BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKTSIYALARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

20,2 KB


BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKTSIYALARI
Reja
3.1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar
3.2. Boshqaruv maqsadi turlari
3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati
3.4. Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari
Logotip
BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKTSIYALARI Reja 3.1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar 3.2. Boshqaruv maqsadi turlari 3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati 3.4. Boshqarishning asosiy, o’ziga xos aniq funktsiyalari
 Tayanch iboralar: Maqsad. Siyosiy maqsadlar. Joriy maqsadlar. Istiqbolli
maqsadlar.  Innovatsion  maqsadlar.  Maqsadlar  kaskadi.  Funktsiya.  Vazifa.
Boshqarish funktsiyalari. Rejalashtirish. Tashkil etish. Nazorat.
3.1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda
tutilgan  mushtarak  orzu.  Aynan,  shu  maqsad  kishi  faoliyatini,  o’z  orzularini
ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni
aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz:
bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi;
faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo’naltiradi;
u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;
pirovard natijamizning baxolash me’yorlarni belgilaydi va x.k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun
juda muhimdir. CHunki aynan shu maqsadga binoan:
boshqarish funktsiyalari;
boshqarish usullari;
boshqarishning tuzulmaviy tarkibi;
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi.
Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Maqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak.
Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo’lni tanlashga ham hojat
qolmaydi.
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak.
- qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech
qanday shamol ham hamrox bo’la olmaydi.
3. Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak.
Miqdoran o’lchovga, me’yorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob.
Logotip
Tayanch iboralar: Maqsad. Siyosiy maqsadlar. Joriy maqsadlar. Istiqbolli maqsadlar. Innovatsion maqsadlar. Maqsadlar kaskadi. Funktsiya. Vazifa. Boshqarish funktsiyalari. Rejalashtirish. Tashkil etish. Nazorat. 3.1. Boshqaruv maqsadi va unga qo’yiladigan asosiy talablar Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz: bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi; faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi; faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo’naltiradi; u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi; pirovard natijamizning baxolash me’yorlarni belgilaydi va x.k. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. CHunki aynan shu maqsadga binoan: boshqarish funktsiyalari; boshqarish usullari; boshqarishning tuzulmaviy tarkibi; lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi. Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1. Maqsad bir ma’noli va aniq bo’lishi kerak. Agar qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo’lni tanlashga ham hojat qolmaydi. 2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak. - qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech qanday shamol ham hamrox bo’la olmaydi. 3. Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak. Miqdoran o’lchovga, me’yorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob.
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor.
5. Maqsad bo’limlar va ma’sullar bo’yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak.
Maqsad,  uni  boshqarish  printsiplari,  pirovard  natijasi  bajaruvchilarga
tushunarli bo’lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak.
6. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak
Maqsad  har  bir  faoliyat  turi,  har  bir  mas’ul  shaxs  bo’yicha  mayda-
chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim.   Bu - umumiy, bosh
maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini, "Maqsadlar shajarasi" ni
tuzishni talab qiladi.
3.2. Boshqaruv maqsadi turlari
Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda
turkumlashni taqozo etadi. Maqsadni turkumlash belgilari:
1. Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga qarab;
2. Boshqaruv pog’onalari (darajalari)ga qarab;
3. Amalga oshirish muddatiga qarab; 
4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab;
5. Kutiladigan natijalarga qarab; 
6. Murakkablik darajasiga qarab,
Maqsadlar:  
1)  siyosiy  maqsadlar,  iqtisodiy  maqsadlar,  sotsial  maqsadlar,  ma’rifiy-
ma’naviy maqsadlar, xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshq. 
2) Xududiy boshqarish maqsadlari:
- mamlakat maqsadlari        - viloyat maqsadlari
- tuman maqsadlari              - qishloq maqsadlari
- ishlab chiqarish maqsadlari      - xalq xo’jaligi maqsadlari
- tarmoq (sektor) maqsadlari       - korxona (firma) maqsadlari
- yakka shaxs maqsadi
3)  joriy maqsadlar
4) istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar
Logotip
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor. 5. Maqsad bo’limlar va ma’sullar bo’yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak. Maqsad, uni boshqarish printsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga tushunarli bo’lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak. 6. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak Maqsad har bir faoliyat turi, har bir mas’ul shaxs bo’yicha mayda- chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Bu - umumiy, bosh maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini, "Maqsadlar shajarasi" ni tuzishni talab qiladi. 3.2. Boshqaruv maqsadi turlari Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni taqozo etadi. Maqsadni turkumlash belgilari: 1. Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga qarab; 2. Boshqaruv pog’onalari (darajalari)ga qarab; 3. Amalga oshirish muddatiga qarab; 4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab; 5. Kutiladigan natijalarga qarab; 6. Murakkablik darajasiga qarab, Maqsadlar: 1) siyosiy maqsadlar, iqtisodiy maqsadlar, sotsial maqsadlar, ma’rifiy- ma’naviy maqsadlar, xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshq. 2) Xududiy boshqarish maqsadlari: - mamlakat maqsadlari - viloyat maqsadlari - tuman maqsadlari - qishloq maqsadlari - ishlab chiqarish maqsadlari - xalq xo’jaligi maqsadlari - tarmoq (sektor) maqsadlari - korxona (firma) maqsadlari - yakka shaxs maqsadi 3) joriy maqsadlar 4) istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar
- uzluksiz (kundalik) maqsadlar
- fursatli maqsadlar
- bir martalik maqsadlar                                              
5) pirovard maqsadlar
- oraliq maqsadlar   
6) oddiy, an’anaviy maqsadlar
- muammoli maqsadlar
- innovatsion maqsadlar
Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib,
muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad
boshqa bir maqsadga bo’ysunishi mumkin.
Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan ham
kamroq muddat mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan,
korxona  bo’limlari  oldida  bir  yil  mobaynida  amalga  oshirilishi  mo’ljallangan
quyidagi funktsional joriy maqsadlar qo’yilgan bo’lishi mumkin.
Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni
har  bir  bo’linma  maqsadlari,  ularni  bajarish  muddatlari,  aniq  ijrochilar,  aniq
maqsadli  tadbirlar,  resurslar  manbalari,  belgilangan  tadbirlar  bajarilishining
asoslab berilishi barcha bo’g’inlar va darajalarda boshqaruv ishonchligini oshirish
kafolatini  beradi.   Butun  boshqaruv  apparati  harakatlarining  puxta  bo’lishini
belgilaydi.
Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar deganda besh yil yoki undan ko’proq davr
mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda
ishlab chiqilgan "Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi"ni  ro’yobga chiqarishdek
ulug’vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o’z ichiga oladi:
- 1997-2001 - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab
qolish asosida ushbu tizimni islox qilish va rivojlantirish uchun xuquqiy, kadrlar
jixatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Logotip
- uzluksiz (kundalik) maqsadlar - fursatli maqsadlar - bir martalik maqsadlar 5) pirovard maqsadlar - oraliq maqsadlar 6) oddiy, an’anaviy maqsadlar - muammoli maqsadlar - innovatsion maqsadlar Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib, muayyan iyerarxiyaga, ya’ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo’ysunishi mumkin. Joriy maqsadlar deganda bir yil ichida, yil choragi, bir oy va undan ham kamroq muddat mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, korxona bo’limlari oldida bir yil mobaynida amalga oshirilishi mo’ljallangan quyidagi funktsional joriy maqsadlar qo’yilgan bo’lishi mumkin. Maqsadlarni belgilashda joriy maqsadlar nuqtai nazaridan yondoshuv, ya’ni har bir bo’linma maqsadlari, ularni bajarish muddatlari, aniq ijrochilar, aniq maqsadli tadbirlar, resurslar manbalari, belgilangan tadbirlar bajarilishining asoslab berilishi barcha bo’g’inlar va darajalarda boshqaruv ishonchligini oshirish kafolatini beradi. Butun boshqaruv apparati harakatlarining puxta bo’lishini belgilaydi. Istiqbolli (perspektiv) maqsadlar deganda besh yil yoki undan ko’proq davr mobaynida amalga oshiriladigan maqsadlar tushuniladi. Masalan, respublikamizda ishlab chiqilgan "Kadrlarni tayyorlash Milliy dasturi"ni ro’yobga chiqarishdek ulug’vor maqsad quyidagi uch bosqichdagi muddatni o’z ichiga oladi: - 1997-2001 - mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni islox qilish va rivojlantirish uchun xuquqiy, kadrlar jixatdan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
- 2001-2005 - milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining
rivojlanishi  va  real  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarni  hisobga  olgan  holda  unga
aniqliklar kiritish.
-  2005  va  undan  keyingi  yillar  -  to’plangan  tajribani  tahlil  qilish  va
umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish.
Uzluksiz  maqsadlar  deganda  har  kuni  qabul  qilinadigan  va  amalga
oshiriladigan  odatiy  maqsadlar  tushuniladi.  Masalan,  mehnat  unumdorligini
o’stirish,  intizomni  mustahkamlash,  mahsulot  tannarxini  pasaytirish,  mahsulot
sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab kilinadigan maqsadlardir
Boshqarish  jarayonida  bir  martalik  maqsadlarga  ham  zaruriyat  tug’ilishi
mumkin.  Bunday  maqsadlar,  odatda,  korxona  uchun  kutilmagan,  favqulodda
vujudga kelgan muammoni echish uchun o’rtaga qo’yiladi. Bu maqsad, masalan,
tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag’ni
ajratish ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Boshqarishga  maqsadli  yondoshuv  namoyandalari  barcha  maqsadlarni
quyidagi to’rtta guruhga bo’lishadi:
oddiy, qotib qolgan an’anaviy maqsadlar; 
muammoli maqsadlar;
innovatsion maqsadlar;
xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo’yicha maqsadlar.
Birinchi  guruhdagi  maqsadlar  har  kun  qabul  qilinadigan  va  amalga
oshiriladigan odatiy maqsadlar bo’lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli
bo’g’indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi.
Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar
korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug’diradi.
Muammoli  maqsad.  Sotish  xajmini  qisqa  muddat  (2  oy)  ichida  keskin
ko’paytirish:
- mahsulotga bo’lgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni;
- ko’p omilli korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshirishni;
Logotip
- 2001-2005 - milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. - 2005 va undan keyingi yillar - to’plangan tajribani tahlil qilish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Uzluksiz maqsadlar deganda har kuni qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar tushuniladi. Masalan, mehnat unumdorligini o’stirish, intizomni mustahkamlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mahsulot sifatini oshirish kabilar muntazam, kunda talab kilinadigan maqsadlardir Boshqarish jarayonida bir martalik maqsadlarga ham zaruriyat tug’ilishi mumkin. Bunday maqsadlar, odatda, korxona uchun kutilmagan, favqulodda vujudga kelgan muammoni echish uchun o’rtaga qo’yiladi. Bu maqsad, masalan, tabiiy ofat yuz bergan xolda shu ofatni bartaraf qilish uchun zaruriy mablag’ni ajratish ko’rinishida bo’lishi mumkin. Boshqarishga maqsadli yondoshuv namoyandalari barcha maqsadlarni quyidagi to’rtta guruhga bo’lishadi: oddiy, qotib qolgan an’anaviy maqsadlar; muammoli maqsadlar; innovatsion maqsadlar; xodimlar malakasini, mahoratini oshirish bo’yicha maqsadlar. Birinchi guruhdagi maqsadlar har kun qabul qilinadigan va amalga oshiriladigan odatiy maqsadlar bo’lib, ularning bajarilishini ta’minlash tegishli bo’g’indagi rahbarning bevosita burchiga kiradi. Ikkinchi guruhdagi maqsadlar odatiy maqsadlardan farq qiladi. Bu maqsadlar korxonaga va ayrim xodimga qiyinchiliklar tug’diradi. Muammoli maqsad. Sotish xajmini qisqa muddat (2 oy) ichida keskin ko’paytirish: - mahsulotga bo’lgan talabning keskin pasayish sabablarini aniqlashni; - ko’p omilli korrelyatsion-regression tahlilni amalga oshirishni;
- eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqozo etadi.
Innovatsion  maqsadlar  -  bu  yangi  mahsulotni  ishlab  chiqarish,  yangi
texnologiyani joriy qilish buyicha qo’yiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir.
Masalan, tadqiqot bo’limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo’lishi mumkin: "1
iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi mahsulotni sinovdan
o’tkazishni ta’minlash".
Maqsad  qanchalik  murakkab  bo’lsa,  u  boshqaruvchi  uchun  shunchalik
muammoli yoki innovatsion bo’lishi mumkin. 
To’rtinchi  guruh  maqsadlar  -  bu  korxona  xodimlari  malakasini  oshirish
sohasidagi maqsadlar bo’lib, ular uzok, muddatli (strategik) reja asosida muntazam
ravishda  amalga  oshirilib  boriladi.  Masalan,  "3-5  yil  ichida  20  %  korxona
xodimlari malakasini oshirish".
Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni har bir xodim
maqsadining qanchalik to’g’ri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga
bog’liq bo’ladi. SHu sababli har bir xodim oldiga qo’yiladigan maqsadga nisbatan
quyidagi talablar qo’yiladi.
Xodim maqsadi yuqori bo’g’indagi bo’limlar maqsadiga bo’ysunishi, unga
mos bo’lishi kerak. 
Maqsadlar kaskadi (pog’onalari). Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona
maqsadining samarali bo’lishiga xizmat qiladi:
 xodimning o’z oldiga qo’yadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha bo’lishi, undan
oshmasligi kerak.;
 yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi
kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi;
 rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga,
amalga oshiriladigan darajada bo’lishi kerak.
Umuman har bir kishi maqsadga erishishning yo’li og’ir va murakkab bo’lishi
mumkinligini anglashi kerak. U o’z maqsadiga osonlik bilan erishishiga umid
bog’lamasligi kerak. SHundagina u har qanday kutilmagan muvaffaqiyatsizlikka
tayyor  bo’ladi, tushkunlikka tushmaydi.
Logotip
- eng maqbul qarorlar qabul qilishni taqozo etadi. Innovatsion maqsadlar - bu yangi mahsulotni ishlab chiqarish, yangi texnologiyani joriy qilish buyicha qo’yiladigan uchinchi guruhdagi maqsadlardir. Masalan, tadqiqot bo’limi xodimlarining maqsadi quyidagicha bo’lishi mumkin: "1 iyulgacha eksport uchun mo’ljallangan uch turdagi yangi mahsulotni sinovdan o’tkazishni ta’minlash". Maqsad qanchalik murakkab bo’lsa, u boshqaruvchi uchun shunchalik muammoli yoki innovatsion bo’lishi mumkin. To’rtinchi guruh maqsadlar - bu korxona xodimlari malakasini oshirish sohasidagi maqsadlar bo’lib, ular uzok, muddatli (strategik) reja asosida muntazam ravishda amalga oshirilib boriladi. Masalan, "3-5 yil ichida 20 % korxona xodimlari malakasini oshirish". Korxona umumiy maqsadining samaradorligi yakka, ya’ni har bir xodim maqsadining qanchalik to’g’ri aniqlanganligi va naqadar samarali ado etilganligiga bog’liq bo’ladi. SHu sababli har bir xodim oldiga qo’yiladigan maqsadga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi. Xodim maqsadi yuqori bo’g’indagi bo’limlar maqsadiga bo’ysunishi, unga mos bo’lishi kerak. Maqsadlar kaskadi (pog’onalari). Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo’lishiga xizmat qiladi: xodimning o’z oldiga qo’yadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha bo’lishi, undan oshmasligi kerak.; yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi; rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshiriladigan darajada bo’lishi kerak. Umuman har bir kishi maqsadga erishishning yo’li og’ir va murakkab bo’lishi mumkinligini anglashi kerak. U o’z maqsadiga osonlik bilan erishishiga umid bog’lamasligi kerak. SHundagina u har qanday kutilmagan muvaffaqiyatsizlikka tayyor bo’ladi, tushkunlikka tushmaydi.
  Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o’ta
murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos:
 tobe bo’lishlik;
 yoyib bo’lishlik;
 o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik.
Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishning
mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator  taktik
maqsadlarga,  istiqbolli  maqsadning  esa  o’rta  va  qisqa  muddatli  maqsadlarga
bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysunishi tushuniladi. 
Maqsadning yoyib bo’lishligi sifati deganda uning:
 o’z mohiyati bo’yicha;
 amalga oshirish davri (vaqti) bo’yicha;
 pog’onalar bo’yicha;
 bo’g’inlar va hokazolar bo’yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga
yoyilishi tushuniladi.
Maqsadning o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik sifati deganda uning
muhimligi jihatidan tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal,
xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur
maqsadlarni  amalga  oshirish  bo’yicha  aniq  amaliy  tadbirlarni  ishlab  chiqish
imkonini beradi.
 Maqsadning  muayyan  iyerarxiyaga  ega  ekanligi,  ya’ni  bir  maqsadning
boshqa  bir  maqsadga  bo’ysunishi  (tobe  bo’lishi),  yuqori  maqsadning  quyi
maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’zaro
munosabatda bo’lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi.
Bunday  vazifani  bajarish  uchun  menejment  fanida  "maqsadlar  shajarasi"  deb
atalgan maxsus usul qo’llaniladi.
"Maqsadlar  shajarasi"  -  bu  maqsadlar  bilan  ularga  erishish  vositalari
o’rtasidagi aloqaning grafik tasviridir.
U bo’lajak voqealar o’zaro aloqasining to’la manzarasini tasavvur qilish, aniq
vazifalar ro’yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to’g’risidagi axborotga
Logotip
Maqsad, xususan, umumiy (bosh) maqsad juda keng qamrovli va o’ta murakkab kategoriyadir. Unga quyidagi sifatlar xos: tobe bo’lishlik; yoyib bo’lishlik; o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik. Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishning mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik maqsadlarga, istiqbolli maqsadning esa o’rta va qisqa muddatli maqsadlarga bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysunishi tushuniladi. Maqsadning yoyib bo’lishligi sifati deganda uning: o’z mohiyati bo’yicha; amalga oshirish davri (vaqti) bo’yicha; pog’onalar bo’yicha; bo’g’inlar va hokazolar bo’yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga yoyilishi tushuniladi. Maqsadning o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik sifati deganda uning muhimligi jihatidan tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal, xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Maqsadning muayyan iyerarxiyaga ega ekanligi, ya’ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatda bo’lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul qo’llaniladi. "Maqsadlar shajarasi" - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U bo’lajak voqealar o’zaro aloqasining to’la manzarasini tasavvur qilish, aniq vazifalar ro’yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to’g’risidagi axborotga
ega bo’lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi
o’rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo’li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita
ijrochilarga etkazishni ta’minlaydi.
 
3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati
Dastlab "funktsiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki
og’iz so’z.
"Funktsiya" -bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat
doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi.
"Vazifa"  -  bu  amalga  oshirilishi,  hal  qilinishi  lozim  bo’lgan  masala,
o’rganilishi  lozim  bo’lgan,  ko’zda  tutilgan  maqsad,  yoki  biror-bir  topshiriq,
xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal  demakdir.
"Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma’noga ega.
Zero, funktsiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. 
"Vazifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin.
Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid  aniq
vazifalarni hal  etishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak,  boshqaruv  muayyan  funktsiyalar  orqali  amalga  oshiriladi.
Funktsiyalarni  aniqlash,  ularning  mohiyatini  ochish  va  o’rganish  boshqaruv
jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir.
Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan
kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:
 loyihalash;
 konstruktorlik;
Rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi.
Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni,
 mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
 mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash;
 asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq, funktsiyalar
paydo bo’ladi.
Logotip
ega bo’lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o’rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo’li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga etkazishni ta’minlaydi. 3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati Dastlab "funktsiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma’nosi to’g’risida ikki og’iz so’z. "Funktsiya" -bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma’nolarni bildiradi. "Vazifa" - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, o’rganilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir. "Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma’noga ega. Zero, funktsiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi. "Vazifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin. Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob’ektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi. Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir. Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: loyihalash; konstruktorlik; Rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi. Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya’ni, mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq, funktsiyalar paydo bo’ladi.