Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining umumiy tavsifi: tana shakli va yakka yashovchi vakillarini simmetriyasi; koloniyalar shakli; skelet; muskulatura va harakatlanish; nerv tizimi; knidotsitlar va knidalar; interstitsial hujayralar
Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining umumiy tavsifi: tana shakli va yakka
yashovchi vakillarini simmetriyasi; koloniyalar shakli; skelet; muskulatura va
harakat-lanish; nerv tizimi; knidotsitlar va knidalar; interstitsial hujayralar;
ovqat hazm qilish tizimi, oziqlanish va ichki transport; gaz almashinuvi va
ayirish; ko’payish va rivojlanish
R E J A
1. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining umumiy tavsifi.
2. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining tana shakli va yakka yashovchi vakillarini
simmetriyasi.
3. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining ovqat hazm qilish tizimi, oziqlanish va ichki
transporti.
4. Bo’shliqichlilar (Cnidaria) tipining gaz almashinuvi va ayirish, ko’payish va
rivojlanishi.
Bo’shliqichlilar tipiga 9000 ga yaqin tur kiradi. Ko’pchilik turlari dengizlarda,
ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi. O’troq, erkin, yakka xolda yoki koloniya
bo’lib yashaydi. Tanasi radial o’qli simmetriyaga ega. Tanasi orqali bitta asosiy
o’q o’tkaziladigan bo’lsa, tana organlari ana shu o’q atrofidagi radial nurlar
bo’ylab joylashadi. Radial simmetriya soni takrorlanib turadigan organlar soniga
bog’liq. Organlar soniga binoan hayvonlar 2,4,6, 8 yoki undan ko’proq simmetriya
yuzasiga ega bo’lishi mumkin. Biologik nuqtai nazardan nurli simmetriyaning
kelib chiqishi o’troq yoki suv tubiga yopishib yashash bilan bog’liq. Bunday
hayvonlar tanasining bir qutbi odatda yopishish uchun xizmat qiladi, ikkinchi
qarama- qarshi qutbi erkin bo’lib, unda og’iz teshigi joylashgan. Og’iz teshigi
atrof-muhitga nisbatan bir xil sharoitda bo’lganligi (masalan o’ljani ushlash nuqtai-
nazardan) tufayli ko’pchilik organlar bir xil rivojlanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bo’shliqichlilar - ikki qavatli hayvonlar. Ontogenezda ulaming tanasida faqat ikki
qavat, ya’ni tashqi ektoderma va ichki endoderma hosil bo’ladi. Bu ikki qavat
mezogleya parda orqali ajralib turadi. Ular tanasini odatda bir uchi ochiq, ichi
bo’sh qopga o’xshatish mumkin. Og’zi bir necha paypaslagichlar bilan o’ralgan.
Ozig’i tana bo’shligida hazm bo’ladi, hazm bo’lmagan oziq qoldig’i yana og’iz
teshigi orqali chiqariladi. Embriologiya nuqtai-nazardan bo’shliqichlilar tanasini
gastrulaga qiyoslash mumkin.
Hayot kechirish xususiyatiga binoan bo’shliqichlilar o’troq yashovchi
poliplarga va erkin yashovchi meduzalarga ajratiladi. Poliplar odatda koloniya
hosil qiladi, meduzalar esa erkin yashaydi. Lekin poliplar orasida ham yakka
yashovchi va sekin harakatlanuvchi vakillari bo’ladi. Poliplar koloniyasi yakka
polipni kurtaklanishi, lekin kurtaklarni ajralib ketmasdan ona organizmida qolishi
tufayli hosil bo’ladi. Koloniya bir xil poliplardan (monomorf koloniya) yoki har
xil poliplar (polimorf) bo’lishi mumkin. Hamma bo’shliqichlilaming otuvchi
hujayralari bo’ladi. Bo’shliqichlilar tipi gidrozoylar, ssifomeduzalar va korall
poliplar sinflariga ajratiladi.
GIDROZOYLAR (HYDROZOA) SINFI
Gidrozoylar 2800 ga yaqin tuban bo’shliqichlilarni,o’z ichiga oladi. Ularning tana
bo’shlig’ida to’siqlar bo’lmaydi; hujayralari kam ixtisoslashgan; halqumi
rivojlanmagan. Nerv hujayralari tanasida tarqoq joylashgan. Jinsiy hujayralari
ektodermada hosil bo’ladi. Ko’pchilik turlari hayot siklida polip va meduza
davrlari ketma-ket almashinib turadi. Biroq polip yoki meduza stadiyasi hayot
siklidan tushib qolishi ham mumkin. Gidrozoylaming lichinkasi planula deyiladi.
Chuchuk suv poliplarining lichinkasi bo’lmaydi.
Ko’pchilik gidrozoylar dengizlarda koloniya bolib yashaydi. Gidrozoylar
gidroidlar va sifonoforalar kenja sinfiga ajratiladi.
Gidroidlar (Hydroidea) kenja sinfi
Tuzilishi. Gidroidlar orasida eng sodda tuzilgan chuchuk suv gidralari hisoblanadi.
Gidralaming tanasi cho ‘ziq qopcha yoki silindrga о’xshaydi, tanasining pastki
substratga yopishgan tomoni tovon deyiladi. Tovonning qarama-qarshi uchida
og’iz teshigi joylashgan bo’lib, bu tomoni oral, tovon tomoni esa aboral (oral
qutbga qarama-qarshi) qutb deyiladi.
Gidra tanasi devori tashqi ektoderma va ichki endodermadan tuzilgan. Bu ikki
qavatni bazal parda ajratib turadi. Ektodyerma va endodyerma tana bo’shhg’ini
o’rab turadi. Bu bo’shliq gastral bo’shliqqa mos keladi. Gastral bo’shliq yagona
og’iz teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi. Og’iz teshigi atrofida 5-12 ta
paypaslagichlar joylashgan. Gastral bo’shliq ana shu paypaslagichlar ichida davom
etadi (33-rasm). Ektoderma va endoderma hujayralari og’iz teshigi chetida
tutashganidan gidroidlarda halqum (ektoderma bilan qoplangan oldingi ichak)
bo’lmaydi. Gidra tanasi bir necha xil hujayralardan tuzilgan. Ektoyerma va
endodermada silindrsimon yoki kubsimon epiteliy-muskul hujayralar ko’p bo’ladi.
Ulaming bazal membranaga tegib turadigan dukka o’xshash cho’ziq tomonida
muskul tolalari bor. Tolalar gidra tanasi bo’ylab joylashgan; ular qisqarganida
gidra tanasi va paypaslagichlari tortiladi. Endodermada muskul tolalari tanaga
ko’ndalang halqa shaklda joylashgan. Endoderma muskullari qisqarganida gidra
tanasi ingichkalashib uzayadi.
Epiteliy-muskul hujayralar orasida otuvchi hujayralar joylashgan. Otuvchi
hujayralar uch xil bo’ladi. Pinetrantlar deb ataladigan otuvchi hujayralar ichida
.
Gidra (Hydra oligactis): A -bo’yiga kesmasi. В - ko’ndalang kesmasi. D - tana
devorining bir qismi. E - epiteliy- muskul hujayrasi; 1 - ektoderma, 2 - endoderma,
3 - bazal membrana, 4 - gastral bo’shliq, 5 - epitelial-muskul hujayralar, 6 - oraliq
hujayralar, 7 - otuvchi hujayralar, 8-Nerv hujayrasi, 9-endodermal hujayralari, 10-
bezli hujayralar, 11 -og’iz, 12-og’iz konusi, 13 -kurtak, 14 - tovon, 15- tuxum
hujayra, 16 - erkaklik gonada.
otuvchi kapsulasi bor. Kapsula suyuqligida orqaga biroz egilgan ilmoqchali mayda
tukchalarga ega bo’lgan sanchiluvchi nayza - slilet bo’ladi. Otuvchi hujayra ustida
maxsus sezgir tukcha - knidotsel joylashgan. Knidotsel 18 ta barmoqsimon
o’simtalar - mikro- vorsinkalar bilan o’ralgan. O’lja yoki dushman xivchinga
tegib, ketganida xivchin mikrovorsinkalarga tegib otuvchi hujayrani qo’zg’atadi.
Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga nayzaga
o’xshab sanchiladi. Kapsula ichidagi suyuqlik tola ichidagi nay orqali o’lja
tanasiga oqib o’tadi. Suyuqlik mayda hayvonlarni falajlashi mumkin. Bir marta
foydalanilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi; uning o’rniga boshqasi hosil
bo’ladi. Volventlar deb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar suyuqligi
kuydirish xususiyatiga ega. Ulaming ipi o’lja tanasidagi tuklarga o’ralib qolib, uni
ushlab turadi. Uchinchi gumh otuvchi hujayralar glyutinantlar yopishqoq iplar
chiqaradi. Bu iplar yordamida gidra harakatianadi yoki o’ljasini yopishtirib ushlab
turadi. Otuvchi hujayralar paypaslagichlarda ayniqsa ko’p bo’ladi. Ektodermadagi
epiteliy - muskul hujayralar asosida ixtisoslashmagan juda ko’p mayda
intyerstitsial (oraliq) hujayralar to’p-to’p bo’lib joylashgan. Ular gidra tanasidagi
boshqa hujayralarni, jumladan otuvchi va jinsiy hujayralarni hosil qiladi.
Endoderma qavati asosan hazm qilish funksiyasiga ega bo’lgan epiteliy - muskul
va maxsus bez hujayralardan iborat. Bu hujayralarning muskul tolalari gidra
tanasiga nisbatan ko’ndalang joylashganligi yuqorida qayd etilgan edi.
Endodyerma hujayralari 1 -3 ta xivchinga ega: Ular soxta oyoqlar hosil qiladi va
gastral bo’shliqdagi zarralarni qamrab olib, hujayra ichida hazm qiladi. Shunday
qilib, bo’shliqichlilar ham g’ovaktanlilarga о’xshab oziq moddalami hujayra ichida
hazm qilish xususiyatiga ega.
Otuvchi hujayra. A - tinch holatda. В - otiluvchi iplari otilib chiqarilgan holati. D -
knidotselning tuzilishi:1- yadro, 2 - otuvchi kapsula, 3 - knidotsel, 4 - otiluvchi ip,
5- ilmoqchalar, 6 - xivchin, 7 - mikrovorsinkalar.
Sifonoforalar (Siphonophora) kenja sinfi
Sifonoforalar - suv yuzasida yoki suv yuzasi yaqinida suzib yuradigan, koloniya
bo’lib yashovchi poliplar. Ular - odatda suvi iliq dengizlarda tarqalgan.
Tuzilishi va ekologiyasi. Sifonoforalar koloniyasi polimorf bo’lib, uzunligi 1 -
2 sm dan 2-3 m gacha yetadi. Tuzilishiga ko’ra sifonoforalarni ikki guruhga
ajratish mumkin. Bir xil sifonoforalar koloniyasida individlari asosiy poya bo’ylab
joylashgan bo’lib, umumiy gastrovaskulyar nay orqali o’zaro tutashgan. Boshqa
sifonoforalarning asosiy poyasi qisqargan bo’lib, individlar poyaning pastki
kengaygan uchida joylashgan.
Ko’pchilik sifonoforalar koloniyasining ustki qismida maxsus pufak -
pnevmatofor bo’ladi. Pnevmatoforning yuqori qismi gazga to’lgan, pastki qismida
gaz ishlab chiqaradigan bezlar joylashgan. Ba’zi sifonoforalar pnevmatoforida juda
yirik ochilib yopiluvchi teshikchasi bor Koloniya suv yuzasida suzib yurganida
pnevmatofor teshigi yopiq, uning ichi gazga to’lgan bo’ladi. Pnevmatofor
siqilganida undan gazlar chiqib ketib, koloniya suvga cho’kadi. Suv yuzasida doim
suzib yuradigan koloniyalaming pnevmatofori yirik, teshikchasi bo’lmaydi,
pnevmatofor bo’shlig’i mezogleya to’siq bilan bir necha qismga ajralgan bo’lib,
suv yuzasiga chiqib turadi. Pnevmatofor ustida S- ga o’xshash egilgan “yelkani”
bor. Bunday sifonoforalar shamol yordamida suzib yuradi. Portugaliya
kemachasi fizaliya (Physalia) pnevmatofori qizg’ish rangli, uzunligi 20-30 sm ga
yetadi. Pnevmatofor ostida (agar u bo ‘Imaganida koloniyaning eng yuqori qismi-
da) suzuvchi qo’ng’iroqlar-nektoforlar joylashgan. Nektoforlar meduzalarga
о’xshash, lekin ulaming og’iz teshigi va xartumi bo’lmaydi. Meduzalarga o’xshab
nektoforlar soyaboni ritmik qisqarishi tufayli koloniya asta - sekin suzadi. Fizaliya
va boshqa shamol va suv oqimi orqali suzib yuradigan sifonoforalaming
nektoforlari bo’lmaydi.
Koloniyaning boshqa individlari nektoforlardan pastroqda koloniya poyasi
bo’ylab g’uj bo’lib kormidiylar joylashgan. Har bir kormidiy oziqlantiruvchi
individ gastrozoid, arqoncha, sucmozoud, ya’ni palponlar, paypaslagichlar,
qoplovchi plastinka - qopqoqcha va jinsiy individ gonozoiddan iborat.
Gastrozoidlar – og’izli, lekin paypaslagichsiz polipchalardan iborat. Ulaming og’iz
teshigi gastral bo’shliqqa ochiladi. Hamma gastrozoidlar bo’shlig’i koloniya
tanasidagi nay orqali o’zaro tutashgan bo’ladi. Arqoncha birmuncha uzun, odatda
ko’p marta shoxlangan paypaslagichlardan iborat. Paypaslagichlarda otuvchi
hujayralar bo’ladi. O’g’iz paypaslagichlari uzunligi 20 m ra yeta- di. Arqonchalar
oziqni tutish va himoya vazifasini bajaradi. Fizaliyaning otuvchi hujayralari
kuydirish xususiyatiga ega; odam hayoti uchun xavlli.
Sistozoid, ya’ni poliplar og’izsiz poliplardan iborat. Ularning yonida
shoxlanmagan paypaslagichi bo’ladi. Sistozoidlar ayirish funksiyasi bajarishi
mumkinligi to’g’risida taxmin qilinadi. Ularning paypaslagichlari sezgi vazifasini
bajaradi. Gonozoidlar gidropoliplar meduzalar va gonoforalariga o’xshash
tuzilgan, ayrim jinsli boiadi. Sifonoforalar orasida faqat ayrim jinsli (erkak yoki
urg’ochi) gonozoidlar hosil qiladigan turlari bilan bir qatorda germafrodit
koloniyalilari ham bor. Sifonoforalar koloniyasidagi qopqoqchalar shakli
o’zgargan poliplardan iborat. Qopqoqcha kormidiyni ustki tomonidan qoplab
turadi.
Ko’payishi. Sifonoforalaming tuxum hujayralari urg’ochi gonozoidlar ichida
hosil bo’ladi. tuxumdan planula lichinkasi chiqadi. Planula birmincha
murakkabroq tuzilgan lichinka rivojlanadi. Koloniyadagi ayrim individual
kurtaklanish orqali hosil bo’ladi.
Kelib chiqishi. Ko’pchilik zoologlaming fikricha sifonoforalar suzib yurishga
moslashgan.
Suzib yuruvchi poliplar koloniyasining topilishini bunga dalil qilib ko’rsatish
mumkin. Bunday gidroidlar koloniyada polipoid va meduzoid individlar hosil
qiladi. Kaspiy dengizida suzib yuruvchi gidroid polip Moyerisia koloniyasi
uchraydi. Shunday qilib, sifonoforalar kolonial gidroidlardan ulardagi alohida
individlarning ixtisoslashishi tufayli kelib chiqqan, deb faraz qilish mumkin. U
holda koloniyadagi pufak, suzuvchi qo’ngiroq va gonoforalar meduzalarga,
gastrozoidlar va poliponlar esa shakli o’zgargan poliplarga mos keladi.
siloiwroraning tuzilish sxemasi;
1 - pnevmatofor, uning teshigi,
2 - suzuvchi qo’ng’iroq (nektofor)lar,
3- hilpilovchi plastinka (qopqoq),
4- arqoncha, 5-oziqlantiruvchi gastrozoidlar,
7 - sistozoidlar,8- jinsiy individ (gonofor)lar,
9 – koloniya tanasi.
SSIFOID MEDUZALAR (SCYPHOZOA) SINFI
Tuzilishi va ekologiyasi. Ssifoid meduzalar - erkin yakka yashovchi
bo’shliqichlilar. Ularning hayoti asosan meduza davrida o’tadi, polip davri juda
qisqa bo’ladi. Tashqi ko’rinishi bilan ssifoid meduzalar gidroid meduzalarga
o’xshash; ulardan ancha yirik boshi, murakkab tuzilganligi va yelkani bo’lmasligi
bilan farq qiladi. Masalan, aureliya tanasi diametri 25-40 sm ga, qutb meduzasi esa
2 m ga yetadi. Tanasining asosiy massasi dildiroq mezogleyadan iborat.
Mezogleyaning 98% ini suv tashkil etadi. Tanasining shaffof boshi meduzalarni
dushmanlardan saqlanishda katta ahamiyatga ega; faqat ayrim zaharli meduzalar
rangli bo’ladi. Ba’zi meduzalar masalan, Pelagica noctiluca qorong’ida fosforli
nur taratadi. Ssifoid meduzalar soyaboni chetida 8 ta, ba’zan 16 ta ropaliyalar joy-
lashgan. Soyabon chetidan juda ko’p paypaslagichlari osilib turadi. Pay-
paslagichlari va xartumga o’xshash og’iz bo’laklari ektodermasida ko’p miqdorda
otuvchi hujayralar joylashgan. Tanasining yiriklashuvi tufayli ssifoid meduzalar
gastrovaskulyar sistemasining tuzilishi murakkablashgan. Og’iz teshigi kvadrat
shaklida; soyaboni ostki tomoni o’rtasida maxsus poyacha ustida joylashgan. Og’iz
burchaklaridan xartumga o’xshash yo’g’on o’simtalar osilib turadi. Xartum oziqni
tutish funksiyasini bajaradi. Ildizog’iz meduzalar turkumi vakillarida xartumi ko’p
burmali; bir-biri bilan qo’shilib o’sgan; og’iz o’rnida mayda teshikchalar bo’ladi.
Bu teshikchalar orqali meduza oshqozoniga mayda plankton organizmlar o’tadi.
Og’iz teshigi qisqa endodermal halqum orqali oshqozonga ochiladi. Oshqozon
chala to’siqlar yordamida to’rtta kameraga bo’lingan. Kameralarda juda ko’p bezli
hujayralarga ega bo’lgan gastral iplar joylashgan. Oziqning hazm bo’lishi bezlar
ishlab chiqaradigan fermentlar ta’sirida oshqozonda boshlanadi. Oziq zarralarini
endodermadagi hazm qiluvchi hujayralar qamrab olib batamom hazm qiladi.
Meduzalar oshqozonidan 8 ta yoki 8 karra miqdorida radial naychalar
boshlanadi. Aureliya meduzasi oshqozonidan boshlanadigan naylar 16 ta, ulardan
8 tasi, shu jumladan 4 ta naylar oshqozon bo’lmalarining qoq o’rtasidan, qolgan 4
tasi esa oshqozon to’siqlari ustidan boshlanadi. Shoxlangan naylar orasida 8 ta
shoxlanmagan naylar joylashgan. Barcha shoxlangan va shoxlanmagan naylar
soyabon chetida joylashgan halqa nay bilan qo’shilgan. Naylar devori kiprikli
epiteliy hujayralari bilan qoplangan. Naylar oshqozon, og’iz teshigi va halqum
bilan birgalikda meduzaning gastrovaskulyar sistemasini hosil qiladi.
Kipriklarning hilpirashi tufayli suv gastrovaskulyar sistema orqali oqib turadi.
Suyuqlik shoxlanmagan naylar orqali halqa naylarga, shoxlangan naylar bo’ylab
esa orqaga, ya’ni halqa naydan oshqozonga oqadi. Bu murakkab gastrovaskulyar
sistemaning rivojlanganligini meduzalar tanasining yiriklashuvi bilan bog’liq
deyish mumkin. Chunki gastrovaskulyar naylar orqali kislorod va oziq moddalar
meduza tanasining hamma qismiga tarqaladi; modda almashinuvi mahsulotlari
chiqarib yuboriladi.
Ssifoid meduzalar.
A- ildizog’iz meduza, В - aureliya: 1 - og’iz, 2-ropaliya, 3 - og’iz bo’laklari, 4-
halqa nay, 5- radial naylar, 6 - paypaslagich, 7 - jinsiy bezlar.
Ко’pchilik meduzalar har xil organizmlar, jumladan ancha yirik plankton bilan
oziqlanadi. Faqat ildizog’iz meduzalar juda mayda plankton bilan oziqlanadi. Bu
jihatdan ildizog’iz meduzalarni g’ovaktanlilarga o’xshash filtrlovchi organizmlar
deyish mumkin.
Meduzalar soyabonining qisqarishi va kengayishi tufayli soyaboni ostidan siqib
chiqariladigan suv ularni soyabon gumbazi tomonga suradi. Meduzalar soyaboni
ostida 8 qator radial muskullar va soyabon cheti bo’ylab halqa muskullar
joylashgan. Muskul tolalari gidroid poliplar singari epiteliy-muskul hujayralardan
hosil bo’ladi.
Nerv hujayralari soyabon cheti bo’ylab joylashgan Nerv halqasini hosil qiladi.
Nerv halqasi bo’ylab har qaysi ropaliya yaqinida bittadan nerv tuguni joylashgan.
Ropaliyalar qisqargan va shaklan o’zgargan paypaslagichlardan iborat, har bir
ropaliyada bir nechta ko’zchalar va bitta statotsist bo’ladi. Ko’zchalar har xil
tuzilgan. Gidroid meduzalarnikiga o’xshash sodda ko’zchalar bilan birga bir
muncha murakkablashgan pufakcha tipidagi ko’zchalar ham bo’ladi. Bunday
ko’zlar odatda ko’z chuqurchasini epiteliy ostiga cho’kishi natijasida hosil bo’ladi.
Pufak ustida joylashgan teri epiteliysi yupqa va shaffof bo’lib, shox qavat deyiladi,
Pufakning tubi va yon devorlari pigment va sezgir hujayralardan iborat. Pufakning
shox qavati ostida joylashgan qismi qalinlashib, ikki tomonlama qavariq linza ko’z
gavharini hosil qiladi. Pufak bo’shlig’i strukturasiz shishasimon suyuqlik bilan
to’lgan. Murakkab tuzilishiga qaramasdan ko’z faqat yorug’lik va qorong’ilikni
ajrata oladi.
Ko’payishi va rivojlanishi. Ko’pchilik ssifoid meduzalar ayrim jinsli. Jinsiy
bezlar taqasimon shaklda bo’lib, oshqozon kameralari devorida joylashgan.
Yetilgan tuxumlari va spermatozoidlar gastrovaskulyar sistema orqali suvga
chiqadi. Tuxum hujayralar suvda urug’lanadi. Urug’langan tuxum hujayra to’liq va
bir tekis bo’linadi. Gastrulyatsiya invaginatsiya orqali sodir bo’ladi.
Gastrulyatsiyaning bu xili yuksak bo’shliqichlilar, ya’ni ko’pchilik ssifoid
meduzalar va olti nurli korall poliplar uchun xos bo’ladi; urug’langan tuxumdan
planula lichinkasi chiqadi. Lichinka substratga yopishib, mayda polip - ssifistomni
hosil qiladi. Ssifistomda asta-sekin paypaslagichlar hosil bo’ladi. Ssifistom
kurtaklanish orqali yangi ssifistomlami hosil qilishi mumkin, ayrim turlarda yosh
ssifistomlar ajralib ketmasdan koloniya hosil qiladi. Ssifistom ko’ndalangiga
kurtaklanish orqali strobilaga aylanadi.
Strobila chetlari chuqur kesilgan bir necha diskdan iborat. Disklar ketma-ket
strobiladan ajralib chiqib, efiralarga yosh meduzalarga aylanadi. Efiralardan
meduzalar rivojlanadi.
Shunday qilib, ko’pchilik ssifoid meduzalar nasl almashinish, ya’ni jinsiy va
jinssiz nasllaming gallanishi orqali ko’payadi. Ular polip davrining qisqa,
poliplarining juda kichik bo’lishi, meduza davri ancha uzoq davom etishi bilan
gidroid meduzalardan farq qiladi.
Klassifikatsiyasi. Ssifomeduzalar sinfi 5 turkumga bo’linadi.
Stavromeduzalar (Stauromedusae) turkumi o’troq yashovchi bir necha turlarni
o’z ichiga oladi. Meduzalar poyachasi yordamida substratga yopishib yashaydi.
Hayot siklida nasl almashinish bo’lmaydi. Planula lichinkasi bevosita yosh
meduzaga aylanadi. Asosiy vakillaridan lyutsemariya (Lucemaria) va Haliclystus
ni ko’rsatish mumkin.
Kubomeduzalar (Cubomedusae) - mayda meduzalar, soyaboni chetida
to’rttadan ropaliyalari va paypaslagichlari joylashgan. Iliq suvli dengizlarning
uncha chuqur bo’lmagan joylarida uchraydi. Ayrim meduzalar, masalan,
Ssifoid meduzalaming rivojlanishi.
1 tuxum, 2 - planula lichinkasi, 3 - ssifistom polipi, 4 - kurtaklanayotgan ssifistom,
5 ssifistomning ko’ndalang bo’linishi, 6 - yosh meduza efua, 7 - yetuk meduza.
Avstraliya va Indoneziya qirg’oqlari yaqinida tarqalgan Chiropsalmus meduzasi
odam uchun xavfli, ulaming “kuydirishi” o’limga sabab bo’lishi mumkin.
Coronata turkumi turlari uncha ко’p emas, dengizning chuqur qismida
uchraydi. Soyaboni halqa egat orqali markaziy disk va periferik “toj”ga bo’lingan.
Semacostomeae turkumi soyaboni disksimon yassi, soyabon chetida juda ko’p
paypaslagichlari bo’ladi. Bu turkumga deyarli hamma dengizlarda keng tarqalgan
dengiz laganchasi aureliya (Aurelia aurita), shimoliy dengizlarda tarqalgan qutb
meduzasi (Cyanea capillata) kiradi. Ayrim vakillari (Pelagia) qorong’ida kuchli
nur tarqatadi.
Ildizogiz meduzalar
(Rhizostomida)
turkumiga ancha yirik, tropik
dengizlarda, keng tarqalgan meduzalar kiradi. Soyaboni chetida paypaslagichlari
bo’lmaydi. Ozig’ini og’iz xartumlari orqali suvdan filtrlab oladi. Qora dengizda
ildizog’iz meduza Rhizostomapulmo uchraydi. Ayrim turlari tuzlangan holda
iste’mol qilinadi.
KORALL POLIPLAR (ANTHOZOA) SINFI
Korall poliplar faqat dengizlarda o’troq hayot kechiradigan 6000 dan ortiq
bo’shliqichlilardan iborat. Ko’pchilik turlari koloniya hosil qiladi. Kattaligi har xil;
yakka yashovchi poliplar bir necha millimetrdan bir necha o’n santimetrgacha;
ayrim turlari 1m gacha bo’ladi. Korall poliplar nasl almashinmasdan rivojlanadi,
ya’ni faqat polip shaklida uchraydi; meduza davri bo’lmaydi.
Tuzilishi. Tanasi gidropoliplarga o’xshash, lekin ularga nisbatan murakkab
tuzilgan. Yakka poliplar silindrsimon tanasining yassi tovon qismi substratga
yopishish uchun xizmat qiladi. Koloniyali poliplarda esa har qaysi individ tovon
orqali koloniyaning poyasiga yoki shoxiga yopishadi. Og’iz teshigi har bir polip
tanasining uchki qismida joylashgan. Og’iz teshigi sakkizta (sakkiz nurlilar kenja
sinfi), yoki olti karra miqdorda paypaslagichlar bilan o’ralgan.
Og’iz nayga o’xshash uzun halqumga ochiladi. Halqumda gastral bo’shliqqa
osilib turadi. Halqum og’iz diski devorining polip tanasiga botib kirishidan hosil
bo’lganligi tufayli ektoderma epiteliysi bilan qoplangan. Halqum nayi yassi
bo’lganidan halqum teshigi ham bir tomonlama yassilashgan tirqishga o’xshaydi.
Halqumning bir uchida yoki ikkala uchida ham sifonoglif deb ataladigan
egatchalari joylashgan. Egatchalarda joylashgan kipriklaming harakati tufayli suv
gastral bo’shliqqa kiradi.
Halqumning boshqa qismi
orqali
suv
gastral
bo’shlig’idan oqib chiqadi.
Shu
usulda
gastral
bo’shlig’idagi suv doimo
almashinib turadi. Suvning
yangilanib turishi polip
tanasini
кislorod bilan
ta’minlanishida va mayda
plankton
organizmlar
bilan
oziqlanadigan
poliplaming oziqlanishida
katta ahamiyatga ega.
Gastral bo’shliqdan suvdagi kislorod to’qimalarga o’tadi; karbonat angidrid esa
to’qimalardan suvga o’tadi. Karbonat angidridga to’yingan suv hazm bo’lmagan
oziq qoldiqlari bilan birga gastral bo’shliqdan chiqib ketadi.
Gastral bo’shliq endoderma bilan qoplangan bo’lib, parda to’siq septalar
yordamida kameralarga bo’lingan. Septaning bir tomoni tana devoriga yopishgan
bo’lib, periferik kameralarni hosil qiladi; ikkinchi tomoni gastral bo’shliqda erkin
joylashgan. Ana shuning uchun ham gastral bo’shliqning markaziy qismi
kameralarga bo’linmagan. Septaning tana bo’shlig’ida erkin joylashgan
qalinlashgan uchi mezenterial iplar deyiladi. Mezenterial iplarda hazm qiluvchi
fermentlar ishlab chiqaradigan bezli hujayralar joylashgan. Septalar soni
paypaslagichlar soniga teng bo’ladi. Septalar endoderma bilan qoplangan
mezogleyadan iborat.
Korall poliplarning tuzilish sxemasi.
1 - paypaslagich, 2 - og’iz teshigi, 3- halqum, 4 - ichak bo’shlig’i to’sig’i, 5-
mezenterial iplar, 6 - tuxum.
Gistologik jihatdan ham korall poliplar gidroidlarga nisbatan ancha murakkab
tuzilgan. Ulaming yupqa bazal membranasi o’rniga qalin mezogleya;
ektodyermadagi epiteliy-muskul hujayralari o’rniga ixtisoslashgan bo’ylama va
halqa muskullar rivojlangan. Bunday muskullar septalarda ham bo’ladi. Ular har
bir septa bo’ylab o’tadigan yog’onlashuv, ya’ni jiyakni hosil qiladi. Korall poliplar
ektodermasi ostida joylashgan nerv tugunlari gidroidlarga nisbatan yaxshi
rivojlangan.
Koloniya bo’lib yashovchi korall poliplar ohak, ba’zan (sakkiz nurlilar) muguz
skelet hosil qiladi. Ko’pchilik yakka yashovchi korallarning skeleti bo’lmaydi.
Sakkiz nurlilar skeleti mezogleyada tarqoq joylashgan mikroskopik ohak
ninalardan iborat. Qizil korall tanasidagi skelet ignalarning ko’pi bir-biriga
yopishib, birmuncha tig’iz skeletni hosil qiladi. Olti nurlilarda dastlab tovon
plastinkasi, so’ngra polip tanasi sirtida kosacha, ya’ni teka hosil bo’ladi. Keyinroq
tekadan tana ichiga skelet to’siq -sklyerosepta botib kiradi. Juda ko’p
individlardan iborat poliplar koloniyasidagi qo’shni individlar tekasi o’zaro
qo’shilib ketadi. Sakkiz nurlilar skeleti mezogleyada, olti nurlilar skeleti esa
ektodermada joylashgan. Sakkiz nurlilarda gastral bo’shliqning sakkizta
kamerasidan ikkitasi uning toraygan tomoni qarshisida joylashgan bo’lib,
yo’naltiruvchi kameralar deyiladi. Septalarda muskulli valiklar joylashgan. Olti
nurlilar septalari yanada murakkabroq tuzilgan. Ulaming gastral bo’shligida
to’siqlarjuft-juft bo’lib joylashgan; to’siqlar soni kamida 12 ta yoki 12 karra
miqdorda bo’ladi. Kameralar birdaniga hosil bo’lmaydi. Dastlab olti juft birinchi
tartib kameralar, so ‘ngra ular orasida ikkinchi tartib kameralar hosil bo’ladi. Bitta
juftlikni tashkil etadigan to’siqlar oralig’idagi kameralar ichki, har xil juft to’siqlar
oralig’idagi kameralar oraliq bo’ladi. Skleroseptalar ana shu oraliq to’ siqlarda
joylashadi. Yakka holda yashaydigan yirik korallar-aktiniyalarning skeleti
bo’lmaydi.
Aktiniyalar asta-sekin harakatlanishi bilan koloniyali korallardan farq qiladi.
Ularning paypaslagichlari ayniqsa sezgir bo’ladi. Aktiniyalar ta’sirlanganida
tanasini qisqartiradi, paypaslagichlarini tortib olib, yumaloqlanadi. Aktiniyalar
yirtqich bo’lib, qisqichbaqalar, mollyuskalar va boshqalar bilan oziqlanadi.
O’ljasini paypaslagichlari bilan tutadi. Pay- paslagichlaridan chiqadigan otiluvchi
ipchalari o’ljasini falajlaydi. So’ngra aktiniya og ‘zini katta ochadi va halqumining
bir qismini tashqariga chiqarab o’ljani qamrab oladi. Ozig’i gidraga o’xshash tana
bo’shlig’ida va hujayra ichida (fagotsitoz) hazm bo’ladi.
Ko’payishi va rivojlanishi. Korall poliplar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Yakka
yashovchi poliplar (aktiniyalar) ba’zan bo’linib ko’payadi, koloniyali turlari esa
kurtaklanadi. Korall poliplar odatda ayrim jinsli. Jinsiy bezlari septalar
endodermasi va mezogleyasi o’rtasida joylashgan. Spyermatozoidlar septa
epiteliysidan tana bo’shlig’iga, undan og’iz teshigi orqali suvga chiqib ketadi;
urg’ochisining og’zi orqali kirib, tuxum hujayrasini urug’lantiradi. Ko’pchilik
aktiniyalarning rivojlanishi gastral bo’shliqda polip yetishib chiqqungacha davom
etadi. Ayrim aktiniyalar tuxumi suvda urag’lanadi. Tuxumdan kiprikli planula
lichinkasi rivojlanib chiqadi. Planula oldingi tomoni bilan substratga yopishib olib,
polipga aylanadi.
Korall riflari. Atlantika, Hind va Tinch okeanlarining tropik qismida rif hosil
qiluvchi (madrepor) korallar tarqalgan. Ularning bo ‘yi ancha baland bo’lib 2 m,
ba’zan 4 m ra (Acropora) yetadi. Korall riflarining ohak skeleti ancha og’ir; ular
suvning sayoz joylarida rivojlanadi. Avstraliya, Indoneziya, Okeaniya sohillaridagi
riflar keng tarqalgan. Riflar Qizil dengizda ham uchraydi. Korallar qishda harorat
20° C dan pastga tushmaydigan suvlarda ayniqsa, barq urib rivojlanadi. Riflar
tanasida bir hujayrali suv o’tlari simbioz yashaydi. Shu sababdan korallar suvning
yorug’lik yetib boradigan 50 m gacha chuqurligida tarqalgan; kam sho’rlangan su-
vlarda, daryolaming quyilishjoyida uchramaydi. Madrepor korallar ifloslanmagan,
kislorodga boy suvlarda rivojlanadi.
Korall riflari juda ko’p dengiz hayvonlari uchun yashash va ko’payish joyi
hisoblanadi. Dengizlaming riflar tarqalgan joylarida suv o’tlari, mollyuskalar,
chuvalchanglar, qisqichbaqasimonlar, ignaterililar, baliqlar va boshqa
bo’shliqichlilar juda xilma-xil bo’ladi. Korall riflarida hayot kechiradigan suv
o’tlari va hayvonlar birgalikda korall riflari biotsenozini hosil qiladi. Bu
biotsenozdagi qattiq skeletga ega bo’lgan organizmlar rif hosil bo’lishida ishtirok
etadi. Boshqa ko’zga yaqqol tashlanadigan organizmlar uchun esa riflar pana joy
hisoblanadi.
Riflar qirg’oq riflari, baryer riflari va atollarga ajratiladi. Qirg’oq riflari
qirg’oqni dengiz tomondan о’rab turadi. Baryer riflari qirg’oqdan nariroqda, unga
parallel joylashadi. Avstraliya yaqinidagi baryer riflari qit’aning shimoliy sohillari
bo’ylab 1400 km masofaga cho’zilgan. Atol- lar suvdan biroz turtib chiqib
turadigan halqa korall orallaridan iborat. Halqa ichida dengiz suvidan iborat
laguna deb ataladigan ko’l bo’ladi. Suv, shamol yoki qushlar yordamida har xil
o’simliklar urug’i kelib o’sib qolishi tufayli atollarda hayot boshlanadi.
Ch. Darvin korall riflarini “Bigl” kemasida sayohat qilganida tekshirib, baryer
riflari va atollari qirg’oq riflaridan kelib chiqqanligini ko’rsatib berdi. Agar qirg’oq
riflari bilan har tomondan o’rab olingan orol asta-sekin cho’ka boshlasa, riflar
oroldan ajralib qolib, baryer riflariga aylanadi. Orol butunlay cho’kib ketib, uning
atrofi ko’tariladigan bo’lsa atollar hosil bo’ladi. Korall poliplarga uchta kenja sinf
kiradi.
Sakkiz nurlilar (Octocorallia) kenja sinfi
Sakkiz nurlilaming 8 ta paypaslagichi va 8 ta septasi bo’ladi, Skeleti
mezogleyada hosil bo’ladi. Kenja sinfga alseonariya (Alcyonaria), Gorgonariya
yoki muguzsimon korallar (Gorgonaria) va dengiz patchasi (Pennatularia)
turkumlari kiradi (43-rasm). Alseonariyalar eng sodda tuzilgan; ular skeleti
mezogleyada tarqoq joylashgan ignalardan iborat. Ular tropik dengizlarning uncha
chuqur bo’lmagan qismida ko’proq, mo’tadil va qutb dengizlarda kamroq
uchraydi. Shimoliy dengizlarda Gersemia urug’i vakillari tarqalgan,
Gorgonariyaning daraxtsimon koloniyasi o’qi shoxsimon moddadan iborat. Ayrim
korallar skeletida yod bo’ladi, shuning uchun qadimda ulardan dorivor preparat
sifatida foydalanilgan. Qizil korall (Corallium rubrum) O’rta yer dengizida 50 m
dan chuqurroqda uchraydi. Uning ohak skeleti qizil, alvon rangli yoki qo’ng’ir-
qizg’ish tusda bo’ladi, Qizil korallardan mayda taqinchoqlar tayyorlangan.
Dengiz patchasining koloniyasida poliplar ikki qator bo’lib joylashgan.
Koloniyaning bosh o’qi birlamchi polip hosil qiladi. Dengiz patchasi tanasining
pastki qismi bilan suv tubidagi qumga yoki loyga kirib oladi.
Olti nurlilar (Hexacorallia) kenja sinfi
Paypaslagichlari va tana bo’shlig’i kameralari juda ko’p, ularning soni karra
miqdorda bo’ladi. Beshta turkumi ma’lum. Ulardan aktiniyalar (Actinaria) va
madreporlar (Madreporaria) keng tarqalgan. Aktiniyalar ancha yirik, silindrsimon
yakka yashovchi poliplar. Ular tovoni yordamida juda sekin harakatlanadi.
Aktiniyalaming skeleti bo’lmaydi; tanasining diametri 60 sm. Ayrim aktiniyalar
(masalan, Sagartia va boshqalar) zohid qisqichbaqasimonlar bilan simbioz
yashaydi. Zohid qisqichbaqa aktiniyani chig’anog’i ustiga o’tqazib olib yurib, uni
kislorodga boy bo’lgan toza suv bilan ta’minlaydi; aktiniya esa qisqichbaqani
kuydirgich ipli paypaslagichlari yordamida himoya qiladi. Chig’anog’i tor kelib
o’sishga halaqit qila boshlasa, qisqachbaqa eski chig’anoqni tashlaydi; yangisini
topib, uning ichiga kirib oladi; aktiniyani ham yangi chig’anog’i ustiga o’rnatib
oladi. Madrepor korallar - ohaktoshli juda yirik kolonial organizmlar. Korall riflari
asosan madreporlardan iborat.
Korall poliplar: A - dengiz patchasi, В - gorgonariya (b - koloniyaning bir qismi
katalashtirilgan), D - umbellula, E - alsionium, F - astriya.
BO’SHLIQ1CHLILAR FILOGENIYASI
Bo’shliqichlilar orasida gidrozoylar eng tuban tuzilishga ega bo’lgan hayvonlar
hisoblanadi. Ularning tanasi ikki qavatli qopchaga o’xshash bo’ladi; ektodermal
halqumi va tana bo’shlig’i to’sig’i rivojlanmagan. Gidrozoylar orasida hech
shubhasiz dengiz gidroidlarini eng qadimgi hayvonlar deyish mumkin. Ularning
meduza davri keyinroq paydo bo’lgan. Chunki meduza polipga nisbatan ancha
murakkab tuzilgan. Meduza davrining paydo bo’lishi o’troq yashovchi poliplaming
tarqalishini osonlashtiradi. Hozirgi ayrim bo ‘shliqichlilar ikkinchi marta meduza
davrini yo’qotgan. Gidrozoylar orasida sifonoforalar keyinroq paydo bo’lgan. Ular
tanasidagi individlar ixtisoslashib, polimorf koloniyani hosil qiladi. Evolyutsiya
davomida ssifomeduzalaming polip stadiyasi murakkablashmasdan meduza
stadiyasi murakkablashib borgan. Bu hodisa meduzalarni erkin harakat qilishi
bilan bog’liq. Korall poliplar evolyutsiyasi ularda metagenezning bo’lmasligi
tufayli o’troq yashashga moslashuv yo’nalishida borgan. Korall poliplar tuzilishida
ham bir qancha murakkablashuv belgilari paydo bo’lgan. Chunki ulaming hazm
qilish sistemasi ektodermal halqum va endodermal ichakka bo’lingan. Oshqozon
devorida to’siqlar paydo bo’lishi ichakning hazm yuzasini kengaytiradi. Korall
poliplar va ssifomeduzalaming tuzilishi umumiy plani gidrozoylarga o’xshash
bo’lganidan, bu sinflar gidrozoylar bilan genetik jihatdan bog’langan deyish
mumkin.
Lekin bo ‘shliqichlilar endodermasidagi bezli hujayralar gastral bo’shliqqa hazm
shirasi ishlab chiqarishi tufayli oziqning hazm bo’lishi tana bo’shlig’ida
Gidra (Hydra oligactis):
A - erkak gonadalari. В - urg’ochi gonadalari. D - kurtaklanayotgan gidra.