BOSHQARUV TIZIMI NAZARIYASI VA AMALIYOTINING
RIVOJLANISH BOSQICHLARI.
Reja:
1. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda boshqaruv va menejment.
2. Qadimgi amaliyot va yangi fan.
3. Boshqaruvning rivojlanishi.
4. Boshqaruv maktablari.
1
Tayanch so‘z va iboralar: qadimiy amaliyot va yangi fan, boshqarishni
rivojlanishi, boshqaruvga bo‘lgan sistemali qarash, ilmiy boshqaruv maktabi,
qobiliyat to‘g‘risidagi fanlar, klassik boshqarish, holatiy yo‘nalish.
1. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda boshqaruv va menejment.
Iqtisodiyotning turli jabxalaridagi faoliyatni olib borish boshqaruv orqali
amalga oshiriladi. Boshqaruvsiz hech qanday faoliyat amalga oshmaydi.
Boshqaruv faoliyati qadim zamonlardan beri mavjud bo‘lib, mamlakatlar va
tashkilotlarning samarasining asosi bo‘lib hisoblangan. Iqtisodiyot rivojlanishi va
uni turli ko‘rinishlarga o‘tishi natijasida boshqaruv faoliyati, uning tamoyillari,
usullari va ahamiyati o‘zgarib kelgan. Ayniqsa, bugungi kunda insoniyat
sivilizatsiyasi bozor munosabatlarini maqbul ko‘rib, unga o‘tib borayotgan davr
uchun boshqaruv faoliyatining ahamiyati yanada ortib ketdi, boshqaruvning bozor
munosabatlariga mos keladigan tamoyillarini ishlab chiqilmoqda, boshqaruv
sohasida yangi nazariyalar yuzaga kelmoqda.
Bozor munosabatlariga o‘tayotgan iqtisodiyotni boshqarish tizimini tubdan
qayta qurish – mamlakatimizda o‘tkazilayotgan islohotlarning muhim
yo‘nalishlaridan biridir. Yangi shart-sharoitlarga tushib qolgan korxona uchun bu
juda katta ahamiyatga ega. Tovar – pul munosabatlari ob’ekti bo‘lib, iqtisodiy
mustaqillikka va o‘z faoliyati natijalariga to‘liq javob berish huquqini egallagan
korxona, shunday boshqarish tizimini shakllantirishi kerakki, buning natijasida
yuqori ish samaradorligiga, raqobatbardoshlikka va bozordagi mustahkam xolatga
erishsin.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida menejment iborasi lug‘atlarga kirib
keldi va tobora mustahkam o‘rin egallab bormoqda. Menejment – bu bozor
iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga to‘liq javob beradigan boshqarishning bir
turidir. Boshqarish ishlab chiqarish va jamiyat rivojlanishidagi murakkab tadbir
sifatida ko‘p omillar bilan harakterlanadi. Boshqarish kichik va yirik biznesda ham
2
farqlanadi. Menejment ko‘p qirralidir: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, moliyaviy,
falsafiy, psixologik, texnik va tashkiliy.
Insonlar faoliyatini boshqarish professional-menejerdan yuksak san’atni, u
tomonidan qo‘llaniladigan usul va uslublarning keng to‘plamini, boshqarish va
tadbirkorlik malakalarini talab etadi.
6-rasm. Zamonaviy menejmentning hozirgi sharoitdagi vazifalari.
Menejment – bu bozor iqtisodida amal qilayotgan korxonaning optimal
xo‘jalik natijalariga ko‘p turli menejment mexanizmining ijtimoiy – iqtisodiy
tamoyillari, funksiyalari va uslublarini qo‘llash asosida erishishga yo‘naltirilgan
alohida kasb faoliyatidir. Menejment korxonada odamlar ishini tashkil qilish bilan
bog‘liq bo‘lgan faoliyat sohasini ham bildiradi. Bu samarali boshqarish
imkoniyatlari o‘rganiladigan bilimlar sohasidir.
2. Qadimgi amaliyot va yangi fan.
Tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsa boshqaruv jarayonini amalga
oshirishi shart. Qadimgi zamonlarda ham tashkilotlar bo‘lgani kabi, ularda
boshqaruv ham mavjud bo‘lgan. Demak, boshqaruv amaliyoti qadimdan beri
3
Замонавий менежментнинг ҳозирги шароитдаги вазифалари
Иқтисодиётнинг реал сектори
корхоналарини қўллаб-қувватлаш
Ишлаб чиқаришни модернизация
қилиш
Кооперация алоқаларини
кенгайтириш
Мустаҳкам ҳамкорликни йўлга
қўйиш
Ички талабни рағбатлантириш
mavjud bo‘lgan. Temuriylar bog‘lari, Buxoro va Samarqanddagi tarixiy obidalar,
shaharlar, mamlakatlar o‘rtasida yuz bergan urushlar, Misr ehromlari – bular
barchasi tashkiliy harakatlar natijasida amalga oshgan. Bu harakatlar barchasi
boshqaruv faoliyati orqali amalga oshirilgan. Belgilangan maqsadga erishish esa
samarali tarzda boshqarishni, ishlarni to‘g‘ri tashkil etishni talab qilgan.
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlarni -jadvalda
ko‘rsatilgan.
2-jadval
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlar
Qadimgi tashkilotlar.
Zamonaviy tashkilotlar
Kichik va mayda tashkilotlar.
Yirik va bakuvvat tashkilotlar.
Rahbarlarning kamligi.
Rahbarlarning ko‘pligi.
O‘rta bo‘g‘in rahbarlarining yo‘qligi.
O‘rta bo‘g‘in rahbarlarining ko‘pligi.
Boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat
turlaridan ajralmaganligi.
Boshqaruv faoliyatining mustaqilligi.
Rahbarlikni avloddan-avlodga o‘utishi
yoki kuch ishlatib olinishi.
Rahbarlikni qonuniy yo‘l bilan, ilm va
bilim egallanishi.
Tashkilot uchun muxim
qarorlar
kamchilik tomonidan qabul qilingan.
Muxim
qarorlar
qabul
qilishda
ko‘pchilikning qatnashuvi.
Buyruq bilan ishlash.
Jamoa mehnati va samarali faoliyatga
asoslanish.
Tashkilotlar va boshqarish qadimda va hozir mavjud bo‘lgani bilan ular
orasida juda katta farq bo‘lgan. Avvalgi vaqtlardagi tashkilotlarda, ya’ni, XX-
asrgacha bo‘lgan tashkilotlarda boshqaruvni qanday qilib tizimli tarzda amalga
oshirishga qiziqish bo‘lmagan, asosan ko‘proq pul ishlab topish asosiy maqsad
hisoblangan. Shu bilan birgalikda siyosiy xokimiyatga ega bo‘lishga qiziqish katta
bo‘lgan. Qanday kilib samarali boshqarishni amalga oshirish to‘g‘risida fikr
yuritilmagan.
3. Boshqaruvning rivojlanishi.
4
XIX-asr boshlarida Robert Ouen boshqaruvni takomillashtirish orqali tashkilot
maqsadlariga erishish mumkinligi to‘g‘risida izlanishlar, tadqiqotlar olib borgan. U
o‘z korxonasida odamlarga yashash uchun qulay uy-joylar bergan, ish sharoitlarini
yaxshilashga harakat qilgan, moddiy jihatdan qiziqishlarini orttirish uchun ular
mehnatini aniq va haqqoniy tarzda baholash tizimini yaratgan. Bu o‘zgarishlar o‘z
samarasini beradi. Odamlar o‘zoq-yaqinlardan Shotlandiyaning N’yu-Lanardiga bu
korxonani qurish uchun keladilar va bu korxonada ishlashga qiziqadilar. O‘sha
vaqtlarda barcha korxonalar foyda olib ishlaganligi sababli, boshqa korxona
rahbarlari Ouen yangiliklariga e’tibor bermadilar, qiziqmadilar.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib korxonalar yanada kengayib bordi,
asta-sekin raqobat yuzaga kela boshladi. 1911 yillarga kelib boshqaruvga qiziqish
paydo bo‘la boshladi. Shu yili Frederik U.Teylor o‘zining «Ilmiy boshqaruv
qoidalari» kitobini nashr qildi. Bu boshqaruvni fan sifatida va mustaqil tadqiqot
sohasi sifatida tan olinishining an’anaviy boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Albatta,
bu xolat birdaniga bo‘lmadi, balki yillar davomida sharoit yetilib borib amalga
oshdi. Bu xolatning yuzaga kelishiga Angliyada amalga oshgan sanoat
revolyusiyasi, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi rivojlanish, temir yo‘llarining
qurilishi, bozorning rivojlanishi sabab bo‘ldi. Boshqaruv sohasidagi nazariy
tadqiqotlarning rivojlanishiga Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi o‘zgarishlar sabab
bo‘ldi.
Yirik biznesning ehtiyojlariga javob tariqasida boshqaruv fan sifatida va
mustaqil tadqiqotlar sohasi sifatida rivojlanib berdi. Boshqaruvning rivojlanishi
turli yo‘nalishlar ta’sirida amalga oshib bordi.
4. Boshqarish maktablari.
XX asrning birinchi yarmida boshqaruv faniga katta hissa qo‘shgan to‘rtta
maktab o‘z g‘oyalari bilan chiqdi:
1. Ilmiy boshqaruv maktabi.
2. Ma’muriy maktab.
5