Bo‘yoq preparatlari va turli shakllarda retseptlar yozish

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

9

File size

Fayl hajmi

28,2 KB


Bo‘yoq preparatlari va turli shakllarda retseptlar yozish.
Darsning maqsadi: Bu amaliy mashg‘ulotda talabalarga antiprotozoy dori
vositalari buyicha tuzilgan kurgazmali jadvallar bilan ishlash va preparatlari bilan
tanishtiriladi. Har xil sxemalarda retseplar yozish. 
Darsning  o‘tkazish  usuli: kafedrada  mavjud  bo‘lgan  antiprotozoy  dori
moddalari bilan tanishtiriladi. 
Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar
 
 :   Berenil, azidin, imidokarb, Imizol,
diamidin, etdin, jadvallar, plakatlar.
Qishloq  xo‘jalik  hayvonlarining  protozoy  kasalliklari  guruhiga  kiruvchi-
teylerioz,  piroplazmoz,  babezioz,  anaplazmoz,  eymerioz  kabilar  o‘tkir  oqimda
kechuvchi intoksikasiya, anemiya, organizmda modda almashinuvi va qon hosil
bo‘lishining  buzilishi  kabi  klinik  belgilarini  namoyon  qiladigan  transmissiv
kasalliklar hisoblanadi..
Protozoy kasalliklari dunyoning ko‘pgina davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib,
ular xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Xususan, tropik davlatlarda 600
mln.boshdan ko‘proq mollar babezioz va piroplazmoz hamda 200 mln.boshdan
ko‘proq mollar esa tropik teylerioz bilan kasallanadi. Osiyo qit’asining janubiy-
sharqiy qismida joylashgan davlatlarda har yili 10 mln boshdan 67 mln.boshgacha
mollar qon parazitar kasalliklariga chalinadi.
Antiprotozoy dori vositalariga quyidagilar kiradi.
Butachem-50 inyeksiya uchun eritmada 1 ml preparat tarkibida buparvakon
50 mg saqlaydi.
Farmakologik xususiyatlari: Butachem-50 ham shizontlar bosqichidagi,ham
piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. Butachem-50
ning  ta’sir  etish  mexanizmi  hozirgi  paytda  to‘liq  aniqlanmagan.  U  taxminan
teyleriyalarning  mitoxondriyalarida  elektronlar  ko‘chishi  mexanizmini  izdan
chiqaradi. Butachem-50 ni qo‘llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning
Logotip
Bo‘yoq preparatlari va turli shakllarda retseptlar yozish. Darsning maqsadi: Bu amaliy mashg‘ulotda talabalarga antiprotozoy dori vositalari buyicha tuzilgan kurgazmali jadvallar bilan ishlash va preparatlari bilan tanishtiriladi. Har xil sxemalarda retseplar yozish. Darsning o‘tkazish usuli: kafedrada mavjud bo‘lgan antiprotozoy dori moddalari bilan tanishtiriladi. Dars uchun kerakli jixozlar va vositalar : Berenil, azidin, imidokarb, Imizol, diamidin, etdin, jadvallar, plakatlar. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining protozoy kasalliklari guruhiga kiruvchi- teylerioz, piroplazmoz, babezioz, anaplazmoz, eymerioz kabilar o‘tkir oqimda kechuvchi intoksikasiya, anemiya, organizmda modda almashinuvi va qon hosil bo‘lishining buzilishi kabi klinik belgilarini namoyon qiladigan transmissiv kasalliklar hisoblanadi.. Protozoy kasalliklari dunyoning ko‘pgina davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib, ular xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Xususan, tropik davlatlarda 600 mln.boshdan ko‘proq mollar babezioz va piroplazmoz hamda 200 mln.boshdan ko‘proq mollar esa tropik teylerioz bilan kasallanadi. Osiyo qit’asining janubiy- sharqiy qismida joylashgan davlatlarda har yili 10 mln boshdan 67 mln.boshgacha mollar qon parazitar kasalliklariga chalinadi. Antiprotozoy dori vositalariga quyidagilar kiradi. Butachem-50 inyeksiya uchun eritmada 1 ml preparat tarkibida buparvakon 50 mg saqlaydi. Farmakologik xususiyatlari: Butachem-50 ham shizontlar bosqichidagi,ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. Butachem-50 ning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to‘liq aniqlanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko‘chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Butachem-50 ni qo‘llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning
sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o‘tishi bilan bu
parazitning  tashqi  membranalari  va  yadroviy  membranalari  tuzilmasining
buzilishiga olibkeladi. Shu bilan birga, butachem-50 teyleriyalar parazitlik qiluvchi
hujayralarning  hujayra  ichidagi  tuzilmalarini  (shu jumladan  mitoxondriyalarni)
shikastlamaydi.  Mushak  ichiga  kiritilganda  preparat  to‘qimalarda  uzoq
saqlanadi.Butachem-50 ning yarim chiqarilish davri – 7 kunga yaqin.
Qo‘llash tartibi va miqdori:Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik
vazniga 1 ml preparat dozasida muskul orasiga qo‘llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg
butachem-50 ni tashkil etadi. Og‘ir holatlarda preparat ikkinchi marotaba 48-72
soatdan so‘ng, xuddi shunday dozada takroriy qo‘llanadi.
Alohida  ko‘rsatmalar.Bitta  inyeksiya  joyiga  10  ml  dan  ortiq  preparatni
yuborish tavsiya etilmaydi. Zarur bo‘lganda, yuborilgan doza yarmisidan bo‘linadi.
IMISAN
1 ml preparat tarkibida imidokarb dipropionat 120 mg saqlaydi. «Imisan»
yirik shoxli hayvonlar va mayda shoxli hayvonlar, otlar va itlarning qon parazitar
kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va
profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llash  tartibi  va  miqdori:«Imisan»  hayvonlarga  bir  marotaba,  bo‘yin
soxasiga, mushak ichiga (qoramol, otlar va qo‘ylar) yoki bo‘yin soxasiga teri ostiga
(itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda, quyidagi dozalarda
kiritiladi:
Hayvonlarning
turi
Imisan dozasi
Babezioz
Anaplazmoz
Aralash invaziya
Davolash maqsadida
Qoramol 
100  kg  vazniga
2,0 ml
100 kg vazniga 2,5
ml
100  kg  vazniga
2,5 ml
Mayda shoxli mol
10 kg vazniga 0,2
ml
-
-
Otlar,  eshaklar,
xachirlar
100  kg  vazniga
2,5 ml 
-
-
Itlar
10  kg  vazniga
0,25-0,5 ml 
-
-
Profilaktika maqsadida
Logotip
sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o‘tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olibkeladi. Shu bilan birga, butachem-50 teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi. Mushak ichiga kiritilganda preparat to‘qimalarda uzoq saqlanadi.Butachem-50 ning yarim chiqarilish davri – 7 kunga yaqin. Qo‘llash tartibi va miqdori:Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida muskul orasiga qo‘llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg butachem-50 ni tashkil etadi. Og‘ir holatlarda preparat ikkinchi marotaba 48-72 soatdan so‘ng, xuddi shunday dozada takroriy qo‘llanadi. Alohida ko‘rsatmalar.Bitta inyeksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni yuborish tavsiya etilmaydi. Zarur bo‘lganda, yuborilgan doza yarmisidan bo‘linadi. IMISAN 1 ml preparat tarkibida imidokarb dipropionat 120 mg saqlaydi. «Imisan» yirik shoxli hayvonlar va mayda shoxli hayvonlar, otlar va itlarning qon parazitar kasalliklarini (babezioz, nuttalioz, anaplazmoz va aralash invaziyalar) davolash va profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llash tartibi va miqdori:«Imisan» hayvonlarga bir marotaba, bo‘yin soxasiga, mushak ichiga (qoramol, otlar va qo‘ylar) yoki bo‘yin soxasiga teri ostiga (itlar), aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda, quyidagi dozalarda kiritiladi: Hayvonlarning turi Imisan dozasi Babezioz Anaplazmoz Aralash invaziya Davolash maqsadida Qoramol 100 kg vazniga 2,0 ml 100 kg vazniga 2,5 ml 100 kg vazniga 2,5 ml Mayda shoxli mol 10 kg vazniga 0,2 ml - - Otlar, eshaklar, xachirlar 100 kg vazniga 2,5 ml - - Itlar 10 kg vazniga 0,25-0,5 ml - - Profilaktika maqsadida
Qoramol 
-
-
100  kg  vazniga
2,5 ml
Otlar,  eshaklar,
xachirlar
100  kg  vazniga
2,0 ml 
-
-
Itlar
10 kg vazniga 0,5
ml 
-
-
Otlar, eshaklar va xachirlarni B.caball va B.equi qo‘zg‘atuvchilaridan tozalash
maqsadida davolash quyidagi sxema bo‘yicha o‘tkaziladi:
Hayvonlarning turi 
Doza, hayvonlarning 100 kg tana vazniga, ml
B.caball
B.equi
Otlar
2  ml  dan  ikki  marta24
soat oralig‘i bilan
4 ml dan to‘rt marta 72
soat oralig‘i bilan
Eshaklar va xachirlar
2 ml dan ikki marta 24
soat oralig‘i bilan
-«Imisan»  hayvonlarda  kasallikning  klinik  belgilari  paydo  bo‘lganda,
davolash maqsadida qo‘llanadi. 
Kasal hayvonlar tinch holda qoldiriladi va ularning fiziologik holatiga qarab,
ularga qo‘shimcha simptomatik dori vositalari tayinlanadi.
Umumiy ma’lumotlar: «Imisan» (Imisan) – yirik qoramol va mayda shoxli
mollar, otlar va itlarning qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish
uchun, ineksiyalar uchun eritma shaklidagi dori vositasidir. Ta’sir etuvchi moddasi
imidokarb dipropionat. 
Farmakologik xususiyatlari: Ta’sir etuvchi vositasi-imidokarb dipropionat-
babezioz,  nuttallioz,  anaplazmozning  qo‘zg‘atuvchilariga  nisbatan  faol  ta’sir
ko‘rsatadi.  Ta’sir  etish  mexanizmi  qon  parazitlarida  poliamin  moddalarining
metabolizmini ingibirlashga asoslangan.
Parenteral yo‘l bilan yuborilgandan keyin 18-24 soatdan so‘ng imidokarb
dipropionatning qondagi terapevtik konsentratsiyasiga erishiladi va uning qondagi
piroplazmostatik darajasi 4-6 hafta davomida saqlanadi. 
Logotip
Qoramol - - 100 kg vazniga 2,5 ml Otlar, eshaklar, xachirlar 100 kg vazniga 2,0 ml - - Itlar 10 kg vazniga 0,5 ml - - Otlar, eshaklar va xachirlarni B.caball va B.equi qo‘zg‘atuvchilaridan tozalash maqsadida davolash quyidagi sxema bo‘yicha o‘tkaziladi: Hayvonlarning turi Doza, hayvonlarning 100 kg tana vazniga, ml B.caball B.equi Otlar 2 ml dan ikki marta24 soat oralig‘i bilan 4 ml dan to‘rt marta 72 soat oralig‘i bilan Eshaklar va xachirlar 2 ml dan ikki marta 24 soat oralig‘i bilan -«Imisan» hayvonlarda kasallikning klinik belgilari paydo bo‘lganda, davolash maqsadida qo‘llanadi. Kasal hayvonlar tinch holda qoldiriladi va ularning fiziologik holatiga qarab, ularga qo‘shimcha simptomatik dori vositalari tayinlanadi. Umumiy ma’lumotlar: «Imisan» (Imisan) – yirik qoramol va mayda shoxli mollar, otlar va itlarning qon-parazitar kasalliklarini davolash va profilaktika qilish uchun, ineksiyalar uchun eritma shaklidagi dori vositasidir. Ta’sir etuvchi moddasi imidokarb dipropionat. Farmakologik xususiyatlari: Ta’sir etuvchi vositasi-imidokarb dipropionat- babezioz, nuttallioz, anaplazmozning qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan faol ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir etish mexanizmi qon parazitlarida poliamin moddalarining metabolizmini ingibirlashga asoslangan. Parenteral yo‘l bilan yuborilgandan keyin 18-24 soatdan so‘ng imidokarb dipropionatning qondagi terapevtik konsentratsiyasiga erishiladi va uning qondagi piroplazmostatik darajasi 4-6 hafta davomida saqlanadi.
Imidokarb dipropionat asosan buyrak va jigarda yig‘iladi organizmdan asosan
siydik bilan o‘zgarmagan holatida chiqariladi.«Imisan» organizmga ta’sir etish
darajasiga ko‘ra kam xavfli moddalarga kiradi
Nojo‘ya  ta’sirlar:  Imisan  mazkur  qo‘llanmaga  muvofiq  tavsiya  etilgan
dozalarda qo‘llanganda, hayvonlarda nojo‘ya ta’siri va asoratlari kuzatilmaydi.
Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og‘riqli shishib ketish shaklidagi
mahalliy reaksiya bo‘lishi mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo‘qoladi. Takroriy
kiritishda  qon  bosimi  pasayishi,  preparatning  dozasi  oshib  ketganda  esa
bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi
mumkin.Hayvonning  preparatga  yuqori  individual  sezgirligida  asoratlar
rivojlanishi belgilari bo‘lishi mumkin (holsiz holati, notinchlik, ko‘p so‘lak oqishi,
ko‘z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu
hollarda teri ostiga 1 % atropin sulfat eritmasi yuboriladi.
Qon  parazitlari  ommaviy  qirilganda  va  eritrotsitlar  parchalanganda
hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin.Bu holda elektrolitlar eritmalarini
qon  tomirga  yuborish  va  simptomatik  davolashni  o‘z  ichiga  oluvchi  intensiv
davolash o‘tkazilishi lozim.
Man etilgan holatlar:Preparat teri ostiga yoki qon tomirga qo‘llanmaydi
(itlardan tashqari).Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaksina bilan
vaksinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo‘llash taqiqlanadi.Xlororganik va
fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda
qo‘llash taqiqlanadi.
Mahsus ko‘rsatmalar: Preparatni qo‘ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml
bo‘limli shkalasi bo‘lgan shpritslardan foydalanish lozim. Itlar ineksiyadan keyin
15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo‘lishi kerak. Preparat
qo‘llanishi bilan bir vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo‘laniishi tavsiya
etiladi.Agar  eritmaning  hisoblangan  hajmi  10  ml  dan  ortiq  bo‘lsa,  og‘riq
bo‘lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga yuborish lozim.Hayvonlarga
«Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o‘tkazishi
lozim.Yoppasiga  ishlov  berishdan  avval  preparatning  har  bir  seriyasi
hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o‘tkazilishi lozim. 3 sutka
ichida asoratlar bo‘lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.
Logotip
Imidokarb dipropionat asosan buyrak va jigarda yig‘iladi organizmdan asosan siydik bilan o‘zgarmagan holatida chiqariladi.«Imisan» organizmga ta’sir etish darajasiga ko‘ra kam xavfli moddalarga kiradi Nojo‘ya ta’sirlar: Imisan mazkur qo‘llanmaga muvofiq tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, hayvonlarda nojo‘ya ta’siri va asoratlari kuzatilmaydi. Kam hollarda kiritilgan joyida giperemiya yoki og‘riqli shishib ketish shaklidagi mahalliy reaksiya bo‘lishi mumkin, u 1 -2 sutkadan keyin yo‘qoladi. Takroriy kiritishda qon bosimi pasayishi, preparatning dozasi oshib ketganda esa bradikardiya, nafas olish tezlashishi va buzilishi, anoreksiya, tremor kuzatilishi mumkin.Hayvonning preparatga yuqori individual sezgirligida asoratlar rivojlanishi belgilari bo‘lishi mumkin (holsiz holati, notinchlik, ko‘p so‘lak oqishi, ko‘z yoshi oqishi, ter ajralishi, mushaklar titrashi, tez-tez siyish va ich ketishi), bu hollarda teri ostiga 1 % atropin sulfat eritmasi yuboriladi. Qon parazitlari ommaviy qirilganda va eritrotsitlar parchalanganda hayvonlarda intoksikatsiya rivojlanishi mumkin.Bu holda elektrolitlar eritmalarini qon tomirga yuborish va simptomatik davolashni o‘z ichiga oluvchi intensiv davolash o‘tkazilishi lozim. Man etilgan holatlar:Preparat teri ostiga yoki qon tomirga qo‘llanmaydi (itlardan tashqari).Preparatni babezioz yoki anaplazmozga qarshi tirik vaksina bilan vaksinatsiya qilishdan keyin 4 hafta ichida qo‘llash taqiqlanadi.Xlororganik va fosfororganik preparatlar, shuningdek xolinesteraza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llash taqiqlanadi. Mahsus ko‘rsatmalar: Preparatni qo‘ylarga va itlarga kiritish uchun 0,1 ml bo‘limli shkalasi bo‘lgan shpritslardan foydalanish lozim. Itlar ineksiyadan keyin 15 daqiqa mobaynida veterinar shifokorning nazoratida bo‘lishi kerak. Preparat qo‘llanishi bilan bir vaqtda itlarga antigistamin vositalarining qo‘laniishi tavsiya etiladi.Agar eritmaning hisoblangan hajmi 10 ml dan ortiq bo‘lsa, og‘riq bo‘lmasligi uchun uni hayvonning ikki-uchta joyiga yuborish lozim.Hayvonlarga «Imisan» bilan ishlov berishni veterinar shifokor yoki veterinar feldsher o‘tkazishi lozim.Yoppasiga ishlov berishdan avval preparatning har bir seriyasi hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o‘tkazilishi lozim. 3 sutka ichida asoratlar bo‘lmasa, preparat barcha hayvonlarga beriladi.
Kutish davri:Qoramol va qo‘ylarni go‘sht uchun so‘yish Imisan preparatini
oxirgi  qo‘llashdan  keyin  kamida  45  sutkadan  keyin  ruxsat  etiladi.Majburan
hollarda ko‘rsatilgan muddat tugashidan avval so‘yilgan hayvonlarning go‘shti
go‘sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.
Sog‘iladigan  sigirlarning  sutini  oziq-ovqat  maqsadida  ishlatish  preparatni
qo‘llashdan keyin kamida 7 sutkadan so‘ng ruxsat etiladi. 
Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga edirish uchun
ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog‘iladigan qo‘ylarning sutini butun sut
emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas.
BUPARVALEK 
1 ml preparat tarkibida buparvakon 50 mg saqlaydi.
Qo‘llash  uchun  ko‘rsatma:«Buparvalek»  qoramolga  Theiria  parva,  T.
annulata,  T.  mutans,  va  T.  Orientalis  tomonidan  qo‘zg‘atiladigan  teyleriozda,
davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi.
Qo‘llash tartibi va miqdori: Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik
vazniga 1 ml preparat dozasida qo‘llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg buparvakonni
tashkil etadi. Preparatni kiritish usuli – mushak ichiga, bo‘yin sohasiga kiritiladi. 
Og‘ir holatlarda preparat birinchi kiritishdan keyin 48-72 soatdan so‘ng xuddi
shunday dozada takroriy qo‘llanadi.
Alohida  ko‘rsatmalar. Bitta  ineksiya  joyiga 10 ml  dan ortiq  preparatni
kiritish tavsiya etilmaydi. Zarur bo‘lganda, kiritilgan doza yarmisidan bo‘linadi va
bo‘yinning ikki tomonidan kiritiladi.
Farmakologik xususiyatlari:Buparvakon ham shizontlar bosqichidagi ham
piroplazmalar  bosqichidagi  teyleriyalarga  nisbatan  faol  ta’sir  etadi.
Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to‘liq aniqlanmagan. U
taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko‘chishi mexanizmini
izdan  chiqaradi.  Buparvakonni  qo‘llash  hujayralar  tuzilmalari  darajasida
parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt
o‘tishi  bilan  bu  parazitning  tashqi  membranalari  va  yadroviy  membranalari
tuzilmasining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar
parazitlik qiluvchi  hujayralarning hujayra ichidagi  tuzilmalarini  (shu jumladan
mitoxondriyalarni) shikastlamaydi. 
Logotip
Kutish davri:Qoramol va qo‘ylarni go‘sht uchun so‘yish Imisan preparatini oxirgi qo‘llashdan keyin kamida 45 sutkadan keyin ruxsat etiladi.Majburan hollarda ko‘rsatilgan muddat tugashidan avval so‘yilgan hayvonlarning go‘shti go‘sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin. Sog‘iladigan sigirlarning sutini oziq-ovqat maqsadida ishlatish preparatni qo‘llashdan keyin kamida 7 sutkadan so‘ng ruxsat etiladi. Ushbu muddatdan avval sut qaynatiladi, keyin hayvonlarga edirish uchun ishlatiladi. «Imisan» bilan ishlov berilgan sog‘iladigan qo‘ylarning sutini butun sut emizish davri mobaynida oziq-ovqat maqsadida ishlatish mumkin emas. BUPARVALEK 1 ml preparat tarkibida buparvakon 50 mg saqlaydi. Qo‘llash uchun ko‘rsatma:«Buparvalek» qoramolga Theiria parva, T. annulata, T. mutans, va T. Orientalis tomonidan qo‘zg‘atiladigan teyleriozda, davolash va profilaktika maqsadida belgilanadi. Qo‘llash tartibi va miqdori: Preparat bir marotaba, hayvonning 20 kg tirik vazniga 1 ml preparat dozasida qo‘llanadi, bu 1 kg vazniga 2,5 mg buparvakonni tashkil etadi. Preparatni kiritish usuli – mushak ichiga, bo‘yin sohasiga kiritiladi. Og‘ir holatlarda preparat birinchi kiritishdan keyin 48-72 soatdan so‘ng xuddi shunday dozada takroriy qo‘llanadi. Alohida ko‘rsatmalar. Bitta ineksiya joyiga 10 ml dan ortiq preparatni kiritish tavsiya etilmaydi. Zarur bo‘lganda, kiritilgan doza yarmisidan bo‘linadi va bo‘yinning ikki tomonidan kiritiladi. Farmakologik xususiyatlari:Buparvakon ham shizontlar bosqichidagi ham piroplazmalar bosqichidagi teyleriyalarga nisbatan faol ta’sir etadi. Buparvakonning ta’sir etish mexanizmi hozirgi paytda to‘liq aniqlanmagan. U taxminan teyleriyalarning mitoxondriyalarida elektronlar ko‘chishi mexanizmini izdan chiqaradi. Buparvakonni qo‘llash hujayralar tuzilmalari darajasida parazitlarning sitoplazmasida kuchayib boruvchi vakuollashuvga olib keladi, vaqt o‘tishi bilan bu parazitning tashqi membranalari va yadroviy membranalari tuzilmasining buzilishiga olib keladi. Shu bilan birga, buparvakon teyleriyalar parazitlik qiluvchi hujayralarning hujayra ichidagi tuzilmalarini (shu jumladan mitoxondriyalarni) shikastlamaydi.
Mushak 
ichiga 
kiritilganda  preparat 
to‘qimalarda 
uzoq  saqlanadi.
Buparvakonning yarim chiqarilish davri –7 kunga yaqin.
Ineksiya joyida ba’zan mahalliy, og‘riqsiz shishlar paydo bo‘lishi mumkin,
ular vaqt o‘tib o‘zi yo‘qoladi.
Preparatni teri ostiga yoki tomirning ichiga kiritish mumkin emas.
Hayvonlarni go‘sht uchun so‘yish preparatni kiritish to‘xtatilganidan keyin 42
kundan so‘ng ruxsat etiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 2 sutka ichida sutni
oziq-ovqat maqsadida ishlatish taqiqlanadi.
Ehtiyot choralari:Preparat bilan ishlaganda shaxsiy gigiena choralarini va
xavfsizlik texnikasi qoridalariga rioya qilish lozim. Preparat teriga yoki shilliq
pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish
kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat eyish taqiqlanadi.Ish tugaganidan
keyin qo‘llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo‘lqoplarini yuvish va
quritish  lozim.Preparatning  idishini  oziq-ovqat  maqsadlari  uchun  ishlatish
taqiqlanadi.
Umumiy ma’lumotlar:«Buparvalek»–qoramolning teyleriozlarini davolash va
profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan ineksiyalar uchun eritma shaklidagi dori
preparati. 
AMPROVET 25% 
1 g preparat tarkibida amproliumgidroxlorid 250 mg saqlaydi.
Qo‘llash  uchun  ko‘rsatma:«Amprovet»  25%  kukuni  turli  eymeriyalarga
nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatadi: e. maxima, e. acervulina, E. mitis, e. tentla, e.
nekatrix, e. brunetti, e. zurnii, e. ninakoljykimovi.
Qo‘llash tartibi va miqdori: 
Tovuqlar  va  kurkalarda  koksidiozlarni  davolash  uchun  «Amprovet»  25%
kukuni ketma-ket 3-5 kun davomida 100 kg quruq yemga 100 g preparat hisobidan,
keyin esa (4-6 kundan boshlab) 14 kun davomida emning 1 tonnasiga 500 g
dozasida qo‘llanadi. Preparat yem bilan yaxshilab aralashtiriladi, avval yemning
ozgina  miqdori  bilan,  keyin  esa  uning  qolgan  qismi  bilan
aralashtiriladi.«Amprovet» 25% kukuni suv bilan 10 litr ichimlik suviga 20 g
preparat hisobida, 5-10 kun davomida qo‘llanadi.
Logotip
Mushak ichiga kiritilganda preparat to‘qimalarda uzoq saqlanadi. Buparvakonning yarim chiqarilish davri –7 kunga yaqin. Ineksiya joyida ba’zan mahalliy, og‘riqsiz shishlar paydo bo‘lishi mumkin, ular vaqt o‘tib o‘zi yo‘qoladi. Preparatni teri ostiga yoki tomirning ichiga kiritish mumkin emas. Hayvonlarni go‘sht uchun so‘yish preparatni kiritish to‘xtatilganidan keyin 42 kundan so‘ng ruxsat etiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin 2 sutka ichida sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish taqiqlanadi. Ehtiyot choralari:Preparat bilan ishlaganda shaxsiy gigiena choralarini va xavfsizlik texnikasi qoridalariga rioya qilish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni darhol ko‘p miqdordagi suv bilan yuvish kerak. Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat eyish taqiqlanadi.Ish tugaganidan keyin qo‘llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo‘lqoplarini yuvish va quritish lozim.Preparatning idishini oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish taqiqlanadi. Umumiy ma’lumotlar:«Buparvalek»–qoramolning teyleriozlarini davolash va profilaktika qilish uchun mo‘ljallangan ineksiyalar uchun eritma shaklidagi dori preparati. AMPROVET 25% 1 g preparat tarkibida amproliumgidroxlorid 250 mg saqlaydi. Qo‘llash uchun ko‘rsatma:«Amprovet» 25% kukuni turli eymeriyalarga nisbatan samarali ta’sir ko‘rsatadi: e. maxima, e. acervulina, E. mitis, e. tentla, e. nekatrix, e. brunetti, e. zurnii, e. ninakoljykimovi. Qo‘llash tartibi va miqdori: Tovuqlar va kurkalarda koksidiozlarni davolash uchun «Amprovet» 25% kukuni ketma-ket 3-5 kun davomida 100 kg quruq yemga 100 g preparat hisobidan, keyin esa (4-6 kundan boshlab) 14 kun davomida emning 1 tonnasiga 500 g dozasida qo‘llanadi. Preparat yem bilan yaxshilab aralashtiriladi, avval yemning ozgina miqdori bilan, keyin esa uning qolgan qismi bilan aralashtiriladi.«Amprovet» 25% kukuni suv bilan 10 litr ichimlik suviga 20 g preparat hisobida, 5-10 kun davomida qo‘llanadi.