BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH VA UNI
TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI.
Reja
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar.
2. Boshqaruv qarorlari tasnifi.
3. Qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish jarayonini tashkillashtirish.
4. Qabul qilingan qarorlarning ijro etishini nazorat qilish вa baholash.
1. Boshqaruv qarorlarining mohiyati va ularga qo’yiladigan talablar.
Qaror - bu bajarilishi lozim bo’lgan ishning aniq bir yo’lini tanlab olish.
Boshqacha qilib aytganda, qaror - bu u yoki bu yo’lni tanlab olishda bir to’xtamga
yoki muayyan bir fikrga kelish. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o’nlab-
yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz. Masalan, kiyim
jovonidagi qaysi bir kiyimni tanlab kiyish, taomnomadan qaysi ovqatni, manzilga
yetib olishda transport turini, kasbni tanlash va h.k. Bunday misollarni ko’plab
keltirishimiz mumkin.
Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan
mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Masalan, davlat tomonidan qat’i belgilab
qo’yilgan narx bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z funktsiyasini bajara olmaydi. SHu
sababli narxlarni erkinlashtirish to’g’risida qaror qabul qilinadi.
Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo’llari bo’lganda vujudga keladi va
rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini
topish uchun rahbar “etti o’lchab bir kes” maqoliga rioya qilishi darkor. Puxta
o’ylab ish olib bormaslik qanchalik qimmatga tushishini quyidagi misoldan ko’rish
mumkin.
Masalan, Toshkent-Jizzax katta yo’lining ma’lum qismini qayta sozlash
to’g’risida bir necha marta noshudlarcha qabul qilingan qarorlar natijasida
davlatning qanchadan-qancha mablag’i behuda sarflangan. Dastlab yo’lni ikkiga
ajratib turadigan bardyurli polosa bo’lgan. Bir rahbarning qarori bilan ular olib
tashlanib, o’rniga asfalь’t yotqizilgan. Ma’lum vaqt o’tgach, boshqa rahbar qarori
asosida ular tiklanib, yo’l ikkiga ajratilgan. Bir yil o’tgach, ular olib tashlanib,
o’rniga balandligi bir metrlik beton to’siq qo’yib chiqilgan. SHunday qilib,
asoslanmagan bu qarorlar iqtisodiyotga millionlab zarar keltirgan.
Qabul qilingan qaror reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali
yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. SHu nuqtai nazardan, qarorni
boshqaruv binosining poydevori deyishi mumkin.
Qaror qabul qilish menejerning fikri-zikrini doim band qilib turadigan
tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan - ishlab chiqarish va
kadrlarga oid, tashkiliy va xo’jalik masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Menejer qarorni yakka boshchilik asosida, yordamchilarni va jamoatchilikni jalb
qilib qabul qilishi mumkin. Boshqaruvga oid har qanday qaror samarali bo’lsagina,
u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
SHunday qilib:
Qaror qabul qilish - bu tashkilot rahbarining tashkilot oldidagi maqsadga erishish
uchun o’z vakolati va omilkorligi doirasida qarzdorning mavjud variantlaridan eng
maqbulini tanlash jarayoni.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida rahbar qabul qiladigan qarorning ahamiyati ortib
boradi. Iqtisodchilarning fikricha sex (bo’lim)ning boshlig’i qabul qiladigan bitta
qaror shu sex (bo’lim)ning besh-olti oylik ishiga ta’sir qilar ekan. Qabul
qilinadigan qarorning oqilligi bir necha omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari
quyidagilardir:
qaror qabul qilish jarayonida axborotning to’laligi va sifati;
qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;
qaror qabul qilishda tashkiliy masalalarning oqilona yechilish darajasi
(masalan, qaror qabul qilishda mutaxassislarni jalb etish, qaror qabul qilish
tizimining takomillik darajasi, qarorni ijrochilarga yetkazish, nazorat qilish va
bajarilish darajasi va hokazo).
To’g’ri qarorni to’g’ri tanlashda muayyan tamoyillarga tayanish va qarorga
bo’lgan talablarni hisobga olish, qabul qilinadigan maqsadni xo’jalik maqsadiga
muvofiqlashtirish, mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlariga
muvofiqli aniqlash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli foydalanish,
texnikaviy, iqgisodiy va sotsial rivojlanish tendentsiyalarini hisobga olish zarur.
Qayd qilinganlarni umumlashtirib aytganda, boshqaruv qarorlari quyidagi
talablarga javob berishi kerak (14.1-jadval).
14.1-jadval
Boshqaruv qarorlariga qo’yiladigan talablar
T/r
Talablar
Izoh
1.
Ilmiy
asoslangan
bo’lishi lozim.
Boshqaruv qarorlari muayyan ishlab chiqarish holatini taxlil
qilishdan kelib chiqishi, iqtisodiy, texnikaviy va boshqa sotsial
qonunlarning amal qilishini hisobga olishi, hozirgi zamon fan-
texnika yutuqlari negizida qabul qilinishi lo’nda va aniq bo’lishi
2.
Bir-biri bilan
aloqador va yakdil
bo’lishi kerak.
Muayyan vazifani hal etishda ko’pincha asosiy masalalardan
kelib chiqadigan qo’shimcha vazifalarni hal etishga to’g’ri keladi.
Bu vazifalar qaror qabul qilinayotgan bosh vazifaga
bo’ysundirilishi lozim. Barcha qaror, ko’rsatma, qoidalar bir-biri
bilan bog’lanadi. , shuningdek,, ular oldindan qabul qilingan va
3.
Huquq va
javobgarlik
doirasida bo’lishi
lozim.
Rahbar qarorni o’ziga berilgan huquqlar doirasidagina qabul
qilishi mumkin. Bu yerda gap boshqarishning barcha
bo’g’inlarida huquq va javobgarlik ko’lami nisbati to’g’risida
borayapti. Huquqlar katta, mas’uliyati esa kam bo’lsa, ma’muriy
o’zboshimchalikka, o’ylamasdan qaror qabul qilishga yo’l
4.
Aniq va to’g’ri
yo’nalishga ega
bo’lishi kerak.
Har qanday qaror aniq va bajaruvchiga tushunarli bo’lishi
lozim. Qarordan bir necha ma’no kelib chiqishiga va uni turlicha
talqin qilish yoki tushunishga yo’l qo’ymaslik kerak.
5.
Vaqt bo’yicha
qisqa bo’lishi
kerak.
Axborotlar bilan ishlash vaqtini tejash maqsadida qisqa
muddatli qarorlar qabul qilinishi lozim.
6.
Vaqt bo’yicha
aniq bo’lishi
lozim.
Har qanday qarorning bajarilish muddati aniq ko’rsatilishi
kerak. Aks holda, uning bajarilishini ob’ektiv nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
7.
Tezkor bo’lishi
kerak.
Har qanday qaror o’z vaqtida, ya’ni ishlab chiqarishdagi
vaziyat talab qilgan vaqtning o’zida qabul qilinishi zarur.
Kechiqib yoki shoshqaloqlik bilan qabul qilingan qarorning har
8.
Samarali
bo’lishi lozim.
Qabul qilingan qarorning samaraliligi deganda,, qo’yilgan
maqsadga eng kam harajat bilan erishish tushuniladi.
Ma’lumki, qaror qabul qilish zaruriyati mavjud amaldagi holatning muammoni
hal etish uchun talab etiladigan holatga mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
Ana shu yerning o’zida muammo kelib chiqadi. Bu muammoning yechimi
quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi:
Nima qilish kerak (masalan, iste’molchilarning yana qanday yangi talablarini
qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash
lozim)?
Qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo’llash lozim?
Ishlab chiqarish harajatlari qay darajada, qanday miqdorda bo’lishi kerak?
Kim javobgar bo’lishi kerak?
Kimga va qaysi bahoda sotish lozim?
Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi?
Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak?
Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, xar bir rahbar qabul qiladigan qarorning doirasi har xil bo’ladi.
Masalan, usta (master) asosan tezkor tusdagi kundalik masalalarga doir, tsex
boshlig’i xuddi shu tezkor masalalar yuzasidan tsex va ish uchastkalarining ishini
muvofiqlashtirishga, o’zaro moslashtirishga doir qarorlar qabul qiladi. Direktor
(rais) asosan istiqboldagi masalalar bo’yicha qaror qabul qiladi.
Turli rahbarlar qaror qabul qilishga turlicha yondoshadilar. Masalan, ulardan
ba’zilari qarorni mustaqil qabul qiladi, uning natijasini talab etilgandagina yuqori
turgan rahbarlarga ma’lum qiladi, boshqalari yuqori turgan rahbar bilan kelishmay
turib hech qanday qaror qabul qilmaydi. Uchinchi turdagi rahbarlar mustaqil qaror
qabul qilishdan cho’chiydi, o’z rahbari ko’rsatmasini kutib o’tiraveradi.
Har qanday darajadagi rahbar o’z huquq va burchlarini, mas’uliyat va
javobgarligini, o’z vaqtida qabul qilinmagan yoki kechiqtirib qabul qilingan qaror
uchun javobgar bo’lishini aniq tasavvur qilishi kerak. Rahbar zimmasiga yuklangan
vazifalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul qilishga erishmog’i lozim.
Har qanday mayda-chuyda narsalar yuzasidan yuqori turgan rahbarlarga murojaat
qilaverish, birinchidan, ularni ishdan chalg’itsa, ikkinchidan, bu rahbarning bilim
doirasi torligidan, o’z sohasini yaxshi bilmasligidan, o’z vazifasini uddalay
olmayotganligidan dalolat beradi. Har qanday rahbar ham, qolaversa oddiy xodim
ham o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan hal qilishni o’zining
burchi ekanligini yaxshi bilishi kerak.
Ko’ndalang turgan masalalar yuzasidan bir marta va uzil-kesil qaror qabul
qilishga erishmoq kerak. Boshqaruvning har bir bo’g’ini o’z ishini bajarishi kerak,
yuqori organlarga hadeb murojaat qilinaversa, ular yirik muammolar bilan
shug’ullanishga yetarli vaqg topa olmay qolishlari mumkin. Quyi organlar o’z
huquqlari doirasidagi masalalarni tezkor hal qilishlari mumkin.
2. Boshqaruv qarorlari tasnifi va turli
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan turli darajada xilma-xil
mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni
quyidagi belgilar bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin (14.2-jadval).
14.2-jadval
Boshqaruv qarorlarining tasnifi.
T/r
Guruhlash belgilari
Boshqaruv qarorlari turlari
1.
Amal qilish davriga ko’ra
strategik qarorlar
taktik qarorlar
2.
Mazmuni va amal qilish
sotsial-iqtisodiy qarorlar
xususiyatiga ko’ra
texnikaviy qarorlar
stereotip qarorlar
tashabbusli qarorlar
3.
Takrorlanish yoki yangilik
an’anaviy qarorlar
darajasiga ko’ra
tavsiyali qarorlar
4.
Axborot bilan ta’minlanganlik
aniq qarorlar
darajasiga ko’ra
noaniq qarorlar
5.
Amal qilish xususiyatiga ko’ra
vaqtinchalik qarorlar
operativ (tezkor) qarorlar
muntazam qarorlar
vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan
qarorlar
6.
Qarorni qabul qilish shakliga
yakkaboshchilik printsipi asosida
ko’ra
qilingan qarorlar
kollegiallik (ko’pchilik fikri) asosi-
qabul qilingan qarorlar
yakdillik printsipi asosida qabul
qilingan qarorlar
konsensus printsipi asosida qabul
qilingan qarorlar
“Ringi” usuli asosida qabul qilin-
gan qarorlar
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori
boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish
maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga:
-Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
-Raqobat muhitini shakllantirish.
-CHuqur tarkibiy o’zgarishlarga erishish.
-Kichiq va o’rta biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo’la oladi.
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor
qarorlardir. Masalan:
-Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish.
-Kadrlar masalasini hal qilish va h.k.
Mazkur qarorlar yuqori va o’rta bo’g’in rahbarlari tomonidan uzog’i bilan ikki
yilgacha bo’lgan muddatga qabul qilinadi.
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo’lib, barcha bo’g’inlar uchun
birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish
haqini to’lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo’lib, korxonaning
muayyan bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotip qarorlar odatda qat’i yo’riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul
qilinadi. Bunday qarorlar ba’zan kundalik, ba’zan masalalar bo’yicha qabul
qilinadi, lekin o’zgarishlar asosan muddatlarga, ayrim sifat parametrlariga,
ijrochilarga taalluqli bo’ladi.
Rahbar stereotip qarorlarni odatda ortiqcha tayyorgarliksiz qabul qiladi.
Xodimlarni ishga olish va ishdan bo’shatish, korxonaning faoliyatini risoladagidek
boshqarish yuzasidan chiqarilgan buyruqlarni shunday qarorlar jumlasiga kiritish
mumkin.
Tashabbusli qarorlar o’z tavsifiga ko’ra novatorlik, mazmuniga ko’ra esa
istiqbolni nazarda tutadigan qarorlardir. Bunday qarorlar vaziyatni sinchkovlik
bilan batafsil o’rganishni, maxsus kuzatuv materiallariga asoslanishni, maxsus
hisob-kitoblarning amalga oshirilishini talab qiladi.
Tashabbusli qarorlar erkin harakatga asoslanib qabul qilinadi.
An’anaviy qarorlar - bu odatiy vaziyatlarda qabul qilinadigan qarorlar. Ularning
amal qilish doirasi oldindan ma’lumdir. Bunga korxona yoki firmaning ishlab
chiqarish dasturini qabul qilishga oid qarorlar misol bo’la oladi.
Tavsiyali qarorlar o’z mohiyatiga ko’ra tashabbusli qarorlarga yaqin bo’lib,
ularda korxona faoliyatini yaxshilash borasidagi tavsiyalar o’z aksini topadi.
Aniq qarorlar to’la-to’kis axborot mavjud bo’lgan holdagina qabul qilinadi. SHu
sababli bunday qarorlarning amalga oshish ehtimolligi birga yaqin bo’ladi.
Noaniq qarorlar - bu tavakkal bilan to’la bo’lmagan axborotga asoslanib qabul
qilinadigan qarorlar. Boshqacha qilib aytganda, bunday qarorlar kutiladigan
natijaga
baho berish imkoniyati bo’lmagan hollarda tavakkal qilib qabul qilinadigan
qarorlardir.
Masalan, Mudofaa Vazirligining eng yangi, murakkab qurolni yaratish
to’g’risidagi loyihani tasdiqlash bo’yicha qabul qilingan qarori, odatda noaniq
qaror shaklida bo’ladi. CHunki ishlab chiqarilgan qurolning qanchalik samarali
yoki samarasizligi, uning, qanchalik puxta yaratilganligi, nechog’lik mo’ljalni
oqlaganligi bilan isbotlanadi. Ehtimol, tavakkal qilib ishlab chiqarilgan yangi
qurolga ehtiyoj umuman bo’lmasligi mumkin.
Ana shunday va shunga o’xshash hollarda qabul qilingan qarorlar, odatda noaniq
yoki tavakkal qilib qabul qilingan qarorlar hisoblanadi.
Amal qilish xarakteriga ko’ra boshqaruv qarorlarining turlari. Amal qilish
xarakteriga qarab boshqaruv qarorlari quyidagi turlarga bo’linadi:
-
vaqtinchalik qarorlar;
-
tezkor (operativ) qarorlar;
-
muntazam qarorlar;
-
vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar.
Vaqtinchalik qarorning amal qilishi ma’lum muddat bilan cheklanadi yoki
doimiy qaror qabul qilinguncha amal qiladi. Masalan, biror-bir bayram munosabati
bilan korxonada navbatchilarning tayinlanishi bo’yicha chiqarilgan buyruq
shunday qarorlarga misol bo’la oladi.
Tezkor (operativ) qaror kechiqtirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan,
tabiiy ofat sodir bo’lgan hollarda uni bartaraf qilish bo’yicha qabul qilingan
qarorlar ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Muntazam qarorlar belgilangan muddatlarda chiqariladi. Masalan, xo’jalik
faoliyati yakuniga doir qabul qilinadigan (dekada, oy, yil choragi, yarim yillik,
to’qqiz oylik va yillik) qarorlar shunday qarorlarga misol bo’la oladi.
Vaqt-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar har zamonda biror sababga ko’ra
qabul qilinadi. Masalan, shahar transporti xizmatining samaradorligini aniqlash
maqsadida biror-bir avtobus marshrutidagi harakatni kuzatish bo’yicha qabul
qilinadigan qaror shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul qilinadigan qarorlar. Qabul
qilinadigan qarorlar tarkibida yakkaboshchilik va yakdillik asosida qabul
qilinadigan qarorlar ham bo’ladi. Ammo yakkaboshchilik asosidagi qarorlar ko’p
hollarda asosli tanqidga uchrab turadi. Sababi, rahbar yakkaboshchilikka
asoslangan qarorni aksariyat hollarda o’zini ko’rsatish maqsadida qabul qiladi.
Bunday rahbar faoliyatining 80—90 foizi buyruqbozlikka asoslangan bo’ladi. Bu
jamoada keskinlikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv qarorlari jamoa
fikriga tayangan holda qabul qilinmas ekan, boshqaruvchi bilan bo’ysunuvchilar
o’rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, o’zaro ishonchning yo’qolishi,
nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
Yakkaboshchilik tamoyilidan farqli o’laroq, yaqdillik tamoyili asosida ham
qarorlar qabul qilinadi. Bu tamoyil mohiyatiga ko’ra ilgari surilayotgan muqobil
fikrni so’zsiz qo’llab-quvvatlashdan iborat. Bunday bo’lishi juda kam uchraydigan
hodisadir, chunki qarorlarni qabul qilishda qatnashadigan kishilar demokratik
uslubda fikrlash tarafdorlari bo’lsada, odatda boshqalarnikidan farq qiladigan o’z
fikriga ega bo’ladi.
Yakdillik ko’pincha favqulodda ro’y beradigan vaziyatlarda qaror qabul
qilishda, , shuningdek, qarshilik ko’rsatuvchi guruhlarda “Koalitsiyalar” bo’lmagan
hollarda yuzaga keladi. Bizning sharoitda yakdillik “ma’qullaymiz” degan g’alati
shaklni egallaydiki, bu iqtisodiyotgagina emas, balki butun jamiyatga ham zarar
yetkazishi mumkin. SHunday bo’lsada, bizdagi ko’pgina boshqaruvchilar va
Parlament vakillari shu tamoyilga amal qilishga moyildir.
Qaror qabul qilishda Kollegial va Konsensus tamoyillari. ollegiallik (ko’pchilik)
tamoyili “koalitsiyalar”, ya’ni turli itgifoq yoki birlashmalar ro’yrost ma’lum bo’lib
turgan vaziyatlarda, har xil fikrlar raqobat qiladigan hollarda amal qiladi. SHu
sababli qaror qabul qilishda ovoz berish yo’liga o’tiladi. Bunday hollarda qabul
qilish uchun ko’pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko’pchilik hollarda yarmidan ko’p
ovoz gohida printsipial masalalar yuzasidan me’yor 2/3 deb tasdiqlanadi.
Konsensus tamoyili hurfikrlilik, ya’ni fikrlar plyuralizmi kuchaygan hamda
axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo’llaniladi. O’z mohiyati bilan:
Konsensus - bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va
turli-tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishish.
Konsensusga o’zaro fikr almashish va maslahat, , shuningdek, ilgari surilayotgan
muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo’llash
yordamida erishiladi.
Qaror qabul qilishda “Ringi” usulining mohiyati. “Ringi” usuli yapon biznesida
keng qo’llaniladigan usuldir. Bu usulga ko’ra majlislarda emas, balki so’rab
chiqish yo’li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga
oshiriladi (21-jadval).
14.3-jadval
“Ringi” usulini qo’llash bosqichlari
T/r
Bosqichlar
Izoh
1.
Birinchi
bosqich
Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan
qaror qabul qilinishi lozim bo’lsa, shu muammo (masalan,
yangi mahsulot turini ishlab chiqarishga) doir umumiy
mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda
2.
Ikkinchi
bosqich
Muammo “pastga”, ya’ni loyiha ustida ish tashkil
etiladigan pog’onaga uzatiladi.
3.
Uchinchi
bosqich
Bu bosqichda tayyorlanayottan loyihaning barcha jihatlari
bo’yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu
ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish
4.
To’rtinchi
bosqich
Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va
konferentsiyalar o’tkaziladi.
5.
Beshinchi
bosqich
Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har
kim o’z muhrini bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan
tasdiqlanadi.
Yaponiyada “Ringi” usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas’uliyatini
oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko’rinishlaridan biri deb hisoblash odat
tusiga kirgan. Garchi bu usulning hadd an tashqari sermashaqqat bo’lgani uchun
yapon matbuotida uning sha’niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo’lsa-da,
uni qo’llashdan voz kechish to’g’risida hech narsa deyilmaydi.
Boshqaruvchining shaxsiy fazilatlari ta’sirida qabul qilinadigan qarorlar. Qaror
shaxs tomonidan qabul qilinar ekan, unda bu shaxs fazilatlari u yoki bu darajada
aks etmay qolmaydi. SHu nuqtai nazardan, quyidagi ko’rinishdagi qarorlarning
mavjudligi e’tirof etiladi:
mo’’tadil, muvozanatlashgan qarorlar;
turtki beruvchi (impulьsli) qarorlar;
tinch holatni saqlovchi (inertli) qarorlar;
tavakkalli qarorlar;
ehtiyotkorona qarorlar;
oqilona qarorlar.
Muvozanatlashgan qarorlarni, odatda mazkur muammoni obdon bilgan, har bir
harakatini “etti o’lchab bir kes” qabilida ish tutadigan, o’zining xatti-harakatlariga
tanqidiy nuqtai nazardan yondoshadigan menejerlar qabul qiladi. Bunday
boshqaruvchilar qarorni qabul qilishdan oldinroq u to’g’risida o’zining tayanch
fikriga ega bo’lgan bo’ladi.
Turtki beruvchi (impulьsli) qarorlarni qabul qiluvchi rahbar rang-barang fikr,
g’oyalarni osonlik bilan o’ylab topadigan, ammo ularni aniqlash, baholash,
tekshirishga imkoniyat topa olmaydigan rahbardir. SHu sababli bunday qarorlar
birdaniga qabul qilinib, yetarli darajada asoslanmagan va ishonchsizroq bo’ladi.
Tinch holatni saqlovchi (inertli) qarorlar chuqur izlanishlar natijasida qabul
qilinadi. Bunda qaror tezkor g’oyaning paydo bo’lishdan ko’ra ko’proq aniqlik
kiritish, nazorat qilish asosida qabul qilinadi. SHu sababli bunday qarorlarda
novatorlik, originallik va juda sozlik alomatlari o’z aksini topmaydi.
Tavakkalli (riskli) qarorlarning impulьsli qarorlardan farqi shundaki, uni qabul
qiluvchi boshqaruvchilar o’z taxminlarini asoslashga urinmaydilar. Ular o’zlariga
ishongan holda hech qanday xavfdan qo’rqmaydilar.
Ehtiyotkorona qarorlar o’z ishiga nihoyat puxta yondoshadigan, unga tanqidiy
nuqtai nazardan qaraydigan, turli variantlarni baholab ish tutadigan menejerlar
tomonidan qabul qilinadi. Bu qarorlarda originallik va yangilik alomatlari o’z
aksini topmaydi.
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida
qabul qilinadi, strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy taxlilga,
optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
14.3. Qarorni ishlab chiqish va uni qabul qilish
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki
boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona yechimini topishdan iborat. SHu
sababli qarorni ishlab chiqish jarayoni, ayrim unsurlar mazmuni xilma-xil va ancha
murakkabdir. Qarorni ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o’z ichiga
oladi.
Keltirilgan chizma taxminiy bo’lib, vaziyatga va hal qilinayotgan holatning
xususiyatlariga ko’ra o’zgarishi mumkin. Umuman qarorni ishlab chiqish
jarayonida quyidagi savollarga javob topish lozim bo’ladi:
Nima qilish kerak (ob’ekt miqdori va sifati)?
Qanday xarajat (resurslar) evaziga?
Qanday tarzda (texnologiyada) bajarish kerak?
Kim uchun bajarish kerak?
Qanday muddatda bajarish lozim?
Kim tomonidan bajarilishi kerak?
Qaysi joyda bajarish lozim?
Qanday (iqtisodiy, sotsial, texnikaviy, ekologik) samara beradi?
Agar shu savollarga miqtsor nuqtai nazardan to’g’ri javob topib, ularni makon va
zamonda, , shuningdek,, resurs va bajaruvchilar bilan bog’lay olmasangaz, bilingki
siz qarorni ishlab chiqish texnologiyasini to’liq uddalay olmagan bo’lasiz.
Qarorni ishlab chiqish jarayoni vaziyatni tahdil qilish va vazifani aniqlab
olishdan boshlanadi. Vaziyatni taxlil qilish quyidagilarni amalga oshirishni talab
qiladi:
taxlil qilinayotgan ob’ekt holatini, uning sifat jihatlarini, resurslar bilan
ta’minlanganligani taxlil qilish;
mazkur ob’ekt samaradorligini eng yuqori samaraga ega bo’lgan o’xshash
ob’ekt bilan taqqoslash;
taqqoslanayotgan ob’ektlar ko’rsatkichlari o’rtasidagi tafovutlar sababini
aniqlash;
adabiyotlar manbaini, ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha hisobotlarni, patent
fondi, iste’molchilar imkoniyatlari va shu kabilarni taxlil qilish;
ishlab chiqaruvchi va raqobatchilardagi ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik
darajasini taxlil qilish;
mazkur ob’ektning taraqqiyot yo’nalishlarini shakllantirish va h.k.
Boshqarish jarayonida doimo biror bir masalani hal qilishga to’g’ri keladi.
CHunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og’ish sodir bo’ladi,
yangi jarayonlarga zaruriyat tug’iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo
bo’lgan muammoni bilish, uni taxlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish zarurati va taxlil qilinayotgan ob’ektdagi aniq vaziyat
aniqlangach, turli yo’llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning
yechimi bo’yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan
ko’rsatib berilishi mumkin. Masalan, g’alla yetishtirishni keskin ko’paytirish va
g’alla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qo’yildi. Bir qator mulohazalar asosida
donni yetishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik
ularning ixtisoslashuvini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qiladi va buning uchun
u tumanlarni don yetishtirishga ko’chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari
topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tatbiq etish uchun har tomonlama
tayyorgarlik ko’radi.
Bu yerda asosiy maqsad va vazifa respublika uchun zarur bo’lgan don
mahsulotini yetishtirishdir. SHunday qilib, muammoni aniqlash vaziyatni va
muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlashdan boshlanadi. Vaziyatni aniqlash
deganda, muammoning kelib chiqish sabablarini taxlil qilish tushuniladi (14.4-
jadval.).
14.4-jadval.
Muammo quyidagicha tushuncha va tasnifga ega
Muammo - bu murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat yechimini topish
zaruriyati.
Miqyo
si
Tashkilot uchun oqibat
Muhimli
gi
So’rov qilinadigan shaxslar soni, yo’qotishlar ko’lami
Tezkorlig
i
O’z vaqtida hal qilishdagi zarurlik darajasi
Echish
imkoniyati
Umumanolgandaechimgaegaemasmazkursharoitdaechibbo’lmay
diechishmumkin
Tarkibiy
tuzilishi
Tarkiban aniq, bo’laklab-maydalab o’rganish imkoniyati bor.
Tarkiban o’rtacha aniqliqda, faqat asosiy qismlarini o’zaro
bog’lanishda o’rganish imkoniyati bor.
Muammo tushunchasi va uning tasnifi.
Muammo asosan:
mavjud bo’lgan holatning bo’lishi lozim bo’lgan holatga mos tushmaslik;
noaniqlik;
sabab va oqibatning aniq bo’lmasligi;
bir necha muqobilning mavjudlik hollarida yuzaga keladi (11-jadval).
CHizmadan ko’rinib turibdiki, muammolar turli sabablar, ya’ni ko’zlanmagan
holatlar, oldimizga qo’yilgan maqsadning yechimi bo’yicha bo’ladigan harakatlar,
ayrim standartlarda mavjud mezonlarning noaniqliklari va nihoyat, yo’l qo’yilishi
mumkin bo’lgan tasodifiy xatolar tufayli vujudga kelishi mumkin. Bu
muammolarning yechimi qaror modelini ishlab chiqish bilan bog’liq.
Qaror modelini ishlab chiqish va maqbul variantni ajratib olish esa mezonlarni
tanlash bilan bevosita bog’liq. Mezonlarni tanlash vazifalarning har xil variantlarini