BOSHQARUV QARORLARI VA ULARNI QABUL QILISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

48,6 KB


BOSHQARUV QARORLARI VA ULARNI QABUL QILISH
Reja
7.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar
7.2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi
7.3. Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish
7.4. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Tayanch iboralar
Qaror. Qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish imkoniyati va zaruriyati. Boshqaruv
qarorlari. Qarorlarga qo’yiladigan talablar. Strategik qaror. Taktik qaror. Umumiy
qarorlar. Maxsus qarorlar. Operativ qarorlar. "Ringi" usuli. Model. Modellashtirish
bosqichlari. Qarorlarni boshqarish. Nazorat. Nazorat funktsiyasi.
7.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar
Qaror  -  bu  bajarilishi  lozim  bo’lgan  ishning  aniq  bir  yo’lini  tanlab  olishdir.
Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga
yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o’nlab-
yuzlab,  bir  umr  davomida  esa  ming-minglab  qabul  qilamiz.  Masalan,  kiyim
javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga
etib olishda transport turini, kasbni tanlash va hk. Bunday misollarni ko’plab
keltirishimiz mumkin.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan
mos  tushmasligi  natijasida  yuzaga  keladi.  Masalan,  davlat  tomonidan  qat’iy
Logotip
BOSHQARUV QARORLARI VA ULARNI QABUL QILISH Reja 7.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar 7.2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi 7.3. Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish 7.4. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish Tayanch iboralar Qaror. Qaror qabul qilish. Qaror qabul qilish imkoniyati va zaruriyati. Boshqaruv qarorlari. Qarorlarga qo’yiladigan talablar. Strategik qaror. Taktik qaror. Umumiy qarorlar. Maxsus qarorlar. Operativ qarorlar. "Ringi" usuli. Model. Modellashtirish bosqichlari. Qarorlarni boshqarish. Nazorat. Nazorat funktsiyasi. 7.1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar Qaror - bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o’nlab- yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim javonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga etib olishda transport turini, kasbni tanlash va hk. Bunday misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat’iy
belgilab  qo’yilgan  narx  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o’z  funktsiyasini  bajara
olmaydi. SHu sababli narxlarni erkinlashtirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo’llari bo’lganda vujudga keladi va
rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini
topish uchun rahbar "etti o’lchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor. 
Qaror qabul qilish menejerni fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir.
Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid,
tashkiliy va xo’jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Menejer qarorni
yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi
mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo’lsagina, u maqsadga
muvofiq deb hisoblanadi.
 Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun
o’z  vakolati  va  omilkorligi  doirasida  qarorning  mavjud  variantlaridan  eng
maqbulini tanlash jarayonidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib
boradi. Iqtisodchilarning fikricha, tsex (bo’lim)ning boshlig’i qabul qiladigan bitta
qaror  shu  tsex  (bo’lim)ning  besh-olti  oylik  ishiga  ta’sir  qilar  ekan.  Qabul
qilinadigan  qarorning  oqilligi  bir  necha  omillarga  bog’liq.  Ulardan  asosiylari
quyidagilardir:
 qaror qabul qilish jarayonida axborotning to’laligi va sifati;
 qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;
 qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona echilish darajasi (masalan,
qaror  qabul  qilishda  mutaxassislarni  jalb  etish,  qaror  qabul  qilish  tizimining
takomillik  darajasi,  qarorni  ijrochilargi  etkazish,  nazorat  qilish  va  bajarilish
darajasi va hokazo).
To’g’ri  qarorni  tanlashda  muayyan  tamoyillarga  tayanish  va  qarorga  bo’lgan
talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan qaror maqsadini xo’jalik maqsadiga
muvofiqlashtirish,  mehnat  jamoasi  manfaatlarining  jamiyat  manfaatlariga
muvofiqligini  aniqlash,  mehnat  va  moddiy  resurslardan  tejamli  foydalanish,
texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olish zarur.
Logotip
belgilab qo’yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z funktsiyasini bajara olmaydi. SHu sababli narxlarni erkinlashtirish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo’llari bo’lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar "etti o’lchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor. Qaror qabul qilish menejerni fikri-zikrini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan-ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo’jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo’lsagina, u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining oldidagi maqsadga erishish uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarorning mavjud variantlaridan eng maqbulini tanlash jarayonidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib boradi. Iqtisodchilarning fikricha, tsex (bo’lim)ning boshlig’i qabul qiladigan bitta qaror shu tsex (bo’lim)ning besh-olti oylik ishiga ta’sir qilar ekan. Qabul qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir: qaror qabul qilish jarayonida axborotning to’laligi va sifati; qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati; qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona echilish darajasi (masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilargi etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo). To’g’ri qarorni tanlashda muayyan tamoyillarga tayanish va qarorga bo’lgan talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan qaror maqsadini xo’jalik maqsadiga muvofiqlashtirish, mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlariga muvofiqligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olish zarur.
Qayd  qilinganlarni  umumlashtirib  aytganda,  boshqaruv  qarorlari  quyidagi
talablarga javob berishi kerak ( 9-jadval):
9-jadval. Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar
T/r
Talablar
Izoh
Ilmiy  asoslangan
bo’lishi lozim
Boshqaruv  qarorlari  muayyan  ishlab  chiqarish  holatini
tahlil  qilishdan  kelib  chiqishi,  iqtisodiy,  texnikaviy  va
boshqa ijtimoiy qonunlarning amal qilishini hisobga olishi,
hozirgi  zamon  fan-texnika  yutuqlari  negizida  qabul
qilinishi lo’nda va aniq bo’lishi lozim.
Bir-biri
 
bilan
aloqador
 
va
yakdil  bo’lishi
kerak
Muayyan  vazifani  hal  etishda  ko’pincha  asosiy
masalalardan kelib chiqadigan qo’shimcha vazifalarni hal
etishga to’g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan
bosh  vazifaga  bo’ysundirilishi  lozim.  Barcha  qaror,
ko’rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog’lanadi. SHuningdek,
ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan
muvofiqlashtiriladi.
Huquq
 
va
javobgarlik
doirasida  bo’lishi
lozim
Rahbar  qarorni  o’ziga  berilgan  huquqlar  doirasidagina
qabul qilishi mumkin. Bu erda gap boshqarishning barcha
bo’g’inlarida  huquq  va  javobgarlik  ko’lami  nisbati
to’g’risida boryapti. huquqlar katta, mas’uliyati esa kam
bo’lsa,  ma’muriy  o’zboshimchalikka,  o’ylamasdan  qaror
qabul qilishga yo’l ochiladi. huquqlar ozu, mas’uliyat katta
bo’lsa, bu ham hech qanday naf keltirmaydi.
Aniq  va  to’g’ri
yo’nalishga  ega
bo’lishi kerak
Har qanday qaror va aniq bajaruvchiga tushunarli bo’lishi
lozim. qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni
turlicha  talqin  qilish  yoki  tushunishga  yo’l  qo’ymaslik
kerak.
Vaqt
 
bo’yicha Axborotlar  bilan  ishlash  vaqtini  tejash  maqsadida  qisqa
Logotip
Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi talablarga javob berishi kerak ( 9-jadval): 9-jadval. Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar T/r Talablar Izoh Ilmiy asoslangan bo’lishi lozim Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini tahlil qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa ijtimoiy qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo’nda va aniq bo’lishi lozim. Bir-biri bilan aloqador va yakdil bo’lishi kerak Muayyan vazifani hal etishda ko’pincha asosiy masalalardan kelib chiqadigan qo’shimcha vazifalarni hal etishga to’g’ri keladi. Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga bo’ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko’rsatma, qoidalar bir-biri bilan bog’lanadi. SHuningdek, ular oldindan qabul qilingan va amaldagi qarorlar bilan muvofiqlashtiriladi. Huquq va javobgarlik doirasida bo’lishi lozim Rahbar qarorni o’ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul qilishi mumkin. Bu erda gap boshqarishning barcha bo’g’inlarida huquq va javobgarlik ko’lami nisbati to’g’risida boryapti. huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo’lsa, ma’muriy o’zboshimchalikka, o’ylamasdan qaror qabul qilishga yo’l ochiladi. huquqlar ozu, mas’uliyat katta bo’lsa, bu ham hech qanday naf keltirmaydi. Aniq va to’g’ri yo’nalishga ega bo’lishi kerak Har qanday qaror va aniq bajaruvchiga tushunarli bo’lishi lozim. qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha talqin qilish yoki tushunishga yo’l qo’ymaslik kerak. Vaqt bo’yicha Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa
qisqa
 
bo’lishi
kerak
muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
Vaqt
 
bo’yicha
aniq
 
bo’lishi
lozim
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko’rsatilishi
kerak. Aks holda uning bajarilishini ob’ektiv nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo’linmaydi.
Tezkor  bo’lishi
kerak
Har qanday qaror o’z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarishdagi
vaziyat talab qilgan vaqtning o’zida qabul qilinishi zarur.
Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning
har ikkisi ham zararlidir.
Samarali  bo’lishi
lozim
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo’yilgan
maqsadga eng kam harajat bilan erishish tushuniladi.
Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoni hal
etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana
shu erning  o’zida muammo kelib chiqadi.
Boshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi:
2-chizma. Boshqaruv qarorlari unsurlari
Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi:
Nima qilish kerak ( masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini
qondirish  kerak  yoki  mahsulotning  qanday  sifat  ko’rsatkichlarini  yaxshilash
lozim)?
qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo’llash lozim?
Boshqaruv qarorlari unsurlari
Vazifa
Vosita
Muddat
Javobgarlik
Logotip
qisqa bo’lishi kerak muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim. Vaqt bo’yicha aniq bo’lishi lozim Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko’rsatilishi kerak. Aks holda uning bajarilishini ob’ektiv nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’linmaydi. Tezkor bo’lishi kerak Har qanday qaror o’z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarishdagi vaziyat talab qilgan vaqtning o’zida qabul qilinishi zarur. Kechikib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har ikkisi ham zararlidir. Samarali bo’lishi lozim Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda qo’yilgan maqsadga eng kam harajat bilan erishish tushuniladi. Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud, amaldagi holatning muammoni hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Ana shu erning o’zida muammo kelib chiqadi. Boshqaruv qarorlari quyidagi unsurlardan tashkil topadi: 2-chizma. Boshqaruv qarorlari unsurlari Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi: Nima qilish kerak ( masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash lozim)? qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo’llash lozim? Boshqaruv qarorlari unsurlari Vazifa Vosita Muddat Javobgarlik
Ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo’lishi kerak?
Kim javobgar bo’lishi kerak?
Kimga va qaysi baxoda sotish lozim?
Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi?
Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak?
Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi ham muhim ahamiyatga
egadir. 
7.2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga
va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar
bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin (10-jadval).
10-jadval. Boshqaruv qarorlarining tasnifi
T/r
Guruhlash belgilari
Boshqaruv qarorlari turlari
1
Amal qilish davriga ko’ra
- strategik qarorlar
- taktik qarorlar
2
Mazmuni  va  amal  qilish  xususiyatiga
ko’ra
-ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar
- texnikaviy qarorlar
- stereotip qarorlar
- tashabbusli qarorlar
3
Takrorlanish  yoki  yangilik  darajasiga
ko’ra
- an’anaviy qarorlar
- tavsiyali qarorlar
4
Axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga
ko’ra
- aniq qarorlar
- noaniq qarorlar
5
Amal qilish xususiyatiga ko’ra
- vaqtinchalik qarorlar
- operativ (tezkor) qarorlar
- muntazam qarorlar
Logotip
Ishlab chiqarish xarajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo’lishi kerak? Kim javobgar bo’lishi kerak? Kimga va qaysi baxoda sotish lozim? Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi? Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak? Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi ham muhim ahamiyatga egadir. 7.2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni quyidagi belgilar bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin (10-jadval). 10-jadval. Boshqaruv qarorlarining tasnifi T/r Guruhlash belgilari Boshqaruv qarorlari turlari 1 Amal qilish davriga ko’ra - strategik qarorlar - taktik qarorlar 2 Mazmuni va amal qilish xususiyatiga ko’ra -ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar - texnikaviy qarorlar - stereotip qarorlar - tashabbusli qarorlar 3 Takrorlanish yoki yangilik darajasiga ko’ra - an’anaviy qarorlar - tavsiyali qarorlar 4 Axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga ko’ra - aniq qarorlar - noaniq qarorlar 5 Amal qilish xususiyatiga ko’ra - vaqtinchalik qarorlar - operativ (tezkor) qarorlar - muntazam qarorlar
- vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan
qarorlar
6
Qarorni qabul qilish shakliga ko’ra
-  yakkaboshlik  printsipi  asosida
qabul qilingan qarorlar
- kollegiallik asosida qabul qilingan
qarorlar
- konsensus printsipi asosida qabul
qilingan qarorlar 
-  "Ringi"  usuli  asosida  qabul
qilingan qarorlar
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv
organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul
qilinadi. Bunday dasturlarga:
 Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
 Raqobat muhitini shakllantirish.
 CHuqur tarkibiy o’zgarishlarga erishish.
 Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo’la oladi.
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor
qarorlardir. Masalan:
- Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish.
- Kadrlar masalasini hal qilish va hk.
Mazkur qarorlar yuqori va o’rta bo’g’in rahbarlari tomonidan uzog’i bilan  ikki
yilgacha bo’lgan muddatga qabul qilinadi.
Umumiy qarorlar  bir  xil  muammoga daxldor  bo’lib, barcha  bo’g’inlar  uchun
birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish
haqini to’lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo’lib, korxonaning muayyan
bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotip qarorlar odatda qat’iy yo’riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul
qilinadi.  Bunday  qarorlar  ba’zan  kundalik,  ba’zan  masalalar  bo’yicha  qabul
Logotip
- vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar 6 Qarorni qabul qilish shakliga ko’ra - yakkaboshlik printsipi asosida qabul qilingan qarorlar - kollegiallik asosida qabul qilingan qarorlar - konsensus printsipi asosida qabul qilingan qarorlar - "Ringi" usuli asosida qabul qilingan qarorlar Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga: Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish. Raqobat muhitini shakllantirish. CHuqur tarkibiy o’zgarishlarga erishish. Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo’la oladi. Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir. Masalan: - Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish. - Kadrlar masalasini hal qilish va hk. Mazkur qarorlar yuqori va o’rta bo’g’in rahbarlari tomonidan uzog’i bilan ikki yilgacha bo’lgan muddatga qabul qilinadi. Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo’lib, barcha bo’g’inlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini to’lash muddatlari va boshqa tanaffuslar. Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo’lib, korxonaning muayyan bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi. Stereotip qarorlar odatda qat’iy yo’riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik, ba’zan masalalar bo’yicha qabul
qilinadi,  lekin  o’zgarishlar  asosan  muddatlarga,  ayrim  sifat  parametrlariga,
ijrochilarga taalluqli bo’ladi.
Rahbar streotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni
ishga olish va ishdan bo’shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish
yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin. 
Tashabbusli qarorlar o’z tavsifiga ko’ra notovarlik mazmuniga ko’ra esa istiqbolni
nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil
o’rganishni,  maxsus  kuzatuv  materiallariga  asoslanishni,  maxsus  hisob-
kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Tashabbusli qarorlar erkin harakatga
asoslanib qilinadi.
An’anaviy qarorlar - bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning
amal qilish doirasi oldindan ma’lumdir. Bunga, korxona yoki firmaning ishlab
chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bo’la oladi.
Tavsiyali qarorlar o’z mohiyatiga ko’ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo’lib, ularda
korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar o’z aksini topadi.
Aniq qarorlar to’la-to’kis axborot mavjud bo’lgan holdagina qabul qilinadi. SHu
sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo’ladi.
Noaniq  qarorlar  -  bu  tavakkal  bilan  -  to’la  bo’lmagan  axborotga  asoslanib
qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan
natijaga  baho  berish  imkoniyati  bo’lmagan  hollarda  tavakkal  qilib   qabul
qilinadigan qarorlardir.
 Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy
ofat sodir bo’lgan hollarda uni bartaraf qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlar ana
shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Muntazam  qarorlar  belgilangan  muddatlarda  chiqariladi.  Masalan,  xo’jalik
faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik,
to’qqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bo’la oladi.
Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul
qilinadigan qarorlar ham bo’ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko’p
hollarda  asosli  tanqidga  uchrab  turadi.  Sababi,  rahbar  yakkaboshchilikka
Logotip
qilinadi, lekin o’zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga, ijrochilarga taalluqli bo’ladi. Rahbar streotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi. Xodimlarni ishga olish va ishdan bo’shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish mumkin. Tashabbusli qarorlar o’z tavsifiga ko’ra notovarlik mazmuniga ko’ra esa istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik bilan batafsil o’rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus hisob- kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi. Tashabbusli qarorlar erkin harakatga asoslanib qilinadi. An’anaviy qarorlar - bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlardir. Ularning amal qilish doirasi oldindan ma’lumdir. Bunga, korxona yoki firmaning ishlab chiqarish dasturini qabul qilishga oid qilingan qarorlar misol bo’la oladi. Tavsiyali qarorlar o’z mohiyatiga ko’ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo’lib, ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar o’z aksini topadi. Aniq qarorlar to’la-to’kis axborot mavjud bo’lgan holdagina qabul qilinadi. SHu sababli, bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo’ladi. Noaniq qarorlar - bu tavakkal bilan - to’la bo’lmagan axborotga asoslanib qilinadigan qarorlardir. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan natijaga baho berish imkoniyati bo’lmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan qarorlardir. Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan, tabiiy ofat sodir bo’lgan hollarda uni bartaraf qilish bo’yicha qabul qilingan qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi. Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo’jalik faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik, to’qqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bo’la oladi. Qabul qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar ham bo’ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko’p hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka
asoslangan qarorni aksariyat hollarda o’zini ko’rsatish maqsadida qabul qiladi.
Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foiz buyruqbozlikka asoslangan bo’ladi. Bu
jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa
fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo’ysinuvchilar
o’rtasidagi  munosabatlarning  keskinlashuvi,  o’zaro  ishonchning  yo’qolishi,
nizolarning kelib chiqishi muqarrardir. 
YAkdillik ko’pincha favqulodda ro’y beradigan vaziyatlarda qaror qabul qilishda,
shuningdek qarshilik ko’rsatuvchi guruhlarda "Koalitsiyalar" bo’lmagan hollarda
yuzaga keladi. 
Kollegiallik(ko’pchilik)  tamoyili   "koalitsiyalar",  ya’ni  turli  ittifoq  yoki
birlashmalar ro’yirost ma’lum bo’lib turgan   vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat
qiladigan hollarda amal qiladi. SHu sababli  qaror qabul qilishda  ovoz berish
yo’liga  o’tiladi.  Bunday  hollarda  qabul  qilish  uchun  ko’pchilikning  ovoziga
tayaniladi. Ko’pchilik hollarda yarmidan ko’p ovoz gohida printsipial masalalar
yuzasidan me’yor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus  tamoyili  pur  fikrlilik,  ya’ni  fikrlar  plyuralizmi  kuchaygan  hamda
axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo’llaniladi. O’z mohiyati bilan:
Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va
turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
Konsensusga o’zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari surilayotgan
muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo’llash
yordamida erishiladi.
"Ringi"  usuli  yapon  biznesida  keng  qo’llaniladigan  usuldir.  Bu  usulga  ko’ra
majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi,
bir necha bosqichda amalga oshiriladi (11-jadval).
11-jadval. "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari
T/r
Bosqichlar
Izoh
Birinchi
bosqich
- Bu  bosqichda  firma rahbariyati  qanday muammo yuzasidan
qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi
Logotip
asoslangan qarorni aksariyat hollarda o’zini ko’rsatish maqsadida qabul qiladi. Bunday rahbar faoliyatining 80-90 foiz buyruqbozlikka asoslangan bo’ladi. Bu jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo’ysinuvchilar o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o’zaro ishonchning yo’qolishi, nizolarning kelib chiqishi muqarrardir. YAkdillik ko’pincha favqulodda ro’y beradigan vaziyatlarda qaror qabul qilishda, shuningdek qarshilik ko’rsatuvchi guruhlarda "Koalitsiyalar" bo’lmagan hollarda yuzaga keladi. Kollegiallik(ko’pchilik) tamoyili "koalitsiyalar", ya’ni turli ittifoq yoki birlashmalar ro’yirost ma’lum bo’lib turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. SHu sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo’liga o’tiladi. Bunday hollarda qabul qilish uchun ko’pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko’pchilik hollarda yarmidan ko’p ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan me’yor 2/3 deb tasdiqlanadi. Konsensus tamoyili pur fikrlilik, ya’ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo’llaniladi. O’z mohiyati bilan: Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir. Konsensusga o’zaro fikr almashish va maslahat, shuningdek, ilgari surilayotgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo’llash yordamida erishiladi. "Ringi" usuli yapon biznesida keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra majlislarda emas, balki so’rab chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi (11-jadval). 11-jadval. "Ringi" usulini qo’llash bosqichlari T/r Bosqichlar Izoh Birinchi bosqich - Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan, yangi
mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni
jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi.
Ikkinchi
bosqich
- Muammo "pastga", ya’ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan
pog’onaga uzatiladi.
Uchinchi
bosqich
-  Bu  bosqichda  tayyorlanayotgan  loyihaning  barcha  jihatlari
bo’yicha  ijrochilar  bilan  batafsil  kelishib  olinadi.  Aslida  bu
ixtiloflarni,  qarama-qarshi  nuqtai  nazarlarni  bartaraf  etish
bosqichidir.
To’rtinchi
bosqich
-  Muammoni  hal  qilish  uchun  maxsus  kengash  va
konferentsiyalar o’tkaziladi.
Beshinchi
bosqich
- Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim
o’z  muhrini  bosadi  va  hujjat  firma  rahbariyati  tomonidan
tasdiqlanadi.
YAponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas’uliyatini oldinga
suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga
kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon
matbuotida uning  sha’niga  aytilgan  tanqidni  uchratish  mumkin  bo’lsa-da,  uni
qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi.
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida
qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga,
optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi. 
7.3. Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki
boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. SHu
sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga
ko’ra xilma xil va ancha murakkabdir. qarorni ishlab chiqish jarayoni 3-chizmada
ko’rsatilgandek bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Logotip
mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o’rtaga tashlaydi. Ikkinchi bosqich - Muammo "pastga", ya’ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog’onaga uzatiladi. Uchinchi bosqich - Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo’yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir. To’rtinchi bosqich - Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferentsiyalar o’tkaziladi. Beshinchi bosqich - Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o’z muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. YAponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas’uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun yapon matbuotida uning sha’niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsa-da, uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi. Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi. 7.3. Qarorlarni ishlab chiqish va uni qabul qilish Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. SHu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga ko’ra xilma xil va ancha murakkabdir. qarorni ishlab chiqish jarayoni 3-chizmada ko’rsatilgandek bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
Boshqarish  jarayonida  doimo  biron-bir  masalani  hal  qilishga  to’g’ri  keladi.
CHunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og’ish sodir bo’ladi,
yangi  jarayonlarga  zaruriyat  tug’iladi,  natijada  ishlab  chiqarish  oldida  paydo
bo’lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Qaror  qabul  qilish  zarurati  va  tahlil  qilinayotgan  ob’ektdagi  aniq  vaziyat
aniqlangach, turli  yo’llar  bilan erishiladigan  qaror  maqsadi  shakllantiriladi  va
uning echimi  bo’yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi  yuqori  organ
tomonidan  ko’rsatib  berilishi  mumkin.  Masalan,  g’alla  etishtirishni  keskin
ko’paytirish va g’alla mustaqilligiga erishish  maqsad qilib qo’yildi. Bir qator
mulohazalar  asosida  donni  etishtirishga  eng  yaxshi  moslashadigan  tumanlar
aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul
qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga ko’chirish rejasini ishlab
chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tadbiq etish
uchun har tomonlama tayyorgarlik ko’radi.
5. Muqobil variantni tanlash
1.Vaziyatni tahlil qilish
2. Muammoni aniqlash
7.Qaror ijrosini uyushtirish
8. Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va unga 
baho berish
6. Qaror to`g`risida kelishib olish
4. Muqobil variantlarni aniqlash
3. Mezonlarni tanlash
Logotip
Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga to’g’ri keladi. CHunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og’ish sodir bo’ladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tug’iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bo’lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi. Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan ob’ektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yo’llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning echimi bo’yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan ko’rsatib berilishi mumkin. Masalan, g’alla etishtirishni keskin ko’paytirish va g’alla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qo’yildi. Bir qator mulohazalar asosida donni etishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don etishtirishga ko’chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko’radi. 5. Muqobil variantni tanlash 1.Vaziyatni tahlil qilish 2. Muammoni aniqlash 7.Qaror ijrosini uyushtirish 8. Qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va unga baho berish 6. Qaror to`g`risida kelishib olish 4. Muqobil variantlarni aniqlash 3. Mezonlarni tanlash