BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA
MOHIYATI
Reja
1.“Tarbiya” tushunchasining mohiyati.
2. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya nazariyasining tarkibiy qismlari.
3. Boshlang‘ich ta’limda tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Tarbiya maqsadining jamiyat ijtimoiy ehtiyoji asosida belgilanishi.
5. Komil inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash – bosh ijtimoiy maqsad.
6.Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari.
Tayanch so'zlar: Tarbiya, tarbiyaning maqsadi, tarbiya jarayoni, shaxs
tarbiyasi, pedagogik qarashlar, xulq-odob qoidalari.
“Tarbiya” tushunchasining mohiyati. Tarbiya – muayyan, aniq maqsad
hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o’stirish, uning ongi,
xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin
etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama voyaga
yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq atvorni tarkib toptirishga yo’naltirilgan faoliyat
jarayonidir.Tarbiya xususida taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi:
«Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo xalokat, yo saodat –
yo falokat masalasidur» . Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama barkamol shaxsni
shakllantirish. Tarbiya mazmuni deganda, qo’yilgan maqsad va vazifalar bilan
bog’liqlikda ta’lim oluvchilarning egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, e’tiqod,
shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi. Tarbiyaning umumiy
vazifalari: jamiyat a’zolarining maqsadga yo’naltirilgan rivojlanishi hamda ularning
qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish; jamiyat rivoji uchun zarur
bo’lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi “inson kapitali”ni tayyorlash;
madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta’minlash;
ma’lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda
ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a’zolarining harakatini tartibga solish.
Tarbiya jarayoni - bu shaxsda muayyan ruhiy, aqlim, jismoniy, axloqiy va ma'naviy
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Shuningdek u
insonning jamiyatda qanday o'rin egallashi, kim bo'lishi, insonning insonligini
ta'minlaydigan eng qadimiy va adabiy qadriyatlardir. Tarbiyasiz alohida odam ham,
kishilik jamiyati ham mavjud bo'la olmaydi. Chunki odam va jamiyatning
mavjudligini ta'minlovchi qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqa avlodga
ya'ni kelajak avlodga o'tadi. Tarbiya haqida buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy
shunday deb yozadi: ,,Qobiliyatli odamni tarbiya qilmaslik zulmkorlik va noqobil
odamga tarbiya hayfdir. Tarbiyaning ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga
zoye ketkazma Ya'ni tarbiyani kerakli joyda va kerakli insonlarga berish haqida aytib
o'tilgan. Ko'pchiligimiz o'ylaymizki, tarbiya faqatgina o'qituvchilar tomonidan, uyda
esa ota onalar tomonidan o'rgatiladigan jarayon. Lekin aslida tarbiya- muayyan, aniq
maqsad hamda ijtimoiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi,
xulq-atvori va dunyoqarashini tartib topdirish jarayoni. Boshqacharoq talqin
etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama voyaga
yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tartib topdirishda yo'naltirilgan faoliyat
jarayonidir. Bunda nafaqat otaonaning va o'qituvchilarning balki jamiyatning o'rni
ham beqiyosdir. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma'naviy
rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Bugungi
kunda mamlakatimizda tarbiya jarayonlarini rivojlantirish va uning samaradorligini
oshirish uchun ko'plab chora tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Uni rivojlantirishda
birinchi qadam ta'lim muassasalari va oliy ta'lim yurtlari hisoblanadi. Shu sababli
umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini
inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak
ma'naviyatni yanada chuqur singdirish va ularni vatanparvarlik va insonparvarlik
ruhida tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qildi va unda umumiy o'rta
ta'lim muassasalarida ,,Odobnoma", ,,Vatan tuyg'usi" , ,,Milliy istiqlol g'oyasi va
ma'naviyat asoslari" hamda ,,Dunyo dinlari tarixi" fanlarini birlashtirgan holda
yagona ,,Tarbiya" fani 1-9-sinflarda 2020/2021 o'quv yilidan, 10-11-sinflarda esa
2021/2022 o'quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida
bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etilmoqda. Tarbiya ma'lum bir muddat ichida
o'rganib va o'rgatib bo'linadigan jarayon emas. Shuning uchun bu jarayon bolalarni
maktabda ketishi bilanoq boshlanadi va uni tamomlagunicha va undan keyin ham
davom etadi. Shuningdek, bu jarayon-o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasida tashkil
etuvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiyaning
asosiy vazifasini tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg'ulari rivojlanadi,
ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiluvchi
jarayon sifatida qaraladi. Har bir tushunchani ikki tomonlama ya'ni keng va tor
ma'noda tushunish mumkin. Uni keng ma'noda, tarbiya shaxsga jamiyatning ta'sir
etishga, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish
bilan uyg'unlashadi. Tor ma'nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida
ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilar maxsus tashkil
etilgan faoliyatoni tushunish mumkin. Tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari
jamiyat a'zolarining maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator
ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoit yaratish. Shuningdek, bobolarimiz
aytishganidek ta'limni tarbiyadan tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi,shuning
uchun ular uzviy bog'liq. Buyuk faylasuf va mutaffakkir Boshlang‘ich ta’limda
tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. Hayyom aytganidek: ,,Ta'lim faqat so'z
va o'rgatish bilan bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish va tashriba bilan bo'ladi". Shu
sababli yoshlarga tarbiya berishdan va biror nimani o'rgatishdan avval o'zimiz ham
o'sha narsani qilib o'rnak bo'la oladigan darajada bo'lishimiz kerak.
Tarbiya–muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad
yo’lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib
toptirishga yo’naltirilgan faoliyat jarayonidir.Turli zamon va makonda ijtimoiy
tarbiya mohiyati turlicha bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib
asoslangan. Tarbiya g’oyasi turlicha ifodalangan bo’lsada, ammo yo’naltiruvchanlik
xususiyati hamda ob’ektiga ko’ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir
etish imkonini beradi.Tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo’naltirilgan
hamkorlik jarayonidir.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari
rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga
xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo’ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to’g’ri
uyushtirish g’oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo’ladi. Bu munosabat shaxsning
ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari
shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga
munosabatiga bog’liqligini ko’rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki
tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi,
baholashi, his qilishi, ulardan o’zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero,
tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Tarbiya
jarayonida o’quvchining ongigina emas, balki his-tuyg’ularini ham o’stirib borish,
unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy
malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o’quvchining ongi,
hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda
qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o’qituvchi rahbarlik qiladi.
U o’quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari
uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali
o’quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat
o’quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning
tengdoshlari va o’zini o’zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o’z xulqi, xatti-
harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki
umumiy ishning faol qatnashchisi bo’lib qoladi.Tarbiyani samarali yo’lga qo’yish
uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va
hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-
qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham
hisobga olish kerak bo’ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga
keladi. Faoliyat jarayonida hosil bo’lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya
qilishni yengillashtiradi.Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri –
o’quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o’qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o’yin,
sport, badiiy xavaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda
xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy
munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo’lib qolishi mumkin.Tarbiya
yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir
vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo’ladi.
Shaxs ijtimoiy tarbiya orqali shakllanadi.Shaxsni shakllantirish, boshqarish,
nazorat xarakteriga ega bo’lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar
orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o’ylangan rejalar asosida hal etib
boriladi.Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o’zini-o’zi
tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o’rin tutadi. Tarbiya mazmuni
ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma’lum
shart-sharoitlarning mavjudligi talab etiladi. O’zbekiston Respublikasida ayni vaqtda
yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonida quyidagi vazifalarni hal etish
muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib
toptirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini
uyg’otish;
b) o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatidan ogoh etish, chuqur
bilim va tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, ularning ongini boyitish;
v) umuminsoniy axloq me’yorlari (odamiylik, kamtarlik, o’zaro yordam,
mehrmuhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, insonparvarlik, axloqsizlikka nisbatan
nafrat va hokazolar)ning mohiyatini anglash, o’quvchilarda muomala odobi, yuksak
madaniyatni
qaror toptirishga erishish;
g) o’quvchilarda huquqiy va axloqiy me’yorlarga hurmat ruhida yondashish hissi va
fuqarolik tuyg’usi, ijtimoiy burchga mas’ullikni qaror toptirish;
d) tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi
mas’uliyatni tarkib toptirish;
j) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg’usini shakllantirish, o’zga millat va xalqlarni
hurmat qilish, ularning huquq va burchlarini kamsitmaslik tuyg’usini qaror toptirish;
z) mustaqil davlat – O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri
va xolisona baho berishga o’rganish;
i) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati,
huquq va burchlarini hurmat qilishga o’rgatish va boshqalar. O’zbekiston
Respublikasida olib borilayotgan ijtimoiy tarbiyaning umumiy vazifalari ana
shulardan iborat.
Shu bilan birga ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari – axloqiy, aqliy, jismoniy, ekologik,
iqtisodiy, huquqiy va siyosiy tarbiyaning xususiy maqsadidan kelib chiqqan holda bir
qator vazifalar amalga oshiriladi. Chunonchi,
1) axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy
me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy
hayotdagi ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlar (talab va
ta’qiqlar)ga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va
madaniyatni shakllantirish;
2) aqliy tarbiyani yo’lga qo’yish chog’ida - o’quvchilarni ilm-fan, texnika va
texnologiya borasida qo’lga kiritilayotgan yutuqlar, yangilik va kashfiyotlardan
boxabar etish, ularga ijtimoiy va tabiiy fanlar asoslari xususidagi bilimlarni berish
tarzida tafakkurni shakllantirish, dunyoqarashini rivojlantirish;
3) jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarni o’z sog’liqlarini saqlash
va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanishi
hamda uning ishchanlik qobiliyatini oshirish borasida g’amxo’rlik qilish tuyg’usini
yuzaga keltirish, ularda yangi harakat to’rlari borasida ko’nikma va malakalarni hosil
qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning yoshi, jinsiga
muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam,
iroda va xarakterni qaror toptirish) asosiy harakat sifatlarini rivojlantirish, ularda
shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash;
4) estetik tarbiyani olib borish jarayonida – o’quvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik
didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari va go’zallikni sevish,
go’zallikka intilish tuyg’ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish;
5) ekologik tarbiyani olib borish chog’ida – o’quvchilarga ekologik bilimlar berish
asosida shaxs, jamiyat va tabiat birligi hamda aloqadorligini o’quvchilarga
tushuntirish, ularda ekotizimning inson, insoniyat, jamiyat taraqqiyotidagi muhim
o’rni va mohiyati borasidagi tushunchalarni qaror toptirish, tabiatga nisbatan
ehtiyotkorona va mas’uliyat bilan munosabatda bo’lish, tabiatni asrash to’g’risida
g’amxo’rlik qilish kabi tuyg’ularni qaror toptirish, shuningdek, ekologik madaniyatni
shakllantirish;
6) iqtisodiy tarbiyani tashkil etish jarayonida – o’quvchilarga iqtisodiy bilimlarni
berish asosida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi
qoidalariga amal qilish, ichki bozorni to’ldirish, kichik va o’rta biznesni yaratish
borasidagi faoliyat jarayonida ishtirok etish ko’nikma va malakalarini hosil qilish,
inson mehnati bilan bunyod qilingan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko’paytirish
borasida qayg’urish tuyg’ularini qaror toptirish, iqtisodiy madaniyatni shakllantirish;
7) huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarga davlat konstitutsiyasi,
davlat haqidagi ta’limot, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy nafaqa, sud
ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirish, ular ongiga
ijtimoiy-huquqiy me’yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati haqidagi
tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati yuzasidan tasavvurga ega
bo’lishlarini ta’minlash, ularda huquqiy ong, shuningdek, huquqiy faoliyatni tashkil
etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil qilish, huquqiy madaniyatni
shaklllantirish;
1.2.Tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlari. Tarbiya jarayonining yana bir
xususiyati – bu uning yaxlit holda tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan
iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni
shakllantirish g’oyasini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki,shaxs
ma’naviy-axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o’zlashtira
boradi, shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga ega bo’lishi
lozim.