KURS ISHI
BOSHLANGʻINCH SINFLARDA MATN VA BADIIY ASARLARDA
TINISH BELGILARINING ISHLATILISH OʻRNI.
REJA:
KIRISH
I BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI
OʻRGATISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
1.1. Boshlangʻich sinf matn va badiiy asarlarida tinish belgilarining qoʻllanilishini
va uning oʻziga xosliklari
1.2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tinish belgilarini oʻrgatishning umumiy
nazariy asoslari
II BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TINISH BELGILARINING
ISHLATILISH OʻRNINI OʻRGATISHDA ZAMONAVIY TAʼLIM
METODLARIDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI
2.1. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini oʻrgatishda
zamonaviy taʼlim metodlarining oʻrni va ahamiyati
2.2. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini oʻrgatishda
zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usullari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta va
maktabdan tashqari taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini
belgilash, oʻsib kelayotgan yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy va intellektual
rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarish, oʻquv-tarbiya jarayoniga
taʼlimning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida “Oʻzbekiston
respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi‟
toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Yoshlarimizning mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega boʻlib, dunyo
miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib
kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va
imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan daʼvatlari taʼlimning sifatli va samarali
tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan boshlab oʻquvchilarni mustaqil
fikrlaydigan, yuksak intellektual va maʼnaviy salohiyatga ega shaxs sifatida
tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Maʼlumki, Milliy oʻquv dasturi asosida 2021-2022-oʻquv yilidan boshlab
umumtaʼlim maktablarida Ona tili va Oʻqish fanlarining birlashuvi natijasi “Ona
tili va oʻqish savodxonligi” fani joriy etildi va hamda ushbu fanga "yashashni
oʻrgatadigan fan" deya taʼrif berilmoqda.. Ikki fanning birlashuviga asosiy sabab
ona tilini oʻqitishdagi yondashuvning oʻzgarishi boʻldi. Endilikda grammatika va
yodlashga asoslangan taʼlimdan tinglab tushunish, oʻqib tushunish, fikrni ogʻzaki
va yozma bayon qilishdan iborat til oʻrgatishning toʻrt koʻnikmasini
rivojlantirishga qaratilgan taʼlim shakliga oʻtildi.
Boshlangʻich maktabning muhim vazifalaridan biri kichik yoshdagi
oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqini oʻstirishdir. Shubhasiz, hamma fanlar
oʻquvchilarning lugʻat boyligini oʻstirishga, imlodan savodxonligini oshirish va
nutq malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2
Ona tilini muvaffaqiyatli oʻqitishning muhim sharti taʼlimni oʻquvchilarning
hayotiy tajribasi bilan, ularning bevosita koʻrganlari, kitoblardan oʻqib bilganlari
bilan bogʻlash hisoblanadi.
Maʼlumki, oʻqish darsliklaridagi matnlar turli manbalardan olinganligi aniq.
Ona tili darsini oʻqish bilan bogʻlansa, oʻquvchilarning oʻqish darsida oʻqiganlari
asosida olgan haqiqiy bilimlaridan foydalanishga imkon yaratiladi.
Buning uchun oʻquvchilarga mamlakatimizda, maktabda, oilada sodir
boʻlgan qiziq voqea-hodisalar haqida, tabiatdagi oʻzgarishlar haqida oʻqiganlaridan
foydalanib gap tuzish, ayrim parchalarni kitobdan koʻchirib yozish, grammatik
tahlil kabi topshiriqlarni bajartirish maqsadga muvofiqdir. Ona tilidan koʻzlangan
maqsadga erishish uchun:
birinchidan, ona tili darsida oʻqishdan beriladigan topshiriq oldindan
tayyorgarlik koʻrib, puxta oʻylab, soʻng berilishi;
ikkinchidan, ona tili darsida oʻtilgan mavzuni mustahkamlashga imkon
berishi hisobga olinishi;
uchinchidan, topshiriq (misol qaysi asardan olingan boʻlsa) berilgan asar
gʻoyasini yana ham mustahkamlashga yorlashishini hisobga olish kerak.
Maʼlumki, grammatik bilim tilni ongli egallashni va savodli yozish
malakasini shakllantirishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun ham
oʻquvchilarning grammatikadan olgan bilimlari toʻgʻri yozuv malakalarini
shakllantirish bilan birga olib boriladi.
Toʻgʻri yozuv malakasini rivojlantirishda imloviy mashq turlari: grammatik
imloviy tahlil, matnni koʻchirib yozish, taʼlimiy diktant va bayondan mashq
sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Imloviy mashqlarni amalga oshirishda
ona tili darsligi sahifalarida berilgan mashqlardan foydalanish bilan birga boshqa
materiallardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki oʻquvchilar yangi
materialga qiziqish bilan kirishadilar, oʻylashga, fikrlashga harakat qiladilar.
Kurs ishining maqsadi. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarini oʻrganish
metodikasini oʻrganish va tahlil qilish;
3
Kurs ishining
obyekti. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarini
oʻrgatishning nazariy va amaliy asoslari;
Kurs ishning predmeti. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri
qoʻllanilishini oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usul va
vositalari;
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Boshlangʻich sinf matn va badiiy asarlarida tinish belgilarining
qoʻllanilishini va uning oʻziga xosliklarini oʻrganish;
2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tinish belgilarini oʻrgatishning umumiy
nazariy asoslarini oʻrganish va tahlil qilish;
3. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini
oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlarining oʻrni va ahamiyatini oʻrganish va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
4. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini
oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usullarini oʻrganish;
Kurs ishining metodlari. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, metodik
adabiyotlarni oʻrganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa- soʻrovnomalar, ilgʻor
oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, pedagogik tajriba, taqqoslash.
Kurs ishining metodologik asoslari. Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonun, “ Milliy oʻquv dasturi”
Boshlangʻich taʼlim konsepsiyasi, metodist psixolog, didakt olimlarning muammo
yuzasidan qayd etgan qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim
tarbiyaga oid fikrlari.
Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bob, toʻrtta
paragraf va qilingan xulosalardan iborat. Ishga qoʻyilgan maqsadga erishishi uchun
toʻplangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
4
I BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI
OʻRGATISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
1.1. Boshlangʻich sinf matn va badiiy asarlarida tinish belgilarining
qoʻllanilishini va uning oʻziga xosliklari
Kelajak — bu yoshlarning qoʻlida, demak, yoshlar ilmli, bilimli boʻlishi
shart va zarur. Uning uchun bolalarni boshlangʻich sinfga oʻtganidan boshlab
toʻgʻri taʼlim va tarbiya berishimiz lozim. Dastlab oʻquvchilarni toʻgʻri yozishni va
ifodali oqishni oʻrgatishimiz kerak. Toʻgʻri yozishda tinish belgilari yaʼni
punktuatsiyaning oʻrni juda katta.
Punktuatsiya- bu tinish belgilarining toʻgʻri ishlatilishi haqidagi qoidalar
yigʻindisi. Punktuatsiya yozuv orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri
sanaladı.
Boshlangʻich sinflarda asosan toʻrtta tinish belgisi oʻrgatiladi bular: gap
oxirida nuqta, soʻroq, undov, belgisi hamda uyushiq boʻlakli gaplarda vergulning
ishlatilishi haqidagi qoidalar oʻrgatiladi va uni ko‘plab hayotiy misollar orqali
kengroq tushuntirishimiz mumkin. Tinish belgilari asosan muayyan tilda yozma
nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda uni mustahamlashda, yozma nutq
qismlarining oʻzaro mantiqiy grammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat
qiladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tinish belgilarini oʻrgatish, bu boʻyicha
koʻnikmalar paydo etish ahamiyatli ishlardan biri. Sababi, tinish belgilarini
oʻrgatish orqali ularning intonatsiya jihatdan toʻgʻri gapirish, toʻgʻri yozish
koʻnikmalari rivojlanadi. Bolalar maktabga kelib gap bilan ishlashadi, har bir
gapning oxiriga nuqta qoʻyishi kerakligi eslatib oʻtiladi. Shuningdek, yozishda
birinchi navbatda nuqta bilan tamomlanadigan sonlardan boshlab oʻrgatiladi.
Shuning uchun, eng dastlab bolalar nuqta bilan, undan keyin esa soʻroq belgisi
bilan tanishadi. Bu faqat amaliy ishning jarayonida koʻrsatilib, gapirganda bir gap
ikkinchi gapdan oz pauza bilan boʻlinib turadiganligi, tovush ozgina pastroq
aytilishini oʻqituvchi oʻzi koʻrsatadi. Yozishda nuqta belgisi bilan belgilanadi. Bu
gapning tamomlanganini koʻrsatadi. Bu tayyorlangan tizim boʻyicha koʻrsatiladi
5
va oʻquvchilarning oʻzlariga ayttirib, oʻrgatilib boriladi. Oʻqitish jarayonida
oʻquvchilar nuqta, soʻroq belgisi, koʻp nuqta, vergul, undov belgilari bilan
tanishadi. Sodda bir necha topshiriqlardan keyin ularda koʻnikma paydo boʻlib,
ularning ayirmasini tushunib boradi.
Tinish belgilari gap qismlarining oʻzaro logik-gramatik munosabatlarini
koʻrsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan
yozuvchiga oʻz yozma nutqini aniq, toʻgʻri va ifodali bayon etish imkoniyatini
bersa, ikkinchi tomondan, oʻquvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon
etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini
yaratadi.Tinish belgilarining qoʻllanilishi gaplarning mazmuni, grammatik qurilishi
va ohangiga koʻra boʻlinadi. Ayrim tinish belgilarning qoʻllanilishi gapning
mazmuni bilan bogʻliq boʻladi. Jumladan: ifodalanmoqchi boʻlgan mazmun
tugallangan boʻlsa, nuqta, undov, soʻroq belgisi, qoʻyiladi. Tugallanmagan yoki
izohtalab tushunchalar koʻp nuqta yoki qavslar bilan ifodalaydi1.
Nuqta — eng koʻp qoʻllanuvchi tinish belgilarining biri. Uning asosiy
vazifasi xabar maʼnosini anglatuvchi muayyan bir fikrning (gapning)
tugallanganligini koʻrsatishdir. Nuqta-gap oxirida qoʻllanuvchi, yakka va qoʻsh
qoʻllanuvchi, bir elementli, ayiruvchi tinish belgisidir. Uning qoʻllanishi asosan
mantiqiy grammatik prinsipga asoslanadi.
Masalan: Bogʻda chiroyli kapalak guldan gulga qonardi. Siz ilmli kishilarni
ulugʻlang.
Soʻroq -biror narsa haqida soʻrash maqsadini bildirgan gap soʻroq gap
deyiladi. Soʻroq gapning oxiriga soʻroq (?) belgisi qoʻyiladi. Bu belgi gap oxirida
qoʻllanuvchi asosiy belgilardan biri hisoblanadi. Uni Oʻzbek yozuvchisi va
drammaturigi Fitrat shunday tariflaydi: (?) Soʻrash belgisidir. Soʻrash gaplardan
keyin qoʻyiladi. Masalan: Gaplar qanday boʻlaklardan tuzilgan? Siz paxtani
nimaga oʻxshatgingiz keladi?
Undov belgisi gap oxirida qoʻllanuvchi tinish belgilariga kiradi. Undov
belgisi, oʻz tuzilishiga koʻra ikki elementli tinish belgisidir. Undov belgisi badiiy
1 Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni oʻqitish metodikasi. –T.:
TDPU, 2009. – 70 b.
6
asarlarda (ayniqsa, poeziyada, lirik asarlarda) koʻp qoʻllanadi: yozma nutqdagi turli
tuygʻular, holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda undov belgisining roli
katta. Hozirda undov belgisi takroriy, oddiy va murakkab qoʻsha (birgalikda)
qoʻllanish xususiyatiga ega: undov belgisi bir oʻrinda uch martagacha takroriy
qoʻsha qoʻllana oladi. Masalan:Uyga kirgin, Baxtiyor, Kech boʻldi-ku, jon bolam!
Vergul yaʼni tire koʻp funksiyali, yaʼni qoʻllanishning oʻziga xos sharoitiga
qarab ham ajratuvchi vazifasini bajara oladi.Vergul gap ichida qoʻllaniluvchi,
yakka va qoʻsh qoʻllanuvchi, bir elementli, murakkab vazifali tinish belgisidir.
Uning qoʻllanishi asosan mantiqiy-grammatik prinsipga asoslanadi.Masalan: Men
bozordan olma, anor, uzum sotib oldim.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda
oʻqituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilish oʻrnini koʻrsatadi. Tinish
belgisi fikrni toʻgʻri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini
tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun
gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qoʻyilmagan) yaxlit matn oʻqitiladi;
oʻquvchilar bunday matnni oʻqish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga
ishonch hosil qiladilar. Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga
asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga oʻzaro taʼsir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini
qoʻyishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning
mazmun tomoni gapning qurilishiga ham taʼsir qiladi. SHuning uchun
oʻquvchilarga tinish belgilarining qoʻllanilishini oʻrgatishda biror gapda tinish
belgilarini qoʻllashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.
1-sinf oʻquvchilariga savod oʻrgatish davridayoq nuqta, soʻroq belgisi va
undov belgisi bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar “Alifbe” oʻqimasalar ham,
rasmga qarab gap tuzadilar.Oʻqituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan
toʻxtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasayishini tushuntiradi.
Bolalar, oʻqituvchi topshirigʻiga koʻra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar
va ular oʻrtasidagi toʻxtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi tushunishga
yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni toʻgʻri talaffuz qilishini
oʻrgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qoʻyilishi bilan tanishtirish uchun
7
mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni oʻqishga oldindan
tayyorlash uchun chizmadan foydalaniladi. Boshlangʻich sinf oquvchilariga
quyidagi mazmunda tushuntiriladi:
– Ogʻzaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza (toʻxtam) bilan ajratamiz
(Har bir gapni talaffuz qilib koʻrsatadi). Kitoblarda, gazetalarda gapning
tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish kerakligini koʻrsatish uchun alohida
belgi – nuqta ishlatiladi. 2
Bir necha darsdan soʻng oʻquvchilar gaplarni oʻqiy boshlaydilar. Ular
nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap
tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foydalaniladi. Oʻquvchilar gapni yozganda
oʻqituvchi nuqta qoʻyishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta
qoʻyilmasa, xato hisoblanadi. Oʻquvchilar oʻqituvchi yordamida nima uchun nuqta
qoʻyish lozimligini tushuntiradilar. SHunday yoʻl bilan gapning oxiriga nuqta
qoʻyish koʻnikmasi shakllantiriladi. Soʻroq va undov belgilari bilan ham savod
oʻrgatish davridayoq tanishtiriladi. Bolalar soʻrash mazmunini bildirgan gaplarni
oʻqiydilar. Oʻquvchilar bunday gaplarni ohangga rioya qilgan holda, yaʼni gapning
oxirida ovozni koʻtarish bilan oʻqishga oʻrgatiladi. Gapning mazmuni va
intonatsiyasi soʻroq belgisini qoʻyishni talab etadi. Undov belgisini qoʻyishni
oʻquvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda oʻqilishi bilan
bogʻlaydilar.
Oʻquvchilar 2-sinfda “Gap” boʻlimi mavzularini oʻrganish jarayonida
nuqta, soʻroq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar.
3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar
chuqurlashtiriladi. SHu vaqtdan boshlab oʻquvchilar gap oxiriga tinish belgilari
sintaktik asosda qoʻyilishini anglay boshlaydilar.“Darak gap” mavzusini oʻrganish
bilan bogʻliq holda nuqta qoʻyilishi, “Soʻroq gap” mavzusi bilan bogʻliq holda
soʻroq belgisi va “Undov gap” mavzusini oʻrganish bilan bogʻliq holda undov
belgisining qoʻyilishi oʻrgatiladi. 4-sinfda oʻquvchilar “Gapning uyushiq
boʻlaklari” mavzusi oʻrganilganda sanash ohangi bilan bogʻlangan boʻlaklarda
2 Qosimova K., Matjonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. –
T.: Noshir, 2009. – 163 b.
8
vergulning vazifasi bilan tanishadilar. Oʻqituvchi ikki gapni oʻqib taqqoslash bilan
nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini koʻrsatadi. Masalan, Biz ona
tilimizni sevib oʻrganamiz (Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza qilinadi). Men,
Raʼno, Alisher boshqa tillarni ham sevib oʻrganyapmiz (Men, Raʼno, Alisher
soʻzlaridan soʻng ovoz bir oz pasayadi, xabarning davom etishi
seziladi).Oʻquvchilar uyushiq boʻlakli gap tarkibidagi uyushiq boʻlaklarning
ammo, lekin, biroq soʻzlari bilan bogʻlanganda vergulning ishlatilishini ham
amaliy oʻrganadilar. Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar har xil mashqlarni ishlash
orqali tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod oʻrgatish
davridayoq oʻqituvchi oʻquvchilar eʼtiborini vergul, tire, ikki nuqtaning
ishlatilishiga qaratadi, matnni oʻqiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni
oʻrgatadi. Masalan, Olma, olcha, nok – meva. Kitob – bilim bulogʻi. Ona tili
darslarida soʻzlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, oʻqituvchi 1-sinf
oʻquvchilarini tire va ikki nuqtaning qoʻyilishi bilan amaliy tanishtiradi. Oʻqituvchi
aniq misollar bilan sanab koʻrsatilgan soʻzlardan oldin ikki nuqta qoʻyilishini, har
bir soʻzning vergul bilan ajratilishini koʻrsatadi. Bunda oʻquvchilar tinish belgining
nomini aytadilar, oʻqituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin foydalana
boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi olinadi.
SHunday qilib, oʻqituvchi oʻquvchilarda punktuatsion ziyraklikni oʻstirib boradi.
Oʻquvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini toʻla singdirish, ularni tinish
belgilarini oʻz oʻrnida ongli ishlatishga oʻrgatish maqsadida sintaktik punktuatsion
tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli tinish belgilarini qoʻyish,
taʼkidi eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining ishlatilishini izohlash
kabi mashqlardan foydalaniladi. Ona tili darslarini oʻqish darslari bilan bogʻlash
sintaksis va punktuatsiya elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridan biri
hisoblanadi. Oʻquvchilar bu darslarda sintaksis sohasidagi bilimlariga asoslangan
holda ifodali oʻqish, soʻzni aniq ishlatish, oʻz fikrlarini grammatik toʻgʻri
shakllantirishga oʻrganadilar. SHunday qilib, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining
gap haqidagi elementar bilimlari ogʻzaki va yozma nutqda gapdan ongli
foydalanishni taʼminlaydi. Ona tili darslarida oʻquvchilarni grammatik
9
tushunchalar bilan tanishtirish jarayonida ularda toʻgʻri yozuv malakasi ham
shakllantiriladi va imlo qoidasini oʻzlashtirishga asos solinadi. Imlo qoidalari bir
soʻznigina emas, balki umumiylik mavjud boʻlgan butun soʻzlar guruhining
yozilishini tartibga soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir soʻzni
yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va qoidaga amal qilib, belgilangan meʼyorga
muvofiq butun soʻzlar guruhini yozish imkonini yaratadi. SHuning uchun har bir
darsda imlo ustida ishlash muhim vazifa sanaladi. Tushunmagan oʻquvchilarga
qoshimcha darslar tashkil qilib tushuntirish kerak va tinish belgilarining yozuvdagi
ahamiyatining juda katta ekanligini har bir darsda eslatib oʻtish kerak.3
Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinf oʻquvchilaridan diktant ishi
olayotganida oʻzlari mustaqil ravishda tinish belgilarini qoʻya olishi uchun qaysi
belgida qanday pauza qilish kerakligini eslatib oʻtishi lozim. Koʻpchilik
oʻquvchilar tinish belgilarini qoʻyish vaqtida oʻqituvchining har tinish belgi duch
kelganida qilinadigan pauzasiga qarab adashib ketishadi, shuning uchun har bir
oʻqituvchi tinish belgi qoʻyiladigan oʻrinda pauza qilishni va nuqtada pauza
koʻproq boʻlishini vergulda qisqa boʻlishini diktant ishi boshlanmasidan avval
takroran tushuntirib oʻtishi zarur. Hattoki, misollar bilan keltirib oʻtilsa,
oʻquvchilarga yanada osonroq boʻladi.
3 Zunnunov A. Pedagogika nazariyasi. T.: “Aloqachi”, 2006.
10
1.2. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga tinish belgilarini oʻrgatishning
umumiy nazariy asoslari
Punktuatsiya ham yozuv kabi, kishilar orasidagi aloqaning muhim
vositalaridan biri sanaladi. Boshlangʻich sinflarda toʻrtta tinish belgi: gap oxirida
nuqta, soʻroq belgisi, undov belgisi hamda uyushiq boʻlakli gaplarda vergulning
ishlatilishi haqidagi qoidalar oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinflarda oʻrgatiladigan
tinish belgilari kam boʻlishiga qaramay, oʻqituvchi har bir sinfda punktuatsiya
ustida muntazam ish olib borishi zarur, chunki tinish belgilari fikrni aniq va tez
oʻqib olishga hamda oʻzgalarga uqtirishga beradi.
Kichik yoshdagi oʻquvchilarni tinish belgilar bilan tanishtirishda
oʻqituvchi, avvalo, ularning yozma toʻgʻri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash
uchun muhim ekanini tushuntiradi.Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda
tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan yaxlit matn oʻqitiladi; oʻquvchilar bunday
matnni oʻqish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch
asos bir-biriga oʻzaro taʼsir etadi. Xat yozuvchi tinish belgisini qoʻyishda, avvalo,
bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. 1-sinf oʻquvchilariga savod
oʻrgatish davridayoq nuqta, soʻroq belgisi va undov belgisi bilan amaliy
tanishtiriladi. Bolalar hali “Alifbe” oʻqimasalar ham, rasmga qarab gap tuziladi.
Oʻqituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan toʻxtam (pauza) bilan
ajratilishini, gapning oxirida pasayishini tushuntiradi.4
Bolalar, oʻqituvchi topshirigʻiga koʻra, 3-5 gapli kichik matnni gaplarga
ajratadilar va ular oʻrtasidagi toʻxtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi
tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni toʻgʻri talaffuz
qilishini oʻrgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qoʻyilishi bilan tanishtirish
uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni oʻqishga oldindan
tayyorlash uchun grafik sxemadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar,
undagi soʻzni sanaydilar va oʻqituvchi rahbarligida chiziqcha bilan belgilaydilar:
4 Yoʻldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: Oʻqituvchi, 2004.
11
Biz ertakni sevamiz (.). Yana boshqa gap tuzib, uni ham chiziqcha bilan
belgilaydilar:
Qovun pishdi (--------- ------------.). Oʻqituvchi quyidagi mazmunda
tushuntiradi: Ogʻzaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza bilan ajratamiz. (har bir
gapni talaffuz qilib koʻrsatadi).Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini, ovozni
pasaytirish va pauza qilish kerakligini koʻrsatish uchun alohida belgi-nuqta
ishlatiladi. Bir necha darsdan soʻng oʻquvchilar gaplarni oʻqiy boshlaydilar. Ular
nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap
tuzishda albatta nuqtali kartochkadan foydalaniladi. Oʻquvchilar gapni yozganda,
oʻqituvchi nuqta qoʻyishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta
qoʻyilmasa, xato hisoblanadi. Oʻquvchilar oʻqituvchi yordamida nima uchun nuqta
qoʻyish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yoʻl bilan gapning oxiriga nuqta
qoʻyish koʻnikmasi shakllantiriladi.Soʻroq va undov belgilari bilan ham savod
oʻrgatish davrida tanishtiriladi. Bolalar soʻrash mazmunini bildirgan gaplarni
oʻqiydilar. Oʻquvchilar bunday gaplarni ohangi rioya qilgan holda, yaʼni gapning
oxirida ovozni koʻtarish bilan oʻqishga oʻrgatiladi. Gapning mazmuni va ohangi
soʻroq belgisini qoʻyishni talab etadi. Undov belgisini qoʻyishni oʻquvchilar
gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda oʻqilishi bilan bogʻlaydilar.
Oʻquvchilar II-sinfda «Gap» boʻlimi mavzularini oʻrganish jarayonida
nuqta, soʻroq belgisi va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar. III-
sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqurlashtiriladi. Shu
vaqtdan boshlab ular oʻquvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda
qoʻyilishini anglay boshlaydilar.5
“Darak gap” mavzusini oʻrganish bilan bogʻliq holda nuqta qoʻyilishi,
“Soʻroq gap” mavzusi bilan bogʻliq holda soʻroq belgisi va “Undov gap”
mavzusini oʻrganish bilan bogʻliq holda undov belgisining qoʻyilishi oʻrgatiladi.
IV-sinfda oʻquvchilar “Gapning uyushiq boʻlaklari” mavzusi oʻrganilganda sanash
ohangi bilan bogʻlangan boʻlaklarda vergulning vazifasi bilan tanishadilar.
5 Qosimova K., Matjonov S., Gʻulomova X., Yoʻldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʻqitish metodikasi. –
T.: Noshir, 2009. – 163 b.
12
Oʻqituvchi ikki gapni oʻqib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday
berilishini koʻrsatadi. Masalan, biz oʻz ona tilimizni sevib oʻrganamiz.
(Gap oxirida ovoz pasayadi. Pauza qilinadi.) Toza, tiniq, kumush suv orom
berar barchaga (Toza, tiniq soʻzlaridan soʻng ovoz bir oz pasayadi, xabarning
davom etishi seziladi). Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar har xil mashqlarni
ishlash orqali tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod
oʻrgatish davridayoq oʻqituvchi oʻquvchilar eʼtiborini vergul, tire, ikki nuqtaning
ishlatilishiga qaratadi, matnni oʻqiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni
oʻrgatadi. Masalan, olma, olcha, non-meva. Kitob –bilim bulogʻi, oʻquvchining
oʻrtogʻi. Ona tili darslarida soʻzlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, oʻqituvchi
I-sinf oʻquvchilarini tire va ikki nuqtaning qoʻyilishi bilan amaliy tanishtiradi.
Oʻqituvchi aniq misollar bilan sanab koʻrsatilgan soʻzlardan oldin ikki nuqta
qoʻyilishini har bir soʻzning vergul bilan ajratilishini koʻrsatadi. Bunda oʻquvchilar
tinish belgining nomini aytadilar, oʻqituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin
foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi
olinadi.6 Shunday qilib, oʻqituvchi oʻquvchilarda punktuatsion ziyraklikni oʻstirib
boradi. Dasturga koʻra bu sinfda oʻquvchilar qoʻshma gap bilan ham tanishtiriladi,
elementar oʻrgatiladi. Buning uchun sodda gap bilan qoʻshma gap taqqoslanadi va
bolalar qoʻshma gapning ayrim xususiyatlari, xususan, bunday gaplarda ikki qism
mavjudligi bilan tanishadilar:1) qoʻshma gap ikki mustaqil qism (sodda gap ) dan
tuziladi: Ish ishtaha ochar, dangasa ishdan qochar. (Maqol). Tong hali
yorishmagan, lekin yulduzlar ancha siyraklashgan edi. (Oybek); 2) Qoʻshma gapda
bir qism ikkinchisiga ergashadi (tobelanadi): Hamma ahil boʻlib ishladi, shuning
uchun ish tez bitdi. Oʻquvchilar qoʻshma gap tarkibidagi har bir gapning ega va
kesimini topadilar hamda qoʻshma gap ikki gapdan tuzilishiga ishonch hosil
qiladilar. Oʻquvchilarga qoʻshma gapni oʻrgatish bilan bogʻliq holda, ammo, lekin,
biroq bogʻlovchilari yordamida tuzilgan bogʻlangan qoʻshma gaplarda, shuning
uchun bogʻlovchisi yordamida bogʻlangan bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarda
(atamalar berilmaydi) vergulning ishlatilishi tushuntiriladi.
6 Qurbonova O.,Davletova A. Oʻquvchilarning nutq madaniyati va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish.
"Scientific progress"; Volume 3/issue 5/2022
13
II BOB. BOSHLANGʻICH SINFLARDA TINISH BELGILARINING
ISHLATILISH OʻRNINI OʻRGATISHDA ZAMONAVIY TAʼLIM
METODLARIDAN FOYDALANISH USUL VA VOSITALARI
2.1. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini
oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlarining oʻrni va ahamiyati
Oʻquvchilarga bilim berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli
mashgʻulotlarni dars jarayoniga singdirishni talab qiladi. Ruhshunoslarning
aniqlashicha, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻqituvchining oddiy tushuntirishi
orqali egallab olgan maʼlumotlarga qaraganda turli xil ruhiy kechinmalar orqali
oʻzlari mulohaza yuritib, mustaqil bajargan ishlari vositasida oʻzlashtirilgan
bilimlarini uzoq esda saqlab qoladilar. Chunki oʻquvchi mustaqil mashqlarni
bajarishda faoliyat koʻrsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda koʻplab oʻquv
materiallarini hayolidan oʻtkazadi. Oʻxshash hodisalarni taqqoslaydi. Oʻzicha
mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. Oʻqituvchilarning tayyor holda bergan
maʼlumotida esa oʻquvchi fikrlash faoliyati toʻla ishga kirishmasdan toʻgʻri
javobni oʻzlashtirib oladi. Oʻxshash hodisalarga duch kelishi bilan oʻqituvchi
bergan bilimni amaliyotga tatbiq qilishda qiynalib qoladi.
Milliy oʻquv dasturi va amaldagi maktab dasturlarida oʻquvchi egallashi
lozim boʻlgan materiallar ancha murakkab boʻlib, bolalarning bu bilimlarni
bosqichma – bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini
taqozo etadi. Bugungi milliy oʻquv dasturi va taʼlim tizimi boshlangʻich sinf
oʻqituvchilari oldiga oʻta masʼuliyatli vazifalar yuklamoqda.
Oʻqituvchi har bir oʻtilayotgan darsga ijodiy yondashishi, mashgʻulotlarni
ilgʻor pedagogik texnologiyalar asosida qurishi, darsning har bir minutidan unumli
foydalanishi zarur. Mashgʻulotlarni shunday tashkil etish kerakki, oʻquvchi har bir
dars davomida egallashi lozim boʻlgan bilimlar hajmini, oʻzida hosil qiladigan
koʻnikma va malakalarni oldindan belgilab olishi lozim. Bu oʻz navbatida
oʻquvchining mashgʻulotlarga aniq maqsad bilan qatnashishini taqozo qiladi.
Chunki oʻquvchi darsning oxirida belgilangan maqsadga erishganligini bilish
imkoniyatiga ega boʻlishi zarur. Albatta, boshlangʻich sinf oʻquvchisiga bilim
14
berish, har bir dars mazmunini boyitish, qiziqarli mashgʻulotlarni dars jarayoniga
singdirishni talab qiladi. Bunda oʻqituvchining dars uchun oldindan puxta
tayyorgarlik koʻrishi va darsda foydalanadigan usullari bolalarning mustaqil
ishlashiga qaratilishi zarurdir. Chunki oʻquvchi mustaqil mashqlarni bajarishda
faoliyat koʻrsatib, ilgari olgan bilimlariga tayangan holda koʻplab oʻquv
materiallarini hayolidan oʻtkazadi. Oʻxshash hodisalarni taqqoslaydi. Oʻzicha
mulohaza yuritib mustaqil hukm chiqaradi. Oʻqituvchilarning tayyor holda bergan
maʼlumotida esa oʻquvchi fikrlash faoliyati toʻla ishga kirishmasdan toʻgʻri
javobni oʻzlashtirib oladi. Oʻxshash hodisalarga duch kelishi bilan oʻqituvchi
bergan bilimni amaliyotga tatbiq qilishda qiynalib qoladi. 7
Milliy oʻquv dasturi va amaldagi maktab dasturlarida oʻquvchi egallashi
lozim boʻlgan materiallar ancha murakkab boʻlib, bolalarning bu bilimlarni
bosqichma-bosqich egallab olishlarini, kengaytirib va rivojlantirib borishlarini
taqozo etadi.
Pedagogik texnologiyalar asosida darslarning tashkil etilishi boshlangʻich
sinf oʻquvchilarni oʻzi bajarayotgan mashgʻulotga nisbatan ongli munosabatda
boʻlishga oʻrgatadi. Oʻquvchi har bir mashgʻulot jarayonida ixtiyoriy diqqatini
ishga soladi, darsda ilgʻorlikka, gʻalaba qozonishga intiladi. Maktab bola hayotida
juda muhim oʻrin turadi. Shu davrda u atrof-muhit va kishilar mehnati, maktab-
maorif haqidagi bilimlarni egallaydi. Kecha oʻyin bilan band boʻlib, erkin faoliyat
koʻrsatib yurgan bolaning birdan maktabning ichki qonun-qoidalariga moslashishi,
belgilangan tartib asosida mashgʻulotlarga oʻz vaqtida qatnashishi oson
kechmaydi. Shu tufayli kichik maktab yoshidagi bolalar oʻyin bilan bogʻliq
darslarda juda faol qatnashadi. Biz oʻqituvchilar buni hisobga olib, darslarga oʻyin
elementlarini kiritishimiz va undan taʼlim-tarbiyaviy maqsadlarda samarali
foydalanishimiz lozim.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan bilimlarning oʻzlashtirib
olinishiga erishish uchun ana shularga tayanish va uni parvarish qila borish lozim.
Bu oʻrinda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning oʻrni va ahamiyati juda
7 Рахматуллаева Л.И. Методика преподавания родного языка родного языка. Учебное пособие. – T.:
“Молия-Иктисод”, 2007.
15
kattadir. «Tasavvur qiling, bola maʼlum amaliy va ruhiy tayyorgarlikdan keyin
maktab oʻquvchisi boʻladi. Uning vazifasi oʻzgaradi. Bir kecha – kunduzda
oʻrtacha 4 soat taʼlim oladi. Kechagi oʻyinqaroq bola bugun 40 – 45 daqiqa
davomida diqqatini bir joyga joylab, oʻqituvchi bilan muloqotda boʻladi. Oʻquv
axborotini qabul qiladi va idrok etadi. Ana shu vaqtda oʻqituvchi loqayd,
masʼuliyatsizlik qilsa, uning bu holati ota-onalarning holati bilan hamohang boʻlib
qolsa, ota-ona ham yordam berishdan ojiz, nazorat qilishga «vaqti yoʻq» boʻlsa,
oʻsha oʻquvchilar boʻsh oʻzlashtiruvchi, tartibsiz yomon oʻquvchilarga aylanadilar.
Oʻz kasbining mohir ustasi boʻlgan fidokor oʻqituvchi ana shu paytda
oʻquvchilarni qoʻlga oladi, ularning mehrini, ishonchini qozonadi: oʻquv
mashgʻulotlariga qiziqish uygʻotadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, davlatimiz tomonidan taʼlim
tizimini takomillashtirishga boʻlgan eʼtibor, bu ulugʻ xalqimiz, kelajagimiz va
ertangi kunimizga boʻlgan eʼtibordir. Kelajagimiz vorislari boʻlgan yosh avlodning
mustahkam bilim olishlari, olgan bilimlarini kundalik faoliyatda qoʻllay
olishlariga,komil insonlar boʻlib voyaga еtishlariga imkoniyatlar yaratishimiz,
taʼlim tizimiga boʻlgan eʼtiborning yaqqol namunasidir. Bu esa buyuk
kelajagimizga boʻlgan ishonch garovidir. 8
Boshlangʻich sinf “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsliklariga kiritilgan
muayyan mavzular oʻquvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi,
dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida toʻgʻri shakllantirishga
qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga koʻra, oʻqish darslarining еtakchi xususiyati
oʻquvchilarning savodxonligini taʼminlash bilan birga, oʻquvchilarni milliy
mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
Boshlangʻich sinflarning oʻqish darslarida oʻrganiladigan asarlarning mavzu
doirasi ancha keng boʻlib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq ogʻzaki ijodi, mehnatga
muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va maʼnaviyat kabi umumiy
mavzular doirasida birlashtirilgan. Oʻqish darslari uchun tanlangan mavzular
oʻquvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy
8 Qosimova K., Matjonov S., Gʼulomova X., Yoʼldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʼqitish metodikasi. –
T.: Noshir, 2009. – 163 b.
16
munosabatlar boʻyicha ham bilim va tarbiya berishni koʻzda tutadi. Bular ichida
istiqlol, vatan, maʼnaviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi.
Ulardan koʻzlangan maqsad oʻzlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bogʻliq
tuygʻularni uygʻotishdir.
Uzluksiz taʼlimning boshqa bosqichlaridan farqli oʻlaroq, boshlangʻich
sinflarning oʻqish darslarida oʻquvchilarning oʻqish malakalarini shakllantirish,
asar matni ustida ishlash taʼlimning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli
mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali maʼnaviy-ahloqiy, adabiy-estetik tarbiya
bilan chambarchas bogʻlab olib boriladi. Darsliklardagi har bir mavzu uchun
tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga,
oʻquvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida
eʼtibor qaratiladi. Oʻquvchilar darsliklar yordamida oʻzlashtiriladigan bilim,
koʻnikma va malakalarining kelajak hayotda zarur boʻlishini tushunib
еtishishlariga erishish oʻqituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
Oʻquvchilarning bogʻlanishli nutqini rivojlantiruvchi texnologiyalarni qamrab
olgan quyidagi didaktik oʻyinlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
“Assotsiatsiyalar”metodi
Taʼrifi: Oʻquvchilarning har bir guruhiga boʻlajak mavzuni oʻrganish bilan
bogʻliq boʻlgan soʻz yoki gap yozilgan plakat beriladi. Uning quyiga oʻquvchilar
ana shu soʻz yoki gap ularning koʻzlari oldida gavdalantiradigan tasavvurlarini
yozib qoʻyadilar. Masalan: plakatda vertikal yoʻnalish boʻyicha tanlangan mavzu
bilan bogʻliq boʻlgan tushuncha yoziladi. Ushbu soʻzning har bir harfiga
ishtirokchilar oʻz tasavvurlarini bayon qiladilar va yozadilar. Masalan:
M – muammo, muloqot, mantiq, misol, masala…
U – uddalamoq, uzluksiz, uygʻunlashtirmoq….
N – nazariya, najot, navbahor, nafosat…
O – oqilonalik, omil, omma, ong…
Z – zimma, zukko, zamon, zarar, ziynat…
A – axborot, agrotexnika, ajoyibot, avaylash…
R – reja, ravnaq, ragʻbat, raqam, rahnamo…
17
A – ahamiyat, ahvol, aql, ahillik, afzallik…
Turli guruhlarda boʻlajak mavzuni oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan har xil
soʻzlar boʻlgani maqsadga muvofiqdir. Barcha plakatlar ilib qoʻyiladi, oʻqib
eshittiriladi, lekin izohlab berilmaydi.
Foydalanish doiralari
Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida
Afzalliklari
Mulohaza yuritish jarayoniga barcha oʻquvchilar fikrini jalb qilish,
ishtirokchilarning emotsional holati.
Qiyinchiliklari
Aniqlanmagan.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodi
Taʼrifi: Taʼlim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik
guruhlarga ajratgan holda oʻquv materialini oʻrganish yoki berilgan topshiriqni
bajarishga qaratilgan darsdagi ijodiy ish. Ushbu metod qoʻllanilganda taʼlim
oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi
rolida boʻlishga, bir-biridan oʻrganishga va turli nuqtai nazarlarni qadrlash
imkoniga ega boʻladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qoʻllanilganda taʼlim
beruvchi boshqa interfaol metodlarga qaraganda vaqtni tejash imkoniyatiga ega
boʻladi. Chunki taʼlim beruvchi bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim oluvchilarni
mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. Quyida “Kichik guruhlarda ishlash”
metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining tuzilmasi.
“Kichik guruhlarda ishlash” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Faoliyat yoʻnalishi aniqlanadi. Mavzu boʻyicha bir-biriga bogʻliq
boʻlgan masalalar belgilanadi. 2. Kichik guruhlar belgilanadi. Taʼlim oluvchilar
guruhlarga 3 – 6 kishidan boʻlinishlari mumkin.
3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.
4. Taʼlim beruvchi tomonidan aniq koʻrsatmalar beriladi va yoʻnaltirib
turiladi.
18
5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.
6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.
7. Kichik guruhlar baholanadi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:
- oʻqitish mazmunini yaxshi oʻzlashtirishga olib keladi;
- muloqotga kirishish koʻnikmasining takomillashishiga olib keladi;
- vaqtni tejash imkoniyati mavjud; — barcha taʼlim oluvchilar jalb etiladi;
- oʻz-oʻzini va guruhlar aro baholash imkoniyati mavjud boʻladi.
«Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:
- baʼzi kichik guruhlarda kuchsiz taʼlim oluvchilar boʻlganligi sababli
kuchli taʼlim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;
- barcha taʼlim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past boʻladi; —
guruhlar aro oʻzaro salbiy raqobatlar paydo boʻlib qolishi mumkin; — guruh
ichida oʻzaro nizo paydo boʻlishi mumkin.
“Impuls – plakat” metodi
Taʼrifi: Har bir ishtirokchi uchun vatman varaqlari va markerlar kerak
boʻladi.
1. Stollarning ustiga oxirigacha еtkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar
qoʻyilgan: «Ushbu mavzuda meni hammasidan koʻproq ..... qiziqtiradi», «Men
shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .....», «Men orttirgan bilimlarimni ....
qoʻllayman», «Ushbu mavzuni oʻrganish jarayonida men.... erishdim»,9 «Men .....
toʻgʻrisida koʻproq bilib olmoqchi edim», «Men uchun ..... murakkab boʻldi»,
«Menga .....yoqdi».
2. Iloji boʻlsa, mashq jarayonida xotirjam, past ovozda musiqa yangrab
tursin.
3. Ishtirokchilarga barcha plakatlarni aylanib va koʻrib chiqib, boshlab
qoʻyilgan fikrlar ustida oʻylab koʻrish va shu plakatlarning oʻzida davom ettirib
oxirigacha еtkazish taklif etiladi.
9 Qosimova K., Matjonov S., Gʼulomova X., Yoʼldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili oʼqitish metodikasi. –
T.: Noshir, 2009. – 163 b.
19
4. Taxminan 15 daqiqadan soʻng plakatlar ilib qoʻyiladi. Fikrlar eshittirib
oʻqiladi, kerak boʻlsa aniqlashtiruvchi savollar beriladi. Ishtirokchilar oʻz
fikrlarining ostiga ismlarini yozish yoki anonim boʻlib qolishni oʻzlari hal
qiladilar. Foydalanish doiralari
Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida, oʻquvchilarning bilimlari,
qiziqishlari hamda bogʻlanishli nutqini tekshirish va aniqlash uchun.
Agar oʻquvchilardan ularning qiziqishlari va qiyinchiliklari toʻgʻrisida
soʻrab, lekin kelgusida bu maʼlumotlarni eʼtiborga olmasangiz, ular oʻzlarini
qandaydir soʻroq qilingan, biroq jiddiy qabul qilinmagan odamlardek sezishlari
mumkin.
Oʻqituvchi faoliyatida oʻz-oʻzini faollashtirish, oʻz ijodkorligi, oʻz-oʻzini
bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa
oʻqituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik
kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tugʻdirishdir. Muloqotning
yangi vaziyati – bu oʻqituvchining oʻz mustaqillik mavqeyini, dunyoga, pedagogik
fanga, oʻziga boʻlgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. Oʻqituvchi oʻz
nuqtayi nazarlariga oʻralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari
orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda oʻqituvchining
fikrlash usullari, aqliy madaniyati oʻzgarib boradi, hissiy tuygʻulari rivojlanadi.
Keyingi sharti – bu oʻqituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
Oʻqituvchining innovatsion faoliyati voqelikni oʻzgartirishga, uning muammolari
va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.
Oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi muloqot namunasining oʻzgarishi,
innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar, anʼanalarda
boʻlganidek, qistovlar, hukmga boʻysunish kabi unsurlardan holi boʻlishi lozim.
Ular tenglarning hamkorligi, oʻzaro boshqarilishi, oʻzaro yordam shaklida qurilgan
boʻlishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu oʻqituvchi va
talabaning ijoddagi hamkorligidir. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar
bilan izohlanadi: kasbiy faoliyatning ongli tahlili; meʼyorlarga nisbatan tanqidiy
yondashuv; kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; dunyoga ijodiy yaratuvchilik
20
munosabatida boʻlish; (oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, oʻz turmush tarzi
va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish). Demak, oʻqituvchi yangi
pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab
chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targʻibotchisi sifatida namoyon
boʻladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va taʼlim taraqqiyoti sharoitida oʻqituvchi
innovatsiya faoliyatiga boʻlgan zaruriyat quyidagilar bilan oʻlchanadi: ijtimoiy-
iqtisodiy yangilanish taʼlim tizimi, metodologiya va oʻquv jarayoni
texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda oʻqituvchining
innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, oʻzlashtirish va
foydalanishdan iborat boʻladi; mazmunini insonparvarlashtirish, doimo
oʻqitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni oʻzlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan oʻqituvchining
munosabati xarakteri oʻzgarishi.
Oʻqituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning
samaradorligini belgilovchi muayyan meʼyorlardan foydalanishni talab qiladi.
Bunday meʼyorlarga – yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik,
ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qoʻllash imkoniyatlari kiradi Yangilik
pedagogik yangilik meʼyori sifatida oʻzida taklif qilinadigan yangini, yangilik
darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qoʻllanish
mashhurligi darajasi va sohasiga koʻra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan
mutlaq, shartli, subyektiv darajalarini farqlaydilar. Maqbullik meʼyori oʻqituvchi
va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik oʻqituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Maktab – bolalarning dastlabki bilim oladigan maskani ekanligi
barchamizga maʼlum. Shu bois, taʼlim-tarbiyaning aynan maktab davridan qattiq
nazorat ostiga olinishi katta ahamiyatga ega.
Oʻquvchilarning har bir fanni mukammal oʻzlashtirishi ertangi kunning
еtuk mutaxassislari boʻlib еtishib chiqishida muhim oʻrin tutadi. Oʻquvchilarning
darsga boʻlgan eʼtibor va intilishlarini shakllantirish oʻqituvchi oldidagi dolzarb,
ayni paytda muqaddas vazifadir.
21
Maktab oʻquvchilarining har bir fanni puxta oʻzlashtirishi, еtarli koʻnikma
va bilimlarga ega boʻlishida oʻqituvchidan ijodkorlik va albatta chuqur bilimdonlik
talab etiladi. Oʻqituvchi faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan har bir darsga puxta
tayyorgarlik koʻrish va uni namunali darajada tashkil etish bugungi kun
oʻquvchisini taʼlim jarayonining faol subyektiga aylantiradi. Deyarli barcha
oʻqituvchilar kundalik dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning qaysidir
shakliga murojaat qiladi. Bu jarayon, oʻz navbatida, oʻquvchida darsga boʻlgan
muhabbatining uygʻonishiga, qiziqish va intiluvchanlik xislatlarining yuzaga
chiqishiga turtki beradi. Didaktik-taʼlimiy oʻyinlarning asosiy turlari: Intellektual
(aqliy), harakatli va aralash oʻyin turlari. Fanlarning oʻqitish sifatini oshirish va
oʻquvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, oʻlchash,
yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish,
guruh yoki jamoa tarkibida ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga
yoʻnaltirilganligi. Oʻyinlar mohiyatiga koʻra, bir necha turlarga boʻlinadi. Biz dars
mobaynida bularni qoʻllaymiz.
Oʻyinda ishtirok etuvchilar soniga koʻra didaktik-taʼlimiy oʻyin turlari:
Individual oʻyinlar, Guruhli oʻyinlar, Ommaviy oʻyinlar, Syujetli rolli oʻyinlar,
Ijodiy oʻyinlar, Ishbilarmonlar oʻyini, taʼlimiy mashqlar. Oʻquvchilar faoliyatiga
koʻra turlari: oʻquvchi faoliyatini oʻzlashtirishni talab etadigan oʻyinlar, bilimlar
mustaqil qoʻllaniladigan oʻyinlar, zakovatni rivojlantiruvchi oʻyinlar. Didaktik
maqsadiga koʻra: Taʼlim-tarbiya beruvchi oʻyinlar, Bilimlarni mustahkamlovchi
oʻyinlar, Oʻquv materialini takrorlovchi oʻyinlar, Bilimlarni nazorat qiluvchi
oʻyinlar. Oʻqituvchi oʻrni bilan ulardan foydalansa, muvaffaqiyatlarga erishib,
oʻquvchilarning eʼtiboriga tushishi aniq.
Taʼlimning taʼsirchanligi haqida oʻylash muallimning faoliyatiga mezon
boʻlishi kerak.
22
2.2. Boshlangʻich sinflarda tinish belgilarining toʻgʻri qoʻllanilishini
oʻrgatishda zamonaviy taʼlim metodlaridan foydalanish usullari
Hozirgi zamon yozuvini punktuatsiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Chunki
punktuatsiya milliy til yozuvining tarkibiy qismi boʻlib, yozuv «notasi»
hisoblanadi. Tinish bеlgilari yozuvda maʼlum maʼno va vazifada – aniq bir
maqsadda ishlatiladi.
Grammatik jihatdan bir xil shakllangan va bir xil lеksik vositalarga ega boʻlgan
quyidagi bеsh gapni olib koʻraylik, bularda bеsh xil maʼno ifodalanganligi tinish
bеlgilaridan bilinadi. Masalan:
1. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz. (Xabar maʼnosi)
2. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz? (Soʻroq maʼnosi)
3. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz! (Undov maʼnosi)
4. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz... (fikrning boʻlinishi)
5. Biz fazoni oʻrganmoqdamiz!.. (Kuchli emotsiya – sеvinch – fikrning
boʻlinishi maʼnosi)
Punktuatsiya termini lotincha ― “punctum” soʻzidan olingan boʻlib, aslida
nuqta, oʻrin, joy tushunchalari bilan bogʻlangan boʻlsa ham, tilshunoslikda nutq
oqimidagi intonatsion-prasodik toʻxtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli
belgilar yigʻindisini (tinish belgilarini) anglatadi. Punktuatsiya tilshunoslikning bir
sohasi boʻlib, tinish belgilari (punktogramma) va ularning qoʻllanish qonun-
qoidalarini oʻrgatadi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika)ning uzviy
qismi boʻlib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar,
diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin boʻlmagan
tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Tinish belgilari yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni
ixchamlashda, gap qismlarining oʻzaro logik-grammatik munosabatlarini
koʻrsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan,
yozuvchiga oʻz yozma nutqini aniq, toʻgʻri va ifodali bayon etish imkoniyatini
23