BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASI FANINING PREDMETI VA
METODOLOGIK ASOSLARI
REJA:
1.Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi fanining maqsad, vazifalari va predmeti va
ob'ekti.
2. Pedagogika tarixi taraqqiyotining qonuniyatlari.
3. Pedagogika tarixining davrlar.
Tayanch tushunchalar: pedagogika, fan taraqqiyoti, kategoriya, shaxs, tarbiya,
ta'lim, bilim, ko'n ikma, malaka, shakllaniish, rivojlanish, pedagogik muhi, shaxs
kamolotini ta'minlas, ta'limiy konsepsiyalar.
Boshlang’ich ta’limning predmeti va vazifalari
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti jarayonida har bir fan obyektiv bilimlar tizimi
sifatida tarkib topgan, o‘zining rivojlanish bosqichlari mavjud. Insoniyat hayotining
muhim tarkibiy qismi, pedagogik ta’limotlar taraqqiyot omili bo‘lgan, yosh avlodni
ta’lim-tarbiyasi tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.Pedagogik g‘oyalar, tajribalar
kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab paydo bo‘lgan, hayotiy tajribalar, ilmiy
tahlillar, ta’lim-tarbiya qonuniyatlari, tamoyillar, yo‘llari, usullari, shakllari, vositalari
takomillashgan, tarkib topgan har bir davrda jamiyatning madaniy, iqtisodiy, ma’naviy-
siyosiy rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan.
Ana shu g‘oyalar, ta’limotlar, qonuniyatlar umumlashmasi yozma va og‘zaki,
hayotiy ananalar, qadriyatlar shaklida kelajak avlodlarga o‘tib kelgan. Unga har bir davr,
xalq, ning olimlari hayotiy tajribalari asosida o‘zining hissasini qo‘shganlar. Ana shu
tarixiy araqqiyot tahlili pedagogika tarixining predmetidir.Professor N.
SHermuhammedova: “Fan tarixini ‘rganish XX asrda boshlangan bo‘lsa-da, unga
azaldan falsafaning yoki umumiy madaniyat nazariyasining bir bo‘limi sifatida
qaralgan”, - deb yozadi. Bu fikr ayrim fanlargagina taalluqli bo‘lishi mumkin. Lekin IX
asrdayoq Abu Nasr Forobiyning Arastu asarlarining tahlili, Abu Rayhon Beruniyning
“Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar ”, “Hindiston” asarlari, Alisher Navoiy va
boshqa mutafakkirlarning adabiyotshunoslik haqidagi tazkiralari, Firdavsiyning
”Shohnoma” tarixiy asarida podsholik davrida ta’lim-tarbiyani yoritilishi fanlar tarixi
haqidagi tarixdir.Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidan boshlab,ta’lim-tarbiya paydo
bo‘lgani “pedagogika” tushunchasi meloddan oldin V - IV asrlarda qadimgi Yunoniston
tarbiyachilik faoliyatini ifodalagani pedagogika tarixining qadimiyligidan dalolat beradi.
Hayot sinovlaridan o‘tgan ta’lim – tarbiya mazmuni metodlari, shakl va vositalari
pedagogika tarixining predmetidir.
N. Shermuhammedova “Hozirgi davrda fanning tarixiyligini asoslovchi uchta
modelni ko‘rsatadi:
- fan tarixi ketma-ket progressiv jarayon natijasi;
fan tarixi ilmiy inqilob natijasi;
fan tarixi individial xususiy vaziyatlar majmui”.
Pedagogika tarixini ketma-ketlik, uzluksizlikda tadqiq etish imkoniyati yo‘q, tarixiy
manbalar yo‘qolib ketgan. Afsuski insoniyat boshidan kechirgan har xil fojialar,
urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk me’rosning aytish mumkinki
mingdan bir qismigina bizga yetib kelgan xolos”1,-degan edi. Yozma adabiyot ham
keng rivojlanmagan fan tarixiy taraqqiyotida ketma-ketlikni IX asrdan keyingi davrda
ko‘rish mumkin.Pedagogik g‘oyalar tarixiy taraqqiyotida “inqilobiy rivojlanish” jamiyat
taraqiyoti bilan uyg‘unlik holatini “Avesto”da komil inson ta’limoti; qadimgi
Yunonistonda ta’lim tizimi va pedagogika atamasi joriy etilgani, Suqrot, Arastu,
Aflotun, Demokritlarning pedagogik qarashlari; VIII- IX asrlarda fanlar tarkibida
“Ta’lim”, “Tarbiya”ning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va samarali metodlari haqidagi (Al-
Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibnSino Husayn Voiz
Koshifiy) ixtirolar, madrasalar, maktablarni tashkil topishi;
XVII-XIX asrda Yevropada pedagogik ta’limotlarni globallashuvi ta’lim-tarbiya
tizimini tarkib topishi ta’lim-tarbiya mazmuni va metodlarini takomillashtirilishi
(Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, A.Disterverg, I.Pestalotssi, K.D.Ushinskiy) da ko‘rish
mumkin. Pedagogika tarixini “xususiy vaziyatlar majmui” modelida o‘rganish ham
muhim ahamiyatga ega. Yani, “Avesto”da zaruriyatning o‘sha davriga xalqni marifatga,
yuksak ma’naviyatga, ezgulikka, oqilona hayot kechirishga yo‘llovchi inqilobiy ta’limoti
uzoq davr ta’lim-tarbiyaning qomusi bo‘ldi. Hatto uning eng nodir g‘oyalaridan
yunonlar bahramand bo‘lganlari tarixdan malum.
Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya tizimini, fanni jamiyat hayotining ustuvor
sohasiga aylanishida Aleksandr Makedonskiyning davlat siyosati, ahamiyati katta
bo‘lgan. Davlat arbobi tomonidan fan va ta’lim-tarbiyani rivojlanishiga rag‘bati bir
tomondan pedagogik g‘oyalarni rivojlanishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan
mamlakatni iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining hal qiluvchi omili bo‘lgan.
Xitoyda Konfutsiy ta’limotini bir necha asr millatni, mamalakatni ma’naviy,
mafkuraviy qudratiga aylangani buyuk shaxslarning fan taraqqiyotidagi hissalaridan
dalolat beradi. Arab malakatlarida V-VI asrga kelib, o‘zaro ziddiyatlar ma’naviy , hatto
qiz bola tug‘ilganda tiriklayin ko‘mish aqidasi bo‘lgan bir davrda Muhammad
payg‘ambar s.a.v. ning ta’lim-tarbiya borasidagi g‘oyalari millatni marifatga yetakladi.
Tug‘ilgandan umrining oxirigacha saboq olish, “Jannat onalarning oyog‘i ostida” kabi
ta’limoti mana qariyb bir yarim ming yilga yaqin yer yuzida musulmonlarni ezgulikka
yetaklovchi g‘oya aylandi.Temuriylar saltanatining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni
Amir Temur uning nabiralari Ulug‘bek, Boburlarning marifatparvarlik siyosatining
natijasidir.“Temur tuzuklari” dagi ta’lim-tarbiya g‘oyalari temuriylar oilasidagi
ma’naviy kodeks davlat qudratining omili bo‘ldi. Temuriylar davrida pedagogik
g‘oyalar davlat siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgani Alisher Navoiy kabi buyuk
mutafakkirlarning komil insonni, ta’lim-tarbiyani ahamiyatini madh etishga sharoit
yaratdi.
Buyuk shaxslarni Chex qardoshlar maktabining rahbari, keyingi provaslav dinining
yepiskopi Yan Amos Komenskiyning “Didaktikaning oltin qoidasi”ni ishlab chiqishi
pedagogika tarixida “individial vaziyatlar modeli” asosida o‘rganish zarurligini
ko‘rsatadi.
Pedagogika tarixi taraqqiyotining qonuniyatlari
Klassik fanlar singari pedagogika tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xos qonuniyatlari
mavjud:
- pedagogikaning predmeti ta’lim-tarbiyaning davr talabiga mosligi qonuniyati.Ya’ni
kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyotida, har-bir xalq millat va mamlakatning
rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni. Shuningdek, ta’lim-tarbiya tizimi
takomillashuvida ijtimoiy sharoit;
- pedagogikani xalq pedagogikasi asosida rivojlanishi qonuniyati. Ta’lim-tarbiya
tajribalari, pedagogik g‘oyalar kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan boshlab xalqning
turmush an’analarida, og‘zaki ijodida o‘z ifodasini topgani, xalq pedagogikasi
pedagogikaning buloq boshi, ekanligi, xalq pedagogikasining vorisiyligi;
- komil insonni shakllantirish, insonni ezgulikka yo‘llash, o‘zligini anglashi, o‘z-o‘zini
tarbiyalash predmetida pedagogika tarixini va dinlar tarixi, tasavvuf bilan uzviy
bog‘liqligi. Tasavvufning ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlarini umumlashtirish, pedagogik
asoslarini ishlab chiqish jamiyat taraqqiyotiga, millat ravnaqiga zid har xil diniy
niqobdagi g‘oyalar taraxining oqibatlarini ilmiy asoslanishi nuqtai nazaridan qaraganda
muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan,
tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini o‘sib kelayotgan yosh
avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib
etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.
- ta’lim-tarbiyaning mavjud shart- sharoitga bog‘liqligi qonuniyati. Zero, har bir
hudud, mintaqa mamlakat, milliy maktab qanday bo‘lsa, mamlakat taraqqiyoti shunday
bo‘lgan va mamlakat siyosiy tuzulishi qanday bo‘lsa, maktab ta’lim-tarbiya shunday
bo‘lgani aksioma ekanligi. Jamiyat taraqqiyotida bazis va ustqurma o‘zaro bog‘liqligi
falsafiy kategoriya asosida pedagogik fikrlar taraqqiyoti;
- pedagogika ayrim ijtimoiy fanlar qatori falsafa tarkibida rivojlangani. Pedagogika
tarixi va boshqa gumanitar fanlar tarixi bilan uzviy bog‘liqligi obyektiv olamning bir
butunligi, fanlar tarixi biri ikkinchisini to‘ldirishi.
- pedagogika tarixini mumtoz adabiyot bilan tarixan va mantiqan bog‘liqligi
qonuniyati.
Sharqda adabiyot “adab”- axloq, odob, “yot”-ko‘plik, fan, ta’limot ma’nosini
anglatgani, adabiyot hayot darsligi, ta’lim-tarbiya vositasi ekanligi, mumtoz adabiyot
milliy ta’lim-tarbiya tajribalari va g‘oyalarini asrlardan asrlarga yetkazuvchi, manba’
ekanligi;
Badiiy obrazlar va uslublar orqali komil inson g‘oyasi, modeli ta’lim –tarbiya
mazmuni, metodlari ommalashtirilgan. Keyinchalik adabiyot badiiyot o‘rnida qo‘llanilib
uning adab, axloq haqidagi qimmatiga ham e’tibor berilgan. Adabiyotshunoslar badiiy
asarlardagi pedagogik g‘oyalarni o‘z imkoniyatlari darajasida tanqidiy tahlil qilishdan
nariga o‘taolmaydilar. Pedagoglar badiiy asar sifatida uning ilmiy va amaliy ahamiyatini
yetarli hisoblamaydilar.
Vaholanki, Ibn Sino ham o‘zining ta’lim – tarbiya haqidagi g‘oyalarini badiiy
uslubda bayon qilgan. Firdavsiy, Sa’diy Sheroziy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy,
Abdurahmon Jomiy, Devoniy asarlari pedagogika tarixining noyob durdonalaridir.
Alisher Navoiy “Mahbub ul qulub ”15 asarida pedagogik g‘oyalarni ilmiy va badiiy
uslubda ifodalagan. “Hamsa”26 asarining “Hayratul abror” dostonidan boshlanishi ham
uning ta’lim – tarbiya maqsadiga qaratilgani emasmi? Inchunun, pedagogikaning
mumtoz adabiyot bilan mantiqan va tarixan bog‘liq qonuniyati mavjud. Yevropa
pedagogika tarixida ham Deni Didro, Jan Jak Russo, Iogen Pestalotssi asarlarida ta’lim –
tarbiya ustuvorligi fikrimizning dalilidir. Shuni ta’kidlash lozimki, jahon pedagogikasi
tarixida XVII asrdan ta’lim- tarbiya muammolarini ilmiy – ommabop umumlashtirish,
tahlil etish boshlangani e’tirof etiladi. “Didaktika ( ta’lim nazariyasi va amaliyoti )ning
oltin qoidasi” ga Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika”48 (1631) “Hislar
vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari” ( 1633) kabi asarlarida asos
solingani fanda tan olingan. Biroq Yan Amos Komenskiyning pedagogik ta’limoti
xristian dini va fanning o‘zaro bog‘liqlik metodologiyasiga asoslangan. Ma’lumki, u
katolikcherkoviga qarshi chex xristian jamoasiga boshchilik qiladi, keyinchalik,
yepiskop vazifasiga saylanadi. Har bir didaktik g‘oyani “ollohning irodasi” bilan amalga
oshirishni ifodalaydi. Pedagogika tarixini o‘rganishni o‘ziga xos uch yo‘nalishini e’tirof
etish mumkin:
- birinchidan-pedagogik g‘oyalarni rivojlantirishni izchil (xronologik) va tarkiban
tizimli (xalq pedagogikasi tarixi, oila pedagogikasi tarixi, makab pedagogikasi tarixi va
hokazo) tartibda umumlashtirish;
- ikkinchidan-ilg‘or pedagogik ilmiy g‘oya va muammolarni tadrijiy
taraqqiyoti,jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi;
- uchinchidan-olimlarning, mutafakkirlarning ilmiy faoliyati va ijodining nazariy va
amaliy ahamiyatini umumlashtirish.Pedagogika tirixini o‘rganishda ta’lim tarbiya
jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlari muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, qonuniyat barqaror
takrorlanib turuvchi voqea va xodisalarning izchil aloqadorligi, bog‘liqligidir.Demak,
pedagogika tarixi manbalarini o‘rganish metodikasining yaratilishi xalqimiz madaniy
merosining nazariy va amaliy ahamiyatini aniqlash imkoniyatini beradi. Tarixiy
manbalarda kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti va bu borada fanlar tarixining o‘zaro
bog‘liqligi o‘z ifodasini topgan.Qadimgi bitiklar, qo‘lyozmalar, tarixiy ashyolar jamiyat
taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni, yoshlarni hayotga tayyorlash tizimidan
маьлумот beradi. Tarixiy manbalar jamiyat rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash, milliy
taraqqiyot g‘oyasini yaratish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham har bir
bosqinchilik (yunon, arab, mo‘g‘ul, rus) siyosatida madaniy manbalarni yo‘qotishga
harakat qilingan.Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribasi,
diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi taraxiy yodgorliklar
orasida bundan qariyb uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan,
“Avesto” deb atalgan bebaho madaniy obida alohida o‘rin tutadi.
Avesto”da Yunonistondagi ta’lim-tarbiya tizimidan 3-4 asr oldin didaktikaga
komil inson g‘oyasiga asos solingani aniqlandi. Milliy istiqlol g‘oyasini yaratilishida
“Qur’oni karim”, va “Hadislar”dan foydalanish boshlang’ich ta’lim pedagogika tarixini
tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liqligini o‘rganish fanning istiqbolini belgilab berdi. Xalq
pedagogikasidan foydalanishning metodik asoslari ishlab chiqildi. Xalqning ta’lim-
tarbiya borasidagi ertak, doston, rivoyatlari qayta-qayta chop etildi. “Alpomish”
dostonining ming yilligi nishonlanishi, unga o‘rnatilgan haykal xalqimizning ma’naviy
merosini qadrlash ramzi bo‘ldi.
- Buyuk bobokalonlarimizning asarlari, dunyoning eng nufuzli kutubxonalarida ko‘z
qorachig‘iday saqlanayotganligi fikrimizning dalilidir.Tarix o‘zi hayotiy haqiqatdir, uni
oshirib ta’riflash ham yashirib ifodalash ham mumkin emas. Har bir davrda ham
insoniyat yuksaklikka intilib yashagan, ta’lim – tarbiyaning maqsadi, mazmunida o‘z
davrining ideali ifodalangan.Malumki, qaysi mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimi
rivojlangan bo‘lsa, shu mamlakat har sohada ilg‘orlab ketgan. “Avesto” ta’lim-tarbiya
tizimida xalqni ezgulik g‘oyasida birlashishi Qadimgi Yunonistonda ta’lim-tarbiya
tizimidagi V-IV asrlardagi islohatlar mamalakatni fanlar o‘chog‘iga aylanishga sabab
bo‘lgan Konfutsiy ta’limoti Xitoy fan madaniyati tarixida taraqqiyot omili bo‘lgani,
VIII- XIV asrlarda O‘rta Osiyoda maktab madrasalar taraqqiyoti buyuk allomalar
tomonidan fanni rivojlantirilishi, Temuriylar, Boburiylar davri madaniyatini jahon
sivilizatsiyasida tutgan o‘rni, Ayniqsa, XVII-XIX asrlarda Yevropa xalqlarida
pedagogikani rivojlanishiga alohida e’tibor berildi, pedagogika tarixini o‘rganishga qo‘l
urildi.
Masalan, rus pedagogikasining asoschilaridan biri K. D. Ushinskiy “Inson tarbiya
predmeti sifatida” ikki tomlik asarida yunon, hind, xitoy, olmon olimlarining ta’lim-
tarbiya haqidagi asarlarini qiyosiy tahlil qildi. Ayniqsa uning pedagogika fanining
jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, Germaniya, Fransiya, Angliya davlatlarida ta’lim-tarbiya
tizimining tashkil etilishi “Pedagogik adabiyotlarning foydasi haqida” risolasi muhim
tarixiy ahamiyat kasb etdi. Pedagogika tarixini o‘rganishdagi bunday qiyosiy
metodologik yondashuv fanni ham nazariy, ham amaliy rivojlanishida muhim omil
bo‘ldi.XVIII-XIX asrda Rossiyada pedagogik fanining rivojlanishi, ta’lim tizimidagi
islohotlar mamlakatni iqtisodiy inqirozdan olib chiqdi, jahon maydonidagi mavqeini
mustahkamladi. Rossiya va boshqa mamlakatlardagi ta’lim tizimidagi pedagogik
tajribalar tasirida Ahmad Donish, Furqat, Abduqodir Shakuriy, Saidrasul Aziziy va
jadidchilik harakatining namoyandalari Ismoilbek Gasparali, Munavvar Qori,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Isoqxon Ibrat, Qori Niyoziy, Abdulla Avloniy kabi
marifatparvarlar ta’lim-tarbiya tizimini zamon talablariga mos takomillashtirish
mamlakat va millat taraqqiyotining omili ekanligini targ‘ib qildilar, o‘zlari maktablar
ochdilar darsliklar yaratdilar.
Abdulla Avloniy “Pedagogika”, yani bola tarbiyasi demakdur. Ilmi axloqning asosi
tarbiya... Har bir millatning saodati, davlatning tinch va rohati yoshlarning yaxshi
tarbiyasiga bog‘liqdur”1 deb yozgan edi. YAni pedagogika fani va tarbiyaning ijtimoiy
mohiyati haqidagi Abdulla Avloniyning ta’limoti o‘z davri va bugungi kunda muhim
ahamiyatga ega. Demak, pedagogika tarixini o‘rganishni o‘ziga xos to‘rt yo‘nalishini
e’tirof etish mumkin: Birinchidan - ilg‘or pedagogik ilmiy g‘oya va muammolarni
tadrijiy taraqqiyoti, jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zaro bog‘liqligi. Ikkinchidan - pedagogik
g‘oyalarni rivojlantirishni izchil (xronologik) va tarkiban tizimli (xalq pedagogikasi
tarixi, oila pedagogikasi tarixi, maktab pedagogikasi tarixi va hokazo tarkibda)
umumlashtirish.Uchinchidan-olimlarning, mutafakkirlarning ilmiy faoliyati va ijodining
nazariy va amaliy ahamiyatini umumlashtirish. To‘rtinchidan pedagogika tarixini
tasavvuf tarixi bilan o‘zaro bog‘l