar bir uyni g‘ishtli (g'isht – g'ishtli), boshqasini sinchli deyishadi?- O`quvchilar predmet yoki predmet belgisining nomlanish sababini aniqlashdan so`zlarning ma‘nosi va tarkibidagi umumiylikni topishga o`rganadilar. Bularning hammasi o`quvchilarni bir xil o`zakli so`zlarning yasalishi mohiyatini tushunishga tayyorlaydi; ular bir so`z boshqa so`zdan o`zaro ma‘no jihatdan bog`lanishi asosida yasalishini, o`z navbatida, shu so`z bilan nomlangan tushunchalar o`rtasidagi bog`lanishga asoslanishini tushuna boshlaydilar. O`quvchilar so`zning yangi so`z hosil qilishga yordam beradigan qismini bilib olgan sari ularda so`z yasalishi haqidagi tasavvur chuqurlasha boradi. IKKINCHI BOSQICH – bir xil o`zakli so`zlarning xususiyatlari va barcha morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o`quv vazifasi – so`zlarning ma‘noli qismlari sifatida o`zak, so`z yasovchi va shakl yasovchi qo`shimchalar bilan tanishtirish, ―o`zakdosh so`zlar- tushunchasini shakllantirish, bir xil o`zakli so`zlarda o`zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi. ―O`zakdosh so`zlar- tushunchasini shakllantirish ularning ikki muhim belgisini, ya‘ni mazmuniy umumiylikni (ma‘nosida qandaydir umumiylik borligini) va tuzilishiga ko`ra umumiylikni (umumiy o`zak mavjudligini) o`zlashtirish bilan bog`lanadi. Shuning uchun bu belgilarni o`quvchilar o`zlashtirishiga ta`lim jarayonida sharoit yaratish lozim. Bu o`quvchilarda bir xil o`zakli so`zlarning lug‘aviy ma‘nolari bilan morfemik tarkibi o`rtasidagi bog`lanishni aniqlash ko`nikmasini rivojlantiradi. Masalan, o`quvchilar gul, gulzor, gulli (ko`ylak), gulladi so`zlarini taqqoslaydilar, bu to`rt so`z ma‘nosiga ko`ra o`xshashligini va bir xil umumiy qismga ega ekanini, shuning uchun bularni bitta o`zakdosh so`zlar guruhiga kiritish mumkinligini aniqlaydilar. Bir xil o`zakli so`zlarning ma‘nolaridagi umumiylik o`zakning umumiyligi tufayli vujudga keladi, ularni bir guruhga birlashtiradi; qo`shimchalar esa so`zning
ma‘nosiga o`ziga xos ma‘no qo`shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil o`zakli
so`zlar ustida bunday ishlash usuli o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi,
ular  diqqatini  so`zning  umumiylikka  asoslangan  aniq  belgilariga  jalb  qilish
imkonini beradi. Masalan, o`qituvchi kombayn rasmini ko`rsatadi va «Kombaynni
boshqaradigan  kishi  nima  deb nomlanadi?»  savolini  beradi.  Javob  xattaxtaga
yoziladi: kombayn – kombaynchi. Tushunchalarni taqqoslab kuzatish quyidagi aniq
til materialini yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish jarayonida bir xil o`zakli
so`zlarning  xususiyatlari  haqida  xulosa  chiqariladi:  Avval  so`zlarni  ma‘no  va
tarkibiga ko`ra taqqoslash asosida ―o`zakdosh so`zlar- atamasi beriladi, keyin
o`zakdosh  so`zlarning  umumiy  qismi  o`zak  deyilishi,  o`zakdosh  so`zlarni,
boshqacha qilib, bir xil o`zakli so`zlar (ya‘ni o`zakdosh so`zlar) deb nomlanishi
ham tushuntiriladi. 
O`quvchilarda bir xil o`zakli so`zlarni ikki muhim belgisiga ko`ra aniqlash
ko`nikmasini o`stirish uchun o`zakdosh so`zlar yaqin ma‘noli – sinonim so`zlar
bilan, shakli o`xshash bo`lgan so`zlar bilan taqqoslanadi. Masalan, o`quvchilar
baxtli  –  baxtsiz  o`zakdosh  so`zlari  bilan  baxtli  –  saodatli  sinonim  so`zlarini
taqqoslab, o`zakdosh so`zlar ham, sinonim so`zlar ham yaqin ma‘no bildirishini
(o`xshash  tomonini), o`zakdosh so`zlarda umumiy qism  (baxt)  mavjud bo`lib,
sinonim so`zlarda bunday umumiy qism yo`qligini (farqli tomonini) aniqlaydilar,
ular  bog‘ – bog‘bon  o`zakdosh so`zlari bilan  suv – suva  so`zlarini taqqoslab,
quyidagi xulosaga keladilar: bog‘ – bog‘bon o`zakdosh so`zlar hisoblanadi, chunki
bular  yaqin  ma‘noli  va  umumiy  qismi  bor;  suv  –  suva  so`zlari  shakli
tomonidangina  o`xshaydi,  ammo  butunlay  boshqa  ma‘noni  bildiradi.  Bunday
mashqlar o`quvchilarni o`zakdosh so`zlarni yaqin ma‘noli sinonim so`zlardan, bir-
biriga o`xshash bo`lgan so`zlardan farqlashga o`rgatadi. 
Bir xil o`zakli so`zlar turli so`z turkumiga oid bo`ladi. SHuning uchun bir xil
o`zakli so`zlarni o`rganishning bu bosqichida o`quvchilar diqqati o`zakdosh so`zlar
shaxs, narsa, uning harakati va belgisini bildirishiga qaratiladi. SHu maqsadda turli
so`z turkumiga oid bir xil o`zakli so`zlar mavjud bo`lgan matnni tahlil qilib,
o`zakdosh so`zlarni aniqlash, shuningdek,  kim?, nima?, qanday?, nima qiladi?
so`roqlariga  javob  bo`ladigan  bir  xil  o`zakli  so`zlar  tanlash  mashqlaridan
foydalanish  yaxshi  natija  beradi.  Bunda  so`zlarni  ma‘nosi  va  tarkibiga  ko`ra
Logotip
ma‘nosiga o`ziga xos ma‘no qo`shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil o`zakli so`zlar ustida bunday ishlash usuli o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi, ular diqqatini so`zning umumiylikka asoslangan aniq belgilariga jalb qilish imkonini beradi. Masalan, o`qituvchi kombayn rasmini ko`rsatadi va «Kombaynni boshqaradigan kishi nima deb nomlanadi?» savolini beradi. Javob xattaxtaga yoziladi: kombayn – kombaynchi. Tushunchalarni taqqoslab kuzatish quyidagi aniq til materialini yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish jarayonida bir xil o`zakli so`zlarning xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi: Avval so`zlarni ma‘no va tarkibiga ko`ra taqqoslash asosida ―o`zakdosh so`zlar- atamasi beriladi, keyin o`zakdosh so`zlarning umumiy qismi o`zak deyilishi, o`zakdosh so`zlarni, boshqacha qilib, bir xil o`zakli so`zlar (ya‘ni o`zakdosh so`zlar) deb nomlanishi ham tushuntiriladi. O`quvchilarda bir xil o`zakli so`zlarni ikki muhim belgisiga ko`ra aniqlash ko`nikmasini o`stirish uchun o`zakdosh so`zlar yaqin ma‘noli – sinonim so`zlar bilan, shakli o`xshash bo`lgan so`zlar bilan taqqoslanadi. Masalan, o`quvchilar baxtli – baxtsiz o`zakdosh so`zlari bilan baxtli – saodatli sinonim so`zlarini taqqoslab, o`zakdosh so`zlar ham, sinonim so`zlar ham yaqin ma‘no bildirishini (o`xshash tomonini), o`zakdosh so`zlarda umumiy qism (baxt) mavjud bo`lib, sinonim so`zlarda bunday umumiy qism yo`qligini (farqli tomonini) aniqlaydilar, ular bog‘ – bog‘bon o`zakdosh so`zlari bilan suv – suva so`zlarini taqqoslab, quyidagi xulosaga keladilar: bog‘ – bog‘bon o`zakdosh so`zlar hisoblanadi, chunki bular yaqin ma‘noli va umumiy qismi bor; suv – suva so`zlari shakli tomonidangina o`xshaydi, ammo butunlay boshqa ma‘noni bildiradi. Bunday mashqlar o`quvchilarni o`zakdosh so`zlarni yaqin ma‘noli sinonim so`zlardan, bir- biriga o`xshash bo`lgan so`zlardan farqlashga o`rgatadi. Bir xil o`zakli so`zlar turli so`z turkumiga oid bo`ladi. SHuning uchun bir xil o`zakli so`zlarni o`rganishning bu bosqichida o`quvchilar diqqati o`zakdosh so`zlar shaxs, narsa, uning harakati va belgisini bildirishiga qaratiladi. SHu maqsadda turli so`z turkumiga oid bir xil o`zakli so`zlar mavjud bo`lgan matnni tahlil qilib, o`zakdosh so`zlarni aniqlash, shuningdek, kim?, nima?, qanday?, nima qiladi? so`roqlariga javob bo`ladigan bir xil o`zakli so`zlar tanlash mashqlaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda so`zlarni ma‘nosi va tarkibiga ko`ra
taqqoslab, o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash shart. O`quvchilar u yoki bu so`z
nima uchun o`zakdosh ekanini isbotlaganlarida, ularning ikki muhim belgisini
aytsinlar. Masalan, gul, gulladi, gulli, guldor, gulzor o`zakdosh so`zlar hisoblanadi,
chunki bularda umumiy qism – gul mavjud, bu so`zlar yaqin ma‘noni bildiryapti. 
Bir xil o`zakli so`zlarni o`rganish jarayonida o`quvchilar o`zakning har vaqt
bir  xil  yozilishini  kuzatadilar.  Bunday  kuzatish  o`zakda  jufti  bor  jarangli  va
jarangsiz undoshlar bo`lgan so`zlarni anglab, to`g`ri yozishga asos bo`ladi. 
Bir  xil  o`zakli  so`zlar  bilan  tanishish  jarayonida  o`quvchilarda  so`zning
ma‘noli qismi bo`lgan morfemalar (o`zak, so`z yasovchi, shakl yasovchilar) haqida
boshlang`ich  tasavvur  hosil  bo`ladi.  Buning  uchun  so`z  yasashga  oid  vazifa
topshirish maqsadga muvofiq. Bu vazifani bajarishda o`quvchilar morfemalardan
foydalanib bir xil o`zakli so`zlar guruhini hosil qiladilar va morfemalarning o`rni
hamda vazifasi haqida tasavvur hosil qiladilar. Masalan, o`qituvchi  gul  so`zini
yozish  va  unga  gul  ko`p  ekilgan  joyni  bildiradigan  o`zakdosh  so`z  tanlashni
topshiradi. O`quvchilar gul, gulzor so`zlarini yozadilar. Gulzor so`zini hosil qilish
uchun -zor qismi qo`shilgani aniqlanadi. O`qituvchi ―Gul parvarish qilish bilan
shug‘ullanadigan  kishini  nima  deb  nomlaymiz?-  savolini  beradi.  O`quvchilar
gulchi  so`zini aytadilar; bu so`z  gul  so`ziga  -chi  qismini qo`shish bilan hosil
qilingani (yasalgani) aniqlanadi. So`zlardagi  -zor, -chi  qismlarining ahamiyatini
taqqoslash  asosida  boshlang`ich  bilimlar  umumlashtiriladi,  so`z  yasovchi
qo`shimcha atamasi beriladi. 
SHakl  yasovchi  qo`shimcha  bilan  elementar  tanishtirish  uchun  daftar  va
daftarlar  so`zlarini  ma‘no  va  shakl  tomondan  taqqoslash  topshiriladi.  Suhbat
asosida  o`quvchilar  ma‘noning  o`zgarmaganini,  shakli  o`zgarganini  (-lar
qo`shilganini) aniqlaydilar. 
Ta`limning bu bosqichida o`quvchilarning morfema haqidagi bilimlari yetarli
emas, ularni bu tushunchalar bilan amaliy mashqlarni bajarish jarayonida endigina
tanishtirilyapti. SHuning uchun o`qituvchi tarkibi va yasalish usuli o`quvchilarning
yosh xususiyatiga mos bo`lgan so`zlarni tanlaydi, bu so`zlarni analiz va sintez
qilishni boshqaradi, so`zlarning leksik ma‘nosi bilan morfemik tarkibi o`rtasidagi
bog`lanishni o`quvchilarning bilib olishlariga doimiy g‘amxo`rlik qiladi. 
Logotip
taqqoslab, o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash shart. O`quvchilar u yoki bu so`z nima uchun o`zakdosh ekanini isbotlaganlarida, ularning ikki muhim belgisini aytsinlar. Masalan, gul, gulladi, gulli, guldor, gulzor o`zakdosh so`zlar hisoblanadi, chunki bularda umumiy qism – gul mavjud, bu so`zlar yaqin ma‘noni bildiryapti. Bir xil o`zakli so`zlarni o`rganish jarayonida o`quvchilar o`zakning har vaqt bir xil yozilishini kuzatadilar. Bunday kuzatish o`zakda jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar bo`lgan so`zlarni anglab, to`g`ri yozishga asos bo`ladi. Bir xil o`zakli so`zlar bilan tanishish jarayonida o`quvchilarda so`zning ma‘noli qismi bo`lgan morfemalar (o`zak, so`z yasovchi, shakl yasovchilar) haqida boshlang`ich tasavvur hosil bo`ladi. Buning uchun so`z yasashga oid vazifa topshirish maqsadga muvofiq. Bu vazifani bajarishda o`quvchilar morfemalardan foydalanib bir xil o`zakli so`zlar guruhini hosil qiladilar va morfemalarning o`rni hamda vazifasi haqida tasavvur hosil qiladilar. Masalan, o`qituvchi gul so`zini yozish va unga gul ko`p ekilgan joyni bildiradigan o`zakdosh so`z tanlashni topshiradi. O`quvchilar gul, gulzor so`zlarini yozadilar. Gulzor so`zini hosil qilish uchun -zor qismi qo`shilgani aniqlanadi. O`qituvchi ―Gul parvarish qilish bilan shug‘ullanadigan kishini nima deb nomlaymiz?- savolini beradi. O`quvchilar gulchi so`zini aytadilar; bu so`z gul so`ziga -chi qismini qo`shish bilan hosil qilingani (yasalgani) aniqlanadi. So`zlardagi -zor, -chi qismlarining ahamiyatini taqqoslash asosida boshlang`ich bilimlar umumlashtiriladi, so`z yasovchi qo`shimcha atamasi beriladi. SHakl yasovchi qo`shimcha bilan elementar tanishtirish uchun daftar va daftarlar so`zlarini ma‘no va shakl tomondan taqqoslash topshiriladi. Suhbat asosida o`quvchilar ma‘noning o`zgarmaganini, shakli o`zgarganini (-lar qo`shilganini) aniqlaydilar. Ta`limning bu bosqichida o`quvchilarning morfema haqidagi bilimlari yetarli emas, ularni bu tushunchalar bilan amaliy mashqlarni bajarish jarayonida endigina tanishtirilyapti. SHuning uchun o`qituvchi tarkibi va yasalish usuli o`quvchilarning yosh xususiyatiga mos bo`lgan so`zlarni tanlaydi, bu so`zlarni analiz va sintez qilishni boshqaradi, so`zlarning leksik ma‘nosi bilan morfemik tarkibi o`rtasidagi bog`lanishni o`quvchilarning bilib olishlariga doimiy g‘amxo`rlik qiladi.