Boshlangʻich sinflarda vaqt oʻlchov birliklarini oʻrgatish metodikasi.
Reja:
1. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni tarkib toptirish.
2. Vaqt va uning o’lchov birliklari bilan tanishtirish.
Tayanch iboralar: sekund, minut, soat, sutka, hafta, oy, yil, asr, oddiy va
kabisa yili.
Vaqt tushunchasini uzunlik, massa tushunchalariga nisbatan ancha murakkab
bo’lgan kattalik miqdor sifatida qaraladi, chunki vaqt oraliqlari uzunlik, yuz,
og‟irlik xossalariga o’xshash masalalariga ega. Kundalik hayotda vaqt bir voqeani
ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklari taqqoslash, qo’shish, ayirish
mumkin.
Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o’lchash, taqsim qilishi, qadrlash o’quvi
bilan bog‟liq. Vaqt uzluksiz o’tadi, uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin
emas.
Vaqt oraliqlari o’lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan vaqt oralig‟idan bir
martagina foydalanish mumkin. Shuning uchun vaqt birligi muntazam ravishda
takrorlanuvchi jarayon bo’lishi kerak. Xalqaro sistemada bunday birlik qilib
sekund
olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari minut, soat, sutka, yil,
hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan, soat, minut,
sekund
birliklari kishilar o’ylab topgan. Yil Yerning Quyosh atrofida aylanish vaqti, sutka
Erning o’z o’qi atrofida aylanish vaqti. Yil taxminan 365 sutkaga teng. Lekin
kishilarning bir yilgi hayoti sutkalarning butun sonlaridan tuzilgan. SHuning uchun
har yilga olti soatdan qo’shish o’rniga har to’rttinchi yilga butun sutka qo’shiladi.
Bu yil 366 kundan iborat bo’lib, kabisa yili deyiladi. Bizning eramizgacha 46 yilda
Rim Imperatori YUliy Sezarь o’sha paytda chalkashib ketgan kalendarni tartibga
solish maqsadida yillar shunday navbat bilan keladigan kalendarni yaratdi.
SHuning uchun bu yangi kalendar yulian kalendari deyiladi. SHu kalendarga
asosan yangi yil 1- yanvardan boshlanadi va 12 oy davom etadi. Bu kalendarda
vavilonlik astronomlar yaratgan vaqt o’lchovlardan hafta ham saqlanib qolgan. Oy
vaqtning uncha aniq bo’lmagan birligidir, u 31, 30, 28, 29 kundan iborat. Ammo bu
birlik qadim zamonlardan beri mavjud va u oyning Er atrofida aylanishi bilan
bog‟liq. Oy
taxminan 29,5 sutkada Erni to’la bir marotaba aylanib chiqadi va bir yilda
taxminan
12 marta aylanadi. SHu ma‟lumotlar qadimgi kalendarni tuzishga asos bo’ldi.
Ko’p
asr davomida izlanish, mukammallashtirish natijasida-hozirgi kalendarь vujudga
keldi. Sutkaning hozirgidek 24 soatga bo’linishi ham qadimgi davrdan kelib
chiqqan
bo’lib, u qadimgi Misrda kiritilgan. Minut, sekund qadimgi Vavilonda kelib
chiqqan.
1 soatni 60 minutligi, 1 minutni 60 sekundligini Vavilonlik olimlar topganlar. 1
soat
= 60 minutga, 1 minut=60 sekundligiga vavilonlik olimlar yaratgan oltmishli sanoq
sistemasining ta‟siri bor faraz qilinadi.
I-IV sinflarda bolalar yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund, asr “vaqt o’lchovi”
ning asosiy birliklari haqida aniq tasavvurga ega bo’lishlari kerak.
Insonning butun umri vaqt bilan, qadrlash o’quvi bilan bog‟liq. Vaqt beto’xtov
o’tadi, uni to’xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. SHuning uchun vaqt
oraliqlarini qabul qilish, voqealarni davom etishi bo’yicha taqqoslash ham qiyin.
Vaqtni qabul qilishimiz mukammal emas, vaqtning u yoki bu oralig‟ida nima
bo’layotganligiga bog‟liq ravishda vaqt dam tez dam sekin o’tayotgandek bo’lib
tuyuladi. SHuning uchun vaqt o’rganish qiyin bo’lgan miqdorlardan biridir.
Bolalarda vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining
jamlanib borishi jarayonida asta sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki
tasavvurlarni bolalar maktabgacha bo’lgan 59 davrda oladilar. Tun va kunning, yil
fasllarining almashinishi, bolalar hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi
vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
Voqealarning vaqt bo’yicha ketma-ketligi ham (nima avval bo’lgan edi, nima
keyin
bo’lgan edi) va xodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar
tomonidan qiyin o’zlashtiriladi. Birinchi sinf o’quvchilarida vaqt haqidagi
tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy
faoliyatlarida shakllanadi; kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar,
ertaklar o’qiganlarida va kinofilьmla ko’rganlarida voqealarning ketma-ket
kelishini qabul qilinishi, har kuni dafarlarda ish kunining yozib borilishi-bola vaqt
o’zgarishini ko’rishga, vaqt o’tishini his qilishga yordam beradi. Dastur 1-sinfda
bolalarni hafta kunlari va ularnig kelish tatibi bilan tanishtirishni ko’zda tutadi.
SHu bilan birga dastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib
olishlarini, tanish vaqt oraliqlarini taqqoslashni ya‟ni nima uzoq davom etadi:
darsmi yoki tanaffusmi, o’quv choragimi yoki kanikulmi, yoshi bir xil, yoshi
kichik, yoshi har xil kabi tushunchalarni o’rgatishni nazarda tutadi. Bolalarda
yig‟ilgan bunday tasavvurlar ikkinchi sinfda vaqt o’lchovlarini o’rganishga zamin
bo’ladi. Berilgan mavzuni o’rganishga bag‟ishlangan birinchi darsda bolalarda yil,
oy, hafta haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Yil, oy,
hafta bilan tanishtirishda o’qituvchi tabelь kalendardan foydalanadi. Bolalar
tabelь–kalendarь yordamida bir yilda o’n ikki oy borligi, davomiyligi bir xil
bo’lgan oylarning nomini
o’zlashtiradilar, ajratadilar: aprelь , iyunь, sentyabr, noyabr 30 kundan, qolgan 7
oy
esa 31 kundan, oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisa yili esa 29 kundan iborat.
SHu bilan birga kalendardan oyning tartib raqamini aniqlash o’rgatiladi. Masalan
yilning beshinchi oyi qanday ataladi? Iyulь, avgust, oktyabr tartib bo’yicha
nechanchi oylar?
Agar oy va chislo ma‟lum bo’lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va aksincha
haftaning kunlari ma‟lum bo’lsa, bu kun oyning qaysi chislosiga to’g‟ri kelishini
aniqlash mumkin?
Bolalarni kalendarь bo’yicha quyidagi savollarga javob berishga o’rgatiladi: - Bu
yil Mustaqillik bayrami, Navro’z bayrami, Xotira kunlari haftaning nechanchi
kunigan to’g‟ri keladi?
- YAnvar, mart, may, dekabr yilning nechanchi oylari?
- Yilda ikkinchi, to’rttinchi, sakkizinchi bo’lib keluvchi oyning nomi nima?
- Kalendardan biling-chi bahorgi kanikulь necha kun davom etarkin? (bahorgi
kanikulь 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.)
Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibini
belgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga
yaqin bo’lgan qismlari-ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki eralabdan kechgacha
bo’lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining tartibi
haqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi kun,
indini, o’tgan kuni. Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o’tgan vaqt
oralig‟i sutka deb ataladi deb tushuntiriladi. Tabelь-kalendardagi chislolar
sutkalarni ifodalashini sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi:
shundan keyin soat va minut tushunchasi o’rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari
haqidagi aniq tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida
shakllantiriladi. Masalan: 1 soat bitta 60 dars bilan katta tanaffusning davom
etishidir. Bir minutning qancha davom etishini shakllantirish uchun mashqlar
kiritiladi. Bu mashqlar yordamida bolalar bir minutda nima qilish mumkinligini
bilib oladilar. Masalan bir minutda qancha sanay olasan? Nechta misol echa
olasan? O’rtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosish mumkin? Soat va
minut bilan tanishtirishga bag‟ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o’lchovlari
orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka yigirma to’rt soatdan, bir soat oltmish
minutdan iborat. Bu bosqichda soat bilan tanishtirish asosiy ish bo’lib hisoblanadi.
Soatning demonstrasion modeli yordamida o’qituvchi soatning tuzilishi, ishlashini,
hamma soatlar shunday yasalganini, ya‟ni katta strelka bir kichik chiziqchadan
ikkinchi kichik chiziqchagacha bir minutda o’tishini, kichik strelka esa bir katta