BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYA. O‘QUVCHINI MUSTAQIL FIKRLASHGA YO‘NALTIRISHDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI
Yuklangan vaqt
2024-05-16
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
43,5 KB
Ilmiybaza.uz
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYA. O‘QUVCHINI
MUSTAQIL FIKRLASHGA YO‘NALTIRISHDA
INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMNING ROLI
Mashg'ulotdan maqsad: Integratsiya haqidagi bilimlarini kengaytirish, uni
amalga oshirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan usullar haqida
tasavvur va tushunchalar hosil qilish.
Kerakli jihozlar: Integratsiyaga oid uslubiy qo'llanmalar, tarqatma va didaktik
materiallar.
Bilishi kerak bo’lgan manbalar:
-integratsiya to'g'risida;
-integratsiyaga oid adabiyotlarni o'rganish.
Bajarishi kerak bo’lgan topshiriqlar:
- integratsiya ya’ni fanlararo aloqadorlikka oid adabiyotlarni o'rganish.
Ishni bajarish tartibi:
- integratsiya ya'ni fanlararo aloqadorlikka oid adabiyotlardan ma'lumotlar
yig'ish;
- integratsiyalashgan oqitish usullari haqida bilimlar berish;
- har xil turda darslar tashkil qilishning o'quv jarayonidagi ahamiyati haqida
suhbat;
- egallagan bilimlarni nazorat qilish va baholash.
Umumiy ma'lumot: Boshlang‘ich ta’lim uchun zarur va ustivor
yo‘nalishlaridan biri ta’lim mazmunining yangilanishi, darsni integratsiyalangan
tajriba va g‘oyalarga tayanib, zamonaviylashtirilgan, takomillashtirilgan hamda
ilmiy-innovatsion texnologiyalar asosida o‘tish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Ilmiybaza.uz
Chunki, dars ta’lim - tarbiya berishning asosiy o‘zagidir. O‘quvchining o‘quv
fanlarini chuqur o‘rganib borishi davomida uning bilimi mustahkamlanadi,
savodxonligi oshib boradi.
Integratsiyalangan yondashuv metodlari va usullariga quyidagilar
kiradi:
- evristik suhbatlar;
- umumiy suhbatlar;
- ekskursiyalar;
- ijodiy ishlar;
- o’qitishning ko’rgazmali metodlari;
- mustaqil ishlar;
- o’qish, matematika darslarida og’zaki rasim chizish;
- tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o’qish;
- ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish.
Darhaqiqat, o’qitish maqsadidagi integratsiya - bu o’quvchini o’qitishni
birinchi qadamlaridanoq olamni bir butunlikda va uni barcha elementlari o’zaro
bog’liqligi haqida tasavvur berishdir.
Integratsiya - an’anaviy ta’lim vositasi; oldin mavjud turlangan bilimlar
kesishuvida bilmaganlarni to’ldirib olish, ular orasidagi mavjud aloqani
o’rnatish;
o’qitishda
mavjud
bilimlarni
yangilash
bilan
o’quvchining
o’zlashtirish darajasini oshirish.
Tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan turli voqea hodisalarning, ular
orasidagi aloqalalarning bir-biriga bog’liq holda rivojlanishini fanlararo
aloqadorlik asosidagina tushunib yetish mumkin. Tabiat va jamiyat fanlarini
alohida - alohida o’rganish ularga oid tarqoq bilimlarni shakllantirishga olib keladi.
Bunday bilimlar tabiat va jamiyatning bir butunligi, insoniyatning tabiatda tutgan
o’rni, insoniyat oldida turgan global muammolar mohiyatini to’g’ri tushinish va
uni oqilona hal qilish uchun tizimli yondashuv zarurligi haqidagi tasavvurlar hosil
bo’lishiga imkon bermaydi.
Boshlang’ich maktab fanlari doirasida integratsiyalashgan oqitish usullarining
Ilmiybaza.uz
qo’llanilishi o’quvchi yoshlarning ijodiy tafakkurining shakllanishida, muloqot
imkonining kengayishida, voqea - hodisalarga nisbatan baholashlari va
qarashlarining shakllanishida, shuningdek, dars jarayonida vujudga kelgan qizg’in
munozara va mantiqiy yechimlarning bevosita ishtirokchisi sifatida o’z faoliyatidan
psixologik qoniqish hissini vujudga kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. 1-4 sinf
o’quvchilarida abstrakt tafakkur, mantiqiy fikrlash, tanqidiy baholash, qiyoslab
tahlil
qilish,
integratsiya
yani
fanlararo
aloqadorlikka
oid
bilimlarni
takomillashtirishda boshlang’ich sinf darslarida “aqliy hujum”, “kichik guruhlarda
ishlash”, “test”, “rolli o’yinlar”, “klaster”, “sahna” darslari, “o’yin”, “aql charxi”,
“sarlavhasi mendan matni sendan” o’yini, “taqdimot va muzyorarlar”, “gapni
oxiriga yetkaz”, “ijodiy mehnat” kabi turli sub’ektiv faollikni talab etuvchi usullar
orqali ta’limni tashkil etilishi yuqori samara beradi.
Shuningdek, ta’limni didaktik o’yinlar ko’rinishida tashkil etilishi
o’quvchilarda ijodiy tafakkurni, ichki faollikni, erkin muloqotga kirishish, o’z
hulqini boshqarish, muloqot madaniyati va saviyasini o’zlashtirishiga kuchli ta’sir
ko’rsatadi. Shaxs ma’naviyati, ruhiy olam ko’rinishlari uning muloqoti orqali
namoyon bo’ladi. Sir emaski, bugungi kunda yoshlarni muloqot saviyasi,
madaniyati, muloqot orqali hissiy holatlarini bayon eta olish imkoniyatida qo’pol
nuqsonlar ko’zga tashlanadi. Bu muammo yechimi esa ularni ta’lim jarayonida o’z
ustida ishlashlarini tashkil etish, o’zga shaxslarni va o’zini o’zgalar qarashlari
(refleksiya) bilan baholay olishlarini yuzaga keltirish orqali hal etish mumkin.
Bundan tashqari ta’limda individual xususiyatlarni e’tiborga olgan holda va ichki
imkoniyatlarga ko’ra turli usullarni qo’llanilishi, o’quvchilarni turli vaziyatlarda
faollik ko’rsatishlarini talab etilishi ulardagi ochilmay qolgan imkoniyatlarni, zabt
etilmagan yangi qirralarni kashf etilishiga turtki bo’ladi.
Jumladan, “Aqliy hujum” usuli mantiqiy fikrlashni, xotira, diqqat, idrok,
hayol, nutq jarayonlari uzviyligini, tafakkur tezligi va nutqiy mahoratni mukammal
darajasini namoyon etishni talab qiladi. Bundan tashqari hal etilayotgan muammo
yechimiga qadar turli yondoshishlar, ta’riflar keng qamrovli fikr yuritishga, o’z
aqliy salohiyatini qay darajada ekanligini baholay olishga sharoit yaratadi.
Ilmiybaza.uz
Psixologik nuqtai nazardan, shaxs o’z qobiliyatlari va imkoniyatlarini qay darajada
adekvat baholay olishi uni jamiyatda faollik ko’rsatishiga, shaxslararo
munosabatlar tizimiga oson kirisha olishiga, ichki salohiyatidan oqilona, samarali
foydalana olishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari bir xillikka yo’g’rilgan ta’lim
mazmuni shaxs xotirasida kam qo’zg’olishlar hosil qiladi va shu bilan birga
tasavvurlar tizimida assotsiativ bog’lanishlar uzviyligi ham faol bo’lmaydi.
Nazorat savollari:
1. Boshlang’ich sinf darslarida zamonaviy talim texnologiyalariga asoslangan
usullarining ornini qanday izohlaysiz ?
2. Boshlang’ich sinf darslarida integratsiyalashgan oqitishni yolga qoyishda
interfaol usullarning ahamiyatini qanday izohlaysiz?
3. Oquv jarayonida integratsiyani tatbiq etishning ilmiy asoslari nimada?
4. Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirishga oid ta’lim
tamoyillari haqida tushuncha bering?
5. Integral yondoshuvchni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va
vositalarga.............. ?
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mavlonova R., Rahmonqulova N. Boshlang‘ich ta’limni integratsiyalash.
-Toshkent. 2011. B.182.
2. Omonov H.T. Olamning umumiy ilmiy manzarasini yaratishda fanlar
integratsiyasi va differentsiatsiyasining roli // Ta’lim tizimida ijtimoiy-gumanitar
fanlar. -2007. - № 3. B.437.
3. Nuriddinova M.I. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.- O’quv
qo’llanma.T., 2005.
4.Shirinboyev
Sh.
Tabiatshunoslik
darslarida
ekologik
tarbiya//
“Boshlang‘ich ta’lim”. -1993. - №5-6. B.319.
Ilmiybaza.uz
5. Norbo‘tayev X.B., Shoyqulova N. Fanlararo ekologik tarbiya. Uslubiy
qo‘llanma. - Toshkent: “DIZAYN-PRESS”, 2012. B.106.