BOSHQARISH USULLARI. BOSHQARUV QARORLARI.
Reja:
1. Boshqaruv usullari.
2. Zamonaviy menejerning prinsipial modeli va fazilatlari.
3. Boshqaruv darajalari.
4. Rahbarning muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari.
5.Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo‘yiladigan talablar.
6. Boshqaruv qarorlarining tasnifi.
7. Boshqaruv faoliyatiga oid qarorlarini qabul qilish usullari.
8. Qaror qabul qilish jarayoni.
1
Tayanch so‘z va iboralar: tashkiliy, ma’muriy usullar, tashkiliy ta’sir
ko‘rsatish, farmoish berish, huquqiy vositalar va normalar, iqtsodiy usullar, kredit
tizimi, soliq tizimi, subsidiya va sanatsiya, transport to‘lovlar, sotsial ruxsat usullar,
sotsiologik usullar, qarorlarni bajarish, qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish,
nazorat funksiyasi, nizom, qaror, qarorning turlari, shakli, muhiti, qaror qabul
qilish usullari.
1. Boshqaruv usullari.
Korxonalarda boshqaruv usullari ishchi jamoalari oldiga qo‘yilgan
vazifalarni o‘z vaqtida yuqori sifatli qilib bajarilishini ta’minlash uchun ularga
nisbatan ko‘riladigan chora-tadbirlarni va ta’sirchan usullarni qo‘llanishini
bildiradi.
Ishlab chiqarish boshqaruvida qo‘llaniladigan barcha usullar o‘zaro uzviy
bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini to‘ldiradi. Boshqaruv usullari o‘zining tavsifiga ko‘ra:
iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy, ijtimoiy-ruhiy bo‘lishi mumkin.
1.Iqtisodiy usullar. Boshqarishning bu usuli xodimlar va mehnat
jamoalarining moddiy manfaatlariga asoslangan bo‘lib, davlat, jamoat va har bir
xodimning manfaatlarini bir-biri bilan uzviy bog‘lashga imkon yaratadi. Ishlab
chiqarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx, foyda, rentabellik, xo‘jalik hisobi,
moddiy rag‘batlantirish fondi kiradi.
2.Tashkiliy-ma’muriy
boshqaruv usullari. Boshqarishning bu usuli
yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Tashkiliy-
ma’muriy ta’sir ko‘rsatish bu boshqaruvning aniq boshqarilayotgan ob’ektga yoki
shaxslarga qaratilgan majburiy tavsifidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy
ko‘rsatmalaridir. Bunday ko‘rsatmalar jumlasiga mahsulot turlarini rejaga asosan
bir maromda ishlab chiqarishni yuqori darajada tashkil qilish, mahulot sifatini
yaxshilash, mehnat me’yorlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mehnat intizomini
mustahkamlash va boshqa tez xal qilinadigan masalalar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar
kiradi.
2
3.Ijtimoiy-ruhiy boshqaruv usullari. Bu usul mehnatkashlarning ishlab
chiqarishni boshqarishda keng miqyosda ishtirok etishiga asoslangan bo‘lib, uni
qo‘llashdan asosiy maqsad jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir.
Mehnat jamoalarida ijtimoiy-ruhiy muhitning holati chiqqan nizolar soni bilan
belgilanadi. Nizom bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasidan muayyan
ixtilovlarni xal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmasligini
bildiradi.
Zamonaviy menejerga butun dunyoda samarali, innovatsion rahbar deb
qaraladi, uning yutuqlari quyidagilardan tashkil topadi.
YeTAKChI + HUQUQ + ISh USLUBI + MANSAB
2. Zamonaviy menejerning prinsipial modeli va fazilatlari.
12-rasm. Zamonaviy menejerning prinsipial modeli.
Yutuqqa erishish uchun menejer quyidagilarni bilishi lozim:
3
Билим ва маҳорат
Аҳлоқ меъёрлари
Шахсий
фазилатлар
Менежер
Шахсий ресурслар
Самарали
бошқаришда кўникма
ва қобилият
Ўз-ўзини ривожлантириш
1. Bozor iqtisodiyoti qonunlari va tamoyillari;
2. Zamonaviy menejment nazariyasi va amaliyotini;
3. Xo‘jalik yuritish tashkiliy tuzilmasini, modellashtirish uslublarini, uni tashkil
etish nazariyasini;
4. Menejment tizimida odamlarning bir maqsad yo‘lidagi hulq atvorlari, yurish-
turish tarzini asoslash shakllari uslublarini;
5. Boshqaruvning zamonaviy piradigmalarini;
6. Bozor tuzilmalarini loyihalashga sistemali yondoshishni;
7. Bozor tuzilmasi faoliyati natijalarini kompleks ravishda tahlil etish usullarini
bilishi kerak.
Boshqaruvning samaradorligini, dastavval, ishlab chiqarish bosh omilining:
kapital, materiallar, odamlar, axborotlar va tashkil etishning birlashishi bilan
ta’minlanadi, ularning eng muhimini, asosiysi insondir. Inson faqatgina maqsadga
erishish vositasi bo‘libgina qolmay, shuningdek, menejmentning maqsadi hamdir.
Insonni samarali, barakali mehnat qilishga, uning uchun yaratilgan shart-
sharoitlar ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Menejer quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:
1. Bilimga tashnalik. Professionalizmga ijodiy yondoshish
2. Qat’iylik, o‘ziga ishonch va ishga fidoyilik.
3. Erkin firlash topqirlik,tashabbuskorlikni hayotga tadbiq eta olish.
4. Odamlarga ruxiy ta’sir ko‘rsata olish saloxiyati.
5. Uddaburon bo‘lish va yutuqli hisob qilish.
6. Xissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidamli bo‘lish.
7. Ochiq ko‘ngilli tadbirkorli va yuz berayotgan o‘zgarishlarga oson
moslashish
8. Vaziyatni boshqara olish.
9. O‘zini-o‘zi o‘stirish va o‘zini safarbar etishga ichki ehtiyoj sezish.
10.Sabrli va bardoshli bo‘lish.
11.O‘zini muvaffaqiyatli himoya qila olishga, moyillik va samarali bo‘lish.
12.O‘z ishi va qabul qilgan qarorlari uchun mas’uliyatni xis etish.
13.Jamoada va jamoa bilan ishlashga o‘zida ehtiyoj sezish.
4