BOSHLANGICH TA’LIM PEDAGOGIKASIDA TA’LIM
QONUNIYATLARI VA QOLDALARI VA PRINSIPLARI.
Reja:
1.
Boshlang‘ich ta’lim metodlari va vositalari.
2.
Ta’lim jarayoni - yagona dinamik tizim sifatida.
3.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari.
O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi.
4.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati.
Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki
tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama
rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos
xususiyatlar ham ega. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos
anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning
aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va
malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi.
Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U
o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar
beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l
qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har
qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining
o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqachai
aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro muloqat yuzaga
keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko‘ra keng ma’noga ega.
Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish
qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek,
dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir.
Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas.
Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida
ta’lim tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi.
Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula
asosida to‘laqonli anglash mumkin:
DJ q M q O‘f q B
Bu yerda; DJ – didaktik jarayon;
M – o‘quvchilarning o‘qish (ta’lim olish) motivatsiyasi;
O‘f –o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati;
B –o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish.
Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining
“yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas.
Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar
(tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim
yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy
faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim
jarayonini boshqarish usullari.Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha
namoyon bo‘ladi:
Barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon
bo‘luvchi ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy
faoliyatlari tashkil etadi.
Ta’lim funktsiyalari.
“Funktsiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari”
tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funktsiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi,
vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.
Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funktsiyasini ajratib ko‘rsatadi:
ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.
Ta’lim berish funktsiyasi ta’lim jarayonining o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining
to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat
kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri
tashkil etilganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy
bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham
alohida ahamiyatga ega.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish
qobiliyati.
Malaka
deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning
avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va
yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan
ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.
Ta’limning rivojlantiruvchi funktsiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni
o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining rivojlanishi sodir bo‘lishini ko‘rsatadi.
Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi,
shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli
sohalari rivojlanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi,
lekin o‘qituvchi va o‘quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan
maxsus o‘zaro munosabatlarida rivojlantirish funktsiyasi yanada samaraliroqdir.
Ta’limning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi
“rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali.
XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga
nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi. Bularning hammasi ta’limni tashkil etish
faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o‘quvchini har tomonlama rivojlantirish
(birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish,
taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning
muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga
o‘rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat
qilishini anglatadi.
Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim
o‘rtasidagi bog‘liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim
jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri
tufayli qiyin kechadi.
Tarbiyalash funktsiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli
ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Tarbiyalash
funktsiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va
o‘qituvchi hamda o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida
yetakchi o‘rin tutadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-
atvori va dunyoqarashi shakllantiriladi.
Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks
etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o‘quv fanlari ham birdek
tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu
boradagi imkoniyatlari yuqori.
Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o‘qituvchi va o‘quvchilarning
munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o‘qish jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro
munosabatlari, o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o‘qituvchining rahbarligi
hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi
munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul
ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari,
qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi faoliyatlari.
O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi.
Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim
muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o‘quvchining faoliyati o‘qituvchi
rahbarligi ostida kechadi. O‘qituvchi faoliyatining vazifasi o‘quvchilarning ijtimoiy
borliqni ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqarishdan
iboratdir.
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:
1)
rejalashtirish;
2)
tashkil etish;
3)
boshqarish (rag‘batlantirish);
4)
nazorat;
5)
natijalarni baholash va tahlil qilish.
O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar
rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni
tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning
tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy
(kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi,
dars olib borish shakli va metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi.
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini
qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning
o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat
qonuniyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va
muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining
mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni
hisoblanadi. Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi
harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning
yuzaga kelishidir.
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalaib,
ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiradi. O‘quv harakatlari o‘quv
jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi
(kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv
harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish);
pertseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan
foydalanish kiradi.
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» - eslab qolish madaniyati)
harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek,
tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) kiradi.
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga
ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etadi. Pedagogik jarayonda
o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay,
faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.
O‘quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to‘la tushungan holda
o‘zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o‘zini o‘zi nazorat qilishning mohiyati
va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O‘zini o‘zi nazorat qilishda
o‘quvchilar ular qo‘llayotgan aqliy mehnat vositalarining samaradorligi,
shuningdek, o‘z mehnati natijalarini baholashi kerak.
Natijalarni baholash, nazorat qilish va tahlil etish o‘quv harakatlarining
ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchi tomonidan o‘zini nazorat
qilish, o‘zini baholash va o‘zini analiz qilish amalga oshirish o‘qituvchining shunga
o‘xshash o‘rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni
shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb etish, o‘zaro
nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z faoliyati natijalarini o‘zaro
baholash va tahlil qilishga yordam beradi.
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi. O‘quvchilar o‘quv idrok
etish faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish
jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning
egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o‘quv materialini anglab yetish,
mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash.
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok
etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga
ega. SHuning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning
nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida
o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki
hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo‘lgan tajribalarni
o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni,
predmetlarni o‘rganish haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv
masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.
Ikkinchi bosqich – o‘quv materialini anglab yetish. U ma’lumotlarning
nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni
topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish
materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini
o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik muhim
ahamiyatga ega. Unda o‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo‘shimcha,
tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko‘rsatsin. O‘quvchi o‘quv masalasini yechish
usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu bosqich
yakunlangan sanaladi.
Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich
o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok
etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar
xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil
mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqlarni tushunib
bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari,
topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay
bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar
va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda
foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari shakllantirilgan
bo‘ladi.
To‘rtinchi bosqich bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda
qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Bilimlarini qo‘llash o‘rganilayotgan materialning
mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida amalga
oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari,
maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish
bosqichlari sxematik ko‘rinishi quyidagichadir:
Bilimlarni egallash bosqichlari
bilimlarini qo‘llash
mustahkamlash
anglab yetish
idrok etish
Ta’limning gnoseologik asoslari. O‘quv jarayonini mantiqiy qurilishi
ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog‘liq.
Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o‘rganish,
logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari,
qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan
borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy
tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar
o‘quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.
Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta
hissasini qo‘shgan. U birinchi bo‘lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda
yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko‘rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va
tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili,
shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini
aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi.
Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.
Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari
suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga
ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar
hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.
Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab
chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.
Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g‘oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi.
Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o‘rganadi,
o‘zlashtirganlarini o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan bilimlarga yo‘naltiradi. Alloma
fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni
ishlab chiqadi. Yaxshi nazariyotchi bo‘lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi
fan bilan shug‘ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:
1)
fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;
2)
ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiqarishi, ya’ni,
mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;
3)
xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil
qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg‘ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi
zarur.
Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to‘xtovsiz davom
etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning
haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo‘lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.
Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot
alohida o‘rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin,
tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va
hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo‘li bilan anglanishi
mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o‘zining tabiblik
amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo‘yicha va dorilar ta’sirini kuzatish
asosida aniqlagan.
Chex pedagogi Ya.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini
ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi
g‘oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga
muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.
YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog‘liqligi haqidagi g‘oyasi – g‘arb
olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo
qonunlarining o‘quv jarayoniga ta’sirini ko‘rsatib berishga urinishlaridan biridir.
XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va
jamiyatdagi o‘rni haqidagi falsafiy dunyoqarashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib
berishga urinib ko‘rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning
atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo‘ynida, qishloq joylarda
rivojlanishi kerak.
Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib
ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini
quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish
emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.
Ekzistentsializm ratsional bilishni rad etadi, ta’lim fandan ko‘ra san’atga
yaqinroq deb hisoblaydi, shuningdek, borliqni bevosita bilish metodini ilgari suradi.
Ta’lim mazmuni masalalariga boshqa bir yondoshish “Pragmatizm
pedagogikasi” yoki progressivizm AQSHda alohida rivojlandi. Uning yetakchisi
Djon Dyui mazkur ta’limotni ifodalashda pragmatizmning falsafiy g‘oyalarini asos
qilib oldi. Pragmatizm (yunoncha pragma – ish, harakat, falsafiy amal) zamonaviy
Amerika falsafasida idealistik oqim. Bu oqim haqiqatning ob’ektivligini rad etadi,
haqiqat bu ob’ektiv borliqqa mos kelmaydi, balki amaliy foydali natijalar beradi.
D.Dyui fikricha, bilish va bilim inson o‘z hayotida duch keladigan turli
muammo yoki qiyinchiliklarni yengish vositasi hisoblanadi. Bilim yashash uchun
kurash vositasi va shaxsning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omil hisoblanadi.
Biz faqatgina muammoni hal etayotganimizda fikrlaymiz, buning boshlanish yo‘li
har doim qiyinchilikni his etish hisoblanadi.
“Harakatlar pedagogikasi” kontseptsiyasi ko‘p jihatdan Dj.Dyuining
falsafiy (pragmatizm) va psixologik qarashlarining oqibati hisoblanadi. Uning
muallifi, reformatorlardan biri nemis pedagogi Vilgelm Avgust Lay (1862-1926
yillar) bilim olish jarayonida ko‘zga tashlanuvchi quyidagi uch bosqichni ko‘rsatadi:
idrok etish, qayta ishlab chiqish, ifoda etish.
Bugungi kunda ham ta’lim mohiyatini tushunishga nisbatan turlicha
yondoshishlar mavjud. Xususan:
Sotsiologik yondoshish. Unga ko‘ra ta’limning mohiyati ijtimoiy tajribalarni
yoshlarga yetkazishdan iborat. O‘quvchilar insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi
natijalari bo‘lgan bilimlarni o‘rganadilar. Ta’limning mazmuni o‘quvchilaring
ajdodlar tajribasini o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi jarayonini tashkil etishdan iborat.
Bu falsafiy qoida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning muhim omili - shaxs kamolotini
tushunishga ilmiy yondashishni anglatadi. Ta’limga bunday yondashish ijtimoiy
jarayon hisoblanadi.
Boshqa bir yondashishni xususiy pedagogik yoki didaktik yondashish deb
atash mumkin. Bu yondashish yaxlit ta’lim jarayonining borishini belgilab beruvchi
bilim olish bosqichlari (o‘quv materialini o‘rganishni, uni anglab yetish,
mustahkamlash, amaliy faoliyatda bilimlarini qo‘llash)ni ifodalaydi. Mazkur
yondashuvga ko‘ra ta’lim mazmuni o‘quvchilar tomonidan bilim egallash
bosqichlarining ketma-ketligiga amal qilish asosida faoliyatni tashkil etishdan
iborat.
Kontseptsiya tarafdorlari bilish yo‘lini quyidagicha formula asosida
ifodalaydilar: jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va abstrakt fikrlashdan
amaliyotga.
Ta’lim mazmunini tushunishga nisbatan psixologik yondashish bilimlarni
o‘zlashtirish va inson rivojlanishi borasidagi psixologik nazariyada ilgari surilgan
g‘oyalarga tayanadi.
Bu kontseptsiyaning kelib chiqishi L.S.Vo‘gotskiyning (1896-1934 yillar)
ta’limning shaxs rivojlanishida asosiy omil bo‘lishi haqidagi “yaqin rivojlanish
zonasi” deb yuritiluvchi qarashining yaratilishi bilan bog‘liq. Unga ko‘ra, ta’lim
faqat yaqin zonada qurilganda, hali to‘la shakllanmagan, lekin o‘quv jarayonini
qurishga asos bo‘la oladigan mexanik harakatlar asoslangandagina mazmunga ega
bo‘ladi.
Psixologik tadqiqotlar pedagogik nazariyani so‘zsiz boyitadi. Bilim olish
jarayonida shaxs rivojlanishining kechish jarayoni mohiyatini ochib beradi. Ammo
faqat psixologik g‘oyalar asosida ta’lim mohiyatini yoritish pedagogik jarayonni bir
tomonlama talqin etishga olib keladi.
XIX asrning 40-yillarida dialektik materializm nazariyasi asoslandi.
Dialektik materializm tabiat, jamiyat va fikrlashning harakatlanishi hamda
rivojlanishi borasidagi umumiy qonunlarni yorituvchi falsafiy ta’limotdir. Bu
ta’limotda Feerbaxning materializmi va Gegelning dialektikasi uzviy ravishda
birlashadi. Bu ta’limot ta’lim jarayoni inson ongining borliqni aks ettira olishiga
imkon berishi zarur degan g‘oyani ilgari suradi. Haqiqatni bilish murakkab jarayon.
Dialektik nazariya g‘oyasiga ko‘ra rivojlanishning asosi qarama-qarshilik
hisoblanadi. Rivojlanish qarama-qarshi kuchlar kurashidir.
Dialektik yondoshishga binoan ta’lim jarayonining asosiy qarama-
qarshiliklarini quyidagilar sanaladi:
1. Ijtimoiy-tarixiy (ilmiy) bilimlar hajmi va o‘quvchi o‘zlashtirgan bilimlar
hajmi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilik ta’lim jarayonini
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. U ta’lim mazmunini doimiy
takomillashtirishga olib keladi. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini
ijtimoiy-texnik taraqqiyot darajasiga yaqinlashtirish zaruriyati ta’lim mazmunini
tubdan yangilash, uni yangi tamoyil, shakl, metod va vositalarini izlashni muhim
ijtimoiy vazifa qilib qo‘ymoqda.
2. O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan
o‘rganishning
amaliy jihatlari
(shakl,
metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o‘rganishning
o‘quvchi egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o‘rtasidagi
qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o‘quvchining intellektual
rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o‘quv
materiali aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkichlariga namoyon etishi mumkin.
3. O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada
ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy
talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik
yuzaga keladi.
XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta’lim
muammolarini ham o‘rganishda MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko‘zga
tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) –
qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida
shakllangan.
Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.SHiyanov)
mazkur yondashuvni ta’limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy
pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar.
Hayot, sog‘liq, muhabbat, oila, ta’lim, mehnat, tinchlik, ishonch, go‘zallik,
ijod va shu kabi qadriyatlar hamma davrlarda ham inson hayoti uchun o‘ziga xos
ahamiyat kasb etgan. Insonparvarlik g‘oyasi asosini tashkil etuvchi ushbu
qadriyatlar tarixiy taraqqiyot jarayonida vaqt sinovidan o‘tgan. O‘zbekiston
Respublikasida kechayotgan demokratik o‘zgarishlar mazkur qadriyatlarni qayta
tiklash va baholash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqmoqda.
Insonparvarlik g‘oyasi markazida shaxsni har tomonlama kamol toptirish
masalasi yotadi. Shaxsni rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasi asoschilari ushbu
masalani nazariya uchun qilib olganlar. Rivojlantiruvchi ta’lim nazariyasining
g‘oyalari XX asrning 80-yillarida pedagogikaga muqobil sifatida yuzaga kelgan
hamkorlik pedagogikasida o‘z aksini topdi.
Hamkorlik pedagogikasini novator-pedagoglar (SH.A.Amonashvili,
S.N.Lisenko, I.P.Volkov, V.F.SHatalov, YE.N.Ilin va boshqalar) pedagogik jarayon
ishtirokchilari (o‘qituvchi va o‘quvchilar) o‘rtasida insonparvarlik tamoyiliga
asoslangan o‘zaro munosabatlari tashkil etishini ta’kidlab o‘tadilar. Hamkorlik
pedagogikasi uchun kontseptual ahamiyatga ega qoidalari - A.Avloniy, g`.g`ulom,
K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, J.J.Russo, YA.Korchak,
K.Rodjers va boshqalarning pedagogik qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik
hamkorlik g‘oyalari bugungi kunda pedagogik texnologiyalar mazmuniga
singdirilgan va “XXI asr ta’limi Kontseptsiyasi” asosini tashkil etadi.
Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi
g‘oyalar muhim o‘rin tutadi:
1. SHaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola maktabda –
to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’ekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim
tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni
tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi.
2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish
bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z
kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan
hamkorlikka erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning
erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish
kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi.
3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o‘quv fanini
o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual
yondashish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi
o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish,
shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.
4.
SHaxsning ijobiy «Men-kontseptsiyasi»ni shakllantirish. Men-
kontseptsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini
shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Men-kontseptsiyasi (Men o‘zimga yoqaman,
Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga
rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men-
kontseptsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men
hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga
erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy
sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi
timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan
iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida).
5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish.
Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida
tushunishdan iborat.
6. Zamonaviy maktabda tarbiyalash kontseptsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi
quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga
aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish,
tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy
qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini
rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish.
Pedagogik hamkorlik yuqorida qayd etilgan g‘oyalar asosida shaxsga
yo‘naltiriluvchi (rivojlantiruvchi) texnologiya yaratiladi. Ta’lim texnologiyasining
mohiyati shaxsni rivojlantirish, ta’lim nazariyasini asoslash uchun nazariy shart-
sharoit yaratish, falsafasi esa insonni shakllantirishdan emas, balki unga o‘zi o‘zini
tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Sharq mutafakkirlarining pеdagоgik qarashlarilar
Ibn Sinо
(980-1037 yillar)
tajriba;
tahlil, sintеz, umum
lashtirish;
jamоaviy ta’lim;
o`qitish tamоyillari: a)
bоlani birdaniga kitоbga
bоg`lash mumkin emasligi;
b) bоla bilan o`tkaziladigan
mashqlar mе’yorlashtirilgan
va kuchiga mоs, jamоaviy,
uning jismоniy mashqlarga
muvоfiq, bоlaning
qоbiliyatini hisоbga оlishlik;
v) o`qishda еngildan оg`irga
muntazam bоrish; g)
ko`rgazmalilik tamоyili; d)
bоlaning alоhida shaхsiy
хususiyatlarini hisоbga оlish
mеtоdlari: a) matеrialni
bayon etishda tizimlilik va
kеtma-kеtlik; b)mantiqiy
fikrlash; v)nazariya va
amaliyot ning o`zarо
bоg`liqligi; g)umumiydan
хususiyga o`tish;
d)o`quvchilarning mantiqiy
fikrlashi; j)shaхsiy kuzatish;
z)tajriba, amaliyot va
bоshqalar.
Al-Kindiy
(800-871
yillar)
o´qitish
ning
ilmiyligi va
оngliligi;
anglash
faоliyati
ning
faоllashtirish
mеtоdi;
mantiqiy
fikrlash;
qiyoslash,
kuzatish,
tajriba
mеtоdi;
ko`rgazmalili
k;
tizimli
lik, kеtma-
kеtlilik va
hоkazоlar
Al-Fоrоbiy (870-
950 yillar)
- amaliy va nazariy
bilimlar ning щayot
bilan bоg`liqligi
- ilmiy bilimning
qulayligi (anglashning
ilmiy mеtоdi);
- mantiqiylik va kеtma-
kеtlik;
- ilmiylik, kыrgazmalilik,
tizimlilik (kuzatish va
tajriba);
- muhоkama mеtоdi va
usullari: 1) isbоtlilik, 2)
dialеktik yoki munоzara
mеtоdi; 3) sыfiylik,
ya’ni raqibni adashtirish
mеtоdi; 4) ritоrik; 5)
pоetik;
O`qitishning
tajribaviy
kыrgazmalilik mеtоdi;
- mashq-takrоr lash
(ыqitishning umumiy
mеtоdi)
- induktsiya va
dеduktsiya mеtоdi
Al-Bеru-
niy (973-
1050 yillar)
ekspеrimеnt
o`quvchilarni
ilmiy
ma’lumоt
bilan
qurоllantirish
;
ilmiy
amaliyot;
tajriba va
kuzatish;
takrоr
lash va хabar
bеrish;
katехizik
suhbat;
o`qish
ning qulayligi
(yaqindan
uzоqqa,
ma’lumdan
nо’malum
ga va
bоshqalar)
Al-Хоraz-
miy
(780-850 yillar)
Mustaqil
lik (ijоdiy
faоllik);
kuzatilgan
vоqеa va
hоdisalarni
tushuntirishda
muntazamlik,
kеtma-kеtlik;
tajriba
viy kuzatuv
mеtоdi;
induktsiya va
dеduktsiya;
matеmatik
masalalarni hal
qilishda
algоritmik
mеtоdlar;
o`qitish
ning savоl-
javоb shakli
(mеtоdi)
Sa’diy
(1184-1291
yillar)
bilimlarni
amaliyotda
qo`llash;
aqliy
qоbiliyat
ni rivоj
lantirish;
tizimli
lik, bilimning
tushunarliligi
;
shaхsning
faоlligi
tamоyili;
bilim
ning
hayotiyligi
amaliyot
bilan
bоg`liqligi
mещnat
ta’limi va
bоshqalar
ning
еtakchilik rоli
Jоmiy
(1414-1492
yillar)
ilmiylik;
amaliylik;
tizimli
lik;
muntazam
lik;
qulaylik;
bilimni
amaliyot
bilan
bоg`liqligi
egallangan
bilimlar
ni
mustahkam
lash, amaliy
aщamiyatli
ligi;
o`qitish
ning
insоnpar
varliligi va
bоshqalar.
Alishеr
Navоiy
(1441-1501
yillar)
-bоlaning
shaхsiy
хususiyatlarin
i hisоbga
оlish;
-оnglilik,
faоllikni
rivоjlan
tirish;
muntazam
lik;
matеrialni
bayon
etishning
qulayligi;
-o`qitishni
insоnpar
varlashti
rish;
-insоn
rivоjlanishini
nng ko`p
tоmоnlama
lililigi;
-mещnat
ta’limi va
hоkazоlar
TA’LIM qonuniyatlari va tamoyillari.
O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy
tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni
qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida
tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.
I.P.Podlaso‘y ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib
ko‘rsatadi:
1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va
darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.
2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va
maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi
imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,
o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.
3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich
mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material
xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda
o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.
4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda
bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning
yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv
jarayonini tashkil etish.
5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida
qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi.
6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning
ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik)
rag‘batlari.
Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga
quyidagilar kiradi:
1.
Didaktik qonuniyatlar.
2.
Gnoseologik qonuniyatlar.
3.
Psixologik qonuniyatlar.
4.
Kibernetik qonuniyatlar.
5.
Sotsiologik qonuniyatlar.
6.
Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy
maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va
metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir.
Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy qoidasi;
umumlashtirilgan talab.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillarining shakllanish tarixi. Ibtidoiy
jamiyatda insoniyat o‘sib kelayotgan avlodga mavjud bilimlarni uzatish asosida
amaliy bilimlari asta-sekin shakllangan. O‘sha davrdayoq ta’lim amaliy qoidalari
ishlab chiqilgan va avloddan-avlodga uzatib kelingan.
Antik davrda asosan ajdodlar tajribasi an’analar tarzida umumlashtirilib,
amaliy ta’lim masalalari hal etilgan. Platon va Aristotellar tavsiya hamda qoidalar
to‘plami ko‘rinishida amaliyotiy ta’lim mohiyatini umumlashtirishga uringanlar.
SHarqdagi Uyg‘onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon
madaniyatining YAqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy
madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos –
birlashish, yaxlitlik, qo‘shilish) madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan.
Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950
yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu
Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur
bo‘ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo
hududlarida joylashgan. SHarq mutafakkirlari o‘z asarlarida ta’lim usullari,
qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining
mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil
shug‘ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular
fan sifatida emas, boshqa fanlarga o‘rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida