BOSHQARUV FUNKSIYALARI VA TAMOYILLARI.
Reja:
1. Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari. Qonunlarni tatbiq etish.
2. Amir Temurning boshqaruv tamoyillari.
3. O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi.
4. Davlat boshqaruvi.
5. Boshqaruv funksiyalari to‘g‘risida tushuncha.
6. Boshqaruv tamoyillari.
1
Tayanch so‘z va iboralar: tashkilot mazmuni, oddiy, murakkab, formal va
noformal tashkilotlar, mehnat taqsimoti, rahbar azifalari, boshqaruv funksiyalari,
boshqaruv darajalari, boshqaruv usullari, tamoyillar, shaxslararo, informatsion va
qaror qabul qilish bilan bog‘liq vazifalar, rejalashtirish, tashkil etish,
rag‘batlantirish, nazorat, yuqori, o‘rta va quyi bug‘in rahbarlari.
1. Menejmentning qonun-qoidalari va tamoyillari. Qonunlarni tatbiq etish.
Har qanday faoliyat ma’lum qonun-qoidalarga asoslanadi. Menejment ham o‘z
qonunlariga, tamoyillariga egadir. Ularga amal qilish orqali olib borilgan
faoliyatgina samarali faoliyat bo‘la oladi. Menejment faoliyatini uning qonun-
qoidalarini, tamoyillarini hisobga olmasdan olib borish samarasizlik sari qo‘yilgan
qadam bo‘ladi. Menejment qonunlari menejment fani va amaliyotining poydevorini
tashkil etadi. Bu qonunlarda menejment ob’ekti va sub’ekti o‘rtasidagi ob’ektiv,
muhim, takrorlanadigan, nisbiy, turg‘un, aniqlik, mohiyat bilan umumiy bog‘lanish
va aloqadorliklar o‘z ifodasini topadi. Bu umumiy bog‘lanish va aloqadorliklar
ma’lum shart-sharoitlarda voqealar rivojining yo‘nalishi va xususiyatini belgilab
beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki menejment tamoyillari hamma uchun majbur
bo‘lgan me’yor, qoida, rasm-rusum, moyilliklar orqali ta’riflanishi va ifodalanishi
mumkin. Menejmentning umumiy tamoyillari 3-jadvalda ko‘rsatilgan.
Boshqarish tamoyili deganda boshqaruv organlari va rahbarlari faoliyatining
asosini tashkil etuvchi qonun-qoidalar tushuniladi. Boshqarish tamoyillari bu -
boshqaruv amaliyotida ob’ektiv qonunlardan foydalanish shakllaridir. Menejment
amaliyotida qonunlardan foydalanish orqali boshqaruv faoliyatining
samaradorlikka erishishi uchun asos yaratiladi.
3-jadval
Menejmentning umumiy tamoyillari
№ Tamoyillar
Tamoyillar izoxi
1. Demokratik
Ommani boshqarishga keng ko‘lamda jalb qilishni, ishlarning
2
tamoyil
kengash va maslahat bilan bajarilishini talab qiladi.
2. Ierarxiya
tamoyili
Boshqaruvning pog‘onaliligiga asoslanadi. Bu tamoyil, bir
tomondan, markaziy, ikkinchi tomondan esa viloyat shahar va
tumanlar darajasidagi davlat xokimiyati hamda boshqaruv
idoralarining vazifalarini aniq belgilashni talab qiladi.
Samarasiz boshqaruv bo‘g‘inlari qanchalik ko‘p bo‘lsa,
boshqaruv jarayoni shunchalik chigallashi.
3. Rejalashti-
rish tamoyili
Boshqaruv bo‘g‘inlari o‘rtasidagi taraqqiyot nisbatlarini
aniqlaydi, shartnomalarning bajarilishini tashkil etadi hamda
nazorat qiladi.
4. Yakkaxokim
-lik tamoyili
Boshqaruv faoliyati belgilangan shaxs tomonidan bajarilib,
unga boshqariladigan ob’ekt, uning mol-mulki, pul
mablag‘lari ishonib topshiriladi. Yakkaxokimlik boshqarishda
jiddiy tartib va mehnat intizomini ta’minlaydi. Bajariladigan
masalalar birglaikda muhokama etiladi, ammo javobgarlik
rahbarda qolaveradi.
5. Ilmiylik
tamoyili
Boshqaruv faoliyatini olib boradigan shaxs chuqur ilmiy
bilimlarga ega bo‘lishi lozim. U boshqaruv faoliyatini ilmiy
asoslangan xolda olib borishi talab etiladi. Menejerlardan
chuqur bilimni, o‘z sohasini, iqtisod, mantiq, ruxiyat,
matematika, chet tili, texnologiya kabi fanlarni yaxshi bilishni
talab qiladi. Shu bilan birga, menejerlar tashkilotchi,
tashabbuskor, g‘oyalarga boy, izlanuvchan, bozor
kon’yukturasini yaxshi biladigan, tavakkal qilishdan
qo‘rqmaydigan mutaxassis bo‘lishini talab qiladi.
6. Qayta
aloqalar
tamoyili
Boshqaruvchi tomonidan qabul qilingan har qanday qaror
ijrochilarga tushunarli bo‘lishi hamda ular tomonidan o‘z
vaqtida va samarali tarzda bajarilishi lozim. Qaytar aloqalar
bo‘lishiga erishish lozim.
7
.
Javobgarlik
tamoyili
Bu tamoyil, eng avvalo, menejerning javobgarligini nazarda
tutadi. Bajaruvchanlik madaniyati past, mas’uliyatsiz rahbar
3
korxonani yuqori darajadagi samaradorlikka olib bora
olmaydi. Menejerlar o‘z qo‘l ostidagilar faoliyati va yashash
darajasi uchun ham javobgar hisoblanadilar.
2. Amir Temurning boshqaruv tamoyillari
Boshqarish nazariyasining dastlabki ko‘rtaklari qadim zamonlarga borib
taqalib, Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o‘rta asr davrida Amir Temur
hukmronligi vaqgidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy
bo‘lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. Bizga ma’lumki, 1340-1400 yillarda Amir
Temur xukmronligi davri bo‘lgan. Bu davrda Amir Temur o‘z xukmronligi
ostidagi xududlarda mamlakatni idora qilish va saltanatni boshqarish uslubini,
strategiyasi va taktikasini joriy qildi. U bu davrda IV-XV asrlar voqealari va
ijtimoiy hayotni o‘zida aks etirgan qimmatli asar Temur tuzuklarini yaratdi.
Mazkur asarda bayon etilgan boshqarish yo‘l-yo‘riqlari, qonun-qoidalari, pand-
nasihatlari O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida xizmat qilmoqda.
Kuchli davlatni barpo etish, davlat hokimiyatining qaysi ijgimoiy toifalarga
tayanishi, mansabdor shaxslarni ularning sifatlariga ko‘ra tanlash va vazifalarga
tayinlash borasida amaliy jihatdan mukammal bo‘lgan ta’limotni yaratdi.
O‘sha davr menejerlari harbiy intizomni o‘rnatish maqsadida odamlarni jazo
bilan qo‘rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so‘zsiz itoat etish kabi usullarni
qo‘llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji
boricha ko‘proq qo‘shimcha qiymat undirishning g‘oyatda samarali usuli, deb
qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo
etilganligiga ham Sohibqironning o‘z qo‘l osgidagilarni "qo‘rquv bilan umid
o‘rtasida ushlash" bo‘yicha boshqargani sabab bo‘lgan.
O‘rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari
qadim zamonlarda ham u yoki bu ko‘rinishda mavjud bo‘lgan. Ammo, ular Amir
Temur hukmronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, bunga Amir
Temurning "Temur tuzuklari" asari yorqin misol bo‘la oladi. Asar ikki qismdan
iborat.
4
A.Temur asarining birinchi qismi Amir Temurning o‘z davlatini barpo etish va
uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo‘shin tuzish
borasida tatbiq etgan "tuzuklari" va rejalaridan iborat bo‘lib, unda hatto
qo‘shinning jangovor saflanish tartibi ham mahsus jadvallar orqali ko‘rsatib
berilgan.
Asarning o‘n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa
Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo‘shin tuzish va dushman
lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari o‘z
ifodasini topgan.
Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi bo‘lgan. U o‘zi
tuzmoqchi bo‘lgan davlatning markaziy apparati va mahalliy hokimiyatning
qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari
hamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan.
Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda o‘tirgan noiblarning
roli benihoya katta bo‘lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va
vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha
sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo‘lishi
kerak. "Tuzuklar" muallifining fikriga ko‘ra, masalan, vazirlar to‘rt sifatga ega
bo‘lishlari shart:
1.
Asillik, toza nasllik va ulug‘vorlik.
2.
Aqlu farosatlik.
3.
Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g‘amxo‘rlik
ko‘rsatish, ular bilan yaxshi muomalada bo‘lish.
4.
Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
"Tuzuklar"da keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Amir Temur o‘z davlatini, bir
uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo‘lgan ulkan mamlakatni
bor-yo‘g‘i yetti nafar vazir yordamida boshqargan.
Amir Temur davlatni boshqarishda o‘ziga xos tamoyillardan foydalangan.
Boshqaruv tamoyillarining shakllanishi chuqur tarixiy ildizlarga ega. O‘zining
ixcham, tezkor boshqarish devoniga ega bo‘lgan Amir Temur saltanatidek buyuk
davlat:
5
ilmiylik;
yakkahokimlik;
ierarxiya;
bilimdonlik;
demokratiya kabi tamoyillar asosida boshqarilgan.
Xurosonlik yirik shayx va shayxulislom, Amir Temurning etiqod qo‘ygan piri,
tinchliksevar va raiyatparvar inson Zaynuddin Abubakir Toybodiy Temurga
maktub yozib, uning saltanat yumushlarida quyidagi "to‘rt ish”ni qo‘llashini
tavsiya etgan, ya’ni:
1. Kengash.
2. Mashvaratu maslahat.
3. Hushyorligu mulohazakorlik.
4. Ehtiyotkorlik.
“Shunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan
ish yuritgin, toki oqibatda nadomat chekib, pushaymon bo‘lmagaysan. Yana shuni
ham bilgilkim, saltanat ishlarining bir qismi sabru toqat bilan bo‘lgay, yana bir
qismi esa bilib-bilmaslikka, ko‘rib-ko‘rmaslikka solish bilan bitur. Tadbirlardan
ogoh qilingandan keyin shuni aytish joizdirkim, qatiylik, sabr, chidamlilik,
hushyorlik, ehtiyotkorlik va shijoat bilan barcha ishlar amalga oshirilgay.
Vassalom”.
Maktubni o‘qnb Amir Temur o‘z "tuzuklari"da: "U menga saltanat ishlarining
to‘qqiz ulushi mashvarat, tadbir va kengash, qolgan bir ulush esa qilich bilan bajo
keltirishni anglatdi. Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, jang
ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi mingga tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqsir.
Chunki tajribali bir kishi minglab odamga ish buyuradi"- deb yozgan edi.
3. O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri
bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini
6
tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili deb e’lon qilindi.
2017−2021 yillarda O‘zbekistonni
rivojlantirish
harakatlar
strategiyasining beshta ustuvor yo‘nalishi (quyida — yanada batafsil)
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda
parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat
boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini
rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari
sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq
etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini
kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilishga yo‘naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
mustahkamlash, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini,
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi
samarasini oshirish, sud jarayonida tortishuv tamoyilini to‘laqonli joriy etish,
yuridik yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq
xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom
ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish,
hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real
daromadlarini izchil oshirib borish, ijtimoiy himoya va sog‘lig‘ini saqlash tizimini
7
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-
joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli
dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat
yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash,
O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini
shakllantirish, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
4. Davlat boshqaruvi.
Boshqaruv faoliyati nazariyalarini tahlil qilishda davlat boshqaruvini
o‘rganishga alohida ahamiyat qaratilishi lozim. Mamlakatimizda davlat
boshqaruvini tashkil etilishini o‘rganishga kirishamiz.
O‘zbekiston - mustaqil, demokratik respublika. Unda demokratiya
umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi, bu tamoyillarga asosan eng oliy qadriyat
inson, uning hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va boshqa ajralmas
xuquqlaridir. Demokratik xuquq va erkinlik Konstitutsiya va qonunlar tomonidan
ximoya qilinadi. Rsepublika o‘z milliy - davlat va ma’muriy-xududiy tuzilishini
mustaqil ravishda belgilaydi, o‘z ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Jamiyat
hayotining eng muhim masalalari umumxalq muhokamasiga havola qilinadi,
umumiy ovoz berish (referendum) natijasida hal etiladi. Respublika davlat jamiyati
tizimi xokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlariga
bo‘linish tamoyillariga asoslanadi.
Mamlakatimizda oliy davlat vakillik tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi hisoblanadi. Oliy Majlis qonun chiqaruvchi xokimiyatdir. U xududiy
saylov okruglardan saylanadi. Oliy Majlisga saylanish xuquqiga saylov kunigacha
25 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ega bo‘ladilar.
8
Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qiladi,
shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi
qonunlarini qabul qiladi; qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari
tashkilotlari tizimi va vakolatlarini belgilaydi; bojxona, valyuta va kredit
faoliyatini, davlat bankini boshqarishni qonuniy jixatdan tartibga soladi,
shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xududiy ma’muriy tuzilishi, chegaralarining
o‘zgarishi masalalari bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti:
mamlakat fuqarolari xuquq va erkinliklarini ximoya qilish, O‘zbekiston
Respublika Konstitutsiyasi va qonunlari bajarilishini kafolatlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi, xavfsizligi, xududiy yaxlitligini
ximoya qilish, milliy davlat tuzilishi masalalarini xal qilish bo‘yicha zarur
choralarni belgiladi;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muzokaralar olib boradi va shartnoma
hamda bitimlarni imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan bitim, shartnomalarga
rioya qilinishni va u tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilishini
ta’minlaydi;
diplomatik va boshqa vakillarining ishonch va chaqiruv yorlig‘ini qabul
qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik va boshqa vakillarini
tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi;
Respublika Oliy Majlisiga yillik ichki va tashqi vaziyat haqida ma’ruza
taqdim etadi;
ijroiya xokimiyat apparatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi; respublika
oliy xokimiyat tashkilotlari va boshqaruvning o‘zaro aloqasini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat
boshqaruvining boshqa tashkilotlarini ta’sis etadi va tugatish bo‘yicha farmonlar
chiqarib, ularni tasdiqlash uchun Oliy Majlisga taqdim etadi;
Bosh vazirni tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, uning birinchi
o‘rinbosari, bosh vazir o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi a’zolarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning
9
o‘rinbosarlarini keyinchalik Oliy Majlis tasdiqlashi sharti bilan tayinlaydi va
vazifasidan ozod qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Konstitutsiya sudi raisi, Oliy sud
raisi va a’zolari, Oliy xo‘jalik mudi raisi va a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy Banki boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza
qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi;
viloyat, tuman, shahar va xo‘jalik sudlari sudyalarini tayinlaydi va ishdan
bo‘shatadi;
viloyatlar va Toshkent shahar xokimlarini ularni keyinchalik xalq deputatlari
kengashi tomonidan tasdiqlash sharti bilan tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi.
Prezident tuman va shahar hokimlarini ular konstitutsiya, qonunlarga rioya
qilmagan, hokim sha’niga dog‘ tushiradigan harakatlar qilgan taqdirda o‘z qarori
bilan vazifasidan ozod qilish xuquqiga ega;
respublika davlat boshqaruv tashkilotlari, hokimlar qarorlari amal qilinishini
to‘xtatadi, bekor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini imzolaydi. Prezident Oliy Majlis
qabul qilgan qonunlarga e’tiroz bildirib, qayta muhokama qilib, ovoz berish uchun
qaytarish xuquqiga ega. Agar Oliy Majlis uchdan ikki qismi ovoz berishi natijasida
ilgari qabul qilingan qarorni tasdiqlasa, Prezident qonunni imzolaydi;
favqulodda xollarda (tashqi taxdid, ommaviy betartiblik. Yirik xalokatlar,
tabiiy ofatlar) va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasining butun xududida yoki aloxida mintaqalarida favqulodda xolat
e’lon qiladi va sutka davomida bu xaqidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;
respublika qurolli kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni bo‘ladi. Qurolli
kuchlarning oliy qo‘mondonligi lavozimlariga tayinlaydi va vazifasidan ozod
qiladi; oliy harbiy unvonlar beradi;
O‘zbekiston Respublikasiga xujum qilingan yoki o‘zaro bosqinchilikka
qarshi shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati vujudga kelgan xollarda urush
xolatini e’lon qiladi va sutka davomida bu qarorni tasdiqlash uchun Oliy Majlisga
xavola qiladi;
10
O‘zbekiston Respublikasi ordenlari, nishonlari va yorliqlari bilan
mukofotlaydi va malaka hamda faxriy nomlarni beradi;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi va siyosiy boshpana berish masalalarini
hal qiladi;
5. Boshqaruv funksiyalari to‘g‘risida tushuncha.
Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorligi ulardagi boshqaruv faoliyatiga,
boshqaruv faoliyatining funksiyalaridan foydalanish darajasiga ko‘p jihatdan
bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv faoliyati samarali tarzda amalga oshirilishi uchun uning
har bir funksiyasi oqilona tarzda amalga oshirilishi kerak. Ishlab chiqarish
korxonalarida boshqaruvning quyidagi funksiyalari harakatda bo‘ladi:
1. Rejalashtirish
2. Tashkil etish.
3. Nazorat qilish.
4. Tahlil qilish.
5. Rag‘batlantirish.
Boshqaruv funksiyalari ichida rejalashtirish funksiyasi muhim o‘rinni
egallaydi. Rejalashtirish har qanday korxonaning muhim funksiyalaridan biridir.
Unga yetarli e’tibor bermaslik katta iqtisodiy yo‘qotishlarga va oqibat natijada
bankrotga olib keladi. Rejalashtirishning taktik va strategik rejalashtirish turlari
mavjud. Taktik rejalashtirish nisbatan qisqaroq bo‘lgan muddatlardagi boshqaruv
faoliyatini aks ettirsa, strategik rejalashtirish uzoq muddatga mo‘njallangan
rejalashtirishni nazarda tutadi.
Boshqaruv faoliyatini olib borish uning funksiyalarini amalga oshirilishini
taqozo etadi. Bu funksiyalarning asosiy mohiyati 4-jadvalda keltirilgan. Boshqaruv
faoliyatini amalga oshirilishida uning rejalashtirish funksiyasining ahamiyati
nihoyatda kattadir. Rejalashtirish boshqaruv faoliyati davomida amalga
oshiriladigan ishlarning boshlanish nuqtasidir. Rejalashtirish asosida boshqaruv
faoliyati belgilanadi. Nima qilish kerakligi, qanday maqsad bo‘yicha ish olib borish
lozimligi aniqlanadi va bajariladigan ishlar, tadbirlar me’yorlar va imkoniyatlar
bilan bog‘lanadi.
11
4-jadval
Boshqaruvning asosiy funksiyalari
№ Asosiy
funksiyalar
Funksiyalarning mazmuni va zaruriyati
1
Rejalashtirish
boshqaruvning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har
qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi.
Bu rejada:
boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga
oshirish muddatlari belgilanadi;
vazifalarni amalga oshirish usullari ishlab chiqiladi;
iqtisodiyot bo‘g‘inlarining o‘zaro aloqalari o‘rnatiladi.
Rejalashtirishning umumiylik xususiyati shundaki, bunda
har bir boshqaruv xodimi o‘zining shaxsiy ishini
rejalashtiradi, o‘z ish joyining faoliyati ko‘rsatkichlarini
ishlab chiqadi, rejalarning qanday bajarilayotganini
nazorat qilishni uyushtiradi.
2
Tashkil qilish
Boshqaruv ob’ekti doirasida barcha boshqariluvchi va
boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta’minlaydi.
Shu nuqtai nazardan tashkil qilish tashqi va ichki shart-
sharoitlarning o‘zgarib turishiga qarab amaldagi tizim
tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir.
Bu funksiya joriy va strategik rejalarning ijrosini
ta’minlash bo‘yicha birinchi qadamdir.
3
Muvofiqlashti-
rish va tartibga
solish
Rejalashtirish boshqarishning strategiyasi
hisoblansa,
muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal
qilib beradi.
Bu funksiyaning asosiy vazifasi aloqalar o‘rnatish yo‘li
bilan boshqariladigan tizimning turli qismlari o‘rtasida
kelishib ish olib borishni ta’minlashdir. Muvofiqlashtirish
mablag‘larni tejash maqsadida boshqaruvdagi parallelizm
(takrorlash)ni bartaraf qilish imkonini beradi. Shuningdek,
12
u turli tarmoqlar o‘rtasida resurslarni taqsimlash yo‘li bilan
nisbat va mutanosiblikni, ishlab chiqarish bilan iste’mol
o‘rtasidagi munosabatni o‘rnatadi.
Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo‘lib, u
sodir bo‘lib turadigan og‘ishlarni bartaraf qilish yo‘li bilan
ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni maqsad
kilib qo‘yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi extimol
tutilgan og‘ishlarning oldi olinadi.
4
Nazorat
Bu funksiyaning maqsadi “tutib olish”, “aybini ochish”,
“ilintirish” emas, balki boshqaruv ob’ektida sodir
bo‘layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil
qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini o‘z vaqtida
sozlab turishdir. Nazorat o‘rnatilgan me’yoriy xujjatlardan,
rejalardan og‘ishlarning joyi, vaqti, sababi va
xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning
funksional ishidir. Muntazam nazorat yo‘q joyda yuksak
pirovard natijalarga erishib bo‘lmaydi.
6. Boshqaruv tamoyillari.
Boshqaruv tamoyillari deganda, rahbarlik qilishning fundamental qoidalari
tushuniladi. Ular iqtisodiy qonunlar harakati va boshqarish usullari bilan bog‘liq
bo‘lgan voqeliklarning mohiyatini aks ettiradi.
Boshqarish mexanizmini quyidagicha ta’riflash mumkin:
qonunlar – tamoyillar – usullar – uslublar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy
istiqbolga erishishining asosiy tamoyillari Respublikaning birinchi Prezidenti
13
I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi
ma’ruzasida o‘z aksini topgan.
5-jadval
Bozor iqtisodiyotida O‘zbekistonda davlatni boshqarish tamoyillari
№
Tamoyillar
Izoh
1.
Demokratiya
tamoyili
-
insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirish
hamda uni amalga oshirish;
-
barcha fuqarolarning teng huquqliligi;
-
davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi;
-
davlat va nodavlat iqtisodiyotidan saylovchilar
oldidagi javobgarligi va boshqalar.
2.
Iqtisodiy
munosabatlarni
demokratiyalash
tamoyili
-
monopollashgan
iqtisodiyotdan
erkin
iqtisodiyotga;
-
sotsialistik musoboqadan erkin, sof raqobatga;
-
qat’iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga;
-
davlatlashgan mulkdan xilma-xil mulkchilikka
asoslangan iqtisodiyotga o‘tish.
3.
Yuksak ma’naviy
tamoyil
-
mustaqillik tafakkurini kengroq tushunish, ya’ni:
-
O‘zbekiston davlatining istiqboli va istiqloli
haqida qayg‘urish;
-
o‘zining va o‘z xalqining, vatanning qadru-
qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish;
-
Yuksak g‘oyalar, yangi kashfiyotlar, niyatlar
og‘ushida mehnat qilib, iste’dodi va iqtidori, bor
imkoniyatini, kerak bo‘lsa, jonini yurt istiqboli, eliga
14
baxshida etishdir.
4.
Milliy xafsizlikni
ta’minlash
tamoyili
-
O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatiga kirish
sur’atlarini tezlashtirish;
-
Turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari
ishlarida faol ishtirok etishni ta’minlash.
O‘zbekistonning istiqlol yo‘li Islom Karimovning bozor munosabatlariga
o‘tish yuzasidan olg‘a surgan besh tamoyiliga asoslanadi. Ularning mohiyati
quyidagicha
6-jadval
Besh asosiy tamoyil
№
Asosiy tamoyillar
Asosiy tamoyillarning mohiyati
1.
Iqtisodiyotning
siyosatdan ustuvorligi
Iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida
qolmasligi kerak, u birorta mafkuraga
bo‘ysundirilishi kerak emas. Buning ma’nosi
shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak.
Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni
mafkuradan holi qilish zarur.
2.
Davlat bosh islohotchi
Davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. U
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab
berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va
uni izchillik bilan o‘tkazish, jaholatparastlar va
konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart.
3.
Qonunlar va ularga
rioya qilish ustuvorligi
Qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim.
Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul
qilingan Konstitutsiya va qonunlarni hech istinosiz
hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya
etishi lozim.
4.
Kuchli ijtimoiy siyosat
yuritish
Aholining demokratik tarkibini hisobga olgan
holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish.
15