BOZOR IQTISODIYOTIGA O'TISH SHAROITIDA TAQCHILLIK VA UNI
BARTARAF ETISH VOSITALAR
Mundarija:
Kirish
I BOB. O'zbekistonda taqchillik mohiyati, yuzaga kelish sabablari va bartaraf
etish vositalari
1.1. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida taqchillik va uni turlari
1.2. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi
1.3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari.
II BOB. Bozor mahsulotlarining taqchilliklari va oqibatlari
2.1. Bozor taqchilligini moliyalashtirish usullari
2.2. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish
Xulosa.
Tayanch iboralar
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
Kirish
Tovarlar va xizmatlarga talab uzluksiz bo`lgani tufayli ularni ishlab
chiqarish ham uzluksiz ravishda doimo takrorlanib turadi. Takror ishlab
chiqarishning umumiy jarayonini iqtisodiy resurslar, tovarlar va xizmatlar hamda
daromadlarning doiraviy aylanishi ko`rinishida tasavvur qilish mumkin. Biroq bu
aylanish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha kechadi.
Xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tizimida bunday doiraviy
aylanish korxona va firmalar bilan uy xo`jaligi o`rtasida amalga oshadi. Uy
xo`jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan barcha iqtisodiy resurslarni
bozorga etkazib beradi. Korxona va firmalar bu resurslarni sotib olib, turli xil
tovarlar va xizmatlarga aylantiradilar va ularni bozorga etkazib beradilar.
Iqtisodiy resurslar, tovar va xizmatlar hamda daromadlarning xususiy
mulkka asoslangan iqtisodiy tizimdagi doiraviy aylanishi
Ko`rinib turibdiki, resurslar, tovarlar, xizmatlar va daromadlarning doiraviy
aylanishida faqat ikki tomon: bir tomonda korxona va firmalar, ikkinchi tomonda
uy xo`jaligi qatnashadi. Barcha moddiy, mehnat va pul oqimlari harakati davlat
tomonidan qat`iy rejalashtirilmaydi, ya`ni korxona va firmalar iqtisodiy resurslarni
qancha miqdorda, qaysi baholarda sotib olishni va ishlab chiqargan tovarlar va
xizmatlarni qanday baholarda sotishni o`zi erkin belgilaydi. Bu, ya`ni erkinlik,
bozor iqtisodiyoti tizimining asosiy va eng muhim belgisidir.
Iqtisodiy faoliyat erkinligining asosi - ishlab chiqarish omillari yoki
yaratilgan tovarlarning tasarruf etilish ixtiyoriyligi va mulkdorlarning
mustaqillikka egaligidir. Ishlab chiqaruvchi yoki iste`molchi o`z tovarini yoki
pulini o`zi bilganicha ishlatadi, o`z ixtiyoriga ko`ra o`ziga ma`qul bo`lgan ish bilan
shug`ullanadi. Xo`jalik yurituvchilar faoliyati bir-biridan ajragan bo`ladi. Chunki
ular, birinchidan, mustaqil mulk egalaridir, ikkinchidan, mehnat taqsimoti asosida
ixtisoslashib, har xil ish bilan shug`ullanadilar.
Bozor iqtisodiyoti tizimida xo`jalik yuritish shakllaridan qaysi birini tanlash,
o`z mol-mulkini qanday ishlatish ham kishilarning o`z ixtiyoriga bog`liq.
2
Tadbirkorlik qilish yoki yollanib ishlash, o`z pulini sanoatga, dehqonchilikka,
tijoratga, bank ishiga yoki boshqa yo`nalishga sarflash odamlarning o`z ixtiyorida
bo`ladi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va asosiy belgisi iqtisodiy xilma-xillik, ya`ni
mulk shakllari va xo`jalik yuritish usullarining turli-tuman bo`lishidir. Turli
shakllardagi mulklar erkin, yonma-yon, hech bir chegaralanmagan holda
rivojlanadi. Xo`jalik yuritish usullari ham har xil bo`ladi. Masalan, yakka tartibda,
jamoaga birikkan holda, sherikchilik yoxud hissadorlik asosida, o`z mablag`iga
yoki qarzga olingan mablag`ga tayanib xo`jalik yuritish, er va boshqa vositalarni
ijaraga olish va ishlatish kabilar.
Bozor iqtisodiyotini tashkil etuvchi tadbirkorlar ko`pchilikdan iborat bo`lib,
tarqoq holda foyda-zararni o`z zimmasiga olib ish yuritadi. Lekin ularning faoliyati
qanchalik tarqoq bo`lmasin, baribir bozor orqali bir-biriga bog`lanadi.
3
I BOB. O'zbekistonda taqchillik mohiyati, yuzaga kelish sabablari va bartaraf
etish vositalari.
1.1. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida taqchillik va uni turlari.
Narx pul bilan o`lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz bo`lishi mumkin emas.
Pul iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bo`lib, iqtisodiyotda o`ta muhim rol
o`ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti va uning iqtisodiy mexanizmida raqobat asosiy o`rin
tutadi. Raqobat iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining o`zgalarnikidan
alohidalashgan manfaatini bildiradi. Lekin bu manfaat yo`lida kurash qoidalariga
rioya qilish shart hisoblanadi. Manfaatlarni yuzaga chiqarishning birdan-bir yo`li
raqobatbardosh va jamiyat uchun zarur bo`lgan tovarlarni ishlab chiqarishdir.
Raqobat moddiy va mehnat resurslarini kam sarflagan holda ularni samarali
ishlatib, ko`proq va sifatliroq tovar ishlab chiqarishga undaydi. Shuning uchun ham
raqobat bozor iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi vositadir. Shu bilan birgalikda, u
iqtisodiyotni tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi kuch ham hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotining o`ziga xos ijtimoiy adolat qoidalari bor.
Iqtisodiyotdagi resurslar, ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni taqsimlash va
shunga mos ravishda daromadga ega bo`lib, yuqori farovonlik darajasiga intilish
adolat hisoblanadi. Ammo adolat tamoyili hammani bir xil qilish emas, balki
jamiyatni tabaqalashuvini bildiradi. Iqtisodiy sub`ektlar o`z mehnatiga, uning
samaradorligiga, ishbilarmonligiga va mulkiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shu
sababli ularning daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqei bir xil
bo`lmaydi. Tabaqalanish boylarga havas qilib, ularday bo`lishga intilishni hosil
qiladi. Bozor iqtisodiyoti shunday iqtisodiy munosabatlarki, ular ishlab chiqarish
faoliyatini rag`batlantiruvchi kuchni yuzaga keltiradi. Bozor regulyatorlari moddiy,
mehnat va moliya resurslarini kerakli tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish
tomon buradi. U behuda mehnat sarfini tan olmaydi, aksincha, unga yo`l
qo`yganlarni iqtisodiy jihatdan jazolaydi, ya`ni ular zarar ko`radi.
4
Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan tizimdir. U sharoit o`zgarishiga darhol
javob beradi, nima etishmasa, shuni darhol ishlab chiqarishni ta`minlaydi. Uning
muhim tomonlaridan biri novatsiya (yangilik)ga moyilligidir. U fan-texnika,
texnologiya yangiliklarini darhol qabul qiladi. Yangi tovarlarni ishlab chiqarishni,
yangi texnologiya va boshqarish usullarini joriy etishni ta`minlaydi. Chunki bu
raqobatda yutqazmaslik, yaxshi foyda ko`rish boylik va obro`-e`tibor orttirishning
sharti bo`lib xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarning natijasi o`laroq bozor iqtisodiyoti
tovarlar va xizmatlar to`kinligini yuzaga keltiradi.
Bozor iqtisodiyoti XVII asrning boshlaridan hozirgi vaqtga qadar bir qancha
taraqqiyot bosqichlaridan o`tdi, desak xato bo`lmaydi. Binobarin, har bir bosqichda
o`ziga xos iqtisodiy munosabatlar tizimi va bozor iqtisodiyotining turlari
shakllandi.
Bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining ilk davriga xos bo`lgan iqtisodiy
munosabatlar tizimini ayrim iqtisodchilar, jumladan, taniqli iqtisodchi-olim
professor A.O`lmasov "asov yoki yovvoyi bozor iqtisodiyoti" deb atashadi.
1 Shu bilan birgalikda bozor iqtisodiyotining bu turini "mumtoz kapitalizm" deb
atash ham uchrab turadi.
2 Bozor iqtisodiyoti tizimi mazkur turining keyingi ta`rifiga ko`proq moyillik
bildirgan holda, uning quyidagi asosiy belgilarini ko`rsatib o`tamiz:
-iqtisodiy resurslarga yakka tartibdagi xususiy mulkchilikning hukmronligi
va ularning ozchilik mulkdorlar tasarrufida to`planishi;
-erkin raqobat va sarmoyalarni iqtisodiyotning bir tarmog`idan ikkinchisiga
ko`chib yurishi;
-iqtisodiyotning tartibsiz (stixiyali) rivojlanishi;
-bozor ishtirokchilari bo`lgan tadbirkorlarning bir-biridan mutlaqo ajralgan
holda ish yuritishi;
-narx-navoning stixiyali shakllanishi;
-davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi;
5
-stixiyali taraqqiyotning natijasi o`laroq iqtisodiy tanglik va tanazzullarning
kelib chiqishi;
-aholi o`rtasidagi keskin tabaqalashuv: boylarning o`ta boy bo`lib ketishi va
kambag`allarning o`ta qashshoqlashuvi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan belgilar ichida xususiy mulkchilikning hukmronligi va
davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi mumtoz kapitalizmning asosiy belgilaridan
bo`lib qolmay, balki uning samarali amal qilishiga to`sqinlik qiluvchi kamchiliklari
hamdir. Aynan ana shu kamchiliklar tufayli u tobora "yovvoyilashib" boraveradi va
pirovard natijada uning o`rnida madaniylashgan bozor iqtisodiyoti tizimi
shakllanadi.
Madaniylashgan (tamaddunlashgan deb ham aytish mumkin) bozor
iqtisodiyoti bozor munosabatlari va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishga asoslangan tizimdir. Uning xarakterli belgisi iqtisodiyotda davlat
sektorining ham mavjudligi va jamiyat iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda
davlatning faol ishtirok etishidir.
Shu o`rinda jahonda mashhur iqtisodchi olim Adam Smitning 1776 yilda
Angliyada chop etilgan "Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to`g`risida
tadqiqot" nomli kitobining markaziy g`oyasiga to`xtalib o`tamiz. Uning fikricha,
davlat iqtisodiyotni xoli qo`ysa, ya`ni unga aralashmasa, iqtisodiyot yaxshiroq
amal qiladi. Hozir biz talab va taklif deb yuritadigan iqtisodiy kuchlarni Adam
Smit "ko`rinmas qo`l" deb atadi va uning fikricha, o`sha qo`lning o`zi iqtisodiyotni
tartibga solib turadi.
Mazkur ta`limot mumtoz ma`nodagi bozor iqtisodiyoti uchun, uning ilk
davri uchun asosli bo`lsa-da, vaqt o`tishi bilan eskira boshladi va zamonaviy
taraqqiyot talablariga javob bera olmay qoldi.
Iqtisodiyotdagi beboshlik va tartibsizliklarni bartaraf qilish, raqobat
kurashining g`ayriinsoniy usullariga barham berish, mustaqil tadbirkorlar o`rtasida
madaniylashgan aloqalar o`rnatish, iqtisodiy tangliklar va tanazzullarning oldini
olish uchun davlatning aralashuvi zarur bo`lib qoladi. Shunday qilib, XX asrning
6
o`rtalariga kelib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda madaniylashgan
bozor iqtisodiyoti shakllana boshladi.
Mazkur
iqtisodiy
tizim sharoitida
resurslar,
tovarlar
va
daromadlarning uzluksiz harakati bozor orqali davlat aralashuvi bilan amalga
oshiriladi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarning faoliyatini
bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar bozorida o`zining qatnashuvi
bilan ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay shart-sharoitlar yaratadi diqqat-e`tibor
bilan qarasangiz, madaniylashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar, tovarlar,
xizmatlar va daromadlarni ayirboshlashdan iborat bo`lgan iqtisodiy jarayonlar va
ularni tartibga solishdagi davlatning o`rnini yaqqol tasavvur qilasiz.
Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat makroiqtisodiy
darajada talab bilan taklif o`rtasidagi muvozanatni saqlash choralarini ko`radi va
mamlakat miqyosidagi umumdavlat ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini hal qiladi.
Endi bozor iqtisodiyotining yana bir turi – ijtimoiy yo`naltirilgan bozor
iqtisodiyotini ko`rib chiqaylik. Xo`sh, u qanday tizim va madaniylashgan bozor
iqtisodiyotidan nima bilan farq qiladi?
Dastlab shuni aytib o`tish lozimki, bozor iqtisodiyotining bu har ikki turi
o`rtasida katta bir umumiylik bor. Bu umumiylik ularning bozor tizimi bo`la turib,
bozor va nobozor munosabatlarning qorishmasidan iborat ekanidir. Shuning uchun
ko`pincha bozor iqtisodiyotining bu ikki turi o`rtasidagi farqlar ko`zga
tashlanavermaydi va amaliyotda ularga bitta tizim sifatida qarash va aralash
iqtisodiyot deb atash keng tarqalgan.
"Ijtimoiy yo`nalishdagi bozor iqtisodiyoti" tushunchasi ilk bor Germaniyada
paydo bo`lgan va u erda uning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan. Bundan mazkur
tushuncha shu mamlakatgagina xos degan ma`no kelib chiqmaydi, albatta. Ijtimoiy
yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslangan barcha
mamlakatlarda kuzatiluvchi hodisa bo`lib, unga jamiyat taraqqiyotining tabiiy
mahsuli deb qarash mumkin.
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti ham iqtisodiy, ham ijtimoiy
maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lib, birinchidan, mamlakat iqtisodiyotining tashkiliy
7
tuzilishini tartibga solib turadi. Buning uchun davlat mulkchilik huquqi, pul va
valyuta tartibotini, raqobat qoidalari va tashqi iqtisodiy faoliyat tartib - qoidalarini
belgilab beradi. Ikkinchidan, davlat fuqarolar va aholining alohida qatlamlari
ijtimoiy ahvolini belgilovchi mezonlar qabul qiladi. Shu maqsadda mehnat va unga
haq to`lash, mulkchilik va turar-joy masalalari, ekologiya va hokazolarga oid
tartib- qoidalarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotining milliy xususiyatlardan kelib
chiquvchi turli modellari mavjud bo`lib, ularning asosiylari nemis, shved, golland
va yapon modellaridir. Keyingi yillarda jahon amaliyotiga shiddat bilan kirib
kelgan yana bir model borki, uni "o`zbek modeli" deb yuritiladi. Biz bu haqda
3bobda batafsil to`xtalamiz.
1.2. Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi iqtisodiyotning beqarorligi.
Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka asoslangan tizim bo`lgani uchun eng
kuchli raqobat kurashi tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida bo`lishi tabiiy hol.
Chunki har bir tadbirkor o`z mablag`ini ko`proq va tezroq foyda olishi mumkin
bo`lgan sohaga kiritishga, ishlab chiqargan tovarini bozorda ko`proq va yuqoriroq
bahoda sotishga harakat qiladi. Natijada ham xomashyo bozorida, ham tayyor
maxsulotlar bozorida tovar ishlab chiqaruvchilar o`rtasida raqobat kurashi paydo
bo`ladi.
Raqobat kurashining 2 xil turi - tarmoqichra va tarmoqlararo raqobat
mavjud bo`lib, ularning birinchisi bir xil tovarlar ishlab chiqarish bilan band
bo`lgan tadbirkorlar raqobatidir. Tarmoqlararo raqobat esa turli xil tovarlarni ishlab
chiqaruvchilar o`rtasidagi kurashda namoyon bo`ladi.
Endi raqobat kurashining bu ikki turi xususida batafsilroq to`xtalib o`tamiz.
Tarmoqichra raqobat o`z mohiyatiga ko`ra iqtisodiy taraqqiyotning juda muhim
omili bo`lib xizmat qiladi. Bir xil ehtiyojni qondirishga mo`ljallangan tovarlarni
ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobatda "sendan men o`taman" tarzida kurash
ketadi. Masalan, odamlarning nonga bo`lgan talab-ehtiyojlarini qondiruvchi
8
tadbirkor-novvoy yoki "Doka-non" firmasi o`z mahsulotlarini ko`proq sotib,
ko`proq foyda olish uchun, avvalambor, nonning sifatini oshirishga harakat qiladi.
Biroq, o`z-o`zidan ma`lumki, nonning sifati yaxshi bo`lishi bilan uning sotuvi
ko`payib qolmaydi. Uning narxi ham xaridor uchun ma`qul bo`lishi kerak. Shuning
uchun tadbirkor yoki firma yopilayotgan nonning narxini tushirish uchun o`z
xarajatlarini kamaytirish yo`llarini izlaydi.
Shunday qilib, tarmoqichra raqobat tadbirkorlardan bir vaqtning o`zida ikkita
muhim vazifa bilan shug`ullanishni taqazo etadi. Ularning birinchisi mahsulot
ishlab chiqarishni ko`paytirish bo`lsa, ikkinchisi ishlab chiqarishga yangi texnika
va texnologiyani joriy qilish, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni
takomillashtira borishdir. Kam hajmda va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchi
tadbirkorlar tez orada bankrotlikka uchraydi, ya`ni sinadi.
Tarmoqlararo raqobat ham bozor iqtisodiyoti sharoitida shiddatli kechadi.
Sarmoya egalari o`z mablag`larini biron-bir soha yoki tarmoqqa yo`naltirishdan
oldin u erdagi foyda me`yori bilan qiziqadi. Tabiiyki, qaysi tarmoqda uning
sarmoyasi ko`proq foyda keltirsa, u o`z mablag`ini aynan shu tarmoqqa kiritadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar xo`jalik amaliyotida shunday
hollar ham sodir bo`ladiki, tadbirkorlar o`zi faoliyat ko`rsatayotgan tarmoqdan voz
kechib, mutlaqo boshqa tarmoqda ish yurita boshlaydilar. Buning sababi oldin
sarmoya kiritilgan tarmoqda foyda me`yorining tushib ketgani va ko`proq foyda
olish mumkin bo`lgan boshqa tarmoqning mavjudligidir. Masalan, muzlatgich
ishlab chiqaruvchi firma yuqorida ko`rsatilgan holat tufayli konditsioner ishlab
chiqarishga, televizor ishlab chiqarayotgan firma kompьyuterlar ishlab chiqarishga
qayta ixtisoslashuvi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ro`y beruvchi raqobat kurashini mukammal,
nomukammal va monopolistik raqobatlarga ajratish mumkin.
Mukammal raqobat deganda bir xil tovarlar va xizmatlar taklif qilinadigan
bozordagi raqobat tushuniladi. Masalan, televizorlar bozori, kompьyuterlar bozori,
un yoki sut mahsulotlari bozori va hokazo. Raqobatning bu turi quyidagi
belgilarga ega:
9
-bozordagi tadbirkorlarning erkinligi, ya`ni istagan paytda bozorga o`z
mahsuloti bilan kira olishi va undan chiqib keta olishi;
-hech kimning bozorda hukmronlik qila olmasligi va boshqalarga taziyq
o`tkazmasligi;
-tovar ishlab chiqaruvchilarning halol va madaniylashgan usullar bilan
raqobatlashuvi.
Nomukammal raqobat esa ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning hukmronlik
qilishi natijasida boshqalarning iqtisodiy erkinligi cheklangan bozordagi
raqobatdir. Bunday sharoitda bozorga hamma ham o`z mahsuloti bilan erkin kira
olavermaydi. Shuning uchun raqobat kurashi tor doiradagi tadbirkorlar va firmalar
o`rtasida sodir bo`ladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasining avtomobil
bozoridagi raqobatni olaylik. Bu erda raqobat kurashi "Mersedes Bents",
"Folksvagen", BMV hamda "Opel" avtogigantlari orasida boradi.
O`z tabiatiga ko`ra nomukammal raqobatga yaqin turgan va hatto uning bir
ko`rinishi bo`lgan raqobat ham borki, uni monopolistik raqobat deyiladi. Raqobat
kurashining bu turiga xos bo`lgan xususiyat shundan iboratki, u yoki bu tovarlar
(xizmatlar) bozorida bittagina firma tanho hukmronlik qiladi. Masalan, Asaka
shahrida joylashgan O`zbekiston-Koreya avtomobil qo`shma korxonasi
mamlakatimizdagi engil avtomobillar bozorida tanho hukmronlik qiladi va
hozircha u bilan bellasha oladigan raqobatchi yo`q. Biroq ushbu korxonaning
raqobatchisi yo`q ekan, u kim bilan raqobatlashadi, degan savolning tug`ilishi
tabiiy. To`g`ri, mamlakat ichida u bilan raqobatlashadigan avtokorxona yo`q.
Ammo, jahondagi 30 ga yaqin mamlakatda engil avtomobillar ishlab chiqaruvchi
firmalar mavjud. O`zbekiston avtomobillar bozorida ular ham qatnashishi mumkin.
Shuning uchun Asakadagi zavod, birinchidan, mamlakatlararo, ya`ni xalqaro
raqobatda qatnashadi va shu tufayli ishlab chiqarayotgan avtomobillarining
raqobatbardoshliligini oshirish uchun kurashadi. Ikkinchidan, u avtomobil
tayyorlash uchun zarur bo`lgan butlovchi mahsulotlar bozori hamda mehnat
bozoridagi raqobat kurashida qatnashadi.
Raqobat kurashining o`ziga xos bo`lgan usullari va vositalari mavjud.
10
Raqobat usullarini shartli ravishda madaniylashgan (ya`ni halol) va
yovvoyilashgan (g`irrom) usullarga ajratish mumkin.
Halol raqobat kurashi barcha tadbirkorlar tomonidan e`tirof etilgan va tan olingan,
umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi usullar orqali kechadi. Tadbirkorlik
faoliyatining asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko`rsatilayotgan
xizmatlarning sifatini oshirish, ularning narxini tushirish va reklamani kuchaytirish
orqali tobora ko`proq iste`molchilarni o`z tomoniga "ag`darib olish" kabi vositalar
yotadi.
G`irrom raqobat kurashi, odatda, g`ayriinsoniy vositalar orqali amalga
oshiriladi. Bularga boshqa tadbirkorlarning tovarlarini ochiqdan-ochiq yoki
yashirin holda yomonlash, ularning texnologik yangiliklari va tovar belgilarini
o`g`irlash, qo`poruvchilik, josuslik, reket va hattoki qotillik kabi vositalar kiradi.
Raqobat kurashining g`irrom usuli va vositalari ko`proq bozor iqtisodiyotiga
o`tishning ilk davrida uchraydi. Ammo bu rivojlangan mamlakatlar xo`jalik
amaliyotida raqobat kurashi faqat halol usullar bilan olib boriladi, degan ma`noni
bildirmaydi. Raqobatning g`irrom usullari, afsuski, hamma vaqt va barcha
mamlakatlar xo`jalik hayotida uchrab turadi.
Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ham, uning samarali amal qilishining ham
yagona va universal tamoyili yo`q, deb aytish mumkin. Har bir mamlakatning, har
bir xalqning faqat o`ziga xos bo`lgan tarixiy, ijtimoiy va milliy qadriyatlari va
xususiyatlari mavjud. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o`tish davri ham har bir
mamlakatda o`ziga xos tarzda kechadi va uning amal qilishida muayyan tafovutlar
bo`lishi tabiiy. Shu bilan birga bozor iqtisodiyotini tizim sifatida belgilab beruvchi
bir qator tamoyillar mavjud bo`lib, ularning asosiylari xususida to`xtalib o`tamiz.
Xususiy mulkchilikning ustivorligi. Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulkchilik
muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki moddiy ne`matlarni ishlab chiqarish,
ayirboshlash va iste`mol qilish xarakteri asosan mulkchilik munosabatlariga
bog`liq. Mulkchilikning sub`ektlari va ob`ektlari mavjud bo`lib, uning birinchisiga
davlat, jismoniy va yuridik shaxslar kiradi. Ikkinchisiga esa, ya`ni ob`ektlariga,
11
tabiiy resurslar, bino va inshootlar, asbob-uskunalar, qimmatbaho qog`ozlar, pul
mablag`lari va aqliy mehnat natijalari kiradi.
Mulkchilik ob`ektlariga egalik qilish turli iqtisodiy tizimlarda turlicha
bo`ladi. Rejali iqtisodiyot deb nomlanuvchi ma`muriy - buyruqbozlik tizimida
mulkchilik ob`ektlariga asosan davlat egalik qiladi va xususiy mulkning ulushi
juda ham kam bo`ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa buning aksi, ya`ni
mulkchilik ob`ektlarining aksariyat qismi xususiy mulkdorlar tasarrufida bo`lib,
davlat mulki iqtisodiyotning asosini tashkil etmaydi.
Xususiy mulk asosan individual (bir shaxsga tegishli) mulk, oila mulki,
jamoa mulki, shirkat mulki, qo`shma mulk, hissadorlik mulki, diniy tashkilotlar
mulki shakllarida amal qiladi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarda
iqtisodiyotning ikkita bo`lagi paydo bo`ladi. Ular xususiy mulkchilikning barcha
shakllarini birlashtiruvchi nodavlat sektori va davlat tasarrufidagi mulkdan iborat
davlat sektoridir. Bozor iqtisodiyoti tizimining samarali amal qilishi ko`p jihatdan
ana shu ikkita sektorning nisbatiga bog`liq desa bo`ladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, xususiy
mulkchilik hukmron mavqega ega bo`lgan holda, ya`ni tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarish asosan iqtisodiyotning nodavlat sektorida mujassamlashganda, iqtisodiy
taraqqiyot sur`atlari yuqori bo`ladi. Shuning uchun xususiy mulkchilikning
ustivorligi bozor iqtisodiyotining eng muhim va asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
Iqtisodiy faoliyat erkinligi. Odamlarning o`z ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq
bo`lgan faoliyati iqtisodiy faoliyat deb yuritiladi. Tovar va xizmatlarni yaratish,
ayirboshlash va ularni iste`mol etishga qaratilgan iqtisodiy faoliyat bozor
iqtisodiyoti sharoitida erkin kechadi. Xususiy mulkchilik bu tizimning asosini
tashkil etgani tufayli erkin xususiy tadbirkorlik butun jamiyat iqtisodiy
faoliyatining asosini tashkil etadi.
Xo`jalik yurituvchi har qanday sub`ekt (alohida shaxs, oila, odamlar guruhi,
yuridik shaxslar va h.k) iqtisodiy faoliyatning o`ziga ma`qul va manzur bo`lgan
hamda davlat qonunchiligi bilan ta`qiqlanmagan turini tanlaydi.
12
Inson o`zining jismoniy va aqliy layoqatini o`zi istagan soha (tovarlar ishlab
chiqarish, xizmat ko`rsatish, savdo-sotiq, tijorat, vositachilik va hokazo)ga
yo`naltirishi, o`zining pul mablag`laridan o`zi hohlagan maqsadlarda (biron bir
tovar ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish, bank depozitlariga qo`yish, aktsiyalar
sotib olish va hokazo) foydalanish huquqiga ega.
Biroq shuni ham aytib o`tish kerakki, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy
faoliyat erkinligining mavjudligi "kim nimani hohlasa qilaveradi" degani emas.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan har qanday davlat ham o`zining shart-sharoitlari
va umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
iqtisodiy faoliyatiga muayyan cheklashlar kiritadi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning teng huquqliligi. Iqtisodiy erkinlik xo`jalik
yurituvchi sub`ektlarning faqatgina iqtisodiy faoliyat erkinligida namoyon bo`lib
qolmay, balki davlat tomonidan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarda ham o`z
ifodasini topadi. Soliqlar, jarimalar, turli xil imtiyozlar davlat tomonidan
belgilanadi. Agar xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning biridan (masalan, xususiy
firmadan) yuqori foizlarda soliq undirilsayu, ikkinchisidan (masalan, davlat
korxonasidan) kamroq foizlarda undirilsa, bu, albatta, adolatdan bo`lmaydi va
ijtimoiy noroziliklarga sabab bo`ladi. Qaysidir mulkchilik shaklidagi sub`ektlarga
soliq yoki bojxona imtiyozlari berilsayu, kimlardir bundan mahrum etilsa, bunda
ham xuddi shunday adolatsizlik ro`y beradi.
Demak, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, barcha xo`jalik yurituvchi
sub`ektlarning teng huquqligi bozor iqtisodiyotining muhim tamoyili hisoblanadi.
O`zini-o`zi boshqarish. Jamiyatdagi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning ikkita turi
mavjud bo`lib, ularning birinchisi yuqoridan beriladigan buyruq va ko`rsatmalar
asosida boshqarish bo`lsa, ikkinchisi bozor munosabatlariga tayangan holda o`zini-
o`zi boshqarishdir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarning xo`jalik
amaliyotida o`zini-o`zi boshqarish muhim tamoyil hisoblanadi. Mazkur tizim
sharoitida iqtisodiy taraqqiyotni davlat boshqaruvi va menejerlar tajribasi hamda
donoligi ma`lum darajada belgilab beradi. Biroq hal qiluvchi omil bo`lib erkin
bozor munosabatlari va erkin baholar xizmat qiladi. Adam Smit tomonidan
13
"ko`rinmas qo`l" deb atalgan talab va taklif iqtisodiyotni nafaqat tartibga solib
turadi, balki boshqaradi ham. Tovarlar va xizmatlarning taklifi talabga nisbatan
ko`payib ketsa, narx-navo tushadi, aks holda ular ko`tariladi. Iqtisodiyotning qaysi
tarmog`i yoki sohasi ko`proq daromad keltirsa, sarmoyadorlarning mablag`lari
o`sha tomonga oqib kela boshlaydi. Sifatsiz tovarlar va xizmatlar yaratayotgan
korxona va firmalar iqtisodiy jihatdan sinib, o`z-o`zidan yopilib ketadi. yuqori
sifatli tovar ishlab chiqaruvchilarning omadi chopaveradi, chunki, bir tomondan,
tovarga talab katta bo`lsa, ikkinchi tomondan, bu tovar yuqori baholarda sotiladi.
Shunday qilib, bozor mexanizmining o`zi iqtisodiy ob`ektlar va jarayonlarni o`zini-
o`zi tartibga soluvchi va boshqaruvchi qilib qo`yadi, xo`jalik yuritishning eng
oqilona usullarini tanlash, ishlab chiqarishning eng yangi texnologiyalarini joriy
etishni tadbirkorlarning tabiiy ehtiyojiga aylantiradi.
O`z-o`zini moliyalashtirish. Har qanday xo`jalik yurituvchi sub`ekt iqtisodiy
faoliyat ko`rsatar ekan, uning oldida bitta muhim vazifa turadi. Bu vazifa o`z
mustaqilligini to`la-to`kis ta`minlashdir. Buning uchun u o`zining xo`jalik faoliyati
bilan bog`liq bo`lgan barcha moliyaviy sarf-xarajatlarni qoplash va olgan foydasi
hisobidan o`z taraqqiyotini amalga oshirishi kerak. O`zbekona ta`bir bilan
aytadigan bo`lsak, bozor iqtisodiyoti sharoitida "har kim o`z aravasini o`zi tortishi
kerak". To`g`ri, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z mablag`lari etarli bo`lmagan
hollarda bankdan kredit (qarz)lar olishi mumkin. Biroq bu ham "o`z aravasini o`zi
tortish" bilan teng narsa. Chunki bankdan olingan qarzlarni qaytarish, qaytarganda
ham foizlari bilan qaytarish kerak.
O`z-o`zini moliyalashtirish tamoyiliga amal qilish uchun xo`jalik yurituvchi
sub`ektlardan uddaburonlik, tadbirkorlik, hisob-kitob bilan faoliyat yuritish, uzoqni
ko`ra bilish va boshqa bir qator fazilatlar talab qilinadi. Iqtisodiy faoliyatning
hisob-kitobini joyiga qo`ya olmagan, o`zining tovar va xizmatlariga bo`lgan joriy
va istiqboldagi talabni yaxshi o`rganib chiqmagan tadbirkor nafaqat foyda olish u
yoqda tursin, hatto o`z xarajatlarini ham qoplay olmaydi.
Narx-navo erkinligi. Bozor iqtisodiyotining eng muhim belgisi va tamoyili
hisoblangan narx-navo erkinligi shuni bildiradiki, tovar va xizmatlarning bahosi
14
davlat tomonidan emas, balki sotuvchi bilan xaridorning o`zaro kelishuvi asosida
belgilanadi. Mamlakatimizda o`tgan asrning 90-yillariga qadar amal qilgan
markazlashgan rejali iqtisodiyot sharoitida tovar va xizmatlarning bahosi qoida
tariqasida davlat tomonidan belgilanib (yoki o`rnatilib) kelinar edi. Baholar uzoq
vaqt davomida amal qilar va shuning uchun tovar va xizmatlar yaratishga
sarflanayotgan xarajatlarni hamma vaqt ham to`liq aks ettiravermas edi.
Undan tashqari uzoq vaqt amal qiluvchi baholar tovarlar va xizmatlarga bo`lgan
talabni ham, ularning taklifidagi o`zgarishlarni ham aks ettirish imkoniyatidan
mahrum edi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx-navoni erkinlashtirish degani, albatta,
barcha tovarlar va xizmatlarning bahosi bozorda sotuvchi bilan xaridor o`rtasidagi
kelishuv asosida shakllanadi, degan ma`noni bildirmaydi. Umumdavlat
manfaatlaridan kelib chiqib, muhim strategik ahamiyatga ega bo`lgan tovarlar
(masalan, paxta tolasi, oltin va boshqa qimmatbaho metallar)ning bahosini davlat
belgilab beradi. Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin bozor baholari etakchi
o`rinni egallaydi. Shu bilan birgalikda rivojlangan mamlakatlarning xo`jalik
amaliyotida shartnomaviy deb ataluvchi narxlar ham keng qo`llanadi. Ular uzoq
vaqt davomida sheriklik aloqalar asosida ish yurituvchi firma va korxonalarning
xo`jalik amaliyotida ko`proq qo`llanadi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning raqobatlashuvi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida xo`jalik yuritishning iqtisodiy samaradorligini ta`minlovchi,
tadbirkorlikni harakatga keltiruvchi kuch, bu – korxonalar, firmalar va barcha
ishbilarmonlar o`rtasidagi raqobatdir. Uni xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning
faoliyat ko`rsatish va yashash uchun kurash usuli deb ham aytish mumkin. Chunki
o`z raqibidan ortda qolmaslikka, undan ko`ra yuqoriroq obro`-e`tiborga va
mavqega ega bo`lishga intilish pirovard natijada ko`proq foyda olishni, yuksakroq
sur`atlar bilan rivojlanishni ta`minlovchi omildir. Tadbirkorlik raqobatida engilish,
albatta, iqtisodiy jihatdan sinishni bildiradi. Shuning uchun ham, tabiiyki, hech kim
raqobat kurashida engilishni, mag`lubiyatga uchrashni istamaydi. Demak, raqobat
kurashida barcha tadbirkorlar, firma va korxonalar qatnashadi. Bozor
15
munosabatlari amal qiluvchi har qanday davlatda raqibi bo`lmagan xo`jalik
yurituvchi sub`ektning o`zi yo`q.
1.3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari.
Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi
bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish
imkonini berdi. Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur
tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni
ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. SHu
maqsaddan kelib chiqib mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
quyidagi bir qator vazifalarni ko‘rsatib berdi:
• davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish;
• ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’minlash;Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning bosqichlari.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat: • - mulkiy munosabatlarni isloh qilish; • - agrar islohotlar; •
- moliya-kredit va narx-navo islohoti; • - boshqarish tizimini isloh qilish va bozor
infratuzilmasini yaratish; • - tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti; • - ijtimoiy
islohotlar. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ( 1. Davlat va jamiyat
qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda
siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh
qilish, davlat xizmatining tashkiliyhuquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron
hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish,
jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati
institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish.
16
II BOB. Bozor mahsulotlarining taqchilliklari va oqibatlari.
2.1. Bozor taqchilligini moliyalashtirish usullari.
Raqobat kurashi iqtisodiy faoliyatning barcha sohalari: ishlab chiqarish,
ayirboshlash va iste`molda mavjud bo`lib, har qanday kurashda bo`lgani kabi bu
erda ham kuchlilar engib chiqadi va kuchsizlar engilaveradi. Kurash maydoniga
yangi-yangi xo`jalik sub`ektlari kirib kelaveradi. Raqobatning iqtisodiy faoliyat
samaradorligini oshirishga, jamiyat taraqqiyotini tezlashtirishga bo`lgan ijobiy
ta`siri mana shunda namoyon bo`ladi. Shunday qilib, raqobatni bozor
iqtisodiyotining tabiatiga mos tushuvchi tamoyil, deb aytish mumkin.
Biroq ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga
qarama-qarshi turuvchi, uning tabiatiga zid bo`lgan yakka hukmronlik
(monopoliya) omili mavjuddir. Monopoliya deganda, iqtisodiy faoliyatning
bironbir turi bilan shug`ullanish huquqi yoki imkoniyatini ayrim xo`jalik
sub`ektiga berish tushuniladi. Monopoliyaning o`rnatilishi bozor
munosabatlarining samarali amal qilishiga putur etkazadi, raqobatning iqtisodiy
taraqqiyotga ijobiy ta`sirini susaytiradi. Monopoliya o`z tabiatiga ko`ra ishlab
chiqarishda turg`unlikning kelib chiqishiga sabab bo`ladi, hukmron mavqeiga
tayanib, xarajatlarni kamaytirmagan holda foyda ko`rishi va bozorda o`z
hukmronligini o`tkazishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan sabablarga ko`ra bozor iqtisodiyoti monopoliya bilan
chiqisha olmaydi. Shuning uchun bozor munosabatlariga asoslangan
mamlakatlarda monopoliyaga qarshi siyosat davlat iqtisodiy siyosatining muhim
yo`nalishi hisoblanadi.
• iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy
siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o‘zgartirishdan iboratdir. • Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri –
ma’muriybuyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor
tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
17
1980-1990 yillarda dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar. Bu vfqtga kelib,
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib chiqish
va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. CHunki, bu vaqtga
kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm
surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi
tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish
va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bozor iqtisodiyotining tan olinisi. Bu
vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib,
iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo‘li – ongli ravishda boshqariladigan va tartibga
solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni
tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari (modellari) xilmaxil
bo‘lib, ularning umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning barcha yo‘llari umumlashtirilib, quyidagi to‘rtta asosiy
turga bo‘linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar
yo‘li; 3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li; 4) sotsializm g‘oyalarini samarali
bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li. Bu
yo‘llar turli tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir.
Ularning umumiyligi shundaki, bu yo‘llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga
o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal
qilish mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi. SHu bilan birga har bir yo‘lning
o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo‘lishidan kelib chiqadi.
Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining
xususiyati. Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati – bu qoloq,
an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq
sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan,
ma’muriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan
bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki,
totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom
18
bir-biriga zid. SHu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish
sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari
bilan bir-birlaridan farqlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos
xususiyatlari. Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni sotsializm qurish
g‘oyalari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g‘oyalarning muhim jihatlarini
saqlab qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o‘ziga xos o‘tish
yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan,
Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan
mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini
vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning
barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir. Bozor
iqtisodiyotiga yo‘llaaaari. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga
revolyusion yo‘l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo‘l bilan, ya’ni
bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlarni o‘tkazish,
avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom
sindirish talab etilib, «karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb
ataladi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor
munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz vujudga
keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion yo‘l kamroq
ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir. Ma’muriybuyruqbozlik
iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning zarurligi. Ma’muriy-
buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab
borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali
ifodalanadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega: 1)
uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan
moslashib borishi; 2) xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish»
oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pasayib ketganligi. Ma’muriy-
buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda
19
umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur
institutsional (eng avvalo, mulkchilik munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z ichiga
oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini
amalga oshirilishini taqozo etadi.
2.2. Bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu
yo‘nalish quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi: - barcha
iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi; -
bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi; - kichik
biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash,
imtiyozli kreditlar berish orqali qo‘llabquvvatlash va tarmoqqa kirishidagi
to‘siqlarni pasaytirish; O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 3. Institutsional o‘zgarishlar. Mazkur
o‘zgarishlar quyidagi sohalarni qamrab oladi:
- mulkchilik munosabatlarini o‘zgartirish, jumladan, xususiy sektorni yaratish; -
bozor infratuzilmasini (tijorat banklari, tovar va fond birjalari, investitsiya fondlari
va h.k.) shakllantirish; - iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning yangi
tizimini yaratish; - bozor sharoitlariga mos tushuvchi xo‘jalik qonunchiligini qabul
qilish va boshqalar. 4. Tarkibiy o‘zgarishlar. Tarkibiy o‘zgarishlar birinchi
navbatda Davomi. 5. Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish. Aslini
olganda, bu jarayon tizimiy islohotlar qatoriga kirmaydi, chunki u bozor
iqtisodiyoti barqaror amal qilayotgan mamlakatlarda ham tez-tez o‘tkazilib turadi.
Bu yo‘nalishning muhim ahamiyati shundan kelib chiqadiki,
ma’muriybuyruqbozlik tizimining inqirozi eng avvalo va kuchli ravishda
moliyaviy sohada, ayniqsa yuqori inflyasiya shaklida namoyon bo‘ladi.
Inflyasiyaning uzoq vaqt mavjud bo‘lishi bozor munosabatlarining me’yorda qaror
topishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun uni bartaraf etish o‘tish davri iqtisodiyoti
uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari
20
tizimiga pul Davomi . 5.2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
tamoyillari va xususiyatlari. Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo‘lsa-da, turli
mamlakatlar turli yo‘llarni tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir
tizimdan ikkinchi tizimga o‘tishning revolyusion va evolyusion yo‘llari mavjud.
Polsha, CHexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo‘lini, birdaniga katta to‘ntarishlar qilish
yo‘lini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va
tabiiy xususiyatlarini hamda bu yo‘ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda
revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani
kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. . «Respublikaning o‘ziga xos
sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har
tomonlama hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso‘naqay
rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi». «O‘zbekistonda
qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z
oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini
qo‘yar ekanmiz, eng avvalo, «shok terapiyasi» deb atalgan usullarni bizga chetdan
turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o‘zini-o‘zi tartibga
soladi, degan o‘ta jo‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik», deb yozadilar
mamlakatimiz Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz- Bu yo‘lni amalga
oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Prezidentimiz tomonidan ishlab
chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: - iqtisodiyotni
mafkuradan xoli qilish, uning ustunligini ta’minlash; - o‘tish davrida davlatning
bosh islohotchi bo‘lishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga
asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi; - bozor munosabatlariga o‘tish
bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni
amalga oshirish. - bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
21