BOSHLANG‘ICH TA’LIM MAZMUNI. DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI. O‘QUV REJALARI VA VOSITALARI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

25,9 KB


BOSHLANG‘ICH TA’LIM MAZMUNI. DAVLAT TA’LIM
STANDARTLARI. O‘QUV REJALARI VA VOSITALARI.
REJA:
1.Ta’lim mazmuni tushunchasi. 
2.Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. 
3. Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
4. Baholash tizimi. Darslik. 
5.O‘qituvchi uchun  metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali  ilovalari.
      Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim standarti,
o’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari, o’quv-metodik majmua.
     Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’lim mazmuni deganda o’quvchilarning
egallashi  lozim  bo’lgan  bilim,  ko’nikma,  malaka  va  kompetentsiyalarning  aniq
belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi. 
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo’lib, uni aniqlovchi asosiy
omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;
2)
jamiyat tomonidan qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma;
3)
ta’limninq maqsad va vazifalari;
4)
innovatsion rivojlanish darajasi;
5)
axborotlarning hajmi va ko’lami;
6)
o’quvchilarning yosh xususiyatlari. 
Logotip
BOSHLANG‘ICH TA’LIM MAZMUNI. DAVLAT TA’LIM STANDARTLARI. O‘QUV REJALARI VA VOSITALARI. REJA: 1.Ta’lim mazmuni tushunchasi. 2.Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari. 3. Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. 4. Baholash tizimi. Darslik. 5.O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovalari. Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim standarti, o’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari, o’quv-metodik majmua. Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’lim mazmuni deganda o’quvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi. Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo’lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1) jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi; 2) jamiyat tomonidan qo’yiladigan ijtimoiy buyurtma; 3) ta’limninq maqsad va vazifalari; 4) innovatsion rivojlanish darajasi; 5) axborotlarning hajmi va ko’lami; 6) o’quvchilarning yosh xususiyatlari.
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo’yiladigan
talablarni tubdan o’zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda
ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o’zi pedagoglarning oldiga muhim
vazifa qilib qo’ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim  mazmunini  loyihalash tizimli-
faoliyatli  yondashuvga  asoslangan  bo’lsa,  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablarining
maqsadini o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish tarzidan o’z-
o’zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga
asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o’rta
ta’lim  maktablarida  tashkil  etilayotgan  o’quv-tarbiya  jarayonining  mohiyati
o’quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o’quv fanlari
bo’yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko’nikma va malakalarni
shakllantirishdan iborat bo’lib qolmoqda.  
      Bunday reproduktiv tarzda o’zlashtirilgan ma’lumotlar o’quvchining amaliy
faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o’quvchilarda
juda ko’p axborotlarning behuda jamg’arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo’lishi
va  uning  real  voqelikka  mos  kelmasligi  kabi  tafovutlar  ko’zga  tashlanmoqda.
Aniqrog’i, o’quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan
to’plangan axborotlarnigina o’zlashtirish maqsadi qo’yilgandek tuyuladi. Ta’limning
maqsadini bunday tarzda belgilash o’quvchining faolligini cheklab qo’yadi, oqibatda
uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo’qoladi.
      Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo’li umumiy o’rta ta’limda
yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o’rta ta’lim
tizimiga kompetent  yondashuvni  joriy etish, eng avvalo,  uni  ilmiy jihatdan har
tomonlama chuqur  o’rganishni  taqozo etadi. Garchi  umumiy o’rta ta’lim uchun
kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo’lsada, u pedagogika
fanida chuqur anglab yetilganligi va o’z o’rniga ega ekanligini alohida ta’kidlab o’tish
lozim.  Ayniqsa,  so’nggi  vaqtlarda  ta’limga  doir  muammolarni  tahlil  etishda
«kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng
foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan
qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini
aniqlash  jarayoni  jadallik  bilan  bormoqda,  mazkur  tushunchalarni  aniqlashtirish
bo’yicha qizg’in munozaralar davom etmoqda.Kompetent yondashuv o’quvchidan
Logotip
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo’yiladigan talablarni tubdan o’zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o’zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo’ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli- faoliyatli yondashuvga asoslangan bo’lsa, umumiy o’rta ta’lim maktablarining maqsadini o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish tarzidan o’z- o’zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o’rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o’quv-tarbiya jarayonining mohiyati o’quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o’quv fanlari bo’yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo’lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o’zlashtirilgan ma’lumotlar o’quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o’quvchilarda juda ko’p axborotlarning behuda jamg’arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo’lishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko’zga tashlanmoqda. Aniqrog’i, o’quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to’plangan axborotlarnigina o’zlashtirish maqsadi qo’yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o’quvchining faolligini cheklab qo’yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo’qoladi. Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo’li umumiy o’rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o’rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o’rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o’rta ta’lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo’lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o’z o’rniga ega ekanligini alohida ta’kidlab o’tish lozim. Ayniqsa, so’nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo’yicha qizg’in munozaralar davom etmoqda.Kompetent yondashuv o’quvchidan
alohida-alohida bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda
egallashni  talab  etadi.  Mazkur  talab  bilan  bog’liqlikda  o’z  navbatida  o’qitish
metodlarini tanlash tizimi ham o’zgarishga uchraydi. O’qitish metodlarini tanlash va
amaliyotda qo’llash o’z navbatida ta’lim jarayonida qo’yiladigan talablarga muvofiq
keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
       Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o’rta ta’limni
modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur
yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik
birliklar sifatida ko’rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) –
«Bilim – Ko’nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko’nikma – Malaka
– Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab
etiladi.  
       Umumiy o’rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda,
kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim
amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi o’quvchisi
hali ma’lum bir kompetensiyani o’zida to’liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim
komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va
ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo’lgan real voqelikning
aniq belgilangan ob’yektlariga munosabatini taqozo etuvchi o’quvchining semantik
(ma’no-mazmun)  yo’nalganligi,  bilim,  ko’nikma  va  malakalari  hamda  faoliyat
tajribalari majmuida aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo’yiladigan talabdir.
O’quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, o’zlashtirish uchun aniq
mo’ljal  (orientir).  Biroq  maktab  ta’limi  davrida  o’quvchida  «yuksak»
kompetensiyalarning  ayrim  elementlari  shakllanadi,  nafaqat  u  kelgusi  faoliyatga
tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur
kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o’zlashtiradi. 
Umumta’limiy  kompetensiyalar maktabda  o’qitiladigan  fanlarni  o’zlashtirishga
yo’naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini
to’liq ro’yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana
shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, maktab ta’limi davrida o’quvchi eng asosiy –
fuqarolik kompetensiyasini  o’zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida ham
mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur.
Logotip
alohida-alohida bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog’liqlikda o’z navbatida o’qitish metodlarini tanlash tizimi ham o’zgarishga uchraydi. O’qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo’llash o’z navbatida ta’lim jarayonida qo’yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi. Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o’rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko’rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) – «Bilim – Ko’nikma – Malaka»ni oltita birlik (sikstet) – «Bilim – Ko’nikma – Malaka – Amaliy faoliyat tajribasi – Kompetensiya – Kompetentlik» tarzida tahlil etilishi talab etiladi. Umumiy o’rta ta’limda kompetent yondashuvni tatbiq etish haqida gap ketganda, kasbiy ta’limdan farqli ravishda «umumta’limiy kompetensiya» tushunchasini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish maqsadga muvofiqdir. Chunki umumta’lim maktabi o’quvchisi hali ma’lum bir kompetensiyani o’zida to’liq aks ettira olmasa ham, uning ayrim komponentlarini amalga oshirishga qodirdir. Umumta’limiy kompetensiya shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatli produktiv faoliyatni amalga oshirish zarur bo’lgan real voqelikning aniq belgilangan ob’yektlariga munosabatini taqozo etuvchi o’quvchining semantik (ma’no-mazmun) yo’nalganligi, bilim, ko’nikma va malakalari hamda faoliyat tajribalari majmuida aks etuvchi ta’limiy tayyorgarlikka qo’yiladigan talabdir. O’quvchi uchun kompetensiya – bu uning kelajak obrazi, o’zlashtirish uchun aniq mo’ljal (orientir). Biroq maktab ta’limi davrida o’quvchida «yuksak» kompetensiyalarning ayrim elementlari shakllanadi, nafaqat u kelgusi faoliyatga tayyorgarlik, balki hozirgi bosqichda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun mazkur kompetensiyalarni umumta’limiy nuqtai nazardan o’zlashtiradi. Umumta’limiy kompetensiyalar maktabda o’qitiladigan fanlarni o’zlashtirishga yo’naltirilgan faoliyatning tarkibiy qismi sifatida qaralishi hamda uning maqsadini to’liq ro’yobga chiqarishni ta’minlay olishini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Yana shuni alohida ta’kidlab o’tish joizki, maktab ta’limi davrida o’quvchi eng asosiy – fuqarolik kompetensiyasini o’zlashtiradi va ta’limning keyingi bosqichlarida ham mazkur kompetensiyaning yetakchilik roli saqlanib qolishi zarur.
Ta’llim  mazmunini  loyihalash  tamoyillari  va  mezonlari.Ta’lim  mazmunini
loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:
Ta’lim  mazmunining  barcha  elementlarining  jamiyat,  fan,  madaniyat  va  shaxs
rivojlanishi talablariga mos bo’lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy
bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy
bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi
fanlarni kiritishni talab etadi.
          Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu
tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir
o’quv jarayonini amalga oshirish bilan bog’liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni
ko’zda tutadi. Bu umumiy o’rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim
etish va o’zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog’liq xatti-
harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
Ta’lim  mazmunining  yaxlit  strukturaga  aloqadorlik  tamoyili.  Bu  tamoyil  ta’lim
tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o’quv fani, o’quv materiali,
pedagogik faoliyat, o’quvchi shaxsi kabi komponentlarining o’zaro mosligini ko’zda
tutadi.
            Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi
navbatda o’quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy
o’zlashtirishlari  uchun  shart-sharoitlar  yaratish  bilan  bog’liqdir.  Buning  uchun
insonparvar  g’oyalar  umumiy ta’lim  mazmuniga singdirilishi  kerak.  Bu esa  o’z
navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o’zaro bog’liqligi va o’zaro
munosabatlari  tamoyilining  o’zgartirilishini  talab  etadi,  uning  asosini  shaxsga
yo’nalganlik tashkil etishi zarur.
 
      Ta’lim  mazmunini  fundamentallashtirish  tamoyili ta’limni
insonparvarlashtirishdagi to’siqlarni yo’qotishga imkon beradi. U ijtimoiy-gumanitar
va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o’rnatish va fanlararo aloqalarni
o’quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat metodologiyasining mohiyatini anglab
yetishlariga tayanishni talab etadi. 
       Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini
o’sib boruvchi yo’nalishda rejalashtirishdan iborat bo’lishini anglatadi, bunda birinchi
navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
Logotip
Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.Ta’lim mazmunini loyihalash quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi: Ta’lim mazmunining barcha elementlarining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo’lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi. Ta’lim mazmunining tashkiliy-jarayon bilan aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama yondashishni rad etadi. U aniq bir o’quv jarayonini amalga oshirish bilan bog’liq tashkiliy shart-sharoitni hisobga olishni ko’zda tutadi. Bu umumiy o’rta ta’lim mazmunini loyihalashtirish jarayonida taqdim etish va o’zlashtirish tamoyillari, texnologiyasi, darajasi va u bilan bog’liq xatti- harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi. Ta’lim mazmunining yaxlit strukturaga aloqadorlik tamoyili. Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o’quv fani, o’quv materiali, pedagogik faoliyat, o’quvchi shaxsi kabi komponentlarining o’zaro mosligini ko’zda tutadi. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda o’quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o’zlashtirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog’liqdir. Buning uchun insonparvar g’oyalar umumiy ta’lim mazmuniga singdirilishi kerak. Bu esa o’z navbatida ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o’zaro bog’liqligi va o’zaro munosabatlari tamoyilining o’zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga yo’nalganlik tashkil etishi zarur. Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili ta’limni insonparvarlashtirishdagi to’siqlarni yo’qotishga imkon beradi. U ijtimoiy-gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma-ketlikni o’rnatish va fanlararo aloqalarni o’quvchilarning idrok etishi va amaliy faoliyat metodologiyasining mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi. Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini o’sib boruvchi yo’nalishda rejalashtirishdan iborat bo’lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili. Ushbu tamoyil o’rganilayotgan bilimlar
va  shakllantirilayotgan  malakalar  va  kompetentsiyalarni  yagona  tizimdagi  o’rni,
umumiy o’rta ta’lim, barcha o’quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda
umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko’rib chiqishni ko’zda tutadi.
       Ta’lim mazmunining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur
tamoyil  ta’lim  mazmunini  loyihalashda  o’quvchilarning  yosh  xususiyatlari  va
tayyorgarlik darajasini hizobga olishni ko’zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga mos
bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks ettiriladi.
Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
-ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini 
-shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish;
-ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi;
-ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o’quvchilar 
-imkoniyatlarining mavjud o’quv dasturlariga mosligi;
-ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;
-ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;
-ta’lim mazmunini loyihalashda ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olish.
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab
beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O’quv reja, o’quv
dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga kiradi.  «Standart» ingliz tilidan
tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi.
Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning
barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o’quv ishlari normativlari moslashtiriladi,
o’quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. 
Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
-umumiy o’rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
-milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o’quvchilarni tarbiyalashning
samarali shakllari va usullarini joriy etish;
-o’quv-tarbiya  jarayoniga  pedagogik  va  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish, umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quvchilari va
bitiruvchilarining malakasiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
Logotip
Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili. Ushbu tamoyil o’rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalar va kompetentsiyalarni yagona tizimdagi o’rni, umumiy o’rta ta’lim, barcha o’quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimi aloqadorlikda ko’rib chiqishni ko’zda tutadi. Ta’lim mazmunining o’quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi tamoyili. Mazkur tamoyil ta’lim mazmunini loyihalashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari va tayyorgarlik darajasini hizobga olishni ko’zda tutadi. Ma’lum bir yosh davriga mos bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalar tizimi ta’lim mazmunida aks ettiriladi. Ta’lim mazmunini loyihalashtirishda quyidagi mezonlarga asoslaniladi: -ta’lim mazmunini mustaqil fikr yuritish va axborot iste’moli madaniyatini -shakllantirish ehtiyojiga muvofiq loyihalashtirish; -ta’lim mazmunining aniq ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi; -ta’lim mazmunining murakkablik darajasini hisobga olish, o’quvchilar -imkoniyatlarining mavjud o’quv dasturlariga mosligi; -ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi; -ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasining zamonaviy talablarga javob berishi; -ta’lim mazmunini loyihalashda ilg’or xorijiy tajribalarni hisobga olish. Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi eng asosiy me’yoriy hujjat Davlat ta’lim standartidir. O’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari umimg tarkibiy qismiga kiradi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me’yor», «namuna», «andoza», «model» ma’nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta’lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta’minlashga erishiladi, o’quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o’quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. Davlat ta’lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat: -umumiy o’rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilash; -milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o’quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish; -o’quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo’yiladigan talablarni belgilash;
-kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning
samarali integratsiyasini ta’minlash;
-ta’lim va uning pirovard natijalari, o’quvchilarning malaka talablarini egallaganlik
darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat
qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
-davlat  ta’lim  standartlari  talablarining  ta’lim  sifati  va  kadrlar  tayyorlashga
qo’yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
-o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
-umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi;
-davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs
ehtiyojiga mosligi;
-umumiy o’rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va
ta’lim mazmunining uzviyligi;
-umumiy  o’rta  ta’lim  mazmunining  respublikadagi  barcha  hududlarda  birligi  va
yaxlitligi;
-umumiy  o’rta  ta’limning  mazmuni,  shakli,  vositalari  va  usullarini  tanlashda
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;
-o’quvchilarda fanlarni o’rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va
fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi;
-rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan
milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish:
Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi;
umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi;
umumiy o’rta ta’limning malaka talablari;
baholash tizimi.
        Umumiy  o’rta  ta’limning  tayanch  o’quv  rejasi  umumiy  o’rta  ta’lim
muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi
hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.
Logotip
-kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash; -ta’lim va uning pirovard natijalari, o’quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish; -davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo’yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash; Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: -o’quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi; -umumiy o’rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; -davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi; -umumiy o’rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta’lim mazmunining uzviyligi; -umumiy o’rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi; -umumiy o’rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; -o’quvchilarda fanlarni o’rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta’minlanganligi; -rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish: Davlat ta’lim standarti quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi; umumiy o’rta ta’limning o’quv dasturi; umumiy o’rta ta’limning malaka talablari; baholash tizimi. Umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitiladigan o’quv fanlari nomi, o’quv yuklamasining minimal hajmi hamda ularning sinflar bo’yicha taqsimoti belgilangan hujjat hisoblanadi.