Boshlangʻich sinflarda vaqt oʻlchov birliklarini oʻrgatish metodikasi. Vaqt
va vaqt birliklari
Mashgʻulot maqsadi: Talabalarning massa, sig‘im va vaqt o‘lchov birliklarini
o‘rgatish metodikasi boʻyicha olgan bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarini mustahkamlash, mavzu yuzasidan o‘rganilgan malaka
talablarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatish.
Mashgʻulot materiallari: “Boshlangʻich sinflarda matemalika o‘qitish
metodikasi” darsligi, 1-2-3-4-sinf matematika darsligi, tarqatma materiallar, AKT
va boshqalar. 79 Tayanch tushunchalar: asosiy miqdor, massa o‘lchov birliklari,
sig‘im o‘lchov birliklari, vaqt o‘lchov birliklari, bilim, ko‘nikma, malaka,
kompetensiya, bosqich, santimetr, matematik diktant, og‘zaki hisoblash, yozma
hisoblash, metod, taqqoslash, gramm, kilogramm, sentner, tonna, litr, daqiqa,
sekund, soat, fasl, yil.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:
1. Massa, sig‘im va vaqt o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi.
2. Boshlang‘ich ta’limda massa, sig‘im va vaqt o‘lchov birliklariga doir
masalalar yechish metodikasi.
3. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
1. Massa, sig‘im va vaqt o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi. Ma‘lumki,
hayotimizni o‘lchov birliklarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Maktab o‘quv dasturida
o‘lchov birliklarini o‘rganish dastlab boshlang‘ich sinflarda boshlanadi. Bunda 1-
sinfda o‘quvchilar tanishadigan birinchi o‘lchov birlik bu - massa birligi
“kilogram”dir. 1 kg li massa haqidagi tasavvurni bolalar faqat o‘zlarining amaliy
ishlari asosida olishlari kerak. Bolalar massalari 1 kg ga teng bo‘lgan predmetlarni
qo‘llarida ushlab ko‘rishlari va bu predmetlarni og‘ir yoki yengil predmetlar bilan
taqqoslashlari kerak bo‘ladi. Taqqoslash operatsiyasi asosidagina bolalar 1 kg li
massa haqida real tuyg‘uni sezadilar. Birinchi darsning o‘zidayoq bolalarni pallali
(richagli) tarozida har xil predmetlarni (paketga solingan 1 kg, 2 kg, 3 kg shakar,
tuz, yormalar va "boshqa narsalarni) 1, 2, 5 kg li toshlar naboridan foydalanib
tortish bilan tanishtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Маssani o‘lchash jarayonida
bolalarning o‘zlari qatnashishi muhimdir. Albatta, bunda o‘qituvchi oldindan
tarozida tortish qoidalarini gapirib berishi kerak. Tortish natijalari doskaga va
daftarlarga yoziladi. Navbatdagi darsda bolalar hajm (sig‘im) o‘lchovi birligi - litr
bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarini bo‘lishi, ya‘ni bir litrli
banka, krushka, shuningdek, idishlarning (banka, chelak, kastryulka, stakanlar)
bo‘lishi juda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchiga mo‘ljallangan metodik
qo‘llanmada “darsni suhbatdan boshlash” tavsiya qilinadi, - bu suhbatda
“bolalardan oldin, kim ulardan sut yoki lampa moy (kerosin) sotib olganini, unda
sotuvchi sut yoki kerosinni nima bilan o‘lchashini” so‘rab olish tavsiya etiladi.
Shundan keyin litrni ko‘rsatish va litr yordamida har xil idishlarning hajmini
(sig‘imini) o‘lchashga o‘tish tavsiya qilinadi. Amaliy ishlarni har xil shaklda
o‘tqazish mumkin. Shulardan ba‘zilarini keltiramiz: 1) “Magazin” o‘yini:
o‘quvchilardan biri sotuvchi qilib tayinlanadi. 80 Chelaklarga “sut” (suv) quyilgan.
Bir necha o‘quvchi bidonlar va bankalar olishadi-ular xaridorlar. Xaridorlarning
talabiga binoan sotuvchi ularga 1 litr, 2 litr, 3 litrdan “sut” quyib beradi, qolgan
hamma o‘quvchilar sotuvchi “sutni” to‘g‘ri quyib berayotganini kuzatib borishadi.
2) Bankaga, kastryulkaga (boshqa idishga) qancha suv sig‘ishini o‘lchash taklif
qilinadi. Bunda oldin o‘quvchilardan biror idishga necha litr suyuqlik sig‘ishi
haqida qanday fikrda ekanliklarini so‘rash kerak. Ular o‘zlari o‘ylagan sonni yozib
qo‘yishsin, o‘lchashlardan keyin o‘zlarining qanchalik turli o‘ylaganliklarini
tekshirib ko‘radilar. 3) Bir chelakka 5 l ikkinchi chelakka 3 l suv quying.
Chelaklardagi suvlar teng bo‘lishi uchun nima qilish kerak? (1 l suvni birinchi
chelakdan ikkinchisiga quyish, birinchi chelakdan 2 l suvni to‘kib yuborish
mumkin, ikkinchi chelakka yana 2 l suv quyish mumkin). O‘qituvchi bulardan
ba‘zi mashqlarni tanlab olishi, o‘z mashqlaridan foydalanishi mumkin, ammo
bolalar o‘lchashni mashq qilishlari va sig‘imni ko‘zda chamalab aniqlashlari
muhimdir. Ikkinchi sinfda o‘quvchilar yangi massa birligi - gramm bilan
tanishadilar. Bunda ish metodikasi kilogramm bilan tanishishdagidekdir. Masalan,
gramm haqida konkret tasavvur hosil qilish uchun bolalar qo‘llari bilan massasi 1 g
bo‘lgan toshni ushlashlari va uning og‘irligini boshqa predmetlariing og‘irliklari
bilan taqqoslashlari kerak. Sinfga dorixona tarozisini olib kirish, bolalarga bu
tarozida dorilar tortilishini tushuntirish kerak. Dorilarni o‘lchash uchun 1 g, 2 g, 5
g, 10 g, 20 g, 50 g, 100 g, 500 g li mayda toshlar kerakligini aytiladi. Shundan
keyin tortishga oid amaliy mashqlar o‘tkazish kerak: Masalan, 300 g shakar, 200 g
yorma to rtib olish va xokazo. Bu jarayonda o‘quvchilarning o‘zlari ishtirok
etishlari muhimdir. Ikkinchi sinfda o‘quvchilarni savdo tarozisi bilan tanishtirish
tavsiya qilinadi. Shu maqsadda yaqin joydagi ovqat magaziniga ekskursiya tashkil
qilish va bolalarni bunday tarozilarning tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishtirish
kerak. Uchinchi sinfda, birinchidan “massa o‘lchovlari” tushunchasi kiritiladi,
ikkinchidan, o‘quvchilar o‘zlari uchun birlik - sentner va tonna bilan tanishadilar,
uchinchidan, massa o‘lchovlari jadvali kiritiladi. “Massa o‘lchovlari” terminini
quyidagicha tushuntirish yordamida kiritish tavsiya qilinadi: “Ikki kesmani
taqqoslab, ulardan qaysinisi uzun. qaysinisi qisqa ekanligini bilish zarur bo‘lganda
ularning uzunliklarini bir xil birlik masalan, santimetr bilan o‘lchab taqqoslaymiz.
qaysi bo‘lak nonning massasi ortiq, qaysinisiniki kam ekanligini bilish zarur
bo‘lganda esa, buni tarozi va toshlar yordamida hal qilamiz. Siz 81 qanday massa
birliklarini bilasiz? 1 kg da qancha gramm bor?...”. Massasi 1 s va 1 t bo‘lgan
predmetlarni qo‘lda “ushlab turish” mumkin emas. Shu sababli o‘quvchilarda yangi
o‘lchov birliklari haqida konkret tasavvurlar hosil qilishi uchun metodik
adabiyotda ilgaridan o‘quvchilarga, masalan, bunday ma‘lumotlarni aytish tavsiya
qilinadi: ikki qop kartoshkaning massasi taxminan 1 s, “Moskvich” avtomobilining
massasi (passajirlarsiz) taxminan 1 t ga teng; sinfdagi hamma o‘quvchilarning (30 -
35 ta o‘quvchi) massasi taxminan 1 t ga teng. Shundan keyin massa o‘lchovlari
jadvali tuziladi va bola larga uni eslab qolish tavsiya etiladi. Vaqt o`lchov birliklari
Mavzuni o‘rganishning asosiy vazifasi bolalarni vaqt birliklari va ularning
munosabatlari bilan tanishtirish, vaqtni soat bo‘yicha aniqlashga o‘rgatishdir.
Ularga minut, sekund, soat, kun, hafta, oy, yil kabi vaqt o‘lchovlarini uy sharoitida
o‘rganib kelish topshiriladi. Birinchi sinfning tayyorgarlik davridayoq “oldin”,
“keyin” tushunchalari kiritiladi. Masalan, to‘rtta faslga doir rasmli ko‘rgazmadan
foydalanib, qaysi fal oldin keladi, qaysisi keyin keladi, degan savollarni
tushuntirish mumkin. 1-sinfdan boshlab, tong, kunduz, kechqurun, tun, bugun,
kecha, ertaga tushunchalari bilan tanihib boradilar. Sinfda kalendardan (taqvim)
foydalanish, shu asosda hafta, oy, yil kabi ularning orasidagi bog‘lanishni
o‘rganish mumkin. “Vaqt o‘lchovlari” mavzusi bo‘yicha darslarda odamlar
turmushida vaqtning qanday rol o‘ynashini, kichik chaqaloqligidan keksa
bo‘lgunga qadar o‘tgan oraliqdagi odamlarning yoshi bo‘yicha bosqichlarini
tushuntirish, suhbat uyushtirish mumkin. IV sinfda “Vaqt o‘lchovlari” mavzusida
yil, oy hafta, sutka, soat, minut kabi o‘lchov birliklari haqida tushuncha beriladi.
Ko‘rgazmali tushuncha berish uchun soat va undan foydalanishga kengroq
to‘xtatilish kerak. Sinfda vaqtning o‘lchov asboblari: soat va sekundomerlar
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Ko‘proq hisoblash ishlarida soat siferblatining
bo‘lishi shart. Vaqtni hisobga oladigan quyidagi qo‘llanmalar haqida tushunchlar
berish mumkin: 1.Tabel 2.Soatning demonstrasion modeli (sifrblat). 3.”Maktab
o‘quvchisining kundalik rejimi” jadvallari. Shuningdek, sekund va asr bilan
tanishadilar. O‘quv yilning oxirida quyidagi vaqt o‘lchovlari jadvali beriladi. 1 asr
= 100 yil 1 sutka = 24 soat 82 1 yil = 12 oy 1 oy = 30 yoki 31 sutka 1 soat = 60
minut 1 minut = 60 sekund. Fevral oyi 28 yoki 29 kun. 1 oddiy yil 365 sutka.
Kabisa yili 366 kun. Asosiy birliklar – yil va sutka Darslikda berilgan jadvaldan
foydalanib 12 oy va har bir oy necha kundan iboratligini ko‘rsatish zarur. Bu
mavzuga oid darslarda yirikroq vaqt o‘lchovlarini maydaroq vaqt o‘lchovlariga va
aksincha almashtirishga oid mashqlarga kata e‘tibor bergan ma‘qul. Vaqt
tushunchasini uzunlik, massa tushunchalariga nisbatan ancha murakkab bo‘lgan
kattalik - miqdor sifatida qaraladi, chunki vaqt oraliqlari uzunlik, yuz, og‘irlik
xossalariga oxshash masalalariga ega. Kundalik hayotda vaqt bir voqeani ikkinchi
voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklarini taqqoslash, qo‘shish, ayirish mumkin.
Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o‘lchash, taqsim qilish, qadrlash uquvi
bilan bog‘liq. Vaqt uzluksiz o‘tadi, uni to‘xtatish ham, qaytarish ham mumkin
emas. Vaqt oraliqlari o‘lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan vaqt oralig‘idan bir
martagina foydalanish mumkin. Shuning uchun vaqt birligi muntazam ravishda
takrorlanuvchi jarayon bo‘lishi kerak. Xalqaro sistemada bunday birlik qilib
sekund olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari minut, soat,
sutka, yil, hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan, soat,
minut, sekund birliklari kishilar o‘ylab topgan. Yil Yerning Quyosh atrofida
aylanish vaqti, sutka yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish vaqti. Yil taxminan 365
sutkaga teng. Lekin kishilarning bir yilgi hayoti sutkalarning butun sonlaridan
tuzilgan. Shuning uchun har yilga olti soatdan qo‘shish o‘rniga har to‘rtinchi yilga
butun sutka qo‘shiladi. Bu yil 366 kundan iborat bo‘lib, kabisa yili deyiladi.
Bizning eramizgacha 46 - yilda Rim Imperatori Yuliy Sezar o‘sha paytda
chalkashib ketgan kalendarni tartibga solish maqsadida yillar shunday navbat bilan
keladigan kalendarni yaratdi. Shuning uchun bu yangi kalendar yuli Yulian
kalendari deyiladi. Shu kalendarga asosan yangi yil 1- yanvardan boshlanadi va 12
oy davom etadi. Bu kalendarda vavilonlik astronomlar yaratgan vaqt o‘lchovlardan
hafta ham saqlanib qolgan. Oy vaqtning uncha aniq bo‘lmagan birligidir, u 31, 30,
28, 29 kundan iborat. Ammo bu birlik qadim zamonlardan beri mavjud va u oyning
yer atrofida aylanishi bilan bog‘liq. Oy taxminan 29,5 sutkada Yerni to‘la bir
marotaba aylanib chiqadi va bir yilda taxminan 12 marta aylanadi. Shu
ma’lumotlar qadimgi kalendarni tuzishga asos bo‘ldi. Ko‘p asr davomida izlanish,
mukammallashtirish natijasida hozirgi kalendar vujudga keldi. Sutkaning
nhozirgidek 24 soatga bo‘linishi ham 83 qadimgi davrdan kelib chiqqan bo‘lib, u
qadimgi Misrda kiritilgan. Minut, sekund qadimgi Vavilonda kelib chiqqan. 11.2.
Boshlang‘ich ta’limda massa, sig‘im va vaqt o‘lchov birliklariga doir masalalar
yechish metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda vaqt o‘lchovlariga oid masalalar
quyidagi mazmunda bo‘ladi: I. Hodisaning boshlanishi bilan oxiri orasidagi o‘tgan
vaqtga ko‘ra uning oxirini topishga oid masalalar. II. Hodisaning boshlanishini
uning oxiri va boshlanishi bilan oxiri orasidagi o‘tgan vaqtga ko‘ra topishga doir
masalalar. III. Berilgan hodisalar orasida o‘tgan vaqtni hisoblashga oid masalalar.
Bu o‘zaro teskari masalalarni bir vaqtga kiritiladi va yechishga o‘rgatiladi. Quyida
massa, sig‘im, vaqtga doir masalalarni ko‘rib chiqamiz. 1. Oshxonada salat
tayyorlash uchun yashikdan oldin 4 kg pomidor olindi, keyin yana 2 kg olindi.
Yashikda 15 kg pomidor qoldi. Yashikda necha kg pomidor keltirilgan edi? (2-sinf
47-bet) Yechish: 1-usul. 1) 4+2=6 2-usul. x-4-2=15 x-4=15+2 x-4=17 x=17+4
x=21 2) 15+6=21 Javob: 21 kg 2. Xivadagi yodgorliklarni ko‘rish uchun 5 soat-u
45 minut, tushlikka 35 minut, bozorga borish uchun yodgorliklarni ko‘rishdan 2
soat-u 50 minut kam vaqt rejalashtirilgan. Agar sayohatchilar mehmonxonadan
9:00 da chiqqan bo‘lsa, ular soat nechada qaytib kelishadi? (3-sinf 35-b) Yechish:
1) 5 soat 45 minut + 35 minut = 5 soat 80 minut = 6 soat 20 minut 2) 5 soat 45
minut – 2 soat 50 minut = 2 soat 55 minut 3) 6 soat 20 minut + 2 soat 55 minut = 8
soat 75 minut = 9 soat-u 15 minut Agar sayohatchilar mehmonxonadan 9:00 da
chiqqan bo‘lsa, ular 9 soat-u 15 minutdan keyin, ya’ni soat 18 dan 15 minut
o‘tgach qaytib kelishadi. 3. Tuyoqli hayvonlar uchun 340 kg pichan tayyorlandi, 60
kg pichan 4 ta otga teng taqsimlangan. 8 ta echki uchun 20 kg kam pichan
tayyorlangan. a) Echki va otlarga berilgandan keyin qancha pichan qoladi? 84 85
b) Bitta otga nisbatan bitta echki qancha kam pichan yeydi? (4-sinf 53-b) Yechish:
1) 60 kg : 4 = 15 kg 2) 60 kg – 20 kg = 40 kg 3) 40 kg : 8 = 5 kg 4) 60 kg + 40 kg =
100 kg 5) 340 kg – 100 kg = 240 kg 6) 15 kg - 5 kg = 10 kg Javob: Echki va
otlarga berilgandan keyin 240 kg pichan qoladi. Bitta otga nisbatan bitta echki 10
kg kam pichan yeydi. 4. Kecha elektr stansiyasiga 315 000 litr, bugun esa
kechagidan 148 000 litr kam mazut keltirildi. Shu ikki kunda qancha mazut olib
kelingan? (3-sinf 55-b) Yechish: 1) 315 000 – 148 000 = 167 000 2) 315 000 + 167
000 = 482 000 Javob: 2 kunda 482 000 litr mazut olib kelingan. 5. Tuyoqli
hayvonlar uchun 1 kilogrami 32 000 so‘mdan 2 t 370 kg pichan, 18 000 so‘mdan 4
t 50 kilogramm yangi o‘t sotib olindi. Yirtqichlar uchun ozuqa 6 800 000 so‘mga
tushdi. Qaysi hayvonlar yemishiga ko‘p pul sarflandi? Qancha ko‘p? (4-sinf 54-b)
Yechish: 1) 2 t 370 kg x 32 000 = 75 840 000 2) 4 t 50 kg x 18 000 = 72 900 000 3)
75 840 000 + 72 900 000 = 148 740 000 4) 148 740 000 - 6 800 000 = 141 940 000
Javob: Tuyoqli hayvonlar uchun 141 940 000 so‘m k o‘p pul sarflangan. 11.3.
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. ”Zakovat intellektual oʻyini” texnologiyasi. Bu
mashg'ulotni bob yakunida takrorlash darsi sifatida tahlil qilish mumkin. Sinf 6 ta
guruhga boʻlinadi va oldindan tayyorlab qoʻygan topshiriqli konvertlarni (yoki
kartochkalarni) guruh a'zolari navbat bilan olishadi. Shundan soʻng guruhlar 1
daqiqa davomida oʻzlariga tushgan topshiriqlarni bajarishadi va guruh javoblarini
e'lon qilish uchun savolni olgan oʻquvchini tanlashadi (yoki guruh sardori javob
beradi). Har bir guruhda bir nechta savoldan iborat topshiriq bajariladi. Oʻqituvchi
har bir toʻgʻri javob uchun ball qoʻyadi. Agar biror savol-topshiriqqa notoʻgʻri
javob boʻlsa, boshqa guruhlar toʻgʻri javobni berishlari mumkin, bu holda, javob