Boshlang’ich sinflarda ta’lim va tarbiya jarayonini modernizatsiyalash,
integratsiyalash
Umumiy ma’lumot. Mamlakatimiz hayotida katta o’zgarishlar ro’y
bermoqda: yangicha ijtimoiy tuzum mustahkamlanib, iqtisodiy munosabatlar tizimi
tamomila yangicha asosda qurilmoqda, natijada, yangi kasblar paydo bo’lib,
mavjudlariga ham o’zgacha talablar qo’yilmoqda. Ko’plab faoliyat turlarida hech
bo’lmaganda bitta chet tilini erkin o’zlashtirish, kompyuter texnikasidan foydalana
bilish talab etilmoqda. Shu sababli o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotga yangicha
tayyorlash talab etilmoqda. Mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiyalash zarurati
ayni shu holatlar bilan belgilanadi. Hozirda ta’limni modernizatsiyalash davlat
ta’lim siyosatining yetakchi g’oyasi va asosiy vazifasi sanaladi.
Ta’limni modernizatsiyalash - ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari va
faoliyatining barcha sohalarini milliy ta’limning eng yaxshi an’analarini saqlagan
va boyitgan holda bugungi kun talablari darajasiga ko’tarishga qaratilgan kompleks
chora tadbirlardir. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini
modernizatsiyalash zarurligi haqida ko’p gapirilmoqda. Bu jarayonda ayrim
muammolar yuzaga kelishi tabiiy. Birinchi muammo - amaldagi tizimda mavjud
ijobiy holatlarni saqlab qolish. Ikkinchisi - avvalgi yillarda jamiyat uchun foydali
bo’lgan jihatlar boy berilgan bo’lsa, ularni tiklash. Nihoyat, uchinchisi - ta’lim
tizimini jamiyat talablari bilan muvofiqlashtirish. Pedagogika fani va amaliyotida
boshlang’ich umumiy ta’limni modernizatsiyalash, ta’lim mazmunini
integratsiyalash - kichik yoshdagi o’quvchilarning yosh va individual
xususiyatlarini hisobga olgan holda yagona tamoyillar asosida rivojlantiruvchi
muhitni yaratish: universal malaka va qobiliyatlarni kommunikativ, ijtimoiy,
axborot, kognitiv va boshqa kompetentsiyalarni shakllantirish bilan bog’liq
yechimlari belgilangan. Shu asosda proektsiyalanadigan ta’lim mazmuni kichik
yoshdagi o’quvchilarning kompleks ta’lim bilish jarayonini tashkil qilish va uning
natijalarini bolaning bazaviy kategoriyalarni turli nuqtai nazardan, turli ta’lim
sohalarida o’rganadigan, mazmunni bir tildan boshqasiga tarjima qilish usullarini
o’zlashtiradigan yagona, u yaxlit jarayon sifatida aniqlashni ta’minlaydi. Bu bilish
jarayonida bolaning bilish faoliyatida duch keladigan shaxsiy va madaniy
mazmunni keltirib chiqaradi, ta’limni mintaqalashtirishni ta’minlaydi.
Ta’limni mintaqalashtirish deganda, tadqiqotchilar bola hayotini
ta’minlovchi muhitni, uning hayotiy faoliyatda real umuminsoniy va mahalliy
qadriyatlarga aloqador bo’lgan mazmunni o’z ichiga olgan konteksti sifatida
qaraydilar. Shaxsning yaxlit rivojlanish sharti sifatida maktabgacha va
boshlang’ich ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash lozim. Yaxlit
rivojlanish, dunyoni uyg’unlikda idrok etishsiz, o’rganishning uyg’un shakli
bo’lishi mumkin emas.
Boshlang’ich ta’lim tizimini modernizatsiyalashda integratsiya masalalari
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’limning barcha bo’g’inlarida tobora faol
qo’llanayotgan pedagogik integratsiyaning turli yo’nalish, tur va shakllari
o’quvchilar, jumladan, kichik yoshdagi o’quvchilarning ma’naviy kuch,
qobiliyatlarini ochish uchun maqbul sharoit yaratib, ta’lim tizimiga yangicha
gumanistik yo’nalganlik baxsh etadi. Pedagogik integratsiya o’zining texnologik
infrastsrukturasi, o’z ,,Tayanch” ta’lim texnologiyalariga ega. O’qituvchi, eng
avvalo, o’z sinfidagi o’quvchining tayyorgarlik darajasini tahlil qiladi, uning
psixologik xususiyatlari va bilishga bo’lgan qiziqishlarini baholaydi.
Ularning o’quv faoliyatida murakkabliklar integratsiyalash metodini qo’llash
sabablardan biri bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda o’quvchilarning ma’lum o’quv
fanini muvaffaqiyatli o’zlashtirishi boshqa, bir fanga oid bilim va malakalarning
mavjud bo’lishini ko’zda tutadi. Masalan, matnni tez va savodli ko’chirib yozish
ko’p jihatdan ravon va to’g’ri o’qish malakasiga bog’liq. Ammo xatto muhim
sheriklik aniq ko’zga tashlanmasa ham, o’qituvchi o’z fanining mazmun-
mohiyatini qat’iy baholab, ,,izolyatsiyalangan” ajratilgan o’qitish yetarli emasligi,
xatto zararli ekanini anglab yetishi lozim. Dunyoning yagona ekani, unda son-
sanoqsiz aloqadorliklar mavjudligini, biror bir muhim masalani ko’plab
boshqalariga daxlsiz ko’rib chiqish mumkin emasligini tobora aniq, idrok etib
boriladi.
Bunday hollarda qiyoslash, taqqoslash talab etiladi. Bu ham integratsiya
uchun bir asos. Biroq o’qituvchilar o’z fanlarini o’qitishda ta’limning istiqboldagi
maqsadlarini yaqinlashtiradigan o’zaro hamkorlik maydonini aniqlay olishi
integratsiyaning yanada chuqur asosi sanaladi. G’oyani amalga oshirish, maqsadga
erishish uchun ta’limning tegishli texnologiyasini ishlab chiqish, ko’p hollarda
munozaraga sabab bo’layotgan integratsiyalangan dars davomida o’qituvchi va
o’quvchi faoliyatini tashkil etish masalasini hisobga olish talab etiladi. Eng avvalo,
integratsiyalangan kursga kiritilgan aynan bir masalani hal qilish asosida bilishga
qiziqish va umum o’quv ko’nikma va malakalarini ishlab chiqish jarayonini
intensivlash masalasi dolzarblik kasb etadi.
Darsni o’qituvchilar birga yoki alohida olib borishi mumkin, Biroq natija
ularning birgalikdagi sa’y-harakatlari hisobiga erishiladi. Oddiy bir misol: ko’plab
o’qituvchilar bolalarga vazifalarni daftarda rasmiylashtirishga oid turlicha talablar
qo’yadi, natijada kichkintoylar ancha vaqtgacha tegishli tartibning ,,o’rtamiyona”
variantni topolmay qiynaladi. Integratsiyalangan kurs doirasida esa o’qituvchilar
nimani muhim, nimani asosiy bo’lmagan deb hisoblashni avvaldan kelishib olishi,
o’quvchilarni o’z ishlarini ratsional rasmiylashtirishga, og’zaki javoblarini to’g’ri
tuzishga o’rgatishi, ularga o’z-o’zini nazorat va o’z-o’zini baholash ko’nikmalarini
singdirishi mumkin. O’qituvchilarning bu kabi hamkorligiga asoslangan darslarni
ham, garchi ularda o’rganiladigan material sira kesishmasa-da, integratsiyalangan
darslar sirasiga kiritiladi.
Mazkur muammo boshlang’ich maktabda o’ziga xos murakkkabliklarga ega.
Ayni paytda uni hal qilishni yengillashtiradigan omillar ham mavjud. Bir
tomondan, boshlang’ich maktabda o’quv fanlari soni ko’p emas. Boshqa
tomondan, boshlang’ich sinf o’qituvchilari integratsiyalangan darslarga o’tishi
oson, zero deyarli barcha o’quv fanini ularning o’zi olib boradi. Integratsiyalangan
dars o’qituvchidan qo’shimcha tayyorgarlik, ko’proq eruditsiya, yuksak
professionalizmni talab qiladi. Bunday darsni ishlab chiqar ekan o’qituvchi
quyidagilarni hisobga olishi kerak: