BO'Z TUPROQLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

32,7 KB


BO'Z TUPROQLAR
REJA
1. Bo’z tuproqlar kelib chiqishi. 
2. Bo’z tuproqlar klassifikasiyasi.
Kalit so’zlar:  Tuproq, gorizontal zonallik, cho’l tuproqlari, tuproq okurugi,
tuproq  rayoni  tuproqlar  sistematikasi,Tayga-o’rmon,  Podzollar,  gleyli  podzol,
genezisi.
Bo‘z  tuproqlarning  kelib  chiqishi  (genezisi)ga  doir  ko‘plab  tadqiqotlar
V.V.Dokuchayev,  N.M.Sibirsev,  K.D.Glinka,  P.S.Kossovich,  N.A.Dimo,
L.I.Prasolov, A.I.Bessonov va boshqalarning faoliyati bilan bog‘liq. Ayniqsa S.S
Neustruyevning bu sohada olib borgan ishlari alohida o‘rin tutadi. Olim 1908 yilda
Sirdaryo  viloyatida  olib  borgan  tadqiqotlari  asosida  bo‘z  tuproqlarning  kelib
chiqishi haqida dastlabki to‘la ma‘lumotlarni beradi. S.S.Neustruyev mustaqil tip
sifatida ajratib «bo‘z tuproqlar» atamasini fanga kiritgan. «Bo‘z tuproqlar» termini
(atamasi) hozirgi vaqtda vatanimiz va xorijiy mamlakatlar adabiyotiga kiritilgan. 
Keyinchalik  bo‘z  tuproqlarning  genezisi  sohasidagi  ancha  to‘liq  va
mukammal  tadqiqotlar  mashhur  tuproqshunos  N.A.Rozanov  tomonidan  olib
borildi hamda uning «O‘rta Osiyo bo‘z tuproqlari» (1951)monografiyasida batafsil
bayon etildi. 
O‘zbekiston  olilarining  ko‘plab  ishlari  ham  bo‘z  tuproqlarni  o‘rganishga
qaratilgan (M.Bahodirov, M.Umarov, A.Rasulov va b.). 
Logotip
BO'Z TUPROQLAR REJA 1. Bo’z tuproqlar kelib chiqishi. 2. Bo’z tuproqlar klassifikasiyasi. Kalit so’zlar: Tuproq, gorizontal zonallik, cho’l tuproqlari, tuproq okurugi, tuproq rayoni tuproqlar sistematikasi,Tayga-o’rmon, Podzollar, gleyli podzol, genezisi. Bo‘z tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi)ga doir ko‘plab tadqiqotlar V.V.Dokuchayev, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, P.S.Kossovich, N.A.Dimo, L.I.Prasolov, A.I.Bessonov va boshqalarning faoliyati bilan bog‘liq. Ayniqsa S.S Neustruyevning bu sohada olib borgan ishlari alohida o‘rin tutadi. Olim 1908 yilda Sirdaryo viloyatida olib borgan tadqiqotlari asosida bo‘z tuproqlarning kelib chiqishi haqida dastlabki to‘la ma‘lumotlarni beradi. S.S.Neustruyev mustaqil tip sifatida ajratib «bo‘z tuproqlar» atamasini fanga kiritgan. «Bo‘z tuproqlar» termini (atamasi) hozirgi vaqtda vatanimiz va xorijiy mamlakatlar adabiyotiga kiritilgan. Keyinchalik bo‘z tuproqlarning genezisi sohasidagi ancha to‘liq va mukammal tadqiqotlar mashhur tuproqshunos N.A.Rozanov tomonidan olib borildi hamda uning «O‘rta Osiyo bo‘z tuproqlari» (1951)monografiyasida batafsil bayon etildi. O‘zbekiston olilarining ko‘plab ishlari ham bo‘z tuproqlarni o‘rganishga qaratilgan (M.Bahodirov, M.Umarov, A.Rasulov va b.).
Bo‘z  tuproqlar  haqidagi  ko‘pgina  materiallar  o‘rta  Osiyo  jumhuriyatlari
tuproqlariga doir ko‘plab monografik asarlarda yoritilgan. 
Ko‘rsatilgan asarlarda bayon etilgan va shuningdek, olib borilgan keyingi
tadqiqotlar asosida bo‘z tuproqlarning genezisi haqidagi nuqtai nazarga ko‘ra bo‘z
tuproqlarning kelib chiqishi va xossalari hozirgi zamon omillri va jarayonlari bilan
bog‘liq (I.S.Kaurichev, 1989). Bunda bo‘z tuproqlarda kechadigan biologik va
biokimyoviy  jarayonlar  jadalligi  hamda  maromini  belgilovchi  o‘ziga  xos
gidrotermik rejimlarga alohida e‘tibor beriladi. 
Boshqa  bir  nuqtai  nazarga  ko‘ra  o‘z  tuproqlar  eng  qadimgi  tuproqlar
jumlasiga  kiradi.  Muzliklar  davrida  ham  bo‘z  tuproqlarning  tuzilishi  deyarli
buzilmagan va bir necha ming yillik murakkab shakllanish, shuningdek, rivojlanish
tarixiga ega. Bo‘z tuproqlar ko‘plab bosqichlarni, jumladan, bir qancha o‘ta namlik
davrlarini kechirgan bo‘lib, shu sababli tuproqda gil to‘planishi (gillanish) va
profilining ancha miqdorda temir bilan boyishi singari alomatlar rivojlanmagan
(N.A.Rozanov,1951). 
Uchinchi nuqtai nazarga asosida (V.Kovda, 1973, I.N.Stepanov, 1980) bo‘z
tuproqlar dastlab gidromorf va so‘ngra yarim gidromorf tuproq paydo bo‘lish
bosqichlarini o‘tgan. Shu sababli bu tuproqlarda gumusning, shuningdek, kalsiy,
magniy karbonatlari, gips va boshqa moddalarning ko‘p to‘planishi ro‘y bergan.
Keyinchalik bo‘z tuproqlar ishqorsizlanib, quruq (arid)lashgan tabiiy sharoitlarga
uchragan.  Bu  fikr  O‘rta  Osiyodagi  lyoss  va  lyossimon  jinslarning  allyuvial,
prolyuvial, delyuvial kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Demak, bo‘z tuproqlar
genezisini yagona bir xil nazariya bilan tushuntirish mumkin emas. Xullas, bo‘z
tuproqlarda hozirgi zamon jarayonlarining belgilari bilan bir qatorda qachonlardir
boshqacharoq omillar tufayli yuzaga kelgan xususiyatlar ham aks etgan. 
Bo‘z tuproqlar zonasida tuproq paydo bo‘lish jarayoni o‘ziga xos gidrotermik
rejim sharoitida rivojlanadi. Qishi iliq, ya‘ni tuproq ko‘pincha muzlamaydi, ba‘zan
qisqa muddatda muzlaydigan, bahorda juda qulay nam va issiqlik rejimi mavjud,
yozda esa issiq va quruq sharoit kuzatiladi. Yuvilmaydigan suv rejimi (qo‘riq va
lalmikor maydonlarda) mavjud. Tuproq muzlamaganligi va qulay qovushmaga ega
Logotip
Bo‘z tuproqlar haqidagi ko‘pgina materiallar o‘rta Osiyo jumhuriyatlari tuproqlariga doir ko‘plab monografik asarlarda yoritilgan. Ko‘rsatilgan asarlarda bayon etilgan va shuningdek, olib borilgan keyingi tadqiqotlar asosida bo‘z tuproqlarning genezisi haqidagi nuqtai nazarga ko‘ra bo‘z tuproqlarning kelib chiqishi va xossalari hozirgi zamon omillri va jarayonlari bilan bog‘liq (I.S.Kaurichev, 1989). Bunda bo‘z tuproqlarda kechadigan biologik va biokimyoviy jarayonlar jadalligi hamda maromini belgilovchi o‘ziga xos gidrotermik rejimlarga alohida e‘tibor beriladi. Boshqa bir nuqtai nazarga ko‘ra o‘z tuproqlar eng qadimgi tuproqlar jumlasiga kiradi. Muzliklar davrida ham bo‘z tuproqlarning tuzilishi deyarli buzilmagan va bir necha ming yillik murakkab shakllanish, shuningdek, rivojlanish tarixiga ega. Bo‘z tuproqlar ko‘plab bosqichlarni, jumladan, bir qancha o‘ta namlik davrlarini kechirgan bo‘lib, shu sababli tuproqda gil to‘planishi (gillanish) va profilining ancha miqdorda temir bilan boyishi singari alomatlar rivojlanmagan (N.A.Rozanov,1951). Uchinchi nuqtai nazarga asosida (V.Kovda, 1973, I.N.Stepanov, 1980) bo‘z tuproqlar dastlab gidromorf va so‘ngra yarim gidromorf tuproq paydo bo‘lish bosqichlarini o‘tgan. Shu sababli bu tuproqlarda gumusning, shuningdek, kalsiy, magniy karbonatlari, gips va boshqa moddalarning ko‘p to‘planishi ro‘y bergan. Keyinchalik bo‘z tuproqlar ishqorsizlanib, quruq (arid)lashgan tabiiy sharoitlarga uchragan. Bu fikr O‘rta Osiyodagi lyoss va lyossimon jinslarning allyuvial, prolyuvial, delyuvial kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Demak, bo‘z tuproqlar genezisini yagona bir xil nazariya bilan tushuntirish mumkin emas. Xullas, bo‘z tuproqlarda hozirgi zamon jarayonlarining belgilari bilan bir qatorda qachonlardir boshqacharoq omillar tufayli yuzaga kelgan xususiyatlar ham aks etgan. Bo‘z tuproqlar zonasida tuproq paydo bo‘lish jarayoni o‘ziga xos gidrotermik rejim sharoitida rivojlanadi. Qishi iliq, ya‘ni tuproq ko‘pincha muzlamaydi, ba‘zan qisqa muddatda muzlaydigan, bahorda juda qulay nam va issiqlik rejimi mavjud, yozda esa issiq va quruq sharoit kuzatiladi. Yuvilmaydigan suv rejimi (qo‘riq va lalmikor maydonlarda) mavjud. Tuproq muzlamaganligi va qulay qovushmaga ega
bo‘lganligi sababli chuqur namlanadi (qish va bahorda): och tuslilari – 1 m, va
ko‘proq, tipiklari – 1,5 m gacha va undan ham chuqurroq. Ushbu davrda tuproq
namligi dala nam sig‘imiga barobar (20-21%). Hatto, namlik desuksiya (so‘rish) va
parlanishga jadal sarf bo‘ladigan, bahor paytida ham, tuproq namligi 80-100 sm li
qalinlikda so‘lish namligidan 1,5-2 marotaba ortiq, yomg‘ir yoqqanda esa ustki
qatlamlarda  dala  nam  sig‘imigacha  yetib  boradi.  May  oyidan  oktyabrgacha
tuprokning 1 m va undan ham chuqurroqgacha to‘xtovsiz qurishi davom etadi.
Tuproq – gruntning maksimal qurishi yozgi kserotermik davrda (iyul-avgust) sodir
bo‘ladi, bu paytda ustki gorizontlarda namlik maksimal gigroskopik darajasigacha
pasayadi, bu biologik jarayonlarning susayishiga olib keladi. 
Gidrotermik  rejimning  qayd  etilgan  xususiyatlariga  ko‘ra  bo‘z  tuproqlar
paydo bo‘lishining tabiiy jarayonlari ikkita keskin farqlanadigan davr mavjudligi
bilan xarakterlanadi: 1) biologik jarayon kuchli rivojlanadigan nam, iliq, qisqa
bahor davri; 2) biologik jarayon asosan to‘xtaydigan issiq va quruq uzoq yoz
(kserotermik) payti. 
Moddalar biologik aylanishining muhim xususiyati – har yili efemer – cho‘l
o‘simliklari biomassasining ko‘p qismi (75% gacha) yerga tushishi (60-100 s/ga),
ularning 80-90% kul elementlari va azotni ko‘p saqlaydigan ildiz sistemalardan
tashkil  topishidir.  Bo‘z  tuproqlar  zonasidagi  moddalar  biologik  aylanishining
asosiy xususiyati – o‘simlik qoldiqlarining jadal parchalanishidir. 
Bahorda o‘simliklar juda kuchli rivojlanadi, jadal gumus hosil bo‘ladi va shu
bilan birga turli organizmlar ta‘sirida organik moddalarning kuchli minerallashish
jarayoni  sodir  bo‘ladi.  Bo‘z  tuproqlar  mikroorganizmlarga  boy  (nitrat  hosil
qiluvchi,  azot  to‘plovchi  bakteriyalar),  protozoa,  chuvalchanglar,  qurt-
qumursqalar,  sudralib  yuruvchilar  ko‘pligi  tufayli  tuproq  tuzilishi  va  organik
moddalar parchalanishiga katta ta‘sir etadi. 
Shunday qilib bo‘z tuproqlar paydo bo‘lishida jadal, ammo qisqa muddatli
biologik  jarayonning  sodir  bo‘lishi  xarakterli  hisoblanadi.  Shu  sababli  bo‘z
tuproqlarda gumus kam to‘planadi. 
Logotip
bo‘lganligi sababli chuqur namlanadi (qish va bahorda): och tuslilari – 1 m, va ko‘proq, tipiklari – 1,5 m gacha va undan ham chuqurroq. Ushbu davrda tuproq namligi dala nam sig‘imiga barobar (20-21%). Hatto, namlik desuksiya (so‘rish) va parlanishga jadal sarf bo‘ladigan, bahor paytida ham, tuproq namligi 80-100 sm li qalinlikda so‘lish namligidan 1,5-2 marotaba ortiq, yomg‘ir yoqqanda esa ustki qatlamlarda dala nam sig‘imigacha yetib boradi. May oyidan oktyabrgacha tuprokning 1 m va undan ham chuqurroqgacha to‘xtovsiz qurishi davom etadi. Tuproq – gruntning maksimal qurishi yozgi kserotermik davrda (iyul-avgust) sodir bo‘ladi, bu paytda ustki gorizontlarda namlik maksimal gigroskopik darajasigacha pasayadi, bu biologik jarayonlarning susayishiga olib keladi. Gidrotermik rejimning qayd etilgan xususiyatlariga ko‘ra bo‘z tuproqlar paydo bo‘lishining tabiiy jarayonlari ikkita keskin farqlanadigan davr mavjudligi bilan xarakterlanadi: 1) biologik jarayon kuchli rivojlanadigan nam, iliq, qisqa bahor davri; 2) biologik jarayon asosan to‘xtaydigan issiq va quruq uzoq yoz (kserotermik) payti. Moddalar biologik aylanishining muhim xususiyati – har yili efemer – cho‘l o‘simliklari biomassasining ko‘p qismi (75% gacha) yerga tushishi (60-100 s/ga), ularning 80-90% kul elementlari va azotni ko‘p saqlaydigan ildiz sistemalardan tashkil topishidir. Bo‘z tuproqlar zonasidagi moddalar biologik aylanishining asosiy xususiyati – o‘simlik qoldiqlarining jadal parchalanishidir. Bahorda o‘simliklar juda kuchli rivojlanadi, jadal gumus hosil bo‘ladi va shu bilan birga turli organizmlar ta‘sirida organik moddalarning kuchli minerallashish jarayoni sodir bo‘ladi. Bo‘z tuproqlar mikroorganizmlarga boy (nitrat hosil qiluvchi, azot to‘plovchi bakteriyalar), protozoa, chuvalchanglar, qurt- qumursqalar, sudralib yuruvchilar ko‘pligi tufayli tuproq tuzilishi va organik moddalar parchalanishiga katta ta‘sir etadi. Shunday qilib bo‘z tuproqlar paydo bo‘lishida jadal, ammo qisqa muddatli biologik jarayonning sodir bo‘lishi xarakterli hisoblanadi. Shu sababli bo‘z tuproqlarda gumus kam to‘planadi.
Quruq yoz paytida karbonatlar va suvda oson eriydigan tuzlarning yuqoriga
ko‘tarilishi sodir bo‘ladi. Qish va bahorda yog‘inlar ta‘sirida tuproq profilining
yuvilishi kuzatiladi. 
Bo‘z tuproqlarda gumus miqdori va profilining yuvilishi joyning absolyut
balandligiga  bog‘liq.  Balandlik  ortishi  bilan  namlik  ko‘payadi,tuproq  chuqur
namlanadi, o‘simliklar qoplami qalinlashadi, ularning vegetasiya davri uzayadi va
gumifikasiya jarayoni kuchayadi. 
Shu sababli tog‘ oldi tekisliklari va allyuvial terrasalari (zinapoya supalari)
bo‘z tuproqlaridan tog‘ oldi va past tog‘lar bo‘z tuproqlariga tomon gumus hosil
bo‘lishi va profilining yuvilishi ortib boradi. 
Tuproq paydo bo‘lishining bahorgi davrida tuproq ichki nurash jarayoni ham
ko‘proq sodir bo‘ladi, va bu bo‘z tuproqlar profili ustki va o‘rta qismining qisman
sozga aylanishiga olib keladi. 
Bo‘z  tuproqlar  uchun  umuman  quyidagi  asosiy  belgilar  va  xossalarning
bo‘lishi:  tuproqning  uncha  aniq  genetik  gorizontlarga  ajralib  turmasligi,
gumusning  kam  bo‘lishi  (to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar  bunga  kirmaydi),  ammo
chirindili qatlamning ancha cho‘ziqligi; mikroagregatlarning ko‘p bo‘lishi bilan
birga makroagregatlarning ham yaxshi  ifodalanmaganligi;  yuqori kovakligi  va
ancha g‘ovak qovushmasi; barcha tuproq profilining karbonatli bo‘lishi, ammo
tuproq  yuqori  gorizotlarida  karbonatlarning  sezilarli  ravishda  kamayishi,
karbonatlarning ko‘pligi sababli tuproqning ishqoriy reaksiyaga ega ekanligi, ona
jinslarga  nisbatan  tuproq  profilida  gillanishning  ko‘proq  bo‘lishi,  tuproqning
barcha  profili  bo‘ylab  turli  jonivorlar  faoliyatining  yuqori  ekanligi  kabilar
xarakterlidir. 
Bo‘z tuproqlar o‘ziga xos tuzilishga ega. Odatda tuproq profilining yuqori
qismida gumus kam bo‘lganidan uning rangi och va ona jinslar tusidan uncha farq
qilmaydi. 
Umumiy tarzda bo‘z tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagicha (50 -
rasm): 
Logotip
Quruq yoz paytida karbonatlar va suvda oson eriydigan tuzlarning yuqoriga ko‘tarilishi sodir bo‘ladi. Qish va bahorda yog‘inlar ta‘sirida tuproq profilining yuvilishi kuzatiladi. Bo‘z tuproqlarda gumus miqdori va profilining yuvilishi joyning absolyut balandligiga bog‘liq. Balandlik ortishi bilan namlik ko‘payadi,tuproq chuqur namlanadi, o‘simliklar qoplami qalinlashadi, ularning vegetasiya davri uzayadi va gumifikasiya jarayoni kuchayadi. Shu sababli tog‘ oldi tekisliklari va allyuvial terrasalari (zinapoya supalari) bo‘z tuproqlaridan tog‘ oldi va past tog‘lar bo‘z tuproqlariga tomon gumus hosil bo‘lishi va profilining yuvilishi ortib boradi. Tuproq paydo bo‘lishining bahorgi davrida tuproq ichki nurash jarayoni ham ko‘proq sodir bo‘ladi, va bu bo‘z tuproqlar profili ustki va o‘rta qismining qisman sozga aylanishiga olib keladi. Bo‘z tuproqlar uchun umuman quyidagi asosiy belgilar va xossalarning bo‘lishi: tuproqning uncha aniq genetik gorizontlarga ajralib turmasligi, gumusning kam bo‘lishi (to‘q tusli bo‘z tuproqlar bunga kirmaydi), ammo chirindili qatlamning ancha cho‘ziqligi; mikroagregatlarning ko‘p bo‘lishi bilan birga makroagregatlarning ham yaxshi ifodalanmaganligi; yuqori kovakligi va ancha g‘ovak qovushmasi; barcha tuproq profilining karbonatli bo‘lishi, ammo tuproq yuqori gorizotlarida karbonatlarning sezilarli ravishda kamayishi, karbonatlarning ko‘pligi sababli tuproqning ishqoriy reaksiyaga ega ekanligi, ona jinslarga nisbatan tuproq profilida gillanishning ko‘proq bo‘lishi, tuproqning barcha profili bo‘ylab turli jonivorlar faoliyatining yuqori ekanligi kabilar xarakterlidir. Bo‘z tuproqlar o‘ziga xos tuzilishga ega. Odatda tuproq profilining yuqori qismida gumus kam bo‘lganidan uning rangi och va ona jinslar tusidan uncha farq qilmaydi. Umumiy tarzda bo‘z tuproqlarning morfologik tuzilishi quyidagicha (50 - rasm):