Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi

Yuklangan vaqt

2024-07-26

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

163,5 KB


 
 
 
 
 
 
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va 
amal qilishi 
 
 
Reja 
1. Bozor 
iqtisodiyotining 
mazmuni 
va 
uning 
rivojlanishi. 
Bozor 
iqtisodiyotining subyektlari: uy xo’jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va 
bank.  
2. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o’z-o’zini tartibga 
soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy 
tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari.  
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan 
samarali foydalanish yo’llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari.  
4. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. 
 
 
Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining 
subyektlari: uy xo’jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. 
Oldingi bobda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlarining 
rivojlanishi natijasida pulning vujudga kelganligi, tovar-pul munosabatlarining 
rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olganligi, asta-sekin bozor 
iqtisodiyotining shakllanib kelayotganligi bayon etildi. Ushbu bobda bozor 
iqtisodiyotining mazmuni, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish 
bosqichlari talqiniga alohida o’rin ajratilgan. Bozor iqtisodiyotining doimiy va 
asosiy muammolari, uning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham о ‘rin berilgan. 
Shuningdek, bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari 
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi Reja 1. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining subyektlari: uy xo’jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. 2. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o’z-o’zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo’llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. 4. Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning rivojlanishi. Bozor iqtisodiyotining subyektlari: uy xo’jaliklari, tadbirkorlik sektori, davlat sektori va bank. Oldingi bobda tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlarining rivojlanishi natijasida pulning vujudga kelganligi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olganligi, asta-sekin bozor iqtisodiyotining shakllanib kelayotganligi bayon etildi. Ushbu bobda bozor iqtisodiyotining mazmuni, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o’rin ajratilgan. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, uning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham о ‘rin berilgan. Shuningdek, bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari
 
 
hamda unsurlarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratilgan. 
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun 
xos bolib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan 
amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab 
asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni 
kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur 
iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya 
davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. 
Oldingi bobda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bolishi va 
ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va 
mavjud bolishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat 
taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab 
chiqarishning mavjud boiishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash 
va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning 
rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. 
Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin 
almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim 
shartlari bo’lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, 
bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab 
chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin 
narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. 
Bozor iqtisodiyoti -bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul 
muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan 
iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar- pul munosabatlariga asoslanib, 
uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy 
monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo’jaligi 
subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining   erkin, mustaqil ravishda yuz berishi 
va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb 
baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha 
bosqichlari - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini 
hamda unsurlarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratilgan. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko’pchilik mamlakatlari uchun xos bolib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o’ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko’plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko’pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Oldingi bobda ta’kidlanganidek, xususiy mulkchilikning paydo bolishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro’y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bolishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo’jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud boiishi o’z-o’zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko’zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari bo’lib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil bo’lsa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo’nalishlarini ko’rsatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Bozor iqtisodiyoti -bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar- pul munosabatlariga asoslanib, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti - bozor xo’jaligi subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog’lanib muvofiqlashuvi deb baho beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha bosqichlari - ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini
 
 
hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Shuni ham 
e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln. 
dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, har yili ularning 1/10 qismi yangilanib 
turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi bo’yicha talab 
va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bolmaydi. Bu esa bozorning 
vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli 
bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va 
muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini 
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli 
qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy subyektlari 
uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat 
sektori. 
Uy xo’jaliklari - iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi 
asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat 
ko’rsatish sohalarida Yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor 
iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib 
beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari 
shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. 
Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida 
amal qiluvchi birlamchi bo’g’inidir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz 
olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab 
chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida 
tovar va xizmatlarni yetkazib beradi. 
Davlat sektori - o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan, 
iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet 
tashkilotlari va muassasalarining majmui. 
Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana 
bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi. 
Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul 
hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Shuni ham e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o’rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24 mln. dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo’lib, har yili ularning 1/10 qismi yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi bo’yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bolmaydi. Bu esa bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o’z mehnatini sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog’ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo’jaligining barcha asosiy subyektlari uchta guruhga bo’linadi: uy xo’jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat sektori. Uy xo’jaliklari - iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko’rsatuvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo’jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida Yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy xo’jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini yetkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlik sektori - bu iqtisodiyotning daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi birlamchi bo’g’inidir. U ish yuritish uchun o’z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo’jaligida tovar va xizmatlarni yetkazib beradi. Davlat sektori - o’z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo’ymagan, asosan, iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli byudjet tashkilotlari va muassasalarining majmui. Shuningdek, ba’zi darslik va o’quv qo’llanmalarda bozor iqtisodiyotining yana bir alohida, mustaqil subyekti sifatida banklar ajratib ko’rsatiladi. Bank - iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul
 
 
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti subyektlarining 
o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin (1-rasm). 
 
1-rasm. Bozor xo ‘ja ligi subyektlari o ‘zaro aloqasining umumiy modeli 
Наг qanday  bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to’rtta 
tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab, taklif, raqobat. Narxlar nisbati o’zgarib 
turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining 
o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Talab va 
taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar o’z navbatida, narxlardagi 
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. 
Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o’z-o’zini tartibga 
soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning 
umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. 
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilar dan iborat: 
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud 
bo’lishi va unda xususiy 
mulkchilikning ustuvorligi; 
- tadbirkorlik va tanlov erkinligi; 
- raqobat kurashining mavjudligi; 
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; 
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga 
moslashuvchanligi. 
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun 
umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap 
borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish 
zamr. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi 
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o’tilgan bozor iqtisodiyoti subyektlarining o’zaro ta’siri va aloqasini quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin (1-rasm). 1-rasm. Bozor xo ‘ja ligi subyektlari o ‘zaro aloqasining umumiy modeli Наг qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi, asosan, to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab, taklif, raqobat. Narxlar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar o’z navbatida, narxlardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari. Bozor tizimining o’z-o’zini tartibga soluvchi mexanizmi. Klassik va hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti, ularning umumiy tomonlari va farqlari. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilar dan iborat: - turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustuvorligi; - tadbirkorlik va tanlov erkinligi; - raqobat kurashining mavjudligi; - davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi; - korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi. Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning barcha bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish zamr. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi
 
 
rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy 
adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy 
belgilari: 
a) iqtisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslangan- ligi;  
b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi;  
c) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning 
shaxsan erkinligi;  
d) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari;  
e) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida 
tartiblanishi;  
f) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy 
tabaqalashuvining kuchayishi;  
g) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma Turn bozor uchun 
ishlash. 
Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko'rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. 
Uning asosiy belgilari: 
a) iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, 
ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga 
asoslanganligi; 
b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning 
bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro 
miqyosda umumlashganligi; 
c) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-
texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy 
tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar 
o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini 
bajaradi; 
d) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes 
rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish, 
rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) iqtisodiy faoliyat yuritishning xususiy mulkchilikka asoslangan- ligi; b) kapital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; c) tadbirkorlar, ishchilar, tovar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning shaxsan erkinligi; d) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; e) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; f) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi; g) bozor harakatlarining stixiyali amalga oshirilishi, noma Turn bozor uchun ishlash. Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko'rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asming oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari: a) iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatini yuritishning turli mulkchilik shakllari, ya’ni xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanganligi; b) kapital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik monopoliyalar va davlat qo’lida to’planib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi; c) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan- texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi; d) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, prognozlash, turli xil dasturlar asosida ishlash, buyurtmalarni bajarish,
 
 
marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar); 
e) ijtimoiy himoyaning kuchayishi.   Bunda   davlatga, jamoalar va xususiy 
kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining 
vujudga kelishi. 
 
2 – rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. 
Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari 
saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun- qoidalari 
rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi. 
Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining 
o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda 
davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy 
bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (2-rasm). 
Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha 
hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi 
taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan 
keng 
miqyosda 
foydalanish; 
ishlab 
chiqarishning 
ixtisoslashishi, 
modemizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar. 
marketing tizimi orqali boshqarish va boshqalar); e) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi. 2 – rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari. Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun- qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyotdagi xususiy va davlat sektorlarining o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (2-rasm). Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi. Bular quyidagilar: ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish; ishlab chiqarishning ixtisoslashishi, modemizatsiyalash diversifikatsiyalash va boshqalar.
 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan 
samarali foydalanish yo’llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. 
Ijtimoiy xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan 
har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal 
bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy 
tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish 
kerak bo’ladi: 
1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? 
2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida 
ishlab chiqariladi? 
3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi? Iqtisodiy 
adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - «nima, qanday qilib, kim uchun 
ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi.  
Bu muammolar an’anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko’p yillar 
davomida mavjud bo’lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar 
ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda 
markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor 
iqtisodiyoti bu muammlarni o ‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti 
tizimining o’ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib 
chiqadi. 
Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti 
sharoitida eng awalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif 
nisbatiga bogliq. Bunda mavjud bolgan resurslar qanday hajmda band qilinishi 
yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi 
lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko'rmaslik va yuqori darajada 
foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va 
xizmatlarning qanday to’plarni jamiyat talablarini tola  qondira olishi e’tiborga 
olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bolgan,  binobarin, foyda 
keltirishi mumkin boigan  mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi 
hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida doimiy muammolarni hal qilish va resurslardan samarali foydalanish yo’llari. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari. Ijtimoiy xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak bo’ladi: 1) qanday mahsulot va xizmatlarni, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur? 2) ushbu mahsulot va xizmatlarni qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi? 3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi? Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - «nima, qanday qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an’anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko’p yillar davomida mavjud bo’lib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammlarni o ‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o’ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi. Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng awalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bogliq. Bunda mavjud bolgan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko'rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlarning qanday to’plarni jamiyat talablarini tola qondira olishi e’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bolgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin boigan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovarni sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab
 
 
chiqarishning umumiy xarajatlari o’rtasidagi nisbat aniqlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning 
kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan 
yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib o’tishini 
ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bolishi 
o’zini o’zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki 
tarmoqqa 
yangi 
korxonalarning kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan 
jadal ravishda o’sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda 
iqtisodiy foydaning yo’qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu 
foydani yo’qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng 
bolgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab 
beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga yetadi. 
Bozor talabi yoki taklifida yangi o’zgarishlar ro’y bermaguncha bu muvozanat 
buzilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar 
ko'rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. 
Buning natijasida zarar ko’ruvchi yoki past foyda darajasiga ega boigan tarmoqda 
ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro’y 
beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko’tarilishi hamda foyda darajasining 
oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o’zining ishlab chiqarish hajmini qayta 
tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi. 
Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi 
alohida, muhim rol o’ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilarning tovarlarni sotib 
olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida 
namoyon bo’ladi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona 
ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag’bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining 
ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda 
keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining 
qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining 
talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol 
o’ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada 
chiqarishning umumiy xarajatlari o’rtasidagi nisbat aniqlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallarning oqib o’tishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bolishi o’zini o’zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalarning kirib kelishi bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o’sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo’qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo’qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng bolgan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o’zgarishlar ro’y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. O’z-o’zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar ko'rilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko’ruvchi yoki past foyda darajasiga ega boigan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro’y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining ko’tarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o’zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o’ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilarning tovarlarni sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon bo’ladi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag’bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko’payishi, bu mahsulotni ishlab chiqaruvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zarurligini belgilash ko’p darajada
 
 
resurslarni yetkazib bemvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu 
hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va 
xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. O’z daromadlarini yuqori darajaga 
yetkazishda resurslarni yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi 
shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab 
chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning 
resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning 
talabi orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni yetkazib 
beruvchilar o’z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni 
yuqori foyda olish 
uchun 
pul to’lash 
qobiliyatiga ega 
bo’lgan 
iste’molchilarga zarur bo’lgan turdagi va miqdordagi tovarlarni ishlab 
chiqaradi va resurslarni yetkazib beradi. 
Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish 
qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga 
xos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi: 
- resurslarning alohida tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishi; 
- korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi; 
- har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash. 
- Bozor tizimi resurslarni avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega 
tarmoqlarga yo’naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan 
tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng 
zamonaviy texnologiyani qo’llashga layoqatli bo’lgan va shunga intilgan korxonalar 
samarali faoliyat ko’rsata oladi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi 
omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni 
ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg’unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy 
resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning 
muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslarni eng kam darajada sarflagan holda 
erishishni bildiradi. 
- Bozor iqtisodiyoti o’zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish 
texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o’zgarishiga muvofiq holda o’zgaradi. Ayni 
resurslarni yetkazib bemvchilarga ham bog’liq. Resurslarga bo’lgan talab - bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqadi. O’z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslarni yetkazib beruvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalarning resurslarga bo’lgan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal ko’rishi uning talabi orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqaruvchi va resurslarni yetkazib beruvchilar o’z manfaatlarini ta’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul to’lash qobiliyatiga ega bo’lgan iste’molchilarga zarur bo’lgan turdagi va miqdordagi tovarlarni ishlab chiqaradi va resurslarni yetkazib beradi. Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga xos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi: - resurslarning alohida tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishi; - korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi; - har bir korxona resurslarining uyg’unlashuvi va texnologiyani tanlash. - Bozor tizimi resurslarni avvalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo’naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahrum bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo’llashga layoqatli bo’lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko’rsata oladi. Korxonalarning iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog’liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning oqilona uyg’unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslarning narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslarni eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi. - Bozor iqtisodiyoti o’zgaruvchan bo’ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o’zgarishiga muvofiq holda o’zgaradi. Ayni