Boshqaruvning huquqiy aktlari va ma’muriy–huquqiy shartnomalar. Ishontirish va rag‘batlantirish

Yuklangan vaqt

2025-09-03

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

29

Faytl hajmi

554,3 KB


Boshqaruvning huquqiy aktlari va
ma’muriy–huquqiy shartnomalar. 
Ishontirish va rag‘batlantirish
Boshqaruvning huquqiy aktlari va ma’muriy–huquqiy shartnomalar. Ishontirish va rag‘batlantirish Logotip
REJA:
1.
Boshqaruvning huquqiy aktlari tushunchasi va yuridik
ahamiyati.
2.
Boshqaruvning huquqiy aktlarining funktsiyalari va
tasnifi.
Boshqaruvning
huquqiy
aktlariga
qo‘yiladigan
talablar.
3.
Ma’muriy–huquqiy shartnomalar tushunchasi.
4.
Ishontirish
-
boshqarish
uslubi
sifatida.
Rag‘batlantirish tushunchasi va uning turlari.
5.
Majburlov tushunchasi. Ma’muriy-huquqiy majburlov
choralarining turlari
REJA: 1. Boshqaruvning huquqiy aktlari tushunchasi va yuridik ahamiyati. 2. Boshqaruvning huquqiy aktlarining funktsiyalari va tasnifi. Boshqaruvning huquqiy aktlariga qo‘yiladigan talablar. 3. Ma’muriy–huquqiy shartnomalar tushunchasi. 4. Ishontirish - boshqarish uslubi sifatida. Rag‘batlantirish tushunchasi va uning turlari. 5. Majburlov tushunchasi. Ma’muriy-huquqiy majburlov choralarining turlari Logotip
Davlat
boshqaruvi
jarayonida
normativ-huquqiy
hujjatlar (ustavlar, nizomlar, yo‘riqnomalar) bilan
o‘rnatilgan
boshqaruv
shakllaridan
foydalaniladi.
Boshqacha
aytganda,
boshqaruv
jarayonida
davlatning u yoki bu vazifasini hal etish, u yoki bu
funktsiyasini amalga oshirishning ruxsat berilgan
(ya’ni
normativ
hujjatlar
bilan
belgilangan)
shakllaridan foydalaniladi.
Davlat boshqaruvi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar (ustavlar, nizomlar, yo‘riqnomalar) bilan o‘rnatilgan boshqaruv shakllaridan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, boshqaruv jarayonida davlatning u yoki bu vazifasini hal etish, u yoki bu funktsiyasini amalga oshirishning ruxsat berilgan (ya’ni normativ hujjatlar bilan belgilangan) shakllaridan foydalaniladi. Logotip
BOSHQARUV FAOLIYATI SHAKLLARI 
Huquqiy shakllar
Nohuquqiy shakllar
– huquq normalarini o‘rnatish
(boshqaruv
aktlarini
qabul
qilish);
– huquq normalarini qo‘llash
(amaldagi
huquq
normalari
asosida yuridik ahamiyatga ega
bo‘lgan
harakatlarni
amalga
oshirish).
– tashkiliy tadbirlarni amalga
oshirish;
– moddiy-texnik operatsiyalarni
amalga oshirish.
BOSHQARUV FAOLIYATI SHAKLLARI Huquqiy shakllar Nohuquqiy shakllar – huquq normalarini o‘rnatish (boshqaruv aktlarini qabul qilish); – huquq normalarini qo‘llash (amaldagi huquq normalari asosida yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlarni amalga oshirish). – tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish; – moddiy-texnik operatsiyalarni amalga oshirish. Logotip
Ma’muriy huquq nazariyasida boshqaruvning huquqiy akti
instituti alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning doirasida davlat
boshqaruvining eng muhim funktsiyalari amalga oshiriladi.
Tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari
va
harakatlari
qoida
bo‘yicha
normativ
yoki
normativ
bo‘lmagan huquqiy aktlar shaklida rasmiylashtiriladi.
Ma’muriy huquq nazariyasida boshqaruvning huquqiy akti instituti alohida ahamiyatga ega bo‘lib, uning doirasida davlat boshqaruvining eng muhim funktsiyalari amalga oshiriladi. Tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning qarorlari va harakatlari qoida bo‘yicha normativ yoki normativ bo‘lmagan huquqiy aktlar shaklida rasmiylashtiriladi. Logotip
Boshqaruvning huquqiy aktlari ijtimoiy boshqaruv oldida turgan
maqsad va vazifalarga erishish uchun uning harakatlarini amalga
oshirishning muhim huquqiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi.
Boshqaruvning huquqiy aktlari hozirgi vaqtda keng normativ
asosga ega, ya’ni bunday aktlarni qabul qilish va uning tartibi
O‘zbekiston
Konstitutsiyasi,
qonunlari
va
boshqa
normativ-huquqiy
hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.
Boshqaruvning huquqiy aktlari ijtimoiy boshqaruv oldida turgan maqsad va vazifalarga erishish uchun uning harakatlarini amalga oshirishning muhim huquqiy shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Boshqaruvning huquqiy aktlari hozirgi vaqtda keng normativ asosga ega, ya’ni bunday aktlarni qabul qilish va uning tartibi O‘zbekiston Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. Logotip
Boshqaruv huquqiy aktlarini qabul qilish – ijro etuvchi hokimiyat
organlari faoliyatining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Huquqiy
aktlar
orqali
mazkur
sub’ektlarning
vazifalari,
funktsiyalari
va
vakolatlari, ya’ni kompetentsiyasi bevosita amalga oshiriladi.
Boshqaruv huquqiy aktlarini qabul qilish – ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Huquqiy aktlar orqali mazkur sub’ektlarning vazifalari, funktsiyalari va vakolatlari, ya’ni kompetentsiyasi bevosita amalga oshiriladi. Logotip
Boshqaruvning huquqiy aktlari deganda, ijro
etuvchi hokimiyat sub’ektlarining bir tomonlama
hokimiyat
ko‘rsatmalarini
ifodalash,
yuridik
oqibatlarni
vujudga
keltirish
va
bajarilishi
majburiy bo‘lgan aktlar tushuniladi.
Boshqaruvning huquqiy aktlari deganda, ijro etuvchi hokimiyat sub’ektlarining bir tomonlama hokimiyat ko‘rsatmalarini ifodalash, yuridik oqibatlarni vujudga keltirish va bajarilishi majburiy bo‘lgan aktlar tushuniladi. Logotip
Huquqiy
akt
–
ijro
etuvchi
hokimiyat
sub’ektining bir tomonlama yuridik hokimiyati
irodasini
namoyon
etib,
birinchidan,
davlat-
boshqaruv
faoliyatining
hokimiyat
tabiatini
ifodalaydi; ikkinchidan, uning yordamida ijro
etuvchi
hokimiyat
organlarining
vazifa
va
funktsiyalari amalga oshiriladi.
Huquqiy akt – ijro etuvchi hokimiyat sub’ektining bir tomonlama yuridik hokimiyati irodasini namoyon etib, birinchidan, davlat- boshqaruv faoliyatining hokimiyat tabiatini ifodalaydi; ikkinchidan, uning yordamida ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifa va funktsiyalari amalga oshiriladi. Logotip
Ma’muriy-huquqiy
shartnomalar
tuzish
-
boshqaruv faoliyatini (harakatlarini) amalga
oshirishning
huquqiy
shakllaridan
biri
hisoblanadi.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalar tuzish - boshqaruv faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishning huquqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Logotip
Shartnoma
munosabatlari
ishtirokchilarining
biri
tomonidan
majburiyatlar
bajarilmagan
yoki
yetarli
darajada bajarilmaganida, ijro etuvchi hokimiyat organi
shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishi va
aybdor tomonga nisbatan mazkur shartnomada nazarda
tutilgan iqtisodiy va boshqa sanktsiyalarni qo‘llash
vakolatiga ega bo‘lishi kerak
Shartnoma munosabatlari ishtirokchilarining biri tomonidan majburiyatlar bajarilmagan yoki yetarli darajada bajarilmaganida, ijro etuvchi hokimiyat organi shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishi va aybdor tomonga nisbatan mazkur shartnomada nazarda tutilgan iqtisodiy va boshqa sanktsiyalarni qo‘llash vakolatiga ega bo‘lishi kerak Logotip
ijro
etuvchi
hokimiyat
organi
shartnoma
munosabatlariga
kirishganida,
uning
ijro
etilishini
nazorat qilish, barcha hujjatlar bilan tanishib chiqish,
shartnoma
sub’ektlarining
faoliyatini
tekshirish
vakolatiga
ega
bo‘lishi
kerak.
Nazoratni
amalga
oshirish tartibi va uslublari shartnomaning o‘zida
nazarda tutilishi lozim
ijro etuvchi hokimiyat organi shartnoma munosabatlariga kirishganida, uning ijro etilishini nazorat qilish, barcha hujjatlar bilan tanishib chiqish, shartnoma sub’ektlarining faoliyatini tekshirish vakolatiga ega bo‘lishi kerak. Nazoratni amalga oshirish tartibi va uslublari shartnomaning o‘zida nazarda tutilishi lozim Logotip
Davlat boshqaruv faoliyatida boshqaruv ob’ektlariga
ta’sir ko‘rsatishning ikki asosiy usuli: ishontirish va
majburlash usullari qayd etilgan.
Davlat boshqaruv faoliyatida boshqaruv ob’ektlariga ta’sir ko‘rsatishning ikki asosiy usuli: ishontirish va majburlash usullari qayd etilgan. Logotip
Ishontirish – boshqaruv usuli sifatida shaxsning xulq-
atvori, ongiga ta’sir etish uchun turli xil tushuntirish,
tarbiyaviy
va
rag‘batlantirish
choralaridan
foydalanishni nazarda tutadi. Ushbu usul maqsadiga
shaxsdan
o‘rnatilgan
tartib-qoidalarga
ixtiyoriy
ravishda rioya etishni talab etgan holda uning xulqiga
axloqiy ta’sir etish orqali erishiladi.
Ishontirish – boshqaruv usuli sifatida shaxsning xulq- atvori, ongiga ta’sir etish uchun turli xil tushuntirish, tarbiyaviy va rag‘batlantirish choralaridan foydalanishni nazarda tutadi. Ushbu usul maqsadiga shaxsdan o‘rnatilgan tartib-qoidalarga ixtiyoriy ravishda rioya etishni talab etgan holda uning xulqiga axloqiy ta’sir etish orqali erishiladi. Logotip
Ishontirish
usulining
tushuntirish,
tarbiyaviy
hamda
rag‘batlantirish
choralarini
qo‘llash
natijasida
maqsadga
erishilmagan taqdirda boshqaruvning maqsad va vazifalari
majburlash choralari bilan ta’minlanishi mumkin. Majburlash
choralari intizomiy, moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik
choralari
sifatida
namoyon
bo‘ladi.
Majburlash
choralari
muayyan shaxsning huquqqa xilof xatti-harakati uchun ta’sir
chorasini
qo‘llashni
nazarda
tutishi
yoki
ayrim
hollarda
huquqiy-tartibot, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga
qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Ishontirish usulining tushuntirish, tarbiyaviy hamda rag‘batlantirish choralarini qo‘llash natijasida maqsadga erishilmagan taqdirda boshqaruvning maqsad va vazifalari majburlash choralari bilan ta’minlanishi mumkin. Majburlash choralari intizomiy, moddiy, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralari sifatida namoyon bo‘ladi. Majburlash choralari muayyan shaxsning huquqqa xilof xatti-harakati uchun ta’sir chorasini qo‘llashni nazarda tutishi yoki ayrim hollarda huquqiy-tartibot, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Logotip
Boshqaruv usullari ma’muriy va iqtisodiy usullarga ham
bo‘linadi. Ma’muriy usullar boshqaruv sub’ektining ob’ektga
(fuqarolar,
yuridik
shaxslar,
davlat
xizmatchilari)
bir
tomonlama
davlat
hokimiyat
ta’siri
ko‘rsatish
orqali
ifodalanadi. Bunda ushbu usulni qo‘llayotgan boshqaruv
sub’ekti tegishli boshqariluvchilar uchun majburiy bo‘lgan va
yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan huquqiy aktlarni
qabul qiladi.
Boshqaruv usullari ma’muriy va iqtisodiy usullarga ham bo‘linadi. Ma’muriy usullar boshqaruv sub’ektining ob’ektga (fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat xizmatchilari) bir tomonlama davlat hokimiyat ta’siri ko‘rsatish orqali ifodalanadi. Bunda ushbu usulni qo‘llayotgan boshqaruv sub’ekti tegishli boshqariluvchilar uchun majburiy bo‘lgan va yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradigan huquqiy aktlarni qabul qiladi. Logotip
Iqtisodiy usullarga mehnat jamoalarini ham, alohida xodimlarni
ham moddiy rag‘batlantirishda foydalaniladigan usullarning
barchasi
kiradi.
Iqtisodiy
usullar
tizimi
foyda,
ish
haqi,
mukofotlar, kredit, baho kabilarni o‘z ichiga oladi. Birlamchi
davlat yoki mahalliy ishlab chiqarish tashkiloti (korxona,
birlashma)
darajasida
ishlab
chiqarish
samaradorligini
oshirishda
iqtisodiy
rag‘batlantirish,
xo‘jalik
mustaqilligi,
soliqqa tortish siyosati kabilar alohida o‘rin tutadi.
Iqtisodiy usullarga mehnat jamoalarini ham, alohida xodimlarni ham moddiy rag‘batlantirishda foydalaniladigan usullarning barchasi kiradi. Iqtisodiy usullar tizimi foyda, ish haqi, mukofotlar, kredit, baho kabilarni o‘z ichiga oladi. Birlamchi davlat yoki mahalliy ishlab chiqarish tashkiloti (korxona, birlashma) darajasida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda iqtisodiy rag‘batlantirish, xo‘jalik mustaqilligi, soliqqa tortish siyosati kabilar alohida o‘rin tutadi. Logotip
Iqtisodiy
rag‘batlantirish
boshqaruv
usuli
sifatida
rejali
ravishda ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan hamda
mehnat jamoalari va har bir xodimning ishlab chiqarishni
yanada rivojlantirish hamda uning samaradorligini oshirishdan
manfaatdorligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir.
Iqtisodiy rag‘batlantirish boshqaruv usuli sifatida rejali ravishda ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan hamda mehnat jamoalari va har bir xodimning ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish hamda uning samaradorligini oshirishdan manfaatdorligini kuchaytirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Logotip
Boshqaruvning
iqtisodiy
usullariga
kredit
kiradi.
Kredit
yordamida qo‘shimcha kapital sarflashni talab etadigan ishlab
chiqarish vazifalari hal qilinadi. Kreditdan foydalanish evaziga
ishlab
chiqarish
va
tovarlar
shaklidagi
fondlarning
pul
shaklidagi
fondlarga
aylanish
jarayoni
tezlashadi,
ishlab
chiqarish va muomala vaqti qisqaradi, pul mablag‘larining
aylanishi tezlashadi. Kredit ishlab chiqarishni kengaytirish
hamda fan-texnika taraqqiyotini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan pul mablag‘larining yirik manbaidir.
Boshqaruvning iqtisodiy usullariga kredit kiradi. Kredit yordamida qo‘shimcha kapital sarflashni talab etadigan ishlab chiqarish vazifalari hal qilinadi. Kreditdan foydalanish evaziga ishlab chiqarish va tovarlar shaklidagi fondlarning pul shaklidagi fondlarga aylanish jarayoni tezlashadi, ishlab chiqarish va muomala vaqti qisqaradi, pul mablag‘larining aylanishi tezlashadi. Kredit ishlab chiqarishni kengaytirish hamda fan-texnika taraqqiyotini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining yirik manbaidir. Logotip
Boshqaruvning iqtisodiy usullaridan foydalanish ularning
samaradorligini nazorat qilishining amaliy tizimi bo‘lishini
talab etadi. Ma’lumki, moddiy mukofot, ayniqsa individual
mukofot miqdorini oshirish, agar u to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa,
odatda kutilgan natijaga erishilishini ta’minlaydi. Shu bilan
birga,
iqtisodiy
usullarni
noto‘g‘ri
qo‘llash
moddiy
mukofotlashning kutilgan samarani bermasligiga olib kelishi
mumkin. Masalan, asossiz ravishda moddiy mukofot berish
ko‘p
hollarda
salbiy
oqibatlarga
olib
keladi,
moddiy
rag‘batlantirishning ta’sir kuchini kamaytiradi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullaridan foydalanish ularning samaradorligini nazorat qilishining amaliy tizimi bo‘lishini talab etadi. Ma’lumki, moddiy mukofot, ayniqsa individual mukofot miqdorini oshirish, agar u to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, odatda kutilgan natijaga erishilishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, iqtisodiy usullarni noto‘g‘ri qo‘llash moddiy mukofotlashning kutilgan samarani bermasligiga olib kelishi mumkin. Masalan, asossiz ravishda moddiy mukofot berish ko‘p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi, moddiy rag‘batlantirishning ta’sir kuchini kamaytiradi. Logotip