BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH DAVRI UNING XUSUSIYATLARI
VA DAVOMIYLIGI
MUNDARIJA:
KIRISH.
I BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI.
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi,
afzlliklari va ziddiyatlari.
1.3. Bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi
II
BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH DAVRI VA UNING
XUSUSIYATLARI.
2.1. O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari.
2.2. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy yo`nalishlari
2.3. O‘zbekiston iqtisodiyoti: istiqbollar va xavflar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi
alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib
olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida
namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona
ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining
ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda
keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining
qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining
talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol
o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada
resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu
hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va
xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z daromadlarini yuqori darajaga
yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi
shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab
chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming
resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning
talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib
beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni
yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur
bo‘lgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib
beradi. Bozor iqtisodiyoti bu erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyot bo'lib
resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik,
iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg'unlashtirishda bozor mexanizmidan
foydalanish bilan tavsiflanadi.
Bozor iqtisodiyotida yakka tartibda, o'z mulki va mablag'iga tayangan
holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga
olish, pulni qarzga ko'tarib ish yuritish usullari mavjud bo'ladi. Bozordagi narx
2
talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor
iqtisodiyoti iqtisodiy sub'yektlar alohidalashganidan ular manfaati to'qnashadi va
shunday sharoitda raqobat paydo bo'ladi. Raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga
soluvchi kuch, uning rivojlanishini ta'minlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor
iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi
iqtisodiy rag'batlantirish mexanizmi bo'lib, uning asosiy vositasi puldir. Pul
topishga intilish tovar va xizmatlarni ko'plab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni
ta'minlaydi. Bozor iqtisodiyotida pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga —
hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti tovar
taqchilligi bo'lmagan, tovarlar mo'lko'lligi ta'minlanadigan iqtisodiyotdir.
Hozirgi Bozor iqtisodiyoti madaniylashgan iqtisodiyot bo'lib, unga quyidagi
belgilar xos: mulkiy xilma-xillik, tartiblanadigan iqtisodiyot, davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi, madaniy va xalol raqobat, kuchli hamkorlik aloqalari,
iqtisodiy tangliklarning qisqa davrda va yengil kechishi, ommaviy farovonlik,
ijtimoiy tabaqalanishning chuqur bo'lmasligi, o'ziga to'q va farovon yashovchi
o'rtahol tabaqa mavqeining oshib borishi, ijtimoiy muvozanatning saqlanishi va
fuqaroviy to'qnashuvlarga o'rin qolmasligi va boshqa. Bu belgilar hozirgi Bozor
iqtisodiyotini harakterlaydi, lekin uning taraqqiyoti shu bilan cheklanmaydi.
Bozor iqtisodiyoti modellari — bozor iqtisodiyotining turlari. Bozor iqtisodiyoti
modellari modelning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo'lgan aralash
iqtisodiyot, ijtimoiy bozor xo'jaligi va korporativ iqtisodiyot ko'rinishlari mavjud.
Iqtisodiy tizim - iqtisodiy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash
va iste'mol jarayonida paydo bo'ladigan asosiy iqtisodiy munosabatlarning shakl va
mazmunini belgilab beradigan, mamlakatda tarixan paydo bo'lgan yoki joriy
etilgan, amal qiladigan tamoyillar, qoidalar, qonun yo'li bilan mustahkamlangan
normalar majmui.
Iqtisodiy tizim doirasida iqtisodiyot sub'yektlari, ishlab chiqarish omillari
o'zaro munosabatga kirishadilar va bu munosabatlar ma'lum qonun- qoidalarga
binoan boshqariladi. Iqtisodiy tizim faoliyati mulk, pul va pul tizimi, davlat va
3
nodavlat tashkilotlari, korxona, soliq, daromad, reja, foyda kabi bir qator vositalar
yordamida tashkil qilinadi.
Iqtisodivotda bozor atamasi ostida bozor subyektlari (xaridorlar va sotuvchilar)
orasidagi
pul-mol
almashinuvi
tizimi
tushuniladi.
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash
munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste'molni o'zaro bog'lovchi mexanizm.
2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon.
1-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI.
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos
bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal
qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko'plab
asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni
kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur
iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya
davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y
berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing umumiy sharti
hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar
4
shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul
muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini
ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti
taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining
muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil
bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab
chiqaruvchi faoli- yatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi
erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi
qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar
va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi.
Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-
harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul
mexanizmi orqali bir-biriga boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor
iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy
munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
Bozot iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli
qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha asosiy subyektlari
uchta guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat
sektori. Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
5
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal
qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki qarz olingan
kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi. Tadbirkorlar tovar xoЈjaligida
tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy
tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor
iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta
tarkibiy qismdan iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab
chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki ko‘rsatkich bo`lib xizmat
qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z navbatida,
narxlardagi o'zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
-
turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustuvorligi; -
tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
-
raqobat kurashming mavjudligi;
-
davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
-
korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir.
Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu
iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zarur. Uning
birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi rivojlangan
mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy
6
adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy
belgilari:
a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi;
v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning shaxsan
erkinligi;
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida
tartiblanishi;
e)
aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy
tabaqalashuvining kuchayishi;
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan iqtisodiyoti
deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning
asosiy belgilari:
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni
xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi;
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir
qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va xalqaro miqyosda
umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fantexnika
taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish
istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlami tartibga solish
chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi,
prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, marketing
tizimi orqali boshqarish va boshqalar);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga
tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining vujudga kelishi.
7
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonun- qoidalari
rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon bozor
xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o‘zaro aloqasiga
asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan
hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor
iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi. Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga
olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimiariga xos
bo‘lgan bir qator shart-sharoitlar bolishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg‘or
texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab
chiqarishning ixtisoslashishi, modemizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar.
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi,
afzlliklari va ziddiyatlari.
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan
har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal
bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, harqanday iqtisodiy
tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish
kerak bo’ladi:
1)
qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish
zarur?
2)
ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida
ishlab chiqariladi?
3)
bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qanday qilib,
kim uchun ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an'anaviy
iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib kelayotgan
an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa,
ma’muriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi
taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu
8
muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o‘ziga
xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti
sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va
taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar qanday hajmda band
qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga
olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori
darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot
va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga
olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda
keltirishi mumkin bo‘lgan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi
hajmini tovami sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab
chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning
kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan
yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib olishini
ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishi o‘zini
o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib
kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi.
Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning
yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi.
Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan holdagi nisbati bu
tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini bclgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq
ishlab chiqarishning « muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida
yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O’z-o’zidan
aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda
korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar
ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi
keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta
mahsulot narxining ko‘tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit
9
yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va
faoliyati barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi
alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib
olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida
namoyon boiadi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona
ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining
ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda
keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining
qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining
talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol
o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada
resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu
hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va
xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z daromadlarini yuqori darajaga
yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi
shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab
chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming
resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning
talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib
beruvchilar o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni
yuqori foyda olish uchun pul tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur
bo‘lgan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib
beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil
qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o4ziga xos javob bo’ladi.
Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:
- resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;
- korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
- har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash.
10
Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega
tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan
tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng
zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan
korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy samaradorligi
quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni
ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy
resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara- dorlik mahsulotning
muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda
erishishni bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda o‘zgaradi.
Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt
o‘tishi bilan istc’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi
texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o’zgarishi
oqibatida eskirishi va samarasiz bo’lib qolishi mumkin.
Iste’molchi dididagi о‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim
tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu
o‘zgartirisb resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kcngayib boruvchi
tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi tarmoq ularga talabni
kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi,
resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar taklifi
tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi. Birinchi bo‘lib
tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z raqobatchilari oldidagi
vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi
korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi
texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor
iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan
11
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha
xulosa qilinadigan bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida « nima, kim uchun va
qanday qilib ishlab chiqarish zarur » degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar to‘lovga layoqatli
iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b) tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini
beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini
beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining afzalliklari bilan
ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va
barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor
iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1.Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali
taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi
resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga
yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami uyg‘unlashtirislining ancha
samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani
qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shun day tartibda
boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab
darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
2.Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim
afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy
ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo‘lib alohida
shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday
uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan
boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qoilash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi
vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni
majbur qilmasdan uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik
va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
12
3.Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor
iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va
korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo’jasizlik,
sustkashlik, beg'amlik har qanday xo‘jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda
olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million
kishilami harakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida kо‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir
qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin. Jumladan:
-
uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va
ko‘nikishining yuqori darajasi;
-
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy
etishning jadal sur’ati;
-
turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;
-
buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
-
cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning
sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal
qila olish imkoniyati.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos
kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan
iboratki, u o‘zning bosh nazorat mexanizmi - raqobatning kuchsizlanishiga yo‘l
qo'yadi va hatto buni rag‘batlantiradi.
Bunday iqtisodiyotda raqobat
kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1)
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan
quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan
yo’lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firma-larning qo‘shilib ketishi,
kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari
(masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash
- bularning barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik
ta’sirining pasayishiga olib keladi;
13
2)
bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning
zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi
real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v) kompleksli,
markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning tarkib topishini;
g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya
bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar
mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani
qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat
hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab
chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyoji tovarlar bilan ta’minlanishiga ham
kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga
ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos
keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi
tengsizliknmg kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog‘liq. Bunday
iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini
bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri
shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga taklif
qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar
bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘Iadi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro'y berib turadigan
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati
hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon
bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik
yoki salbiy jihatlari ham mavjud:
-
atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan
muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;
14
-
resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining
yo‘qligi;
-
mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi;
-
fanda fundamental
va
amaliy
tadqiqotlarning
rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi; rivojlanishning beqarorligi, inqirozli
holatlaming bo’lib turishi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik
darajasining oshishi kabi holatlarining mavjudligi.
Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan
hamda ko‘pIab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, avval iqtisodiyotning
moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy
talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan
bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bog’liq. Aksariyat rivojlangan
mamlakatlarda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va
bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor
qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi.
O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni
tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur bo‘lganda iqtisodiyotda
davlat tomonidan boshqaruv usullari qo’llandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda
o‘zini to‘la oqladi.
1.3. Bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo‘lib,
iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha
mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng avvalo
« bozor » va « bozor iqtisodiyoti » tushunchalarining bir-biridan farqlanishini
ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda
ifodalasb, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki ularni
chalkashtirish hollan uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga
qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo’lib, u ijtimoiy
takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor
iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi
15
natijasi bo’lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat koisatuvchi
iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor
esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor
tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi, ayrimlar
bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning
ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo’lib, mazmuni o‘zgaruvchan
ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor
tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq
bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar
almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.
Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv
joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi,
shaharlaming paydo boiishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar
oldisotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko‘rinishida,
ya’ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo’lgan.
Bunday ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmay, bir vaqtning o’zida o'shajoyda
almashuv jarayoni sodir boigan. Kcyinchalik tovarlami bunday tarzda
ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va
sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-P-T ko'rinishini olgan. Endi tovarni sotish
(T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin.
Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshiab, o‘ziga kerakli tovarni
boshqa vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan
savdogarlar, ya’ni tovarlami ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan
ikkinchi joyga olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo
bo’ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovarpul
harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini
bogiaydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham
16
birbirlari bilan uchrashishi shart bo’lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa
qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o‘zgarib,
yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul muomalasining yangi shakli sifatida
namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar -
ishchi kuchining paydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni
yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki
ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab
chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘g’ridan-to‘g‘ri
emas, balki bilvosita- bozor orqali sodir bo’la boshladi. Shunday qilib, hozirgi
davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilaming ko‘p qirrali murakkab
aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g‘in,
jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida
shakllandi. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va
xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan
munosabatlar majmuasi.
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
-
sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida
ayirboshlash;
-
sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
-
to’lovga layoqatli bo’lgan xaridorlaming talabini qondirish va raqobatchilik.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi,
ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha boiib, hozirgi
davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo’lsa narxlar oshib
ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni
sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega bo‘ladi. Aksincha,
bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib,
sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik,
no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo'yilsa ham zarar
oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflarni hisobga olmaydi. Bularning
17
barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi. Bozor mexanizmi - bozor
iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami
uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozoming iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini
ajratib ko‘rsatish lozim boiadi. Bozor obyekti - ayirboshlash munosabatlariga
jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga
tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do‘konlari,
avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat
tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar,
yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari
bozorning odatdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don
birjalari va auksion kabilar bozorrning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor subyektlari ikki
guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli
vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi,
xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari manfaatini bir-biriga
bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar
o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo’lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud boiib,
ular hech qachon bir-birini ko’rmaydi yoki bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan Yaratilgan tovar va
xizmatlami, iqtisodiy resurslami iste'molchilarga yetkazib berishdan iboratdir. Bu
yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab
chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor vositachi
bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar
shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan
tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va
tovarning bozor qiymati hosil bo’ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib
turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun Yaratilgan
18
tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar
xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar
hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab
chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun
kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘1adilar. Bozor orqali resurslarning
erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y
beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi.
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib beruvchilarga
uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o’rtasida taqsimlanib turadi.
Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar
yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha
miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx
vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab
ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda
bozoming boshqa ko‘plab qo’shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalami
yaqqolroq tasawur etish uchun ulami maxsus rasm ko’rinishida ifodalash mumkin
Bozor turli xil vazifalami bajarsada, ular o‘zaro bog’liq va bir-birini taqozo
qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va
ichki tuzilishini kо‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi
mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib
olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy
aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin (klassik) bozor,
hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan
bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli
ko‘proq qo’llaniladi. Bozoming bu turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan
davrga to‘g‘ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga
uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham
bozoming bunday turi amal qilishi mumkin.
19
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha juda ko‘p ishlab
chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo’lib, ular
o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatga
qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda raqobatning turli usul-
lari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash va
aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining davlat tomonidan
tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak, davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib,
u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan
bozorida turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar
taraqqiy etgan bo’ladi. Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi
yumshatilib, ulaming daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab
turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy
bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori,
NyuYork bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O’zbekiston bozori,
Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va
boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa
bozori) va nihoyat jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar quyidagi
turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab chiqarish vositalari
va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond birjalari, ilmiytexnika
kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko'ra ulgurji va chakana
savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda, asosan, sotib oluvchilar fuqarolar
hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy do‘konlar va boshqalar
esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar yirik partiyalarda ko’tarasiga
sotiladi.
20
Bozoming asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib iste’mol tovarlari va
xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik subyektlarining barcha uchta
turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual tovarlar
bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar - ilmiy g‘oyalar,
texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi
qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini ayirboshlash katta
o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau sotishdan iborat bo’lib, bu
bozorda asosan, innovatsiya firmalari ish ko‘radi. Mazkur firmalar yangiliklar
yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha xizmat
ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi mehnat
vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina, asbob-uskuna,
xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish vositalari ulgurji ravishda
sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy iste’molga emas, ishlab chiqarish
iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab chiqarish talabini qondiradi.
Bozorning barcha subyektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol tovarlari
va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi.
Uy xo‘jalik]ari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ulami resurslar
bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalaming
resurslami sotib olishga sarflagan pul mablag’lari resurslami yetkazib
beruvchilaming daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.
Uy xo‘jaliklari resurslami sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash
jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda
korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlami taklif qiladi. Tovar va
xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korxonalaming pul tushumi yoki daromadini
tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil
qiladi. Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan iqtisodiy
resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi
21
kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi
bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy subyektlarning
ikki turi - tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning
mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning
egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o‘zi emas,
uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo’lsa ham oldi-sotdi obyekti bitta,
ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag’larga ega
bo‘lgan xo‘jalik subyektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan
subyektlarga taklif qiladi.
Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab turkumlash mumkin.
Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital (mulk)
bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha qarzga olinadi va shaxsiy
iste’mol uchun ishlatila- di. Kapital (mulk) bozorida jamg‘arishga qo‘yilgan puldan
daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag‘lar kapital
sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozorini ikkita
bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori.
Ssuda kapitali bozori-pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga
berish bo‘yicha oldi- sotdi munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklaming
qisqa muddatli majburiyatlari muomalada bo’ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya,
obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar) ning oldi-sotdi munosabati. Mazkur
bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo’lib, unda broker va
dilyerlar vositachilik qiladi. Qimmatli qog‘ozlaming harakati xususiyati bo‘yicha
moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo‘linadi. Birlamchi
bozorda yangi nusxadagi qog’ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda
oldin chiqarilgan qimmatli qog'ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli
qog‘ozlar otilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli
qog‘ozlaming ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik
subyektlari o‘rtasida moliyaviy vositalaming erkin harakat qilishini ta’minlaydi.
22
Bozorning samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining
rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir maromda
amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalami quyidagi asosiy yo‘nalishlar
bo‘yicha guruhlash mumkin:
1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo'jaligi,
transport va aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo
uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.); 2) moliya-kredit
munosabatlariga xizmat qiluvehi muassasalar (bank, kredit muassasalari, sug‘urta
va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.); 3) ijtimoiy sohaga xizmat
ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga
joylashtirish firmalari va h.k.);
4)
axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to‘plash, umumlashlirish va
sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar).
5)
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilaming
savdosotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga, ishchi kuchini
yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha
tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ulaming
bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari
mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo’lib, ko‘rsatgan xizmatlari
uchun haq oladi.
6)
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat
qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha
tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam
savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond
birjasi, valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan.
Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil
etish shakli.
23
Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan
tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-sotdisi
amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini
oldisotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga
oluvchi muassasa.
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi bitimlar
tuziladi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan tashqarida
yuz beradi. Bunda tovaming egasi va xaridorlari qatnashishi shart emas. Ular
nomidan ishni brokyerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) - bu tovar, fond va
valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki
maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobiga ish
yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo bitimlari tutishi ham
mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab chiqarilmagan,
lekin tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib
tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan
birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar
sotiladi.
Auksion - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun
muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda
savdo tovarlaming nisbatan cheklangan ro‘yxati bo‘yicha, ommaviy sotovga
qo‘yish yo'li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda
o'tkaziladi. Bunda tovarlaming bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga
olinadi. Auksion savdosida namuna tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga
qo‘yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovami sotib oladi.
Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin.
24
Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda o'tkaziluvchi
hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi tovar namunalari
ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan savdo firmalari
o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi - o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda ishlab
chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi firmalarni
oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi
mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim,
gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi.
Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular tijorat ishini
yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki
yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan
shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham
shug'ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va ko‘pincha o‘z hisobidan eksporlimport
hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo
korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish,
sug‘urta xizmati ko‘rsatish orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham
qatnashadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki va mablag‘lari hisobidan sotib
olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari turlicha faoliyat
yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va supermarketardan iborat
bo'ladi.
Supermarket - bu xaridorning o‘ziga o’zi xizmat ko‘rsatishiga asoslangan
keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha turlari bilan,
jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul
maslahatlar beradi, tovarlami buyurtma bo'yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga
madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan biri bu
elektron savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U О‘zbekiston Respublikasining
“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2015-yil 9-dekabrdagi son Qonunining yangi tahriri
25
bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda internet tarmog‘idagi tijorat sohasiga
oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi;
kompyutcr tarmog‘idan foydalangan holda xarid qilish, sotish, servis xizmati
ko‘rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini
ta’minlaydi.
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi quyidagilardan iborat: -
xaridor o'ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish
imkoniyatiga ega;
-
savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab
chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati;
-
ko‘p sonli xaridorlaming bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila
olish imkoniyati;
-
kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud
bo’lgan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport vositalaridan samarali
foydalanish imkoniyati;
-
xaridorlaming yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy
nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati;
-
hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlami
tanlash va sotish imkoniyati;
-
elektron tijoratda savdoni tashkil etish korxonalaming raqobatini kuchaytiradi,
monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlaming sifatini oshirish imkoniyatini beradi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor
infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari
zimmasiga tushadi. Auditor firma-korxona, firma, kompanivalar moliyaviy xo‘jalik
faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa.
Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va
to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi. Auditor firmalar o‘z ishini har bir mamlakatda
yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib
boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.
Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning ко‘rib chiqilgan muassasalari barcha
26
bozor turlarining faoliyat ko‘rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlami
tartibga solishni ta’minlaydi
II BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISH DAVRI VA UNING
XUSUSIYATLARI.
2.1. O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o‘zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri - ma’muriv-buyruqbozlik tizimini bartaraf
etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarni shakllantirish
jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990-yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy
taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan kо‘rib chiqish va ularga
jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb
mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan
erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish
g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish
g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat
jihatdan yangi yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi
taraqqiyot yo’li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoilari (modellari) xilma- xil bo’lib, ulaming umumiy va
xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo’linadi:
1)
rivojlangan mamlakatlar yo’li;
27
2)
rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;
3)
sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li.
Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir.
Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga
o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonunqoidalari, amal qilish
mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o‘ziga
xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarmi shakllantirishning ijtimoiy-
iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor
munosabatlariga o‘tishning rivojlangan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar
xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va
undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan
erkin bozor iqtisodiyotiga o’rishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar
yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriybuyruqbozlikka asoslangan
iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu
yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor
iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga
ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga
o‘tayotgan mamlakatlaming o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi,
mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni ma’muriy buyruqbozlik
prinsiplari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ularga bozor mexanizmlarini
uyg‘unlashtirish orqali o'ziga xos o’tish yo’lini yaratgan mamlakatlar tajribasini
ham alohida ko'rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub
islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli
muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bulaming barchasi bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo’llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
28
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo’l bilan,
ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish
mumkin. Birinchi holda, tub islohotlami o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib
topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish ya’ni, to‘ntarish
yasash talab etilib, « karaxt qilib davolash » usuli (« shokovaya terapiya ») deb
nom oldi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor
munosabatlariga aylantira borib, larzalarsiz, shikastsiz samarali bozor
iqtisodiyotini vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
evolyusion yoi kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va
muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’llarigina emas, balki
uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti
vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlaming milliy xususiyatlari
va an’analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum
andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab
ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha
andozalari va hokazo.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish
imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish
layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkila muhim kamchilikka ega:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda
sekinlik bilan moslashib borishi;
2) mehnatkashlarda
moddiy
qiziqish
va
xo‘jalik
yuritish
tashabbuskorligining yo‘qligi oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib
ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish,
chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) tub o‘zgarishlami
29
o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish
choratadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini
o‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishim hamda uni sifat jihatidan farq
qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi
o’zgarishlami tizimiv islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo‘jalik hayotining
barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini
keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltiriIgan chora-tadbirlar
tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilami o‘z ichiga
oladi:
-
xо'jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor
qilish;
-
resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
-
narxlaming asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga
o'tish;
-
ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini
pasaytirish.
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish,
Bu yo‘nalish quyidagi jarayonlaming amalga oshirilishini taqozo etadi:
-
barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va
sharoitlar yaratilishi;
-
bozorga xorijiy raqobatchilaming ham kirishi uchun imkon berilishi;
-
kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni olib
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi
to‘siqlami pasaytirish;
-
tabiiy monopoliyalaming narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va
boshqalar.
3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur o‘zgarishlar quyidagi sohalami qamrab oladi:
30