BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISHNING ANDOZALARI VA
ULARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
MUNDARIJA:
KIRISH
I.BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi,
afzalliklari va ziddiyatlari
1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi
II.BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISHNING ANDOZALARI VA
UNING XUSUSIYATLARI.
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, yo‘llari va milliy modellar
2.2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va xususiyatlari
2.3. O`zbekistonda bozor islohotlarini amalga oshirish va uning asosiy
yo`nalishlari
XULOSA
TAYANCH ATAMALAR LUG’AT
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
PAGE \* MERGEFORMAT1
Kirish.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtish – anʼanaviy va rejali buyruqbozlik
tuzumidagi iqtisodiy munosabatlardan bozor munosabatlariga oʻtish jarayoni.
Bu jarayon iqtisodiy zarurat, chunki anʼanaviy yoki rejali buyruqbozlik
tizimlari barqaror iqtisodiy taraqqiyotni va xalq farovonligini taʼminlay
olmay qoladi hamda Bozor iqtisodiyotiga oʻtish orqali iqtisodiy ravnaqqa
erishish yoʻli tanlanadi. Tarixan bozor iqtisodiyotiga oʻtishning uch yoʻlini
koʻrsatish mumkin: 1) anʼanaviy natural xoʻjaligi iqtisodiyotidan Bozor
iqtisodiyotiga oʻtish; 2) qoloq va mustamlaka xarakteridagi iqtisodiyotdan
bozor iqtisodiyotiga oʻtish; 3) rejali buyruqbozlik iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga oʻtish. Shunga koʻra bozor iqtisodiyotiga oʻtish ning ilk klassik
modeli; mustamlakachilik zulmidan ozod boʻlgan Osiyo va Afrika
mamlakatlari modeli; sobiq sotsialistik mamlakatlar modeli mavjud. Klassik
model eng koʻhna model sifatida Yevropa mamlakatlariga xos boʻlgan. Bu
yerda bozor iqtisodiyotiga oʻtish koʻp bosqichli boʻlib, asrlar davom etgan
tabiiytarixiy jarayon shaklida kechgan. Dastlab anʼanaviy natural xoʻjalik
mayda tovar xoʻjaligiga, bu esa oʻz navbatida asov bozor iqtisodiyomura
aylangan. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish ga xos boʻlgan qonuniyatlar Yevropa
mamlakatlarida dastlabki sinovdan oʻtgan. Osiyo va Afrika mamlakatlari
modelini amalga oshirish toʻplangan tarixiy tajribaga tayandi: anʼanaviy
xoʻjalikni bozor xoʻjaligiga aylantirish mustamlakachilik zulmi sharoitida
metropoliyalar taʼsirida boshlandi va ular manfaatiga xizmat qildi, bu jarayon
sunʼiy ravishda toʻxtatilmay, aksincha mamlakatlar ozodlikka erishgan
sharoitlarda ham davom etdi, bozor munosabatlari oʻz tabiatiga moye
tushadigan iqtisodiy zamindan – xususiy mulkchilikdan oʻsib chikdi, chet
elning moddiy va moliyaviy yordamiga tayandi. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish
jarayoni tarixiy sakrash shaklida, yaʼni Yevropa uchun muqarrar boʻlgan
tarixiy bosqichlarni oʻtamay, ularni chetlagan holda anʼanaviy iqtisodiyot
PAGE \* MERGEFORMAT1
yoxud rivojlanmagan bozor xoʻjaligidan uning rivojlangan shakliga oʻtish
sari bormoqda.
Bozor iqtisodiyotiga oʻtishning eng soʻnggi modeli sobiq sotsialistik
mamlakatlar modeli boʻlib, oʻtish bu mamlakatlarda rejalibuyruqbozlik
iqtisodiyotini qayta qurish asosida bormoqda. Sobiq sotsialistik
mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki shartsharoiti har xil,
shunga koʻra aholi orasida bozor koʻnikmalari ham turlicha darajada
saqlangan. Bu mamlakatlarda rejali buyruqbozlik xoʻjaligidan bozor
iqtisodiyotining zamonaviy taraqqiy etgan shakliga utiladi. Oʻtish jarayoni
tez kechadi, chunki bu sotsializm davridan qolgan moddiy bazaga, malakali
ish kuchiga va ilmiy texnikaviy salohiyatga tayanadi. Sobiq sotsialistik
mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtish ulardan baʼzilarining davlat
mustaqilligini taʼminlash bilan birgalikda kechmoqda. Bu MDH
mamlakatlariga xos. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish keng va teran bozor
islohotlarini talab qiladi.
Oʻzbekistonning bozor iqtisodiyotiga oʻtish ham milliy mustaqillik va
keng koʻlamli bozor islohotlarining oʻtkazilishi bilan amalga oshirilmoqda.
Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz
uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin
egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat
qilmoqda. O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli
yurtimizning barcha hudud va mintaqalari qiyofasi tubdan o’zgarib, obod
bo’lib borayotgani, O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari,
izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari
bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani
hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o’sib kelayotgan yoshlarga
xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Eng muhimi, ana
shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy
olami izchil yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati keskin o’zgarib
bormoqda.2 Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan
PAGE \* MERGEFORMAT1
marralarga yetish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish,
xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon
hamjamiyatida munosib o’rin egallashida avvalo juda tez o’zgarib borayotgan
bugungi zamon bilan hamnafas bo’lib, ertaga yo’limizda paydo bo’lishi
mumkin bo’lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo
o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab qilmoqda.
O’zbekiston esa o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy
xususiyatlarini hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda
revolyutsion to’ntarishlarsiz, itimoiy to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani
ko’chaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qay‘iyatlilik bilan bosqichma-
bosqich rivojlangan va boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lini
tanladi.
Mamlakatimiz Prezidenti ko’rsatib o’tdiki, “Bizning bozor
munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va
xususiyatlarini, ananalar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama
hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besunaqay
rivojlantirishning mudhush merosiga barham berishga asoslanadi”.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun tegishli huquqiy negizni, bozor
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish,
yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak
bo’ladi. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish maqsadga
muvofiq bo’ladi deb ko’rsatib berilgandir. Bundan tashqari, bozor
munosabatlariga o’zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy sohalarni, shu
jumladan siyosiy, ma‘naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan
o’zgartirishni ham taqozo qiladi.
PAGE \* MERGEFORMAT1
I.BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING MAZMUNI VA AMAL QILISHI.
1.1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari
uchun xos bo‘lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos
xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal
qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi
davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko‘pgina mamlakatlarda hukmron
iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan
izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal
qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi.
Xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining
ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo‘lishing
umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy
xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud
bo‘lishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning
bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi
bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi.
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining
muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik
mustaqil bo`lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin
ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoli- yatining nisbatan samarali
yo‘nalishlarini ko`rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon
yaratadi.
Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga
asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u
iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti -
PAGE \* MERGEFORMAT1
bozor xo‘jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil
ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga
boglanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor
aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish,
ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini hamda iqtisodiy
munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi.
Bozot iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va
qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaliginmg barcha
asosiy subyektlari uchta guruhga bolinadi: uy xo`jaliklari, korxonalar
(tadbirkorlik sektori) va davlat sektori.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish
omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan
olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida
amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki
qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan
daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlar tovar xoЈjaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
Uy xo'jaliklari iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo‘jalik!ari doirasida moddiy ishlab chiqarish va
xizmat ko‘rsatish sohalarida Yaratilgan tovar xizmatlar iste’mol qilinadi.
Bozor iqtisodiyotida uy xo‘ja1iklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish
omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan
olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida
amal qiluvchi birlamchi bo‘g‘inidir. U ish yuritish uchun o‘z kapitalini yoki
PAGE \* MERGEFORMAT1
qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan
daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarfianadi.
Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlami yetkazib beradi.
1.1-grafik. Bozor xo’jaligi subyektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli
Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta tarkibiy
qismdan iborat boiadi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi
uchun ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yoki
ko‘rsatkich bo`lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik
muhitidagi o‘zgarishlar o‘z navbatida, narxlardagi o'zgarishlarni keltirib
chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustuvorligi;
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;
- raqobat kurashming mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalaming ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
PAGE \* MERGEFORMAT1
Bank
Korxona (firma)
Davlat
Uy xo`jaligi
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun
umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap
borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq
qilish zarur. Uning birinchi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib,
g‘arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib
keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom
oldi. Uning asosiy belgilari:
a) iqdisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslanganligi;
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashligi;
v) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning
shaxsan erkinligi;
g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;
d) iqlisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari
asosida
tartiblanishi;
e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy
tabaqalashuvining kuchayishi;
j) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma’lum bozor uchun
ishlash.
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko‘rinishi hozirgi zamon rivojlangan
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal
qiladi. Uning asosiy belgilari:
a)iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari,
ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga
asoslanganligi;
b)kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi,
mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo‘lida to‘planib, milliy va
xalqaro miqyosda umumlashganligi;
v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
PAGE \* MERGEFORMAT1
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni,
rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o‘rtasidagi
nisbatlami tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;
g) xo‘jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes
rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish,
marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar);
d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug'urta fondlarining
vujudga kelishi.
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ulaming qonun- qoidalari
rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi zamon bozor xo‘jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat
sektorlarining o‘zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi
darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib
chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari
farqlanadi .
PAGE \* MERGEFORMAT1
1.2. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolarining hal qilinishi,
afzalliklari va ziddiyatlari.
Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini
tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal
qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo,
PAGE \* MERGEFORMAT1
harqanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi
savollarga javob topish kerak bo’ladi:
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqaarish
zarur?
2) ushbu mahsulol va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida
ishlab chiqariladi?
3) bu mahsulot va xizmatlarni kim uchun ishlab chiqariladi?
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - « nima, qanday qilib,
kim uchun ishlab chiqarish zarur? » tarzida ifodalanadi. Bu muammolar
an'anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davoniida mavjud bo’lib
kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa,
ma’muriybuyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan
holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu
muammolarni o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining
o‘ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib
chiqadi.
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor
iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish
darajasiga, talab va taklif nisbatiga bog‘liq. Bunda mavjud bo’lgan resurslar
qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida
foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona
zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal
qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to‘plami jamiyat
talablarini to‘la qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
faqat talab mavjud bo‘lgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan
mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovami
sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning
umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi
tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining
PAGE \* MERGEFORMAT1
nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib
olishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo
bo’lishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi
korxonalaming kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga
nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining
pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi, Boshqacha
aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning
iqtisodiy foyda nolga teng bo’lgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining
umumiy miqdorini bclgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning
« muvozanatli » hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar
ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, tarmoqdagi
tovar ishlab chiqarishdan zarar ko‘rilishi kutilgan holatda korxona bunday
iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi.
Buning natijasida zarar ko‘ruvchi yoki past foyda darajasiga ega
bo’lgan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan
ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko‘tarilishi
hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o‘zining
ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda
iste’molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim.
Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini
sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon boiadi. Agar bunday
talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab
chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu
mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi.
Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining
qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining
talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda
muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash
ko’p darajada resurslami yetkazib beruvchilarga ham bog’liq. Resurslarga
PAGE \* MERGEFORMAT1
bo’lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab
chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. 0‘z
daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib beruvchining
ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga
muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi
mumkin va shu korxonalaming resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi,
iste’molchining afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon boiadi. Tovar
ishlab chiqaruvchi va resurslami yetkazib beruvchilar o‘z manfaatlarini
ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul
tolash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo‘lgan turdagi va
miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib beradi.
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish
qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o4ziga
xos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi:
-
resurslarning alohida tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi;
-
korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga
oshirilishi;
-
har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va
texnologiyani tanlash.
Bozor tizimi resurslami avvalo yuqori talab va foyda darajasiga
ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan
tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
eng zamonaviy texnologiyani qo‘llashga layoqatli bo‘lgan va shunga intilgan
korxonalar samarali faoliyat ko‘rsata oladi. Korxonalaraing iqtisodiy
samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg‘unlashuvi darajasi
hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samara-
dorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam
darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.
PAGE \* MERGEFORMAT1
Bozor iqtisodiyoti o‘zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab
chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o‘zgarishiga muvofiq holda
o‘zgaradi. Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan
tizimi vaqt o‘tishi bilan istc’molchi didining o‘zgarishi, ishlab chiqarish yangi
texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta
o’zgarishi oqibatida eskirishi va samarasiz bo’lib qolishi mumkin.
Iste’molchi dididagi o‘zgarishlarning mahsulot narxi va foydaga
ta’siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo
qiladi. Bu o‘zgartirisb resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki
kcngayib boruvchi tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib boruvchi
tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs
narxlarining o'zgarishi, resurslami qisqaruvchi tarmoqlardan kengayuvchi
tarmoqlarga qayta taqsimlaydi.
Demak, bozor tizimi texnologiyaning o‘zgarishi va har xil resurslar
taklifi tarkibidagi o‘zgarishlarga moslashadi.
Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag‘batlantiradi.
Birinchi bo‘lib tejamli texnologiyalarni qo‘llash korxonaning o‘z
raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish
xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi.
Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun
sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir
korxona yuqori foyda berishi mumkin bo‘lgan texnika va texnologiya
yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan
bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida « nima, kim uchun va qanday qilib ishlab
chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi:
a)
yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar
to‘lovga layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;
b)
tovar va xizmatlar to‘lov layoqatiga ega, yuqori foyda olish
imkonini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
PAGE \* MERGEFORMAT1
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini
beradigan
texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o‘zining
afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy
tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng
avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib o‘tish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
1.
Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi
resurslami samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki,
raqobatli bozor tizimi resurslami jamiyatga eng zarur bo‘lgan tovarlar va
xizmatlar ishlab chiqarishga yo‘naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami
uyg‘unlashtirislining ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi,
ancha samarali texnologiyani qo‘llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi
shaxsiy manfaatni shun day tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud
resurslardan zarur tovarlami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni
ta’minlaydi.
2.
Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti
tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga
ustuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy
muammolaridan biri bo‘lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini
uyg‘unlashtirish hisoblanadi. Bunday uyg‘unlashtirishni amalga oshirishning
ikki usuli mavjud. Birinchisi - markazdan boshqarish va majbur qilish
tadbirlarini qoilash bo‘lsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy
hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan
uyg‘unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash
erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi.
3.
Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining
ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir
shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda
PAGE \* MERGEFORMAT1
bo‘lishadi. Chunki xo’jasizlik, sustkashlik, beg'amlik har qanday xo‘jalik
tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar
raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun
kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilami harakatga
soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.
Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko‘rib chiqilgan asosiy afzalliklari
bilan bir qatorda boshqa ko‘plab ijobiy jihatlarini ham sanab o‘tish mumkin.
Jumladan:
- uning ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi
va ko‘nikishining yuqori darajasi;
- fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga
joriy etishning jadal sur’ati;
- turli-tuman ehtiyojlami qondirish, mahsulot sifatini oshirish
qobiliyati;
- buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;
- cheklangan axborot - turli resurslarning narx darajasi va ularning
sarflanish darajasiga yo‘nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli
amal qila olish imkoniyati.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga
xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati
shundan iboratki, u o‘zning bosh nazorat mexanizmi - raqobatning
kuchsizlanishiga yo‘l qo'yadi va hatto buni rag‘batlantiradi. Bunday
iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud:
1)
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar
foyda ketidan quvib va o‘z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib,
raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo‘lishga harakat qiladilar. Firma-
larning qo‘shilib ketishi, kompaniyalaming xufyona kelishuvi,
raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish,
zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qo‘llash - bularning barchasi
PAGE \* MERGEFORMAT1
raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining
pasayishiga olib keladi;
bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning
zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta
miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo‘lishini; v)
kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo‘lib birlashgan bozorning
tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi.
Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi
hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo'lishi zarurligini bildiradi.
Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab
chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p
miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p bo‘lmagan yirik ishlab
chiqamvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.
Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyoji tovarlar bilan
ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi
iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining
iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash
layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin.
Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari
daromadlaridagi tengsizliknmg kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi
bilan bog‘liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin
daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada
yumshatish mumkin.
Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan
yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib,
bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday
ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo‘Iadi.
Tovarlar hajmi bilan pul massasi o’rtasidagi ro'y berib turadigan
nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati
PAGE \* MERGEFORMAT1
hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali
namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda
quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:
- atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan
muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;
- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash
imkoniyatining yo‘qligi;
- mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlarning mavjud emasligi;
- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga
ko‘maklashuvning yo‘qligi;
- rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming bo’lib turishi
hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi
kabi holatlarining mavjudligi.
PAGE \* MERGEFORMAT1
1.3. Bozorning vazifalari va bozor infratuzilmasi.
Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi
bo‘lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo‘jalik yuritish amaliyotida ham, barcha
mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng
avvalo « bozor » va « bozor iqtisodiyoti » tushunchalarining bir-biridan
farqlanishini ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki
tushunchani bir xil ma’noda ifodalasb, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar
sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollan uchraydi. Bozor jamiyatda
bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi
natijasida vujudga kelgan bo’lib, u ijtimoiy takror ishlab chiqarishning
PAGE \* MERGEFORMAT1
ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor
munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi natijasi bo’lib,
tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat koisatuvchi iqtisodiy
tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini:
ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab
oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi.
Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi,
ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi.
Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo’lib, mazmuni
o‘zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish
mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib
chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni
degan mazmunni anglatgan.
Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan
tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning
rivojlanishi, shaharlaming paydo boiishi bilan alohida maydonlar ajratilib,
unda kishilar oldisotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T
ko‘rinishida, ya’ni bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash
shaklida bo’lgan. Bunday ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmay, bir
vaqtning o’zida o'shajoyda almashuv jarayoni sodir boigan. Kcyinchalik
tovarlami bunday tarzda ayirboshlashning ziddiyatlari kuchayib borishi
natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish jarayoni ikkiga ajralgan va T-
P-T ko'rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va
makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o‘z tovarini bir
joyda pulga ayirboshiab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa vaqt va boshqa joyda
sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlami
ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga olib borib
sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo’ldi.
PAGE \* MERGEFORMAT1
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu
soha tovarpul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab
chiqaruvchini bogiaydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan
iste’molchi ham birbirlari bilan uchrashishi shart bo’lmay, ular savdogarlar-
vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor
tushunchasining mazmuni o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul
muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi
jarayonida yangi o‘ziga xos muhim tovar - ishchi kuchining paydo bo’lishi
bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish
vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o‘tib, ishlab chiqarishga
jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri to‘g’ridan-to‘g‘ri emas,
balki bilvosita- bozor orqali sodir bo’la boshladi. Shunday qilib, hozirgi
davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilaming ko‘p qirrali
murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini
bog’laydigan bo’g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini
ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi. Bozor - ishlab chiqaruvchilar va
iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o'rtasida pul orqali ayirboshlash
jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- sotuvchi va xaridorlaming o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik
prinsipi asosida ayirboshlash;
- sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- to’lovga layoqatli bo’lgan xaridorlaming talabini qondirish va
raqobatchilik.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga
kelishi, ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha boiib,
hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bo’lsa
narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi,
PAGE \* MERGEFORMAT1
natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olish imkoniga ega
bo‘ladi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa,
narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar ko‘radilar. Shuningdek, ishlab
chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha
xarajatlarga yo’l qo'yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda
sarflarni hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali
amalga oshiradi. Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini
tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlami uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan
dastak va vositalar.
Bozorning iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va
subyektini ajratib ko‘rsatish lozim boiadi. Bozor obyekti - ayirboshlash
munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy
resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari
do‘konlari, avtomobilga xizmat ko‘rsatish stansiyasi, benzin quyish
shaxobchalari, sanoat tovarlari do'koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari,
turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari,
umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozorning odatdagi ko‘rinishlari
hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar
bozorrning yuqori darajada rivojlangan ko'rinishlaridir.
Bozor subyekti - ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. Bozor
subyektlari ikki guruhga - sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor
munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va
xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z
subyektlari manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim
turdagi bozorlarda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud
bo’lsa, boshqalarida bilvosita aloqa mavjud boiib, ular hech qachon bir-birini
ko’rmaydi yoki bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan
Yaratilgan tovar va xizmatlami, iqtisodiy resurslami iste'molchilarga yetkazib
PAGE \* MERGEFORMAT1
berishdan iboratdir. Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga
bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi.
Bunda bozor vositachi bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari
almashadi. U qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual
mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy
mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo’ladi.
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning
uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan
boshlanishi uchun Yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi,
puldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida
tovarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar
sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o'rnini qoplaydigan
va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat
resurslariga ega bo‘1adilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati
ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida taqsimlanishi ro‘y beradi.
Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi.
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslami yetkazib
beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o’rtasida
taqsimlanib turadi. Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab,
taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o'zida talab va taklifni jamlab,
bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini
aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab
kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi.
Shuningdek, adabiyotlarda bozoming boshqa ko‘plab qo’shimcha vazifalari
ham keltiriladi. Bu vazifalami yaqqolroq tasawur etish uchun ulami maxsus
rasm
ko’rinishida
ifodalash
mumkin
(1.2-rasm)
PAGE \* MERGEFORMAT1
1.2-grafik. Bozor vazifalari
Bozor turli xil vazifalami bajarsada, ular o‘zaro bog’liq va bir-
birini taqozo qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish
uchun uning turlari va ichki tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni
turkumlashga quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: bozorning yetuklik
darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari
xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar.
Bozoming yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, erkin
(klassik) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo’linadi.
Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda
tovami tovarga ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo’llaniladi. Bozoming bu
turi tarixan hali haqiqiy pul mavjud bo’lmagan davrga to‘g‘ri keladi. Lekin
hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy
ishonchni yo‘qotgan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozoming
bunday turi amal qilishi mumkin.
Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlarning har bir turi bo’yicha
juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar
mavjud bo’lib, ular o‘rtasida erkin raqobat amal qiluvchi, narxlar talab va
taklif o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir. Erkin bozorda
PAGE \* MERGEFORMAT1
raqobatning turli usullari qo’llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin
tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy
samaradorlikni ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor
aloqalarining davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi. Demak,
davlat ham bozor ishtirokchisi bo’lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va
boshqaradi. Hozirgi zamon rivojlangan bozorida turli xil birjalar va boshqa
oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo’ladi.
Raqobatning asoratli kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ulaming
daromadlari o‘rtasidagi tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular
mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London
bozori, NyuYork bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar
(O’zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika
bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki
Osiyo bozori, G‘arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.
Sotiladigan va sotib olinadigan tovar, xizmat turiga ko‘ra bozorlar
quyidagi turlarga bo‘linadi: iste’mol tovarlari va xizmatlari bozori, ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi (resurslar) bozori, valyuta bozori va fond
birjalari, ilmiytexnika kashfiyoti va ishlanmalar bozori.
Muomalaga chiqadigan subyektlarning xususiyatiga ko'ra ulgurji
va chakana savdoni ajratish mumkin. Chakana savdoda, asosan, sotib
oluvchilar fuqarolar hisoblanadi. Turli shakldagi korxonalar, firmalar, xususiy
do‘konlar va boshqalar esa sotuvchi hisoblanadi. Ulgurji savdoda mahsulotlar
yirik partiyalarda ko’tarasiga sotiladi.
Bozoming asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib iste’mol tovarlari
va xizmatlar bozori hisoblanadi. Bu bozorda xo‘jalik subyektlarining barcha
uchta turi: uy xo‘jaliklari, davlat va korxonalar qatnashadi.
Iste’mol tovarlari va xizmatlari bozorining maxsus turi intellektual
tovarlar bozoridir. Bu bozorda aqliy mehnat mahsuli bo’lgan tovarlar - ilmiy
PAGE \* MERGEFORMAT1
g‘oyalar, texnika yangiliklari, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar
oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor tarkibida ilmiy-texnika ishlanmalarini
ayirboshlash katta o‘rin tutadi. U amalda patent, litsenziya va nou-xau
sotishdan iborat bo’lib, bu bozorda asosan, innovatsiya firmalari ish ko‘radi.
Mazkur firmalar yangiliklar yaratish, bozorda sotish va ishlab chiqarishga
joriy etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish vositalari (resurslar) bozorida tovar sifatidagi
mehnat vositalari va materiallar oldi-sotdi qilinadi. Bu bozorda mashina,
asbob-uskuna, xomashyo, yoqilg‘i va materiallar kabi ishlab chiqarish
vositalari ulgurji ravishda sotiladi. Resurslar bozoridagi tovarlar shaxsiy
iste’molga emas, ishlab chiqarish iste’moliga xizmat qiladi, ya’ni ishlab
chiqarish talabini qondiradi.
Bozoming barcha subyektlari o'rtasidagi iqtisodiy aloqalar iste’mol
tovarlari va resurslar bozori orqali ancha to‘liq va yorqin namoyon bo‘ladi (4-
rasm).
Uy xo‘jalik]ari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ulami
resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi.
Korxonalaming resurslami sotib olishga sarflagan pul mablag’lari resurslami
yetkazib beruvchilaming daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini
tashkil qiladi.
Uy xo‘jaliklari resurslami sotishdan olinadigan pul daromadlarini
sarflash jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi.
Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlami taklif qiladi.
Tovar va xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korxonalaming pul tushumi yoki
daromadini tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori
tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan
iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes
tomonidan ishchi kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan
ishchi kuchi taklifi bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida
PAGE \* MERGEFORMAT1
iqtisodiy subyektlarning ikki turi - tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat
qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga
aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini
bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o‘zi emas, uning mehnat qilish
qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo’lsa ham oldi-sotdi
obyekti bitta, ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi.
Ortiqcha mablag’larga ega bo‘lgan xo‘jalik subyektlari o‘z moliyaviy
resurslarini ularga ehtiyoj sezgan subyektlarga taklif qiladi.
Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab
turkumlash mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari
bozori va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida pul vaqtincha
qarzga olinadi va shaxsiy iste’mol uchun ishlatila- di. Kapital (mulk) bozorida
jamg‘arishga qo‘yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi.
Bu bozorda mablag‘lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni
hisobga olib kapital bozorini ikkita bo‘g‘inga ajratish mumkin: ssuda kapitali
bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori-pul shaklidagi
kapitalning foiz to‘lash sharti bilan qarzga berish bo‘yicha oldi- sotdi
munosabatidir. Bu bozorda asosan davlat va banklaming qisqa muddatli
majburiyatlari muomalada bo’ladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori - turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar
(aksiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar) ning oldi-sotdi munosabati.
Mazkur bozor amalda fond birjalari, auksionlar va banklardan iborat bo’lib,
unda broker va dilyerlar vositachilik qiladi. Qimmatli qog‘ozlaming harakati
xususiyati bo‘yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga
bo‘linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog’ozlar sotiladi va sotib
olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog'ozlar harakat
qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog‘ozlar otilsa, ikkilamchi bozorda qayta
sotiladi. Iqtisodiyot uchun qimmatli qog‘ozlaming ikkilamchi bozori
favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo‘jalik subyektlari o‘rtasida moliyaviy
PAGE \* MERGEFORMAT1
vositalaming erkin harakat qilishini ta’minlaydi. Bozorning samarali amal
qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga
bog‘liqdir.
Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning
bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi muassasalami quyidagi
asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlash mumkin:
1)
tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi
muassasalar (ombor xo'jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi
korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va
agentliklari va h.k.);
2)
moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvehi muassasalar
(bank, kredit muassasalari, sug‘urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari
va h.k.);
3)
ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va
kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
4)
axborot xizmati idoralari (ma’lumotlarni to‘plash,
umumlashlirish va sotish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar).
Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilaming
savdosotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga, ishchi
kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish
bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam
beradi. Ulaming bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat
ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat
bo’lib, ko‘rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.
Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga
xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining
qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.
Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning
muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar
PAGE \* MERGEFORMAT1
birjasi, fond birjasi, valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng
tarqalgan.
Tovar birjasi - oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji
savdoni tashkil etish shakli.
Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy
jihatdan tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi - milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin
oldisotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli.
Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi
kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va
ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa.
Birjada ishtirokchilar tomonidan tovar ayirboshlash to‘g‘risidagi
bitimlar tuziladi, lekin tovarni yetkazib berish va uning haqini to‘lash birjadan
tashqarida yuz beradi. Bunda tovaming egasi va xaridorlari qatnashishi shart
emas. Ular nomidan ishni brokyerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler) - bu
tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik
qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar topshirig‘iga ko‘ra va
uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o‘z nomidan savdo
bitimlari tutishi ham mumkin.
Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu yerda hali ishlab
chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi
ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi.
Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo‘lishi mumkin.
Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal
birjalarda har xil tovarlar sotiladi.
Auksion - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish
uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi.
Auksionda savdo tovarlaming nisbatan cheklangan ro‘yxati
bo‘yicha, ommaviy sotovga qo‘yish yo'li bilan o‘tkaziladi. Auksion e’lon
qilingan vaqtda va ma’lum davrda o'tkaziladi. Bunda tovarlaming bozorga
PAGE \* MERGEFORMAT1
kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Auksion savdosida namuna
tovarlar ro‘yxatda ko‘rsatilgan tartibda savdoga qo‘yiladi, xaridorlar orasida
eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovami sotib oladi. Auksionlarda san’at
asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin.
Savdo yarmarkasi - muayyan belgilangan vaqtda va joyda
o'tkaziluvchi hamda o’tkazilish jarayonida ulgurji savdo bitimlari tuziluvchi
tovar namunalari ko‘rgazmasi. Savdo bitimlari tovar ishlab chiqaruvchi bilan
savdo firmalari o‘rtasida tuzilib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.
Savdo uyi - o‘z ichiga tashqi savdo kompaniyasi bilan bir qatorda
ishlab chiqarish, bank, sug‘urta, transport, ulgurji-chakana va boshqa turdagi
firmalarni oluvchi keng tarmoqli savdo kompaniyasi. U ixtisoslashgan yoki
universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan
(kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.), universal savdo uyi har xil
tovarlar bilan savdo qiladi.
Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o‘rin tutadi. Ular
tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar
mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va
chakana savdo bilan shug‘ullanadigan turlarga bo‘linadi. Ayrim firmalar har
ikkala savdo turi bilan ham shug'ullanadi. Savdo uylari o‘z nomidan va
ko‘pincha o‘z hisobidan eksporlimport hamda boshqa savdo aloqalarini olib
boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va
uskunalami ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish
orqali moliyaviy va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.
Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o‘z mulki va mablag‘lari
hisobidan sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari
turlicha faoliyat yuritib, ular mustaqil do‘konlar, maxsus do‘konlar va
supermarketardan iborat bo'ladi.
Supermarket - bu xaridorning o‘ziga o’zi xizmat ko‘rsatishiga
asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli barcha
turlari bilan, jumladan import tovarlar bilan ham savdo qiladi. Supermarket
PAGE \* MERGEFORMAT1
xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlami buyurtma bo'yicha xaridor
uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatadi.
Hozirgi kunda keng rivojlanib borayotgan zamonaviy bozorlardan
biri bu elektron savdo bozorlari bo‘lib hisoblanadi. U O‘zbekiston
Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 2019-yil 9-dekabrdagi son
Qonunining yangi tahriri bilan belgilanadi va amalga oshiriladi. Unda internet
tarmog‘idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga
oshirilishini ifodalash uchun qo’llaniladi; kompyutcr tarmog‘idan foydalangan
holda xarid qilish, sotish, servis xizmati ko‘rsatishni amalga oshirish,
marketing tadbirlarini o‘tkazish imkoniyatini ta’minlaydi.
Elektron tijoratning an’anaviy savdo turlaridan farqi
quyidagilardan iborat:
- xaridor o'ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va
sotib olish imkoniyatiga ega;
- savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda,
ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati;
- ko‘p sonli xaridorlaming bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga
murojaat qila olish imkoniyati;
- kerakli mahsulotlami tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar
mavjud bo’lgan korxonalarga murojaat qilishda texnik va transport
vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati;
- xaridorlaming yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta’minlanish
darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish
imkoniyati;
- hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan
mahsulotlami tanlash va sotish imkoniyati;
Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan
ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan
auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firma-korxona, firma,
kompanivalar moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini
PAGE \* MERGEFORMAT1
ekspertizadan o‘tkazuvchi muassasa. Ular odatda aksiyadorlik jamiyati yoki
kooperativ shaklda faoliyat ko‘rsatadi va to‘liq mustaqillikka ega bo‘ladi.
II.BOB. BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISHNING ANDOZALARI VA
UNING XUSUSIYATLARI.
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, yo‘llari va milliy
modellar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini
o‘zgartirishdan iboratdir.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish davri deganda ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf
PAGE \* MERGEFORMAT1
etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish
jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib
chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. CHunki bu
vaqtga kelib G‘arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan
boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni
iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni
markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga
uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi
yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi
taraqqiyot yo‘li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor
iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar.
XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o‘tish global, ya’ni
umumjahon voqeligiga aylandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish murakkab jarayon,
shuning uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, har bir
mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning turli modellari, yo‘nalishlari asosida amalga oshadi. Har bir
mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li quyidagi
omillarga bog‘liq:
• Geografik o‘rni;
• Tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zahirasi;
• Tarixiy taraqqiyot darajasi;
• Aholining an’analari va urf-odatlari;
• Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi;
• Jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishi.
SHu bilan birga bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy
tomonlari bo‘lib, bular:
PAGE \* MERGEFORMAT1
• Bozor iqtisodiyotining turli-tuman mulkchilikka
asoslanganligi;
• Tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi;
• Raqobat kurashiga asoslanishi;
• Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum
tizimi mavjudligi va boshqalardan iborat.
Bozor iqtisodiyoti barcha mamalakatlarda o‘z xususiyatlari va
umumiy tomonlarining o‘ziga xos qorishmasidan iborat bo‘lib, ilmiy
iqtisodiyotda har hil model (andoza) tarzida ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish modellarini tarixiy nuqtai nazardan 3
guruhga bo‘lish mumkin. Ana shunday guruhlarga bo‘lishning asosiy mezoni
qilib:
• Davlat dasturlarining maqsadi, yo‘nalishi;
• Iqtisodiyotni tartibga solish usullari; Iqtisodiyotda davlat
sektorining ulushi;
Ish haqidagi farq kabilar olinadi.
I.G‘arbiy Evropa mamlakatlari va boshqa rivojlangan mamlakatlar yo‘li.
Bunda bozor iqtisodiyotiga evolyusion o‘zgarishlar orqali o‘tib
boriladi. XX asrning 30-yillariga kelib, ayniqsa 50-yillardan bu jarayon
yanada tezlashdi. Bu modelni iqtisodchilar klassik model deb atashadilar. U
bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun namuna bo‘lib xizmat
qilishi mumkin. CHunki, klassik modelda bozor iqtisodiyotining qonun-
qoidalari, hayotiyligi sinab ko‘rilgan. Klassik modelning o‘zi ham 3 ga
bo‘linadi:
1.
Sotsial bozor iqtisodiyoti modeli ko‘proq fuqarolar
manfaatini himoya qilish, uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqish, aholining
haddan ziyod tabaqalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, davlat mulkining ulushining
boshqa modellarga qaraganda ko‘pligi (25-30%) bilan ajralib turadi. Bu model
Germaniya, Avstriya, Skandinaviya mamlakatlariga xos.
2.
Aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modelida esa davlat
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratishi, iqtisodiyotni tartiblashda
PAGE \* MERGEFORMAT1
ustun darajada taktik usullardan foydalanish, iqtisodiyotda davlat mulkining
hissasi (10% atrofida) kamligi, aholining tabaqalanishi, ish haqidagi farqning
kattaligi bilan ajralib turadi. Bu modelni qo‘llagan eng tipik mamlakat sifatida
AQSH ni ko‘rsatish mumkin.
3.
Korporativ iqtisodiyot modeli davlatning yirik biznes
manfaatini himoya qilish, asosiy ustuvor tarmoqlarni aniqlab, ularning
rivojlanishiga yordam berish, davlat mulki hissasi kamligi, lekin ish haqidagi
farq haddan tashqari katta emasligi bilan farqlanadi. Bu muhim muvaffaqiyat
bilan Yaponiyada va uning izdoshlari bo‘lgan mamlakatlarda qo‘llangan.
II.Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tib
rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari yo‘li.
Bu yo‘l mustamlakchilikdan qolgan qoloq, an’anaviy
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga
xos belgilar turli xo‘jaliklar: azaliy natural xo‘jalik, rivojlanish darajasi, bozor
munosabatlariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya
(aylana borishi) orqali yuz beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o‘tish: a)
bozor infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni borqarorlashtirish; v) sanoat
tarmoqlarini (ayniqsa qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi.
Bu mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyotiga kirib borish mustaqillik
garovi hisoblanadi. Sababi bozor iqtisodiyotiga o‘tish ishlab chiqarishning
jadal o‘sishiga olib keladi.
III. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning sobiq sotsialistik
mamalakatlar yo‘li.
Bu mamlakatlarda davlat mulki hukmron mavqega ega bo‘lib,
iqtisodiyot davlat tomonidan markazlashgan tarzda tuzilgan rejalar asosida
boshqarilgan.
Yaratilgan mahsulot ham davlat tomonidan taqsimlangan.
Totalitar iqtisodiyotning bozor bilan umumiyligi yo‘q, ular bir-
biriga zid, tabiatan har xil. Shuning uchun ham bu modelda aholiga bozor
PAGE \* MERGEFORMAT1
munosabatlari g‘oyalarini singdirmay, ularda yangicha ko‘nikma hosil etmay
turib, bozor iqtisodiyotiga o‘tib bo‘lmaydi. Lekin bu tizimning afzalligi
shundaki, u o‘ziga xos yo‘llar bilan kuchli ishlab chiqarish va ilmiy-
texnikaviy kadrlar potensialini yaratgan. Ularga tayangan holda bozor
iqtisodiyotiga o‘tish nisbatan engil kechishi mumkin.
Bu tizimga kirgan mamlakatlarda xususiy mulk tamomila
yo‘qotilgan yoki qisman mavjud. Tadbirkorlikka intilish, iqtisodiy taraqqiyot
darajasi turlicha; masalan, Polsha, Vengriya, Germaniyada xususiy mulkchilik
ancha saqlangan. Sobiq ittifoqda esa akincha, xususiy mulk tamomila
yo‘qotilgan. Bularning hammasi albatta, bozor iqtisodiyotiga o‘tishda o‘z
ta’sirini o‘tkazadi.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan
mamlakatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati -bu qoloq,
an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir. Nihoyat, sobiq
sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan,
ma’muriy — buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon
rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan
farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi
yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga uchinchi yo‘lda bozor
munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy
rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-
birlaridan farqlanadi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
mazkur yo‘lining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
O‘tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish.
2.
Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini
yaratish.
3.
Institutsional o‘zgarishlar.
4.
Tarkibiy o‘zgarishlar.
PAGE \* MERGEFORMAT1
5.
Makroiqtisodiy, asosan, moliyaviy barqarorlashtirish.
6.
Bozor
xo‘jaligiga mos bo‘lgan
aholini
ijtimoiy
himoyalash tizimini shakllantirish.
IV. Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga
keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish yo‘li.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun
islohotlar ikki yo‘l: a) bozor iqtisodiyotiga tezlik
bilan o‘tish;
b) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Sobiq GDR (GFR bilan qo‘shilib yagona davlat vujudga kelishi
tufayli), Polshada qisqa muddatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga
oshiriladi.
Boshqa
mamlakatlarda
o‘z
xususiyatlaridan kelib
chiqib,
bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga oshirilib, bu turli
muddatlarni talab etadi.
Umuman olganda o‘zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan
yutuqlari bilan jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar
“Amerika”,
“Yaponiya”, “Germaniya”, “Shvetsiya”, “Janubiy Koreya”,
“Xitoy” modeli va boshqalar hisoblanadi.
“AQSH modeli” liberal model sifatida xarakterlanadi. Amerikacha
andozaning o‘ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng
yoyishga, ommaviylikka erishishni ta’minlashga asolanganligidadir. U jamiyat
a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash,
iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart sharoit
yaratishga qaratilgan.
“Yaponcha model” – bu ikkinchi jahon urushida vayronaga
aylangan mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni xar
tomonlama va so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg‘usi asosida
PAGE \* MERGEFORMAT1
yaratilgan. Yaponiya harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinchlik maqsadida
barcha resurslarni to‘plash va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potensialni
o‘stirish imkoni yaratildi. Eng avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo‘ljallab,
moslashtirib valyuta ishlab topildi, uning evaziga xorijiy mamlakatlardan,
ayniqsa Amerika va G‘arbiy Evropadan eng yangi texnika, texnologiya,
litsenziya, potent, “nou-xou” sotib olinib, yuqori mehnat unumdorligiga
erishildi, tadbirkorlik qo‘llab quvvatlandi. Jahon bozorida xom ashyo va
yoqilg‘ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy xarajatlarning
yo‘qligi Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada yirik
kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda ilmiy texnikaviy taraqqiyotga
alohida ahamiyat berilishi katta rol o‘ynaydi.
Aholining tabaqalanishi dastlab kuchaygan bo‘lsa, maqsadga
erishilgach, ularning ehtiyojmand qismiga davlat va firmalar yordami
kuchaytirildi va natijada umumiy farovonlikka erishildi.
“Shvedcha model” – uning boshqa modellardan farq qiluvchi
xususiyati ijtimoiy yo‘naltirilganligi, mulkdagi notenglikni qisqartirishga
qaratilganligidir. Aholining kam ta’minlangan qatlami himoya qilinadi.
Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko‘riladi. Bu andozaning
shakllanishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi
va mehnatkashlar kasaba tashkilotlarining jamiyatda, ayniqsa ishlab
chiqarishda katta o‘rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
“Nemischa model” – bu model ijtimoiy yo‘naltirilganligi bilan
ajralib turadi. Ijtimoiy bozor iqtisodiyotining bosh g‘oyasi Lyudovig Erxordga
(18971977) tegishli. U 1949-1963 yillar davomida GFR iqtisodiyot vaziri,
1963-1966 yillarda esa federal kansler bo‘lib ishlagan.
Dastlab, Erxord industriallashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unda
sanoat mahsulotini 1936 yilga nisbatan 65%, 1938 yilga nisbatan esa 50-55%
ga ko‘paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari pul islohoti, narx-navo
islohoti o‘tkazish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini belgilab, qay darajada
aralashuvi ko‘rsatilgan.
PAGE \* MERGEFORMAT1