KURS ISHI
BOSHLANG`ICH SINFLARDA TA’LIMIY DIKTANT VA UNI TASHKIL
ETISH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA TA’LIMIY DIKTANT TASHKIL
ETISHDA DIDAKTIK O’YINLAR
1.1
.
BOSHLANG’ICH
SINF
ONA
TILI
DARSLARIDA
QO’LLANILADIGAN METODLAR.
1.2
. DIDAKTIK O‘YINLARNING TURLARI VA O‘TKAZISH YO‘LLARI
II BOB BOLALAR TAFAKKURINING O‘ZIGA XOSLIGI
2.1.
ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLAR VOSITASIDA
O‘QUVCHILAR NUTQINI BOYITISH USULLARI
2.2. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TA’LIMIY DIKTANT TASHKIL ETISHDA
O‘QUVCHILAR TAFAKKURINING O‘ZIGA XOSLIGI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyоyеv о‘qituvchi vа
murаbbiylаr kunigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi nutqlаridа, “Bugun hаr
bir о‘qituvchi vа tаrbiyаchi, оliygоh dоmlаsi tа’lim vа ilm – fаn sоhаsidаgi еng
sо‘nggi ijоbiy yаngiliklаrni о‘quv jаrаyоnlаrigа tаtbiq еtа оlаdigаn, chuqur bilim
vа dunyоqаrаsh еgаsi, bir sо‘z bilаn аytgаndа, zаmоnаmiz vа jаmiyаtimizning еng
ilg‘оr vаkillаri bо‘lishlаri kеrаk. Bundаy ustоzlаr qо‘lidа tа’lim оlgаn
fаrzаndlаrimiz biz оrzu qilgаn О‘zbеkistоnning yоrug‘ kеlаjаgini bunyоd еtishgа
qоdir аvlоd bо‘lib kаmоl tоpаdi. Lеkin bu yuksаk nаtijаlаrgа еrishish uchun tа’lim
tizimidаgi mаvjud muаmmоlаrni hаl qilishimiz lоzim”.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida
tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi“ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda
salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalaridagi o‘qitish
sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion
texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim,
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi.
Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinflarda ta’limiy diktant va uni tashkil
qilish ustida ishlash xususiyatlarini o‘rganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
iborat.
Kurs ishining vazifalari:
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarga ta’limiy diktant o’rgatishni tushuntirishdir.
Boshlang`ich sinf o‘quvchilariga interfaol va didaktik metodlarda diktant va uni
tashkil qilish metodikasi.
Didaktik o`yinlarni bajartirish metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda ustida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini keng tarzda
yoritib berishdan iborat
Kurs ishining obyekti: boshlang’ich sinf ta’limiy diktant va uni tashkil qilish
jarayoni ustida ishlash orqali o`quvchilar bilimini shakllantirish jarayoni.
2
Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf darslarida ta’limiy diktant tashkil
qilish va uni o’tkazish mazmuni, vositalari, shakl va metodlari
Kurs ishining tuzilishi vа hаjmi. Kirish, ikkitа bоb, xulоsа, fоydаlаnilgаn
аdаbiyоtlаr rоʻyhаtidan iborat bo‘lib, asosiy matn 31 betdani tashkil qiladi
I BOB. DIDAKTIK O’YINLAR
1.1
. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA
QO’LLANILADIGAN METODLAR
Boshlang’ich sinflarda ona tili va o`qish savodxonligi darslari o’z mohiyati,
maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki ularning
zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun
ham boshlang’ich ta’lim darslariga o’quvchilar qiziqishini oshirishga alohida
e’tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang’ich sinflardanoq «dars» degan
muqaddas so’zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o’quvchilarni darsga
bo’lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o’qituvchilar turli didaktik
o’yinlardan foydalanishmoqda.
O`quvchilar savodxonligini oshirishda foydali mashqlardan biri diktantdir.
Diktant o`tkazishda o`quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, ishda aniqlika
e`tibor berish, soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga egadir.
Shuningdek, o`quvchilarni o`z-o`zini tekshirishga odatlantirish zarur. O`quvchi
diktant yozishda so`zning harfiy ifodasini ko`rmay, eshitish sezgisi orqali tovushlar
majmuasini tasavvur etadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi. Bunda
3
psixologik jarayon bilan fiziologik jarayonning birgalikda harakatlanishi so`zlar
shaklining bolada mustahkamlanib borishiga imkon beradi.
Ta’limiy diktantlarni o‘tkazish vaqtini, o‘rnini, turini o‘qituvchining o‘zi
belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi),
ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o‘quvchilar bilimini mustahkamlash
maqsadida o‘tkaziladi. Ta’limiy diktantda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan
hodisaning imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi,
o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat
beradi. Har qanday yo‘l bilan xatoning oldini olish chorasi ko‘riladi. Masalan, 1-
sinfda a va o unlilari o‘rganilayotgan darsda bo‘g‘intovush, tovush-harf tahlili
o‘tkaziladi. Baho, bahor so‘zlarining birinchi bo‘g‘inida a harfi yozilishini
o‘quvchilar bilib olgach, o‘quvchilardan biri shu so‘zlarni xattaxtaga yozadi va
tahlil qilinadi. So‘ng so‘z o‘chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib
yozdiriladi. Ta’limiy diktantlar tashkil etish va bajarilish usuliga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘linadi:
1. Ta’kidiy diktant.
2. O‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.
3. Izohli diktant.
4. Saylanma diktant.
5. Erkin diktant.
6. Rasm diktant.
7. Lug‘at diktant.
8. Ijodiy diktant.
Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil
etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq
holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
XX asrning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirishbayon
metodi, suhbat metodi, analizsintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va
deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo’llanilib
kelindi.
4
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri
bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan
mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini
kuzatib, tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni
bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib,
o’qituvchi ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi
zimmasiga o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda,
misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich
sinflarda bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan keiib
chiqqan holda 3—5 daqiqaga mo’ljallangan, Bayon qilish metodini qo’llash
holatlari hozir ham uchraydi.
Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan va
shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savoljavob
metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini
o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim
belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va
farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga
yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab
etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish mctodi sifatida
qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894yilda
asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam
berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy
qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i
bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat
yaratiladi. Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi
muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal
qila olrnasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun
5
boshlang’ich sinfda muammoli o’qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod
deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o’qitish metodini leksiksemantik va
grammatik/nashqlarni tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1smfdan
boshiab foydalanish mumkin. Bu metod ,,Tovush va harf’ mavzusini
o’rganayotganda tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi vazifasini
tushuntirishda, ,,So’z ma’nosi», ,,Nutq va gap» mavzularini o’rganishda ham
qo’llanadi. Masalan, ,,So’z ma’nosi» mavzusini o’rganish uchun xattaxtaga turli
ma’nodagi, ya’ni turli so’z turkumiga kiradigan so’zlar aralash holda yozib
qo’yiladi.
So’zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o’qidi, yashil, binokor, o’nta,
o’qituvchi, sakkiz.
O’quvchilar bilan quyidagicha savoljavob tashkil qilinadi: So’zlarni o’qing.
— Birinchi so’z nimani bildiryapti? Narsanimi, Shaxsnimi?
— Bu so’zga qanday so’roq beramiz?
— Ikkinchi so’z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?
— Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?
— Qaysi so’zlar sanoqni bildiryapti?
— Bu so’zlarga qaysi so’roqni beramiz?
— Qaysi so’zlar rangni bildiryapti?
— Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?
So’zlar ichidan Shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so’zlarni topib, bir ustun qilib
yozing.
— Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so’zlarni topib yozing.
— Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so’zlarni topib yozing va hokazo.
O’quvchilar topshiriqni o’qituvchi yordamida bajarib bo’lgach, muammoli savol
o’rtaga tashlanadi:
Yuqoridagi so’zlar nimasiga ko’ra farqlanyapti? o’quvchilar ,,ma’nosiga ko’ra»
degan fikrni ayta olmasalar, o’qituvchi bu muammoni hal qiladi:
6
Bu so’zlar ma’nosiga ko’ra va so’roqlariga ko’ra farq qiladi. o’ylang, so’zlarni
qaysi xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratamiz? So’zlarni nechta guruhga ajratish
mumkin?
Savol-javoblardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib
borilyapti va o’quvchilar suhbat davomida yangiyangi raa’lumotlarni egallab
bormoqdalar. 3—4sinflarga o’tganda bunday suhbatlar oxirida o’quvchilarning
o’zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o’quvchilarning yoshi, saviyasidan
tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o’quvchilar charchab
qoladilar, o’zlashtirish darajasi ham susayadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan
mavzuni mustahkanilash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi.
o’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma
shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi
yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1sinfdan boshlab beriladi va u astasekin
marakkablashtirilib boriladi. lsinfda ,,Yozgan so’zlaringizni lug’atdan
tekshiring», ,,Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing», ,,Rasmni
kuzating. Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing» kabi
topshiriqlar beriladi. Masalan, 88-mashqda ,,O’lkamda bahor» mavzusida sujetli
rasm berilgan. o’quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir
o’quvchi 5 ta, ikkinchi o’quvchi 10 ta va hokazo so’z yozishi mumkin. Aslida
rasmda 30 tadan ortiq narsa tasvirlangan: tog’, osmon, bulut, qor, terak, tol, o’rik,
ko’ylak, shim, tufli, mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o’t, gul, qo’1, oyoq, quloq,
ko’z, burun, yui, og’iz, barmoq, bo’yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu
o’quvchilarning e’tibor bilan kuzatishga — kuzatuvchanlikka o’rgatadi.
Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar
o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. O,na tili ta’limi jarayoniga analiz
— tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan
grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkarnlash maqsadida
tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda
7
namoyon bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni
yaxshilashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda
ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan
gap tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn
tuzish, mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda
sintez metodi namoyon bo’ladi. Analizsintez metodida ham o’quvchilarni
faollashtirish o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga,
ishni tashkil etish shakllariga bog’liq bo’ladi.
Induksiya metodida o’qwchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi,
tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o’quvchi tayyor qoida — ta’rif bilan tanishadi va uning
mohiyatini tii dalillari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savoJtopshiriqlari mazmuni grammatik
hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil
etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm,
jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi.
Shuningdek, hozirgi zamon shiddat bilan rivojlanayotgan davrda ta‘lim
jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning
zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka
erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib
chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan
mashg‘ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga,
mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib
chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan
bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv
jarayonida o‘quvchi asosiy figuraga aylanadi. Dars jarayonida har xil metodlardan
foydalanish o‘qituvchini izlanishga va o‘quvchini o‘z ustida ishlashga erkin
fikrlashga undaydi. Metod shunday tanlanishi kerakki unda o‘quvchi o‘zini erkin
8
tuta olishi, fikrlarini ravon aytishi, mavzuni juda yaxshi o‘zlashtirilishi lozimligi
muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib,
ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng
qo’llaniladigan usullar – «Klaster», «Aqliy hujum», «Davom ettir», «Taqdimot»,
«Blits-so’rov», «Muammoli vaziyat» kabilardan foydalanib, darsda samarali
natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida
«Sinkveyn», «Teskari test», «Aql charxi» metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish
qismida «Insert», «Pinbord», «Zinama-zina», «Bumerang» texnologiyalarini,
mavzuni mustahkamlash qismida «Venn diagrammasi», “Baliq skeleti”, «Nima
uchun? », «Qanday? », « Konseptual jadval», « Nilufar guli» kabi grafik tashkil
etuvchilar hamda «Tushunchalar tahlili», «T-jadval», «Rezyume»,«Kungaboqar»,
«Charxpalak» metodlarini, uyga vazifa berishda «FSMU», «Klaster», «Bo‘g‘inlar
zanjiri», «BBB» metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab,
o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi. Ona tili darslarida ham
yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari «Ha… yo’q», «Ta’rif
egasini top», «Men kimman?», «Domino», «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...)
ortiqcha», «Sirli sandiqcha metodi»,«Harfni his qilish» metodlari kabi didaktik
o’yinlardan foydalanish mumkin.
1.2. DIDAKTIK O‘YINLARNING TURLARI VA O‘TKAZISH YO‘LLARI
Zamonaviy ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ilg’or
texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiya jarayonining didaktik ta’minotini yaratish,
9
ta’lim mazmunini inovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish kerak.
Boshlang’ich ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun darslarimizda ilg’or
pedagogik va axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, didaktik o’yinlar va
interfaol usullardan foydalanishimiz darkor.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun didaktik o’yinlar bilim olishning
faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo’lib o’quvchilarda tafakkur, og’zaki va yozma
nutq ko’nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o’yinlar o’qish darslarida
o’quvchilarning qiziqishini o’stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik
o’yinlarning maqsadi o’quvchilarning fanga, ta’lim olishga, kitobga bo’lagn
qiziqishlarini uyg’otishdir.
Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va
ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit
haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun
qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o’yinlardan,
mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida
foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib
turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida
o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning
natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim. Masalan o’qish darslarida
“So’zdan so’z yasash” o’yinini o’tkazish o’quvchilarning lug’at boyligini
oshirishga, so’z boyligini o’stirishga yordam beradi.
Didaktik o’yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo’ish, jasur,
qat’iyatli bo’lish qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarini rivojlantirishga ham
yordam beradi. Didaktik o’yinlar maktab o’qituvchilari va murabbiylar tomonidan
ijod qilingan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhlaridagi
bolalarga va maktab o’quvchilariga mo’ljallangan. O’yin orqali bola jamoani
tushunadi. O’zi bajarayotgan mashg’ulotga nisbatan ongli munosabatda bo’ladi.
Didaktik o’yinlar o’quvchilardagi tortinchoqlik, xato qilishdan qo’rqish kabi
10
noqulayliklarga barham beradi. Shunday ekan har bir darslarda didaktik o’yinlar va
interfaol metodlardan unumli foydalanmog’imiz darkor.
Har bir didaktik o'yinda ko'pchilik bolalar yoki butun bir sinf o'quvchilari ishtirok
etadi. Masalan, ”Doiraviy misollar” o'yinida hamma bolalar masala yechadi,
”Zanjircha” da 10 nafar, ”Do'koncha” da 8-12 nafar bola, ”Narvoncha” da esa
hamma o'quvchilar masala yechadilar. Bundan tashqari, o'yin jarayonida hatto
bolalardan ba’zi birlari ishtirok etmasa ham, ular o'yinda imo-ishoralar bilan ham
qatnashadilar. Masalan, ko'zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini
tinglaydilar. “Eng yaxshi hisobchi”, ”Ko'proq va tezroq” kabi o'yinlarda o'z
o'rtoqlarining misolni qanchalik tug’ri-notug’ri yechayotganlarini kuzatib
boradilar. Bu esa o'qituvchiga o'quvchilar faoliyatiga individual munosbatda bo'lish
imkonini beradi. Didaktik o'yinlar o'tkazilish jarayonida bolalarning o'zlarini
mustaqil boshqara olishda o'rganishlarini ta’kidlab o'tish lozim. Didaktik
o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat? Tajriba shuni ko'rsatadiki,
didaktik o'yinlar hamjihatlik va intizomlikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki
har bir o'yin g’alaba qozonish bilan bog’liq bo'lib, o'yin shartlari va qoidalariga
qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. ”Kim aniqroq va tezroq”, ”Bo'sh kelma”,
”Eng yaxshi hisobchi”, ”Ko'rganni eslab qolish” kabi o'yinlarni o'tkazish paytida
o'quvchilar sinf xonasida jimjitlik bo'lishiga o'quvchilarning o'zlarining tuta
bilishlariga, partadan tovush chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa
olishlariga, joylariga osayishtalik bilan qaytib kelib o'tirishlariga, tovushlarni
diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn
bilan qarashlariga erishadilar. Darsda o'yinqaroqlik qilib o'tiradigan va o'qituvchini
bitta dars davomida 10-15 martagacha tanbeh berishga majbur etadigan bolalar
ham uchrab turadi. Biroq o'yin o'tkazilayotgan vaqtda bunday bolalarning hulq-
atvori tamoman 8 o'zgarib ketadi. Ular darhol o'zlarini tutib oladilar, o'qituvchining
o'yin qoidalarini ko'rsatib berishini kutib o'tirmaydilar ham, qoidalarni o'zlari
mustaqil bajaradilar. Didaktik o'yinlar jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni
iloji boricha tejay bilish hislatlari tarbiyalanadi. Didaktik o'yinlar bolalarda do'stlik,
birodarlik, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash va taraqqiy etishiga yordam beradi.
11
”Kim turgan saf yaxshiroq”, ”Zanjircha”, ”Narvoncha”, ”Bilgan kishi sanashni
davom ettiraversin” singari o'yinlar o'tkazilayotganda bolalar o'z o'rtoqlari, o'zi
turgan saf va o'z sinflarining sharafi uchun kurashadilar. Bir safga tizilganlar
ikkinchi safda turgan o'quvchilar bilan musobaqalashayotganda topshiriqni
saflardan birining o'quvchisi yoki bir necha o'quvchilari, yoxud butun bir saf
bajaradi.
Quyidagi didaktik materiallardan foydalaniladi: sur’atlar, jadvallar, stol ustida
ko'rsatiladigan teatr, sahna, abak (sanoq asbobi), o'yinchoqlar, chotlar, xaltachaga
solingan yong’oqlar, cho'plar, qo'lda yasalgan qog’oz qayiqcha va qalpoqcha,
geometrik shakllar chizilgan jadvallar, sxemalar, sanoq materiallari va geometrik
shakllar solingan qutichalar. Qo'llaniladigan o'yinlar nomi: ”Sanayver”, ”Ko'rganni
eslab qol”, ”Biz kamayib qoldik”, ”Kim ketdi (takrorlash)”, ”Nima o'zgardi?”,
”Teatr”, ”Nechta ekanligini top”, ”Jadvalni qidirib top”, ”Qo'shnilaringni top”,
”Hisoblashni kim bilsa davom ettiraversin”, ”Tuk-tuk”, ”Uychaga kim tez kiradi”,
”Kim chaqqon?”.
«Maqollarda antonimlar» Ma'lumki, o'zbek xalq maqollarida antonimlar ko'proq
uchraydi. Shu bois bu shartda o'quvchilar navbatma-navbat antonimlar ishtirok
etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch»,
«do'st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo'l, kichikka
izzatda» va x.k.
«Zinapoya» usuli O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi. So'ng xattaxtaga ushbu
shaklda «zinapoya» chiziladi. Ma'lumki, antonimlar o'z juftliklariga ega. Shundan
kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo'yiladi, ikkinchisini
esa guruhlardagi o'quvchilarning o'zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib
borishadi. Bunda o'quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh
o'quvchilari birinchi bo'lib bosh zinaga chiqsa, ular g’olib bo'ladi. Sinfda nechta
o'quvchi bo'lsa, zinalar soni shuncha bo'ladi.
«Izohli lug’at» Buning uchun o'quvchilar ikki guruhga bo'linadilar.1-guruh
ishtirokchilari so'z birikmasi, frazeologik birikma yoki tasviriy ifodalarni aytadilar.
2-guruhdagi o'quvchilar esa 1- guruhdagilar aytgan so'z va birikmalar ma'nosini
12
tezkorlik bilan izohlab beradilar. Shartni bajara olmagan guruh mag’lub
hisoblanadi. Bu o'yin quyidagicha amalga oshiriladi: O'zbekning shoh taomi: palov
Ertalabki ovqatlanish: nonushta Ilonning yog’ini yalagan: ayyor Dala malikasi:
makkajo'xori Aql gimnastikasi: shaxmat Tog’ malikasi: archa va x.k. Bu o'yinlarni
ona tili darslarida 4-sinflarda o'tkazish maqsadga muvofiq. Bunday o'yinlar faqat
bir mavzu doirasida cheklanib qolmay bir qancha mavzularda, ko'proq takrorlash
darslarida o'tkazilishi mumkin.
Boshlang'ich sinflarda ta'limiy diktant tashkil qilish uchun quyidagi didaktik
o'yinlardan foydalanishingiz mumkin:
1. "Matnning qisqartirilgan ma'nosi" o'yini: O'qituvchi matndan qisqartirilgan
so'zni yoki jumlaning ma'nosini aytadi, va o'quvchilar uni to'g'ri topishga harakat
qilishlari kerak.
2. "So'zlarni joylashtirish" o'yini: O'qituvchi matndan kelgan so'zlar yoki
jumlaning qayerda joylashganligini topish uchun o'quvchilarga qo'yilgan so'zlar
yoki jumlalar joylashtiriladi.
3. "So'zlar bilan gap to'ldirish" o'yini: O'qituvchi bazi so'zlar yoki jumlalarni
to'ldirish uchun bo'sh joy qoldiradi, va o'quvchilar uni to'g'ri to'ldirishlari kerak.
4. "So'zlar bilan gap yozish" o'yini: O'qituvchi bazi so'zlar yoki jumlalarni yozish
uchun belgilangan joy qoldiradi, va o'quvchilar uni yozishlari kerak.
Bu o'yinlar o'quvchilarga matnni tushunish va matnning tushunarliroq yodga
solishiga yordam beradi. Ular diktant tashkil qilishda ham foydali bo'ladi.
Diktantlar o'quvchilarga matn tushunishini, yozish va to'g'ri yozishni oshirishga
yordam beradi. Diktantlar o'quvchilarning imlo va grammatika ko'nikmalarini
mustahkamlashga ham yordam beradi. O'quvchilar diktantlar orqali so'zlar va
jumla qurilmalarini to'g'ri yozishni o'rganishadi.
Diktantlar o'tkazish uchun o'qituvchi matnni to'g'ri o'qib beradi va so'zlarni to'g'ri
aytishni talab qiladi. Diktantlar o'tkazilgandan so'ng, o'qituvchi o'quvchilarga
xatolarini ko'rsatadi va ularga to'g'ri versiyasini beradi. Bu orqali o'quvchilar
xatolarini tuzatish va keyinchalik ularning o'zining xatolari bilan ishlashlari
mumkin. Diktantlar o'tkazish orqali o'quvchilarning matnning ma'nasini
13
tushunishiga va yodga solishiga yordam beradi. Ular o'quvchilarga matnning qaysi
qismini to'g'ri tushunishlarini va yodga solishlarini oshirishda ham yordam beradi.
Diktantlar o'yin shaklida ham o'tkazilishi mumkin. Masalan, diktant natijalariga
ko'ra bazi o'yinlar o'tkazilishi mumkin, masalan, "diktant bilan gap to'ldirish" yoki
"diktant natijalariga ko'ra jadval yaratish" kabi.
Umuman olganda, diktantlar o'quvchilarning matnning tushunishini, yozishni va
grammatik ko'nikmalarini mustahkamlash uchun foydali usul bo'ladi.
14
II BOB BOLALAR TAFAKKURINING O‘ZIGA XOSLIGI
2.1. ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLAR VOSITASIDA
O‘QUVCHILAR NUTQINI BOYITISH USULLARI
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fanlar qatorida
o`quvchilarga boshlang`ich til asoslarini o`rgatish, adabiy ta`lim orqali borliq va
jamiyat haqida tushuncha berish, o`quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish,
kamol toptirish kabi amaliy ishlar nazariyasini ishlab chiqadi. Boshlang’ich
sinflarda ona tili o`qitish metodikasi o’z predmetiga ega bo’lib, u o’zining maqsad
va vazifalarini davlatimizning me`yoriy hujjatlari va ta’lim to’g’risidagi qonun
hamda qarorlari asosida belgilaydi. Ona tili va o`qish darslari (adabiy ta`lim)
umumta`lim maktablarida asosiy o`quv predmetlaridan biri hisoblanadi.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisining kasbiy mahorati mazkur predmetning mazmuni
va o`qitish metodlarini qay darajada egallab olishiga bog`liq.
Boshlang‘ich ta'lim jarayoni o‘quvchilar ta'limiy faoliyatida ham,
o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida ham muhim davr hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ta'limiy o‘yinlarga bo‘lgan munosabati ancha
jiddiy. Ularning ko‘pchiligi bir qator o‘yinlarni boshlang‘ich sinflar darslarida
foydalanish uchun qulayligini aytib o‘tdilar. Ammo bu o‘yinlar deyarli bir xil edi.
Bundan tashqari «Didaktik o‘yinlardan darsning qaysi qismida ko‘proq
foydalanasiz?» deb so‘raganimizda, 10 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
«Asosan dam olish daqiqalarida hamda o‘tgan mavzni mustahkamlashda» deb
javob berdilar. Vaholanki, to‘g‘ri foydalanilgan didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinf
ona tili va o‘qish
darslarida yangi mavzuni bayon qilishda hamda mustahkamlashda eng qulay
metod
hisoblanadi. Zero, o‘yin bilimlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi har qanday
mashaqqatlarni
15
osongina engib o‘tishga, qiyin jarayonni o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirgan holda
engillatishga yordam beruvchi ta'lim usulidir. Darslarning shu zaylda tashkil
etilishi barkamol shaxs tarbiyasida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Ta'lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar ham o‘quvchilar tafakkurini
rivojlantirish vositasi sanaladi. Didaktik o‘yinlarga dam olish yoki vaqt o‘tkazish
vositasi emas, balki ta'lim beruvchi faoliyat deb qarash lozimdir.Ta'limiy
o‘yinlarning turli xil tasnifi mavjudligi xususida ishning birinchi bobida to‘xtalib
o‘tgan edik. O‘yinlar mazmuni va amalga oshirish shakliga ko‘ra sinflarga
ajratilgan
edi. Quyida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar
va ularning mustaqil fikrlash bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr
yuritamiz.
Tinch o‘yinlar «O‘zim tekshiraman».
Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda kichik hajmdagi diktant matni tanlanadi va u
darsning
kirish qismida 6 uyushtiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant
yozdiradi. Barcha o‘quvchilar yozib bo‘lishgach, o‘qituvchi xattaxtaga diktantni
yozib ko‘rsatadi. Mabodo diktant oldin xattaxtaga yozilib, usti yopib qo‘yilgan
bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. O‘quvchilar esa unga qarab o‘zlari yozgan
diktantni tekshiradilar. Bunday diktantlarni alifbe davrida ham qo‘llash mumkin
bo‘lib, o‘qituvchi avvaliga faqat harflardan, so‘ngra (undosh harflar bilan
tanishtirilgach) bo‘g‘inlardan iborat quyidagicha turli variantlarda diktant yozdirsa,
o‘quvchilarning o‘quv-biluv malakalari shakllana boradi.
1-variant: O,o, I,i, U,u, A,a.
2-variant: -Lo, -no, -to, -mi, -un, -in.
3-variant: Bola, lola, ona, zar, par.
4-variant: Bugun havo issiq.
«Hikoya». O‘qituvchi xattaxtaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar
mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Shu jarayonda ularning
16
lug‘at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz
qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.
O‘qituvchining vaqti-vaqti bilan rag‘batlantirishi o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan
ishonchini orttiradi. Bu o‘yindan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda
ham bemalol foydalanish mumkin. Masalan: Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob.
«U kim? Bu nima?». Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo‘yiladi. O‘qituvchi
shu predmetlardan birortasini ta'riflaydi. O‘quvchilar shu belgilar asosida gap nima
haqida borayotganligini topadilar. Bu o‘yinning afzallik tomoni shundaki, uni dars
davomida o‘quvchilar diqqatini jamlash, qo‘llariga dam berish maqsadida yoki
yangi tovushlar bilan tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida
foydalanish mumkin. Bu o‘yin o‘quvchilarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va
mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga imkon beradi. Masalan: U shar
shaklida. Uni mashhur sportchilarimiz ham stadionlarda o‘ynaydilar. U yosh
bolalarning ham sevimli o‘yinchog‘i. (javob: koptok).
«Topag‘on». O‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar shu belgini
o‘zida aks ettirgan predmetlar nomlarini aytadilar. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan
o‘quvchilar g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari
haqidagi dastlabki ma'lumotlar berish jarayonini engillashtiradi. Bundan tashqari,
hozirjavoblik, mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlarni shakllantiradi.
«Noto‘g‘ri jumla». Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi suratni
tasvirlab berish davomida suratga tegishli bo‘lmagan jumlalarni ham ishlatadi.
O‘quvchilar ziyraklikbilan shu jumlani topishlari lozim. O‘quvchilardan bu o‘yin
davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular
suratni sinchkovlik bilan kuzatish bilan bir qatorda o‘qituvchining hikoyasini ham
diqqat bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlani topish ularning o‘ziga
bo‘lgan ishonchi va darsga qiziqishini orttiradi.
Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham
foydalanish mumkin. «Bo‘lishi mumkin emas». O‘yin davomida o‘qituvchi matnni
o‘qiydi. O‘quvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki
gapni topishlari lozim. Hazil-mutoyiba bilan o‘tadigan bu o‘yin ziyraklik,
17