BOSHLANG‘ICH SINFLARDA “TARBIYA” DARSLARINI
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH.
Reja:
1.Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishning pedagogik-
psixologik shart- sharoitlari, mediata’limni yo‘lga qo‘yish.
2.Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish.
3.Tarbiyaviy texnologiya turlari va ularning mazmuni.
Kalit so’zlar:
texnologiya, innovatsion, konsepsiya, manbalar,
tashkiliy,metodik, psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o’qitish.
Innovatsion ta’lim muhitida tarbiya darslarini tashkil etishda mediata’limni
yo‘lga qo‘yish.
Boshlang’ich ta`lim darslarini o’qitishning interfaol usullari asosida tashkil
etish-ularda tashkil etiladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda pedagogik
texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek, boshlang’ich ta`lim
o’quvchilariga bilim berish va ularni tarbiyalashda samaradorlikga erishishga
yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, bunda bir qator pedagogik vazifalar
hal etilishi lozim. Ular quyidagilardan iboratdir:
•boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish borasida
muayyan shart-sharoitlarni yaratish;
•boshlang’ich ta`lim darslari pedagog xodimlari o’rtasida interfaol metodlar
mohiyatini ochib berishga qaratilgan maxsus o’quv seminarlarini tashkil etish;
•ular tomonidan pedagogik texnologiya asoslarini puxta o’zlashtirilishiga
erishish;
•boshlang’ich ta`lim darslari pedagoglarida ta`lim-tarbiyaviy faoliyatni tashkil
etishga nisbatan ijodiy yondashuv hissini tarbiyalash;
•boshlang’ich ta`lim darslarining o’qituvchilarida texnologik yondashuv asosida
tashkil etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilari tomonidan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni
interfaol metodlar asosda tashkil etilishiga erishish;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining texnologik asosda pedagogik
faoliyatni tashkil etish borasidagi mahoratlarini oshirish;
•boshlang’ich ta`lim darslarining samaradorligini ta`minlash.
- boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida pedagogik faoliyatni interfaol
metodlar asosida tashkil etish malakasini shakllantirishga quyidagi tamoyillarga amal
qilish asosida erishiladi:
1.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
borasidagi yagona maqsadning qaror topganligi.
2.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish
borasidagi harakatning izchil, maqsadga muvofiq, tizimli va uzluksiz amalga
oshirilishi.
3.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda
mavjud shart-sharoit hamda sub`ektiv yondashuvlarni inobatga olish.
4.Pedagogik mahorat va iqtidorlarni erkin namoyish etish.
5.Yangi tajribalarni ommalashtirish.
6.Nazariy va amaliy faoliyat birligi.
7.Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etishda xorijiy
mamlakatlarning donor tashkilotlari bilan hamkorlik va hokazolar.
Boshlang’ich ta`lim darslarini interfaol metodlar asosida tashkil etish quyidagi
omillar asosida amalga oshiriladi:
1.obektiv omillar:
•boshlang’ich ta`lim darslarida moddiy-texnik bazaning yaratilganligi;
•Ta`lim-tarbiya jarayonining zarur texnik hamda axborotli vositalar bilan
ta`minlanganligi;
•boshlang’ich ta`lim darslarida pedagogik monitoring (ma`lumotlar banki)ning
tashkil etilganligi, uning maxsus adabiyotlar bilan boyitilganligi;
2.Subektiv omillar:
•Boshlang’ich ta`lim limi darslarining o’qituvchilarida PT mohiyatini
o’rganishga nisbatan ichki ehtiyoj va qiziqishning yuzaga kelganligi.
•ularda o’z faoliyatlarida PT lardan foydalanishga nisbatan rag’batning qaror
topganligi;
•kasb-hunar kolleji rahbariyati va jamoasining o’quv yurti faoliyatini interfaol
metodlar asosida tashkil etish yo’lidagi birligi va yakdilligining shakllanganligi;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining PT mohiyatidan xabardorliklari;
•ularda o’z faoliyatlarini texnologik yondashuv asosida tashkil etish borasidagi
ko’nikma va malakalarning tarkib topganligi;
•boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining o’z pedagogik faoliyatlarida PT
ni qo’llay olish mahoratiga egaliklari;
•ularda ijodkorlik, izlanuvchanlik, boshlang’ich ta`lim o’quvchilari orasida
ko’tarinki kayfiyatni yarata olish sifatlarining mavjudligi;
•PT asosida pedagogik faoliyatni tashkil etayotgan o’qituvchilarni rag’batlantirib
borish va hokazolar.
Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarining pedagogik faoliyatni interfaol
metodlar asosida tashkil etish borasidagi mahoratlari darajasi quyidagi
ko’rsatgichlarga muvofiq belgilanadi:
•Boshlang’ich ta`lim darslari o’qituvchilarida boshlang’ich ta`lim o’quvchilari
bilan muloqotni muvaffaqiyatli tashkil etish, pedagogik faoliyatga nisbatan ijodiy
yondoshuv, pedagogik vaziyatlarni baholay olish va ularga muvofiq xatti-harakatni
tashkil etish malakalari shakllanganligi;
•pedagogik faoliyat mazmuni, ko’lami, sur`ati hamda samaradorliginining
yuqori darajasi.
Tadqiqot muammosini nazariy-amaliy asoslarini o’rganish natijasida shu holat
aniqlandiki, pedagogik texnologiyalar mohiyatini boshlang’ich ta`lim darslari
pedagoglari o’rtasida targ’ib qilish jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlarga nisbatan
tabiiy fanlar o’qituvchilari mazkur pedagogik texnologiyalarning nazariy-amaliy
asoslarini tez va puxta o’zlashtirishga muvaffaq bo’lganlar. Buning boisi,
boshlang’ich ta`lim o’quvchilariining bilim, ko’nikma va malakalari, shuningdek,
ta`lim-tarbiya jarayonining samaradorlik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan
metodlarning statistik xususiyatga egaligidadir.
Hozirgi sharoitda innovatsion faollik oliy ta’limning ham mazmun hamda
tashkiliy tuzilmaviy jihatdan qayta ishlab chiqish bilan bevosita bog‘liq. Bu
jarayonlarning asosi bo‘lib oxirgi uch, o‘n yillikda pedagogik ta’lim nazariyasini
tezkor ishlab chiqilishi bo‘ldi. (A.A.Abdulina, Ye.V.Bondarevskaya,
V.I.Zagvyazinskiy, V.S.Ilin, N.M.Kan-Kalik, V.A.Slastenin va b.q) Pedagogik ta’lim
rivojlanishining zamonaviy innovatsion yo‘nalishlarini ichida xususiy innovatsion
nazariyani shaxsiy (xususiy) yo‘nalishli ta’lim sohasidagi ishlanmalarni, ta’limni
tashkiliy-tuzilmaviy modelini, ta’limni ko‘p darajali tizimini rivojlantirishni ajratib
ko‘rsatish mumkin. Hayotiy kelajakni amalga oshirish uchun inson ongli tarzda qayta
o‘z-o‘zini faoliyatini yo‘lga qo‘yadi va buning uchun ta’lim jarayoni
imkoniyatlaridan foydalanadi. Ayniqsa, bu jarayon talaba yoshi davri, yoshlik davri
ayni ushbu jarayonni yo‘lga qo‘yish uchun muhim bosqich davri hisoblanadi. Ushbu
konsepsiyaning keyingi g‘oyasi pedagogik sub’ektivlikni rivojlanishi bilan bog‘liq:
talaba “o‘rganuvchi”, “o‘quvchi”, “o‘qitadigan” pozitsiya orqali o‘tadi. Agar oliy
o‘quv yurti “o‘qish joyi va vaqti emas, balki yigit va qizlarni katta bo‘lish
maydoni”(D.B.Elkonin) deb qaralsa, u holda ushbu oliy o‘quv yurtidagi pedagogik
jarayon uni amalga oshirish orqali ta’lim olayotgan talabaning o‘z-o‘zini
rivojlantirishini faollashtiruvchi, hech bir narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydigan
pedagogik jarayonni ijodiy-o‘zini qayta qurish sub’ekti ham talaba, ham pedagog
uchun imkoniyatlar hisoblanadi. O‘qituvchi faoliyati ham o‘zgaradi: “usta” ishlari
orqali bilimlarini pedagogik texnologiya asosida yetkazishdan, talabalarda pedagogik
qobiliyatni shakllantirish maqsadida birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi
“maslahatchi” pozitsiyada talabalar bilan birgalikda uning kelajak kasbiy faoliyatini
loyihalovchiga aylanadi. Shunga ko‘ra integrativ ta’lim texnologiyalarini yo‘lga
qo‘yish dolzarb bo‘lib qoladi. Ushbu masalada ta’limni loyihalash bilan
shug‘ullanuvchi muammolar instituti bugungi kundagi dolzarb masalada yetakchilik
qilmog‘i zarur. Bundan tashqari oliy ta’limda har bir fanlarni o‘qitish sohasida
pedagogika va psixologiya fanlari bloki tezkor texnologik izlanishlarni amalga
oshirish bilan shug‘ullanishlari kerakonsepsiya Pedagogik ta’lim amalga oshirishining
tashkiliy-tuzilmaviy modeli haqida alohida to‘xtalish kerakligi e’tiborga loyiq. Bular:
kichik darajadagi, ko‘p bosqichli va ko‘p darajadagi modellarga qaratilishidan iborat.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan har bir model mustaqil yaxlit ta’lim sifatida qaralib, ular
o‘zlarining jilg‘alariga ega bo‘lib, aniq ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy xolatlar bilan
bevosita bog‘liq. Kichik darajadagi tizim – bu oliy ta’limdagi an’anaviy tizim
hisoblanib, u qat’iy hisoblanib, bunda tor mutaxassislar tayyorlanib, ta’lim jarayonida
o‘qitish variantlarini tanlash imkoniyati mavjud emas. Qabul qilingan 1998yildagi
DTS da variativ qismi kiritilgan bo‘lsada, lekin bu tizim ham baribir shaxs tanlash
imkoniyatlarini chagaralaydi. Ko‘p bosqichli tizimda o‘rta maxsus ta’lim tizimi
asosida oliy ta’lim olish uchun imkoniyatlar mavjud bo‘lib, o‘zaro bog‘lovchi o‘quv
rejasi ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ixcham hisoblanib, bitiruvchilarni uchinchi
kursga qabul qilish bilan bog‘liq ko‘plab muammolar kelib chiqadi: qaysi mablag‘
asosida o‘qitish, birinchi o‘rinda pedagogika bilim yurti va pedagogika kollejlarida
talabalarni egallagan bilimlari sifati masalasi turlicha gumon uyg‘otadi. 1997 yilda
qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunga muvofiq oliy ta’limning ko‘p
bosqichli tizimi yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’limning ko‘p bosqichli tizimini ishlab chiqish
va joriy etishni kuchli innovatsion jarayon sifatida belgilash mumkin. Ushbu
masalada G‘arbiy Yevropa mamlakatlari tajribasi har tomonlama tahlil etilib, baho
berildi va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida o‘zimizning mentalitetimizdan kelib
chiqib, oliy ta’limning o‘ziga xos ko‘p bosqichli tizimi yaratildi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, fakultetlarda oliy ta’limdagi
ko‘p bosqichli tizim (OTKT) asosida ishlash va an’anaviy tizim bilan ishlash qiyosiy
taqqoslab ko‘rilganda, talabalar (OTKT) yangicha ta’lim tizimida ongli, ijodiy
ishlashga ko‘proq e’tibor qaratgani, talabalarda ta’lim motivatsiyasi darajasi yuqori
ekanligi ko‘zga tashlanadi. Oliy ta’limni fakultetlari va kafedralarida tuzilmaviy-
funksional va mazmunli-texnologik qayta qurish amalga oshiriladi. Umuman olganda
oliy ta’limda individual-ijodiy va jamoaviy-ijodiy faoliyat sohasida bugungi kunga
kelib sezilarli tajribalar to‘plandi, o‘quv pedagogik jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida
sub’ekt-sub’ekt munosabatlari rivojlanishida o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini
kuzatish mumkin. Ushbu tizim orqali talabalarni mustaqil ishlashga ishtiyoqi ortib,
reyting tizimida ularning faol ishtiroki ta’minlansa, ikkinchi tomondan pedagoglar
tomonidan talabalar faoliyatini boshqarishda metodik madaniyat darajasi o‘sib borishi
kuzatiladi.
3. O‘qitish jarayonida innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning
tashkiliy jihatlari Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim
mazmunini tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-birlari bilan
shunday uzviy aloqadaki, ulardan birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak,
tabiiy ravishda savol tug‘iladi: nimani (qanday mazmundagi o‘quv materialini)
o‘rganmoqchisiz yoki o‘rgatmoqchisiz? O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy
maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim ob’ekti va oxirgi natija mahsuli bo‘lmish ta’lim
mazmuniga bog‘liq. Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan
farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa
o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur -
bu o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini
izlash, aniqlash demakdir. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va
o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari,
metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham “pedagogik
texnologiya”, “didaktik texnologiya”, “ta’lim texnlogiyasi” atamalari qatoridan
“pedagogik innovatsiyalar” atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda. Yuqorida sanab
o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. Shuning
uchun ham, o‘z oldimizga Davlat ta’lim standartlarini yaratish birinchi galdagi vazifa
qilib qo‘yildi. Bu vazifaning uddasidan chiqdikonsepsiya Davlat ta’lim standartlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanib, har bir ta’lim
muassasalariga, har bir o‘quvchiga yetkazildi. Endigi vazifa shu standartlarni tezroq
hayotga tatbiq etish mexanizmini yaratishdan iborat. Biroq, e’tirof qilish kerakki, hali
Respublikamizda yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash,
ular ichidan faoliyatimizda eng ko‘p samara beradiganlarini tanlash, tajriba-sinovdan
o‘tkazish va qo‘llash- joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm)
shakllantirilmagan edi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “talablari asosida ishlab
chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib,
bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq
bir tizimga solish, qo‘llab - quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-
sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki,
Davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja
bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim,
iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or
tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini
sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib
yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy hulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni
aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga
joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini
yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida
bir qator izlanishlar, sa’y- harakatlar boshlab yuborilgan. Jumladan, vazirlik, viloyat
xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va
bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari- bu o‘quvchilar bilim
saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga
erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni
yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal
qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik innovatsiyalarni izlab topish.
o‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni
amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga
muvofiqdir. Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar
jamg‘armasini yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni “to‘plash”
jarayoni deb qabul qilamiz. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra
vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari
malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish
bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va
respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Pedagogik innovatsiyalarni
qo‘llash bilan uni to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi
“Pedagogik matbuot” asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar,
ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish,
tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan
shug‘ullanadi. O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga
bunday tizimli yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z
samarasini ko‘rsatadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit
beradigan psixologik to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga
o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish
zarur.
1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning
ikki ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi
yangi usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin.
2. O‘qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda
qatnashmaganlar.
3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya
qilish.
4. Yangi usullarga sub’ektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari.
5. Ish xajmining ko‘payishi rahbar o‘qituvchilar faoliyatida o‘zgarishlarni
rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.
Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‘lmasa.
Afsus, ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu
insonning hurmati past bo‘lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay, bu odamga
ishonchsizligi uning g‘oyasiga o‘tkaziladi. O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning
axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va
mavjud qadriyatlarga e’tiborini qaratmasa, demak bu faollik juda xavfli. Yosh
o‘qituvchining bilim berishi va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi uchun ko‘p
variantli yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. O‘quvchilarga ularning
ijodiy faoliyatidagi ma’nosini umumiy yo‘nalishlarini anglashga yordam berish, o‘z
imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni
kuchaytiradigan mashqlar o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi. Yuqorida sanab o‘tilgan
maslahatlar erkin muloqotda, fikr-almashuvda, ijodiy bahslashuvda eksperimental ish
jarayonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini
ko‘rib chiqamiz: “Shuni ko‘rib o‘tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa, uni
hammasini tushunarmikan..? Nimaga u o‘z qarashiga meni ishontirmoqchi?”.
Menimcha: “ma’lumotlarim yetarli emas: yetmagan to‘lato‘kislarni bilib olsam,
yaxshi bo‘ladi... U nohaq deb aytyapmanmi yoki ochiqchasiga o‘z munosabatimni
bildiryapmanmi? Bu holda men ishonchliroq tarzda o‘z fikrimni o‘zgartirishim
kerak”. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantiish metodlarini va mazmunini
didaktik izlash bilim va usullarni shakllantirishga olib keldi. Shunday tadqiqiy mo‘ljal
o‘quv jarayoniga pedagogik yondashuvni o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yishni taqozo
etadi. Bu esa o‘z o‘rnida ta’limning maqsadi yosh o‘qituvchilarda yangi tajriba,
kasbiy – tadqiqiy faoliyatda yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‘xshatish kabi
modellashlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bolalar tomonidan mazmunan
ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shakllarga murojaat qilamiz.
Talim modellarining misollar orasida biz muammolarni tizimli yechim asosida ijobiy
izlanishning tashkillashtirishni bahslashuv va didaktik o‘yinlarini ajratamiz. Sanab
o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor
qaratamiz. Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4
bosqichni ajratsa bo‘ladi. Orientatsiya – o‘rnatiladigan mavzuning tasavvuri,
o‘xshatilishi va uning qoidalar harakteristikasi, o‘yin mulohazalarining bayoni, o‘yin
o‘tkazishda uning sahnalashtirishi, o‘yin mazmunining detallarini ishlab chiqarish
katta ahamiyatga ega. Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi, umumiy
rejasi ekan.
4. Tarbiya darslarini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish.
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini
o‘rganishga kirishishdan oldin “Pedagogik tizim” va “Pedagogik tizimda yangiliklar
kiritish” tushunchasini aniqlab olaylikonsepsiya Pedagogik jarayon bilamizki,
pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning
birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi.
Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan chegaradan oshib
ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi.
Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday
pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat
bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning
maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o‘qituvchilar (yoki TTV - ta’limning
texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo‘ladi. Bu
tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga bo‘lib, yoyib
ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb
hisoblashga asoslarimiz bor. Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar
pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, “natijalar”, “o‘quv
tarbiyaviy jarayonni boshqarish”, “texnologiya”lardan iborat, deb ham hisoblashlari
mumkin. Ular berilgan chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi.
Maqsadlar natijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning
natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi
bo‘lib xizmat qiladi. Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy
qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga
egadir. Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar
birligi deb ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining
texnologiyasi deb ko‘rsatadilar. Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan
maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks
bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana
shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy “to‘plamidan”
ajratib olish osondir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi
imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir. Shu bilan birga topshiriqni
baholash darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga
tayanadi. Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi,
ajoyib xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga
oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik “tajribalarni
umumlashtirishdan” farqli “mumkin emas” xulosasini bermaydi. Texnolog uchun bu
faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib
ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar
o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka
yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim
ham asosiy yechimida oddiydir. Asosiy yechimni tushunish qolgan hammasini, o‘zaro
zarur elementlar tizimi, tartibining mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir
qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham
emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida
ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasining noaniqligini
kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa “aniq” fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari
orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har
galgidek pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan
boshlaydilar. Endi quyida pedagogika tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi
prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz. Pedagogik tizimining har bir aniq
modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq hususiyat va imkoniyatlarga ega
degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar tizimining aniq hususiyatlari bilan
qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan
daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida
o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va
intensivligini ta’minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada
yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu
juda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga dunyoda endi kirishilmoqda.
Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli ko‘rsatgich, “harajat” va
“natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning foydaliligini
aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. Intuitiv va
sub’ektiv baholarni juda oson noto‘g‘ri deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan
chiqish faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning
maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga to‘la erishilgan xisoblanib,
agar tarbiyachilar uchun ilgari erishilgandan pastroq darajada bo‘lmasa mumkin
bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar tashlaylik, u “yomon” va
“yaxshi” pedagogik tizim uchun ham birdir. Uning uchun o‘qituvchi ham birdir. Uni
o‘qituvchi, o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu munosabatlar ilgari
o‘rganilgan edi va umumiy xulosa ma’lum: deyarli 50% o‘qituvchidan, 50% esa
o‘quvchiga bog‘liq. Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik
tizimning samaradorligi, aytaylik o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni
amalga oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50% dan kam bo‘lmaydi. An’anaviy
pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi deb hisoblanadi.
Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina ko‘prog‘i dasturni
to‘la o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr, tizimning umumiy
nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar bo‘yicha yaxshilash
mumkin emas. To‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning foydaliligiga ishonch hosil
qilib, har tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni o‘ylab kiritishdan iborat.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta ilgarigisidan
ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni o‘rganish, moslashish, sustkashlikni
yengish kerakonsepsiya Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo‘llari
ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik tizimni ichki imkoniyatlar
xisobiga, ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, vositalar, asbob-
uskunalar, texnologiyalar xisobiga takomillashtirishni ko‘zda tutadi. Pedagogik
texnologiyaning, intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb hisoblanadi:
maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo‘llarni sinab ko‘rib
bo‘lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va vazifasini,
mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib borishdan
iborat. Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali o‘lmagan bo‘lsa agarda u
yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan bo‘lsa, bu faqatgina o‘zining
konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin vaqt
ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o‘tmishga, o‘ylab va oqilona
tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch tizimga
qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar. G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l
bilan pedagogik mahsulotni yangi informatsion texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv
faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi differensatsiya va individuallashtirish hisobiga
oshirish bilan rivojlanib bormoqda. Shu bilan pedagogik mahsulot sifati
yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha qolmoqda: ko‘pchilik mustaqil ekspertlar
bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu holatdan chiqish yo‘li “O‘zaro bog‘liqlikdagi
innovatsiya (yangiliklar)” deb ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga
imkon beruvchi pedagogik tizim rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning
foydalanish imkoniyatlarini chuqur tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli
ko‘rinishdagi turli harakterli va turli darajadagi pedagogik tizim tashkil etuvchilari
uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi. Bo‘sh joylarini yangi texnologiyalar bilan
mustahkamlab, pedagogik tizimning umumiy samarasini yaxshilashga urinsa bo‘ladi.
Bunday yondashishda innovatsiya o‘ylab topilgai “tashqi” chora bo‘lib ko‘rilmaydi,
balki chuqur mazmunli talab va tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish
hisoblanadi. Agar shunday nuqtai nazar bilan innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda
deyarli yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi. Jumladan, eski muammolarni hal etish uchun
yangi “retsept”lar ham yo‘q. Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat
taraqiyoti jarayoni haqidagi yangi bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni hal
qilishga ilgari qo‘llanilmagan nazariy yondashuvlar, aniq amaliy texnologiyalardan
olingan yuqori natijalarni kiritishga majburmiz. Pedagogika fanida berilgan
g‘oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo‘yicha umumiy va qisman
innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik amaliyotda ulardan
foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga kiritish imkonini berdi.
Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland
ovozda so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va
uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash. O‘quvchi tomonidan olingan har bir baho bilimlar
uchun maxsus ochilgan ko‘zguga qo‘yib boriladi. U go‘yo o‘quvchiga xizmat
qiladigan ro‘yxat vazifasini bajaradi. Baholar yesa ijobiy shifrlangan tavsifnoma
ahamiyatiga yega bo‘ladi. Bunday tavsifnomani ye’lon qilish katta tarbiyaviy
ahamiyatga yega bo‘ladi. Bu tavsifnomaning yeng muhim tomoni shundaki, unda
o‘quvchi xohlagan vaqtida har qanday bahoni nisbatan yuqori bahoga o‘zgartirishi
mumkin. Ochiq imkoniyat tamoyilining mohiyati ham shunda. Har bir baho, - deb
ta’kidlaydi V.F. Shatalov, avvalambor, o‘quvchida ijobiy ye’tiborni qo‘zg‘atadigan
vosita, turtki bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ikki baho salbiy hislarga sabab bo‘ladi
hamda o‘qituvchi va fan bilan ziddiyatni keltirib chiqaradi. Shatalov bunday konfliktli
vaziyatlarni bartaraf qiladi. V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv faoliyati
tizimi maktab o‘quvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi
matematika o‘qitish doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar:
til, tarix kabi fanlarni o‘qitishda ham keng tarqaldi. G. Selevko pedagogik
texnologiyani rejalashtiriladigan natijalar bilan birga boshqariladigan tizim deb
ta’riflaydi.
Dasturlashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi:
1.Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor
pedagog turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning
murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.
2.Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv
jarayonini boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo
to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi
obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha,
pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya
uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun. Ichki va tashqi qayta aloqa
ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy
faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta
aloqa ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida
yoki pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.
3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi
texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri — bu texnologik usul bo‘lib,
unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va
malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim
oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning
kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘lgan
qismlardan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan
axborotlar to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini
hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot,
qayta aloqa tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi
programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy
programmani hosil qiladi.
4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu
tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va
tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga
imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi
tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.
5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik
vositalardan foydalanish tamoyili.
Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy
programmalarni farqlash imkoniyatini beradi:
• rayon programmalar;
• tarmoqlanuvchi programmalar;
• soddalashtirilgan programmalar;
• aralash programmalar;
• algoritm;
• blokli o‘qitish;
• modulli o‘qitish;
• bilimlarni to‘la o‘zlashtirish;
Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining
almashinib turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir. Ravon
programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol deb topilgan
javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv
axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga
tavsiya etiladi. Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda,
unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini
bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish
imkoniyatini beradi.
Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini
murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu
tarzda o‘zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish
imkoniyatini beradi. Modulli o‘qitish. U modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv
programmalari asosida o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs mazmunini uch sathda
qamrab oladi: to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma materiallari bir
vaqtning o‘zida barcha yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z bilan
berilishi mumkin. O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi
bo‘lib, quyidagi komponentlardan tashkil topadi:
• aniq ifodaga ega bo‘lgan o‘quv maqsadi (maqsadli programma);
• axborotlar banki: o‘qitish programmasi shaklidagi ayni o‘quv materiali;
• maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanma;
• zaruriy malakalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashgulotlar;
• qo‘yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi.
Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir necha
bo‘laklaiga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv unsurlari, undan so‘ng
bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish,
tekshirish — joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish
- o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish
bilan xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim
texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar,
mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir.
Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi.
“O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi” saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha
davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb
qaraladi, Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat
bo‘ladi:
1) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi);
2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining
chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari
(bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin);
3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular
bo‘yicha sinovlar);
4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya
qilish);
5) dars-praktikumlar.
Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish
ishlarini tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va
takrorlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu
texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari: “A”,”V”,”S”
dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi:
• muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi;
• talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; “S” dasturi
tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan
bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. “S”
dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara
olishi lozim.
“V” dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar
bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga
yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar
birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish
yetadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini
ko‘rsatib turadi. «A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash
darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib