BOSHLANG’ICH TA’LIM METODOLOGIYASI FANINING TARIXI VA
TADRIJIY RIVOJLANISHI
Reja:
1.Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat
ekanligi. Suqrot, Pifagor, Aristotel, Platonlarning inson kamoloti va tarbiyasi
masalalariga oid qarashlari.
2.Sharq mutafakkirlari Yu.X.Hojibning ,,Qutadg’u bilig” asari,
Kaykovusning ,,Qobusnoma”, Ahmad Yugnakiyning ,,Hibat ul-haqoyiq”, Alisher
Navoiyning ,,Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p didaktik asarlarda ilgari
surilgan pedagogik g’oyalar.
3.Y.A.Komenskiy,
Logann,Pestalotsi,
disterverg
va
K.D.Ushinskiylarning pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida ilgari
surgan g’oyalari.
Tayanch tushunchalar: Pedagogika, ijtimoiy, iqtiisodiy, jahon va sharq
mutafakkurlari.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy
zaruriyat ekanligi. Suqrot, Pifagor, Aristotel, Platonlarning inson kamoloti va
tarbiyasi masalalariga oid qarashlari. Pedagogika fanining metodologik asosi va
amal qiladigan negizi O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta’lim haqida”gi qonuni,
”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, Oliy Majlis materiallaridir.
Ob`ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish va o‘rgatish kerak,
kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro
uzviy bogliqdir.
Pedagogika fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud
pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan
usullari bilan o‘rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh
avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan
ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo‘llari, uslublari va vositalari
majmui tushuniladi.
Suqrot. Suqrot miloddan oldin 469 yilda Afinada haykaltarosh oilasida
dunyoga keldi.U biron bir asar yozmagan,maktabda dars bermagan, lekin oz
shogirdlarini haqiqatni bilishga undagan.U haqiqatni bahs orqali ,suhbat yo’li
bilan ,anglash mumkin degan g’oyani olg’a surgan,suhbatda asosiy e’tiborni inson
ongi va tafakkurini tahlil qilishga qaratish zarurligini aytgan.U tavsiya etgan bu
usul o’z davrida “Suqrot usuli” deb atalgan.Suqrot miloddan oldingi 399-yilda
demokratiya dushmanlari tomonidan o’ldirildi.
Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad
insonni bilimlarni bilib olishga erishish,uni yuksak axloqli qilib kamol
toptirishdir.U o’z ta’limotida martlik, donolik, mo’tadillik,adolatlilik
tushunchalarini belgilab beradi.Uning fikricha ,mardlik qo’rquvni daf qilish,
donolik- jamiyat qonunlariga rioya qilish, mo’tadillik-o’z hissiyotlariga erk
bermaslik, adolat- yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir.Suqrotning
ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq mezonlarini inson uchun muqaddas
bo’lgan fazilatlarini egallab olishi kerak.Insonning fazilat egasi yaxshi fazilatlarni
na’moyon eta oladi.Inson axloqiy fazilatlarini ilm-fan, ta’lim orqali egallaydi,
axloqning yagona sohibi bo’ladi. Aql bilan axloq o’rtasida ziddiyat bo’lishi
mumkin emas. Hunardan yaxshiroq, ilmdan ulug’roq narsa yo’q. Sharmu hayodan
yaxshiroq bezak, zebu ziynat yo’q, batfellikdan yomonroq dushman yo’qdir.
Suqrotning axloq xususidagi ta’limotiga ko’ra, ezgulik-bilim,
donishmandlik-yaxshilikni biluvchiga yaxshilik qilishdir. Yomonlik qiluvchi
yaxshlikni yo bilmaydi, yoki pirovadida, yaxshilikning tantana qilishiga qarshilik
qiladi.
Oqil, dona odamlar halol kasb shug’illanib, shu kasblaridan topgan mol-
dunyolaridan muhtojlarga in’om-ehson qiladilar.Achchiqlangan vaqtlarida tillarini
yomon so’zlarni, qo’llarni odamlarga ozor berishdan saqlaydilar.Suqrot, agar bir
odam sening aybingni yuzingga solsa, kamchiliklaringni tanqid qilsa, uni do’st deb
bil, go’zal xulq- atvorli bo’lishga, yaramas ishlardan saqlanishga g’ayrat qil, deb
maslaxat beradi.Suqrot tadbirkorlikni ulug’lab,uni eng go’zal insoniy fazilat
hisoblaydi.Uning o’qtirishicha go’zal tadbir ishlatib, dushmanni do’st etish, nodon
va johil odamni ta’lim va tarbiya qilib, donolar davrasiga, badahloq fosiqlarni
pand, nasihat bilan isloh etib, yaxshilar qatoriga eng afzal amallardan
sanaladi.Suqrot o’zining pedagogik qarashlarida mehnat tarbiyasida alohida e’tibor
beradi, mehnatni ahloqiy go’zallik deb biladi.Suqrotning ta’lim-tarbiya haqidagi
ta’limoti, qadimgi Yunonisda falsafiy-pedagogik fikr rivojiga ulkan hissa bo’lib
qo’shiladi.
Platon.Platon Yunonistonning mashhur, mumtoz faylasufi.U miloddan
oldingi 428-yilda Afinada aristokrat oilasida dunyoga kelgan.Platon Janubiy Italiya
va Sitsiliyalarni kezib, 388-yilda Afinaga qaytib keladi. 4 asrning 80-yillarida
Sitsiliya hukmdori Tong’ich Dionisi saroyida uning o’g’lini tarbiyalash bilan
shug’ullanadi. Platon o’zi o’ylab chiqqan idial quldorlik davlati tuzishni shu
shaharda amalga oshirmoqchi bo’ladi. Ammo,uning g’oyasi hukmdorga maqul
bo’lmaydi va uni dengizchilar qo’liga topshirib, o’ldirishni buyuradi.Dengizchilar
uni Egin shahrida bir savdogarga qul qilib sotadilar.Savdogar do’sti bo’lgani
tufayli Platon yana Afinaga qaytib keladi va o’z falsafiy maktabini tuzadi,maktabni
Afina qahramoni Akadema sharafiga “Akademiya”deb ataydi, jo’shqin ilmiy
faoliyatini davom ettiradi.U “Ideal quldorlik davlati” haqidagi g’oyasini amalga
oshirish niyatida o’zi tarbiyalagan shahzoda Kenja Dionisi hukmronlik qilayotgan
Sitsiliya shahriga boradi.Lekin orzusi bu yerda ham amalga oshmagach, noumid
bo’lib o’z vatani Afinaga qaytadi,368-yilda vafot etadi.
Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini “Davlat” va “Qonunlar”
asarlarida bayon etadi. Platonning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan tasiri,
bolalarda ahloqiy sifatlarning tarkib topishida ko’rinadi. Platon his- tuyg’uga ta’sir
etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashning asosi hisoblaydi. Kichik yoshdagi
bolalar huzur qilish, zavqlanish, qayg’ulanish, orqali yahshilik va baxt saodat
tushunchalari haqidagi tasavvurga ega bo’ladilar.Platon o’yin, adabiy asarlardan
o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Kichik
yoshdagi bolalarga nimani o’qitish, nimani hikoya qilishni qonunlashtirish
kerakligini aytdi. Uning takidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turushlari,
lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasliklari kerak. Fanlarni bolalarga