BOSHQARISHNING TASHKILIY STRUKTURALARI
Reja
4.1. Boshqarish strukturasining mazmuni
4.2. Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
4.3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari
4.4. Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi
korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
Tayanch iboralar
Struktura. Ishlab chiqarish strukturasi. Boshqarish bo’gini. Boshqaruv tashkiliy
strukturasi. Chiziqli struktura. Funktsional struktura. CHiziqli shatabli struktura.
CHiziqli funktsional struktura. Norasmiy aloqalar. Korxona. Firma. Konglomerat.
Venchur.
4.1. Boshqarish strukturasining mazmuni
"Struktura" - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq,
ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va
funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va
bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal
qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi
organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa
boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda
"boshqaruv apparati strukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining
(vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k)
bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda
boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish
jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat
ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar
o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. SHu maqsadda ishlab chiqarish
bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning
ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab
chiqarish strukturasiga egadir.
SHunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob’ektlari va
organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo’g’inlari
va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Boshqarish bo’g’ini - bu boshqarishning ayrim yoki qator funktsiyalarini
bajaruvchi mustaqil strukturasi bo’limlaridir. Bu bo’limlar o’rtasidagi bog’lanish
va aloqalar gorizontal harakterga ega: Vazirlik, birlashma, korxona, tsex, uchastka.
Boshqarish bosqichlari bir boshqarish bo’g’inining ikkinchisiga, odatda, quyi
bo’g’inning yuqori bo’g’inga izchillik bilan bo’ysinishini ko’rsatadi. Bu vertikal
bo’yicha bo’linishdir.
Barcha bo’g’in va bosqichlarning tarkibi va ularning o’zaro bo’ysunish tartibi, har
bir boshqaruv organi va bo’g’inning huquq va burchlari, shuningdek, ular
o’rtasidagi munosabatlar tartibi, axborot kabi boshqarishning tashkiliy unsurlari
boshqarish tizimini tashkil qiladi.
Boshqarish tizimi turli miqyoslarga ega bo’lishi mumkin. CHunonchi:
butun xalq xo’jaligini (tarmoklarni va mamlakat tumanlarini) boshqarish;
har bir tarmoq va tuman tasarrufidagi korxonalarni boshqarish;
korxonalar ichidagi bo’limlarni (tsexlar, uchastkalar va xokazolarni) boshqarish.
O’z navbatida, butun xalq xo’jaligini boshqarish ham uni "tarmoq", "birlashma" va
"korxona" darajalaridagi iyerarxik bosqichlar miqyosida amalga oshiriladi.
Boshqarish strukturasi boshqarish apparatining operativ ishlashini ta’minlashi
lozim. Bu faoliyat joriy vazifalarni o’z vaqtida va mohirlik bilan tez hal etishda
namoyon bo’ladi. Bunga ishlab chiqarishning miqyosi, murakkabligi, boshqarish
ob’ektlarining joylashuvi ham ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, boshqarish
strukturasi qanchalik mukammal bo’lsa, ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir o’tkazish
shunchalik samarali amalga oshiriladi.
4.2. Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:
CHiziqli struktura;
CHiziqli-shtabli struktura;
Funktsional struktura;
CHiziqli-funktsional struktura;
Dasturli-maqsadli struktura;
Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo
vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’sunish turlariga ko’ra bir-biridan farq
qiladi.
Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha
masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining
masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb
ataladi.
Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud
bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi
aloqalardir.
Boshqaruv strukturasida asosiy o’rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar
egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar muhimdir. Ba’zan ular tashkilotning ishini
yo’lga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Norasmiy aloqalar turli xilda bo’lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi
qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar,
qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki do’stona munosabatlar, birga o’qiganlik
va boshqalar kiradi.
Norasmiy aloqalar ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. CHunki:
norasmiy aloqalar rasmiy strukturaning barcha bo’g’inlari bilan kesishadi; qator
munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo’ladi va korxonaning barcha ishiga ta’sir
ko’rsatadi;
norasmiy tizim o’zining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha korxona faoliyatining
samarali tashkil qilishga imkon beradi.
Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo’q emas. ehtiyotkorlik,
sezgirlik yo’q bo’lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va
shunga o’xshash ko’rinishlarning sodir bo’lishi hech gap emas.
Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik
asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
Bo’ysunuvchi xodimlar faqat o’zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini
bajaradilar. YUqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita boshlig’ini
"chetlab" murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex boshlig’ini
chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. SHu tariqa rahbarlikning vertikal
liniyasi va bo’ysunuvchilarga ta’sir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri yo’li ochiladi.
CHiziqli stukturaning o’ziga xos ijobiy tomonlari va kamchiliklari bor.
Ijobiy tomonlari:
bunday struktura bir-biriga zid, chalkash topshiriqlar berilish hollarini
kamaytiradi;
yakkaboshchilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi;
bu struktura oddiy, puxta va tejamlidir;
bosqichlar soni kam bo’lganda boshqariluvchi ob’ekt ishiga kam kishi aralashadi;
vazifalar tezkor hal etiladi butun tizim samarali ishlaydi;
xodimlar faqat o’z rahbariga hisobot beradilar, natijada ijrochilik va intizom
darajasi ancha oshadi.
Salbiy tomonlari:
bunday struktura oddiy, barqaror masalalarni echishga mo’ljallanganligi sababli
uning doirasida kompleks masalalarni hal qilish ancha qiyin kechadi, bunday
sharoitda rahbarlar ko’proq tezkor ishlar bilan band bo’lib, strategik kompleks
muammolarni e’tibordan chetda qoldiradilar.
bunday boshqarishda teng huquqli struktura birliklari negizida gorizontal
bog’lanish bo’lmaydi, bunday boshqarish sharoitida buyruqbozlik va
rasmiyatchilikning paydo bo’lish xavfi kuchli chunki, strukturaning har bir
bo’g’inida rahbar o’z lavozimi bo’yicha farmoyish berish uchun barcha huquqlarga
ega bo’ladi.
CHiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar,
maslahatchilar kengashi, ya’ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura
quyidagi ko’rinishga ega:
Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi.
Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish
xizmati, audit guruhi va boshqaruv.
SHtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul
qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga
asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda
mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi.
CHiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi
vazifalarning bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi
vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular
maslahat berish funktsiyasini bajaradilar. CHiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi
taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash
va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat.
SHtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo’lgani uchun
korxona faoliyatini boshqarish bir tomondan engillashadi, boshqa tomondan esa
berilgan maslahatlar qarama-qarshi bo’lganligi sababli murakkablashadi.
SHunday hollarda har ikkala tomon o’zinikini ma’qullashga, o’z obro’larini
saqlashga harakat qiladi. Natijada o’rtada nizo chiqadi.
Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini
ilmiy-tadqiqot ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga
qaratadilar. Kamchiligi esa boshqaruv tizimida ortiqcha bo’g’inlarning paydo
bo’lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqarish harajatlarining
o’sishidadir.
CHiziqli-shtabli strukturadan farqli o’laroq boshqaruvning funktsional strukturasi
rahbarlar va struktura bo’g’inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga
qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo’g’iniga muayyan funktsiyalar biriktirib
qo’yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa
moliyani boshqarish bilan shug’ullanadi.
Boshqarish apparatini funktsional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha
oshiradi. Boshqarishning barcha funktsiyalarini bajarishi lozim bo’lgan universal
rahbarlar o’rniga o’z sohasini puxta biladigan, o’z shtatiga ega bo’lgan, o’ziga
topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo
bo’ladi.
Albatta, funktsional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari:
o’z sohasini chuqur va puxta biladigan;
jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo’lgan;
o’z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan;
chiziqli struktura rahbarlarini shu tavsiyalarni amalga oshirish maqsadga
muvofiqligiga ishontira oladigan kishilar bo’lishi kerak.
Funktsional bo’linmalar bevosita barcha quyi struktura bo’linmalarining faoliyatini
boshqaradi. Funktsional boshqarish u yoki bu funktsiya vakolatiga taalluqli tor
doiradagi masalalar bo’yicha quyi bosqich organlari va bo’linmalari faoliyatiga
rahbarlikni ta’minlaydi. Masalan, korxonaning reja bo’limi tsexlarning reja
byurolariga rahbarlik qiladi.
Bunda ham funktsional bo’limlar rahbarlarining vertikal bo’yicha iyerarxiyasi va
bo’ysunishi mavjud. Ammo chiziqli strukturadan farqli o’laroq bunday bo’ysinish
ma’muriy emas, balki sof uslubiy maslahatli bo’ysinishdir. Funktsional struktura
ham o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega.
Salbiy tomonlari: bunda boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Bu esa
boshqaruv samaradorligining, kasb mahorati darajasining o’sishini ta’minlaydi,
funktsional sohada muvofiqlashtirish ishini yaxshilashga erishiladi. Xizmatchilar
bunga yaxshi va tez ko’nikma hosil qiladilar, moddiy harajatlarni kamaytiradi va
boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo’yadi va hokazo.
Ijobiy tomonlari: Funktsional organlar o’ziga topshirilgan funktsiyalarni sifatli
bajarishdan manfaatdor bo’lib, "begona" funktsiyalar uchun ham, butun
korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar
o’z funktsiyalari bo’yicha farmoyish berish huquqiga ega bo’ladi. Binobarin, bu
narsa: yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, ijrochilar mas’uliyatining
susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa
bo’ysinadi, ko’pincha ulardan bir-biriga zid ko’rsatmalar oladi.
Funktsional strukturadagi qayd qilingan kamchiliklar, ya’ni:
funktsional bo’limlar ishlashlarini muvofiqlashtirish darajasining yuqori emasligi;
rahbarlar vazifalari va huquqlarining etarli darajada muvofiqlashmaganligi;
ishning pirovard natijalari uchun aniq va mas’ul xodimlarning yo’qligi;
funktsional bo’linmalar o’rtasida ish yuzasidan nizolarning mavjudligi;
boshqaruv apparatida ishga turalarcha munosabatda bo’lish hollarining mavjudligi
kabilarni bartaraf etish uchun chiziqli-funktsional (aralash) turdagi boshqaruv
strukturasi tuziladi.
CHiziqli-funktsional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv
bo’lib hisoblanadi. Barcha boshqaruv bosqichlari va mustaqil uchastkalar o’z
rahbariga ega bo’ladi. Rahbar ishlab chiqarish xo’jalik faoliyatini yakkaboshchilik
asosida boshqarish huquqiga ega bo’ladi va faoliyat natijalari uchun to’la javobgar
hisoblanadi.
Boshqaruvning chiziqli struktura sharoitida ishlaydigan rahbarlarga malakali
yordam ko’rsatish uchun funktsional va idoraviy tashkilotlar tashkil etiladi va bu
tashkilotlarning vazifasi boshqaruv qarorlarini tayyorlash va rahbarlarga malakali
yordam berishdan iborat.
Hozirgi zamon korxonalari faoliyatidagi ko’pgina muammolarni hal etish
gorizontal bo’yicha kelishib olishni va muvofiqlashni talab etadi.
Bularni mazmun va muddatlariga ko’ra kelishib olish, ishlab chiqarishning
ko’pgina unsurlarini tutashtirish ishlarini turli xizmatlar bajaradi. Goho funktsional
xizmatlar o’rtasidagi bu gorizontal aloqalar juda cho’zilib ketadi, baxs va nizolar
bilan amalga oshiriladi. CHiziqli struktura rahbari esa ko’p sonli bo’linmalar ishini
muvofiqlashtirishga juda qiynaladi.
Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo’li bilan,
aniqrog’i, chiziqli-funktsional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo’li
bilan hal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi. Bunday
struktura quyidagi uch ko’rinshda bo’ladi:
loyiha bo’yicha boshqaruv;
mahsulotga ko’ra boshqaruv;
matritsaviy struktura.
Loyiha bo’icha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy
qilish zaruriyati tug’ilgan hollarda foydalaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus
xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va
uning ijro etilishini nazorat qiladi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruvning afzalligi axborotlarning kelish yo’llari va
oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga to’la rioya qilinishida,
boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos qilishda
namoyon bo’ladi. Bunday struktura bozorda talabning o’zgarishiga tezkor
munosabat bildirishga qodir.
Matritsaviy struktura bo’yicha boshqarish ancha murakkab bo’lib, u mahsuloti
nisbatan qisqa "umr" ko’radigan va tez-tez o’zgarib turadigan korxonalar
tomonidan qo’llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo’lga
qo’yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar
faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog’lashga, texnika sohasida yuqori
malakali xizmat ko’rsatishga va ekspertizani ta’minlashga qaratilgan.
Ushbu strukturani "To’r" ko’rinishida tasavvur etish mumkin. U ikki turdagi
strukturaning, ya’ni:
- funktsional struktura;
- mahsulot bo’yicha strukturalar kombinatsiyasini ifodalaydi.
4.3. Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari
G’arb adabiyotlarida "strukturani takomillashtirish" iborasi umuman
qo’llanilmaydi. Uning o’rniga:
"strukturaga o’zgartirish" kiritish;
strukturani almashtirish;
strukturani tanlash;
strukturani integratsiyalash kabi iboralar ishlatiladi.
Strukturaga o’zgartirish kiritish va uni almashtirish - bu jahon amaliyotidagi
doimiy jarayon bo’lib, har qanday tashkilotda menejer faoliyatini ifodalovchi
asosiy ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bunday o’zgarishlarning bosh omili - bu
ilmiy-texnika taraqqiyoti va kuchli raqobatdir. AQSH firmalarida, G’arbiy evropa
va rivojlangan SHarq davlatlarida boshqaruv strukturasi o’rtacha har 3-5 yilda
almashtirilib turiladi.
Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo’llari:
1. Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli
Boshqaruv bo’g’inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning quyi bo’g’iniga huquq
va vakolatni ko’prok berish (demarkazlashuv). Bunday usul inqilobiy usullar
qatoriga kiradi.
SHtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirish, matritsali strukturadan
chiziqli funktsional strukturaga o’tish boshqaruvchilar sonini har 3-7 kishiga bitta
rahbar emas, balki 10-12 kishiga bitta rahbar to’g’ri kelishiga erishish lozim, ya’ni
boshqaruv normasiga erishishga intilish kerak.
2. Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan struktura
bilan almashtirish.