Boshlang’ich ta’lim muhiti va uni loyihalashtirish
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
36,5 KB
2-mavzu.
Boshlang’ich
ta’limiy muhit.
1. Boshlang’ich ta’lim muhiti va uni loyihalashtirish.
2. Axborot muhiti.
3. Ta’lim jarayonini loyihalashtirish.
4. Interaktiv yondoshuvni amaliyotga joriy qilish.
5. Ta’limning o’quv metodik ta’minoti.
1. Boshlang’ich ta’lim muhiti va uni loyihalashtirish. O'zbekiston
Respublikasining “Ta'lim to'g'risida“ gi qonunda yangi chuqur bilimlar talab etuvchi
texnologiyalarning rivojlanishi sharoitlarida mustaqil ravishda yangi bilimlarni
egallash, kasbiy mahorat chо‘qqilarini egallashga qodir va kasbiy moslashuvchanlik
xislatlariga ega bо‘lgan chuqur bilimli, yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash
zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa о‘z navbatida о‘quv jarayonini ilm-
fanning zamonaviy yutuqlariga tayangan holda tashkil etish, fan, madaniyat,
iqtisodiyot, texnika va texnologiyalardagi yangiliklarni о‘zida aks ettiradigan
ta’limni har tomonlama uzluksiz ravishda yangilab borish, fan, ta’lim va ishlab
chiqarish
sohalarining
integratsiyasini,
ta’lim
dasturlarining
variativligini
ta’minlashni talab etadi. Qо‘yilgan vazifalar oliy ta’lim muassasasida ta’lim olish
davrining barcha bosqichlarida hal etib borilishi kerak.
Bu
vazifalarni
amalga
oshirishga
faqatgina
mustahkam
nazariy
tayyorgarlikka, keng dunyoqarashga, chuqur bilimlarga, amaliy kо‘nikma va
malakalarga ega bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislargina qodir bо‘ladilar.
Respublikamizda mashinasozlik sohasining tez rivojlanishi yuqori malakali
ishchi va texnik xodimlarga bо‘lgan ehtiyojni kuchaytiradi, buning asosiy negizi esa
о‘z navbatida umumta’lim maktablarida texnologiya fanlaridan dars beradigan
texnologiya fani о‘qituvchisi kasbini egallagan mutaxassislarga bо‘lgan talabni
oshiradi. Texnologiya fani yо‘nalishi bо‘lajak о‘qituvchisi tabiiy, texnik va
texnologik bilimlarga ega bо‘lishi zarur. U faqat bilimlarni о‘quvchilarga yetkazish
bilan bir qatorda ta’lim jarayonini tashkil etish, boshqarish, loyihalash,
konstruksiyalash hamda kasbiy pedagogik madaniyatga ega bо‘lishi kerak. Olib
borilgan tajribalar shuni kо‘rsatadiki, о‘sib kelayotgan yosh avlodni konstruktorlik-
texnologik tayyorgarligini oshirish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun har xil
axborotlar va faoliyat turlarini о‘quv grafik faoliyat mazmuni orqali
integratsiyalashgan holatda yetkazish asosiy sharti hisoblanadi. Chizmachilik faniga
nafaqat axborotlarni yetkazish, balki konstruksiyalarni chuqurroq anglab uning
yangi variantini tavsiya qilish orqali о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini
rivojlantirish mumkin. B. B. Ma’murov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda
“Darsning muvaffaqiyati nafaqat о‘qituvchining unga astoydil tayyorlanishi, balki
о‘quvchilarning darsga tayyorgarliklari hamda dars loyihasining muvaffaqiyatli
tuzilganligiga bog‘liq” ekanligi kо‘rsatib о‘tilgan1. Texnologiya fani yо‘nalishi
bо‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida umumkasbiy va pedagogik
turkum fanlari mazmunini loyihalashtirish muhim ahamiyatga ega. Endilikda asosiy
e’tibor mehnat ta’limining о‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirgan, fundamental
hamda umumkasbiy va pedagogik turkum fanlar mazmunini loyihalashtirishga
qaratilmoqda.
Ta’lim tizimida mazmun didaktik jarayonning ijtimoiy maqsadlariga
erishishini ta’minlaydigan asosiy elementi hisoblanadi. Ta’lim mazmunini
quyidagilar tashkil etadi:
– samarali pedagogik faoliyat tajribalari, ya’ni mehnat faoliyati, iqtisodiy,
siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish;
– umumiy maqsadlarga erishish jarayonida ijtimoiy jihatdan о‘zaro ta’sir eta
bilish tajribalari;
– insonlar hamjamiyatining axloq, huquq va boshqa normalarda aks etgan
axloqiy va etik tajribalar;
– ma’naviy-madaniy tajribalar, hayotni obrazli-hissiy idrok etish, uning
kо‘rinishlariga estetik munosabatlar.
S. I. Arxangelskiy oliy ta’limning mazmuni haqida gapirar ekan, “Bu
shunchaki ma’lumotlar, qonun-qoidalar va nizomlar yig‘indisi emas, balki
mutaxassisning ilgaridan kо‘zlangan modeli mazmunidan va uning faoliyatiga
qо‘yiladigan talablardan kelib chiqadigan ilmiy ma’lumotlar tizimidir” deb
ta’kidlagan2. Ta’lim mazmunini pedagogik jihatdan loyihalashtirish talabalar va
pedagoglar kelgusi faoliyatining asosiy qismlarini oldindan ishlab chiqiladi va uning
asosiy maqsadi о‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Mehnat
ta’limi yо‘nalishida pedagogik tizimni loyihalashtirishda tizim
strukturasini tashkil etuvchi asosiy elementlari sifatida ta’limning maqsadi,
mazmuni, didaktik jarayonlari va ta’limni tashkil etish shakllari hisoblanadi.
Pedagogik tizimni loyihalashtirish uchun dastlab, pedagogik tizim faoliyatining
maqsadlari aniqlab olinadi va oliy ta’lim muassasasining bitiruvchilariga
qо‘yiladigan malaka hamda umumdidaktik talablar hisobga olingan holda, ta’lim va
tarbiyaning mazmuni tavsiflanadi. Ta’lim mazmuni ta’lim maqsadlariga mos
ravishda tanlanadi. Keyingi bosqichda didaktik jarayonlarni tanlash va ishlab
chiqish amalga oshiriladi. Loyihalashtirishning sо‘nggi bosqichida ta’limni tashkil
etish shakllari aniqlanadi va ishlab chiqilgan loyiha о‘quv-metodik majmua
hujjatlarida aks ettiriladi.
Pedagogik obyektni loyihalashtirishning tartibi tayyorlov, loyihani ishlab
chiqish, loyiha sifatini tekshirish jarayonlaridan iborat. Tayyorlov jarayonida
obyektni tahlil etish, shakllarini tanlash, didaktik ta’minoti, ta’lim jarayonining joyi
va vaqti, moddiy-texnika ta’minoti aniqlashtiriladi. Loyihani ishlab chiqish
jarayonida uni tizimga keltiruvchi omillarni tanlash, tarkibiy qismlar orasidagi
aloqalar va о‘zaro bog‘liqliklarni aniqlashtirish hamda hujjatni tayyorlashdan iborat
bо‘ladi. Loyiha sifatini tekshirish uni amalga oshirish jarayonini fikran tajribadan
о‘tkazish, ekspert bahosi, tahrirlash, loyihani amalga oshirish bо‘yicha qaror qabul
qilish jarayonlarini о‘z ichiga oladi. V. P. Bespalko tomonidan pedagogik
jarayonning loyihalashtirilishi tarkibiy qismlar sifatida maqsad, asosiy qonun-
qoidalar, mazmun, metodlar, vositalar va shakllar nazarda tutiladi. Pedagogik
jarayon quyidagi: maqsad, mazmun, jarayon, baholash, natija kabi tarkibiy
qismlardan iborat ekanligi kо‘rsatib о‘tilgan3. Loyihalashtirishni pedagogik
jarayonning tarkibiy qismlariga mos ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq,
yani:
− о‘quv jarayonning pedagogik tizim sifatida loyihalashtirilishi kerak bо‘lgan
elementi ajratib olinadi;
− maqsad qismi loyihalanadi;
−
qо‘yilgan
maqsadlarga
asosan
о‘quv
materialining
mazmuni
tizimlashtiriladi, ya’ni ma’lum bir tizimga keltiriladi;
− kompetensiyalarni rivojlantirish qonuniyatlarini va bir tizimga keltirilgan
mazmunning mantig’ini hisobga olgan holda, talabalarning bilim egallashi va
amalda qо‘llashni о‘rganishi bо‘yicha о‘qituvchining harakatlar dasturi tuziladi.
Bundan kelib chiqadiki, ta’lim jarayonini loyihalashtirish bosqichma-bosqich
amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning
boshlang‘ich bosqichi – ta’lim maqsadini belgilashdan iborat.
Ta’lim maqsadi didaktikaning asosiy – “nima uchun о‘qitish”ni aniqlovchi
kategoriyasi bо‘lib, yо‘naltirish, boshqarish vazifalarini amalga oshiradi, pedagogik
faoliyatning kutilajak natijasini belgilaydi. Maqsad tashqi va ichki rejalarni о‘z
ichiga oladi. Tashqi reja jamiyat ehtiyojlarini, ishlab chiqarish talablarini, fan va
texnikaning rivojlanish darajasini aks ettiradi. Ichki reja shaxsning о‘ziga xos
xususiyatlarini ifodalaydi. Maqsadlar refleksiv va bosqichli bо‘lib, aniq ifodalanadi
va dinamik xarakterga ega bо‘ladi. Pedagogik faoliyatning maqsadlari ichki va
tashqi omillarga mos ravishda о‘zgarib turadi.
V. S. Bezrukova ta’kidlaydiki: “Jamiyat va davlat ehtiyojlari, ta’lim
standartlari va oliy ma’lumotli mutaxassislarga bо‘lgan talablar bozorini о‘rganish
natijalari ta’lim maqsadlarini belgilashning an’anaviy metodologik asoslari
hisoblanadi, lekin maqsadlarni belgilashning о‘ziga xos xususiyatlarini kо‘rib
chiqishda ijtimoiy vazifalar bilan bir qatorda, ta’lim jarayonining xarakterini va
maqsadga erishishga qaratilgan harakatlar tezligini belgilaydigan omillar
hisoblanadigan shaxsning ichki intilishlarini, kasbiy qiziqishlarini, maqsadlarni
amalga oshirishga tayyorlik darajasini, psixologik xususiyatlarini ham hisobga olish
zarur”4.
– ta’lim tizimining umumiy tuzilmasini va uning muayyan bо‘linmalarini aks
ettirish;
– shaxsning psixologik tuzilishini hisobga olish;
– bilimlarni о‘zlashtirish darajasi bо‘yicha tuzish.
Ta’lim mazmuni konsepsiyasiga muvofiq, ta’lim jarayoni ijtimoiy tamoyillar
asosida tashkillashtirilgan va muayyan maqsadga yо‘naltirilgan bо‘lib, har
tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishdir. Texnologiya fani metodikasi
pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida asosiy e’tiborni kasbiy jihatdan muhim
bо‘lgan sifatlarni shakllantirishga qaratiladi. Kasbiy jihatdan muhim bо‘lgan sifatlar
– faoliyatning samaradorligi (unumdorligi, aniqligi, obyektning chiroyli va ixcham
konstruksiyasi, yuqori sifatliligi, mahsuldorligi va hokazo)ni aniqlovchi shaxsning
psixologik sifatlaridir. Bu sifatlar keng funksional xarakterga ega bo’lib, har bir kasb
egasidan muayyan kasbiy sifatlarni talab etadi, zero, texnologiya fani yо‘nalishning
asosiy maqsadi kasbiy sifatlarni tо‘la egallagan, yuqori malakali, kompetentli
mutaxassisni tayyorlashdan iborat.
Texnologiya ta’limi mazmunini aniqlashda ta’lim bosqichining bitiruvchisi
amalga oshirishi zarur bо‘lgan vazifalarning mazmuni va murakkablik darajasidan
kelib chiqiladi. Vazifalar esa о‘z navbatida uch turga bо‘linadi: о‘qish, о‘zlashtirish
va amalda qо‘llash. Texnologiya ta’limi mazmunini shakllantirishda mazmunni
tanlash “yuqoridan quyiga”, “oddiydan murakkabga” qoidasiga asosan amalga
oshiriladi: bо‘lajak mehnat faoliyati mazmunidan yoki kelajakda о‘rganiladigan
fanlarni о‘zlashtirish uchun zarur bо‘ladigan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda,
loyihalashtirilayotgan fanning mazmuni shakllantiriladi.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologik yondashuvlarga kо‘ra, ta’lim
mazmuni ta’lim texnologiyasining asosiy qismi bо‘lib hisoblanadi. Ta’lim
mazmunini loyihalashtirishni о‘quv fani va dasturi darajasida kо‘rib chiqish
mumkin. О‘quv fani mazmuni bir-biri bilan almashinib turuvchi faoliyat predmeti
sifatida qator talablar asosida tuziladi: matnli axborotni shakllantirish, bilimlarni
о‘zlashtirish qonuniyatlarini hisobga olish, fanning ilmiy asoslarini о‘z ichiga olishi,
bо‘lajak mutaxassis kasbiy faoliyatini aks ettirishi zarur.
Oliy kasbiy ta’lim jarayoni nazariy qismining tuzilmasiga ta’sir etuvchi
omillar sifatida: texnologiya ta’limining maqsadlari; kasbiy faoliyatning umumiy
tuzilmasi (ilmiy, loyihalash, konstruktorlik-texnologik, boshqaruv, pedagogik);
о‘rganish obyekti sifatida mehnat ta’limi yо‘nalishiga mos keluvchi kasbiy faoliyati
sohasi; integratsiyaning muayyan kasbiy faoliyatning asosiy usullari nazarda
tutiladi.
Texnologiya fani mazmunini loyihalashtirish quyidagi yо‘nalishlarda amalga
oshirilishi maqsadga muvofiq bо‘ladi:
fanning mazmuni talabaning aktiv faoliyati natijasidagina о‘zlashtirilishi
mumkin;
ta’lim mazmuni ta’lim texnologiyasining muhim qismi bо‘lib, kо‘p jihatdan
uning kechish jarayonlarini (metodlar, shakl va vositalar majmuini) belgilab beradi;
о‘rganilishi kerak bо‘lgan obyektning tuzilmasi va kasbiy faoliyatning
tuzilmasi oliy kasbiy ta’lim mazmuniga ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi;
о‘quv fanining mazmuni shaxsning kasbiy jihatdan ahamiyatli hisoblanadigan
sifatlarini e’tiborga olgan holda, oliy ma’lumotli mutaxassisning shaxsiy sifatlarini
shakllantirishni ta’minlashi kerak;
ta’lim mazmunini loyihalashtirish tizimi kutiladigan natijalarni oldindan ko‘ra
bilishi zarur.
Ta’lim mazmuni pedagogik loyihalashtirish uchun mustaqil obyekt bо‘lib, har
qanday pedagogik tizimning muhim qismi hisoblanadi.
Axborot muxiti, axborot tizimining namunaviy tarkibi. Konseptual
model, axborot muhiti, lingvistik ta’minot, boshqaruv tizimi, avtomatlashtirilgan
axborot
tizimi
Axborot tizimining
namunaviy
tarkibi
Ixtiyoriy axborot tizimida uning ishlash jarayonini quyidagi tasvirda ko`rsatamiz.
Asosiy ishlar 4 ta blokdan iborat: dastlabki ma`lumotni kiritish, unga ishlov berish,
natijaviy ma`lumotni iste`molchilarga yoki boshqa AT ga uzatish, teskari aloqani
ta`minlash, ya`ni natijani tahlil qilib dastlabki ma`lumotlarni xodimlar yoki boshqa
AT
tomonidan
tuzatish
AATning
konseptual
modeli. Axborot
tizimi
foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig’ish, qayd etish, uzatish,
saqlash,
to’plash, qayta
ishlash,
tayyorlash
va taqdim
etishga mo’ljallangan. Konseptual nuqtai nazardan qaraganda,
axborot
tizimi –
bu operasiyani
bajaruvchi
tizim va boshqaruvchi
tizim
o’rtasidagi vositachi
sanaladi.
Lingivinistik ta`minot - axborot tizimlari xodimlari va texnik, dasturiy va axborot
ta`minoti xodimlarining muloqat tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot
tizimlarida foydalaniladigan atamalar majmui kiradi. Axborot muhiti o`zaro
bog`langan uchta tarkibiy qismni o`z ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot
tuzilmasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, boshqaruvning ishtirok etuvchi
ob`yektlari.Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni
ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda
boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik
vositalar va mutaxassislarning majmuidir. Boshqaruv tizimi to‘g‘risida tushuncha
Boshqaruv – ko'p ma'noli tushuncha. U ob'ektga mustaxkamligini saqlash yoki
tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o'tkazishda ta'sir etish uchun kerak bo'lgan
joyda qo'llaniladi. Shu bois ―boshqaruv‖ tushunchasi boshqaruvchi ta'sirga ta'rif
berish uchun qo'llaniladi. Boshqaruv tizimining turlarini ajratib ko'rsatash mumkin:
masalan- ishlab chiqarishning uzluksiz bajaruvchilari bo'lgan insonlar alohida
mashinalar, mexanizmlar, tizimlar, ishlab chiqarishdagi texnologak jarayonlar,
aniqrog‘i, ishlab chiqarish jarayonlaridagi alohida elementlarni boshqaradi.
Boshqaruvning bu sohasi ijtimoiy fanlar tomonidan fanning qator tabiiy va ilmiy
sohalarini jalb etgan holda o'rganiladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
U
ko’rsatkichlarni,
ma'lumotnomalarni
axborotni
tasniflovchi
hujjatlarning unifikatsiyalashgan tizimini, tashuvchi vositalardagi axborotlarni o’z
ichiga
oladi.
Tеxnik ta'minot. Tеxnik ta'minot – axborot tizimi ishi uchun mo’ljallangan tеxnik
vositalar komplеksi, shuningdеk, ushbu vositalar va tеxnologik jarayonlarga tеgishli
hujjatlardir.
Matеmatik ta'minot. Matеmatik ta'minot – axborot tizimida vazifalarni hal etishda
foydalaniladigan axborotlarni qayta ishlash algoritmi, modеllari, matеmatik
uslublari
majmui.
Dasturiy ta'minot – bu axborot tizimining maqsad va vazifalarini amalga oshirish
uchun dasturlar majmui, shuningdеk tеxnik vositalar komplеksining mе'yorida
ishlab
turishi
dеmakdir.
Dasturiy ta'limot tarkibiga umumiy tizimi va maxsus dasturli mahsulotlar,
shuningdеk tеxnik hujjatlar, jumladan: opеratsion tizimlar, dasturlash, tizimi,
dasturchining asbob-uskuna
vositasi,
tеst
va
tashhis
dasturlari,
tеlеkommunikatsiyaning dasturiy vositasi, axborotni himoyalash, funktsional
dasturiy ta'minot (avtomatlashtirilgan ish joylari, ma'lumotlar bazala-rini boshqarish
tizimi va hokazo). Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar,
axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va
modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy,
texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidir.
Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil
etish, uning izchilligi va uzluksizligini ta’minlashga erishish testlari etuk
mutafakkirlar hamda ilg’or pedagoglarning diqqat-e’tiborlarini jalb etib kelgan.
Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shuningdek, ilm- fan, texnika va ishlab
chiqarish sohalarida ro`y berayotgan ilmiy yangiliklarning son va sifat jihatidan
keskin o`sib borishi o`z- o`zidan o`quvchilarga ular borasida tezkor sur’atda va
batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga qo`ymoqda. Ushbu talabning ijobiy
ravishda qondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy bilimlarni
o`zlashtirishning qulay, maqbul shakli bo`lgan ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishi o`quv manbalari
(o`quv dasturi, rejasi, darslik, qo`llanmalar) saviyasi, shuningdek, pedagogning
bilim darajasi va pedagogik mahoratiga bevosita bog’liqdir.
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llashda o`quv
dasturi mazmunining mukammalligi, darslik hamda qo`llanmalarning zamonaviy
talablar asosida yaratilganligi, o`quv rejasi mohiyatining nazariy va amaliy
xususiyatlariga ko`ra yagona maqsadga erishish uchun xizmat qilishi,
mashg’ulotlarni samarali tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart-
sharoitlarning mavjudligi, o`qituvchi hamda o`quvchilar o`rtasida ijobiy, samimiy
munosabatlarning qaror topishi kabi testlar inobatga olinadi.[7,8]
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo`llashning
yana bir omili - bu muayyan, yaxlit ta’limiy jarayonni oldindan loyihalash,
o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, ko`nikma va
malakalar darajasini tashhislash hamda ta’lim maqsadining muvaffaqiyatli
natijalanishini avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir. Ayni vaqtda pedagogik
yo`nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari, xalq ta’limi
muassasalari va oliy o`quv yurtlari oldida o`quv jarayonini loyihalashning eng
maqbul, barcha turdagi o`quv muassasalarida shakli, metod va vositalaridan qat’iy
nazar tashkil etiladigan ta’lim jarayoni uchun birdek xizmat qiluvchi andozani
yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qo`lga
kiritilgan, ular to`g’risidagi ma’lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning
mohiyatini ochib beruvchi, chunonchi, B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.Slastenin,
M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov va boshqalar tomonidan yaratilgan
adabiyotlar orqali xabardor bo`lishimiz mumkin. quyida biz yuqorida nomlari
keltirilgan pedagog olimlarning nazariy qarashlariga tayangan holda ta’lim
jarayonini loyihalash borasidagi mulohazalarni bayon etamiz.[9]
Muayyan o`quv mashg’uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi
bosqichlardan iborat bo`ladi: Ta’lim jarayonini loyihalashning dastlabki bosqichi
o`quv predmetining mundarijasidan joy olgan mavzu yoki faoliyat mazmuniga doir
manbalarni o`rganish, chunonchi, materiallarni yig’ish va ularning g’oyasi
(mohiyati) bilan tanishib chiqish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish,
turkumlashtirish hamda yaxlitlashdan iborat.
O`quv predmetining mavzusi yoki faoliyat mazmuniga doir manbalar
mohiyatini o`rganib chiqish o`qituvchi uchun o`quvchilar e’tiboriga taqdim
etilayotgan mavzu (faoliyat mazmuni) xususida ularga batafsil, mukammal
ma’lumotlarni bera olish, ta’limning umumiy jarayonini tasavvur etish imkonini
beradi. Ikkinchi bosqich o`quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) yuzasidan
yagona, umumiy maqsadni aniq belgilash, umumiy maqsad doirasida kichik bo`lim
(band)lar bo`yicha hal etiluvchi xususiy maqsadlarni ham belgilash, ta’lim
maqsadiga erishish yo`lda ijobiy hal etib borilishi lozim bo`lgan vazifalarni ishlab
chiqishga yo`naltiriladi.
Ta’lim maqsadi
va
vazifalarining
aniq,
puxta
belgilab
olinishi
o`qituvchi, shuningdek, o`quvchilar faoliyatini muayyan yo`nalishga solish, ta’lim
maqsadiga erishishda vaqtdan unumli foydalanish, ta’lim jarayonida yuzaga kelishi
mumkin bo`lgan didaktik va tarbiyaviy muammolarning oldini olish, mavjud shart-
sharoitlardan
oqilona
foydalanishga
zamin
hozirlaydi.
Ikkinchi
bosqich
natijasi o`quv predmeti (faoliyat mazmuni)ning mavzusi bo`yicha yagona, umumiy
hamda xususiy maqsadlar, shuningdek, vazifalarni qayd etish bilan tavsiflanadi.
Ta’lim jarayonini loyihalashning uchinchi bosqichi ta’lim maqsadi va vazifalariga
tayanilgan holda, o`quv jarayonining mazmunini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ta’lim jarayoni o`quv materiali mazmunini yoritishga xizmat qiluvchi
muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) bo`yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini
ifoda etish imkonini beradi. Ta’lim mazmunida, shuningdek, o`quvchilar tomonidan
o`zlashtirilishi lozim bo`lgan tushuncha, ko`nikma hamda malakalarning hajmi ham
o`z ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta’lim mazmunining g’oyaviy jihatdan
mukammalligi o`quvchilar tomonidan muayyan bilim, ko`nikma va malakalarning
o`zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchi bosqich samarasi o`quvchilar
tomonidan ma’lum tushunchalarning o`zlashtirilishi, ko`nikma va malakalarning
shakllanishini ta’minlovchi shart-larining ishlab chiqilganligida namoyon bo`ladi.
Ta’lim jarayonini loyihalashning eng muhim bosqichi sanalgan, to`rtinchi
bosqichda mashg’ulotning shakli, metod va vositalarini tanlash kabi harakatlar
amalga oshiriladi.
Mazkur bosqichning muhimligi shundaki, aynan mashg’ulot shakli, metod va
vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlanishiga olib keladi. Ular
yordami bilangina o`quv predmetining mavzusi (faoliyat mazmuni) borasidagi
nazariy bilimlar o`quvchilarga uzatiladi, o`quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar
qabul qilib olinadi. Muayyan mashg’ulot uchun eng maqbul deb topilgan shakl,
metod va vositalarning belgilanishi ta’lim jarayonining qariyib 90 foizlik
muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning
asosiy mohiyati aynan mana shu bosqichda ochib beriladi. O`quvchilarni ijodiy
izlanish, faollik, erkin fikr yuritishga yo`naltiruvchi ta’lim shakli, metod va
vositalarining to`g’ri tanlanishi mashg’ulotlarning qiziqarli, bahs-munozaralarga
boy bo`lishi, ijodiy tortishuvlarning yuzaga kelishiga turki beradi. Mana shu
holatdagina o`quvchilar tashabbusni o`z qo`llariga oladilar, o`qituvchining
zimmasida
esa
ularning
faoliyatini
ma’lum
yo`nalishga solib
yuborish,
umumiy faoliyatni nazorat qilish, murakkab vaziyatlarda yo`l-yo`riq ko`rsatish,
maslahatlar berish hamda ular faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi.
Navbatdagi (beshinchi) bosqichda o`quvchilar tomonidan bilim, ko`nikma va
malakalarning o`zlashtirilishi uchun etarli deya belgilangan vaqt hajmi, ya’ni,
muayyan mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan ma’lum tushuncha, ko`nikma va
malakalarning o`quvchilar tomonidan qancha vaqt oralig’ida o`zlashtirilishi
mumkinligi
aniqlanadi.
6-bosqich. Oltinchi bosqichda mashq (topshiriq)lar tizimi ishlab chiqiladi. Bosqich
natijasi sifatida ishlab chiqilgan mashq (topshiriq)lar tizimining samaradorligiga
alohida ahamiyat berish talabi mazkur bosqichning asosiy sharti hisoblanadi.
Mazkur bosqichda ishlab chiqilgan mashqlar tizimining quyidagi guruhlarga
bo`lish maqsadga muvofiqdir:
a) mashg’ulot jarayonida o`quvchilar tomonidan echilishi (hal etilishi) lozim
bo`lgan mashqlar;
b) darsdan tashqari sharoitlarda bajarilishi ko`zda tutilgan mashqlar (uy
vazifalari). [8,9]
O`quvchilar e’tiboriga havola etilayotgan mashqlar bir-birini to`ldirishi,
o`zaro aloqadorlik, bog’liqlik va eng muhimi evolyustion xususiyat kasb eta olishi
lozim.
7-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning ettinchi bosqichida
o`quvchilarning umumiy faoliyatlarini nazorat qilish va test tizimini ishlab chiqish
kabi vazifalar amalga oshiriladi.
Nazariy va amaliy jihatdan to`g’ri bo`lgan test tizimining ishlab chiqilishi
o`quvchilarning mavzu (faoliyat mazmuni) yuzasidan muayyan tushunchalarni
o`zlashtirish, shuningdek, amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantira olganlik
darajalarini aniq va xolis aniqlay olish imkonini beradi. Test zimini ishlab chiqishda
testlarning izchil, uzviy hamda bir-biri bilan uyg’un bo`lishlariga ahamiyat berish
maqsadga muvofiqdir.
8-bosqich. Ta’lim jarayonini loyihalashning so`nggi bosqichi yaratilgan
loyiha (andoza)ni ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi, ta’lim jarayonining yakuniy
darajasi (samaradorligi)ni o`rganish bilan nihoyalanadi.
Mazkur bosqichda ta’lim jarayonining umumiy ahvoli, erishilgan yutuq
hamda yo`l qo`yilgan kamchiliklar, ularning yuzaga kelish sabablari tahlil etiladi,
navbatdagi mashg’ulotlar jarayonida sodir bo`lgan kamchiliklarning oldini olishga
qaratilgan chora-tadbirlar belgilanadi.
Ta’lim jarayonini loyihalashda har bir holatning puxta bajarilishiga erishish
amaliy faoliyat (o`quv jarayoni)ning muvaffaqiyatini ta’minlashga olib keladi.
Uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosiy yo`nalishlaridan biri ta’lim jarayonini texnologiyalashtirishdan
iboratligi ta’kidlab o`tildi. Ushbu jarayonning samaradorligini ta’minlashda
quyidagi shartlarning bajarilishi muhim ahamiyatga ega:
1) o`qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim
amaliyotida faol qo`llanilishi;
2) rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida qo`llanilayotgan
zamonaviy texnologiyalardan xabardor bo`lish.
U quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
loyihani yaratish;
o`quvchilar faoliyatini tashhislash;
pedagogik jarayonni tashkil etish;
pedagogik jarayonning samarali kechishini ta’minlash;
o`quvchilar faoliyatini nazorat qilishni o`z ichiga oladi.
Pedagogik vazifaning hal etilishiga o`qituvchi va o`quvchi faoliyatlarining
mazmuni, vositalarini loyihalash orqali erishadi. Zamonaviy sharoitda ta’lim
jarayonini texnologiyalashtirish uni loyihalashga nisbatan yangicha yondashuv,
ya’ni, ta’lim jarayonini texnologik strukturasiga muvofiq yoritish zaruratini taqozo
etadi. O`qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ta’lim jarayonini loyihalash
alohida ahamiyatga ega. Har bir o`quv kursini o`rganish alohida mavzu va
bo`limlarni loyihalash asosida amalga oshiriladi.
Ta’lim jarayonini loyihalashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1. Markazlashtirish tamoyili texnologik jarayonda o`quvchilar faoliyati
modelini loyihalashning bosh elementi sifatida ifodalanadi. Ta’lim jarayoni
tuzilmasida asosiy tizimlashtiriluvchi ta’lim mazmuni va o`quvchi faoliyati
texnologik jarayon hisoblanib, uning mazmunini o`quvchilarning ijtimoiy tajriba
asoslarini o`zlashtirib olishga yo`naltirilgan o`quv faoliyati tashkil etadi. Har bir
o`quv fani bo`yicha ta’lim mazmuni umumiy ta’lim maqsadi va vazifalariga
muvofiq belgilanadi. Faoliyatli yondashuv nuqtai nazaridan umumiy o`rta ta’lim
mazmunini tashkil etuvchi har bir unsur (element) sub’ekt faoliyatining turlaridan
biriga muvofiq kelishi kerak. Sub’ekt faoliyatining turlari, o`z navbatida, aniq
modellar yig’indisi sifatida umumlashgan faoliyat modellari orqali ifodalanishi
zarur.
O`quvchilar faoliyati modeli tizimlashtiriluvchi element bo`lib, o`quvchining
yaxlit faoliyati mazmunini aniqlashga xizmat qiladi.
Markazlashtirish tamoyili loyihalashni quyidagi tartibda amalga oshirishni
talab etadi: faoliyat modellarini maqsadga muvofiq yaratish, shuningdek, ularni
o`quvchilar tomonidan o`zlashtirish usullari, vositalarini tanlash (texnologik
operastiyalar), o`quv faoliyatini boshqarish usullari (o`qituvchi faoliyati)ni asoslash.
2. Refleksivlik tamoyili sub’ektning o`ziga, shaxsiy faoliyatiga va bilimiga
baho berishi, o`zgalarning u haqidagi fikrlari va ular o`rtasidagi hamkorlik
faoliyatiga oid munosabatlarni tavsiflaydi. Loyihalash jarayonida o`qituvchiga
doimo ta’lim jarayoni, uning aniq va ideal sharoitlari, o`quvchilarning bilishga
bo`lgan ehtiyojlari, ularni to`ldirish imkoniyatlari, shaxsiy sifat va qobiliyatlari,
pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish imkoniyatlarini inobatga olish maqsadga
muvofiq. Refleksivlik tamoyili yaratiladigan ta’lim jarayonining loyihasini ta’lim
jarayoni ishtirokchisi – sub’ektning ehtiyojlari va imkoniyatlarini tahlil qilish
asosida uzluksiz tuzatib, to`ldirib borishni talab etadi.
3. Natijaviylik tamoyili – pedagogik shart-sharoitlarning qulayligi, oz vaqt va
kuch sarflash evaziga samarali natijalarga erishishni tavsiflaydi. Natijaviylik-
ijtimoiy tajriba faoliyat modellari mazmuni, texnologik operastiyalar, ularni
o`zlashtirish, boshqarish uslublarini tanlash, o`quv faoliyatining muvofiqligi, ta’lim-
tarbiya vositalari, texnologik jarayonda sub’ektning qisqa vaqt va kuch sarflashi
vositasida belgilangan maqsadga erishishni nazarda tutishi lozim.
4. Ko`p omillilik tamoyili. Har bir ta’lim jarayoni bir qator ob’ektiv va
sub’ektiv omillar ta’sirida amalga oshadi. Ular sirasiga o`qituvchi va
o`quvchilarning ijtimoiy–iqtisodiy hayot sharoitlari, ta’lim muassasalari atrofidagi
ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o`quv muassasasining o`quv-moddiy
bazasi, o`qituvchilarning kasbiy malaka darajasi, ta’lim muassasasi yoki ma’lum
sinfdagi ma’naviy–psixologik muhit, o`quvchilarning o`quv imkoniyatlari, sinfning
intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta’lim
jarayonini loyihalashda o`qituvchi ana shu omillarni hisobga olishi zarur.
5. O`quvchi shaxsini ta’lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Bola maktab
ostonasiga qadam qo`yganidan boshlab uning faoliyat ko`lami (o`z-o`ziga xizmat,
mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko`nikmalarini egallashi
natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo`lib boradi. Shuning uchun ta’lim jarayonining
samarali bo`lishi, uni loyihalashda ta’lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari
hisobga olinishi, ularni o`quvchilar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi
ta’minlanishi zarur.
Ayni vaqtda umumiy ta’lim muassasalarida shaxsni rivojlantirish va uni
ijtimoiy hayotga moslashtirish muayyan qonuniyatlarga muvofiq psixolog va
sostiologlarning ishtiroklari (psixopedagogik tashhis xulosasi) asosida amalga
oshiriladi.