Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari
Yuklangan vaqt
2024-07-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
25
Faytl hajmi
40,5 KB
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga
o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari
Reja
1. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish
– barcha mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari.
2. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion va evolyutsion shakllari.
Maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga
o’tishning xususiyatlari.
3. O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o’tish –
barcha mamlakatlarga xos umumiy jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’llari.
Tarixdan bizga ma’lumki bir-biridan keskin farq qiladigan bir tizimdan
ikkinchisiga o’tish jarayoni ma’lum o’tish davrini taqozo qiladi. Shuningdek,
markazlashgan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan voz kechib,
bozor munosabatlarini shakllantirishda ham maxsus o’tish davri zarur bo’lib, bu
davrning mazmuni va asosiy belgilarini o’rganib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Bu bobda o’tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’llari bayon qilinadi. Shuningdek, O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning
tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshi rishning
mazmuni, maqsadi va asosiy yo’naIishlari ko’rsatib beriladi. Shuningdek, bozor
munosabatlariga o’tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish, tarkibiy o’zgartirishi, keng
ko’lamli
islohotlar
va
modemizatsiyalashni
amalga
oshirish
jarayonida
makroiqtisodiy barqarorlikka erishish kabi strategik vazifalarni amalga oshirish
yo'llari tahlil qilinadi.
Bozor
iqtisodiyotiga
o’tish
davrining
umumiy
mazmuni
iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar
kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o’zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri - ma’muriy-buyruqbozlik tizimini
bartaraf etish yoki tubdan o’zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini
shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990-yillargakelib dunyoda ro’y bergan muhim o’zgarishlar iqtisodiy
taraqqiyot istiqbollari to’g’risidagi nazariyalarni qaytadan ko’rib chiqish va ularga
jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g’arb
mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan
erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartibga solish
g’oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish
g’oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat
jihatdan yangi yollarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko’pgina
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi
taraqqiyot yoli - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday
bozor iqtisodiyotiga o’tish yoilari (modellari) xilma- xil bo’lib, ularning umumiy
va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon
tajribasida
bozor
iqtisodiyotiga
o’tishning
barcha
yollari
umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bolinadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yoli;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yoli;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yoli.
Bu yollar turli tuman va har xil bolishiga qaramay ularda umumiylik
mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yoilarning hammasi bozor
iqtisodiyotiga o’tishni maqsad qilib qo’yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-
qoidalari, amal qilish mexanizmi ko’p jihatdan umumiy boiadi. Shu bilan birga har
bir yo’lning o’ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini
shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil boiishidan
kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o’tishning rivojlangan mamlakatlar
yo’lida oddiy tovar xo’jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor
iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o’tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bolibmustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning
bozor iqtisodiyotiga o’tish yolining xususiyati
-
bu qoloq, an’anaviy
iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik
mamlakatlar yolining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka
asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o’tishdan
iboratdir. Bu yolning boshqa yollardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning
bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo’q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan
birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga
o’tayotgan mamlakatlarning o’zi o’tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi,
mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo’jalikni ma’muriy buyruqbozlik
prinsiplari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ularga bozor mexanizmlarini
uyg’unlashtirish orqali o’ziga xos o’tish yolini yaratgan mamlakatlar tajribasini
ham alohida ko’rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub
islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli
muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi bozor iqtisodiyotiga o’tish
yollarining o’ziga xos xususiyatlaridir.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyutsion va evolyutsion shakllari. Maʼmuriy-
buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishning
xususiyatlari.
Jahon tajribasi ko’rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo’l bilan,
ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o’tish
mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o’tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan
iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish ya’ni, to’ntarish yasash
talab etilib,«karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb nom oldi. Eski
iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor munosabatlariga aylantira
borib, larzalarsiz, shikastsiz samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mumkin.
Islohotlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, evolyusion yol kamroq ijtimoiy larzalarga olib
keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o ‘tish yoilarigina emas, balki uning
andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga
keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlarning milliy xususiyatlari va
an’analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari
ularni amalga oshi-ruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi.
Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va
hokazo.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga
o’tishning
zarurligi iqtisodiy
o’sish
ekstensiv
omillaridan foydalanish
imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish
layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita muhim kamchilikka ega:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro’y berayotgan o’zgarishlarga juda sekinlik
bilan moslashib borishi;
2) mehnatkashlarda moddiy qiziqish va xo’jalik yuritish tashabbuskorligining
yo’qligi oqibatida samaradorlikning o’ta darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o’tish ko’plab
mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish,
chuqur institutsional (eng awalo, mulkchilik munosabatlarida) tub o’zgarishlarni
o’z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o’zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-
tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini
o’zgartirish mazkur tizim asosining o’zgarishini hamda uni sifat jihatidan farq
qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi
o’zgarishlarni tizimiy islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari.
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo’jalik hayotining
barcha sohalaridagi to’siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini
keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltirilgan chora-
tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o’z
ichiga oladi:
- xo’jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning asosan, talab va taklif nisbati asosida shakllantirili shiga o’tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini
pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu
yo’nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar
yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilarning ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to’siqlarni olib
tashlash, imtiyozli kreditlar berish orqali qo’llab quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi
to’siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va
boshqalar.
3. Institutsional o’zgarishlar. Mazkur o’zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab
oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o’zgartirish, jumladan, xususiy sektorni
yaratish;
- bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond biijalari, investitsiya
fondlari va h.k.) shakllantirish;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi tizimini yaratish;
- bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo’jalik qonunchiligini qabul qilish va
boshqalar.
4. Tarkibiy o’zgarishlar. Tarkibiy o’zgarishlar birinchi navbatda iqtisodiyot
va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni
yumshatish yoki bartaraf etishga yo’naltirilgan. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta
qurishdan asosiy maqsad - ichki va tashqi bozorlarda to’lovga qodir talabga mos
bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarilishini rivojlantirishdan iborat.
5. Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash,
diversifikatsiyalash.
Ishlab
chiqarishni modernizatsiyalash - ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan
jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik
qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon. Diversifikatsiya -
ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish
bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini
kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish, ularning sifatini
takomillashtirish.
6. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini olganda
bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor iqtisodiyoti
barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o’tkazilib turadi. Bu
yo’nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki, ma’muriy-buyruqbozlik
tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori
inflyatsiya shaklida namoyon bo’ladi. Inflyatsiyaning uzoq vaqt mavjud bo’lishi
bozor munosabatlarining me’yorda qaror topishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun
uni bartaraf etish o’tish davri iqtisodiyoti uchun o’ta muhim hisoblanadi.
Makroiqtisodiy
barqarorlashtirish
chora-tadbirlari tizimiga pul emissiyasini
cheklash, davlat byudjeti taqchilligini qisqartirish, ijobiy foiz stavkasini ta’minlash
va boshqalar kiradi.
7. Aholini ijtimoiy himoyalashning bozor xo’jaligiga mos bo’lgan tizimini
shakllantirish. Bu tizim aholining nisbatan muhtoj qatlarnini aniq ijtimoiy qollab-
quvvatlashga o’tishga yo’naltirilgan.
Bozor tizimining ko’rsatib o’tilgan asosiy unsurlari shakllanishining yakuniga
yetishi o’tish davri tugaganligidan darak beradi.
Prezident O'zbekistonni rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasini
tasdiqladi.
Prezident 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladi.
O'zbekiston Prezidenti 7-fevral kungi farmoni bilan 2017−2021-yillarda
O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar
strategiyasini tasdiqladi.
Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni tashvishga solayotgan
masalalarni kompleks o'rganish, qonunchilik, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va
xorijiy tajribani tahlil qilish yakunlari bo'yicha ishlab chiqildi. Hujjat internetda e'lon
qilinib, ekspertlar va jamoatchilikning keng muhokamasidan o'tdi.
Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo'yicha
yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni
nazarda tutadi. Xususan, 2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
deb e'lon qilindi.
2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta
ustuvor yo'nalishi (quyida — yanada batafsil)
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo'naltirilgan demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning
hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini
isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, "Elektron
hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish,
jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati
institutlari
hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga
yo'naltirilgan sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini hamda fuqarolarning
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash,
ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini, jinoyatchilikka qarshi
kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samarasini oshirish, sud
jarayonida tortishuv tamoyilini to'laqonli joriy etish, yuridik yordam va huquqiy
xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash;
iqtisodiyotni
yanada
rivojlantirish
va
liberallashtirishga
yo'naltirilgan
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq
xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat
ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional
va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va
uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib
holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb
etish;
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini
izchil
oshirib
borish,
ijtimoiy
himoya
va
sog'lig'ini
saqlash
tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy-
joylar barpo etish, yo'l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy
infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo'yicha maqsadli
dasturlarni amalga oshirish, ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport
sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish;
xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, chuqur
o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo'naltirilgan
davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, O'zbekistonning yon-
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo'shnichilik muhitini shakllantirish,
mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash.
Farmon bilan 2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor
yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo'yicha Milliy
komissiya, shuningdek ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha komissiyalar
tashkil etildi. Milliy komissiyaga prezidentning o'zi boshchilik qiladi.
Hujjatda harakatlar strategiyasini o'z vaqtida va samarali amalga oshirish barcha
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaxslari
faoliyatining birlamchi vazifasi va bosh ustuvor yo'nalishi hisoblanishi belgilandi.
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun mas'ul davlat
organlari va tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan
ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan ochiq muloqotni yo'lga
qo'yishning yangi, samarali mexanizm va usullarini joriy etish, mansabdor
shaxslarning aholi oldida hisobot berishi tizimini amalda tatbiq etish, shu asosda
xalqning davlat hokimiyatiga bo'lgan ishonchini mustahkamlashga alohida e'tibor
qaratish topshirildi.
Farmonda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqishda
byurokratik to'siq va g'ovlar yaratilishiga, aholi bilan muloqot jarayonini
kampaniyabozlikka aylanishiga yo'l qo'ymasligi qayd etildi. Bundan tashqari, davlat
dasturi doirasida o'tkazilayotgan tadbirlarning ochiqligi, ularda fuqarolar, barcha
darajadagi davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlari, nodavlat notijorat
tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nuroniylar, xotin-qizlar,
yoshlar, ijodiy va ilmiy muassasalar vakillarining keng ishtirok etishini ta'minlash
belgilangan.
2017−2021-yillarda O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi
bo'yicha harakatlar strategiyasi
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya
qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va
tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati
ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo'yicha vakolatlarini yanada
kengaytirish;
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari
jarayoniga ta'sirini kuchaytirishga yo'naltirgan holda tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini
kuchaytirish, ular o'rtasida sog'lom raqobat muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
davlat
boshqaruvi
va
davlat
xizmati
tizimini
davlat
boshqaruvini
markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy
va ijtimoiy ta'minot darajasini oshirish hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat
ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalarni
amalga oshirishda o'zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan
davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta'minlash,
jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga
oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
"Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko'rsatishning
samarasi, sifatini yuksaltirish va bu xizmatdan va aholi hamda tadbirkorlik
sub'ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy etish;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish,
ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini
oshirish;
mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o'rni va faoliyati samaradorligini
oshirish;
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional
faoliyatini himoya qilish.
II. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning
ustuvor yo'nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlash, sudning nufuzini
oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag'batlantirish va ijtimoiy
ta'minot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sudyalarga g'ayriqonuniy tarzda ta'sir o'tkazishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha ta'sirchan
choralar ko'rish;
sudning mustaqilligi va beg'arazligi, sud protsessi tomonlarining tortishuvi va teng
huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
"Xabeas korpus" institutini qo'llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud
nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta'minlash:
fuqarolarning murojaatlarini o'z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko'rib chiqishda
sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda bo'lish holatlariga yo'l qo'yganlik
uchun javobgarlikning muqarrarligini ta'minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni
tiklashning barcha zarur choralarini ko'rish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini
ta'minlash;
fuqarolarning xususiy mulkka bo'lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini
mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga to'sqinliksiz erishishini ta'minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3. Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo'jalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish
va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va
ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini yaxshilash, ma'muriy,
jinoyat, fuqarolik va xo'jalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini
takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xo'jalik ishlarini ko'rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-
birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy
etish.
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini
takomillashtirish:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi
faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga
qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
korrupsiyaga
qarshi
kurashishning
tashkiliy-huquqiy
mexanizmlarini
takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini
oshirish;
aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu boradagi chora-tadbirlarni
amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy
axborot vositalari bilan o'zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali
rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash
hamda ularning sabab va omillarini bartaraf etish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini o'qitish,
tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini
takomillashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida
huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo'yicha
idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan
jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni
muhofaza qilish tizimiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash.
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmati faoliyati
samaradorligini oshirish;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va xo'jalik ishlarini
ko'rib chiqishda advokatlaring o'rni va nufuzini oshirish;
notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh
qilish.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish
sur'atlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o'rta muddatli dasturlar
asosida tarkibiy va institutsional o'zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki
mahsulotning yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash;
harajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganinini saqlab qolgan holda, Davlat byudjetining
barcha darajalarida mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning
daromad qismini mustahkamlashga yo'naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni
takomillashtirish;
ilg'or xalqaro tajribada qo'llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-
kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda
zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning
barqarorligini ta'minlash;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo'lini davom
ettirish, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va rag'batlantirishning tegishli
choralarini kengaytirish;
bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini
chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va
ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsioyaviy loyihalar hamda kichik
biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish;
sug'urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini
joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek fond bozorini
kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin
resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va
xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta o'ylangan tashqi
qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya
va kreditlardan samarali foydalanish.
3.2. Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarini
modernizatsiya
va
diversifikatsiya
qilish
hisobiga
uning
raqobatbardoshligini oshirish:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta'minlash, uning tarkibida
sanoat, xizmatlar ko'rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini
ko'paytirish;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash,
ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini
amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor
mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan
yangi bosqichga o'tkazish orqali yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda
mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o'zlashtirish, shu asosda
ichki va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta'minlash;
ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag'batlantirish siyosatini davom etish hamda,
eng avvalo, iste'mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o'rnini bosish,
tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya
tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat
unumdorligini oshirish;
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, faoliyat
ko'rsatayotgan zonalarning samaradorligini oshirish;
xizmatlar ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni
shakllantirishda xizmatlarning o'rni va ulushini oshirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar
tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga
tubdan o'zgartirish;
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini
oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiyalash va sifatini yaxshilash, turizm
infratuzilmasini kengaytirish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va
geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport
salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo'l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha,
boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
3.3. Qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini
izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash,
ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport
salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo'shagan yerlarga
kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog' olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi
intensiv bog' va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada
optimallashtirish;
fermer xo'jaliklar, eng avvalo, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan
bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar
ko'rsatish bilan shug'ullanayotgan ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini rag'batlantirish
va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-
ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyalar
asosida asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish,
mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilgan investitsiya
loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va
boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko'rsatish infratuzilmasini tarmoqlarini yanada
kengaytirish;
sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va
irrigatsiya ob'ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish
sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy
agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo'lgan qishloq xo'jaligi
texnikasidan foydalanish;
yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-
iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo'jaligi ekinlarining yangi
seleksiya navlarini hamda hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy
etish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o'zgarishlari va Orol dengizi halokatining qishloq xo'jaligi rivojlanishi
hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha tizimli chora-
tadbirlar ko'rish.
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya
qilish va uni ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojini rag'batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy
islohotlarni davom ettirish:
xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta'minlash,
barcha turdagi to'siq va cheklovlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik
biznes rivojiga to'liq erkinlik berish, "Agar xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va kuchli
bo'ladi" degan prinsipni amalga oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay
ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat,